JIM JORJ
XUDONING QALBIGA MOS ERKAK
SALOMLASHUV
Inson hayotidagi har qanday yirik muvaffaqiyat undan o‘z ishiga bo‘lgan fidoyi sadoqatni talab etadi. Men hayotingizda shunday yutuqlar bo‘lganiga ishonaman. Ehtimol, siz xususiy firmangizni ochmoqchi bo‘lgandirsiz, balki yangi ish topishni, kompaniyangizning ixtisosligini o‘zgartirishni yoki oilangizni yangi yo‘nalishda boshlab borishni istagandirsiz. Nimaiki bo‘lmasin, siz, hoynahoy, ayrim ikkilanishlarga duch kelgan bo‘lsangiz kerak: kechagina ish boshlashga oshiqib turgan edingiz, bugun esa o‘z beqarorligingizga asir bo‘lib o‘tiribsiz. Biroq yakuniy qarorga kelganingiz zahoti, oldinga intilasiz va hech nimadan afsus chekmaysiz, negaki o‘z mehnatingizning munosib natijasini ko‘rgan bo‘lasiz.
Ushbu asar sahifalarida biz bir necha bora gapirib o‘tadigan Muqaddas Kitob qahramoni Dovud o‘z ishiga bo‘lgan fidoyi sadoqatning haqiqiy ma’nosini chuqur tushungan. Bu ilohiy erkak o‘z Xudosiga ma’bad qurish uchun yer egallab olmoqchi bo‘lgan, biroq Dovud shoh bo‘lgani bois, yer sotadigan odam undan haq olishni istamagan. Lekin Dovud tushungan: qurbonlik qancha katta bo‘lsa, marhamat ham shunchalik ulkan bo‘ladi, shu bois Dovud aytgan: «…Tekin tushgan qurbonliklarni Egam Xudoga kuydirib nazr qilmayman» (2 Shoh. 24:24).
Men qo‘lingizda siz hozir ushlab turgan kitobni nashr etish imkoniyatim paydo bo‘lganidan juda xursandman. Unda men deyarli chorak asrdan buyon o‘z xizmatim mobaynida amal qilib kelayotgan imon qoidalari haqida so‘z yuritiladi. Men uchun Muqaddas Kitob qoidalariga tayanib, erkaklarni haq yo‘lga boshlash, mashaqqatlarni yengib o‘tishlarida yordam berish va ularga imonda ulg‘ayish yo‘llarini ko‘rsatish katta sharafdir. Bunday saboqni o‘zlashtirib olgan ko‘plab odamlar imonda va oilaviy hayotda, kasbiy faoliyatlari va xizmatda mo‘l–ko‘l marhamatga erishdilar. Ulardan hech biri ilk pallada bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan mashaqqatlar haqida ham, haqiqatni egallash uchun chekkan zahmatlari haqida ham vaqt o‘tib afsus chekkan emaslar.
Hozir esa men sizga murojaat qilmoqchiman, hurmatli o‘quvchim. Men sizlarni o‘zim bilan g‘aroyib sayohatga taklif qilaman. Biz imonda ulg‘ayish yo‘li orqali Xudoga boramiz. Masihga ishonadigan erkak Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish uchun da’vat etilgan!
Siz ushbu asarni o‘qib, quyidagilarni bilib olasiz…
Xudoning qalbiga mos erkakning hayot yo‘li qanday;
U o‘z hayotini qay tarzda qurishi kerak;
Muqaddas Kitobda Xudoning qalbiga mos erkak deb atalgan Dovud qanday odam bo‘lgan.
Siz o‘zingizni Xudoga to‘liq bag‘ishlashga va Uning xohishini bosh tortmay bajarishga qaror qilganingizda, butun hayotingiz Xudoning marhamati bilan qay tarzda to‘layotganini ko‘rasiz (qarang: Havoriylar. 13:22).
Xudo sizni ruhlantirsin va oliy hayotiy maqsad – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingiz qarorida sizni mustahkamlasin!
Masihdagi birodaringiz va hamrohingiz Jim Jorj
I QISM. XUDONI IZLANG
Osvald Sanders
1. QALBINGIZ NIMANI ISTAYDI?
Havoriylar. 13:22
Men o‘n ikki yoshda ekanligimda, biz butun oilamiz bilan sayohatga jo‘nadik (bu bolalik yillarimda butun oilamiz bilan o‘tkazgan yagona safar bo‘lgan). Biz Oklaxoma shtatining Mayami shahridagi uyimizdan chiqib Kanzas–Sitidagi Doj–Sitida yo‘l–yo‘lakay to‘xtagancha, Kolorado shtati tomon yo‘lga tushdik. Biz taniqli jinoyatchilar dafn etilgan mashhur «But–Xill» qabristoniga kirib o‘tish uchun Amerikaning bu ko‘hna shahrida to‘xtadik.
Men qabrtoshiga o‘yib yozilgan ushbu so‘zlarni hanuz eslayman:
Bu yerda Qariya Jo dafn etilgan. U botinkalarida vafot etgan*.
___________________________
* «Botinkalarda vafot etish» – “xizmatda o‘lish” yoki “tajovuz oqibatida o‘lish” ma’nosini bildiradi. –
Tasavvur qiling–a, ushbu qabrning chetlaridan bir juft botinka chiqib turibdi! Men keyinchalik Qariya Jo aslida bu qabristonda dafn etilmaganini va qabrtoshidagi yozuv “
«But–Xill» qabristonidagi o‘sha unutilmas damlar menda epitafiyalar to‘plashga qiziqish uyg‘otdi. Mana, misol uchun, eramizga bo‘lgan V asrda Fermopildagi jangda halok bo‘lgan spartalik qahramonlarning qabriga qadimgi yunon shoiri shunday yozgan:
Mana bu epitafiya esa buyuk ingliz shoiri Shekspirga bag‘ishlangan:
___________________________
* Ben Jonsonning (1572–1637) «Sevimli muallifim, ustoz Uilyam Shekspir xotirasi va uning bizga qoldirgan merosi haqida» poemasidan. Yevgeniya Koryukina tarjimasi( yangi tahririyat, 2009 g.).
Men yoshligimda aniq fanlarni o‘rganganman va menga bir erkak olimga bag‘ishlangan epitafiya juda yoqadi. Bu odam ilm–fanga xizmat qilib, uzoq yashagan (u sakson besh yoshida vafot etgan) va kimdir uning iqtidori qarshisida bosh egib, haqiqat izlovchining qabr toshiga shu so‘zlarni o‘yib yozgan:
Aksariyat epitafiyalar marhumlarni tanigan odamlar tomonidan yozilgan, amerikalik davlat arbobi Bendjamin Franklin esa o‘z epitafiyasini o‘zi yozgan:
Muallif2
Mening to‘plamimda hazilnamo epitafiyalar ham bor, misol uchun:
Va yana:
Ushbu epitafiyaga kimdir shu satrlarni qo‘shibdi:
Biroq, menga ma’lum eng ulug‘vor va ayni vaqtda eng sirli epitafiyalardan biri Muqaddas Kitobda keltirilgan bo‘lib, uni Xudoning O‘zi aytgan. Bu so‘zlar Qadimgi Ahdning eng yorqin qahramonlaridan biri shoh Dovud xotirasiga bag‘ishlangan. Xudo Dovud haqida shunday deydi:
Biz shoh Dovuddan nimani o‘rganishimiz lozim?
Shoh Dovud hayotining bayoni – o‘ta qiziqarli va ibratli mutoaladir. Uning hayoti hayratomuz, maftunkor sarguzashtlarga to‘la. Dovud o‘smirlik paytidayoq pahlavon Go‘liyotni mag‘lub etgan. Kunlardan birida otasini himoya qilayotib, sherni jarohatlagan, boshqa safar esa ayiq bilan olishib g‘olib chiqqan. Dovud hayotining tarixi – qachonlardir oddiyligi bois noma’lum bo‘lgan insonning ulug‘lanishi va shon–shuhrati haqida hikoya qiladigan yorqin epopeyadir. U hayot yo‘lining boshida cho‘pon bo‘lgan, biroq Xudo uni O‘z xalqi ustidan shoh darajasiga ko‘tarishni ma’qul ko‘rdi. Dovud buyuk jangchiga aylandi va aynan uning hukmronligi davrida avval kichik xalq bo‘lgan isroilliklar qudratli davlatga ega bo‘lishdi. Bu shohlik Masihgacha bo‘lgan davr va Masih zamonlarida Yaqin Sharqning katta qismiga tarqaldi.
Ammo Dovud shon–shuhratga shu bois ham sazovorki, Xudo u haqda qachonlardir shunday degan: «…Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim…»
Avval aytib o‘tganimdek, bu so‘zlar menga jumboqli bo‘lib tuyuladi. Xudoning bu so‘zlari Dovudga va uning hayot yo‘liga bo‘lgan Uning marhamatidan dalolat beradi. Bu hayron qoldiradi, vaholanki Dovud hamisha ham diyonat bilan ish tutmagan. Agar siz uning hayoti haqida hech nima bilmasangiz, buni tasdiqlaydigan bir qancha voqea–hodisalardan misol keltirishimga ijozat bering:
Dovud jangchi bo‘lib, «ko‘plab qon to‘kkan» (qarang: 1 Shoh. 22:8).
Dovud Botsheva ismli ayol bilan zino qilgan (qarang: 2 Shoh. 11:4).
Dovud keyinchalik Botshevaning o‘zidan homilador ekanligini bilib, javobgarlikdan qutulish maqsadida ayolning erini xavf–xatarli jang maydonida qoldirishni buyurgan. Shu buyruq tufayli ayolning eri halok bo‘lgan (qarang: 2 Shoh. 11:5–17).
Dovudning ko‘plab xotinlari bo‘lgan (qarang: 2 Shoh. 3:1–5).
Dovud o‘z bolalariga yetarlicha e’tibor qaratmagan, shu bois oilasida janjallar ko‘p bo‘lgan. Bu holat o‘z ortidan fojeaviy oqibatlarni olib kelgan (qarang: 2 Shoh. 13:15–18, 28–29; 18:33).
Dovud Xudoning amrini buzadi va mag‘rurlikka berilib, o‘z qo‘shinini sanab chiqadi. Buning oqibatida yetmish ming isroilliklar o‘lat kasalligidan vafot etadi (qarang: 2 Shoh. 24:10, 15).
Ammo baribir Xudo aytadi: «…Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim…» Bu so‘zlar hozirgina aytilgan boshqa barcha so‘zlar bilan qanday kelisha oladi? Xudo qanday qilib bunday odamga xayrihoh bo‘lishi mumkin?
Ha, Dovudning o‘ziga xos moyilliklari va kamchiliklari bo‘lgan. Bu odam sodir etgan nopokliklarga bizlarning aksariyatimiz aslo qo‘l urmagan bo‘lardi, biroq Dovud halol bo‘lishga intilgan! U Xudoni sevgan va chin qalbdan Uning xohishini bajarishni istagan! Xudo aynan shunday odamni izlaydi (qarang: Yeremiyo. 5:1–9). U bizdan mukammallikni kutmaydi, Dovudning hayoti buning yorqin isbotidir. Zero, Dovudning har qanday gunoh va xatoliklariga qaramay, Xudo uning qalbiga nazar tashlashi va Uning qalbidagi erkak shu ekanini, ya’ni Xudoni sevadigan va Uning xohishini samimiy ado etadigan erkak ekanini aytishi mumkin.
Xudo inoyatining qudrati
Qadrli birodar, biz yuqorida aytilganlarning barida Xudoning inoyatini ko‘ramiz. Bunga boshqacha izoh yo‘q! Dovud o‘z ishlari bilan Xudoning marhamatiga munosib emas, lekin uning qalbi Xudoga yoqadigan muqaddas intilishlar bilan harakatlanadi. Dovud garchi ba’zan qoqilib yiqilsa–da, Xudoning istagini bajarishni istaydi.
Hozir esa sizga muhim savolni beraqolay: siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istaysizmi? Boshqacha aytganda, butun qalbingiz bilan Xudoning istagini bajarishni xohlaysizmi?
Buning imkoni sizga amalga oshirib bo‘lmaydigandek tuyulishi mumkin, biroq birgina siz bunday fikrda emassiz. Ehtimol, ruhiy hayotda orqaga ikki qadam tashlab, bir qadam oldinga yurishlik sizga xosdir. O‘tmish gunohlaringiz va xatolaringiz tufayli hech qachon Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lolmasligingiz taxmin qilishingiz mumkin. Bunday holatda bu maqsad sizga yetishib bo‘lmasdek tuyuladi.
Ammo Xudo Dovudning qalbiga nazar tashlaganini siz unutmang. Xudo hayotingizni baholab, qalbingizga nazar soladi! Xudoning inoyati bizni har qanday vaqtda qo‘llab–quvvatlaydi va mustahkamlaydi. Aynan shu haqiqatni anglashdan ulug‘vor va shavkatli maqsad sari – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish sari yo‘l boshlanadi.
Jon Nyuton chindan ham g‘aroyib taqdirga ega. Bu hikoya Xudo O‘zining ta’sirchan va ilhombaxsh inoyatini qanday namoyon etgani haqidadir.
Bu odam tuzalmas gunohkor edi. Kasbi – qulfurush. U qo‘pol, serhissiyot, ahloqsiz bo‘lgan. Nyuton keyinchalik o‘zi haqida gunohga botgan bir jirkanch odam haqida so‘z borayotgandek gapirgan. Ammo uning hayoti tubdan o‘zgargan kun ham yetib kelgan: Xudoning istagi bilan dengizda bo‘ron ko‘tarilib, bu qahri qattiq qulfurushning yuragi titrab ketgan. Nyutonning o‘zi guvohlik berishicha, tabiat hodisasi unga o‘chmas ta’sir ko‘rsatgani natijasida u Xudoga yuzlanib, chin ko‘ngildan tavba qilgan va gunohkorona hayotdan qat’iy voz kechgan. Bu gunohkor odamning Xudoga yuzlanishiga Foma Kempiyskiyning “Masihga taqlid haqida” kitobini o‘qib chiqqani ham yordam bergan.
Jon Nyuton qalbini o‘zgartirgan Xudo inoyatining kuchi va ulug‘vorligidan tinimsiz hayratda edi. U o‘z hayratini quyida keltirilgan “O, inoyat!” nomli mashhur qasidada ham ifoda etgan:
Aytishlaricha, sakson ikki yoshga kirgan Nyuton o‘limidan biroz avval ilohiyotdan saboq bergan va uning va’zlarida shunday so‘zlar yangragan: «Men keksaydim va xotiramni deyarli yo‘qotdim, biroq men shuni hech qachon unutmayman: men – buyuk gunohkorman –Masih esa – buyuk Najotkor!»
Ushbu ta’sirchan so‘zlar Xudoning qalbiga mos erkak deb atalishga haqli bo‘lgan insonga tegishlidir! Xudo Dovudning qalbiga qanday nazar solgan bo‘lsa, Jon Nyutonning qalbiga ham shunday nigoh bilan boqqan, xuddi shundayin, U sizning ham yuragingizga nazar soladi.
Men esa hozir sizlarga bir qancha jiddiy savollar bermoqchiman.
Xayriyatki, U hayotingizda mukammallikni ko‘rmoqchi emas. Masihiy bo‘lish mukammal bo‘lish shart ekanini bildirmaydi. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda komil bo‘lgan birorta ham inson yo‘qligi aytilgan (qarang: Rim. 3:10). Barcha odamlar – Dovud ham, men ham, siz ham – gunohkorlarmiz! Har bir odam Xudoga itoatsizligini ko‘rsatadi, aynan ana shu gunoh Dovudni ham, meni ham, sizni ham Xudodan yiroqlashtiradi.
Buni anglash o‘ta og‘ir, ammo baribir barchamizda ham umid bor. Nomukammallik bo‘lmagan yagona Inson – bu Xudoning Yagona O‘g‘li, Iso Masihdir. U chindan ham Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan. Hamisha va har doim Otaga manzur bo‘ladigan tarzda ish tutgan. Iso cho‘mdirilganida, Xudo aytgan: «Bu Mening Sevikli O‘g‘limdir. Undan nihoyatda mamnunman» (Matto 3:17).
Iso mukammal va begunoh bo‘lgani bois, Unda bizning gunohlarimiz uchun o‘lish huquqi bor edi. U o‘ladiganlar uchun jazoni O‘ziga oldi. Muqaddas Kitobda aytilganki, «...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi» (Rim. 5:8). Iso bizning gunohlarimiz uchun mukammal Qurbonlik edi. Uning amalga oshirganlariga ko‘ra, bizlar gunohdan poklanaylik va «inoyatli Xudoyimizning taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik. Shunda U bizga marhamat ko‘rsatadi. Uning inoyati zarur vaqtda bizga yordam beradi» (Ibroniylar. 4:16.). Bu ajoyib!
Bu savolga bir qancha so‘zlar orqali javob qaytarish mumkin. Bu demak…
Xudoga va Uning inoyatiga umid qilmoq (qarang: Efesliklar. 2:8–9);
gunohga tavba qilib, undan yuz o‘girmoq;
Xudo O‘g‘lining o‘limi orqali bizga namoyon bo‘lgan Xudoning abadiy hayot in’omini qabul qilish;
Xudoning rahm–shafqati va kechirimini qabul qilish;
Xudoning inoyati bilan yashash.
Agar siz masihiylikni qabul qilgan bo‘lsangiz, bu sizning endi hech qachon gunoh qilmasligingizni bildirmaydi. Siz ham mendek ba’zan gunoh qilasiz, ammo endi gunoh bilan hayot kechirmaysiz. Nega? Negaki endi siz – Masihdagi yangi ijodsiz (qarang: 2 Kor. 5:17). Siz – Xudoning farzandisiz. Masihiy gunoh qilganida, unda yashayotgan Muqaddas Ruh bu haqda darak berib, u yana Xudo bilan muloqot quvonchiga ega bo‘lishi uchun tavba qilish istagini in’om etadi (qarang: Zabur. 50:14).
Biz Dovud va Isoning Xudo istagini bajarish istagi haqida gapirib o‘tgandik. Shuningdek, siz Xudoning inoyati Jon Nyutonga qay tarzda tegib, uning qalbini o‘zgartirib yuborganini ham bilib oldingiz. Xo‘sh, sizning qalbingiz nimani istaydi? Siz qalbingiz haqida nima deyishingiz mumkin? Xudo qalbingizga nazar tashlab, shunday deyishi mumkinmi: «Men qalbimga mos erkakni topdim, negaki sen Mening xohishimni bajarish istagida ekaningni ko‘rib turibman»?
Balki bu yo‘lda qadam tashlagandirsiz va Masih Najotkoringizga aylangandir. Agar hanuz bunday qilmagan bo‘lsangiz yoki barchasini lozim bo‘lganidek bajarganingizga ishonchingiz to‘liq bo‘lmasa, bilib qo‘ying: bu muqaddas maqsad – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish yo‘lidagi o‘sha ilq qadamingizdir. Mabodo siz shu paytgacha Masihga imon keltirmagan bo‘lsangiz, men sizni ibodat qilishga chorlayman:
Agar siz masihiylikni qabul qilgan bo‘lsangiz, riyozat yo‘lidan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi va bu yo‘l yakuniga yetganida, hayotingiz xotiranomasi quyidagi so‘zlar uchun mos kelishini istayman (mazkur epitafiya bir ingliz xotirasiga bag‘ishlangan):
Jim Jorj
2. RUHAN ULG‘AYISHNI ISTANG
Zabur. 41:2–3
Bir vaqtlar yoz faslida jamoatning xizmatchilar guruhi bilan Avstraliyaga borgandim. Safarimizdan ko‘zlangan maqsad mahalliy cho‘ponlar o‘rtasida bir qator konferensiyalar o‘tkazish edi. Birinchi konferensiya mamlakat shimolidagi hayratomuz go‘zal shahar Brisbenda o‘tkazildi. Brisben subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, ko‘chalarda palmalar, qishloqlarga olib boradigan yo‘l bo‘yidagi maydonlarda esa ananaslar o‘stiriladi.
Brisbenda bo‘lganimda, Katta Marjon qoyalar haqidagi hikoyalarni eshitdim. Yer sharining har qaysi burchagidagi mohir g‘avvoslar va suv ostida suzadigan oddiy havaskorlar ham sizga bu marjon qoyalarni yuvib turadigan billurdek toza ko‘kimtir suvlar haqida gapirib beradi. Bu mashhur tizmalar Brisbenning shimolidan toki Avstraliyaning shimoliy–sharqiy sohillari bo‘ylab taxminan 1260 mil masofaga cho‘zilgan. Tizmaning eni o‘ndan toki to‘qson milgacha. Shunisi hayron qolarliki, ulkan marjon qoyalari ummon tagida yashovchi mayda jonivorlar – marjon poliplarining hayotiy faoliyatlari natijasida paydo bo‘lgan. Bu jonivorlar yirik to‘dalarga bo‘linib, yuzlab yillar mobaynida ajoyib inshootlar qurishadi. Mazkur inshootlarning alohida qismlari yuzlab fut chuqurliklarda joylashgan.
Katta Marjon tizmalari tirik mavjudotga o‘xshamaydi, biroq olimlar uning o‘z hayoti bilan yashayotganini ta’kidlashadi. Marjon poliplari yashaydi va o‘lishadi, tizmalar esa o‘sishda davom etadi. Aql bovar qilmaydi, ammo bu bor gap!
Ruhan ulg‘ayish uchun zaruriy kuch–qudratning asosiy manbai
Muqaddas Kitob ham menda ana shunday hayrat uyg‘otadi. Tashqi ko‘rinishidan u boshqa kitoblardan aslo farq qilmaydi. Uning sahifalari eng oddiy kitob va hatto gazetalar yoki teledasturlarning sahifalariga o‘xshaydi. Ammo baribir Muqaddas Kitob boshqa nashriy satrlardan tubdan ajralib turadi: u jonli va haqiqiy! Biroq nega? Biz bu savolga javobni Muqaddas Kitobning o‘zi haqida bergan guvohliklaridan topamiz.
Fikrimcha, biz bu guvohliklarni tinglashimiz lozim. Muqaddas Kitobda hayot va uning turli jihatlari haqida aytilgan so‘zlar biz uchun juda muhim. Shu bois ozgina bo‘lsada uni o‘qib–o‘rganishga qiziqish bildirishimiz kerak. Muqaddas Kitobni o‘qish hayotimizni o‘zgartiradi. U bizning fikrlashimiz tarziga va harakatlarimizga ta’sir qiladi. Muqaddas Kitobni o‘qish nutqimizni boyitadi. Boshqa hech qanday kitob bizga Muqaddas Kitob kabi ta’sir qilmaydi. Juda ko‘plab turli mavzulardagi foydali va zarur kitoblar bor, biroq faqat Muqaddas Kitobgina ichki olamimizni, qalbimizni va ruhimizni doimiylikka tubdan o‘zgartiradi.
Yana muhimi shuki, Muqaddas Kitob – Xudoning O‘zi aytgan Kalom, mabodo siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu holda aynan shu Kitobdan o‘zingizni qiziqtiradigan savollarga javob topishingiz mumkin. Axir shunday emasmi? Xudo Uning bizga bo‘lgan sevgisini bilishimiz uchun Muqaddas Kitobni bergan va unda bizning haqiqiy, demak, Unga nisbatan to‘lib–toshgan chuqur mazmunli munosabatlarimiz qanday bo‘lishini ochib bergan. Xudo bizga Muqaddas Kitob bilan birgalikda barcha jabhada muvaffaqiyatlarga erishish uchun hayotni qanday qurish borasidagi bilimlarni bergan. U O‘z Kalomida bizni omadli, umrimizni muzaffar qiladigan hayotiy afzalliklarni ko‘rsatib o‘tgan. Agar siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu afzalliklar nimadan iboratligini bilib olishga urinasiz. Buning uchun siz Muqaddas Kitobni o‘qishingiz lozim.
«Rivojlanish omili»
Agar bola biror sababga ko‘ra rivojlanmay qolsa, bu uning ota–onasi uchun fojeaga aylanadi. Imonda ulg‘aymay qolgan masihiy ham o‘zida ana shunday ma’yus ko‘rinishni aks ettiradi. Xudo bizning nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham rivojlanishimizni istaydi. Muqaddas Kitobda imondagi ulg‘ayish Masihda yashashning tabiiy natijasi ekanligi aytilgan. Boz ustiga, shunday da’vat ham keltirilgan “O‘z hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar» (2 Butrus. 3:18). Ibroniylarga maktub muallifining yana bir masalada ham ishonchi komil edi: uning o‘quvchilari vaqt o‘tib, odamlarni Xudo Kalomi haqiqatlariga o‘rgatadigan darajadagi ruhiy kamolotga erishadilar. Biroq o‘quvchilari hali imonda ulg‘aymaganlari bois o‘z maktubi orqali ularga ta’na qilishlariga to‘g‘ri kelgan (qarang: Ibroniylar. 5:12). Masih huzurida bo‘lganlarning ruhiy o‘sishi tabiiy ravishda kechmog‘i lozim.
Ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik
Nafaqaga chiqishimdan bir necha yil oldin Kaliforniya shtatining Moxava sahrolaridagi harbiy mashg‘ulotlarda tibbiy bo‘lim tarkibida bo‘lganman. Yigirma yil mobaynida AQSh qo‘shinlarida zahirada turganim bois bu ikki haftalik mashg‘ulotlar qiyin o‘tishini yaxshi bilardim. Mening qismimning vazifasi zaruriy vaziyatlarda tank bo‘linmalaridan biridagi harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Mashg‘ulotlar avgust oyida o‘tdi, issiqqa esa chidab bo‘lmasdi. Men doimo kuchli tashnalikni his etardim – tinimsiz ravishda suv ichgim, ichgim, ichgim kelaverardi!
Aziz birodar, men bu mashg‘ulotlarda qanchalik kuchli chanqagam bo‘lsam, xuddi shundayin, biz ham Xudoning Kalomiga ana shunday tashnalikni his etishimiz lozim. Inson tanasi suvsiz yashay olmaydi. Xuddi shu kabi ruhimiz ham “tiriklik suvi” Xudo Kalomisiz yashashi mumkin emas. Zaburchi bu haqda shunday deydi:
Siz ham Xudo bilan muloqotga va Uning Kalomiga shunchalik chanqoqmisiz? Jazirama sahroda faqat suvgina tashnalikni qondirgani kabi, faqat Xudoning Kalomigina ruhimizni to‘ydirishi mumkin. Faqat ugina sinov damlarida bizga kuch bag‘ishlashi, hayotimizning barcha murakkabliklarida vaziyatimiz o‘nglanishi uchun yordam va tiniq aql berishi mumkin.
Xudo bizni imonda ulg‘ayishga chorlagan holda, O‘zining qo‘llab–quvvatlashidan bebahra qoldirmasligini anglash naqadar quvonchli. Har bir imonlida yashaydigan ilohiy ruh unga ruhiy jihatdan ulg‘ayish va unga moslashish tashnaligini beradi. Iso Ruh hamisha bizning Ustozimiz va Yordamchimiz bo‘lishiga va’da bergan (qarang: Yuhanno 14:16–17, 26).
Shu tariqa, Xudo bizga Masihni, Muqaddas Kitobni va Muqaddas Ruhni in’om etib, ruhan o‘sishimiz uchun zarur bo‘lgan barcha inoyatlarni bergan. Ammo siz ham ularga mushtoqmisiz? Siz Xudo va Uning Kalomi bilan muloqotda ko‘proq vaqt o‘tkazib, bu tashnalikni qondirishingiz mumkin. Men ushbu Muqaddas Kitobni o‘qish Xudo bilan muloqot va Uning Kalomini anglash chanqoqligini sizda yanada oshirishi uchun ibodat qilaman.
Ruhan ulg‘ayishim haqidagi guvohligim
Men bolaning jismoniy rivojlanishidagi to‘xtalish uning o‘zi va ota–onasi uchun fojeaga aylanishini aytgandim. Masihiyning imonda ulg‘ayishidagi to‘xtalish ham ana shunday qayg‘ulidir. Menga kelsak, bolalik va o‘smirlik yillarimda jamoatga qatnaganman, ammo ruhiy hayotim shu bilan yakun topgan, shu bois ruhan balog‘atga yetmagan holda chekka bir hududdan kelib kollejga o‘qishga kirganimda, ahloqan yuz tuban ketish xavfi bilan yuzma–yuz keldim. O‘sha yillari men Masih masalidagi darbadar o‘g‘ilning o‘zginasi edim, ya’ni u...
Men ham daydi o‘g‘il kabi “aqlimni yig‘ib olib” ruhiy chanqoqlikdan nobud bo‘layotganimni angladim (o‘shanda yoshim o‘ttiz atrofida edi). Men ham xuddi u kabi nigohimni osmonga qaratib, o‘z Samoviy Otamga qaytdim. Va xuddi daydi o‘g‘liga “rahmi kelgan” ota singari (qarang:
Men ko‘p yillar “uzoq bir mamlakat”da yashaganimni va bu yillar behuda o‘tganini tushunardim. Biroq men Xudo Kalomini anglashga va ruhan ulg‘ayishga chanqoq edim, shu bois Muqaddas Kitobni Ibtido Kitobining 1–bobi 1–oyatidan o‘qishni boshladim. Men o‘sha paytgacha Muqaddas Kitobni biror marta ham boshidan oxirigacha o‘qib chiqmagandim.
Gunohning halokatli oqibatlari tufayli mening ruhim “qurib qoldi” va ruhiy ma’noda men Masih oldiga kelgan majruh odamlarga o‘xshab qoldim. O‘z tanalarining u yoki bu hayotiy vazifalarini tiklashga yordam beradigan sog‘lomlashtirish dasturlari bilan shug‘ullanuvchi erkak va ayollarga o‘xshab, men ham yo‘qotgan kuchlarimni qaytarishga yordam beradigan ruhiy mashqlar o‘tkazishni boshladim. Men bu borada nafaqat yo‘qotganlarimni qaytardim – Xudoning inoyati menga yangi kuchga to‘plashimga yordam berdi. Men Samoviy Otamning mehriga ehtiyojmand bo‘lib qoldim, negaki barbod bo‘lgan qalbim ana shuni istardi.
Xo‘sh, sizchi? Mening hikoyamda sizning hayotingizni eslatib yuboradigan biror nimani topdingizmi? Siz ham “uzoq bir mamlakat”da yashaganmisiz yoki hali ham o‘sha joyda yashayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, umid qilamanki, bu kabi “sog‘lomlashtirish dasturi”dan o‘tish, boshqacha aytganda, sizga ruhiy kuchingizni oshirish va ayni vaqtda Xudoda ulg‘ayishingizda yordam beradigan ruhiy mashqlarni bajarish qanchalik muhimligini tushunasiz. Xudo shuni istaydi. Xo‘sh, o‘zingizchi?
Ruhiy ulg‘ayishning ijobiy ta’siri
Ruhiy ulg‘ayish hayotimizning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi, bu esa ajoyib! Biz barkamol masihiylarga aylana borib, nafaqat Xudoga manzur bo‘lamiz, balki atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatamiz. Har birimiz masihiy, turmush o‘rtog‘i, ota yoki birorta firmaning xodimi sifatida ko‘plab odamlar bilan uchrashamiz, agar biz ruhan ulg‘aysak, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatishimiz mumkin.
Hozir esa men sizga bir qancha muhim savollar bermoqchiman.
Ruhiy ulg‘ayishning yaqqol namunasi
Siz, hoynahoy, Jon Uesli kim ekanini bilsangiz kerak. XVIII asrda yashagan bu ilohiy erkak ukasi Charlz bilan bilan birgalikda metodistlar jamoatiga asos solgan. Uesli hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, zero u o‘zini butunlay Xudoning xizmatiga va Uning Kalomini targ‘ib etishga bag‘ishlagan. Muqaddas Kalomga o‘zini qizg‘in bag‘ishlagan Ueslini “bitta kitob” – Muqaddas Kitob –“ odami” tariqasida bilishgan. U ruhan kamol topishni istagani uchun Kalomning ilohiy so‘zlarini qalbi va ruhiyati bilan qabul qilgan. Xudoning Kalomi uning vujudi va qoniga singib kirgan.
Jon Uesli Xudo bilan tuzgan sadoqat belgisi sifatida har yili o‘zi yozgan ibodat so‘zlarini shogirdlari bilan birga o‘qigan. Metodikachilar uning so‘zlari bilan o‘zlarining ruhiy o‘sishga bo‘lgan tashnaliklarini ifoda etadilar, mabodo siz ham ular kabi buni istasangiz, mazkur ibodatning satrlarini yodlab olishingiz mumkin:
Agar siz Xudoning inoyatidan umid qilib Xudoning qalbiga mos erkak singari yashashga va ruhan ulg‘ayishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu holda Xudo amrlarining barchasini astoydil va g‘ayrat bilan bajaradigan masihiyga aylanasiz.
Jim Jorj
3. RUHAN ULG‘AYISH QAY TARZDA KECHADI
2 Butrus. 3:18
Biz o‘zimiz xohlagan nimanidir qilishimiz qiyin kechmaydi, to‘g‘rimi? Biz uyni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanish yoki ishga borish uchun o‘zimizda xohish topmasligimiz mumkin, biroq odatda biz katta ko‘tarinkilik bilan sevimli mashg‘ulotlarga qo‘l uramiz va bundan kam bo‘lmagan xursandchilik bilan dam olish imkoniyatidan foydalanamiz. Shu bilan birgalikda, sevimli mashg‘ulotlar bizga foyda ham keltirishi mumkinligini anglashimiz ham muhim.
Men Vashington shtatida yashayman. Derazam ortida ertalabki soat beshdan ko‘plab baliqchilarni ko‘rish mumkin bo‘lgan yaqindagi ko‘lning manzarasi ochiladi. Ulardan ayrimlari butun kunni qosh qorayguncha qayiqlarida o‘tkazishadi. Ba’zi erkaklar baliq ovlash uchun goh–gohida kelishadi, boshqalarini esa ko‘lda har kuni ko‘raman, ammo hech qachon bu odamlarni o‘z oilalari bilan birgalikda ko‘rmaganman. Rostini aytsam, menda savol tug‘iladi: ularning oilaviy hayotlarida hammasi joyidamikan? Va umuman, ular turmush qurishganmi? Agar shunday bo‘lsa, hamisha ko‘lda kunlarini o‘tkazadigan bu oila boshliqlari o‘z xotinlariga ham hech vaqt ajratisharmikan? Xo‘sh, ularning bolalariga nima bo‘lyapti? Otalar ko‘pincha o‘zlarining o‘smir farzandlari bilan kelisha olmayotganlaridan shikoyat qilishadi. Men bu kabi shikoyatlarni eshitganimda, savolga botaman: ular o‘z bolalarini tushunishga, qanday yashayotganini bilishga va ular bilan umumiy til topishga urinishganmikan?
Men bu bilan go‘yo baliq ovi – nojo‘ya mashg‘ulot demoqchi emasman. Men faqatgina biz sevimli ishga yoki ko‘ngilxushliklarga berilib, Xudo zimmamizga yuklagan majburiyatlarni unutishga haqqimiz yo‘qligini eslatib o‘tmoqchiman, xolos. Bunday mashg‘ulotlar – xoh sport, baliq ovi, piyoda sayohat yoki boshqa nimadir bo‘lsin – unga bo‘lgan munosabatimizga ko‘ra foyda ham, ziyon ham keltirishi mumkin. Mening o‘zimga kelsak, yugurish bilan shug‘ullanaman. Band ekanligimga qaramay, yugurish uchun vaqt topishga erishaman. Men yugurishning inson sog‘ligi uchun qanchalik foydali ekanini bilaman va bu bilan shug‘ullanish menga juda yoqadi. Avval aytib o‘tganimdek, qalbimizga yoqqan mashg‘ulotni bajarishimiz oson, ammo nima bo‘lganda ham o‘z majburiyatlarimizga bepisand bo‘lmasligimiz, hayotimizdagi muhim ishlarni unutib qo‘ymasligimiz lozim.
Biz shu paytgacha boshqa imonlilar, ularning ruhiy hayoti va ruhiy intilishlari haqida gapirdik. Agar siz masihiy bo‘lsangiz, ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik sizga xos bo‘lishi kerak. Shoh Dovud Xudoning irodasini bajarishga chanqoq bo‘lganidek, Jon Uesli ham buni butun qalbi bilan qo‘msagan. Men Xudo qalbimda qanday harakat qilganini va U qanday istaklarni yuragimga joylaganini sizlarga qisqacha aytib o‘tdim. Endi biz havoriy Pavlus va uni imon yo‘lidagi xizmatida nima harakatga keltirgani haqida gapiramiz. Hozir esa sizdan so‘ramoqchiman: sizning qalbingiz nimaga mushtoq? Ruhingiz nimaga intiladi? Umid qilamanki, shunday javob qaytarasiz: «Men Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istayman. Men ruhan ulg‘aymoqchiman. Men atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqchiman. Xudo meni qay tarzda ko‘rishni istasa, ana o‘shandek bo‘lmoqchiman. Biroq men nimadan boshlashim mumkin?»
Agar men javobingizni topgan bo‘lsam, bu ajoyib. Sizning orzu–istaklaringiz albatta amalga oshadi va siz o‘z yaqinlaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz. Sa’y–harakatlaringizning ezgu hosilini ko‘rib, siz Xudoda bundanda ko‘proq ulg‘ayishni istaysiz.
Qanday qadamlar ruhan ulg‘ayishingizda yordam berishi mumkin? Keling, ana shu haqda gaplashib olaylik.
Ruhan o‘sishingizga yordam beradigan qadamlar
1.
2.
Gunohning mevasi Dovudga katta azob–uqubatlar keltirdi: uning tanasi avvalgi kuchini yo‘qotdi, og‘riqdan ingraydigan bo‘ldi, ziyraklik va baquvvatlikdan judo bo‘ldi, dili xufton bo‘lib, butunlay tushkunlikka tushdi. Hayotining ruhiy tarafi esa gunoh oqibatida yanada og‘ir bo‘ldi. Dovud gunoh qilganini bilardi va buni Xudodan yashirib bo‘lmasligini ham tushunardi.
Siz bu haqda o‘qib, ehtimol, shunday o‘ylagandirsiz: «Albatta, men Dovud kabi og‘ir gunohlar qilgan emasman. Hech kimni o‘ldirmadim va hech kim bilan zino qilmadim. Mening gunohlarim juda kam. Ular hech kimga ziyon yetkazgani yo‘q».
Biroq Iso siz hattoki yaqin odamingizdan g‘azablansangiz ham, qalbingizda qotillik qilganingizni (qarang: Matto 5:22), va ayol haqidagi birgina shahvoniy xayol ham Xudo nazarida zino ekanligini (qarang: Matto 5:28 ) tushuntirgan holda, har qanday gunohning jiddiyligini ko‘rsatib o‘tgan.
Shu tariqa, gunoh og‘ir yoki yengil, oshkora yoki xufyona bo‘lmasin, odam gunoh qilayotganida hamisha muqaddas Xudoni haqorat qiladi, shu bois agar siz gunoh qilgan bo‘lsangiz, tavba qilib, gunohdan yuz o‘girishingiz lozim. Aziz birodar, mabodo siz gunoh qilib, buning uchun Xudoga tavba qilmagan bo‘lsangiz, bu holat Uning bilan o‘rtangizdagi munosabatlarga halaqit berib, ruhan ulg‘ayishingizga zarar yetkazadi. O‘z ortidan tavbani yetaklab kelmagan gunoh ham yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan munosabatlaringizga rahna soladi.
Men hayotingiz qanday o‘tayotgani haqida mulohaza yuritib ko‘rishingizga da’vat etaman. Ehtimol, xuddi Dovud kabi, siz ham qalbingizda o‘rnashib qolgan gunoh uchun tavba qilishingiz kerakdir. U Xudoning qalbiga mos erkak edi va shu bois o‘zining og‘ir gunohlariga tavba qildi. U o‘z qalbini Xudoga ochganida, Rabbiy mo‘‘jizaviy tarzda uni poklab, halovat in’om etdi. Ana shunda Dovud quvonchdan hayqirgan: «Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir!» (Zabur. 31:1).
Agar siz qalbingizning gunohdan forig‘ bo‘lishini istasangiz, agar siz aybdorlik hissidan ozodlikni anglashni istasangiz, o‘zingizni gunohlaringiz uchun Xudo oldida hamisha tavba qilishga o‘rgating. Shu bilan birgalikda, U tavba qilganlarga in’om etadigan kechirim uchun minnatdorchilik bildirishni ham unutmang, ana shunda kelgusida ham imonda ulg‘ayishingiz uchun yo‘llar ochiladi.
3.
Muqaddas Kitob guruhimiz haqida aytsam, men har safar jamoatga kelganimda, odatda Xudoning Kalomini o‘rganish istagidagi bir necha erkakni uchratardim, xolos. Shunchalik ko‘p imon–e’tiqodsiz odamlarning golf o‘ynash uchun shanba kuni ertalabdan turganlarini va faqat ozgina masihiylargina bu paytda Xudoning Kalomini o‘rganish uchun jamoatga kelishga o‘zlarida kuch topganlarini anglash yoqimsiz kechardi. Shanba kuni ertalab golf o‘ynashning hech qanday yomon tarafi yo‘q. Men faqatgina agar siz Xudo bilan muloqot uchun vaqt topolmay, o‘z ko‘ngilxushliklaringizga butunlay berilib ketgan bo‘lsangiz, imonda ulg‘ayishingizni o‘zingiz to‘xtatib qo‘yishingizni aytmoqchiman.
Ha, Xudoga sodiq masihiy bo‘lish oson emas. Biz hamisha o‘z maqsadlarimizni tekshirib, qarorlarimizga qayta baho berib qo‘yishimiz lozim. Biz ushbu savollarga ochiq javob qaytarishimiz zarur: biz uchun betartib dunyo muhimroqmi yoki Xudo va Uning Kalomimi? Biz Muqaddas Kitobni o‘rganish uchun, imonda, sportda va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarimizda o‘sishimiz uchun vaqt ajratamizmi? Muqaddas Kitob guruhlaridagi mashg‘ulotlarimizni o‘zimiz uchun yoqimli deb bilamizmi
Men sizlarni ibodat orqali Xudoga yuzlanishga va Undan o‘z hayotingizda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishingizga yordam berishini, Unga manzur bo‘lganini tanlashini so‘rab, ibodat qilishga chorlayman. O‘z oldingizda Kalomni o‘rganayotgan boshqa erkaklar guruhida Xudo bilan muloqot o‘tkazish maqsadini qo‘ying. Diyonat yo‘lida mashq qilib, ruhiy kuchingizni oshiring. Bu sizga Xudo qalbidagi erkak bo‘lishingizga yordam beradi.
4.
sevimli cho‘poningiz audio va’zlarini va Muqaddas Kitob so‘zlarini tinglash;
o‘quv filmlarni tomosha qilish;
Muqaddas Kitobni va uning asoslarini, masihiylik hayotini o‘rganish kechki kurslariga qatnash;
Muqaddas Kalom oyatlarini yodlab olish;
yuqorida keltirilgan ruhiy mashg‘ulotlardan o‘zingizga mos keladiganlarini qo‘shib, imonda ulg‘ayishning maxsus dasturini ishlab chiqish.
Ammo Muqaddas Kitobni har vaqt o‘qish hammasidan ham muhimroq. Xudoning Kalomi siz uchun asosiy ruhiy ozuqa manbasi bo‘lmog‘i kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, besh foizdan kamroq masihiylar hech bo‘lmaganda bir marotaba Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishgan. Bu juda yomon! Agar siz har kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ysangiz, uni hech bo‘lmasa bir marta o‘qib chiqqan odamlar orasiga tushib qolishingiz tayin. Vaholanki, Muqaddas Kitobni to‘lig‘icha o‘qib chiqishingiz uchun kuniga besh–o‘n daqiqa sarflasangiz kifoya!
Aziz birodar, siz Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga jazm qilishingiz lozim, negaki, bu qarorni siz uchun boshqa hech kim qabul qilolmaydi: cho‘poningiz ham, xotiningiz ham, do‘stlaringiz ham. Ushbu qarorga siz o‘zingiz kelishingiz kerak, unga esa mazkur kitobning muqaddimasida keltirilgan
5.
Xudo qalbiga mos erkak bo‘lishni istagan kishi uchun unga o‘z maslahatlari, bilimlari, ko‘tarinki ruhiyati va shaxsiy ibrati bilan doimo yordam bera oladigan odamning bo‘lishi katta marhamatdir. Men o‘zimning masihiylik yo‘lim boshida ana shunday yordamga juda muhtoj bo‘lganman. O, qanchalik muhtoj bo‘lganman–a! O‘sha pallada men oilali bo‘lib, ikki nafar qizaloqlarim bor edi, ammo rostini aytganda, men nima qilish va qanday yashash haqida hech qanday tushunchaga ega emasdim, shu bois imonda o‘zimdan ko‘ra yetukroq bo‘lgan va meni o‘z qaramog‘iga oladigan odamni izlaganman. Yaxshi ustozni uzoq izlashimga to‘g‘ri kelmagani uchun Xudodan juda minnatdorman: jamoatimdagi bir qancha birodarlar Masihda ulg‘ayishim uchun menga yordam berishga rozi bo‘ldilar.
Hayotimning turli bosqichlarida menga ko‘plab yetuk masihiylar yordam berishdi. Ularning har biridan behad minnatdorman! Nihoyat o‘zlashtirib olgan tajriba va bilimlarimni yaqinlarimga o‘zim ham ulasha oladigan vaqt yetib keldi.
Muqaddas Kitob imonlilarni qunt bilan o‘qishga va vaqt o‘tgani sayin imon murabbiylari bo‘lishga da’vat etadi. Pavlus o‘zining yosh shogirdlaridan biriga shunday o‘rgatgan: «Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin» (2 Tim. 2:2).
Mazkur oyatni o‘qiyotganimda estafeta obrazi xayolimda gavdalanadi. Pavlus shogirdi Timo‘tiyni o‘zi o‘rganganlarini odamlarga yetkazish uchun “Xudo haqiqatining estafetasi”da ishtirok etishga chorlaydi. Ular o‘z navbatida keyingi avlod masihiylariga yetkazishi uchun masihiylikning bu estafetasini Xudoning boshqa sodiq odamlariga yetkazishlari lozim. Bu imon estafetasi yuzlab yillardan buyon davom etib kelmoqda, endi esa sening navbating kelgan! Aziz birodar, sen bu ulug‘ estafetani qabul qilib, uni Xudo haqiqatining boshqa kurashchilariga topshirishing shart. Inson nuqtai nazariga ko‘ra, “Xudo haqiqati estafetasi”ning muvaffaqiyati biz masofani qanchalik omadli bosib o‘tishimizga va uni keyingi ishtirokchilarga topshirishimizga bog‘liq. Kelinglar, zimmamizga yuklatilgan vazifani sharaf bilan bajaraylik!
6.
Ruhiy hayotda ham shunga o‘xshash holatlar yuz beradi (o‘ttiz yoshimda men bilan shunday bo‘lgan). Siz lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarsiz, ya’ni Muqaddas Kitobni o‘qimay, murabbiydan saboq olishlarsiz va ibodat qilmasdan ruhan yetuklikka erishmoqqa umid qilarsiz; biroq shunday kun keladiki, yoqimsiz ruhiy holatda ekaningizni – gunoh bilan kurashishga va odilona yo‘l tutishga kuchingiz qolmaganini – to‘satdan payqab qolasiz. Buning sababi shuki, imonda ulg‘ayish uchun har kunlik va har soatlik aniq maqsadli sa’y harakatlar qilmagansiz. Yodingizda bo‘lsin: erishilgan darajada to‘xtab qolmasligingiz va o‘zingizni kechagi yutuqlar xotirasi bilan ulug‘lamasligingiz lozim. Siz o‘zingizni Xudoda muntazam o‘sib borishga tayyorlashingiz kerak.
Ruhan ulg‘ayishning marhamati
Ruhan ulg‘ayishga xizmat qiladigan qadamlar haqida o‘ylayotib, ehtimol,
Mana, siz Xudoning qalbiga mos erkakka aylangach, siz oladigan marhamatlardan ayrimlari:
Xudo bilan munosabatingizni mustahkamlaysiz;
Masih bu olamda qanday yo‘l tutgan bo‘lsa, siz ham shunday yo‘l tutishga o‘rganasiz;
oilangizni donolik bilan boshqara olasiz;
siz vasvasa bilan kurashish uchun o‘zingizda ruhiy kuch borligini sezasiz;
siz boshqa erkaklar uchun ruhiy kuch–quvvat va yetuklik namunasi bo‘lasiz;
boshqa imonlilarga saboq berish uchun ruhiy kuch–quvvat va donolikka erishasiz.
Biz mazkur bobni maqsad va xohishlar haqidagi suhbatdan boshladik. Iqrorman: bu marhamatga ega bo‘lib, undan zavqlanishimiz mumkin ekanligi meni Xudoning inoyati ila Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish uchun undaydi! Men sizning qalbingizda ham ana shunday intilish qayd etilishi uchun ibodat qilaman.
Jon Charlz Rayl
4. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Mk. 1:35
Kaliforniya shtatining San–Villi shahridagi “Inoyat jamoasi” jamoatida cho‘pon bo‘lishimdan avval dori–darmon tayyorlashga ixtisoslashgan firmada ishlaganman. Nega aynan dori–darmonlar yo‘nalishida? Balki yoshligimda qadrdon shahrimdagi dorixonalardan birida ishlab, pul topganim turtki bo‘lgandir. Mening vazifam mahsulotlarni qabul qilish, tokchalarga joylash va xonalarda tartib–tozalikni saqlab turish bo‘lgan. Ishim o‘zimga yoqardi: dorixonaga odamlar muntazam kelib–ketishar va men qilayotgan ishlarim yaqinlarimga foyda keltirayotganidan xursand edim. Chuqur imonli boshlig‘im dorixonada xayrixohlik va samimiyat muhiti hukm surib turishi uchun barcha zarur ishlarni qilardi. Ishim menga shunchalik yoqib qoldiki, men vaqt o‘tib dorishunoslik sohasida ixtisoslashgan mutaxassis bo‘lishimga imkon beradigan ma’lumot olishni istab qoldim. Men Oklaxoma oliygohining dorishunoslik (farmatsevtika) fakultetiga o‘qishga kirdim.
Shundan buyon dorishunoslik mening faoliyatim maydoniga aylanib qoldi va tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish stajim o‘ttiz besh yildan ko‘proqni tashkil etadi. Men hatto jamoat xizmatchisi bo‘lganimda ham o‘zimning asosiy kasbiy faoliyatimni davom ettirib, shifoxonalarda dorishunos bo‘lib ishladim: men zahira qo‘shinlari tibbiy korpusining shtatdagi dorishunosi edim. Men haligacha dorishunoslik faoliyati bo‘yicha litsenziyaga egaman. Faoliyatim muddatini cho‘zish uchun har yili malaka oshirish kurslariga qatnashishim kerak va men yilma–yil shunday qilib kelyapman.
Men barcha guruhdagi dori–darmonlarning qanday ta’sir ko‘rsatishini bilishim zarur. Gap shundaki, bunday guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Bunday ta’sir mazkur guruhlardagi barcha dori–darmonlarga xos. Shu tariqa, shifokor u yoki bu dorini tayinlab, u bemor tanasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini va qanday natijani kutish kerakligini biladi, zero zarur ta’sirga ega bo‘lmasa, uni bemorni davolash uchun tayinlash mumkin emas.
Itoatgo‘y qalb
Hoynahoy, sizda ushbu kitobning mavzusi – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatadi va qay tariqa ana shunday erkak bo‘lish mumkin – dorishunoslikga nima daxli bor degan savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak. Xuddi turli guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega bo‘lgani singari, Xudoning qalbiga mos erkak ham o‘ziga xos ruhiy sifatlarga ega. Boshqacha aytganda, barcha imonli, Xudoga manzur bo‘ladigan erkaklarning fe’l–atvorlarida qandaydir umumiy jihatlar bor. Biz Xudoning qalbiga mos erkak boshqa erkaklardan asosan nimasi bilan farqlanib turishi haqida aytib o‘tgandik. Buning nima ekanligi yodingizdami?
Shoh Dovud ana shunday bo‘lgan. Biz avvalgi bobda uning Xudo qalbidagi erkak bo‘lganini aytgandik, negaki u Xudoning irodasini bajarishni istagan (qarang: Havoriylar. 13:22). Xudoning xohishini bajarishni istagan boshqa inson haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Biz Uning xohishi nima ekanligini bilgan holda bajarishimiz juda muhim! Asl ruhiy ulg‘ayishning bunday mohiyati soddalashtirilgan holda ko‘rinishi mumkin, biroq u Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatishini aniq–tiniq aks ettiradi: biz Xudoning Kalomini bilishimiz va uni bajarishimiz lozim. Aynan shu – Xudo qalbidagi erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan asosiy ruhiy sifatdir.
Men Masihdagi ustozlarim orasida haqli ravishda “Xudoning qalbiga mos erkak” sharafli unvoniga loyiq bo‘lgan odamlar borligini aytib o‘tgandim. Bu odamlar bilan yaqin aloqam menga o‘zim uchun yangi, imonning avval o‘zim anglamagan qirralarini ochishimga yordam berdi. Bu odamlarni kuzatib, ularning hatti–harakatlari va ishlariga razs solib, Muqaddas Kitob qahramonlarida farqlanib turgan ezgulik qandaydir darajada barcha imonli odamlarga xos ekanligini tushundim. Do‘stlarim va ustozlarim ham Muqaddas Kitob qahramonlari bo‘lgan Muso, Yusuf, Naximiyo, Pavlus va albatta Dovud kabi fe’l–atvorning ajoyib xususiyatlariga egadirlar.
Xudoning qalbiga mos erkakda nima diqqat–e’tiborga sazovor? Fe’l–atvorning qaysi xususiyatlari – u Muqaddas Kitobdagi uch ming yil avval yashab o‘tgan qahramon Dovud yoki zamondoshlarimizdan kimdir bo‘lmasin – uni boshqa erkaklardan farqlab turadi? Men bir necha marotaba aytib o‘tganimdek, bunday odam Xudoning irodasini bajarishni istaydi ( qarang: Havoriylar. 13:22).
Ammo, keling, Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir ezgu jihatini ko‘rib chiqaylik, so‘ngra esa, keyingi bobda, Xudoga manzur erkaklarning boshqa ijobiy sifatlari haqida gaplashamiz.
Ibodatga sodiq qalb
Biz Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda, Xudoning irodasi bajarmoqchi bo‘lgan imonli erkaklarning ibodat erkaklari ham bo‘lganliklari haqida o‘qiymiz. Bu odamlarning hayotidan olingan quyidagi namunalar ular uchun ibodat qanchalik muhim bo‘lganini anglashimizga yordam beradi.
●
●
●
●
●
●
●
●
Pavlus Timo‘tiyga murojaatida jamoatni Xudoga qanday sajda qilishi haqidagi haqiqatga undab, o‘z shogirdiga shunday deydi: «Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda bo‘lib, duolar o‘qinglar, shukronalar aytinglar» (1Tim. 2:1). So‘ngra u Timo‘tiyga ta’kidlaydi: «Erkaklar hamma joyda qo‘llarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar…» (qarang: 1Tim. 2:8–oyat). Ko‘rinib turibdiki, Pavlus uchun ibodat asosiy xizmat bo‘lgan va imonlilar hayotida sajda qilishning bu qismi muhim o‘rin egallashini istagan.
Balki ibodatgo‘y hayotingiz sizga chuqur qoniqish hissini berar, biroq siz aksariyat masihiylar singari bo‘lsangiz, unda mukammallikka muhtoj qanaqadir (hattoki ko‘pgina ham) jihatlari ham bo‘lsa kerak. Masalan, ibodatgo‘y hayotimdagi eng katta qiyinchilik shundan iboratki, men ibodat qilishim kerak bo‘lganida ko‘pincha boshqa nima bilandir band bo‘laman. Ehtimol, bunday vaziyat sizga ham tanish bo‘lsa kerak. Mashhur yozuvchi va Muqaddas Kitob murabbiyi Osvald Sanders bu haqda shunday deydi:
Demak, ibodat san’atini egallash uchun bizga nimalar zarur? Qalbimiz ibodat ruhiga to‘lishi uchun bizga nimalar kerak?
Men ko‘pincha yugurib ketayotgan vaqtimda ibodat qilaman (tushunaman, bunga iqror bo‘lish ayrim o‘quvchilarda mening unchalik ham imonli odam emasligim haqidagi fikrlarni uyg‘otishi mumkin). Men o‘zim ehtiyoj sezayotgan ibodat so‘zlari ro‘yxatini tuzib (yoki ularni xotiramda saqlashga harakat qilib) ko‘chaga chiqaman. Yugurishni boshlaganimda, ibodatga shunchalik berilib ketamanki, dunyodagi hamma narsalarni, hatto yugurish poyonidagi charchoqlikni ham unutib yuboraman.
Ehtimol, sizga kunning boshqa pallasida ibodat qilish qulayroqdir, ammo baribir men aygan tong chog‘i – ibodat uchun eng maqbul vaqt deb bilaman (bu ayniqsa talabalarga va ishlaydigan odamlarga tegishli). Nima bo‘lganda ham, Osvald Sandersning so‘zlarini bir eslab ko‘ring–a: bizning ibodatga qancha vaqt ajratishimiz – vaqtga qanchalik ahamiyat berayotganimizni ko‘rsatadi. Shunday ekan, kelinglar, ibodatga keragicha vaqt ajrata qolaylik! Oxir–oqibat, ibodat san’atini egallamay turib, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish mumkin emas.
Iso Masih ibodatdagi erkak qanaqa bo‘lishi kerakligining yorqin namunasidir. Biz Xushxabarda Isoning ibodat uchun tez–tez tanho qolganini ko‘ramiz: U Otadan kuch va boshqaruvini so‘ragan. Mark Xushxabarining 1:35 oyatida Iso ibodat qilish uchun
Men ibodat haqidagi bu suhbatimiz sizni ruhiy mashqlaringizda muvaffaqiyatlarga boshlashi uchun ibodat qilaman. Men ushbu satrlarni masihiylik ezguligining bu muhim yuksalishiga sizlarni undash va da’vat etish istagi bilan yozmoqdaman. Ayni pallada krossovkamni kiyib, biroz yugurgan holda ibodat qilish istagidan o‘zimni zo‘rg‘a tiyib turibman.
Mana, ibodatgo‘y hayotingizni yo‘lga qo‘yib, unda muvaffaqiyatga erishmog‘ingiz uchun bir qancha maslahatlar.
Aziz birodar, Xudoning irodasini bajarib, Unga hamisha manzur bo‘lishni va atrofingizdagi odamlarning hayoti yaxshilanishi uchun ularga ham shunday ta’sir qilishni istaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, ibodatsiz buni eplay olmaysiz. O‘zingizning ibodatli urinishlaringizga javoban marhamat samarasidan bahramand bo‘lishni boshlasangiz, bu marhamatlarning mo‘l–ko‘lligidan va turli–tumanligidan hayratga tushasiz. Yozuvchi Terri Glaspi kitoblaridan birida shunday degan: «Ibodat… – ruhan ulg‘ayishimizning muhim jihatlaridan biridir. Mutlaqo ishonch bilan aytish mumkinki, ruhan ulg‘ayadigan masihiylar – ibodat qiladigan masihiylardir»3.
Xullas, aziz birodar, Xudoning qalbiga mos erkak hayotida ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan ezguliklar nihoyatda ko‘p va ular haqidagi suhbatimizni navbatdagi bobda davom ettiramiz. Biroq avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak deb atalishga munosib bo‘lgan erkakning ruhiy qiyofasi haqida nimalarni bilib olganingizni bir eslab ko‘raylik. Bunday odamning qalbi...
Xudoni Najotkor sifatida biladi;
Xudoning Kalomini sevadi;
Xudoga bo‘ysunadi;
ibodat qiladi.
Men sizlarni hoziroq Xudoga ibodat orqali yuzlanishga va Undan sizga shunday qalb in’om etishini so‘rashga da’vat etaman!
5. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK
Yuhanno 4:24
Biz Xudoning qalbiga mos erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan ajoyib ezguliklarni o‘zimizda qanday qilib rivojlantirishimiz mumkin? Bu savolni biz oldingi bobda ko‘rib chiqishni boshladik va eng avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak ikkita fazilatga, ya’ni itoatli va ibodatgo‘y qalbga ega ekanini bilib oldik. Biroq Xudoga manzur erkaklarga xos bo‘lgan fe’l–atvorning boshqa ijobiy xususiyatlari ham bor. Mazkur bobda biz ana shu xususiyatlar haqida gaplashamiz.
Albatta, biz Xudoning qalbiga mos erkakning barcha fazilatlarini ko‘rib chiqa olmaymiz, ammo ular orasidan Xudoda ulg‘ayishimizga va ruhiy yetuklik sari yaqin borishimizda bizga ko‘proq yordam beradiganlarini atayin tanlab oldim.
Xudoga olqish bilan to‘lib–toshgan qalb
Sizning tasavvuringizdagi shoh Dovud qanaqa? Hoynahoy, u sizga haqiqiy erkak – jismonan o‘ta baquvvat va bukilmas irodali – ko‘rinishida namoyon bo‘lsa kerak. U sher va ayiqni o‘ldirgan. U pahlavonni mag‘lub etgan. U ko‘plab dushmanlarni yenggan jasur jangchi bo‘lgan. U “Dovud shahri” yaratilishiga asos solgan quruvchi bo‘lgan. U Qadimgi dunyoning eng buyuk shohlaridan biri. Shubhasizki, Dovud haqiqiy erkak, mashhur qo‘mondon va o‘z xalqining buyuk yo‘lboshchisi bo‘lgan.
Shu bilan birgalikda, Dovud Xudoning marhamatiga to‘lgan chuqur imonli inson bo‘lgan. U doimo Xudoni olqishlagan va Kalomda Dovud “Isroilning suyukli qo‘shiqchisi” deb atalgan (2 Shoh. 23:1). U o‘zi haqida shunday degandi: «Egamning Ruhi men orqali gapirdi, Tilimdan Uning kalomi to‘kildi» (2 Shoh. 23:2).
Dovud doimo ham to‘g‘ri yo‘l tutmagan, lekin uning qalbi hamisha Xudoni izlagan. U barcha yutuq va muvaffaqiyatlari uchun Xudodan minnatdor bo‘lishi kerakligini bilgan. Dovud kunlardan birida Xudo qarshisida ibodat qilib, Uni jo‘shqin olqishlari va navozishlari bilan ulug‘lagan: «Ey Egam Rabbiy! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?!» (2 Shoh. 7:18). Dovud Xudoning o‘ziga ulug‘ iltifot ko‘rsatganini tushungan va uning zaboni Xudoni maqtamay turolmasdi.
Ammo bu hali hammasi emas! Dovudning og‘zidan chiqqan baland ruhli so‘zlarni o‘qiyotganda, Xudo sizni qanday marhamatlayotgani haqida o‘ylab ko‘ring. Agar sizning sevimli xotiningiz va farzandlaringiz bo‘lsa, agar siz qatnaydigan jamoat Xudoga ruhan va haqiqat bilan sajda qilsa, agar sizda doimiy ish va yaxshigina uyingiz bo‘lsa, demak, Xudoga minnatdorchilik bildirish uchun asosingiz bor. Biroq sizga nimadir yetishmasa ham, baribir Uni olqishlang: bu shunchaki siz uchun muhim. Har yerda hozir va sevuvchi Xudo sizni tushunadi va nimaga muhtoj ekaningizni biladi. U siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilishga va’da bergan (qarang: Zabur. 22:1), shu bois dadillik bilan Uning donoligini maqtang! Dovud buni sizga o‘rgatishi mumkin. Mana, ilohiy bu erkak Xudoni qanday olqishlab, maqtagan:
Dovud bizga ajoyib ibrat ko‘rsatgan, to‘g‘rimi? U Xudoning qalbiga mos erkak Xudoga bo‘lgan sevgisini so‘zlar orqali namoyon etishdan uyalmasligini ko‘rsatgan. Dovud qayerda bo‘lmasin, Xudoga sajda qilgan va Uni olqishlagan. Dovudning qalbi maqtovga to‘la bo‘lgan, yuragi hamisha Xudoni izlagan va u tinimsiz ravishda O‘z Rabbiysini ulug‘lagan.
Siz ham shubhalarsiz va ikkilanishlarsiz Xudoni ulug‘lashingiz lozim. Ishxonada yoki uyda band bo‘lsangiz ham, mashina boshqarib ketayotgan bo‘lsangiz ham, oila davrasida dam olayotgan bo‘lsangiz ham Xudoni mudom olqishlash istagi qalbingizni tark etmasligi lozim (qarang: Ibroniylar. 13:15).
Ammo hayotda Xudoning huzurini hamisha his etish va Xudoga tinimsiz bo‘ysunish uchun nima qilish kerak? Mana, bu masalalarni hal etishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.
Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini anglab, qalbimizda halovat va taskinni his etishimiz mumkin. U doimo yaqinlarimiz bilan birga ekanligini anglash ham shunchalik quvonchli va taskinbaxshdir. Siz buning uchun Undan minnatdor bo‘lib, olqishlaysizmi? Dovud Xudoning hamisha o‘zi bilan birga ekanini tushungani bois, kunlardan birida shunday degandi: «Men doim Egamga ko‘z tikaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun, Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas» (Zabur 15:8). Xudo hamisha siz bilan birga ekanligi yodingizda bo‘lsin. Siz Unga umid qilib va Uning nomini sharaflab, hayotda dadil qadamlar tashlaysiz.
Aziz birodar, Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini yodda tutgan holda, biz buyuk marhamatga ega bo‘lamiz. Xudoni kuch–quvvati, rejalari, maqsadlari, huzuri va himoyasi uchun ulug‘lab, biz har qanday hayotiy qiyinchiliklar va uqubatlarni yengib o‘tishimizga yordam beradigan ruhiyat va madad olamiz. Shunday buyuk marhamatni biz bilan muloqotda bo‘ladigan boshqalar ham olishadi. Xudoga bo‘lgan imonimiz qanchalik mustahkamligini va qandayin quvonchli ruhiyat qalbimizni to‘ldirayotganini ko‘rgan odamlar biz ishonadigan va sajda qiladigan Xudoni anglab yetishni istab qoladilar. Shu bois, Zabur kitobining 33:2 oyatini qalbingizga joylab oling: «...Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi». U hayotga bo‘lgan munosabatingizni tubdan o‘zgartiradi, buning ortidan esa atrofdagilarning sizga va Xudoga bo‘lgan munosabati ham o‘zgaradi.
Xudoga itoat bilan to‘lib–toshgan qalb
Biz shu paytgacha Xudoning qalbiga mos erkak ruhiy hayotining shaxsiy jihatlari haqida gapirdik. Bunday erkak Xudoga iltijo qiladi, Uni olqishlaydi va Unga sajda qiladi. U Muqaddas Kalomni o‘qib, undagi oyatlarni yod olib va Kalom haqiqatlarini mushohada etib, o‘z vaqtida minnatdorchilik bildirish va olqishlash uchun ulkan ruhiy kuchga ega bo‘ladi.
Ammo ruhiy hayotning yana bir tarafi – jamoaviylik ham bor. Jamoat tashkil topgan ilk kunlardan boshlab imonlilar Xudoga birgalikda sajda qilish uchun yig‘ilishgan. Ular Xudo Kalomini kuylashgan, o‘rganishgan va tirilgan Xudo bilan muloqotdan zavq olishgan. Ular sajda qilish uchun to‘planishgan kun Muqaddas Kitobda “haftaning birinchi kuni” va “yakshanba kuni” deb atalgan (qarang: Havoriylar 20:7; Vahiy 1:10).
Yakshanba kunining ahamiyati masihiy uchun juda katta va buning bir qancha sabablari bor. Do‘stim, Masters Seminariyasi o‘qituvchisi d–r Richard Meyxyu, bizni yakshanba xizmatlarida ishtirok etishga chaqirib turadi va bu haqda shunday deb yozadi: Yakshanba – bu haftaning yagona kuni bo‘lib, unda jamoatning barcha qavmi…
Buyuk Cho‘ponning ovozini eshitib, Uning muqaddas irodasini anglab olishlari;
Xudoga yakdillik bilan sajda qilishlari;
bir ovozdan Xudoni olqishlari;
yakdillik bilan Yaratguvchi va Xaloskor shon–shavkati uchun qurbonlik qilishari;
bir–birlari bilan samimiy muloqotda bo‘lishlari va yaqinlari bilan o‘z kechinmalarini baham ko‘rishlari;
bir–birlarini sevgiga va xayrli ishlarga undashlari (qarang: Ibroniylar. 10:24–25)3.
Agar biz Dovud kabi taqvodor yashashni istasak, butun qalbimiz bilan Xudoning uyiga intilishimiz kerak. Mana, Dovud Xudoga bo‘lgan itoatini va ma’badga bo‘lgan sevgisini qanday ifoda etgan:
Biz jamoatga qatnashimiz zaruriyatining yana bir sababi shundan iboratki, xotiningiz va bolalaringiz ham ruhiy qo‘llab–quvvatlashga muhtojdirlar, shu bois siz ularni jamoatga borishlariga undashingiz lozim. Er, ota va ruhiy yetakchi sifatida siz bu masalada tashabbus ko‘rsatishingiz kerak. Siz Xudo oldida oilangiz a’zolarining ruhiy farovonligi uchun javobgarsiz, bu esa ko‘p jihatdan ularning Xudo xizmatida bo‘lishlariga bog‘liq.
Yakshanba xizmati siz hafta mobaynida qilgan barcha faoliyatingizning so‘nggi bosqichi bo‘lishi lozim. Siz oilangiz a’zolari bilan birgalikda jamoatdagi xizmat soatlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutishingiz va Xudoga Uning xalqi bilan birgalikda Uning uyida sajda qilishga butun hafta mobaynida tayyorlanishingiz kerak.
Xizmatga tayyor qalb
Men bir necha oy muqaddam jamoat xizmatkori bo‘lgan bir imonli odam bilan tanishdim. Biz birgalikda restoranda tushlik qildik. Yangi tanishim ko‘tarinki kayfiyatda jamoatga keluvchilarga xizmat qilish unga qanchalik huzur bag‘ishlashini aytib berdi. U suhbat paytida o‘zini shunaqangi jo‘shqinlik bilan tutdiki, men hatto biroz noqulay ahvolga tushdim: restoran gavjum bo‘lib, hamma bizga e’tiborini qaratgandi, bu odam esa his–hayajonga to‘lib, Xudo va odamlarga xizmat qilish haqida gapiraverardi. U hafta mobaynida Masihdagi birodar va opa–singillarga har qanday yordam berish yo‘llarini doimo izlar va jamoatdagi xizmatini davom ettirish uchun har yakshanbani intiq kutardi.
Birinchi qaraganda bu odamning ishtiyoqi bitmas–tuganmasdek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin aslida bunday emasdi. Bunday ko‘rinishning sababi – zamonaviy jamiyat vakilining oddiygina o‘ta xudbinligida. Bu odam aytgan xizmat yuzasidan rashk Masihga manzur, albatta. Bu muqaddas rashk. U – Xudoning qalbiga mos erkak fe’l atvorining yana bir xususiyatidir.
Biz o‘zimizning tanaviy (shuningdek, gunohkorona) tabiatimizga ko‘ra eng avvalo o‘zimizning shaxsiy ehtiyojlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qilishga moyilmiz. Biz o‘zimizning ish va mashg‘ulotlarimiz uchun yetarlicha vaqt va kuch bo‘lishi uchun qayg‘uramiz, mabodo biroz kuch va vaqtimiz qolgudek bo‘lsa, yana kimgadir xizmat qilamiz... balki. Biroq siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishga intilsangiz, bu holda o‘zingizning vujudiy xohishlaringiz bilan kurashmog‘ingiz va atrofingizdagi odamlarga yordam berishga intilmog‘ingiz lozim.
Muqaddas Kitobdagi ko‘plab erkaklar qarshimizda buyuk xizmatchilar kabi gavdalanishadi. Xudo qadimgi Ahdda Ibrohimni “qulim” deb ataydi (qarang: Ibtido. 26:24). Kalom Yoshuani “Egamizning quli” deb nomlaydi (qarang: Yoshua. 24:29). Shuningdek, Xudo Dovudni ham “qulim” deb atagan (qarang: 2 Shoh. 7:5). Biz Yangi Ahdda Xudoga va yaqinlariga ko‘pdan–ko‘p xizmat qilgan odamlar eslatib o‘tilganini o‘qiymiz. Quddus jamoatida beva ayollarga bir qancha tpqvodor erkaklar xizmat qilish uchun tanlangan (qarang: Havoriylar. 6:1–6). Havoriy Pavlus o‘zini “Iso Masihning quli” deb atagan (qarang: Rim. 1:1).
Albatta, qurbonlik xizmatining yaqqol namunasini Iso Masih namoyon etgan. Biz aynan Xudoga va odamlarga xizmat qilishimizda Unga taqlid etishimiz shart. U O‘zi haqida shunday degan: «…Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan» (Matto. 20:28).
O‘z qalbingizda qurbonlik xizmatining ezguligini o‘stirgan holda, siz ko‘proq odamlarni – o‘z yaqinlaringizni, jamoatingiz qavmini, do‘stlaringiz va tanishlaringizni – sevib qolishni va ularga yaxshiroq xizmat qilishni istaysiz. Filippiliklarga maktubning 2–bob 3–8 oyatlarida Masih haqida nimalar yozilganini o‘qib, Xudoga va yaqinlaringizga xizmat qilish uchun o‘zingizda nimalarni o‘zgartirishingiz lozimligi haqida o‘ylab ko‘ring.
…Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha, kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan yuqori deb biling. Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang. Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi; aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi; O‘zini past tutdi. Itoatkor bo‘lib, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi.
Biz keyingi ikkita bobda Xudo qalbidagi erkak fe’l–atvorining beshta xususiyatini, beshta yaxshi jihatini ko‘rib chiqdik. Albatta, ilohiy erkakning boshqa erkaklardan farq qiladigan ajoyib xususiyatlari bor, ammo asosiy fazilatlari – bu itoat, doimiy ibodat, hamd–sano, sajda qilish va xizmat qilishga tayyorbo‘lmoqlikdir. Men bu fazilatlarni alohida ajratib chiqdim, negaki biz keyingi boblarda ularning kundalik hayotda qanday namoyon bo‘lishi haqida gapiramiz. Hozir esa ibodat orqali Xudoga yuzlanamiz:
II QISM. XUDONING IRODASINI BAJARING
Styuart Skott
6. RAFIQANGIZNI SEVING
Efesliklar. 5:25
O‘zimning uzoq yillik cho‘ponlik xizmatimda men ko‘p bora maxsus tantanali xizmat – nikoh marosimini o‘tkazganman. Nikoh o‘qiganlarim orasida o‘zimning qizlarim ham bo‘lgan. Yaqinda esa nikohlash marosimini o‘tkazishimni Masters Seminariyasidan bo‘lgan sobiq talabam iltimos qilib qoldi. O‘z–o‘zidan to‘y marosimida ishtirok etish – katta sharaf, boz ustiga, bu haqda o‘zingiz qachonlardir o‘qitgan inson so‘rab turgan bo‘lsa.
Brayan maktabning yuqori sinflaridan boshlab Xushxabar tarqatish va yoshlar xizmatida faol ishtirok etgan, shu bois uning qizlar bilan muloqot qilishga deyarli vaqti bo‘lmagan. U Anita bilan turmush qurmoqchi ekanligini e’lon qilganida yoshi o‘ttizdan oshib qolgandi. Brayan hozirda Janubiy Afrikada cho‘ponlik xizmatini o‘tamoqda. Men avval jamoat boshqaruvchilari uchun o‘tkazilgan konferensiyalarda ishtirok etib, o‘sha yerlarda bir necha bora bo‘lganman. Qarangki, bu safarlarimning bari yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Janubiy Afrikada yoz oylari – anchayin salqin mavsum. Meni juda quvontirgani shuki, Brayan va Anitaning to‘yi noyabr oyiga – Janubiy Afrika taqvimiga ko‘ra ancha issiq oyga belgilanibdi. Boz ustiga, rafiqam Elizabetga ham ilk bora bu g‘aroyib mamlakatni ko‘rsatishim mumkin.
Nikoh marosimi Yoxannesburg shahri atrofidagi ko‘rkam me’morchilik uslubida qurilgan mo‘‘jazgina jamoatda o‘tkazildi. Men o‘z va’zimda masihiylik sevgisining mohiyati haqida gapirdim.
Shunday bo‘ldiki, ushbu kitobimni Brayan va Anita to‘yga tayyorgarlik ko‘rishayotgan pallada yozishni boshladim. Mazkur tantanali marosimga o‘zim ham tayyorlanayotganim bois, rafiqani sevish nimani anglatishi haqida yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishim uchun menda imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu ajoyib juftlik Xudoga va bir–birlariga berishlari kerak bo‘lgan qasamyod haqida o‘ylab, o‘ttiz yil muqaddam o‘zim nikohdan o‘tayotgan chog‘da bergan ahdim yodimga tushdi.
To‘y kuningizni xotirada saqlang
Rostini aytganda, Elizabet bilan unashuv chog‘imizda qanaqa so‘zlar aytilganini to‘liq eslay olmayman. Ammo cho‘pon va haydovchi hamrohligida jamoat binosiga yon eshikdan kirib, kafedraga o‘tib borganim yodimda. O‘sha yerda to‘planganlar qarshisida turib, kelinni kutib turardim. Yuzim qizarib ketgandi. Yo‘q, meni arilar chaqmagan yoki xijolatda ham emasdim. Gap shundaki, nikoh marosimi kechki soat sakkizda boshlandi, biz esa kun bo‘yi do‘stlar bilan ochiq havoda xursandchilik qildik, men esa suv chang‘isida uchib oftobda toblandim. O‘ylashimcha, marosim juda qisqa bo‘lgan, negaki undan keyin olingan fotosuratda soatdagi vaqt ko‘rinib turibdi: 8:20.
Xo‘sh, siz o‘zingizning to‘y kuningizni eslaysizmi? O‘sha kuni bergan ahdingiz esingizdami? O‘shanda rafiqangizga nimani va’da bergandingiz–a? Agar boshqa erkaklarga o‘xshagan bo‘lsangiz, hoynahoy, bu haqda eng oxirgi marta ... to‘y kuningizda eslagan bo‘lsangiz kerak.
To‘y kuni – hayotimizning eng muhim kunlaridan biri bo‘lishiga qaramay, biz nikoh ahdimizni unutib yuborishga moyilmiz. Qanchalik g‘alati–ya! Biz unashuv marosimida aytadigan so‘zlar keyingi butun hayotimizga ta’sir ko‘rsatadi. Biz shu kuni rafiqamizga “toki o‘lim ayirmagunicha, kasallik va salomatlikda ham, boylik va kambag‘allikda ham” uni sevishga va’da beramiz. Biz nafaqat jamoat oldida shunday va’da beramiz; eng muhimi – biz Xudo oldida qasamyod qilamiz.
Men sizning o‘sha pallada bergan ahdingiz quruq so‘zlar to‘plami bo‘lmaganiga ishonaman. O‘sha kuni turmush o‘rtog‘ingizga chin yurakdan va’da bergansiz. Ammo hammasi ham hayotda biz istaganimizdek bo‘lavermaydi, mening turmushim ham bundan mustasno emas. Oilaviy hayotda ba’zan qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Bu qiyinchiliklarni yengib o‘tganimizda o‘zimizni yengil his qilamiz.
Biroq faqat o‘tmish haqida o‘ylash shart emas. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Biz oldinga intilishimiz kerak. Xuddi havoriy Pavlus aytganidek, «Ortda qolganlarni unutib, oldinga intilaman. Faqatgina o‘sha maqsadni ko‘zlayman...» (Flp. 3:13–14). Siz ham “oldinga intilishingiz” kerak. Ha, o‘z xatolaringizdan xulosa chiqarib olishingiz lozim, lekin bugungi va ertangi kun haqida, bergan ahdingiz yana va yana bajarilishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida o‘ylab ko‘rish muhimroqdir. Va sizning qachon – kecha, o‘tgan haftada, o‘tgan yili yoki xuddi men kabi o‘ttiz yil avval – nikohdan o‘tganingiz muhim emas.
Nikoh ahdimiz biz uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishi kerak? O‘z rafiqasini chinakamiga sevish nimani anglatadi?
Rafiqangizni seving
Ehtimol, siz o‘n besh yil birga yashab, o‘zaro munosabatlarida qiyinchiliklarga duch kelgan er–xotinlar haqida eshitgandirsiz. Bu er–xotin nikoh va oila masalalari bo‘yicha maslahatchiga yordam so‘rab murojaat qilishgan. Xotin suhbat mobaynida eri uni sevishi haqida hech qachon gapirmasligini aytgan. Er bu haqda eshitib hayron qolgan: «Axir men uylanayotgan paytimda uni sevishimni aytganman, shundan buyon hech nima o‘zgargani yo‘q». Qanday qayg‘uliki, oilaviy hayotlaridagi shu yillar davomida er xotiniga bo‘lgan sevgisini aytishga fursat topolmagan! Xayriyatki, u o‘zining nikoh qasamyodini butunlay unutib qo‘ymagan ekan.
Men juda umid qilamanki, siz o‘z rafiqangizga nisbatan o‘sha beparvo er xotiniga qilganidek munosabatda bo‘lmaysiz. U xotini sevgi so‘zlariga mushtoq ekanini anglashi lozim. Biz barchamiz ham Muqaddas Kitobdagi asl sevgi mavjud bo‘lib, o‘zini qay tarzda namoyon etishini anglashimiz zarur, zero biz erlar har kuni o‘z rafiqamizga sevgimizni ko‘rsatishga da’vat etilganmiz. Kelinglar, erning xotiniga nisbatan sevgisining mohiyati nimada ekanini va bu sevgini qanday namoyon etish kerakligini eslash uchun Efesliklarga maktubga murojaat qila qolaylik.
Sevgining buyuk namunasi
Biz avvalgi bobda Filippiliklarga maktubning 2–bob, 3–8–oyatlaridan ko‘chirmalar keltirgandik. Pavlus bu oyalarda qurbonlik xizmatining buyuk namunasi tariqasida namoyon bo‘lgan Iso Masih haqila gapirgan. Masih yaqinlariga o‘limiga qadar xizmat qilgandi. Masih, shuningdek, sevgining buyuk namunasini ko‘rsatgan. Pavlus Efesliklarga maktubning 5–bob, 22–23–oyatlarida Masih O‘z jamoatidan bo‘lganlarga ko‘rsatgan sevgining beshta xususiyatidan so‘z ochadi. Masih O‘z jamoatini qanchalik sevgani kabi, biz ham, aziz birodar, o‘z rafiqalarimizni shunday sevishimiz lozim. Kelinglar, berilgan parchani o‘qib, Kalomning bu oyatlari bizni nimaga o‘rgatishini tushunishga urinaylik.
1.
Masih sevgisi bizdan asl sevgi nimani talab etayotganini ko‘rsatadi.
2.
Masih sevgisi bizga haqiqiy sevgi nimalar qilishini ko‘rsatib beradi.
3.
Masih sevgisi haqiqiy sevgi qanday mevalar berishini ko‘rsatadi.
4.
Masih sevgisi bizga haqiqiy sevgining barqaror ekanligini ko‘rsatadi.
5.
Muqaddas Kitobdagi qurbonlik keltiradigan, poklaydigan, oziqlantiradigan va barqaror sevgi kabi, sizning rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz ham haqiqiy bo‘lishi kerak! Unga bo‘lgan sevgingiz shunchaki “men seni sevaman” so‘zlaridan ko‘ra kengroq bo‘lishi lozim. Efesliklarga Maktubning 5–bobida keltirilgan “sevgi” so‘zi qadimiy dunyo adabiyotida deyarli uchramaydi. Aslida bu so‘z bizga O‘z sevgisini amalda namoyon etgan Xudoning qalbida va fikrlarida paydo bo‘lgan: U bizni sevishini shunchaki aytib qo‘yaqolmagan, – U biz uchun o‘lgan! Muqaddas Kitobga xos bu asl sevgi amalda! Biz bu sevgi uchun Xudoga uzluksiz minnatdorchilik bildirishimiz lozim.
Ko‘pincha sevgi havoriysi deb atashadigan Isoning shogirdi Yuhanno bizni amalda sevgi ko‘rsatishga da’vat etadi. U shunday yozgan: «…biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda ko‘rsataylik» (1Yuh. 3:18).
Biz rafiqamizga Masih sevgisini qay tarzda ko‘rsata olamiz? Oilada mukammal sevgini qanday qilib mujassamlashtirish mumkin? Kelinglar, Masihning jamoatga bo‘lgan sevgisiga tegishli sifatlarni batafsil ko‘rib chiqib, ular oilaviy hayotda qanday namoyon bo‘lishini tushunishga harakat qilaylik.
xotiningizga ayollarning shanba seminarida yoki jamoat qavmining norasmiy uchrashuvida ishtirok etishiga ruxsat bering, o‘zingiz esa bolalar bilan uyda qoling;
shanba tongida xotiningiz to‘shakda odatdagidan ko‘proq yotishiga izn berib, bolalaringizni o‘zingiz ovqatlantiring;
haftasiga bir bora rafiqangizga Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga borishi uchun imkoniyat berib, uyda bolalarni o‘zingiz olib qoling. Agar enaga yollasangiz yanada yaxshiroq bo‘lardi – bu holda xotiningiz bilan birgalikda mashg‘ulotga borib, so‘ngra bir finjon qahva ustida uni muhokama qilgan bo‘lardingiz.
Men hamisha Elizabetni Xudo unga bergan in’om va qobiliyatlarini rivojlantirishga undaganman. Ba’zan bundan ham ortig‘ini qilganman: uni bunga ruhlantirganman! Elizabet fe’l–atvoriga ko‘ra tortinchoq va uyatchan, men esa uning boshqa ayollar bilan baham ko‘radigan nimasidir borligiga doim ishonganman. Men bu haqda uning o‘ziga aytib, tashabbus ko‘rsatishiga da’vat etganman. Xudo va Uning inoyati sharofati bilan Elizabet vaqt o‘tib Muqaddas Kitob murabbiysiga aylandi va yozuvchi bo‘ldi, endilikda u mening o‘zim ehtiyoj sezganimda, menga tez–tez dalda berib ruhlantirib turadi.
Agar siz rafiqangizni qurbonlik qiladigan, poklaydigan, oziqlantiradigan va barqaror sevgi bilan sevsangiz, hoynahoy, u ham sizga shunday sevgi bilan javob qaytaradi va munosabatlaringiz yanada chuqurlashadi. Ana shunda o‘zingiz yo‘ldan og‘may borishni istab qolasiz.
Sevgi haqida ko‘proq bilib oling
Biz ushbu bobda rafiqaga bo‘lgan sevgi haqida ko‘p gapirdik. Ehtimol, hozir bularning barini amalga oshirib bo‘lmaydigandek tuyulishi mumkin. Vazifani yengillashtirish uchun, keling, yuqorida keltirilgan barcha qoidalarni ikkita tasdiqlovga bo‘lib chiqaylik.
1 tasdiqlov.
2 tasdiqlov.
Ehtimol, amalda rafiqaga sevgini qanday ko‘rsatish kerakligi haqida sizda savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak.
Men keyingi bobda ancha oddiy, ammo shu bilan birgalikda turmush o‘rtog‘ingizga sevgingizni namoyon etishda yordam beradigan muayyan qadamlar haqida gapirib beraman. Biroq bundan avval sevgi haqidagi ushbu mulohazalarni o‘qib, o‘zingizga savol berib ko‘ring: «Rafiqam unga bo‘lgan sevgimni bu kabi so‘zlar bilan ta’riflay olarmikan–a?»
Men seni sevaman
Nafaqat qalbingdagi go‘zallik uchun,
Balki mening qalbimni boyitganing uchun.
Men seni sevaman,
Nafaqat oliyhimmat maqsading uchun,
Balki umrimga teran ma’no berganing uchun.
Men seni sevaman
Menda sen uyg‘otgan barcha yaxshilik,
Barcha olijanob tuyg‘ular uchun.
Men seni sevaman
Xavotir– hayajonimda taskin, yupanch berib
Barcha ojizligimni kechirganing uchun.
Rutubatli bu olamda sen
Nurni, yorug‘likni ko‘rganing uchun –
Boshqalar holdan toyib izlashgan joyda, –
Sen ezgulik va go‘zallikdan
Nishona topganing, ko‘rganing uchun.
Men seni sevaman
Hayotim toshlaridan oshxona emas,
Balki ma’bad qurishimga yordam berganing
Har bir yangi kundan quvonchga to‘lib
Kuylaganim, shodon bo‘lganim uchun3.
Bir–biringiz bilan muloqot qiling.
O‘zaro “men seni sevaman” deb ayting.
Bir–biringizga qo‘l tekizing.
Bir–biringizda ehtiros uyg‘oting.
O‘zaro sabrli bo‘ling.
Bir–biringizga ishoning.
Bir–biringizga yaxshilik qiling.
Bir–biringizni qadrlang.
Bir–biringizdan minnatdor bo‘ling.
Bir–biringizni tushunib, hamfikr bo‘ling1.
Kennet Kilinski
7. RAFIQANGIZNI SEVING
Hikmatlar 18:23
Men avvalgi bobda rafiqalarimizga sevgini qanday namoyon etish haqida gapirib o‘tishga va’da bergandim. Biz uni faqat so‘z bilan sevmasligimizni yaqqol tushunishi uchun nimalar qilishimiz kerak? Aslida esa hech nimani o‘ylab topishimizga hojat yo‘q: o‘z vaqtida sevgimizni shu tarzda namoyon etganimiz tanlaganimiz qalbini eritgan va unda javob sevgisini uyg‘otgandi. Bo‘lajak rafiqangizga sevgingizni qay tariqa bildirganingizni eslang va nikohdagi sevgi haqida yana nimalarnidir bilib olishga tayyorlaning. Hozir men turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlarni aytaman.
Rafiqangizning yaqin do‘sti bo‘ling
Hayotda har birimizning ham yaqin do‘stimiz bor. Maktabda yuqori sinfda o‘qiyotganimda bir qancha qalin do‘stlarim bo‘lgan. Biz hamma ishni birgalikda qilardik. Bizlar bir–birimizga o‘zaro munosabatlarimizni saqlab qolishga va’da bergandik, ammo vaqt o‘tib do‘stligimiz rishtalari zaiflashdi. Va nihoyat, do‘stligimiz ham yakuniga yetdi. Mutlaqo ayonki, do‘stlik yaqin munosabatlarsiz, o‘zaro aloqalarsiz nobud bo‘ladi. “Ayriliq sevgini faqat mustahkamlaydi” iborasi barcha vaziyatlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi.
Men hozir sizlarni bo‘lajak rafiqangiz ning ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan qaytarmoqchiman. Siz uning yaqin do‘sti bo‘lishga uringanmisiz? Ishonamanki, uringansiz. Hoynahoy, agar u siz bilan emas, boshqa odamlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganida hasad o‘tida yongandirsiz. U bilan birga bo‘lish va xursandchilik qilish sizga yoqqanmi? Bizning Elizabet bilan munosabatlarimizda ham shunday bo‘lgan: qachonlardir biz yaqin do‘stlar bo‘lganmiz.
Barcha sevishganlarga muloqotning musaffo quvonchi hech qachon tugamaydigandek bo‘lib tuyuladi, ammo sevishganlar er–xotin bo‘ladigan vaqt keladi va avvalgi quvonch esa qayoqqadir ketib qoladi. Nega shunday? Bu savolga javobni oddiy formula yordamida ifoda etish mumkin:
Boshqacha aytganda, kundalik tashvishlar, er–xotinlik majburiyatlari ular munosabatining o‘rtasida to‘siqqa aylanib, er va xotinni bir–birlaridan yiroqlashtiradi.
Biroq boy berilgan quvonchni qanday qilib tiklash mumkin? O‘sha yorqin, baxtiyor kunlarni eslab ko‘ring. Xo‘sh, o‘zingiz va sevganingiz xursand bo‘lishingiz uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Bu haqdagi fikr–xotiralaringizni qog‘ozga tushiring va so‘ngra yana xuddi shunday yo‘l tutishga qaror qiling, zero bu olamdagi barcha o‘zaro aloqalar ichida rafiqangiz bilan do‘stlik – sizdagi eng qimmatbaho munosabatlardir.
Birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazing
Siz bo‘lajak rafiqangizning ko‘nglini ovlab yurganingizda, hoynahoy, u bilan doimo birga bo‘lishni istagan bo‘lsangiz kerak. Hozirda hayotingizning har bir lahzasini birga o‘tkazishni istaysizmi? Eh, qalbingizda avvalgi his–tuyg‘ular qolmaganmi? Lekin nima uchun? Siz xotiningizga shunchalik o‘rganib qolganingizdan, uni aslida shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilyapsizmi? Siz u bilan ish, golf o‘yini, baliq ovi ki do‘stlaringiz bilan futbol o‘yiniga borishingiz haqida gaplashasizmi?
Hoynahoy, har kunlik tashvishlar bois ko‘pincha birga bo‘lmasangiz kerak. Balki ertalab ishga ketish oldidan u bilan bir soatdan kamroq, oqshom esa holdan toydiruvchi ish kunidan so‘ng ikki yoki uch soat birgalikda vaqt o‘tkazarsiz, xolos.
Ammo, menimcha, faqat ikkalangiz birgalikda o‘tkazadigan vaqtingiz bundan ham kam. U kechki ovqat tayyorlashi va keyin idish–tovoqlarni yuvishi, bolalar bilan shug‘ullanishi, ularni uxlatishi kerak. Sizda xotiningiz bilan o‘zaro muloqot uchun juda kam vaqtingiz qoladi.
Ammo siz bularning baridan ko‘ra qimmatbaho vaqtingizni boshqa nimalargadir sarflashni afzal ko‘rsangiz, jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz. Siz bu harakatingiz bilan xotiningizga go‘yo shunday degandek bo‘lasiz: «Menda sendan ham muhimroq yana nimalardir bor».
Siz, albatta, rafiqangizni sevasiz va shubham yo‘qki, uni Masih O‘z Jamoatini sevganidek skvasiz. Rafiqangiz – Xudoning qimmatbaho in’omi. Muqaddas Kitobda aynan shunday yozilgan: «Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi» (Hikmatlar 18:22). Agar siz yaxshi xotin topgan bo‘lsangiz, demak, xazina topibsiz! Bu ayol – Xudoning sizga bergan marhamatining belgisidir va men sizdan faqat shuni so‘rayman: har oqshom xotiningiz bilan gaplashib olish uchun, undan kun qanday o‘tgani va qanaqa natijalar berganini so‘rab olish uchun bir necha daqiqa vaqt toping. Bu ikkalangizga ham katta marhamat in’om etadi!
Rafiqangizni uchrashuvga taklif eting
Siz turmush o‘rtog‘ingizni sevishingizni aytyapsiz–a. So‘zingizning ilk isbotlaridan biri – u bilan chin yurakdan gaplashib olish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni bag‘ishlashga tayyor ekanligingiz. Ammo nega bu borada yanada oldinga intilmaslik kerak ekan? Nega uni xuddi o‘tmishning ajib damlari bo‘lgani kabi uchrashuvga taklif etmaslik kerak? Nega u bilan birgalikda tushlik qilib bo‘lmas ekan? Nega ikkalangizga ham... yoki unga huzur bag‘ishlaydigan qandaydir mashg‘ulot bilan birgalikda shug‘ullanib bo‘lmas ekan. Misol uchun, xotiningiz bilan birgalikda do‘konlarga boring (
Bir tasavvur qiling: agar har hafta xotiningizni uchrashuvga taklif etadigan bo‘lsangiz, o‘n besh yillik birgalikdagi hayotingiz mobaynida boshqalardan xoli yetti yuz sakson marotaba uchrashar ekansizlar – yetti yuz sakson marta hech kim sizlarga sevgingizni izhor etishingizga xalal bermaydigan vaziyatda bo‘lasizlar. Siz bunday uchrashuvlar munosabatlaringizni chuqurlashtirishi va mustahkamlashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Biz Elizabet ikkalamizga bunday uchrashuvlar juda yordam beradi. Va har safar ham qimmat restoranlarga borishning hojati yo‘q. Biz ko‘p yillar davomida oddiygina kafelarda o‘tirib, bir chashka qahva ustida samimiy suhbat quramiz, bir–birimizni tinglaymiz, orzularga berilamiz va shunchaki dam olamiz.
Men ancha yillar avval qatnagan bir jamoatda yaqindagina cho‘ponlar konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada oldimga boshqa shaharlik bir cho‘pon keldi. U men bilan nima haqdadir suhbatlashmoqchi edi, biroq suhbatimiz uchun vaqt ajratmoqchi bo‘lganim o‘sha yagona oqshomda cho‘pon o‘zi qo‘nim topgan xonadondagi er–xotinning bolalariga qarab turishi kerak bo‘libdi. Ular bir–birlari bilan uchrashib olish uchun cho‘pondan shu haqda iltimos qilishgan ekan. Bu juftlikning va cho‘ponning mazkur uchrashuvga qanchalik ahamiyat berishgani meni zavqli hayratga to‘ldirdi. Biz cho‘pon bilan uchrashib, suhbatlasha olmadik, ammo bundan afsuslanmayman. Ishonchim komil: o‘shanda er–xotinlarning uchrashib olishlari anchayin muhimroq edi.
Aziz birodar, rafiqangizni uchrashuvga taklif eting! Bu uchrashuvni keyingi haftaga qoldirmang. Bu sizga ham, rafiqangizga ham katta marhamat olib keladi!
Rafiqangizni e’tiboringiz bilan qurshab oling
Inson ongi – mo‘‘jizaning o‘zi! U bir vaqtning o‘zida minglab vazifalarni bajarishi mumkin! Bu ba’zan sizga foyda keltiradi, ba’zida esa yo‘q. Misol uchun, xotiningiz siz bilan gaplashayotganida sizning boshqa boshqa birov yoki boshqa narsalar haqida o‘ylashingiz yaxshi emas! Rafiqangiz sizga o‘z qalbini ochadi, sizning xayolingiz esa undan uzoq–uzoq qayerdadir kezib yuradi. Ayol buni payqamay qolishi mumkin emas. Biz, erkaklar, o‘zimizni juda aqlli deb bilamiz. Bizning o‘zimizga qachon rozilik ishorasini berishni yoki “ha–ha, albatta” deyishni biladigandek tuyuladi, biroq rafiqalarimiz bizning xayolimiz boshqa joyda ekanligini hamisha payqab olishadi!
Siz rafiqangizning yonida bo‘lganingizda, ayniqsa u bilan xoli qolganingizda uni e’tiboringiz bilan qurshab olishingiz lozim: bu paytda nafaqat sizning jismoniy ishtirokingiz,balki butun diqqat–e’tiboringiz ham unga qatalishi muhim. Buning uchun diqqatni jamlash zarur. Shaxsan o‘zim bunga tez o‘rgana olmaganman. Kommivoyajerlik faoliyatim har bir mijozga e’tibor qaratishni taqozo etadi, rafiqa esa, o‘z–o‘zidan ayonki, har qanday mijozdan muhimroq! Turmush o‘rtog‘ingiz bilan tanho qolganingizda, uni e’tiborga burkashni o‘rganing, ana shunda yuzaga kelgan natijaga har qanday kommivoyajer ham havas qiladi!
Rafiqangizni tinglashni o‘rganing
Hozir esa bo‘lajak rafiqangizni ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan yana qaytishingizni so‘rayman. O‘shanda uning har bitta so‘zini ilg‘ab olgansiz–a. O‘shanda siz diqqat bilan tinglagansiz. Nega? Negaki uning ko‘nglini chog‘ qilishni istagansiz. Sizni dunyodagi eng yaxshi erkak deb bilishini xohlagansiz. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi o‘zi? Nahotki sizni xuddi shunday erkak dkb hisoblashini boshqa istamay qolgan bo‘lgansiz? Xotiningiz bilan xoli qolganingizda qimmatbaho daqiqalardan foydalanib, uni diqqat bilan tinglang. Bundan u behad xursand bo‘ladi. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingizni uchrashuvga taklif etganingizda, uning so‘zlarini alohida e’tibor bilan tinglang.
Er ham, xotin ham bir–birlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishlari va yakdillikka erishishlari juda muhim. Kimdir o‘z fikrini mana bunday ifoda etgandi: «Nikohning mohiyati muloqot va o‘zaro tushunishdan iborat. Aytish mumkinki, samimiy muloqot va o‘zaro teran tushunchalar rishtalarini bog‘laydigan er–xotinlar chinakamiga baxtlidirlar»2.
Tan olishim joizki, men doimo ham rafiqamni diqqat bilan tinglamaganman. Ko‘pincha ish–tashvishlarim ko‘pligini ro‘kach qilib, uni tinglamaslikni o‘zimga ravo ko‘rganman. Ehtimol, siz ham ba’zan xotiningizning gaplarini eshitmaslik uchun shu kabi bahonalar toparsiz. Men o‘zim bunga o‘rganishim kerak edi. Vaqt o‘tib men bu san’atni o‘rgandim, endi esa sizlar bilan bir qancha foydali maslahatlarni baham ko‘rmoqchiman. Ishonamanki, ular rafiqangiz bilan munosabatlaringizda yordam beradi.
Xotiningizni tinglayotib, unga sevgingizni namoyon etayotganingizni anglab oling. Siz bu bilan uning o‘zingiz uchun qanchalik qadrli ekanini ko‘rsatasiz.
Ishdan uyga qaytayotganda, kunning barcha tashvishlarini bir chetga surib, rafiqangiz bilan muloqot qilishga o‘zingizni tayyorlang. Unga qanday savollar berishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Bunday tayyorgarlik unga e’tibor qaratishingizga yordam beradi.
O‘z keysingizni ishxonada qoldiring (agar buning iloji bo‘lmasa, bir muddatga bo‘lsa–da uni mashinangizda qoldiring). Bu o‘z–o‘zidan ish haqidagi fikrlaringizni chetga surib, xotiningiz bilan muloqotga sizni tayyorlaydi.
Xotiningizdan kunni qanday o‘tkazganini so‘rang. Agar bir finjon qahva ustida suhbat qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
Xotiningizni sizga murojaat qilganida boshqa barcha ishlaringizni qo‘ya turing. Uning ko‘ziga qarab, diqqat bilan tinglang, axir siz boshqa odamlar bilan shunday gaplashasiz–ku.
Suhbat mobaynida xotiningizga savollar bering. Bu uning fikrlarini kuzatib borishingizga yordam beradi.
Sizni eshitmaganlari qanchalik yoqimsiz bo‘lganini eslang. Siz xotiningizni tinglamaganingizda, u ham ana shunday ahvolga tushadi.
O‘z sadoqatingizni nikoh ahdi bilan mustahkamlang
Men mazkur bobda turmush o‘rtog‘ini so‘z bilan emas, balki amalda sevish nimani anglatishi haqida so‘zlayman. Men rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam beradigan to‘rtta maslahat berdim. Biroq bu maqsad yo‘lida yana bir muhim qadam bor.
Rafiqangiz bilan uchrashuv tashkil etganingizda, qulay fursat topib, unga nikoh ahdingizga sodiqligingizni ko‘rsatmoqchi ekaningizni ayting. Siz nikoh qasamyodining mana bu so‘zlarini yozib olib, sevgilingizga o‘qib berishingiz mumkin:
Men, (ismingiz), seni (rafiqangizning ismi) rafiqam deb
qabul qilaman
hamda
boylik va kambag‘allikda ham,
quvonch va qayg‘uda ham,
xastalik va salomatlikda ham,
toki o‘lim bizni ajratmagunicha
senga sevimli va vafodor er bo‘lish uchun
Xudo oldida javobgarlik bilan ont ichaman.
Xotiningizdan nikoh uzugini so‘rang. So‘ngra nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni tasliqlab, barmog‘iga shu uzukni yana taqib qo‘ying. Siz quyidagi so‘zlarni ham qo‘shimcha qilishingiz mumkin:
Men bizning o‘zgarmas ishonch
va abadiy sevgimizning belgisi
hamda kafolati sifatida
senga mana shu uzukni sovg‘a qilaman.
Barcha bu maslahatlar va takliflar rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam berishga qaratilgan. Uni do‘stingiz kabi qadrlashingizni ayting. U bilan birga bo‘lish sizga yoqishini ayting. Uni uchrashuvga taklif eting. Nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni va bu ahdni hayotda amalga oshiringizni ayting. Xudoning inoyatiga umid qilgan holda unga bergan va’dangizga bir umr sodiq qolishingizni ayting. Turmush o‘rtog‘ingizga har tomonlama sevgini namoyon eting!
Ehtimol, quyidagi she’r xotiningizga sevgi haqida gapirishingizga va imkon qadar tez–tez shunday qilishingizga ilhomlantirsa ajabmas.
Hayotingda ko‘p tashvish, mehnat
Lekin bitta quvonch bor, albat, –
Yaratguvchi rafiqa bergan!
Unga sevgi haqida aytgin!
Qachonlardir sen bo‘lib shodon
Uni qo‘lda ko‘tarding mudom,
Nahot barin unutib qo‘yding?
Unga sevgi haqida aytgin!
Kunlar, yillar o‘tsa ham ammo,
Uning husni so‘lmaydi aslo,
Zabonida yangrayli isming.
Unga sevgi haqida aytgin!
Tegishlisan unga sen abad,
U – seniki, sen uchun faqat.
Ana shunday bu hayot yo‘ling.
Unga sevgi haqida aytgin!
Yomonlikdan uni asragin,
Aslo tushkun, ma’yus bo‘lmasin,
Jannat axir u bilan umring.
Unga sevgi haqida aytgin!3
Jim Jorj
8. RAFIQANGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG
Luqo 1:6
Biz Elizabet bilan xizmatimiz doirasida masihiylikning ko‘plab taraflariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish uchun mamlakatimizning turli burchaklarida bo‘lganmiz. Seminarlarimizda qatnashgan turmushga chiqqan masihiy ayollar ko‘pincha erlarining oilada ruhiy yetakchi bo‘lishni istamayotganlaridan arz qilishadi. Bu ayollar katta noqulaylikni his etishadi, negaki ularga erlarining o‘z zimmalaridagi da’vatni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ular o‘z erlarini ruhiy rivojlanishda ancha ortda qoldirayotganlari bois, xotini bilan bellashishdan umid uzib qo‘yadigan erlari bariga qo‘l siltab yuborishlaridan qo‘rqishadi. Oqibatda xotinlar ham ruhan o‘sishni istamay qoladilar. Shu tariqa, mabodo er rafiqasi va yaqinlarini o‘z ortidan ergashtirmasa, bu butun oilaga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
«Dushman biz tomon kelmoqda...»
Men ko‘pincha karikatura gazetalarida va’zlar va seminarlar yuzasidan chop etilgan illyustratsiyalarni ko‘rib qolaman. Karikaturadagi sevimli qahramonlarimdan birining ismi Pogo. Uning tog‘ cho‘qqisida kichkina yog‘och qilich bilan tasvirlangan surati menga juda yoqadi. Odam samoni ko‘rsatib gapirmoqda: «Dushman biz tomon kelmoqda... va bu dushman – bizning o‘zimiz!»
Aziz birodar, biz – erkaklar, erlar, otalar, – juda tez–tez o‘zimiz uchun eng xavfli dushmanlarga aylanib qolamiz. Men nega bu fikrdaman? Negaki, masihiy oilaga qarshi yovuzlik kuchi bosh ko‘tarmoqda. Masihiy oilalar xavfli shiddat bilan buzilmoqda. Masihiy oilalardagi bolalar yetarli darajada ruhiy tarbiya va ahloqiy ibrat olishmayapti. Men oilaning ruhiy yetakchilari bo‘lishlari kerak bo‘lgan, ammo Xudo ular zimmasiga topshirgan vazifani bajarishdan bo‘yin tovlayotgan otalar va erlar bunday qayg‘uli holatning asosiy aybdorlari ekaniga ishonaman.
Biroq mavjud vaziyatni o‘zgartirishga hech qachon kech emas. Biz bunday xavfli ko‘rinishga qarshi kurashni boshlashimiz mumkin. Buning uchun bor–yo‘g‘i Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni va o‘z oilangizga yordam berishni ixtiyor etib, Xudoning shon–shavkati va oilangizning manfaati uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘lsangiz bas. Bu – eng muhimi!
Men sizning ana shunday erkak bo‘lishingiz va ushbu kitob xotiningiz o‘ta ehtiyoj sezayotgan ruhiy yetakchiga aylanishingiz uchun ibodat qilaman. Shaxsan o‘zim bu borada masihiylik yo‘limning boshida orzu qilganlarimning barisiga erishdim deb ayta olmayman. Men ruhiy yetakchi sifatida hamon ruhan ulg‘ayishda davom etyapman. Xo‘sh, siz o‘zingizga yo‘llangan da’vatni qabul qilishga tayyormisiz. Umid qilamanki, tayyorsiz.
Bu sizga yoqadimi–yo‘qmi, ammo uylangan bo‘lsangiz, Xudo oilangizning ruhiy farovonligi uchun sizga er va otalik majburiyatlarini topshirgan. Sizning Xudoda qanchalik muvaffaqiyatli o‘sishingiz xotiningiz va bolalaringizning ruhan ulg‘ayishlariga bog‘liq. Ishonavering, bu shunday! Biroq yanada muhimi shuki, biz Xudo oldida yaqinlarimizning ruhiy farovonliigi uchun ham javobgarmiz.
Ammo oiladagi ruhiy boshqaruvga nisbatan yanada mas’uliyatli munosabat nimani anglatadi?
Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantiring
Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantirishning eng yaxshi usuli – o‘zingizning ruhan barkamollikka intilishingizdir. Avval aytib o‘tganimdek, oilaning ruhiy hayotiga siz ohang berasiz.
Ayrim turmushga chiqqan ayollar erlari oiladagi ruhiy boshqaruvda tashabbusni ko‘rsatmagunlaricha, ruhan ulg‘ayish yo‘lida hech qanday qadam qo‘ymaydilar. Ayrim ayollar esa erlarining ruhiy ulg‘ayishda orqada qolayotganlarini ko‘rib, ularning o‘zlariga yetib olishlariga imkon berish uchun “to‘xtalishadi”. Ikkala holatda ham ayolning ruhan ulg‘ayishi erining nomuvofiq hatti–harakatlari bois sekinlashadi. Ehtimol, bu kabi holatlar sizning oilangizda ham sodir bo‘layotgandir? Aziz birodar, agar chindan ham rafiqangizni o‘z ortingizdan ergashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zgarishingiz zarur!
Men bir kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turganimda, o‘z ruhiy holatim haqida jiddiy fikrlashga undagan parchaga e’tiborimni qaratdim:
Yahudiya shohi Hirod davrida Zakariyo degan bir ruhoniy bor edi. U ruhoniy Abiyo urug‘idan kelib chiqqandi, xotini Elisabet ham ruhoniylar naslidan edi.
Oradan yillar o‘tib, ana shu Zakariyo va Elisabet Iso Masihni cho‘mdirgan Yahyo Cho‘mdiruvchining ota–onasi bo‘lishadi. Xudo alohida xizmatni amalga oshirishi belgilangan Go‘dakning ota–onasi o‘zgacha bir insonlar bo‘lishini istagan. Mazkur oyatlarni o‘qib, men o‘zimga saboq chiqarib oldim: Xudo meni ham, xotinimni ham ruhan ulg‘ayishga chorlamoqda. Xudoning marhamati nafaqat bizning oilamizga, balki xizmatimizga ham kelishi uchun biz ikkalamiz ham ruhan ulg‘ayishimiz kerak.
Biz, erkaklar, bu haqiqatni anglab, uni hayotga singdirishga kirishganimizda, har birimiz rafiqamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘mak bera olishimiz mumkin. Bunday yordam dastlab juda oddiy tuyuladi: siz va xotiningiz ertalablari Muqaddas Kitobni alohida–alohida o‘qishingiz, oqshomlari esa o‘qiganlaringizni mushohada qilsangiz bo‘ladi. Shuningdek, Muqaddas Kalomni birgalikda o‘rganishlaringiz ham mumkin. Er–xotinlar o‘z ruhiy hayotlarida Muqaddas Kitobni o‘rganishlari bo‘yicha ko‘plab ajoyib qo‘llanmalar bor, shu bois “menda zarur qo‘llanma yo‘q” jumlasi bilan oqlanib bo‘lmaydi. Biz, erkaklar, oilamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘proq tashabbus ko‘rsatishimiz lozim.
Rafiqangizning ruhan ulg‘ayishini osonlashtirish uchun uning ruhiy mashg‘ulotlarida doimo ham bevosita ishtirok etishning hojati yo‘q. Ba’zan unga qo‘llab–quvvatlash va madad so‘zlari bilan murojaat qilishning o‘zi kifoya. Xotinim Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga ayollarni tayyorlayotganida, unga o‘qib–o‘rgatishga urinmayman. Men faqatgina uni qo‘llab–quvvatlashim, maslahatlar berishim, yaxshi so‘zlar bilan ruhlantirishim mumkin. Bunday vaziyatda mening ruhiy yetakchi sifatidagi o‘rnim aynan shundan iborat.
Men sizlarni tag‘in nikoh kuningizni yana bir bora eslab ko‘rishga da’vat etaman. O‘shanda siz tanlagan turmush o‘rtog‘ingizga uning haqida g‘amxo‘rlik qilishingizni aytgansiz. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondirishni o‘z ichiga oladi, negaki siz uning ruhan o‘sishiga har taraflama yordam bermog‘ingiz shart. Va albatta, bu yo‘ldagi ilk qadam – Xudodan o‘zingizning katta intilish bilan o‘sishingizda yordam berishini so‘rashdir. So‘ngra xotiningizdan, uning nazarida qay tariqa, yordam berishingiz mumkinligi haqida so‘rang.
Rafiqangizni ehtiyot qiling
Kelinglar, biz tag‘in Efesliklarga maktubning 5–bobiga murojaat qilaylik va oilada ruhiy boshqaruvning yana bir jihati – rafiqani ehtiyot qilish haqida mushohada yuritaylik. Pavlus 26–27–oyatlarda Masihning O‘z jamoatiga bo‘lgan sevgisi haqida yozadi.
Iso Masih O‘z jamoatining “har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli” tarzda namoyon bo‘lishini xohlaydi. U jamoatining muqaddas va benuqson bo‘lishini istaydi, shu bois uni mudom ehtiyot qiladi. U jamoatining pokligi haqida qayg‘uradi. Bu siymo bizni o‘z rafiqamizni ruhan asrash nima ekanligiga o‘rgatadi: biz uni gunohkor dunyoning halokatli ta’siridan asrashimiz lozim.
Siz o‘z xotiningizni ehtiyot qilasizmi? Yoki o‘z ishlaringiz bilan o‘ta band bo‘lganingiz bois xonadoningizda va uning hayotida nimalar bo‘layotganini sezmayapsizmi?
Adan bog‘ida ilon Momo Havoning oldiga sudralib borganida, Odam Ato o‘zini ana shunday tutgandek bo‘lib tuyuladi (qarang: Ibtido. 3:1–5). Xo‘sh, shayton Momo Havoni vasvasaga solib, Xudoning donoligini hamda Xudoning Odam Atoga va Momo Havoga bo‘lgan sevgisini shubha ostiga qo‘yganida, Odam Ato qayerda edi? Nega Odam Ato xotinini himoya qilib, Xudoni oqlash uchun biror so‘z aytmadi? Biz Muqaddas Kitobda bu savollarga javob topmaymiz, lekin mabodo Odam Ato xotinining yonida bo‘lganida, barchasi bu qadar fojeali tus olmasmidi!?
Endi esa xayolan yana o‘zingizning nikoh kuningizga qayting. Hoynahoy, Xudo oldida sizlarni nikoh ahdi bilan bog‘layotgan cho‘pon xotiningizni gunohkor dunyoning ta’siridan asrashga javobgar ekaningiz haqida aytgan bo‘lsa kerak. Bu javobgarlik o‘ta muhim! Mana, sizga bu mas’uliyatni ado etishingizda yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar (afsuski, men bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘ygachgina, bu haqiqatlarning adolatli ekaniga ishonch hosil qildim):
Xudo rafiqangizni pokiza va benuqsonlikda asrashi uchun har kuni ibodat qiling. Siz har tongda Xudo bilan tanho muloqotingiz chog‘ida Undan shu haqda so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, bu haqda yo‘l–yo‘lakay ishga ketayotib ham so‘rasangiz bo‘ladi.
Xotiningiz o‘z ishxonasidagi ruhiy munosabatlarni sog‘lom hisoblaydimi–yo‘qmi, shu haqda gaplashing (ikkalangiz ham har qanday yangi ishga joylashishda bu vaziyatlarni inobatga oling).
Uning televizordan nimalar ko‘rayotganini e’tiborga oling (Odam Atoni eslang – balki u xotiniga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim bo‘lgandir).
Uning ruhiy hayotiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan odamlardan xotiningizni ehtiyot qiling (bu hatto qarindoshlar yoki tanish–bilishlardan kimdir bo‘lishi mumkin).
Ehtimol, siz bu maslahatlarni o‘qib, xayolga tolgandirsiz: «Bularning barchasi xotinimga emas, balki qizimga taalluqli!» Ha, bu maslahatlar unga ham foydali bo‘lishi mumkin. Siz haqsiz: qizingizning pokligi haqida siz qayg‘urishingiz kerak, negaki, agar siz uni yaxshi ko‘rsangiz va yaxshilik istasangiz, uning nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga, qayoqqa va kim bilan borayotganiga e’tiborli bo‘lishingiz zarur. Ammo shu bilan birgalikda, xotiningiz ham sizning g‘amxo‘rligingiz va himoyangizga muhtoj ekanini unutmang. Garchi rafiqangiz katta yoshli inson bo‘lsada, uni asrash va uning ruhiy–hissiy farog‘ati haqida g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyatidan o‘zingizni chetga tortishga haqqingiz yo‘q. Qaysi xotin erining bunday g‘amxo‘rligidan minnatdor bo‘lmaydi deysiz?
Rafiqangizni ortingizdan boshlab borayotganda, unga sevgini namoyon eting
Ehtimol, rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlab borayotgan mahal, unga o‘z sevgingizni ko‘rsatishingiz sizga oson tuyulmasa kerak. Balki, agar uni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlab qo‘ygan bo‘lsangiz, demak, sevganingiz bois shunday qilgansiz–a (o‘zim ham avval shunday deb o‘ylagandim!). Ehtimol, sevgi jismoniy yaqinlikda namoyon bo‘ladi deb hisoblarsiz (o‘zim ham avval bunday vaziyatni ko‘rganman!). Darhaqiqat, bu holatlarning bari er–xotinlik sevgisining namoyon bo‘lishi, ammo Muqaddas Kitobga xos xos, haqiqiy masihona sevgi tana va qalb sevgisidan ko‘ra anchayin ulkandir. Bu aslida mohiyatan ruhiy sevgidir.
Mabodo siz xotiningizni o‘z ortingizdan ergashtirgan holda unga sevgingizni namoyon etishni istasangiz, eng avvalo oddiy bir haqiqatni tushunib olishingiz lozim: boshlash uchun hech qachon kech emas! Maktab yillaridagi bir holat yodimga tushyapti. Men boshqa bolalar bilan birgalikda yengil atletika estafetasida ishtirok etgandim. Birinchi bosqichdan so‘ng bizning jamoamiz autsayderlar qatoriga tushib qoldi, vaziyatni o‘nglash uchun esa hech qanday imkon yo‘q edi. Biz kurashni to‘xtatib, o‘yindan chiqishimiz mumkin edi, ammo bunday qilmadik. Barcha ishtirokchilar vaziyatni o‘nglash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi va natijada biz estafetani sharaf bilan yakunladik. Bu holat er o‘z ortidan rafiqasini boshlab borish da’vatiga qanday yondashmog‘i kerakligini menga eslatib turadi: Xudo buning uchun sizdan bor kuchingizni ishlatishga da’vat etadi. Hech qachon kurashdan to‘xtamang! Hech qachon taslim bo‘lmang! “O‘yindan chiqib ketish”ni xayolingizga keltirmang! Xudo va sizning rafiqangiz “eng yaxshi natijalar”ni ko‘rsatishingiz uchun munosibdirlar!
Hozir esa xotiningizni o‘z ortingizdan boshlab borayotib, unga sevgi namoyon etishingizga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar.
Muqaddas Kitobni har kuni o‘qing (ushbu kitob so‘ngida keltirilgan
Yaxshi bir ruhiy ustoz toping. «Temir temirni o‘tkirlaydi, inson esa do‘stini» (Hikmatlar 27:17).
Sizga ruhan salbiy ta’sir ko‘rsatadigan odamlar bilan muloqot qilmang. «Lekin adashmanglar, axir, “yomon ulfatlar yaxshi ahloqni buzadi”, deyishadi–ku» (1Kor. 15:33).
Vasvasaga soladigan vaziyatlarga tushib qolmaslikka harakat qiling. «...yoshlik ehtiroslaridan qoch» (2Tim. 2:22).
Vujudingizni tiying. «…bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni hatto xayolingizga ham keltirmanglar» (Rim. 13:14).
Rafiqangizning sizga nisbatan jismonan zaifligi unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu holat u sizning himoyangiz va g‘amxo‘rligingizga muhtoj ekanligidan dalolat beradi, xolos. Shu bois, siz siz uni kattaroq jismoniy harakatlar talab etiladigan barcha ishlardan ozod etmog‘ingiz lozim.
Siz ishlab topgan pullaringizni uyga keltirib, oila boshlig‘i sifatidagi majburiyatimni bajardim deb o‘ylashingiz mumkin (o‘zim ham avval shunday fikrda bo‘lganman). Oxir–oqibat, bu axir xotiningizni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash degani–ku! Xo‘sh, ehtimol, xotiningizning anchagina pand–nasihatlaridan so‘ng uyda biror yumushni bajararsiz? Shunday bo‘lsa ham, boshqa barcha yumushlarni – uyda va hovlida tartib–tozalikni saqlash, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ota–onalar bilan muloqot, mashinani yuvish, xarid qilishni – xotiningizga zimmasiga yuklashga moyil bo‘lsangiz kerak. Siz ayni paytda uning ham ishlab kelishini e’tiborga olasizmi–yo‘qmi?
Endi esa biroz arifmetika bilan shug‘ullanaylik. Deylik, siz haftasida besh yoki olti kun ishlaysiz. Ish kuningiz sakkiz soatlik va har kuni yo‘lda bir soat vaqtingizni sarflaysiz. Xo‘sh, rafiqangizning ish kuni qanaqa – u ham sakkiz soatlikmi? Biroq uyda uning tag‘in xotin, ona, oshpaz, hamshira, farrosh, bog‘bon, yordamchi ishchi, ma’mur va hakamlik vazifalarini ham bajarishiga to‘g‘ri keladimi? Agar shunday bo‘lsa, u kamida ikkita ishda ishlar ekan! Aytganlaridek, «dam olish kunlarisiz kecha–yu–kunduz ishlaymiz». Sizga bu ochiqchasiga alg‘ov–dalg‘ov bo‘lgandek tuyulmayaptimi ?
Siz xotiningiz tortib borayotgan yukni yengillashtira olmaysizmi? Bu borada ham men sizga bir qancha maslahatlar berishim mumkin:
Rafiqangiz bilan kun tartibini muhokama qiling. Ayrim muammolarni vaqtni aql bilan taqsimlash asosida hal eting.
Xonadoningizga ko‘proq mas’uliyatli ekaningizni ko‘rsating (bu maslahat ikkalangiz ham ishlaydigan vaziyatga yanada mos tushadi). Yodingizda bo‘lsin: siz xotiningiz bilan – yagona jamoasiz. Sizning uyingizga bor narsalari bilan teng ravishda haqlisiz, shu bois uydagi yumushlarni ham o‘zaro bo‘lib olishingiz kerak.
Xotiningizni santexniklar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish stansiyasi xodimlari va boshqa ustalar bilan kelishib olish zaruriyatidan xalos eting.
Barcha moliyaviy masalalarda birgalikda qaror chiqaring. Ayrim oilalarda pulni faqat erkak taqsimlasa, boshqasida aksincha, faqat xotini mas’ul. Bu ikkala holat ham – og‘ir holat. Ammo harqalay, oxir–oqibat oilani moddiy ta’minlash va uni aql bilan sarf qilish erkakning zimmasida ekanini inkor etmasangiz kerak deb o‘ylayman (qarang: 1 Tim. 5:8). Umuman olganda, er–xotinlar oilaviy hayotning barcha jabhasida bir–birlariga yordam berishlari lozim, xususan, moliyaviy masalada ham. Siz bu jabhada o‘z vazifangizni aniq belgilab olishingiz va hamisha birgalikda tegishli qarorlar qabul qilishingiz joiz.
Farzandlaringizning hayotida faol ishtirok eting. Xotiningizga bolalaringiz parvarishida har taraflama yordam bering. Har oqshom ularni uxlatishingizdan avval, bolalarga mo‘ljallangan Muqaddas Kitobni o‘qib bering. Muqaddas Kitob oyatlarini yodlab olishlariga ko‘maklashing.
Rafiqangizga hurmat ko‘rsating. Siz ibodat qilishingizda to‘sqinlik bo‘lmasligini istaysizmi? Bu holda xotiningizga yetarlicha e’tibor ko‘rsatib, hurmatingizni namoyon eting (qarang: 1Butrus. 3:7). Bu olamda turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘ra hurmatingizga munosibroq inson yo‘q.
Xudo sizda va rafiqangizda qanchalik ulug‘ va mo‘‘jizaviy ishlarni amalga oshirishni istaydi! Ammo Xudo faoliyatining ulug‘vorligi sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. , Ilohiy mukammallikka erishish uchun eng avvalo ushbu haqiqatga qat’iy amal qilish zarur:
Siz xotiningizga g‘amxo‘rlik qilishni va uni himoya qilishni o‘rganib olganingizda, chinakamiga sevuvchi er bo‘lib yetishasiz. Axir ertalab uyg‘ongach: «Men bugun xotinimni sevmayman» deydigan er ham bormikan–a. Ammo amalda u ko‘pincha aynan shunday o‘ylayotgandek bo‘lib tuyuladi. Sevgining yetishmasligi hattoki unga nisbatan turlicha loqayd munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Xotiningizga beparvo bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymang. Rafiqangizni sevish haqidagi Xudoning amrini shunday bajaring–ki, siz va rafiqangiz to‘g‘risida Kalomning quyidagi so‘zlari bilan aytish mumkin bo‘lsin:
Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu ko‘st rioya qilishardi (Luqo 1:6).
Jim Jorj
9. FARZANDLARINGIZNI SEVING
Ef. 6:4
Mazkur bob ustidagi ishlarim mobaynida o‘z arxivimdan «Newsweek» jurnalidagi “Qadrli otalar, o‘z bolalaringizni qutqaring” sarlavhali maqolani topib oldim. Texaslik ruhshunos Kristofer Bekorn bu maqolasida qayg‘uli dalillar ustida mulohaza yuritadi: ma’lumotlarga ko‘ra, yosh qonunbuzarlarning aksariyat qismini – bosqinchilik, qurol va giyohvand moddalar sotish bo‘yicha jinoiy guruh a’zolari, – o‘smirlar tashkil etishadi. Muallif “ularning otalari qayerda?” savoliga shunday javob qaytaradi: «Ularni yo‘q deb aniq aytishim mumkin. Ular maktab ota–onalar yig‘ilishlarida va fortepiano konsertlarida ishtirok etishmaydi. Ular yakshanba maktablaridagi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi. Siz ularni pediatr xonasida bemor bolasini ko‘targan holda ko‘rmaysiz...»
Janob Bekorn so‘ngra navbatdagi savolni beradi:
Ruhshunos o‘z maqolasida tashvishli xulosaga keladi: uning fikricha, Amerikada bugungi kunda haqiqiy otalar yo‘q.
Ha, agar Iso Masih bizning qalbimizda yashamas ekan, hoynahoy, biz janob Bekorn aytgan otalardek o‘zimizni tutayotgan bo‘lsak kerak. Biz kun bo‘yi golf o‘yini maydonchasida bo‘lishimiz, ertalabdan kechgacha kegelbanda yo‘qolib qolishimiz, tongdan tungacha baliq ovi bilan mashg‘ul bo‘lishimiz yoki ishxonada kecha–yu kunduz qolib ketishimiz mumkin. O‘rtacha olganda, har qanday amerikalik singari har kuni olti soatdan ziyod televizordan ko‘z uzmay o‘tira olamiz. Bir so‘z bilan aytganda, agar bizga Muqaddas Kalom nimaga chorlayotganini tushunmasak, xohlagan yerda bo‘lishimiz mumkin, ammo faqatgina farzandlarimiz yonida emas.
O‘z qarashlaringizga asosan harakat qiling
Xayriyatki, Xudo O‘zining Kalomida imonli er va otalar bu majburiyatlarni qanday bajarishlari kerakligini ko‘rsatib bergan. Efesliklarga maktubning 5–bobida qanday amrlar asosida xotinlarimiz bilan munosabatlar o‘rnatishimiz zarurligi qayd etilgan. O‘sha maktubning 6–bobida esa bolalarimizni qanday tarbiyalashimiz kerakligi haqida aytiladi. Mana, unda nimalar deyilgan:
Oddiy bir ma’lumot: havoriy Pavlus bu maktubni kichik Osiyodagi Efes shahrida yashovchi kam sonli masihiylar guruhiga yo‘llagan. Ushbu shaharda imonlilarni vasvasa va hoyu–havasga soladigan ko‘plab joylar bor edi (darvoqe, men yashayotgan shaharda ham shu ahvol). Pavlus Xudoning madadi bilan bu majusiy shaharda jamoat tuzadi va uch yil mobaynida imon keltirgan efesliklarga saboq beradi. U oradan bir necha yillar o‘tgach, bu odamlarga maktub yozib, masihiylar hayotiga va ularning yaqinlari bilan munosabatlariga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan gunohkor dunyo bilan qanday kurashish kerakligi yuzasidan qo‘shimcha maslahatlar beradi.
Pavlus efesliklarga maktubining birinchi qismida ularning ishonchi nimaga qaratilganini eslatib o‘tadi: u masihiylik e’tiqodining muhim haqiqatlarini ulug‘ladi va mohiyatini ochib berdi. Havoriy maktubning ikkinchi qismida o‘z o‘quvchilariga bu haqiqatlarga muvofiq qanday harakat qilish kerakligini tushuntiradi. Pavlus aytadi «…o‘tinib so‘rayman: Xudo sizlarni O‘ziga da’vat qilganini yoddan chiqarmay, shu da’vatga munosib tarzda yashanglar» (Ef. 4:1). Pavlusning so‘zlari mazmunan shunday: «Masihdagi sevimli birodarlar va opa–singillar, Xudo haqidagi men ulug‘lagan haqiqatni qabul qiling, shu haqiqatlarga muvofiq yashab, ularni oilaviy hayotingizda qo‘llang». Pavlus efesliklarni odamning hatti–harakati – hamisha uning qarashlarini aks ettirishiga ishontiradi.
Farzandlar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi
Aziz birodar, havoriy Pavlusning da’vati sizga yo‘llangan. Biz Xudoning Kalomiga qanchalik samimiy ishonsak va uni qanchalik bajonidil ado etsak, bu butun hayotimizga va albatta, xotin va bolalarimiz bilan munosabatlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xudo bizga da’vat etadi: «Ey erlar, ...xotinlaringizni... yaxshi ko‘ringlar» (Ef. 5:25). Ushbu da’vatga qanchalik g‘ayirlik bilan javob qaytarishimiz bolalar tarbiyasida qanchalik muvaffaqiyatga erishganimizga bog‘lik. Nega? Negaki bolalar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi. Bu fikrni izohlab o‘tishimga izn bering.
Agar siz xotiningizni sevib, g‘amxo‘rlik qilsangiz, u oilaviy hayotda baxtli bo‘ladi. Bu esa unga farzandlarga ko‘proq e’tibor qaratishiga imkon yaratadi. Farzandlar hayotida ona alohida muhim o‘rin tutadi, shu bois u o‘zini oilaviy hayotda baxtli his qilishi o‘ta muhim. Shu tariqa, agar siz rafiqangizni sevsangiz, bu bilan farzandlaringizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lasiz.
Biroq bu so‘zlar sizning farzandlaringiz oldidagi burchingizni to‘la bajarib qo‘yganingizni anglatmaydi. Xudo bizga farzandlarimizni “Xudoda o‘qib–o‘rganish” bilan tarbiyalashimizni amr etadi. Agar siz xotiningizni sevsangiz, u bu majburiyatlarni bajarishda sizga mamnuniyat bilan yordam beradi. Qachonki siz bolalarni tarbiyalash – er va xotinning umumiy ishi ekanini anglasangiz bu vazifani bajarishingiz anchayin oson bo‘ladi, shu bois unutmang, farzandlar tarbiyasidagi muvaffaqiyatning omillaridan biri – xotiningizga bo‘lgan sevgingizdir. Men hozirning o‘zida Xudoga ibodat ila murojaat qilib, bolalaringizning onasi – rafiqangiz uchun Unga minnatdorchilik bildirishga chorlayman. U nafaqat sizning ibodatingizga, balki har taraflama qo‘llab–quvvatlash va madadingizga munosib. Shoh Sulaymon sizga shunday so‘zlar bilan murojaat qiladi: «…doim uning sevgisi bilan qanoatlangin» (Hikmatlar 5:19).
O‘z qalbingizni sinovdan o‘tkazing
Ushbu kitob insonning qalbi, Xudoga sevgi va Uning bizga, erkaklarga sevgi ila bergan amrlari haqida so‘z yuritadi. Biz farzandlar tarbiyasi haqida mulohaza yuritganimizda, eng avvalo o‘z qalbimizni anglashimiz lozim.
Insonning qalbi unga hayot yo‘lini ko‘rsatadi. Inson qalbini uning hayotining markazi deyishadi, vaholanki, bizni Xudo yaratgan ekan, U qalbimizda nima borligini biladi. Mana, Iso qalbning inson hayotidagi ahamiyati va ichki, ruhiy hayotdagi aloqalari haqida nimalar degan:
Men shoh Dovud haqida gapirganimda, Xudoning qalbiga mos erkak – Xudoni butun qalbi bilan sevadigan va Uning yo‘liga amal qilishga mushtoq ekanligini qayd etgandim. Bunday odam butun qalbi bilan Xudoga sodiq va barcha o‘y–fikrlarini Unga qaratgan. Iso aytgan:
Agar siz Xudoni sevsangiz, bu atrofdagilarga bo‘lgan munosabatingizda aks etishi tayin. Agar siz Xudoni sevsangiz, o‘z yaqinlaringizni ham sevasiz. Biroq sizning yaqinlaringiz kimlar o‘zi? Albatta, xotin va bolalaringiz! Agar siz imonli odam bo‘lib, Xudoda yashayotgan bo‘lsangiz, demak, rafiqangiz va farzandlaringiz marhamatlangan ekanlar.
Mening sobiq talabam Denis Uilson ruhiy hayot kechirayotgan erning xotini va bolalariga bo‘lgan ta’siri haqida yozadi:
Takrorlayman: qalbingizni sinovdan o‘tkazing. Oilangizning ruhiy farovonligi qalbingizning holatiga bog‘liq. Agar u Xudo oldida noto‘g‘ri bo‘lsa, bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan har qanday yondashuv besamar bo‘ladi. Ruhiy hayotingiz qanday bo‘lsa, farzandlaringizni ham ana shunday tarbiyalaysiz.
Xudo bilan munosabatlaringiz sizning hatti–harakatlaringizga ta’sir qilgani kabi, farzandlaringizning hatti–harakatlari ham ularning Xudo bilan munosabatlari qanchalik teran ekanligiga bog‘liq. Shu bois ularning qalbini sinab ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. Aynan shundan bolalaringizning ruhiy farovonligi borasidagi g‘amxo‘rligingiz boshlanadi. Tedd Tripp ushbu fikrni ancha keng yoritib beradi:
Bu so‘zlar yodingizda bo‘lsin: «tarbiyachining asosiy vazifasi – bola qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoqlikdir». Farzandlaringizni sizga Xudo in’om etgan. Siz ularning qalbini asrash va ehtiyotlash uchun da’vat etilgansiz. Xudo ular qalbiga Uning sevgisini singdirishimizni va Uni anglash uchun intilishlariga jalb etishimizni buyuradi.
Farzandlaringizga Xudoga bo‘lgan sevgini singdiring
Kelinglar, Xudo Eski Ahd orqali bolalarni tarbiyalashimiz uchun bizga bergan satrlarga murojaat qilaylik. Xudo isroilliklarni misrliklar qulligidan ozod qilib, ularga orzu qilingan Yerga borishlarini buyurdi, lekin avvalo Xudo xalqni Kan’on yurtiga boshlab borishidan avval, O‘zi tanlaganlariga muhim pand–nasihat berdi. Xudo isroilliklarga butun qalblari bilan Unga sodiq bo‘lishlarini va Xudoga bo‘lgan sevgini bolalariga yetkazishlarini buyurdi:
Ko‘ryapsizmi, ota–onalarning Xudo oldida majburiyatlari qanchalik ulkan bo‘lgan? Otalar va onalar eng avvalo Xudoni butun qalb bilan sevishni va bu sevgini bolalariga singdirishni mas’uliyat deb hisoblaganlar. Har qanday vaziyatda va har qanday vaziyatda ota–onalar bolalarini Xudoni sevishga o‘rgatishlari lozim bo‘lgan. Aziz birodar, Xudo bizni ham shunday mas’uliyatga ega deb hisoblaydi. Biz Xudoni sevish va Unga bo‘lgan sevgini bolalarimizga singdirishimiz kerak.
Aytishlaricha, e’tiborsiz qoldirilgan ong dahshatomuz nimagadir aylanadi, lekin yanada qo‘rqinchlisi qalbning beparvo qolishidir. Men yaqinda bu haqiqatning qanchalik achchiqligini his etdim. Oldimga uzoq tanaffusdan so‘ng yana jamoatga qatnay boshlagan bir ayol kelgandi. U chuqur afsus bilan qizalog‘i hali yosh bo‘lganida, jamoatga borishni qattiq istaganini, biroq endi ulg‘aygach, bu haqda uylashni ham istamayotganini aytdi. Qizcha onasidan uni jamoatga olib borishini so‘raganida, u bolasiga shunday quvonch berishni istamagan. Endi esa ona jamoatga qatnayotgan bo‘lsada, qizi Xudo haqida eshitishni ham istamayapti.
Puritanlar bola tarbiyasida Xudoning saboqlari muhimligini chuqur anglashgan va hatti–harakatlarimiz farzandlarimizga qanday ta’sir qilishini yaxshi tushunishgan:
Mabodo bunday ogohlantirish bolalaringizni ruhiy tarbiyalash borasida jiddiy yondashuvga sizni unday olmasa, Isoning so‘zlarini tinglang:
Farzandlaringizga qay tariqa ta’sir o‘tkazish mumkin
Ehtimol, mazkur bobdagi ma’lumotlarni qabul qilish anchayin murakkabdir, biroq uni durustgina o‘zlashtirib olishingiz juda muhim, zero gap bolalaringizning tarbiyasi haqida, ularning bu olamdagi va abadiy hayotlari haqida bormoqda. Umid qilamanki, siz Xudo va farzandlaringiz oldidagi javobgarlikning jiddiyligini anglab yetdingiz. Mana, bolalaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Ushbu maslahatlarga amal qilish sizdan ko‘p narsalarni talab etadi, ammo siz o‘z da’vatingizga sodiq bo‘lsangiz, ulkan mukofotga musharraf bo‘lasiz.
Aziz birodar, men buning barchasini siz eplay olishingizga ishonishingizni istayman. Rafiqangizni seving. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnang. Ruhan ulg‘aying. Bolalaringizga ko‘proq vaqtingizni bag‘ishlang. Masihga taqlid qiling. Boshqacha aytganda: hayotga masihiylik haqiqatini singdiring. Siz ota sifatida farzandlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga qodirsiz, zero bugungi kunda ham ularning moddiy farovonligi uchun ko‘p tomonlama qurbonliq qilyapsiz. Siz ularning bilim olishlari uchun pul asrab qo‘yasiz va sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlari uchun to‘laysiz – ular hayotda nimaga ehtiyojmand bo‘lsalar, mablag‘ingizni shunga sarflaysiz. Endi esa ularning ruhiy farovonligi uchun qaror qabul qilishingiz va buning uchun ham yana shuncha, balki ko‘proqdir, qurbonlik qilishingiz lozim. Farzandlaringizning ravnaqi uchun bor imkoniyatingizdan foydalaning. Bu masalani orqaga surmang. Ruhiy olamda aziz farzandlaringiz qalbi uchun kurash bormoqda. Bunda o‘zingiz ham ishtirok eting, ularni Xudoga olib boring.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘nta amr
Bolalarga Xudo Kalomini o‘rgating. (Qarang: Qonunlar 6:4–9).
Ularga nima yaxshi, nima yomonligini ayting. (Qarang: 3 Shohlar. 1:6).
Yodingizda bo‘lsin: bolalar – Xudoning in’omi. (Qarang: Zabur. 126:3).
Ularni diyonat yo‘liga boshlang. (Qarang: Hikmatlar 22:6).
Ularni jazolang. (Qarang: Hikmatlar. 29:17).
Ularni gunohlari va xatolariga qaramay seving. (Qarang: Luqo. 15:11–32).
Ularni g‘azablantirmang (Qarang: Ef. 6:4)
O‘z munosib harakatingiz bilan ularning hurmatiga sazovor bo‘ling. (Qarang: 1 Tim. 3:4)
Ularning moddiy farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling. (Qarang: 1 Tim. 5:8)
Ularga Xudoga bo‘lgan ishonchni singdiring. (Qarang: 2 Tim. 1:5)6
Jim Jorj
10. FARZANDLARINGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG
Qonunlar 6:6–7
Men kitobning boshida sizlar bilan ruhim ulg‘ayishim borasidagi guvohligimni baham ko‘rib, o‘zimni Masihning darbadar o‘g‘il masalidagi bebaxt o‘smirga taqqoslagandim (qarang: Luqo 15:11–31). Maktab yillarida jamoatga qatnaganman, ammo kollej talabasiga aylangach, ruhiy hayotga bo‘lgan qiziqishimni yo‘qotdim va faqat o‘ttiz yoshga kelibgina ruhiy ozuqaga o‘ta muhtoj ekanimni angladim.
Biroq sizlarga ruhiy uyimga qaytganimda, nimalarga to‘qnash kelganimni hali aytganim yo‘q. O‘shandan biroz avval xotinim Masihga imon keltirgandi. Bu paytda bizning ikkita qizimiz bor edi: bittasi ikki yarim yoshda, boshqasi bir yarim yoshga to‘lgandi. Men oilada boshliq bo‘lishim kerakligini tushunardim, lekin nimadan boshlash kerakligi haqida zig‘ircha ham tasavvurim yo‘q edi. Yaxshi bir jamoatni topishim uchun Xudo menga aql berganidan juda minnatdorman: biz bu yerda xotinim ikkalamiz ruhiy ozuqa olib, Xudoning irodasini anglay boshladik.
Men jamoatga kelganimda ruhan o‘sishimga hamda taqvodor er va ota bo‘lishimga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlarni izlay boshladim. Men shu haqda ibodat qildim va Xudo o‘tinchlarimga javob qaytardi. Jamoat xizmatchisi Jon meni Xudoning Kalomiga o‘rgata boshladi. U Kalomning donoligini tushunishimga yordam berdi va o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu men uchun ruhlanish manbaiga aylanib, keyingi chorak asr mobaynida kuch bag‘ishladi. Men bir necha yillar avval Jonning uyida mehmon bo‘lib, unga va xotiniga o‘shanda menga va Elizabetga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular mening oilam uchun qanday ulug‘ marhamat bo‘lishgan–a! Siz hozir o‘qiyotgan ushbu kitob oila boshlig‘i bo‘lish vazifasini yaxshiroq bajarishingizga yordam berishi uchun ibodat qilaman. Shuningdek, Xudodan sizga yaxshi ruhiy ustozlar yuborishini so‘rayman.
Biz o‘tgan bobda taqvodor ota bo‘lish nimani anglatishi haqida gapirgandik. Ehtimol, hozir siz men qachondir oilani boshqarish mas’uliyatini o‘zimga olishim kerakligini anglagan paytimdan ko‘ra yomonroq ruhiy holatdadirsiz. Ammo umidsizlikka tushmang: xotiningizni seving, butun oilangiz bilan jamoatga qatnang, ruhan ulg‘aying, bolalaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, Masihga o‘xshashga intiling va ana shunda o‘z hayotingizda ham, yaqinlaringiz hayotida ham yaxshi tarafga o‘zgarishlar boshlanganini ko‘rasiz. Hozir esa otalik vazifangizni yaxshiroq bajarishingizga yordam beradigan yana bir qancha muhim qadamlarni ko‘rib chiqaylik.
Bolalaringiz haqida g‘amxo‘rligingiz
Agar siz farzandlarga Kalomni o‘rgatib, ularni Kalom o‘gitlari bilan tarbiyalasangiz, demak, oilangizning ruhiy farovonligi uchun qayg‘urar ekansiz. Cho‘pon o‘z podasini yetaklab borgani kabi, siz ham ota sifatida o‘zingizning “kichik podangiz”ni Xudo Kalomini yanada teranroq anglab yetishlari sari boshlab borasiz. Buning uchun nima qilish kerak? Farzandlarga Xudo Kalomini o‘rgatish, butun oila bilan birgalikda ibodat qilish va Parvardigorni ulug‘lash lozim. O‘z davrida puritanlar otalarni o‘z farzandlari uchun cho‘pon bo‘lishlariga da’vat etganlar. J.I.Paker bu haqda shunday yozadi:
Ko‘ryapmizki, puritanlar uchun otalik vazifasining muhim qismi saboq berish hisoblangan. Ehtimol, siz puritanlar tushungani kabi otalikning barcha majburiyatlarini o‘z zimmangizga olishga tayyor emasdirsiz, ammo buning kichik taraflaridan boshlashingiz mumkin. Mabodo aynan nimadan boshlashni bilmasangiz, jamoatingiz qavmining ko‘proq tajribali a’zolari bilan maslahatlashib ko‘ring. O‘zingiz tanigan yaxshi bir oilaparvar insonga murojaat qiling. Undan bolalar tarbiyasiga taalluqli maslahatlar berishini so‘rang. Maslahat so‘rab o‘zingizni pastga uraman deb o‘ylamang, zero oilangizning farovonligi ana shunga bog‘liq. Farzandlaringizning ruhi va qalbi uchun ruhiy kurash bormoqda. Tedd Tripp yozganidek, ota–onalar «olamning bola qalbi bo‘lgan eng kichik jang maydonida qo‘l jangi bilan kurash olib bormoqdalar»2.
Qadrli ota, mazkur muhim ishda siz tashabbus ko‘rsatishingiz lozim! O‘z mas’uliyatingizni xotiningiz yelkasiga yuklamang. Siz u bilan birgalikda ulug‘ da’vat – farzandlaringizga cho‘pon bo‘lishni amalga oshirishning yaxshiroq usullarini topishingiz lozim. Bu majburiyatni yakshanba maktabi o‘qituvchilari yoki yoshlar cho‘poni zimmasiga ham yuklamang. Bu sizning majburiyatingiz. Xudoning qalbiga mos erkak, hattoki dastlab ish boshlayotganida o‘zida ishonchsizlik va hadik sezsa ham, yuqoridan yordamga umid qilib, uni quvonch bilan bajaradi.
O‘zingizga juda band bo‘lib tuyulyapsizmi? Bandlik farzandlar tarbiyasida jonbozlik qilmaslik uchun bahona bo‘lolmaydi. Aksariyat ota–onalar – o‘ta band odamlar. Mabodo siz uchun nimadir muhim bo‘lsa, buning uchun vaqt topasiz, to‘g‘rimi? Bu o‘rinda esa gap farzandlaringizning abadiy hayoti haqida bormoqda.
Xo‘sh, biz otalar bunday muhim ish bilan qachon shug‘ullanishimiz kerak? Oilaviy ibodat kundalik hayotingizning bir qismiga aylanishi uchun nima qilmoq lozim? Fikrimcha, oilaviy ibodatni ertalab yoki kechqurunga ovqat oldidan o‘tkazib olish osonroq. Buning uchun kerakli mavzuni topgandan ko‘ra, vaqt topish qiyinroq. Cho‘poningiz yoki imondagi yoshi kattaroq birodaringiz bilan oila a’zolarini oilaviy ibodatlar chog‘ida nimalarga o‘rgatish haqida maslahatlashib oling. Bu masalada befarq bo‘lmang, bolalaringizni ular qalbining dushmani iblisga berib qo‘ymang. Farzandlaringizni Xudo irodasini bajarishga astoydil o‘rgating.
Men o‘zim xizmat qilgan jamoatlarda turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganman, xususan, missionerlik bo‘limini ham boshqarganman. Bir marotaba Los–Anjelesdagi Kaliforniya universitetida xizmat tashkil etgan bir qancha yirik missionerlik tashkilotlarining boshliqlari bilan uchrashuvda ishtirok etib qoldim. Men suhbat mobaynida ruhoniylarga qaysi toifadagi talabalar ularning fikricha Xushxabarni qabul qilmaslikka moyil ekani haqida savol berdim. Ularning barchasi hech ikkilanmasdan shunday deyishdi: «Ota–onasi nomigagina masihiy bo‘lganlar». Shunday tasavvur tug‘iladiki, ota–onalari faqat nomigagina taqvodor oilalarda ulg‘aygan yoshlar imon haqida eshitishni ham istashmaydi. Aziz birodar, siz o‘z hayotingiz bilan munosib ibrat ko‘rsata olganingizdagina, ularga eng kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Masihga bo‘lgan mavjud imon boshqa hech nimada har kunlik pok va taqvodor hayotda bo‘lganidek namoyon bo‘lolmaydi. Xudo Qonunlar kitobining 6:6–7 oyatlaridagi amrlarni eslatib o‘tgandim, ammo ularni takrorlab o‘tsak arziydi. Muso Xudoning Kalomiga farzandlarimizni astoydil o‘rgatishni amr etgan,
Uyda o‘tirganda ham
yo‘lda borayotganda ham,
yotganda ham,
turganda ham.
Ushbu amrlarga amal qilgan ota ustozlik vazifasini ham bajaradi va farzandlariga munosib ibrat ko‘rsatadi. Siz ham aynan shunday yo‘l tutishingiz kerak!
Agar ota o‘z harakatlariga rioya qilmasa, bu uning bolalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar u ezgulik va taqvodorlikda doimo rivojlanib borsa, bu mo‘l–ko‘l marhamat olib kelishi muqarrar. Pavlus shogirdi Timo‘tiy bilan uchrashganida, o‘zining yaqinlari unga taqvodorona harakatlari bilan doimo ibrat ko‘rsatganlarini eslatib o‘tadi (qarang: 2Tim. 1:5). Havoriy o‘sha maktubida aytadi: «Bolaligindanoq Muqaddas bitiklarni o‘rgangansan. Bu bitiklar insonga donolik ato qiladi. Iso Masihga bo‘lgan ishonch orqali uni najotga erishtiradi» (2Tim. 3:15). Agar siz o‘zingizning ruhan barkamolligingiz haqida qayg‘ursangiz, shubhasizki, farzandlaringiz sizda Iso Masihni ko‘rishadi. Ularga munosib ibrat ko‘rsatib va imonda muvaffaqiyatga erishib, siz farzandlaringizning ruhiy hayoti yo‘nalishini belgilab berasiz
Sizning oilangiz bor ekan, uning ruhiy yetakchisi bo‘lishga da’vat etilgansiz. Garchi vaqt kamligi bois hamisha ham bu vazifani bajara olmasangiz ham, bu sizning muqaddas majburiyatingizdir. Agar siz unga sodiq bo‘lsangiz, buyuk mukofotni olasiz. Ammo turli vaziyatlarga ko‘ra uydan biroz muddat bo‘lolmay qolsangiz, nima qilish kerak? Balki siz ham xuddi men kabi tez–tez uzoq muddatga xizmat safariga ketib, uyda qanchadir vaqt bo‘lay qolarsiz. Bunday vaziyatlarda o‘z majburiyatingizni xotiningiz zimmasiga yuklashingizga to‘g‘ri keladi. Men avval AQSh qo‘shinida zahirada turardim va har yili ikki marotaba mashg‘ulotlarda qatnashib turishimga to‘g‘ri kelardi. Shuningdek, missionerlik xizmat safarlarida ishtirok etardim. Bunday safarlar oldidan Elizabet bilan men yo‘qligimda bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlar haqida gaplashib olardim. Ulardan eng muhimi bolalarimizni imonda o‘qib–o‘rgatishdan iborat bo‘lardi.
Mabodo siz ham vaqti–vaqti bilan uyni tark etishingizga to‘g‘ri kelsa, o‘z vazifalaringizni xotiningiz zimmasiga topshirishingiz lozim. Uyga qaytib kelganingizda, o‘z majburiyatlaringizni bajarishga shoshiling (ayrim holatlarda qanchadir muddat o‘zgargan vaziyatga moslashib olishingizga to‘g‘ri keladi). Bu vazifa shunchalik muhimki, hech qanday ish, hech qanday ishqivozlik yoki boshqa nimadir oila boshlig‘i bo‘lishingizga to‘siq bo‘lmasligi kerak.
Sizga oila boshlig‘i majburiyatlarini bajarish og‘irlik qilyaptimi? Umidsizlikka tushmang. Bu zimmangizdagi vazifaning muhimligini anglayotganingizdan va barchasini ham to‘g‘ri qilayotganingizga to‘liq ishonch hosil qilmayotganingizdan dalolat bermoqda. Bundan ancha yillar avval shunga o‘xshash hissiyotlarni boshdan kechirganman, shu bois sizni yaxshi tushunaman. Xudodan sizga yaxshi bir ruhiy ustoz – ko‘pgina narsalarni o‘rganib olishingiz mumkin bo‘lgan oilali erkakni berishini so‘rang. Masihdagi bu birodarning pand–nasihatlarini tinglang, so‘zlaridagi donolikni sipqorib oling, undan oilani boshqarishni va Muqaddas Kitob o‘rgatgani kabi bolalarni boshqarishni o‘rganing. Muqaddas Kitob haqiqatlarini bizga Xudoning O‘zi bergan, shu bois ular hayotiy. Ularga umid qiling va farzandlar tarbiyasida ulardan hamisha foydalaning. Ana shunda kun kelib, sizning o‘zingiz Masihdagi birodarlarga Xudo Kalomi haqiqatlarini o‘rgatishingiz va ular bilan ota–onalik tajribalarini baham ko‘rishingiz mumkin.
Muqaddas Kitobda bolalarni tartib–intizomga o‘rgatish bo‘yicha ko‘p gaplar aytilgan. Kalomda aytilganki, Xudoning jazosi bizning Xudo sevgan farzandlari ekanimizdan guvohlik beradi:
Xudo odil va dono bo‘lgani bois U otalik sevgisi ila bizni jazolab, hamisha to‘g‘ri yo‘l tutadi. Biz ham o‘z farzandlarimiz bilan shu tariqa yo‘l tutmog‘imiz joiz. Ayonki, hamma otalar ham Yangi Ahd davrida Xudoga monand bo‘lishni istashmagan. Havoriy Pavlus bunday otalarga ikkita nasihat qiladi.
1
«Ranjitish» so‘zi «g‘ashiga tegmoq», «g‘azablantirmoq», «xafa qilmoq» ma’nolarini beradi, “tushkunlikka tushish” so‘z birikmasi esa «tushkun kayfiyat», «qayg‘uga botish» va hatto «noumid bo‘lmoq» ma’nosini anglatadi. Ota–onasi haddan ziyod qattiqqo‘l yoki unga nisbatan ko‘pincha nohaq bo‘lsa, bola hech bir quvonchiz ularga bo‘ysunadi va bundan tushkunlikka tushadi.
Bolalarni qattiqqo‘llik va itoatda ushlab turishga intilganimizda, biz ular bilan bemantiq va hatto qo‘pol yo‘l tutamiz. Bolalar biz tomonidan bo‘ladigan bunday munosabatlarga ko‘nikishadi va bizga bo‘ysungandek bo‘lib tuyulishadi, ammo qalban bizdan yiroqlashib ketadilar. Ular ulg‘aygach, masihiylik e’tiqodini ochiqchasiga rad etadilar. Biz qattiqqo‘llik bilan bolalarimizni jazolaganimizda, o‘z burchimizni bajargandek bo‘lamiz go‘yo, biroq bunday munosabatlarning oqibati vayronkor bo‘ladi.
2. «Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang…» (Ef. 6:4; kursiv meniki. –
Havoriy Pavlusning bu nasihati xuddi avvalgilari kabi otalar o‘z farzandlariga qanday yondashmasliklari kerakligini ko‘rsatib beradi. «G‘ashiga tegmoq» so‘z birikmasi «g‘azabini keltirmoq», «jahlini chiqarmoq», «achchig‘iga erk bermoq» ma’nolarini anglatadi. Doktor Jon MakArtur «Bolalar tarbiyasida qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin» kitobida bu oyatning ma’nosini shunday ochib beradi:
Ha, Xudo O‘z Kalomida bolalarimizni jazolashga da’vat etadi: «Kaltakni o‘g‘lidan ayagan odam uni yomon ko‘radi, o‘g‘lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o‘rgatadi» (Hikmatlar 13:25). Ammo bolalarni jazolayotganda, bosiqlik, mulohazakorlik va sevgi ko‘rsatishimiz joiz. Garchi bolalarimiz jazoga loyiq bo‘lganlarini va bu ularning foydasiga xizmat qilishini darhol tushunmasalarda, vaqti kelganida buni anglab yetishlari tayin – agar siz ular bilan odilona va sevgi asosida ish tutsangiz, albatta. Bu holda otasi ularni sevib, g‘amxo‘rlik qilishi bolalarga tushunarli bo‘ladi.
Va nihoyat, siz xotiningiz bilan bolalarni
Otaning oiladagi boshqaruvi bolalarini ibodat qilishga da’vat etilishida ham namoyon bo‘ladi. Siz Xudoning najotkor inoyati ularning hayotida faoliyat ko‘rsatishi uchun, ularninasrab, ruhan ulg‘ayishlari uchun, Xudo ularni asrab, yordam berishi uchun va O‘ziga maqbul paytda ularga tanlangan turmush o‘rtoqlarini yuborishini so‘rab, ibodat qilishingiz lozim. Shaxsan o‘zim yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida Xudo qizlarimga taqvodor erlar yuborishini so‘rab iltijo qilganman. Mana endi itoatgo‘ylik va minnatdorchilik bilan U mening ibodatlarimga javob qaytargani uchun Xudoni ulug‘layman: ikkala kuyovim ham – chuqur imonli va Xudodan qo‘rqadigan odamlardir.
Otaning farzandlari uchun ibodatda doimo vositachi bo‘lishlari haqida gapirayotganimda, men Qadimgi Ahd qahramoni Ayub haqida va uning o‘z sevimli farzandlari haqida qanday iltijo qilganini eslayman.
Biz otalarga buyuk sharaf – bolalarimiz haqidagi ibodatlarimizni Xudoning ko‘shki sari olib borish in’omi berilgan. Tushuning, xotiningiz, shuningdek sizning va uning ota–onasidan bo‘lak, hoynahoy, bu olamda farzandlaringiz uchun muntazam ibodat qiladigan yagona inson siz bo‘lsangiz kerak. Bu sharafli huquqingizga beparvo bo‘lmang!
Albatta, bolalar tarbiyasi asosan uyda olib boriladi. Uy – bu bolalar katta hayotga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur bo‘lgan joy. Ammo bolalar bevosita sizning nazoratingiz ostida bo‘lmaydigan vaziyatlar uchrab turadi va siz bolalaringizning uydan tashqarida taqvodor va Xudodan qo‘rqadigan odamlar atrofida bo‘lishi uchun jon kuydirishingiz lozim.
Bolalaringiz uchun bunday ijobiy muhitni jamoatda topishingiz mumkin. Bolalar bu yerda yakshanba maktabi o‘qituvchilari, yoshlar cho‘ponlari va jamoat yetakchilari davrasida bo‘lishadi. O‘z vaqtida bizning qizlarimizda ajoyib o‘qituvchi va murabbiylari bo‘lishgan.
Bolalarga jamoatga nisbatan sevgini singdirish uchun o‘zingiz ham jamoatni sevib, unga bajonidil qatnamog‘ingiz lozim. Hattoki ba’zan bolalar jamoatga borishni istamasalar, ularga yon bermang. Siz o‘z “kichik poda”ngiz uchun cho‘pon bo‘lishga da’vat etilgansiz, shu bois bolalaringiz ruhiy ozuqa – Xudoning Kalomi bilan oziqlanishlari uchun g‘amxo‘rlik qiling. Agar ular Xudodan qo‘rqadigan o‘qituvchi va murabbiylar muhitida bo‘lsalar, buning ijobiy ta’sirini o‘zlarida his etadilar.
Farzandlaringiz ayrim holatlarda oila a’zolaringiz bo‘lmagan va jamoatingiz qavmidan boshqa odamlar ta’siriga tushib qolishlari mumkin. Ularning ta’siri hamisha ham foydali bo‘lavermaydi. Agar bolalaringiz davlat maktablarida o‘qishsa va taqvodor bo‘lmagan oilalarning bolalari bilan do‘st bo‘lsalar, bu ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz oilaning ruhiy ustozi sifatida bolalaringizni imkon qadar zararli ta’sirlardan himoya qilishingiz shart. Siz bolalaringiz maktabda kim bilan do‘stlashishlarini, o‘qishdan keyin qayerda bo‘lishlarini, qanday kitoblar o‘qib, qanaqangi filmlarni tomosha qilayotganlarini bilishingiz lozim.
Shuninglek, farzandlaringiz “yomonlikni yaxshilikdan farqlay olishlari uchun” ularda ruhiy farosat rivojlanishiga yordam berishingiz kerak (qarang: Ibroniylar 5:14). Vaqti kelib, farzandlaringiz qarama–qarshi jins vakiliga qiziqish bildira boshlaydilar. Bu tabiiy va durust. Ular uchrashuvga borishni boshlaganlarida, siz ularning yonida bo‘lmaysiz. Ular jiddiy qarorlar qabul qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatlarga to‘qnash keladilar. Bu qarorlari esa oqilona bo‘lmog‘i uchun siz avval boshdan bolalaringizning ruhan farosatli bo‘lib ulg‘ayishlariga yordam berishingiz kerak. Siz ularni Xudoga manzur bo‘ladigan qarorlarni mustaqil qabul qilishlariga o‘rgatishingiz lozim. Bu – taqvodor ota intiladigan oliy maqsad bo‘lmog‘i shart.
Farzandlaringizga nisbatan sizning boshlang‘ich majburiyatlaringiz
Umid qilamanki, siz endi oila boshlig‘i sifatida boshlang‘ich majburiyatlaringizni yaxshiroq tushunarsiz. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Uning Kalomini bajarishni istaydi. U o‘z xotinini sevadi va ikkalasi birgalikda farzandlari haqida va ularning tarbiyasi xususida jon kuydiradi. Xudoning qalbiga mos erkak uning rafiqasi – farzandlarini sevuvchi va g‘amxo‘r ayol ekanligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildiradi. U farzandlar tarbiyasida rafiqasining yordami juda muhim ekanligini anglaydi va tushunadiki, “o‘g‘illar Egamizdan merosdir, farzandlar Undan mukofotdir” (Zabur 126:3), shu bois qizg‘inlik bilan “ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stirish”ga (Ef. 6:4) harakat qiladi.
Aziz birodar,bolalaringizning yaxshi yoki yomon tarbiya olishlari sizga bog‘liq. Men ishonamanki, siz Xudoga umid qilgan holda, ular haqida g‘amxo‘rlik qilasiz va har bir farzandingizga nisbatan oqilona qarorlar qabul qilasiz.
Farzand yomon tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak:
Unga istaganicha pul sarf qilishiga ruxsat berish.
Unga o‘z xohishiga ko‘ra do‘stlar tanlashiga ruxsat berish.
Unga uyning o‘ziga tegishli kalitini olib yurishiga va kech qaytishiga ruxsat berish.
Bo‘sh vaqtlarini qayerda va kim bilan o‘tkazishiga qiziqmaslik.
Unga yaxshi odatlar ahloq–odob o‘rnini egallashi mumkinligi haqida tushuncha berish.
Har bitta qilgan yaxshiligi uchun mukofot kutishga o‘rgatish.
Ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun uning oldida hech qachon ibodat qilmaslik.
Farzand yaxshi tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak:
Farzand uchun xonadon yer yuzidagi eng yorug‘, eng sevimli joy bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilish.
Farzandga xonadondagi ayrim kundalik yumushlarni bajarishni topshirish.
Farzandni hech qachon g‘azab bilan jazolamaslik.
Farzandning orzu–maqsadlari hattoki behuda va shuhratparastlikdek tuyulsa ham hech qachon masxara qilmaslik, aksincha, uni nimalar qiziqtirishi yoki tashvishlantirayotgani haqida ochiqchasiga gaplashib olish.
Uyga, xususan, oilaviy ziyofatlarga do‘stlarini taklif etishiga ruxsat berish.
Ruhan ulg‘ayish moddiy boylik ortirishdan ko‘ra muhimroq ekaniga uni ishontirish.
Hamisha Masihga o‘xshashga harakat qilish va farzandga munosib o‘rnak ko‘rsatish (u bilan Masih haqida gaplashib olishingiz oson bo‘ladi).
Uning ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun qunt bilan ibodat qilish4.
D–r Jon Trent
11. MEHNATDA SERG‘AYRAT BO‘LING
1 Kor. 10:31
Turlicha fikrlar mavjud, go‘yoki mehnat – odamning gunohga botishi oqibati bo‘lib, agar Odam Ato “o‘sha olmani yemaganida” hozirda bizning ishlashimizga hojat ham qolmagan bo‘larkan. Aslida mehnat Odam Ato gunohga botib, “o‘sha olmani yeb qo‘yishidan avval ham mavjud bo‘lgan, ya’ni Xudo O‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirib, borliqni yaratgan.
Ibtido kitobining 1–bob 1–oyatida Xudo «tarix xronometrini ishga tushirib», olamni yaratishni boshlagan: «Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi». Ko‘pgina ishlar qilish lozim edi, negaki «er shaklsiz va bo‘m–bo‘sh edi» (2–oyat). Mana shu oyatdan boshlab butun 1–bob mobaynida Ibtido Kitobi Xudoning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan «voqealar xronikasi”ni bayon etadi. Va nihoyat, borliq yaratildi va Xudo «barcha ishlarini bitirib dam oldi» (Ibtido 2:3).
Xudo bu bilan mehnatning rutbasini va abadiy qadr–qiymatini tasdiqladi. U olamni yaratib, yana bir faoliyatini – «O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini» (Ibtido 1:27). Xudo insonga amr etdi:
er yuzini to‘ldirib, uni egallashni (qarang: 28–oyat);
har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilishni (qarang: o‘sha oyat);
Adan bog‘ini parvarishlab, asrashini (qarang: Ibtido 2:15);
barcha jonivorlarga nom berishini (qarang: 19–20 oyatlar).
Dunyoning yaratilish tarixi shundan dalolat beradiki, Xudoga monand qilib yaratilgan odam xuddi Xudo kabi mehnat qilishi kerak bo‘lgan. Xudoning barcha ijodi va insonning Adan bog‘idagi mehnati odam gunohga botib, yer la’natga uchrashidan avval yuz bergan! Shu bois, mehnat – gunohga botishning oqibati deb hisoblash xato, biroq odam gunoh qilib, dunyoga nopoklik kirib kelgach, mehnat yanada og‘irroq bo‘ldi. Xudo Odam Atoga aytdi: «...peshona tering bilan non yeysan...» (Ibtido 3:19).
Mehnat zarur
Muqaddas Kitobda mehnat haqida doimo inson hayotini tashkil etuvchi tabiiy va zaruriy qismdek gapiriladi. Qadimgi Ahdning Hikmatlar kitobida mehnat ko‘p hollarda yalqovlik va dangasalarga qarama–qarshi qo‘yiladi; bundan tashqari, unda ishyoqmaslik nimalarga olib borishi aytiladi:
Yerga ishlov bergan to‘yib non yeydi, bekor narsani ko‘zlagan esa aqlsizdir (Hikmatlar 12:11).
Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambag‘allik keltiradi (Hikmatlar 14:23).
O‘z ishiga mohir ustani ko‘rganmisan? U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi (Hikmatlar 22:29).
Xushxabarchi bo‘lgan va ayni vaqtda o‘z mehnati bilan hayot kechirgan havoriy Pavlus Yangi Ahdda bizni mehnatsevarlikka o‘rgatadi.
Pavlus barcha imonlilar ham mehnatda tirishqoqlik ko‘rsatishlari uchun tongdan kechgacha qo‘l–qo‘liga tegmay mehnat qilgan. Mehnat hayot uchun zarur! Sizningcha, o‘zingiz mehnatda tirishqoqmisiz?
Mehnat foydali
Axir Xudo odamni yalqov bo‘lishi uchun yaratmagani ayon emasmi? Parvardigor bizning mehnat qilib jismonan va ruhan rivojlanishimizni biladi, shu bois bizga mehnat qilishni va yaqinlarimiz ehtiyoji haqida g‘amxo‘rlik qilishimizni buyuradi. Shu tariqa, mehnat – bizning yana bir muhim majburiyatimizdir. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Unga itoat qiladi, rafiqasini o‘z ortidan ergashtirib, bolalari haqida g‘amxo‘rlik qiladi, mehnat qiladi va oilasini barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi.
Xudoning Kalomida bu majburiyatlar haqida ko‘p bora aytiladi. Xudo biz uchun nima yaxshi ekanligini biladi. Tasavvur qiling–a, mehnat bizning foydamizga xizmat qiladi: u salomatligimiz uchun ham foydali.
Shifokorlar jismoniy va aqliy mehnat salomatlikni mustahkamlab, ishlash layoqatini asrashi haqida asossiz gaplarni aytishmaydi, axir. Eramizgacha bo‘lgan 400–yildayoq tibbiyotning otasi Gippokrat shunday degandi: «Inson tanasining har bir a’zosi o‘ziga xos vazifaga ega bo‘lib, agar ulardan shu vazifalarga ko‘ra foydalanilsa, barchasi ishlash xususiyatini va quvvatini saqlab qolishadi»2. Zamondoshimiz, taniqli doktor Charlz Meyo Gippokratning fikrini davom ettirib, shunday degan: «Halovatsizlik... salomatlikka o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo men odam haddan ziyod ko‘p mehnat qilgani tufayli o‘lim topgan birorta ham holatni bilmayman»3.
Shubhasiz, mehnat foydali. Bu ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi: ko‘plab odamlar nafaqaga chiqqanlaridan keyingi birinchi yildayoq vafot etishadi.
Mehnat – da’vat
“Da’vat” so‘zi sizda qanday tasavvurlarni uyg‘otadi? Hoynahoy, bu jamoat xizmatiga taalluqli nimadir bo‘lsa kerak. Cho‘pon yoki missionerning og‘zidan tez–tez shunday jumlani eshitish mumkin: «Xudo meni xizmat qilishga da’vat etgan». Pavlus o‘zi haqida Iso Masihning havoriysi bo‘lishga da’vat etilgan inson kabi gapiradi (qarang: 1Kor. 1:1). Ammo men sizlarga ish ham da’vat ekanini aytsam nima deysiz?
Uebster lug‘atiga ko‘ra, inglizcha
Men o‘z hayotimda ko‘plab mashg‘ulotlarimni o‘zgartirganman. Ular orasida jamoatga xizmat qilish ham bo‘lgan. Men hatto cho‘ponlik xizmati haqidagi kitob yozilishida ishtirok etganman (men yozgan bob xizmatga da’vat masalasiga bag‘ishlangan4). Ammo xushxabarchi havoriy Pavlus kabi, men chodir tayyorlab pul topganman. Men nafaqat cho‘pon, balki jamoat bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlar bilan ham shug‘ullanganman: dorixonada ishladim, AQSh qo‘shinida dori–darmon to‘plash bo‘yicha mutaxassis bo‘ldim. Men ham xuddi havoriy Pavlus kabi butun faoliyatimni Xudoning da’vati deya qabul qildim.
Biz agarda masihiy Isoga sodiq bo‘lsa, u muqarrar cho‘pon yoki missioner bo‘lishi kerakligi haqidagi xato tushunchani qat’iy rad etishimiz lozim. Albatta, bu shunday emas. Missiyada yoki jamoatda xizmat qiladiganlar zavodda, idorada yoki o‘z uyidagi ish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan odamlardan ko‘proq imonli yoki pokdomon emaslar. Bizning qayerda yoki kim bilan ishlashimiz Xudo nazarida muhim emas. Muhimi biz mehnat qilgan holda Xudoning irodasini ado etishimiz (qarang: Rim. 12:2). Siz kim bo‘lmang – rassommisiz yoki santexnik, harbiy yoki mexanik, o‘qituvchi yoki muhandismisiz, – o‘z faoliyatingizga oddiy bir ish kabi emas, balki Xudoning alohida bir vazifasi kabi yondashmog‘ingiz kerak.
O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘ling
Men bundan bir necha yil avval «elchi» Julian bilan Chikagodagi mehmonxonalardan birida tanishganman. Julian bu shaharga ish yuzasidan uchrashuv uchun, biz esa Elizabet bilan seminarga kelgandik. Bizning uchrashuvimiz liftda yuz berdi: o‘shanda biz o‘zaro qiziqishlarimizni o‘rtoqlashdik, xolos. O‘sha oqshom Julian restorandagi stolimiz oldiga kelib, o‘zini yana bir bora tanishtirdi: u Elizabet ikkalamizning ovqatlanish oldidan ibodat qilganimizni ko‘rib, biz bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘libdi, negaki uning o‘zi ham masihiy ekan. Tasodifiy tuyulgan bu uchrashuvimiz shu bilan to‘xtab qolmadi: bizning munosabatlarimiz mustahkam do‘stlikka aylandi.
Julianni haqli ma’noda Masihning elchisi deyish mumkin. U o‘zining hamkasblari bilan imoni haqida ochiqchasiga gaplashadi. Ish paytida, tushlik chog‘ida Kalomni o‘rganish bo‘yicha kichik mashg‘ulotlar o‘tkazadi, imonga qiziqish bildirgan barchaga Muqaddas Kitob nusxalarini va masihiylik adabiyotlarini tarqatadi. Men yaqinda Juliandan do‘sti Uilyam Niks yozgan “Ish joyida Masihning elchisi bo‘lish” nomli kitobni oldim. Muallif asarining so‘z boshida shunday yozadi:
“Butun hayotingiz Xudoga xizmat bo‘lishi mumkin. O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intiling... Mabodo Xudoni ulug‘lash istagingiz bo‘yicha intilsangiz, quyidagilar yuz beradi:
hayotingiz va faoliyatingizdan chuqur qoniqishni his qilasiz;
hamkasblaringizning hurmatiga sazovor bo‘lasiz;
Xudo bilan munosabatlaringiz chuqurroq va samimiy bo‘ladi”5.
Siz ham do‘stim Julian va Uilyam Niks kabi, o‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intilmog‘ingiz kerak (qarang: 2Kor. 5:20). Elchi – boshqa kimningdir nomidan vakolat beruvchi vakil. O‘z navbatida elchi – o‘ta muhim va nufuzli shaxs: u boshqa mamlakatda o‘z yurtini tegishli ravishda namoyon etishi kerak. Ammo Masihning elchisi bo‘lish – yanada oliy sharaf, shu bois biz qayerda bo‘lmaylik va nimaiki qilmaylik, o‘zimizda Masih haqidagi munosib guvohlikni namoyon etishimiz zarur. Bu talab birinchi navbatda ish faoliyatimizga taalluqli. Bizning kasbimiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifada ishlamaylik, biz o‘z mehnatimiz bilan yaqinlarimizga barhayot Xudo haqida guvohlik beramiz.
Siz o‘zingizni Masihning elchisi deya hisoblaysizmi? Zero siz aynan shunga da’vat etilgansiz–ku. Bu vazifani qanday ado etyapsiz? Havoriy Pavlus o‘zini masihiy deb ataydigan, lekin Xudo talab etgan darajada Masihning elchilari bo‘lish vazifasini bajarmayotgan odamlar haqida gapirgan: «Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz» (2Sal. 3:11). Havoriy tag‘in yozadi: «Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng» (2Sal. 3:12).
Biz havoriy yozgan odamlar kabi yo‘l tutmaylik. O‘z ish joyimizda Masihning munosib elchilari bo‘laylik!
Ish joyingizda Xudoni ulug‘lang
Biz Xudoga xizmat qilishga va Uni ulug‘lashga da’vat etilganmiz (qarang: 1 Kor. 10:31), ammo qayerda Unga xizmat qilishimiz va ulug‘lashimiz mumkin? Barchasi tabiatan qanday xususiyatlarga ega ekanimizga va Xudo bizni qanday ruhiy in’omlar bilan taqdirlaganiga bog‘liq. Ayrim odamlar – ishchi, quruvchi va hunarmand – qo‘llari bilan nimadir qilish qobiliyatiga ega. Boshqalari – aqliy mehnat ishchilari. Biz o‘z da’vatimizni hayotga tadbiq etishning ko‘plab imkoniyatlarini topishimiz mumkin. Agar hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz qiyin bo‘lsa, jamoat boshliqlari yoki kasb tanlash bo‘yicha maslahatchilarga murojaat qiling.
Siz qayerda o‘qimang, qanday kasb bilan shug‘ullanmang, o‘z vazifangizda Xudoni ulug‘lash yo‘lini ko‘rishingiz lozim. Bizga o‘z ish joyimizda tirik Xudoga xizmat qilish va bu dunyoda Uning elchilari bo‘lishdek sharaf in’om etilganini anglash nihoyatda yoqimlidir!
G‘olib bo‘ling
Biz mehnatning zarur va foydali ekanini, uning da’vat ekanligini, biz esa bu olamda Masihning elchilari bo‘lib, ish joyimizda faoliyatimiz bilan Xudoni ulug‘lashimizni hamisha yodda tutishimiz kerak. Albatta, Xudoga qay tarzda manzur bo‘lish va mehnat bilan ulug‘lash haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Biz bu mavzuni keyingi bobda davom ettiramiz. Hozir esa sizlar bilan bir qancha mulohazalarimni baham ko‘rmoqchiman. Umid qilamanki, ular sizga hayot mashaqqatlarini yengib o‘tib, g‘olib chiqishingizga yordam beradi.
G‘olib hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarni hurmat qiladi, ulardan o‘rganishga intiladi; omadsiz odam esa bunday kishilardan nafratlanadi va ularning yutug‘ini vaziyatning qulay kelganligi bilan izohlashga urinadi.
G‘olib
G‘olib ishonchni oqlaydi; omadsiz esa o‘zini.
G‘olib: «Yo‘l topish kerak» deb aytadi; omadsiz esa: «Yo‘l yo‘q» deydi:.
G‘olib mashaqqatlarni yengib o‘tadi; omadsiz esa ularni aylanib o‘tishga urinadi.
G‘olib: «Buni yaxshiroq qilish mumkin edi» deb aytadi; omadsiz esa: «Bu yerda doimo shunday qilinadi» deydi.
G‘olib xatoga yo‘l qo‘ysa tuzatishga urinadi; omadsiz esa xatosidan afsus qilayotganini aytadi, ammo uni yana takrorlaydi.
G‘olib qayerda qat’iy turish, qayerda yon berish kerakligini biladi; omadsiz esa qat’iy turish kerak bo‘lgan joyda yon beradi, yon berish kerak bo‘lganida qaysarlik ko‘rsatadi.
G‘olib omadsizdan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi, ammo shu bilan birgalikda boshqa zarur va foydali ishlar uchun vaqt topadi; omadsiz esa buning uchun hamisha «o‘ta band».
G‘olib muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmaydi, omadsiz esa ich–ichidan g‘olib bo‘lishdan qo‘rqadi.
G‘olib o‘z va’dalariga sodiq ekanini amalda isbotlaydi; omadsiz esa faqat va’da beradi, ammo bajarmaydi6.
Jim Jorj
12. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG
Kol. 3:17
Endi esa biz Muqaddas Kitobning va ushbu asarimizning qahramoni – shoh Dovudga qayta qolaylik. Biz uning Xudo xohishini bajargan Xudoning qalbiga mos erkak ekanligi haqida bir necha bora gapirib o‘tgandik, ammo Dovud buni hamisha ham eplay olmaganini tan olishimiz zarur. Biz mazkur bobda Dovudning tanasi zaif bo‘lib qolgan bir necha holatlarni ko‘rib chiqamiz (qarang: Matto. 26:41).
Gunohga olib boradigan mashg‘ulot va o‘y–xayollar
Kalomda shoh Dovud gunoh qilgan bir qancha holatlar hikoya qilingan. Ushbu hikoyalardan kelib chiqqan holda, uning gunohlari sababini tushunish qiyin emas. Muqaddas Kitobdan Dovudning Botsheva bilan qilgan zinokorligini ko‘rib chiqib, undan tegishli xulosa chiqarib olishga harakat qilamiz.
Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga
Dovud o‘z qo‘shinini urushga boshlab borish o‘rniga, uyda qolishga qaror qildi.
Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi. Dovud bittasiga: – Borib bil–chi, u kim ekan, – deb jo‘natdi. <...> Ayol homilador bo‘lganini bildi va bu haqda Dovudga xabar berdi (qarang: 2–5 oyatlar).
Dovudning hayotidagi bu dahshatli holat bizni o‘z hatti–harakatlarimiz bilan Xudoni shon–sharafdan mahrum qilmaslik uchun bekorchilikdan va tana ehtiroslaridan saqlanishga o‘rgatadi. Kolosaliklarga maktubning 3–bob 17–oyatida aytilganidek, biz bu olamda Iso Masihning vakillari va elchilari bo‘lishga da’vat etilganmiz. Biz U haqda har qanday joyda, xususan, ishxonamizda ham guvohlik berishimiz lozim. Agar biz Dovud kabi Xudo haqida munosib guvohlik bermasak, Xudoni shon–shavkatdan mahrum etib, Uning nomini badnom qilmoqlikka sababchi bo‘lamiz.
Hoynahoy, siz aksariyat erkaklar kabi ko‘p vaqtingizni ishda o‘tkazsangiz kerak, bu esa ish joyingizni Xudoni hurmatlash va Uning ismini ulug‘laydigan joyga aylantirishingiz kerakligidan dalolat beradi. Mana, bu borada muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.
Muvaffaqiyatga olib boradigan hayotiy qoidalar
1 qoida.
Havoriy Pavlus o‘z xizmati mobaynida ko‘plab yoshlarga saboq berib, Xudo yo‘liga boshlagan. Ulardan biri Timo‘tiy edi. Biz bu o‘smirni ilk bora Havoriylar faoliyati kitobining 16–bob 1–oyatida uchratamiz. Timo‘tiy bu paytda xizmat qilishga tayyorlangan. Yangi Ahdning boshqa parchasida bundan taxminan o‘n besh yil keyingi voqealar hikoya qilinadi, ya’ni biz bunda Timo‘tiyni endi Efesdagi jamoatda cho‘ponlik qilayotgan vaqtda uchratamiz.
Pavlus Timo‘tiyga ikkinchi maktubida cho‘ponning vazifasi nimalardan iborat ekanini unga tushuntirib, shunday yozadi: «Xudoning oldida yorug‘ yuz bilan tura olishing uchun astoydil mehnat qil...» (15-oyat). Boshqacha aytganda, Timo‘tiy o‘z xizmatida tirishqoqlik va g‘ayrat ko‘rsatishi kerak. U agarda serg‘ayrat bo‘lsa, hech qachon ustozi Pavlus oldida ham, o‘zi xizmat qilayotgan Parvardigor oldida ham uyalib qolmasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. Timo‘tiy Xudo sha’nini badnom qilmaslik uchun o‘z vazifasini – va’z o‘qib, saboq berishni – bajarishda tirishqoq bo‘lishi lozim edi .
Aziz birodar, Xudo bizni ham xizmatda serg‘ayrat bo‘lishimizga va Uning shon–shuhrati uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilishga chorlaydi. Nega? Buning bir qancha sabablari bor.
Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, Xudoni ulug‘laymiz.
Biz – Rabbiy Isoning elchilarimiz, shu bois butun kuchimizni berib ishlaymiz.
Biz odamlarga emas, Xudoga xizmat qilamiz, shu bois bor kuchimiz bilan ishlaymiz.
Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, tirilgan Najotkorimiz haqida chindan ham guvohlik beramiz.
Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, yaqinlarimizning ehtiyojlari haqida g‘amxo‘rlik qilamiz.
Men xizmatim mobaynida o‘n besh marotaba Hindistonda bo‘lganman. Hindiston – g‘aroyib mamlakat, ammo afsuski, uning ko‘pgina aholisi Iso Masihni bilishmaydi. Bu mamlakatda Xushxabar tarqatgan bir missioner biz uchun asrab qo‘ygan qisqacha hikoyani sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Ushbu hikoya sizlarga nega bor kuchingiz bilan mehnat qilishingiz kerakligini tushunishingizga yordam beradi.
Bir harbiy hind shahrining ko‘chasidan o‘tib borayotganida, etigini tozalatish uchun oyoq kiyimi tozalovchisining yonida to‘xtadi. Kambag‘al bola bo‘lgan bu oyoqtozalovchi ishga shunday g‘ayrat bilan kirishdiki, harbiy bunaqasini hayotida avval hech ko‘rmagandi. U oldin uchratgan tozalovchilar alohida bir g‘ayratchanligi bilan ajralib turishmagan va undan imkon qadar pulni tezroq olishga urinishardi. Bu bola esa harbiyning etigi yarqirab toza bo‘lmagunicha zavq–shavq bilan ishladi.
Harbiy undan so‘radi:
– Buncha ishtiyoqni qayerdan olyapsan?
– Bilasizmi, janob, – javob qaytardi bolakay, – men o‘tgan hafta Masihga imon keltirdim. U mening qalbimga kirdi, men endi Unga tegishliman. Shu bois, kimning oyoq kiyimini tozalasam, uni xuddi Iso Masihning oyoq kiyimidek qilib tozalayman. Men shu tarzda Unga yoqishga intilyapman!
2 qoida.
Men dori–darmonlar to‘plash bilan shug‘ullanganim haqida avval aytib o‘tgandim. Ayni vaqtda kompaniyamizning bosh ofisida o‘tgan menejmentlarni tayyorlash o‘quv dasturida ham ishtirok etganman. Biz boshlovchi menedjerlar savdo bilan bog‘liq turli muammolarni hal etishimiz kerak edi. Hoynahoy, bizdan ajoyib mutaxassislar yetishib chiqishini boshliqlarimizga ko‘rsatish uchun har birimiz jon–jahdimiz bilan harakat qilganimizni tushunib turgan bo‘lsangiz kerak.
Meni noto‘g‘ri tushunmang: men bunday mashg‘ulotlarning bizga shart emasligini aslo aytmoqchi emasman. Har birimiz muammolarni hal etishni va qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, har birimiz tashabbus ko‘rsatishga va muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishni ham o‘rganishimiz kerak. Biroq agarda siz masihiy bo‘lsangiz, bundan–da kattarog‘iga intilishingiz zarur: siz ishxonada nafaqat boshliq nazari uchun, balki muvaffaqiyat sari hamisha intilishingiz lozim. Agar biz masihiy bo‘lsak, nimaiki bilan mashg‘ul bo‘lmaylik, xuddi imon yo‘lidagi xizmat kabi yondashishimizga to‘g‘ri keladi. Bu borada Isoning O‘zi donolikka erishmog‘imizga yordam beradi.
Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar, katta amaldorlari elga zo‘ravonlik qiladilar. Ammo sizlarning orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, sizlarga qul bo‘lsin. Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balk O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod etish uchun kelgan ( Matto 20:25–28).
Siz bu so‘zlarnng to‘liq ma’nosida buyuk bo‘lishni istaysizmi? Insonning asl ulug‘vorligi u egallagan hokimiyat yoki o‘zi foydalanayotgan shon–shuhrati bilan belgilanmaydi. Iso barcha davrlarning buyuk Shohi edi... ammo shu bilan birgalikda barchaning xizmatkori bo‘lgan.
hamisha yaqinlaringizga xizmat qilishga tayyor bo‘ling;
ularga yordam bering;
ularni yaxshi so‘zlar bilan ruhlantiring;
ularni ezgu ishlarga ruhlantiring;
muloyim va shafqatli bo‘ling;
xudbin bo‘lmang, balki fidoyi bo‘ling.
Siz o‘z ishingizga ikki yoqlama yondashishingiz mumkin. Siz undan shaxsiy farovonligingiz va qulayligingiz uchun imkon qadar ko‘proq narsa olishga intilishingiz mumkin. Agar shunday yo‘l tutsangiz, demak, tashkilotingiz va undagi xodimlar sizga xizmat qilishlari kerak deb hisoblaysiz. Ammo siz o‘z ishingizga mohiyatan boshqa savol aks etgan tarzda yondashmog‘ingiz ham mumkin: «Men o‘z tashkilotimga va undagi xodimlarga nimalar bera olman?». Bunday munosabatlar bilan o‘z mehnatiga yondashadigan odam undagi sharoitni yaxshilashga, tashkilotda xodimlar hayoti yaxshilanishiga xizmat qiladigan muhitni yaratishga intiladi. Asl xizmatkor yaqinlarining manfaati uchun g‘amxo‘rlik qiladi.
3 qoida.
Yodingizda bo‘lsa, biz
Ammo qayd etishim lozimki, menga tanish ko‘pchilik odamlar oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishganlar. Ehtimol, bunday odamlar sizning tanishlaringiz orasida ham bordir. Muhimi shuki, ulardan har biri bilimlarini mustaqil oshirish bilan muntazam shug‘ullanishgan. Ular hamisha bilim zahiralarini to‘ldirib, kasb–hunarlarini mukammallashtirishgan. Aynan shu ularga o‘z faoliyatlarida yuqori darajalarga erishishlariga yordam bergan. Mana, men “hamisha o‘qib-o‘rganing” so‘zlariga qanday ma’noni joylayapman. Ta’lim olish faqat maktab yoki kollejda hamda darsliklar asosida cheklanib qolmasligi kerak. Ta’lim olish hamisha shaxsning rivojlanishi va o‘zini mustaqil ravishda mukammallashtirishiga bog‘liq. Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, ta’lim olish o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:
Ta’lim olish – bu fikr–mulohazalar timsoli, qalbning holati.
Muqaddas Kitob bizni anglash orqali ulg‘ayishga da’vat etadi (qarang: 2 Butrus 3:18).
Ta’lim olish oldinga boshlab boruvchi sifatga ega; avval egallab olingan bilimlar yangi bilimlar uchun poydevorga aylanadi.
Ta’lim olishda hamma narsani ham intellekt darajasi (IQ) hal qilavermaydi.
Har bir millat vakili bilim olishga haqli.
Ta’lim olish uchun u yoki bu o‘quv dargohining talabasi bo‘lish shart emas.
Ta’lim olish ilmiy daraja yoki unvon talab etmaydi.
Ta’lim olish hamisha ham ilmiy daraja yoki unvon olish yakun topaveraydi.
Ta’lim olish – bu Xudo qalbiga mos erkak hayotining timsoli.
Sizlarga Xudoni qanday qilib o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz haqida gapirayotganimizni eslatishga ijozat bering. Buning uchun serg‘ayrat bo‘lishimiz lozim. Bor kuchimizni berib mehnat qilishimiz kerak. Va albatta, hamisha o‘rganish zarur – bilim ishda yuqori natijalarga erishishimizga yordam beradi.
Mana, sizlarga doim saboq olishda, boshqacha aytganda – bilimda ulg‘ayishda yordam beradigan bir qancha maslahatlar.
Ko‘proq o‘qish uchun... yana, yana va yana o‘qish kerak! O‘qish siz uchun odatiy mashg‘ulotga aylanishidan avval qanchadir vaqt o‘tishi lozim. Men ko‘plab yillar mobaynida birorta ham kitob o‘qimagan bir qancha erkaklarni bilaman! Xayriyatki, ulardan ayrimlari o‘qishning qanchalik muhim ekanini tushunib, endilikda muntazam mutolaa qilishmoqda.
Men o‘z vaqtida ruhan o‘sishimga yordam bergan Masihdagi birodarlar doimo o‘qishlarini payqagandim. Ularga o‘xshashni juda istaganim uchun qaysi kitoblarni o‘qishim maqsadga muvofiqligi haqida o‘zlaridan tez–tez so‘rab turardim. Siz ham shunday yo‘l tutishingiz mumkin. O‘z cho‘poningizdan uning nazarida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatini berishini so‘rang va mashg‘ulotni boshlang. Mashhur maqolda aytilganidek, «kuch – bilimda». Bunga men ham qo‘shimcha qilishim mumkin: kuchli odam o‘qishni yoqtiradi. Shu bilan birgalikda unutmang: eng muhim kitob – bu Muqaddas Kitob. Uni vaqtingiz bo‘lganida o‘qing; o‘qing va takror o‘qing. Xudoning Kalomi sizga umringiz bo‘yi hamroh bo‘lsin. Bu borada ushbu asar so‘ngidan topishingiz mumkin bo‘lgan
Men bugun yangi nimalarni bilib olishim mumkin?
Bugungi kun menga qanday saboq berdi?
Men bugun hamkasblarimga va yaqinlarimga qanday xizmat qilishim mumkin?
Malaka oshirish kurslariga qatnashim yoki qo‘shimcha ma’lumot olishim kerakmi?
Bu savollar kasbiy rivojlanishingizda to‘xtab qolmaganingizni har kuni tekshirib turishingizga yordam beradigan o‘ziga xos savollar bo‘la qolsinBu haqda gapirayotganimda, seminariyaning dorishunoslik fakultetida o‘qigan yillarimni eslayman. Murabbiylar bizga har kuni nazorat ishi berishardi va har bir kun men uchun hal qiladigan ahamiyatga ega bo‘lardi. Men aynan shu yillar mobaynida hozir ham naf berayotgan bilimlarni egallaganman. Umid qilamanki, bu savollar sizga foyda beradi va hamisha oldinga intilishingizda ko‘maklashadi.
Men Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi general Duglas MakArtur oldida bosh egaman. Bu odam dono sarkarda bo‘lgan. U o‘ziga ham, qo‘l ostidagilarga nisbatan ham qattiqqo‘l bo‘lgan. Mana, u hayot haqida, xususan, saboq olish haqida nimalar degan:
Shunday yashangki, mana bu epitafiya (qabr toshiga bitilgan yozuv) sizga hech qanday aloqador bo‘lmasin:
Endi esa tirishqoqlik, xizmat va saboq olishning muhimligi haqida ko‘p narsalarni bilgan holda, keyingi epitafiyadagi bo‘sh qolgan joyni to‘ldiring. Mayli, u “orzuingiz epitafiyasi” bo‘la qolsin:
Kent Xyuz
13. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG
Kol. 3:23–24
Menga Muqaddas Kalomdagi kishilarning hayot yo‘li haqida o‘qish nihoyatda yoqadi. Muqaddas Kitob qahramonlarining hayotiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarida zo‘r mamnuniyat va jo‘shqinlik bilan qatnashaman. Ular bizga Xudoning qalbiga mos erkak nima ekanligini tushunishimizga yordam beradi.
Xususan, Muqaddas Kitobdagi havoriy Pavlusning hayoti haqida hikoya qiladigan oyatlarni juda yoqtiraman. U chindan ham aynan shunday erkak bo‘lgan. Shuningdek, Kalom qahramoni – Xudoning O‘zi Xudo qalbidagi erkak deb atagan shoh Dovud hayotiga bag‘ishlangan satrlarni ham katta qiziqish bilan o‘qiyman. Biroq “Muqaddas Kitobdagi oilaviy juftliklar” mavzusi bo‘yicha seminarlarda men yaqindan tanishib olgan yana bir shaxs bor. Bu Bo‘az ismli odamdir.
Bo‘az shoh bo‘lmagan.
Bo‘az havoriy bo‘lmagan.
Bo‘az yorqin shaxs bo‘lmagan.
U yer egasi bo‘lgan, ammo boshqa xizmatkorlar bilan dalada tenma–teng ishlagan. Bo‘az Rutning eri va Dovudning bobokaloni bo‘lgan. U ham Dovud singari Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan. Bu ajoyib inson ko‘plab fazilatlari bilan ajralib turgan. Jumladan, u…
Biz yuqorida aytib o‘tgan qoidalar, – tirishqoqlik, yaqinlarga xizmat qilish va hamisha o‘qib–o‘rganishga tayyorlik, – Bo‘azning hayotida o‘zining yaqqol isbotini topgan. Agar bu qoidalarni hayotda qo‘llamas ekansiz, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lolmaysiz.
Bo‘az taqlid qilish uchun ajoyib namuna, shunday emasmi? Endi esa, kelinglar, Xudoni mehnatimiz bilan sharaflashimizga yordam beradigan yana ikkita qoidani ko‘rib chiqaylik.
Hozirgi kunda o‘zingizda bori bilan qanoatlanish fazilat qatoriga kirmay qo‘ygan. Biz yana va yana ko‘proq egallashga chanqoqlik bilan to‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Televizor ekranidan bizga singdirishmoqda: “Sizga mana bu mashina kerak!” Reklama lavhalaridan nigohimizga shunday so‘zlar tashlanadi: «Siz albatta Karib orollarida dam olishingiz shart!» Jamiyatimiz bizni o‘zimizda bor narsalar bilan qanoatlanmay, yana ko‘prog‘ini olishga o‘rgatgan.
Ehtimol, xayolingizda shunday fikrlar tug‘ilar: «Ammo Jim hozirgina mening erishganlarim bilan qanoatlanib qolmasligim kerakligini aytmadimi? Axir u hozirgi vaziyatim bilan qanoatlanib qolmasligimni, aksincha, har doim yangi nimadir yangi narsani bilib, cho‘qqilargaintilishim kerakligini, har kuni yangi nimalarnidir bilim olishim kerakligini, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni takomillashtirishim kerakligini aytmaganmidi?» Ha, men aynan shunday degandim. Biroq buni qanday talqin etib gapirganim yodingizdami? Biz Xudoni o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz lozim. Xudoning shon–sharafi yo‘lidagi intilishda erishgalarimizga qanoat qilmaslikni his etish o‘z shon–shuhratimiz yo‘lidaga intilishda o‘zimizdagi norizolikning o‘zginasi emas. Angliyalik puritan Iyeremiya Berrouz o‘zining «Masihiylikning noyob fazilatlaridan qanoatlanish haqida» nomli mo‘‘jazgina kitobida shunday deydi:
Aytish mumkinki, hayoti qay tarzda o‘rniga tushayotganidan mamnun bo‘lgan masihiy – dunyoda o‘zidan eng ko‘p mamnun bo‘lgan odamdir, ammo baribir uni o‘zidan aslo qanoat hosil qilmaydigan odam deb ham aytishimiz mumkin, bu ikkala hissiyotning bir–biri bilan qanday kelishib olishi esa sir–sinoatdir2.
Pavlus qamoqxonada o‘tkazgan vaqtlaridan birida do‘stlariga Filippi shahridan maktub yo‘llagan. U o‘ziga yig‘ilgan xayriyalari uchun do‘stlariga minnatdorchilik bildirgan. Biroq ular shunday ish qilmaganlarida ham, Pavlus baribir o‘z chekiga tushgan mashaqqatlarga dosh berishiga ularni ishontirgan.
...men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l–ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l–ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman (Flp. 4:11–12).
Pavlus bularni qanday yozishi mumkin? Nega u o‘zida boriga qanoat qilgan, axir u panjara ortida o‘tirgan va balki o‘lim tahdidi ostida bo‘lgandir?! Negaki, Pavlus o‘zi haqida qayg‘uradigan va uni mustahkamlaydigan O‘sha Yagona Zotga imon keltirganidan qalbi taskinlik topgan (qarang: Flp. 4:13).
Pavlus moddiy ehtiyojlari qondirilgani uchun qanoat hosil qilgan emas. U barcha ehtiyojlarimizni qondiradigan Zotni – Iso Masihni bilgani uchun ruhida yengillikni his etgan. U Filippiliklarga yo‘llagan maktubini chuqur imon bilan singdirilgan so‘zlar bilan yakunlagan: «Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi!» (qarang: Flp. 4:19).
Masihdagi aziz birodar, biz ushbu qoidalarga asoslangan holda yashashimiz kerak. Agar Xudo barcha ehtiyojlarimizni qondirsa, biz barcha masalada va hamisha qoniqish tuyg‘usini his etmog‘imiz kerak. Muqaddas Kitobning qanoat haqidagi saboqlari ana shunday. Buni bizga Xudoning O‘zi o‘rgatadi.
Agar sizga xizmatdagi holatingiz yoqmasa, hoynahoy, ishingiz o‘zingizga unchalik ham yoqmasa kerak. Ehtimol, hozir buni boshqalardan yashirib turarsiz, ammo shubha qilmang: vaqti kelib sizning ishga munosabatingiz uning sifatiga ta’sir qiladi. Asosiysi esa – ishga bunday munosabatingiz va hatti–harakatingiz Xudoning nomiga qora dog‘ tushiradi. Men ishingizga qanday yondashib borayotganingizni aniqlashga yordam beradigan savollarni vaqti–vaqti bilan o‘zingizga berib turishingizni maslahat beraman:
1.
2.
3.
4.
5.
Aziz birodar, ishingizdan norozi bo‘lish sizni hech qanday yaxshilikka olib bormaydi. Vaziyatni o‘nglashingiz uchun, quyidagilarni eslab turishingiz kifoya:
siz
siz
siz
siz
siz
5 qoida.
Men «mukammallik» so‘zini yoqtiraman. Menga uning jaranglashi va o‘ziga xos his–tuyg‘ularni hosil qilishi yoqadi. Bir muallif yozganidek, «bizga Xudo yuklagan majburiyatlarni bajarish uchun bor kuchimizni berganimizda, mehnatda mukammallikka erishamiz»3. Agar biz shunday yo‘l tutsak, Xudoni mehnat bilan ulug‘lagan bo‘lamiz, shunday emasmi? Shaxsan mening o‘zim shunga intilaman, xo‘sh, siz hammi?
Ammo mehnatda mukammallikka erishish uchun nimalar qilish kerak? Muqaddas Kitob bo‘yicha mashhur murabbiy Chak Suindoll “mukammallikning oltita ustunlari” haqida yozadi, ya’ni ular – insoflilik, sadoqat, o‘ta aniqlik, mahorat, mehribon qalb va ishtiyoq. Keling, mehnatda mukammallikka erishishni o‘rganish uchun bu sifatlarni ko‘rib chiqaylik.
…agar siz hasrat qilsangiz... demak, Xudoning donoligi va har yerda hozirligiga shubha qilyapsiz. Xudoning Kalomida hasrat shubha bilan tenglashtiriladi, negaki... zorlanish – Xudodan shubha qilish. Bu Xudo nima qilayotganini O‘zi bilmaydi deb aytish bilan barobar4.
odamlarga Masihni namoyon etishga;
kompaniyangizning taraqqiyotiga hissa qo‘shishga;
yaqinlaringizga foyda keltirishga;
Sizni zulmat qa’ridan O‘zining mo‘‘jizaviy yog‘dusi sari chorlagan mukammal Zotni ulug‘lashga?
Mana, d–r Suindoll o‘z kasbiy faoliyatini ”mukammallikning oltita ustuni” asosida quradigan odamlar haqida nimalar deydi:
Ishga ana shunday odamni qabul qiling va tez orada qimmatli xodimni topganingizga ishonch hosil qilasiz... Uning mehnati tashkilotingizga ravnaq keltiribgina qolmay, ko‘plab ishchilarni masihiylik e’tiqodining haqiqatlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydi5.
Qo‘shimcha qilishimga izn bering: bunday odamning mehnati Xudoga shon–sharaf keltiradi, zero butun hayotimizning mazmuni ana shundan iborat.
Hayotingizni Muqaddas Kitob qoidalari asosida boshqaring
Siz, albatta, kitobimizning
Muqaddas Kitobda mehnatga taalluqli ko‘plab haqiqatlar bayon etilgani uchun biz Xudodan minnatlor bo‘lishimiz kerak. Umid qilamanki, biz ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng mehnatni anchayin boshqacha ranglarda ko‘rasiz. Endi siz Xudo mehnat haqida nimalar deganini bilasiz. Kasbingiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifani egallagan bo‘lmang, mehnatingiz – Xudoning oliy da’vatidir va siz ularni qadrlashingiz lozim, negaki mehnat sizga har kuni Xudoni ulug‘lashingiz uchun imkon beradi. Quyidagi o‘gitni ham qalbimizga joylab qo‘yaylik:
Bizga Xudoning Kalomi asosidagi mehnat etikasi kerak. Bu ahloq qoidalarini hurmat bilan hayotga va jamoatga, ish joyiga singdirish lozim. Buning muhimligining sababi, aksariyatimiz haftasida besh–olti kunlab sakkiz–to‘qqiz soatlab ishlaymiz. Bizning mehnatga munosabatimiz kimligimizni ko‘rsatibgina qolmay, kimligimizni belgilab ham beradi6.
Siz o‘z ishingizga yangicha yondashishga tayyormisiz? Mehnatni yuksak ahloqiy qoidalar asosida boshqarish uchun, serg‘ayrat bo‘lish uchun, yaqinlarga xizmat qilish uchun, o‘zingizda boriga qanoat qilib, mukammallikka intilish uchun qat’iy qaror qilganmisiz? Hayotingizni ana shu qoidalar bilan boshqaring. Muqaddas Kitob qahramoni Bo‘az qanday bo‘lgan bo‘lsa, atrofingizdagilar sizni ham munosib va halol inson sifatida bilsinlar.
Timoti Duayt
______________________
* Xushxabarchi masihiy–baptistlar diniy qo‘shiqlari to‘plami (VSYeXB nashriyoti, b. m., b. g., s. 200).
14. O‘Z JAMOATINGIZNI SEVING
Ibr. 10:24–25
Sizning sevimli yozuvchingiz bormi? Ehtimol, u “Shamollarda uchgan hislarim” bestsellerining muallifi Margaret Mitchelldir (darvoqe, bu uning yagona asari ekanligidan xabardormisiz?)? Balki bu ko‘plab kitoblar yozgan o‘tmishning mashhur ruhoniylari Jon Uesli yoki Charlz Xaddon Sperjenmikan? Yoki bu XX asrda yashagan o‘ta sermahsul muallif Klayv Steypls Lyuismi? Siz zamondoshlarimiz bo‘lgan masihiy yozuvchilarning, masalan, Charlz Suindoll, Maks Lukado yoki Jon Makartur asarlarini ma’qul ko‘rishingiz ham istisno emas. Ular tomonidan o‘nlab kitoblar yozilgan.
Havoriy Pavlus ham o‘ta sermahsul muallif bo‘lgan. Yangi Ahdni tashkil etadigan kitoblarning katta qismini aynan u yozgan.
Rabbiy Iso Masihdan so‘ng masihiylik tarixida havoriy Pavlus haqli ravishda faxrli ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning shaxsiy ibrati, uning yozishmalari, uning va’zlari – ularning bari Muqaddas Ruh bilan ilhomlantirilgan – masihiylikni dunyoning narigi chetigacha olib borilishiga yordam berdi. Menga ma’lum bo‘lishicha, Garvard oliygohining ilohiyotshunoslik fakultetining kutubxonasida bu ulug‘ havoriyning faoliyati va yozishmalariga bag‘ishlangan ikki mingdan ziyod ilmiy ishlar saqlanmoqda. Bundan tashqari, mazkur kutubxonada Pavlusning ta’limotlari muhim o‘rin egallaydigan ko‘plab izohlar to‘plangan. Yangi Ahdning o‘n uchta kitobi uning qalamiga mansub bo‘lgani kabi, bu havoriy haqida yozilgan ko‘plab ilmiy ishlar bizni katta e’tibor bilan uning maktublarini, eng avvalo, Masih tanasi – Jamoat haqidagi satrlarni o‘qishga bizni undashi lozim.
Jamoatning ahamiyati
Imon va inoyat orqali najot topish ta’limoti bilan bir qatorda (qarang, masalan: Ef. 2:8–9 va Tit. 3:5) Pavlusning maktublarida Jamoat haqidagi saboqlar o‘ta muhim o‘rinni egallaydi. Biz, Masihga ishonadigan va Uning irodasini bajarishni istaydigan erkaklar, bu holatga katta ahamiyat qaratishimiz kerak. Agarki Pavlusning o‘z maktublarida Jamoat haqida shunchalik ko‘p gapirishi Xudoga manzur bo‘lgan ekan, demak, Jamoat Xudoning nazarida muhim, bu esa o‘z navbatida uning biz uchun ham muhimligini anglatadi. Mana, misol uchun, Pavlus bu haqda o‘z yozishmalaridan biri – Efesliklarga maktubda shunday yozgan:
Jamoatning boshi – Masih (qarang: Ef. 1:22).
Jamoat – Masihning Tanasi (qarang: 23–oyat).
Jamoat Xudoning donoligini e’lon qilmog‘i kerak (qarang: Ef. 3:10).
Jamoat Masihga bo‘ysunadi (qarang: Ef. 5:24).
Masih Jamoatni sevib, uning uchun O‘zini qurbon qildi (qarang: 25–oyat).
Masih Jamoatni oziqlantirib, u haqda g‘amxo‘rlik qiladi (qarang: 29–oyat).
Biz, imonlilar, – Masih Tanasining a’zolarimiz, ya’ni Jamoatmiz (qarang: 30–oyat).
Ammo havoriy Pavlusning Jamoat haqidagi ta’limotlari bu haqiqatlar bilan cheklanib qolmaydi. Biz bu holatni e’tiborga olgan holda, Jamoat – Masihga imon keltirganlarning butun dunyodagi va mahalliy qavmi – biz uchun muhim ekanligini anglashimiz lozim. Shu bilan birgalikda, Jamoat Xudoning qalbiga mos erkak hayotida muhim o‘rinlardan birini egallashi shart uchun.
Masih Tanasining a’zosi bo‘lish nimani anglatadi?
Menimcha, biror–bir tashkilotga tegishli bo‘lmagan odamlar bu dunyoda unchalik ko‘p bo‘lmasa kerak. Odamlar turli sabablarga ko‘ra tashkilot a’zolariga aylanishadi: kimdir – ish faoliyatiga oid manfaatlari doirasida, boshqalari – shunchaki ko‘ngilxushlik uchun. Ma’lumki, har bir tashkilotga qabul qilinishning o‘z shartlari bor va bu shartlarga majburiy yoki ixtiyoriy ravishda rioya etish talab etiladi. Aziz birodar, agar siz Iso Masihga ishonsangiz, demak, Masihning Tanasi – Jamoatga tegishli ekansiz. Unga a’zolik sizga ko‘plab afzalliklar beradi, lekin sizdan ham ko‘p narsalarni talab etadi. Sizda Masih Tanasining a’zosi bo‘lganingiz uchun nafaqat haq–huquqlaringiz, balki majburiyatlaringiz ham bor.
Siz olam yaralmasidan avval tanlangansiz (qarang: 4–oyat);
siz o‘g‘il qilib olingansiz (qarang: 5–oyat);
sizning gunohlaringiz kechirilgan (qarang: 7–oyat);
sizga ulug‘ meros in’om etilgan (qarang: 11–oyat);
siz Muqaddas Ruh bilan Masihda aks etgansiz (qarang: 13–oyat).
siz o‘z vazifangizga muvofiq harakat qilishga da’vat etilgansiz (qarang: 1–oyat);
siz yaqinlaringizga sevgi, muloyimlik, kuchli sabr–bardosh va donolarcha itoatgo‘ylik bilan iltifot ko‘rsatishingiz lozim (qarang: 2–oyat);
siz jamoat boshliqlaridan Xudoga va odamlarga xizmat qilishni o‘rganishga da’vat etilgansiz (qarang: 12–oyat);
siz Masihda to‘liq barkamollikka erishish uchun ruhan o‘sishingiz kerak (qarang: 13–oyat);
siz aqlingiz bilan ruhan yangilanishingiz kerak (qarang: 23–oyat);
siz Xudoga monand tarzda yaratilgan yangi odam siymosiga, ya’ni, halollik va muqaddaslikka burkanishga da’vat etilgansiz (qarang: 24–oyat);
siz haqiqatni gapirishga da’vat etilgansiz (qarang: 25–oyat);
siz doimo haqiqat bilan ish tutishingiz shart (qarang:: 28–oyat);
sizni eshitadigan kishilarga faqat inoyat keltiradigan so‘zlarni aytishingiz lozim (qarang: 29–oyat);
siz har qanday jahl, g‘azab, nafrat, qichqiriq, yomonlik haqidagi gap–so‘zlardan voz kechishingiz kerak (qarang: 31–oyat);
siz mehribon, rahmdil va boshqalarni kechiradigan inson bo‘lishga da’vat etilgansiz (qarang: 32–oyat).
Xudo bizdan ko‘p narsalarni talab qiladi, shunday emasmi? Buni o‘qib, o‘zimizga savol bermaslikning iloji yo‘q: «Men o‘z majburiyatlarimni yaxshi bajaryapmanmi?». Biz Xudoning barcha amrlari orasidan oson va qulay bajarishimiz mumkin bo‘lganlarini tanlaymiz. Xayriyatki, biz gunoh qilganimizda, Xudo bizga rahm–shafqat va sabr–bardoshini namoyon etadi hamda bizni Masih Tanasidan ayirmaydi. Xudoga bizga ko‘rsatgan rahm–shafqati uchun hamdu–sanolar bo‘lsin!
Biz Jamoat a’zosi bo‘lish nimani anglatishini haqidagi suhbatimizni davom ettirib, biz masihiylarda nafaqat huquq va imtiyozlar, balki majburiyatlar ham borligini yodda saqlaymiz.
Jamoatga sevgi bilan ulg‘aying
Men ko‘p yillar mobaynida «iliq» masihiy bo‘lib, jamoat hayotida deyarli ishtirok etmadim. Aytish mumkinki, men o‘sha paytda haqiqat yo‘lidan yurmaganman, balki oqim bo‘ylab suzganman, xolos, negaki dunyo va huzur–halovat bilan ko‘r bo‘lganman. Yanada ochiqroq aytishim ham mumkin: men gunohda yashaganman. Nimaiki bo‘lmasin, qalbim Xudoga tegishli bo‘lmagan. Ammo vaqti kelib, Xudo meni uyqudan uyg‘otdi va jamoat hayotimda qanday muhim o‘rinni egallashini anglab olishimga yordam berdi.
Mening jamoatga qaytishim bir chuqur imonli odam bilan uchrashuvimdan so‘ng boshlandi. Xudoga bu masihiy orqali mening qalbimda Kalomga va jamoatga nisbatan sevgi olovini yoqish ma’qulroq bo‘lgan. Men tag‘in jamoatga qatnay boshlaganimda, meni Muqaddas Kitobga o‘rgatadigan va imon borasida pand–nasihat beradigan bir qancha birodarlar bilan tanishdim. Ular Xudoning rejasida jamoat muhim o‘rinni egallashini va men uning faoliyatida ishtirok etishim zarurligini tushunishimga yordam berishdi.
Shundan so‘ng mening va yaqinlarimning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Biz haqimizda qayg‘uradigan va yordam beradigan yangi do‘stlarimiz paydo bo‘ldi. Bolalarimizda ham ajoyib do‘stlar paydo bo‘ldi. Biz Xudoning ishiga qo‘shilganimiz, endilikda o‘zimiz ham Masihga va yaqinlarimizga yordam berayotganimizni anglab, quvonch va chuqur qoniqish tuyg‘usini his etdik. Jamoat hayotida ishtirok etish hayotimiz ma’nosini topishimizga va unda o‘z o‘rnimizni egallashimizga yordam berdi.
Sizning hayotingiz ham shu tariqa o‘zgarishi mumkin. Agar siz jamoat hayotida faol ishtirok etmasangiz, qachondir Masih sizni unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga chorlaydi. Agar hozir qatnayotgan jamoatingizga butun oilangiz bilan borishga to‘la ishonch hosil qilmayotgan bo‘lsangiz, bundan yaxshiroq bo‘lgan birorta jamoatni topishga harakat qiling. Bilaman, ba’zan bu ancha qiyin kechadi: masalan, bizga mos keladigan jamoatni topishimiz uchun bir necha oylab vaqtimiz ketgandi. O‘z jamoatingizga sodiq bo‘lishga qaror qiling. Uning hayotida faol ishtirok etishga va ruhan ulg‘ayishga qaror qiling. Agar Xudoga itoat etsangiz, jamoatga bo‘lgan sevgida ulg‘ayasiz. Itoat o‘z ortidan ko‘plab marhamatlarni olib keladi. Xudoga itoatgo‘y bo‘lishga qaror qiling!
Jamoat hayotida faol ishtirok eting
Ehtimol, siz hozirda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgandirsiz. Aslida ham aynan shunday bo‘lishi kerak. Siz shu tariqa yo‘l tutayotgan bo‘lsangiz, bu juda yaxshi, ammo men sizni «ko‘proq muvaffaqiyatli» bo‘lishga da’vat etmoqchiman (qarang: 1Sal. 4:10).
Siz Xudoga, Masihdagi birodar va opa–singillarga, yaqinlaringizga jamoat siz uchun alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida guvohlik berishingiz mumkin, buning uchun esa…
Aytishlaricha, chek daftarchasi uning egasi nimalarni qadrlashi haqida ko‘p narsalarni bildirishi mumkin ekan. Agar siz Xudo yo‘liga va jamoatning ravnaqi uchun saxiylarcha qurbonlik qilsangiz, katta marhamatni ko‘paytirgan bo‘lasiz,’ni yaqinlaringizning hayoti qanday o‘zgarayotganini ko‘rasiz. Nega? Negaki, “xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi» (Matto 6:21).
Agar siz imon yo‘lida qurbonlik qilishga o‘rganmagan bo‘lsangiz, biz Elizabet bilan boshlagan tartibda boshlay qoling: Xudoga daromadingizdan «qoldiq»ni emas, balki «boshlang‘ich foydani» bering. Xudodan pullaringizni aql bilan sarflashingizda yordam berishini so‘rang. Undan qachon ochko‘zlik yoki xudbinlik qilayotganingizni tushunishga yordam berishini so‘rang. Siz qurbonlikni xayrixohlik bilan qilishingiz kerak. Pavlus yozganidek, «...oz ekkan oz o‘rib oladi, mo‘l ekkan esa mo‘l o‘rib oladi. ...Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi» (2 Kor. 9:6–7).
jamoat yig‘inidan avval stol–stullarni taxlab chiqish;
jamoat binosini ta’mirlashga yordam berish;
xizmatgacha va xizmatdan so‘ng ibodat xonalarini tozalab chiqish;
ibodat oldidan binoga kirish joyida keluvchilarni kutib olish.
Siz jamoatda xizmat qilishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni hamisha topasiz. Yodingizda bo‘lsin, Xudoga xizmat – katta sharaf. Agar biz imon yo‘lidagi xizmatga sodiq bo‘lsak, bu bilan Xudoning qalbiga mos erkak ekanimiz haqida boshqalarga tushuncha bergan bo‘lamiz.
Biz mazkur bobda mehnat va Xudoga xizmat haqida ko‘p gapirdik. Siz hali ko‘p narsalarni bilib, anglab olishingizga to‘g‘ri keladi, ammo jamoat hayotida faol ishtirok etishga sizni ruhlantirishi uchun yuqorida aytilganlarning o‘zi yetarli. Asosiysi xizmatdan bo‘yin tovlash uchun bahona izlamasak bas. Quyidagi she’r – ana shu to‘g‘rida.
Men Seni kuylayman, qadrli Rabbim,
Zavq–shavq bilan kechayu kunduz,
Faqat jo‘r bo‘lib emas, qadrli Rabbim, –
Bu haqda so‘rama mendan hech qachon.
Senga xizmat qilaman, qadrli Rabbim,
Sendagi donolikka bo‘lay muyassar,
Ammo ilojsizman, qadrli Rabbim,
Adashganlarni yo‘lga qaytarmoq uchun.
Men qurbonlik qilaman, qadrli Rabbim, –
Uch–to‘rt chaqa uchun chekmasman afsus,
Lekin tayyor emasman, qadrli Rabbim,
Boshlang‘ich foydamdan Senga bermoqqa.
Men ortingdan boraman, qadrli Rabbim,
Faqat ertaga – hozir iloj yo‘q.
Sen meni kechirgin, o, aziz Rabbim, –
Senga boshqa safar yordam beraman2.
Jim Jorj
15. JAMOATINGIZGA XIZMAT QILING
1Kor. 12:7
Xudoning qalbiga mos erkak o‘z jamoatiga xizmat qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarni topishi mumkin. Mana, jamoatda o‘z o‘rningizni topishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar (men ularni bitta kitobdan topib oldim):
Agar sizda telefon bo‘lsa...
qo‘ng‘iroq qilasiz.
Agar sizda ruchka bo‘lsa...
yozasiz.
Agar sizda xohish bo‘lsa...
harakat qilasiz.
Agar sizda pul bo‘lsa...
xayriya qilasiz.
Agar sizda ovoz bo‘lsa...
kuylaysiz.
Agar ehtiyoj sezsangiz...
ibodat qilasiz.
Agar Xudoni sevsangiz...
Uni olqishlaysiz.
Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa...
xizmat qilasiz.
Bu o‘rinda g‘ayritabiiy hech narsa haqida gapirilmayapti, to‘g‘rimi? Ammo baribir ana shu fikr–mulohazalarga rioya qilib yashasangix, birodarlaringiz va opa–singillaringizga katta foyda keltirgan bo‘lasiz.
Hozir esa ana shu fikrlarning eng so‘ngisi haqida gaplashmoqchiman: «Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa ... xizmat qilasiz».
Ruhiy in’om haqida
Jamoat va imonli odamning da’vati haqida gapirganimizda, ruhiy in’omlar haqida eslamaslikning iloji yo‘q. Ruhiy in’om – imonli odamga Masih Tanasi – Jamoat uchun Muqaddas Ruh orqali berilgan ruhiy qobiliyat. Xudo biz o‘zimizda ruhiy in’omlarni payqab olishimizni, ularni rivojlantirib, bu bilan Xudo jamoatining boshqa a’zolariga xizmat qilishimizni istaydi.
Men sizlarni Muqaddas Kitobni ochib, ruhiy in’om haqidaga uchta eng muhim oyatlarni o‘qishga da’vat etaman – bu Rimliklarga maktub 12:4–8, Korinfliklarga birinchi maktub 12:1–31 va Butrusning birinchi maktubi 4:10–11. Ularda ruhiy in’omlar haqidagi asosiy haqiqatlar bayon etilgan:
Pavlusning maktublarida ruhiy in’omlar haqidagi ta’limot muhim o‘rinni egallaydi (qarang: 1 Kor. 12:1);
ruhiy in’omlar Muqaddas Ruhdan keladi (qarang: 11–oyat);
ruhiy in’omlar – bu tabiiy qobiliyatlar emas (qarang: 15–27 oyatlar);
ruhiy in’omlar orasida katta–kichiklari yo‘q (qarang: 15–27 oyatlar);
barcha in’omlar bizga Jamoat manfaati uchun berilgan (qarang: 11; 1 oyatlar, Butrus 4:10).
Xudo sizga Masihdagi birodarlarimiz va opa–singillarimiz manfaati uchun ruhiy in’omlar ulashadi
Biz «masofadan turib» ruhiy in’omlar bilan xizmat qilolmaymiz va bu in’omlarimizni boshqa kimgadir berolmaymiz. Bizning in’omlarimiz boshqalarga foyda keltirishi uchun Masihdagi birodar va opa–singillarimiz bilan qalin aloqada bo‘lishimiz kerak, shu bois jamoatingiz hayotida faol ishtirok etish nihoyatda muhim.
Bir tasavvur qiling–a, qavmning har bir a’zosi har bir xizmatda o‘zining ruhiy in’omlaridan foydalanganida jamoatning hayoti qanchalik o‘zgarib ketgan bo‘lardi! Jamoatning barcha a’zolari uchun bu qanchalik marhamat bo‘lardi va Xudoning inoyati haqida qanday yorqin guvohlik berishi mumkin edi! Atrofdagilar bizda norozi odamlar va o‘zaro gap talashadigan safsatabozlar guruhini emas, balki Iso Masihni ko‘rgan bo‘lishardi.
Turli xil ko‘plab ruhiy in’omlar mavjud. Bizning vazifamiz – Xudo bizga qanday ruhiy in’omlar berganini fahmlab olmoq va jamoatning boshqa a’zolariga yaxshiroq tarzda xizmat qilish uchun bizdan nimalar talab etilishini tushunish. Mana, o‘zingizdagi ruhiy in’omni aniqlab olishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.
Biz Elizabet bilan jamoatga kelganimizda, aynan shunday yo‘l tutganmiz. Biz qo‘limizdan keladigan hamma ishni qildik. Hammaga va har bir kishiga xizmat qilish bizga ulkan quvonch bag‘ishladi! Xudo bizda harakat qildi va biz vaqt o‘tib barchasidan ham yaxshiroq eplay olgan mashg‘ulotlarga katta e’tibor qaratadigan bo‘ldik: bizga Xudo bergan in’omlarni o‘zimizda kashf etdik.
Ruhan ulg‘ayish va xizmatda tajribaga ega bo‘lish orqali bu in’om hayotingizda yanada yorqinroq tus olaveradi. Sizga Xudo bergan in’omlarga xizmat qilishni istaysiz, shu bois o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishingizning eng yaxshi usuli – sevimli ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz va qalbingiz nimaga moyillini anglab yetish. O‘zingizni qanchalik to‘g‘ri baholaganingizni vaqt ko‘rsatadi.
Nihoyat, jamoatga o‘z ruhiy in’omingiz bilan itoatda xizmat qilib, siz Xudoning marhamatini olasiz. Jamoatda o‘z o‘rningizni egallab, uning ravnaqiga hissa qo‘shayotganingizni anglab, qalbingiz quvonchga to‘ladi.
«Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!»
Qizim Kortni oshpazlik bo‘yicha o‘qiydi. U bir paytlar kulinariya kursiga qatnagan, hozir esa vaqti bo‘lganida (Kortni – maktabgacha yoshda bo‘lgan uchta farzandning onasi), mazali taomlar tayyorlash bo‘yicha uy bekalari uchun mo‘ljallangan telekanalni tomosha qiladi. O‘zim esa sevimli kanalimni izlaganimda mazkur ko‘rsatuvdan parchalarni goh–gohida ko‘rib turaman.
Ko‘rsatuv boshlovchisining ismi Emeril. U biror–bir tansiq taomni tayyorlash haqida gapirish oldidan har doim shunday deydi: «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!»
Biz mazali taomlar tayyorlash haqida so‘z yuritmaymiz, ammo sizlarga men ham ushbu so‘zlar bilan murojaat qilmoqchiman «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!». Men Pavlusning Timo‘tiyga Birinchi maktubidagi ruhiy in’omlar va xizmat haqidagi fikr–mulohazalarimizga yakun yasamoqchiman. Havoriy jamoat yetakchilarini tanlash haqida yozgan, biroq uning pand–nasihatlari bizga ham tegishli:
Menga havoriy Pavlusning bu hikmatli gaplari juda yoqadi.
Birinchidan, men uning «...intilgan inson...» so‘zlarini yoqtiraman. Pavlus imonlilarning qandaydir tanlangan jamiyati haqida emas, balki Xudoning qalbidagi barcha erkaklar haqida gapiradi. U biz haqimizda gapiradi!
Ikkinchidan, mazkur oyatdagi «orzu qilgan bo‘ladi» so‘zlari ham yoqadi. Asl nusxada bu «qat’iy intiladi» ma’nosidagi so‘zlarga muvofiq keladi. Havoriy bu o‘rinda xizmatda yetakchi bo‘lishga intiladigan odamlar haqida gapiradi.
Uchinchidan, «olijanob ishni» so‘zlarini yoqtiraman, buni «ulug‘vor ish» yoki «munosib ish» deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.
Shu tariqa, Pavlus biz kabi erkaklarning jamoat yetakchilari bo‘lishga intilishimizni qo‘llab–quvvatlaydi. Bunday intilishda hech bir yomonlik yo‘q. Qolaversa, yetakchilikka intilmaslikning o‘zi yomon. Shu bois, “kelinglar, vazifani biroz murakkablashtiraylik». O‘zimizda ruhiy in’om borligini anglab olishga intilaylik. Uni rivojlantirib, xizmatda foydalanaylik. Taqvodorona va pok yashashga intilaylik.
Pavlus so‘zining davomida jamoatda yetakchi bo‘lishni istagan erkak muayyan fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini, ammo bu fazilatlar imon bilan yashashni istagan har kimda salmoqli darajada bo‘lishini anglab yetish muhim ekanligini tushuntiradi.
Mazkur fazilatlar Timo‘tiyga birinchi maktubning 3:1–7 va Titusga maktubning 1:6–9 oyatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Ularni o‘qib, Xudodan sizga bu sifatlarni rivojlantirishingizda yordam berishini so‘rang. Demak, xizmat yetakchisi (yoki jamoat boshlig‘i)...
Xizmatda yetakchi bo‘lishni istagan erkakni boshqalardan farqlab turadigan ayrim fazilatlar ana shulardan iborat.
Yo‘lning boshi
Ehtimol, sizga ushbu matal tanish bo‘lsa kerak: «Hatto ming qadam masofa sari yo‘l ham birinchi qadamdan boshlanadi». Aziz birodar, mening imonda ulg‘ayish va ruhiy in’omni aniqlash yo‘lidagi ilk qadamim Xudo uchun xizmatimdan boshlangan. Avval aytib o‘tganimdek, masihiylik imoni o‘zida nimani aks ettirishini va jamoat hayotida ishtirok etish qanchalik muhimligini chinakamiga anglaganimda xizmatda yetakchi bo‘lishning ahamiyati haqida zarracha tasavvurga ega emasdim. Biroq bu holat meni o‘shanda ko‘p ham tashvishlantirmagan: men shundoq ham yana Xudoning irodasida, jamoatda Xudoning Kalomi va Xudoning xalqi bilan birga ekanimni anglashdan baxtiyor edim. Endilikda birodar va opa–singillarimga xizmat qilishim mumkinligidan ko‘nglim ko‘tarilgandi va har qanday vaziyatda shunday qilishga intilardim.
Men Xudo va odamlarga xizmat qilib, ruhan ulg‘aydim. Har yakshanba jamoatga qatnardim. Shuningdek, seminarlariga qatnashib, Muqaddas Kitobni qunt bilan o‘rgandim. Men ko‘proq darajada ruhan ulg‘aygan masihiylardan o‘rganishga intilardim. O‘shanda ruhiy in’omlar, xizmat va yetakchilik haqida ko‘p narsalarni bilmasdim – men shunchaki Xudoga sodiq bo‘lishni va o‘zimga ma’lum darajada Uning irodasini bajarishni istardim. Rabbiy buni ko‘rib, vaqt o‘tishi bilan menga jamoat boshqaruvida xizmat qilish sharafini va huquqini berdi.
Ehtimol, siz ham xuddi men kabi masihiylik yo‘lingizning boshida arzirli muvaffaqiyatga erishmassiz. Balki siz ham men kabi Xudo qanday ruhiy in’omlarni sizga hadya etganini bilmassiz. Ehtimol, Xudo sizga qandaydir ruhiy in’omlar berganiga shubha ham qilarsiz. Bunga shubha qilmang: Xudo sizga chindan ham ruhiy in’omlar bergan va men o‘zingizdagi ana shu in’omni kashf etishga sizni da’vat etaman. Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
Xudo sizni qayoqqa boshlamasin, Unga sadoqat bilan xizmat qilish (qarang: 1 Kor. 4:2);
ruhan ulg‘ayish (qarang: 2 Butrus 3:18);
oldinga intilish va qiyinchiliklar qarshisida chekinmaslik;
jamoatda yetakchi bo‘lishga intilish (qarang: 1 Tim. 3:1);
taqvodorlikka intilish (qarang: 1–7 oyatlar; Tit. 1:6–9).
Xudo sizni sayohatga taklif etadi va «tor yo‘l» – sinovlar, tartib–intizom va ruhan ulg‘ayish yo‘li – yoki «katta yo‘l» – betashvishlik, bekorchilik, xudbinlik va o‘rta darajalik – yo‘lidan borishni tanlash o‘zingizga bog‘liq. Sizni ishontirib aytamanki, «tor yo‘l», taqvodorlik va poklik yo‘li sizni hamda oilangizni buyuk marhamatga olib boradi. Bu sizning xizmatda muqarrar yetakchi bo‘lishingizni anglatmaydi, ammo taqvodorlik va ezgu ishlarda yuqori darajalarga ko‘tarilishingiz tayin. Siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkakka aylanasiz.
Agar hozir qaysi yo‘lni tanlashni bilmay, arosatda qolgan bo‘lsangiz, yodingizda bo‘lsin: hatto ming qadam masofa sari ham yo‘l birinchi qadamdan boshlanadi. Va biz imkon qadar bu yo‘ldan qadamba–qadam yurib o‘tamiz. Muhimi, to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakat qilaylik. Xudo bu yo‘lni oxirigacha bosib o‘tishimiz uchun bizga kuch bag‘ishlashga va’da bergan.
O, ilohiy erkaklar,
Turingiz tezroq,
Shohlar Shohi, Yaratguvchiga
Xizmat qiling butun qalb bilan!
Turinglar, erkaklar,
Xudo Jamoati sizlarni kutar,
Unga sizning kuchingiz zarur,
U sizni kurashga, janglarga chorlar!
Masih xochin ko‘targancha,
Biz oldinga shoshamiz,
Turaylik, birodarlar, yetib keldi,
Mana endi bizlarning ham navbatimiz!3
Bob Vernon
16. YAQINLARINGIZGA XUSHXABARNI AYTING
Havoriylar 1:8
Hayotingizda sizga kuchli ta’sir qilgan voqealar bo‘lganmi? Mening hayotimda bo‘lgan. Bunday voqea men uchun Bob Vernon boshchiligidagi jamoatimizda erkaklar uchun kechki guruh saboqlari bo‘lgan. Biz olti hafta mobaynida o‘rgangan dastur “Haqiqiy erkak bo‘lish nimani anglatadi” deb nomlangandi. Bobning o‘zini haqli tarzda haqiqiy erkak deb atash mumkin. U aytgan so‘zi tosh bosadigan va siz hamisha uning gaplariga so‘zsiz bo‘ysunishga tayyor bo‘lgan odamlar qatoriga kiradi. Men bu guruh mashg‘ulotlariga qatnaganimda, Bob Los–Anjeles politsiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. U keyinchalik shahar politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘ldi va boshliq lavozimiga nomzodi qo‘yildi.
Bir oqshom Bob bizga Xushxabar haqida gapirib berdi. Uning o‘shanda aytgan gaplari bir umrga xotiramda muhrlanib qolgan: «Agar siz hamkasblaringizga Iso Masih haqida muvaffaqiyat bilan guvohlik berishni istasangiz, bu holda eng yaxshi xodimlar qatorida bo‘lishingiz lozim. Odamlar biror jihati bilan ajralib turmaydigan kishilardan imon mavzusidagi fikr–mulohazalarni eshitib o‘tirishmaydi, ammo yaxshi xodimni katta qiziqish bilan tinglaydilar».
Bob o‘z ish joyida «missioner» bo‘lishning zarurligi haqida gapiradi va mehnatda tirishqoqlik Iso haqida hamkasblarimizga guvohlik berish huquqini berishini qayd etadi.
Tinglovchilarning ishonchini qozoning
Bob yo‘llagan da’vat bizda o‘chmas taassurot qoldiradi. Mazkur da’vatda Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir majburiyati – Xushxabar tarqatishning mohiyati aks etgan. Iso Samoviy Otasining oldiga qaytishidan avval O‘zining ilk shogirdlariga va bizga amr qoldirgan: «...Mening shohidlarim bo‘lasizlar» (Havoriylar 1:8). Biz – Masihning bu olamdagi elchilari va vakillari shunday yo‘l tutishga da’vat etilganmizki, boshqalar bizda Xudoni ko‘rib, Unga intilsinlar.
Agar biz zimmamizga yuklatilgan majburiyatlarni yomon bajarsak, bizga tanish bo‘lgan e’tiqodsiz odamlar Xudoga intilishmaydi. Qolaversa, ular masihiylik e’tiqodi – insonning ezguligi uchun xizmat qilishiga shubhalanishlari mumkin. Bob Vernon aytganidek, ishga bo‘lgan muhabbat va ish joyimizdagi g‘ayrat–shijoat tinlovchilar ishonchini qozonishimizga yordam berishi mumkin. Biz ana shunda ular bilan nimani xohlasak – ish haqida, yutuq va muvaffaqiyatlaringiz (siz, albatta, ularni sizga Iso Masih hadya qilishini aytasiz) va hattoki imoningiz haqida aytasiz. Iso sizni odamlarga mehnat qilish va ishda yutuqlarga erishishga ilhomlantirganini aytishingiz mumkin. Agar siz ishda muvaffaqiyatga erishsangiz, hamkasblar sizga kasbiy faoliyatlari bo‘yicha maslahat so‘rab tez–tez murojaat qiladigan bo‘lishadi. Oxir–oqibat, ular hayot ma’nosi nimadan ekanligi haqida fikringizni bilib olishni istab qoladilar.
Atrofingizdagi insonlar uchun «yaqin» bo‘ling
Yuqorida aytilganlardan tashqari, agar biz tinglovchilarimizga samimiy qiziqishimizni bildirsak, ularning ishonchini qozonishimiz mumkin. Shunday hikmatomuz ibora bor: «Odamlar sizning ularga qiziqib qolganingizni bilmagunlaricha, sizning nimalarni bilishingizga qiziqishmaydi». Bu o‘ta adolatli gap: biz hamkasblarimiz uchun ochiq bo‘lishimiz, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lishimiz va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishimiz lozim. Bir so‘z bilan aytganda, biz ularga «yaqin» bo‘lishimiz kerak.
«Mening yaqinim kim?» – Xudo uning diniy ishtiyoqini qo‘llab–quvvatlashini istagan tafsirchilardan biri Isodan so‘radi. Iso bunga javoban o‘ziga mutlaqo notanish odamga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan mehribon samariyalik haqidagi masalni aytib berdi (qarang: Luqo 10:25–37).
Odamlar Masih haqidagi guvohligingizni eshitishga tayyor bo‘lishlaridan avvalroq siz ular bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatib olishingiz zarur. Atrofingizdagi odamlarga «yaqin» bo‘lib, siz ular bilan Najotkor haqida gaplashish huquqini qo‘lga kiritasiz. Siz mehribon samariyalik haqidagi masaldan odamlarga Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik berishingizga yordam beradigan sakkizta qoidalarni topishingiz mumkin.
Odamlarga Masih haqida qanday qilib muvaffaqiyatli guvohlik berish mumkin?
1 qoida.
Va mana, yaradorning oldiga samariyalik keldi. Xo‘sh, u qanday yo‘l tutdi? Iso aytadiki, samariyalik, «ko‘rib, unga achinib ketibdi. Uning yoniga kelib, yaralariga zaytun moyi, sharob surib bog‘lab qo‘yibdi» (qarang: 33–34 oyatlar). Mehribon samariyalik yordamga muhtoj odamni ko‘rib, uning ehtiyojiga e’tiborsiz qolmadi. U bu odamga yordamga keldi.
Sevgi hamisha harakatda namoyon bo‘ladi. Kimki sevsa, harakat qiladi. Ruhoniy va levi sevgi ko‘rsatishmadi – ular bechoraga yordam berish uchun hech nima qilishmadi. Ular faoliyatsizlik ko‘rsatishdi. Sevgi muqarrar harakat qiladi. Biz hali najot topmagan gunohkorlar bo‘lganimizda, Xudo bizga aynan shunday sevgini namoyon etgan:
…Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini
...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini
Axir Xudo bizga O‘z sevgisini ko‘rsatgani, ya’ni biz uchun o‘lgan O‘z O‘g‘lini bu olamga yuborgani uchun Undan minnatdor bo‘lishimiz kerak emasmi? U insonga bo‘lgan sevgining qanday ajoyib namunasini ko‘rsatgan–a! Ehtimol, tanish insonlaringiz orasida Iso Masihga ishonmaydigan va xudoning sevgisiga mushtoq odamlar bordir. Ularni o‘z g‘amxo‘rligingiz bilan qurshab oling. Ularga o‘z sevgingizni namoyon eting.
Men bundan bir necha yil muqaddam missionerlik safari bilan Singapurda bo‘lgandim. Sayohatimiz davomida Tayvanda to‘xtab o‘tdik: seminariyada birga o‘qigan eski do‘stim Stivni ko‘rib o‘tishga qaror qilgandim. Biz Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun odamlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish zarurligi haqida gaplashganimizda, u menga bir voqeani aytib berdi.
Muqaddas Kitob maktabida ta’lim oladigan bir talabaning otasi masihiylarni va masihiylikni yomon ko‘rarkan. U o‘g‘lining Muqaddas Kitob maktabiga qatnashidan o‘ta taajjubda. Ota har kuni maktab eshigi oldida kutib turar va darsdan chiqqan o‘g‘lini tayoq bilan urarkan. U uyga borguncha o‘g‘lini kaltaklab ketarkan. Shunday bo‘libdiki, Muqaddas Kitob maktabi murabbiylaridan biri talabaning otasi choyni juda yaxshi ko‘rishidan xabar topibdi. U o‘sha odamning uyiga kelib, undan choyni qanday damlashi haqida so‘rabdi, negaki o‘zi ham bu ichimlikni juda yoqtirishini aytibdi. Qarangki, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilibdi. Talabaning otasi vaqt o‘tib masihiylarga nisbatan munosabatini yumshatibdi, o‘g‘lini urmay qo‘yibdi va Xushxabarga qiziqib qolibdi. Kimki sevsa, harakat qiladi!
2 qoida.
Ammo samariyalik – mehribon samariyalik, – bechorani ko‘rib to‘xtagan va rahm–shafqat ko‘rsatgan. U sevish qiyin bo‘lgan odamga sevgi namoyon etgan.
Biz do‘stlarimiz – «yoqimtoy va yaxshi odamlar»ni osonlikcha seva olamiz, ammo Isoning bu masali bizda sevgi his–tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va hatto bizdan nafratlanadigan odamlarni sevishimiz kerakligiga o‘rgatadi.
Men Elizabet ikkalamiz uyda ilk bora Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlarini qanday o‘tkazganimizni yaxshi eslayman. Biz guruhimiz ishtirokchilaridan mashg‘ulotga o‘zlarining imonga kirmagan hamkasb va tanishlarini olib kelishlarini so‘ragandik. Bir yigit hamkasabasi bo‘lmish Meri ismli qizni taklif etganida, u yigitni hayron qoldirgancha mashg‘ulotimizga kelgandi. Qizning fotosuratlari hech qachon moda jurnallari sahifasini bezamagan bo‘lardi. Uning xayoli betartib, kiyimlari esa kir va g‘ijim edi. Uni kiyimlarini yechmagan holda uxlaydi deb o‘ylash mumkin edi. Merining o‘zi haqida qayg‘urmasligi ko‘rinib turardi va Muqaddas Kitob guruhining boshqa a’zolari o‘rtasida yaqqol ajralib turardi. Ko‘pchilikda bunday odamlar yoqimsiz his–tuyg‘ularni uyg‘otishadi.
Biz birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq Meriga hurmat va e’tibor ko‘rsatishga urindik. U bir necha haftadan so‘ng menga shunday dedi: «Sizlar menga esi past odamga qilgandek munosabatda bo‘lmadingizlar, men ham sizlarga xuddi shuday munosabatda bo‘laman, negaki, sizlar – masihiysizlar».
Oradan bir muddat vaqt o‘tib, Meri Masihga imon keltirdi. Men sizlarga bu haqda Xudo oldida chuqur itoatni his qilgan holda va Uning sevgisidan minnatdor bo‘lib so‘zlab beryapman. Meriga nisbatan hazar bilan yondashish mumkin edi, zero u betartib ko‘rinishda edi, ammo Xudo bizda sevgi tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va sevish qiyin bo‘lgan odamlarni ham sevishimizga da’vat etgan. Va biz bu sevgining mevasini Merining hayotida ko‘ramiz. Umid qilamanki, bu voqea ko‘rinishi bilan atrofdagilarda jirkanish hissini uyg‘otadigan odamlarga salbiy munosabatda bo‘lmasligingizga yordam beradi. Har bir odamda eng asosiysini – Najotkorga muhtoj bo‘layotgan adashgan qalbni ko‘rishga intiling. Sevish qiyin bo‘lganlarni seving.
3 qoida.
Niki – Xudo bizning uyga keltirgan yana bir inson. Bu mehribon qiz bizning xat tashuvchimiz bo‘lgan va barchamiz u bilan do‘stlashgandik. Unga bizning tuman juda yoqib qolganligi bois yaqinimizdan uy sotib oldi. Biz ba’zan Niki bilan imon mavzusida gaplashardik. U hamisha bizni diqqat bilan eshitar, suhbatlashayotganda muloyim va do‘stona bo‘lsada, shuning o‘zi bilan cheklanib qolgandi.
Ammo biz Niki haqidagi hamma gapni bilmasdik. Qarangki, uning eri aroqxo‘r ekan. Ularning munosabati buzilib, eri uni tashlab ketibdi. Uning keyingi hayoti yanada qayg‘uli. Niki rokerlar guruhining yetakchisi bilan yashay boshladi. Bola tug‘ildi. Oradan qanchadir vaqt o‘tib, u ishdan ketdi va biz u bilan aloqani yo‘qotdik.
Oradan bir necha oy o‘tgach, dahshatli xabar bizga yetib keldi: Niki tunda istirohat bog‘iga borib, qizalog‘ini o‘ldiribdi, so‘ngra esa o‘z joniga qasd qilibdi. Bu biz uchun qattiq zarba bo‘ldi. Men ushbu voqea haqida uzoq o‘yladim. Ehtimol, biz zarur paytda Nikini izlash uchun imkoniyat topmagandirmiz, negaki o‘zimiz va o‘z ishlarimiz bilan o‘ta band bo‘lgandirmiz? Xo‘sh, agar munosabatlarimiz uzilmaganida nimalar bo‘lardi? Biz Masih masalidagi ruhoniy va leviga o‘xshab qolmadikmi? Biz unga qanday ta’sir ko‘rsatdik va umuman biror–bir ta’sir ko‘rsata olganmidik?
Aziz birodar, shunga o‘xshash holatlar sizning hayotingizda aslo bo‘lmasin! Sizga tanish odamlar orasida qayg‘uga botgan va Masih uning qalbiga sevgi bilan teginishiga muhtojlar bormi? Ular yonidan shunchaki o‘tib ketmang, uni falokatga tashlab qo‘ymang!
Men sizlarga choyni xush ko‘radigan tayvanlik Muqaddas Kitob o‘qituvchisi haqida aytganlarim yodingizdami? Bu odam talabasiga va uning otasiga xizmat qilibgina qolmay, choy sotadigan mahalliy do‘kon egasi bilan ham do‘stlashgan. U choy haqida suhbat qilish va yoqtirgan xaridini qilish uchun uning do‘koniga tez–tez kirib turgan. Murabbiy kunlardan birida yana do‘konga kirganida, sotuvchi unga shunday degan: «Siz boshqalardek emassiz. Hoynahoy, buning sababi, siz – masihiysiz».
Nimaiki bo‘lmasin, ammo
4 qoida.
Iso kichik bir shaharda bo‘lganida, shahar darvozasidan beva bir ayolning yolg‘iz o‘g‘li jasadini olib chiqayotganlarini ko‘rdi. Sho‘rlik ayolning azob–uqubatlari Isoning qalbiga chuqur ta’sir qildi. Uning rahmi kelib, o‘lgan bolani tiriltirdi (qarang: Luqo 7:13).
Xo‘sh, siz yaqinlaringizning ehtiyojlariga nisbatan biror ish tutadigan munosabatingizni ko‘rsatasizmi yoki avvalo Nikining fojeli taqdiriga o‘xshagan kulfatlarni biz kabi his qilib ko‘rishingiz kerakmi? Yaqinlaringizning azob–uqubatlariga loqayd bo‘lmang. Sizning yordamingiz ularga kerak bo‘lmasligi haqidagi xayollar sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. Yaqinlarga xizmat qilish uchun – muhtojlarga yordam berishni istaydigan qalb kerak.
5 qoida.
Men bir safar qo‘lyozmalarimni tartibga keltirayotganimda, Xushxabar haqidagi kitobdan quyidagi parchani topib oldim:
Xudoning sevgisi haqida gapirish qiyin emas, ammo gap shundaki, odamlar nafaqat so‘zlarimizga, balki qiladigan ishlarimizga qarab Xudo chindan ularni sevishiga ishonch bildiradilar. Biz agar o‘z ishimiz va munosabatimiz bilan Xudoning sevgisi hayotimizda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatsak, ular bunday guvohlikka shunchaki qo‘l siltab qo‘ya qolishmaydi. Kimdir aytganidek, «Xudo sevgisining buyuk isboti – bu faqat Xudo sevgisi bilan izohlash mumkin bo‘lgan ishdir»1.
Fransuz faylasufi Volter bir paytlar shunday degandi: «Menga qutqarilgan hayotingizni ko‘rsating, ana shunda men Najotkoringizga ishonaman». Biz Masih haqidagi guvohlik albatta so‘zlar bilan bildirilishiga moyilmiz. Ammo masala sizning qancha gapirishingizda emas, sizning qanday inson ekaningizga bog‘liq. Hoynahoy, sizga bu matal tanish bo‘lsa kerak «Gapni eshitamiz, ammo ishni ko‘rmayapmiz». Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik bermoq uchun Xudoning Kalomi bo‘yicha yashash kerak. Ayrim odamlar uchun sizning ishingiz qachonlardir o‘qiydigan yagona “Muqaddas Kitob” bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ular qilgan ishlaringizga qarab nimani tushunishlari mumkin?
6 qoida.
Bu samariyalikning harakatlariga qanchalik o‘xshamaydi–ya! U ham qayergadir ketayotgan edi–ku. Muqaddas Kitobda u “o‘tib ketayotib” jabrlangan odamni ko‘rib qolgani aytilgan. Yo‘q, samariyalik yo‘lda yarador yahudiyni izlamadi, lekin bechorani ko‘rgach, to‘xtab unga yordam ko‘rsatdi. Qolaversa, uni eshagiga o‘tqazib, mehmonxonaga olib bordi va unga g‘amxo‘rlik qildi. U bu odamning muhtojligini ko‘rib, o‘z rejalarini o‘zgartirdi.
Bir kuni men bilan shunday bo‘lgan. Men Los–Anjeles shahrining markaziy ko‘chalaridan birida ketib borayotganimda, avtomobillar tirbandligiga tushib qoldim. Mashinalar toshbaqa tezligida harakatlangani bois, men jamoatda o‘tkaziladigan yig‘inga kechikayotgandim. Oldinga sekin harakat qilgan holda, ko‘cha o‘rtasidagi mashina yonida turgan ayolga ko‘zim tushdi. Men uning yaqiniga borib, nega uning to‘xtab, mashinadan tushganini so‘radim. Unda benzin tugab qolganini bilib, qo‘shni avtoyoqilg‘i shoxobchasiga yugurib borib, biroz benzin sotib olib keltirdim. Xayrlashayotib, ayolga “hamisha xizmatingizga tayyorman” deb yozilgan vizit kartochkamni qoldirdim. Ayol mening cho‘pon ekanimni bilgach shunday dedi: «Lekin men yahudiyman, axir!» Men javob qaytardim: «Buning ahamiyati yo‘q. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling».
Oradan bir hafta o‘tib Barbara – ayolning ismi shunday ekan – menga qo‘ng‘iroq qilib, oilasida katta muammo borligini aytib, yordam so‘radi. U keyinchalik hatto mening jamoatimga ham keldi. Aziz birodar, Xudo sizni kim bilan uchrashtirishini bilmaysiz, shu bois zarur bo‘lganida rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘lishingiz juda muhim. Har bir uchrashuvga, har bir tanishuvga Xudoning rejasiga yondashgandek munosabatda bo‘ling. O‘z rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘ling, shuningdek sizni Xudo marhamatlasin!
7 qoida.
Xudoning bu yerda, «Lyabri» [doktor Sheffer Masihni izlagan odamlarga xizmat qilgan joy, Shveysariyaning chekka hududlaridan biri] jamoatida amalga oshirganlari bizga oson berilgan deb o‘ylamang. Aksincha, bu juda qimmatga tushgan. Taxminan dastlabki uch yilda «Lyabri»dagi vasiyligimiz ostida bo‘lganlar bizga keltirishgan to‘y sovg‘alarini yo‘q qilishdi: to‘shaklar yirtilgan, gilamlarda teshik paydo bo‘lgan, bir kuni deraza pardamiz ham yonib ketayozdi, negaki kimdir mehmonxonada chekibdi. Bizning stol atrofida hamma yig‘ilardi, zero bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi. Uyimizda giyohvand moddalar paydo bo‘ldi, polda tez–tez qusqilarni ko‘rish mumkin edi…2
Yo‘q, men sizning uyingizda va siz bilan ham xuddi shunday bo‘lishi kerak demoqchi emasman, ammo o‘zingiz xizmat qiladigan odamlarni qutqarish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyor turishingiz kerak.
Kelinglar, yana bir bora mehribon samariyalik haqidagi masalga murojaat qilaylik. U yahudiyni qutqarish uchun nimani qurbon qildi?
Xo‘sh, siz yaqinlaringiz manfaati uchun nimalarni qurbon qilishga tayyorsiz? Ehtimol, tanishingizning qiyinchilikka uchragani haqidagi gap–so‘zlarini eshitishingiz kerak bo‘lar (siz vaqtingizni qurbon qilasiz) yoki hamkasbingizni futbol o‘yiniga taklif etib, chipta sotib olarsiz (siz pulingizni qurbon qilasiz)? Balki qo‘shningizni tushlikka taklif etishingiz kerakdir (siz bu holatda vaqtingizni ham, pulingizni ham qurbon qilasiz)? Nimaiki qurbonlik qilmang, bu unga arziydi! Inson qalbining bahosini aytish mumkinmi? Uning qutulishi uchun Xudo O‘zining Yagona O‘g‘lini qurbon qilgan. Bir qancha dollar yoki bir necha soat abadiylik bilan taqqoslaganda nima bo‘libdi? O‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘ling, zero Xudo bizga aynan shunday ibrat ko‘rsatgan!
8 qoida.
Samariyalik yarador yahudiyni dushman deb bilmagan. Uni dushmanlar jarohatlagandi – yahudiy ulardan jabrlangandi. Biz qandaydir falokatdan jabr ko‘rgan odamlarga nisbatan rahm–shafqat va g‘amxo‘rlik bilan yondashamiz, bu to‘g‘ri. Xo‘sh, imonda bo‘lmagan odamlarga ham shunday yondashmaymiz? Ular bizga dushman emas – ular jabrdiyda. Ular shaytonning va gunohning malaylari (qarang: 2Tim. 2:26) va o‘zlariga yordam berishga qodir emaslar (qarang: Rim. 3:10–18).
Aziz birodar, biz taqvodor bo‘lmagan odamlardan qo‘rqishimiz kerak emas. Ular uchun ibodat qilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Do‘stona va ochiq inson bo‘ling.
Yaqinlaringizga yaxshilik tarqating
«Mening yaqinim kim?» Bu savolni Isoga bir tafsirchi bergandi. Iso mehribon samariyalik va ikkita diniy yetakchi haqidagi masal bilan javob qaytardi (qarang: Luqo 10). Iso bu masalni aytib bo‘lgach, o‘z navbatida tafsirchidan so‘radi: «Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilar qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?»
Tafsirchi javob berdi: «Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da».
Shunda Iso aytdi: «Boring, siz ham shunday qiling» (qarang: 36–37 oyatlar).
Aziz birodar, bu da’vat bizga ham yo‘llangan. Atrofingizdagi odamlar uchun «yaqin» bo‘ling, mehribon samariyalikdan o‘rnak oling, imonda bo‘lmaganlarga rahm–shafqat ko‘rsating, ularga yaxshilik tarqating.
Sen chanqoq qalbingni to‘ydir, ichirgin
Noumidni mustahkam qilgin,
Tahqirlangan, singan va yolg‘iz,
Hayotingni asrab qolgin sen.
Seni yomon ko‘rganni kechir,
Boshpana izlovchiga xizmatda bo‘lgin,
Xudoning mo‘l in’omlaridan
Muhtojlar ham bahramand bo‘lsin
Jangda do‘sting yiqilsa ko‘tar
Kim adashsa, yo‘lga boshlagin,
O‘zingni sarf qilishdan qo‘rqma,
Najotkordek saxovatli bo‘l.
Chin yurakdan sevgin rad etilganni
Uysiz bo‘lganlarga boshpana bergin,
Zulmat ichidagi ilohiy nurni
Senda yonganini odamlar bilsin
Charlz Braun
17. KO‘PRIKLAR O‘RNATING
1 Butrus 3:15
Ko‘plab erkak–masihiylar odamlarga o‘z imonlari haqida gapirib berish oson emasligini aytishadi – ular Xushxabarni baham ko‘rish uchun Kalom va ilohiyotshunoslikdan yetarlicha bilimga ega emas ekanlar, shu bois Iso Masih haqida guvohlik berish imkoniyatini tez–tez qo‘ldan boy berib qo‘yadilar.
Darhaqiqat, masihiylik qadriyatlarini e’lon qilish uchun yaxshi tayyorlangan bo‘lish kerak: muayyan bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lish zarur, ammo buning uchun ilohiyotshunos bo‘lish shart emas. Agar odamlar sizni eshitishga tayyor bo‘lsalar, qalbingizni o‘zgartirib yuborgan va hozirda siz uchun muhim bo‘lgan haqiqatlarni aytishingizning o‘zi kifoya.
Masih haqidagi shaxsiy guvohlikni qanday baham ko‘rish mumkin?
Siz qachondan buyon masihiy bo‘lganingizni bilmayman, ammocho‘poningiz va boshqa masihiylar “imonning shaxsiy guvohligi” gapirganlarini bir necha bora eshitgan bo‘lsangiz kerak. Imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning qanday qilib masihiy bo‘lganingiz haqidagi hikoyadir. Imon guvohligi qanchalik oddiy baham ko‘rilishini ko‘rsatish uchun Mark bayon etgan Xushxabarning 5:1–20 oyatlariga murojaat qila qolaylik. Unda Isoning jin chalgan odamni qanday qilib davolagani hikoya qilinadi. Jinlar o‘sha odamga dahshatli azoblar bergan. Isoning unga rahmi kelib, undagi jinlarga shu yaqin atrofda yurgan cho‘chqalarga kirishini buyurdi. Cho‘chqalar podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, cho‘kib ketadi.
Men shifo topgan odamning kechinmalari va hatti–harakatlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu bechora jinlardan qutulib, qanchalik yengil tortganini tasavvur qilish mumkin. U hech o‘ylab o‘tirmay Isodan U bilan birga qolishiga ijozat so‘radi. Iso unga mana bunday javob qaytarmadi–ku: «Albatta, qolaver. Menda ilohiyotshunoslikni o‘rganasan. Bir–ikki yil Mening shogirdlarim orasida bo‘lib, Men haqimda guvohlik berishni o‘rganasan». Yo‘q, Iso bu odamga shunday dedi: «Uyingga bor. Men – Rabbing sen uchun nimalar qilganimni, qanday rahm–shafqat ko‘rsatganimni o‘z yaqinlaringga gapirib ber» (Mk. 5:19). Mohiyatan, U bu odamga o‘z yaqinlari oldiga qaytib borib, ular bilan imon guvohligini baham ko‘rishini buyurdi! Hali tajribali imonli bo‘lmagan bu odam uni Iso qanday qutqargani haqida guvohlik berishga tayyor edi.
Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Muqaddas Kitobda aytilganki, shifo topgan odam «Iso unga qanchalar muruvvat ko‘rsatganini Dekapolis hududida e’lon qila boshladi. Hamma hayratga tushardi» (Mk. 5:20).
Bu odam hayotining o‘zgarishi qanday samara berdi? Fikrimcha, biz bu haqda Mark bayon etgan Xushxabarining 7:31–8:9 oyatlari orqali bilishimiz mumkin. Bu hikoya Iso Isroil chegarasidan tashqarida joylashgan va majusiylar yashaydigan hudud – Dekapolisda o‘tkazgan kunlari haqida ma’lumot beradi. Iso avval bu chekka hududlarda bo‘lmagandi va bu yerda taniqli emasdi, ammo shunisi hayron qoldiradiki, U bu yerga kelganida, Uni katta aholi – ayollar va bolalarni hisobga olmaganda ham, to‘rt mingga yaqin kishi kutib oldi. Ular Isoni ko‘rishni va Uning Kalomini eshitishni juda istashardi!
Xo‘sh, bu odamlar qayoqdan kelib qolishdi? Shaxsan men Mark bayon etgan Xushxabarning 5–bobida hikoya qilingan odam Isoning unga buyurganlarini aniq bajarganiga ishonchim komil. U o‘zining hamyurtlariga Iso tomonidan qanday marhamat topganini aytib berganiga ishonaman. Ishonamanki, u o‘zining yaqinlari, do‘stlari va tanishlari bilan imon haqidagi guvohligini shunchaki baham ko‘rgan va bu ularda Isoni ko‘rish hamda Uning Kalomini eshitish istagini uyg‘otgan.
Aziz birodar, qo‘lingizda Xushxabarning qudratli quroli turibdi: bu Iso sizning hayotingizda nimalarni amalga oshirganidan dalolat beradi. Men nega bu haqda gapiryapman? Negaki, imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning va faqat sizning Iso Masihni anglash yo‘lidagi tajribangizdir va hech kim buni inkor qilolmaydi. Nimaiki aytadigan bo‘lsangiz, barini o‘zingiz boshdan kechirganingiz uchun tinglovchilar sizni katta tushuncha bilan tinglaydilar.
Imondagi guvohligingizni uch qismga bo‘lish mumkin:
Birinchi qism.
Ikkinchi qism.
Uchinchi qism.
Endi esa xayolan o‘tmishga, hali masihiy bo‘lmagan davringizga qayting. Qanday vaziyat Iso Masihni o‘z Rabbingiz va Xaloskoringiz deb tan olishga undadi? Masihiy bo‘lganingizdan so‘ng siz o‘zingizda (balki boshqa odamlar ham) qanday o‘zgarishlar bo‘lganini kuzatyapsiz? Yuqorida keltirilgan rejadan foydalangan holda, imondagi o‘z guvohligingizni qisqacha yozib qo‘yishga harakat qiling.
Siz bu yozuvlaringiz bilan qurollangan holda, havoriy Butrusning maktublaridan birida biz topgan buyruqni bajarishga tayyor bo‘ling: «...Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar...» (1 Butrus 3:15). Xudoga O‘z O‘g‘lida siz bilan muloqot qilish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiring va mana shu haftada biror kishi bilan Xushxabarni – umidingiz manbaini baham ko‘rishingizga imkoniyat berishini so‘rang.
Ko‘priklar o‘rnating
O‘zga mamlakat hukumati a’zolaridan biri o‘g‘lini Amerika Masihiy kollejiga o‘qishga yuboribdi. Bu yigit masihiy bo‘lmagan ekan. Talabalar esa o‘zlaridan kimga bu yigit bilan Xushxabarni baham ko‘rishi imkoni berilishiga qiziqib qolishibdi. Bu talabalar kengashining raisi bo‘larmikan? Yoki kursning eng yaxshi sportchisimi? Balki kollej kapellanidir?
Chet ellik talaba chindan ham Masihga imon keltirdi, ammo Xudo kimni O‘zining xabarchisi etib tanlaganini bilgach, hamma juda hayratda edi. Bu Tom ismli oddiygina yigit edi. Tomni talabalar orasidan biror–bir jahati bilan ajralib turadi yoki Xushxabar yoyishda alohida qobiliyatga ega deb hech kim aytolmasdi. Keyinchalik Tomdan bu qanday sodir bo‘lganini so‘rashganida shunday degan: «Men shunchaki uning qalbi va o‘zimning qalbim o‘rtasida ko‘prik qurdim, xolos, so‘ngra esa shu ko‘prikdan Iso o‘tdi».
Atrofingizdagi odamlar uchun “yaqin” bo‘lish, do‘stona munosabat, ko‘priklar qurishni eplay olish – Mana, odamlarga Xushxabarni yetkazadigan tarkibiy qismlar. Masih haqida guvohlik berishingiz uchun cho‘pon yoki ilohiyotshunos bo‘lishingiz shart emas, ammo Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun xuddi Tom va o‘sha chet ellik talaba bilan bo‘lganidek, atrofdagilarning ishonchini qozoqmoq zarur.
Ammo biz o‘z qalbimiz va boshqa odamlarning qalbi o‘rtasidagi ko‘priklarni – ularga Iso Masih haqidagi xabarni yetkazishimizga yordam beradigan ko‘priklarni qanday qurishimiz mumkin? Mana, ushbu xayrli ishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar.
hayotsevarlik;
odamlarga nisbatan samimiy munosabat;
ahloqiy poklik;
so‘zdagi taqvodorlik;
mehnatdagi tirishqoqlik;
jamoat hayotida faol ishtirok etish;
oilaviy hayotdagi poklik;
bolalar bilan muvaffaqiyatli munosabat;
o‘z xonadonini boshqarish mahorati.
yaqinlaringiz, hamkasb va qo‘shnilaringiz baxtli–saodatli bo‘lishi uchun;
Xudo imondagi guvohligingizga «yo‘l ochib berishi» uchun (qarang: Kol. 4:3);
Xudo Xushxabarni yoyishda sizga donolik berishi uchun (qarang: 5–6 oyatlar);
Xudo qo‘rquvni yengib, sizga dadillik berishi uchun (qarang: Ef. 6:19).
Bundan tashqari, siz o‘z hududingizning u yoki bu xayriya tashkilotida ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishingiz mumkin. Bunday tashkilotlar jiddiy va vijdonli odamlarning yordamiga juda muhtoj bo‘lishadi. Siz hududingizdagi muhtojlarga yordam ko‘rsatibgiga qolmay, ularga Masih haqida guvohlik ham berishingiz mumkin.
Va nihoyat, siz davlat xizmatiga o‘tsangiz ham bo‘ladi (albatta, undagi faoliyat sizdan ko‘proq sa’y–harakatni talab etadi). Davlat xizmatchisi hamisha fuqarolarning ko‘z o‘ngida bo‘ladi va bunday vaziyat unga – agar u masihiy bo‘lsa – atrofdagilarga taqvodorlik va boshqa ruhiy fazilatlarni namoyon etish imkonini beradi. Davlat xizmatida bo‘lgan odam o‘z holatidan e’tiqodini targ‘ib qilishda foydalanmasligi kerak, ammo u o‘z zimmasiga yuklangan vazifani Masihning izdoshiga xos tarzda ado etsa, uni ishi Najotkor haqida har qanday so‘zlardan ko‘ra ko‘proq tushuncha beradi. Yaqinlaringizning farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling va ishlaringiz masihiylik e’tiqodi tayanadigan o‘sha haqiqatlardan guvohlik bersin.
O‘z umidingiz haqida hisob bering
Men o‘z vaqtida ilohiyotshunoslikdan ta’lim olgan Talbot seminariyasida (Kaliforniyaning janubi) ishga joylash bo‘yicha mas’ul vazifani egallaganimdan so‘ng, mendan Chigakodagi talabalar hayotiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishimni so‘rashdi. Ma’ruzachilar orasida mamlakatdagi mashhur seminariyalardan birida ilohiyotshunoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis ham bor edi. Uni tinglab tezda tushundimki, u Masih hayoti haqida zarracha ham tasavvurga ega emas ekan, shu bois tanaffuslardan birida bu “olim erkak” ning yonida o‘tirib, Xushxabar va najot haqida suhbat boshladim. Men unga Masihga kimki imon keltirmasa, to abad mahkum bo‘lishini – Xudodan ayrilishini tushuntirishga urindim. Men hech qachon bu odamning javobini unutolmayman: «Xo‘sh, unda Afrikaning yovvoyi qabilalari bilan nima bo‘ladi?»
Uning savoli o‘z imoni haqida ochiq gapirishga jur’at etolmaydigan masihiylarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin edi. Ular hamsuhbatlariga qandaydir murakkab masala yuzasidan javob berolmay qolishdan qo‘rqishadi. Ammo bunday vaziyatda ehtimollik unchalik katta emas, negaki Xushxabar yetkazuvchi imonda bo‘lmagan tinglovchisidan eshitishi mumkin bo‘lgan barcha savollar eng asosiy masalalarga boshlaydi. Tasavvur qiling–a, bu ma’lumotli erkak menga birinchi raqamli savolni berdi!
Sizda imonda bo‘lmagan odam bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng, tabiiyki, u sizning imoningiz haqida savollar berishni boshlashi mumkin. Siz ulardan qaysi biriga javob bermay qolishingiz mumkinligidan qo‘rqmasligingiz kerak. Savollar – bu yaxshi. Agar hamsuhbatingiz imoningizga qiziqish bildirib, savollar bersa, bu ajoyib. Masih haqidagi guvohlik – bu monolog emas, hamisha dialog. Xushxabar aytish – bu faqat gapirish emas, balki odamlarni eshitish hamdir. Bu ularni tashvishga solib, bezovta qilayotgan muammolarni tushunish demakdir. Shuningdek, bu Muqaddas Kalomga tayangan holda, hamsuhbatning savollariga javob berish zarurligini ham anglatadi.
Biz, masihiylar, o‘zimiz xizmat qilayotgan kishilarga rahm–shafqat ko‘rsatishimiz, ularning savollarini oldindan payqab, Muqaddas Kitobdan javoblar topishimiz kerak. Aytib o‘tganimdek, bu kabi barcha savollar (imonda bo‘lmaganlar oldinga surishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar) eng muhim masalalarga olib borishi mumkin. Men quyida ushbu savol va e’tirozlarni keltirib o‘taman. Ularning har biridan so‘ng Muqaddas Kitobdan xulosa qilishingizga yordam beradigan, mohiyatan hamsuhbatingizga javob beradigan satrlarni keltiraman. Umid qilamanki, siz odamlar bilan shunday suhbat qurasizki, bu kabi (e’tiroz tarzida qabul qilishlari mumkin bo‘lgan) savollarni berayotganingizda, ular noqulaylikni his etishmaydi.
Xushxabar haqida hech qachon eshitmagan yovvoyi qabilalar bilan nima bo‘ladi? (Javob: Zabur 18:2; Rim. 1:18–20)
Xudoga tomon Iso Masihga bo‘lgan imondan boshqa biror yo‘l bormi? (Javob: Yuhanno 14:6)
Nega begunohlar azoblanishmoqda? (Javob: Rim. 5:12)
Mo‘‘jizalar bo‘lishi mumkinmi, agar “ha” bo‘lsa, ularni qanday izohlash mumkin? (Javob: Yuhanno 1:1 va 14 oyatlar; 3:2)
Muqaddas Kitobda xatolar ko‘p, shunday emasmi? (Javob: 2 Tim. 3:16; Ibr. 1:1–2; 2 Butrus 1:20–21)
Masihiycha ruhiy tajriba deb atalganlarning bari chuqur psixologik ko‘rinish, shundaymi? (Javob: Havoriylar faoliyati 9-bob ( Pavlusning murojaati); Rim. 5:8–10)
Men o‘z yaxshiliklarim tufayli jannatga tusha olmasligim rostmi? (Javob: Gal. 2:16; Tit. 3:5; Yoqub 2:10)1
Odamlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsating
Aziz birodar, men Masihni hozircha bilmagan odamlar bilan do‘st bo‘lishingiz, o‘zaro munosabatlar qurishingiz, ko‘priklar o‘rnatishni boshlashingiz uchun ibodat qilaman. Agar siz chindan ham odamlarga “yaqin” bo‘lsangiz, bu holda «...umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar» (1 Butrus 3:15). Kimki Masihga sizning guvohligingizda so‘zi va amali bilan kelsa, abadiy mukofotni oladi, negaki Osmon Shohligining ahliga aylanadi. Odamlarga samimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Ularga Masih sevgisini namoyon eting. Ularni chin qalbingizdan seving!
Yirik gazetaning tahririyatiga qo‘shni jamoatlardan birining cho‘poni kelibdi. U tahririyatning boshliqlaridan biri bilan gaplashish uchun kelgan ekan. Cho‘pon ketishidan avval o‘sha odamga shunday so‘zlar bilan murojaat qilibdi: «Aziz birodarim, men sizni masihiy bo‘lishga da’vat etaman!»
Tahririyat xodimi biror so‘z aytmay, deraza oldiga kelib, bir necha daqiqa ko‘chaga qarab turibdi. Cho‘pon o‘ylabdiki, uni gaplari bilan xafa qilib qo‘ydi. Nihoyat bu odam ruhoniyga o‘girilibdi – uning ko‘zlari jiqqa yosh ekan. U mehmonning qo‘lidan tutib aytibdi: «Men haqimda g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun rahmat. Butun hayotim mobaynida hech kim – yaqinlarim ham, hamkasblarim ham – hech qachon yuragimga e’tibor qaratmagan. Men bilan hech kimning ishi yo‘q deb o‘ylardim!»2
III QISM. XUDONING RYeJASI
18. HAYOTINGIZGA TAALLUQLI XUDONING REJASI
Havoriylar 13:36
Mazkur oyat shoh Dovudning hayotiga epilog bo‘lib xizmat qiladi. Yodingizda bo‘lsa, biz suhbatni Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatishi haqidagi mavzuni Xudoning O‘zi tanlagan Dovud haqidagi so‘zlardan boshlagandik (qarang: Havoriylar 13:22). Xudo Shomuilni yangi shoh topishga jo‘natayotib, payg‘ambarni ogohlantiradi:
…Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi ko‘rinishiga qaraydi. Men esa
Xudoning xalqi shohining hayotida namoyon bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha fazilatlar dastlab Dovudga xos bo‘lmagan. Xudo Dovud hali juda yosh bo‘lgan paytidayoq uni poda boqishdan chaqirib oldi, ammo muhimi shuki, u butun qalbi bilan Xudoni sevgan va Xudoga uning aynan shunday sevgisi manzur bo‘lgan.
Aytib o‘tganimizdek, Dovud tez–tez xatoga yo‘l qo‘ygan va o‘zidan avval shohlik qilgan Shouldan farqli ravishda, hamisha Xudoga chuqur afsus va samimiy tavba bilan murojaat qilgan. Dovudning qalbi alamdiyda bo‘lgan va aynan shu bois Xudo uning hayotida ishtirok etib, uning qo‘llari bilan buyuk ishlar yaratishni lozim ko‘rgan. Dovud aynan shu fazilatlari tufayli Xudoning qalbiga mos erkakka aylangan.
Dovudning yo‘lidan boring
Umid qilamanki, endi sizga tushunarlidir: Xudo insonning qalbiga nazar soladi. Sizning Xudo bilan munosabatingiz – bu qalbingiz holati bilan bog‘liq masala. Siz ham Dovud kabi xatoliklar sodir etasiz va gunoh qilasiz. Hammamiz ham adashamiz va gunoh qilamiz! Ammo sizda tanlash imkoni bor. Siz Xudoni sevmagan shoh Shoul kabi yo‘l tutishingiz mumkin. Shoul qilgan xatosini tuzatishga urinmadi. U faqat o‘z qulayligi va farovonligi haqida qayg‘urib, Xudoning xohishini bajarishni istamadi – Shoul faqat o‘z istaklarini qondirishni istadi. Biroq Xudo hamisha itoatgo‘ylikni kutadi (qarang: 1 Shohlar 15:22) va vaqt o‘tib, bu fazilatni Dovudning fe’l–atvoridan topdi.
Xo‘sh, siz Xudoga itoatgo‘y bo‘lishni istaysizmi? Men mazkur kitobda siz Masihga imon keltirgan masihiy sifatida Xudoni sevishga da’vat etilganingizni va hamma narsa Unga tegishli ekanini qayta–qayta eslatib boryapman. Hozir esa, aziz birodar, sizga so‘nggi da’vat bilan murojaat qilmoqchiman, ammo savol berishimga ijozat eting: siz kimdan ibrat olasiz – Shouldanmi yoki Dovuddan? Shoulning izidan ergashmang! Dovudning yo‘lidan boring! Butun qalbingiz bilan Xudoni seving va Uning irodasini bajarishga intiling, ana shunda Dovud kabi Xudoning qalbiga mos erkakka – hayotida Xudo ishtirok etadigan, Xudo uning qo‘li bilan buyuk ishlar qiladigan erkakka aylanasiz!
Xudoning irodasini bajaring
Men
Xudoda Dovudning hayotiga tegishli rejasi bo‘lgan. Dovud Xudoning xohishini ado etib, Uning rejasini quvonch bilan bajargan. Uning Xudoga bo‘lgan samimiy sevgisi o‘z o‘z zamondoshlari orasida Xudo qalbidagi buyuk erkak bo‘lishiga yordam bergan. Xudo Dovudning barcha kamchiliklarga qaramay, uning hayotida harakat qilgan.
Xudoda sizning hayotingizga ham rejasi bor. Qarshingizda ko‘plab g‘aroyib imkoniyatlar ochiladi!
Aziz birodar, siz Xudoning rejasini bajara olasiz. Qanday qilib? Buning uchun Xudoning Kalomiga asoslangan majburiyatlarni bajarishingizning o‘zi kifoya. Albatta, o‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi, ammo bugundan boshlab Xudoning irodasini bajo etishni va dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishni boshlashingiz mumkin. Bu Xudo sizni mas’ul deb bilgan ishlarni bajarishingizdan boshlanadi.
Mazkur kitobda men aynan shular haqida – Xudoning xohishini bajarish zarurligi haqida gapirdim. Biz qarab chiqqan majburiyatlar – er–xotinlik, oilaviy, jamoatga tegishli, kasbiy, – Xudoning irodasini kelgusida anglashingiz uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Men sizlarni (xuddi o‘zim bilan bo‘lganidek) Muqaddas Kitobni o‘qishga, yaxshi ruhiy ustozni topishga, butun qalbingiz bilan Xudoning irodasini bajarishga da’vat etaman. Hamma narsada Xudoning yordamini va boshqaruvini izlang, ana shunda yaqinlaringizga, Masihdagi birodar va opa–singillaringizga, hamkasb va qo‘shnilaringizga xayrli ruhiy ta’sir o‘tkaza olasiz. Siz olamni o‘zgartirasiz va buni nafaqat atrofingizdagi odamlar, balki keyingi avlod ham o‘zida his etadi. Mana bu so‘zlar sizning maqsadingizga aylansin:
________________________ ,
(ismingiz)
Xudoning xohishini bajaradigan,
Xudoning qalbiga mos erkak.
Jim Jorj
19. «ISHONCHLI ODAMLARGA TOPSHIRGIN»
2 Tim. 2:2
Men hududimizdagi jamoatda cho‘pon yordamchisi bo‘lib xizmat qilganimda, boshqa vazifalar bilan bir qatorda, kimdir qo‘ng‘iroq qilishi yoki yordam so‘rab kelishi ehtimoli borligi uchun, jamoatda bo‘lib turish vazifasi ham topshirilgandi. “Kun cho‘poni” bo‘lib turganim ana shunday kunlardan birida mahalliy dafn byurosidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Mendan dafn marosimini o‘tkazish uchun cho‘pon yuborishimni so‘rashdi. Men dafn marosimida ishtirok etadigan barchaga Masih haqida gapirib berish imkoniyati tug‘ilganidan xursand bo‘lib, borishga rozi bo‘ldim.
Belgilangan kunda qabristonga yetib keldim. Ko‘mish joyi tayinlangan joyda ancha uzoq kutib qoldim. Va nihoyat, faqat bittagina mashina keldi. Undan ayol kishi chiqdi va oldimga kelib dedi: «Buni tezroq tugata qolaylik. Bugun boshqa ishlarim juda ko‘p!» Uning jahl va nafrat ohangida aytgan gapidan bir muddat karaxt ahvolga tushdim. O‘zimga kelgach, undan nega dafnga boshqa hech kim kelmaganini so‘radim. U qisqacha jumlalar bilan tez javob qaytardi: «Erim butun hayoti mobaynida odamlardan foydalangan. Uni faqat shaxsiy manfaati qiziqtirardi. U bilan xayrlashishga hech kimning kelmaganidan hayron bo‘lmang. Erim doimo boshqa odamlarga tupurib qo‘ygandek edi, mana, qarang, uning o‘ziga ham o‘shanday munosabat qaytdi».
Oh–ho! Mana shunday telefon qo‘ng‘iroqlari ham bo‘larkan–a! Aziz birodar, hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang! Odamlar uchun yaxshi ibrat ko‘rsatishga bor kuchingizni bag‘ishlang. Hayotingiz tajribangizni «ishonchli odamlarga» uzating. Yonigizda bo‘ladigan odamlar hayotida ishtirok etganingizda, harakatlaringiz hozirda ham, kelajakda ham yorqin orzuingizdagi ezgu samaralar beradi!
Tarixdagi buyuk Ustoz
Biz avvalgi bobda Xudoning hayotingiz uchun belgilagan muayyan maqsadi borligi haqida gapirib o‘tgandik. Ushbu maqsadning bir qismi bilim va tajribalarni “ishonchli odamlarga topshirish”dan iborat. Asosiy usullardan biri yordamida – murabbiy yoki ustoz bo‘lib – bunga erishish mumkin, ana shunda sizning ta’siringiz uzoq muddat davom etadi. Shuningdek, men ulkan miqdordagi odamlar hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan havoriy Pavlusning hayratomuz ibrati haqida ham gapirib o‘tgandim.
Keling, ana endi tarixdagi eng buyuk Ustoz – Iso Masihning odamlarga ko‘rsatgan ta’siri haqida gaplasha qolaylik. Ammo dastlab bir qancha dalillarni keltirib o‘tsam. Iso birorta ham kitob yozmagan. U hech qachon sayohat qilmagan – amalda uyidan hech qachon yiroqlashib ketmagan. U uch yilga yaqin vaqtini o‘n ikkita erkaklar bilan birga o‘tkazgan. Ulardan biri, Yahudo, ishonmagani uchun Ustozga xiyonat qilib o‘lim topgan va havoriy Pavlus murabbiylik qila boshlagan. Bu o‘n ikkita erkak, Pavlus ham ular orasida, garchi ularni kimlardir “xalqni buzuvchilar” (qarang: Havoriylar17:6) deb atashsada, Isoning najot haqidagi xabarini «er yuzining hamma burchaklariga» (Havoriylar 1:8) tarqatishgan. Iso qanday qilib olamga bunchalik ulkan ta’sir ko‘rsata oldi?
Robert Kolman «Xushxabarchilikning asosiy rejasi» nomli ajoyib kitobida Isoning O‘z shogirdlariga bergan tarbiya jarayonini tasvirlaydi. Men o‘zim ham janob Kolmanning o‘z kitobida taklif etgan fikr–mulohazalarini o‘qib, amalda qo‘lllach, uning shogirdiga aylanganman. Kolman Isoning hayoti va xizmati haqidagi bilimlarini o‘z o‘quvchilariga yetkazganidan minnatdorman. Ushbu kitob menga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Men muallif Isoning ustozlik jarayonini tahlil etgan holda, ajratib ko‘rsatgan sakkizta bandni qisqacha ravishda taqdim etmoqchiman. Men mazkur bandlarni ayrim kitoblarimda keltirib o‘tganman, ammo siz ham ularni kimdir bilan baham ko‘rishingiz uchun hech ikkilanmasdan yana takrorlayman.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Siz ta’lim berayotgan erkaklarni ham juda tez fursat ichida nazoratsiz qoldirish to‘g‘ri emas. Siz ular bilan Xudoning Kalomi asos bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam munosabatlar o‘rnatishingiz kerak. Saboq jarayoni yakunlanganida, ular har qanday kurashda dadil turish va g‘olib chiqishda yordam beradigan barcha zaruriy bilimlarga ega bo‘ladilar.
8.
Imkoniyatlar izlab
Bir insonning hayoti boshqa ko‘plab odamlar hayotiga ta’sir qilishini anglaganimdan boshlab, nimanidir bilib olsam, hamisha boshqalarga ham yetkazishga urinaman. Men sizning ham shunday yo‘l tutishingiz uchun ibodat qilaman. Bundan umidvorman ham. Hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang: siz kimlar uchundir muayyan maqsadda ijobiy ibrat ko‘rsatadigan insonga aylaning. Buni anglaysizmi–yo‘qmi, ammo odamlarga ko‘p narsalar berishingiz mumkin. Sizda saboq chiqarish mumkin bo‘lgan qandaydir – yaxshi va yomon – tajriba bor. Hayotingizdagi yaxshi tajribalarni baham ko‘ring, yomonlaridan saqlaning. Siz shu tariqa o‘zingizdan meros qoldirasiz, ya’nikim…
Sizga shunday qilishingizni qat’iy tavsiya etaman. Oilangiz bor–yo‘qligidan qat’iy nazar, siz boshqa erkaklarni o‘qib–o‘rgatishga da’vat etilgansiz. Siz imonga olib kelishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni doimo izlashingiz zarur. Xuddi Pavlus Timo‘tiy va Titning yonida turib, ularning Masihni anglashda ulg‘ayishlarini nazorat qilib turgani kabi, siz ham o‘zingizni bunga bag‘ishlashingiz kerak. Masihdagi birodarlaringizga jamoatdagi xizmatlari mobaynida barcha kuch–quvvatlarini kashf etishlariga yordam bering. Asarim boshida meni Masihga xizmat qilish va imonda ulg‘ayishimda ruhlantirib, saboq bergan jamoatimizdagi ayrim ruhan kuchliroq erkaklar haqida gapirib o‘tgandim. Ularning ibratidan namuna olib, keyinroq o‘zim boshqa odamlarga yetkazganman. Agar siz kimdir uchun ustozlik qilishga o‘zingizni haqli deb hisoblamasangiz, sizga murabbiylik qiladigan boshqa kishini toping. O‘zingiz mustahkamlanib olganingizdan so‘ng esa, nimani o‘rgangan bo‘lsangiz, ana shu donolikni imondosh birodarlaringizga yetkazing.
O‘zidan meros qoldiradigan erkak
Sizdek inson hayotida mazmun–ma’no bo‘lishni xohlamasligiga, Xudoda uning uchun buyuk reja borligiga ishonmasligiga va o‘zidan keyin qandaydir meros qoldirishni istamasligiga bir lahza ham ishonmayman.
Men ishonaman, siz…
hayotingiz mazmunga ega bo‘lishini istaysiz;
oilangizga, jamoatga va yaqin atrofingizdagilarga o‘zingizdan so‘ng salmoqli meros qoldirishni istaysiz;
sizni Masihning imondagi qat’iy shogirdi deb bilishlarini istaysiz;
Xudoni sevasiz va qalbingizda bu sevgini yaqinlaringizga ulashish istagi yonmoqda.
Siz aynan shunday inson bo‘lganingiz bois, zamondoshlaringizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan va ehtimol, kelajak avlod taqlid qilishi uchun namuna bo‘ladigan bir qancha qoidalarni – men ularni kitobimda avval keltirib o‘tganman – sizlarga eslatib o‘tmoqchiman:
Doimo imonda ulg‘aying.
Sevuvchi er va fidoyi ota bo‘ling.
O‘z kasbiy malakasini doimo takomillashtirib boradigan tirishqoq ishchi bo‘ling.
Hamisha qo‘llab–quvvatlab, dalda beradigan inson bo‘ling.
Odamlarga xizmat qilishga tayyor bo‘ling.
Erkaklar uchun ustozlik qiling.
Hamma narsada sodiq bo‘ling.
«Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin…» ( Zabur 89:12)
Mazkur fikrlarning muallifi deya Billi Grem ko‘rsatilgan:
Bizning kunlarimiz hisob–kitobli. Hayotimizning asosiy maqsadlaridan biri oxirgi kunimizga tayyorgarlik bo‘lii kerak. O‘zimizdan keyin qoldiradigan merosimiz hayotda nimaga ega bo‘lganimizdan iborat bo‘libgina qolmay, hayotimizni qanday yashab o‘tganimiz bilan ham baholanadi. Xo‘sh, biz qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak? Butun dunyodagi barcha odamlar sarf qiladigan, talab qilib va qayta foydalanib bo‘lmaydigan ulkan xarajatimiz – bu Xudo har kuni bizga beradigan vaqtimizni sarf qilayotganimizdir1.
XOTIMA
3Yuhanno 1:3–4
Bu birinchi marta ro‘y bergani yo‘q. Men pochta bo‘limi binosidan chiqib, mashinaga o‘tirgach, xatni ochdim. Yana bir maktub… erkak kishidan… xotinimga yozilgan! Ammo avval bo‘lib o‘tganidek, maktub nima haqda ekanligini aniq bilardim. Va albatta, adashmagan ekanman, xat yozgan erkak xotinimga “Xudoning qalbiga mos ayol” asari uchun minnatdorchilik bildiribdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Muqaddas Kitob haqiqatlari asosida bayon etilgan bu asar o‘sha odamning xotinini o‘zgartirib, o‘z navbatida ularning oilaviy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatibdi.
Men maktubni o‘qiyotib, Xudoga Uning Kalomining odamni o‘zgartirib yuboradigan kuchi uchun minnatdorchilik bildirdim. Men Uning Kalomi bo‘yicha yo‘l tutganimda, Xudo hayotimni qanchalik o‘zgartirib yuborganini esladim. Men Xudoga o‘zimdagi va yaqinlarim hayotida harakatda bo‘layotgan mo‘‘jizaviy inoyati uchun takror–takror minnatdorchilik bildirdim.
Ana o‘shanda o‘ylanib qoldim: balki Elizabetning asari uni o‘qigan ayollarga ta’sir qilgani kabi, «Xudoning qalbiga mos erkak» asarim ham erkaklarga shunday ta’sir ko‘rsatar? Men o‘quvchilarimni Xudoning Kalomiga itoat hayotimni o‘zgartirib yuborgani kabi, ularning ham hayotini o‘zgartirib yuborishiga ishontira olarmikanman?
Men ushbu asarim sizni Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingizga ilhomlantirishi uchun ibodat qilaman. Umid qilamanki, siz Xudo bilan munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqasiz va U hayotingizning markazi ekanligini anglab, hayotingizni butunlay Unga topshirishga qaror qilasiz. Mana shu birgina qarorning o‘zi hayotingizdagi hamma–hammasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin!
Shuningdek, kun kelib, men “Xudoning qalbiga mos erkak” asarimni o‘qigach, Xudoga bo‘lgan munosabatini, o‘z da’vatini va xotiniga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan ayoldan maktub olishga juda umid qilaman. Mazkur kitobda bayon etgan haqiqatlar er–xotinlik va oilaviy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatgani to‘g‘risida yorqin guvohlik olish istagim ham juda baland.
Ammo hayotingiz hozirdanoq o‘zgara boshlaganiga yanada ko‘proq umid qilyapman, chunki…
endi siz – nafaqat so‘zda, balki amalda ham masihiysiz;
rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz kundan–kun mustahkamlanib bormoqda;
bolalaringizga bo‘lgan sevgingiz va hushyor munosabatingiz ularni o‘zgartirmoqda;
siz sermahsul mehnat qilyapsiz;
jamoatga bo‘lgan sevgingiz sizni yanada g‘ayirlik bilan xizmat qilishga undamoqda;
yaqinlaringiz va qo‘shnilaringiz hayotingizdagi o‘zgarishlarni ko‘rishmoqda, bu esa o‘z navbatida ularni ham o‘zgarishga undamoqda.
Siz qachonki Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lganingizda, rafiqangiz Xudo hayotingizni qanchalik o‘zgartirgani haqidagi quvonchli xabarni barcha tanishlari va do‘stlari bilan baham ko‘rishni istaydi. Umid qilamanki, u menga shu haqda yozadi! Men Masihdagi birodarim Xudoga sodiqligini va haqiqat bilan yashayotganini bilib juda–juda xursand bo‘laman (qarang: 3 Yuhanno 3–4)!
MUHOKAMA VA MULOHAZA UCHUN SAVOLLAR
1 bob. Qalbingiz nimani istydi?
1. Xudo insonning qalbiga boqishi haqidagi haqiqat sizni nimaga o‘rgatadi?
2. Agar bugun o‘lish taqdiringizda bo‘lsa, o‘zingiz uchun qanday epitafiyani tanlagan bo‘lardingiz?
3. Mazkur bobda bayon etilgan qaysi haqiqat sizda ko‘proq taassurot qoldirdi?
2 bob. Ruhan ulg‘ayishni istang
1. Siz o‘zingizni qay darajada ruhan yetuk masihiy deb hisoblaysiz?
2. «Ruhan barkamollikning ijobiy ta’siri» deb nomlangan bobdan parchani o‘qing. Siz ushbu haftada hayotning muayyan jabhalarida ulg‘ayish uchun nimalar qilgan bo‘lardingiz, ya’ni:
Shaxsiy taqvodorlikda –
xotiningiz bilan munosabatda–
odamlar bilan munosabatda –
hamkasblar bilan munosabatda –
3. Mazkur bobda bayon etilgan qaysi haqiqatlar sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
3 bob. Ruhiy ulg‘ayish qanday kechadi
1. Sizningcha, ruhan ulg‘ayishingiz yo‘lida yordam beradigan uchta muhim qadamni ko‘rsating:
1 qadam –
2 qadam –
3 qadam –
2. Ushbu qadamlarni qanday qo‘yish haqidagi farazlaringizni yozing.
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
4 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak
1. Biz mazkur bobda Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi haqida suhbat boshladik va itoat kabi fazilatni ko‘rib chiqdik. Hayotingizning qaysi jabhasida bu fazilatni namoyon etish sizga ko‘proq qiyinlik qiladi? Vaziyatni o‘nglash uchun hozirning o‘zida nimani qo‘llagan bo‘lardingiz?
2. Ibodatgo‘y hayotingizni izga tushirish uchun bugun va shu haftada qanday qadamlar qo‘yishingiz mumkin?
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
5 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak
1. Biz ushbu bobda Xudoning qalbiga mos erkakka xos bo‘lgan uchta fazilatni ko‘rib chiqdik: bu hamd–sanoga to‘lgan qalb; itoatga to‘lgan qalb va xizmat qilishga tayyor qalb. Siz bu fazilatlarda ulg‘ayib boryapsizmi? Agar qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ularni qay tarzda yengib o‘tyapsiz?
2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot uyg‘otdi va nima uchun?
6 bob. Rafiqangizni seving
1. Efesliklarga maktubning 5:22–33 oyatlarini o‘qing. Siz rafiqangizga munosabatingizni quyidagi tarzda o‘zgartirishingiz mumkinmi, ya’ni...
Masih sevgisi – qurbonlik sevgisi,
Masih sevgisi – poklaydigan sevgi,
Masih sevgisi – oziqlantiradigan sevgi,
Masih sevgisi – barqaror sevgimi?
2. «Sevgi» nasridagi she’rni o‘qing. Rafiqangiz sizga bo‘lgan sevgisini shu kabi so‘zlar bilan ifodalay oladimi. Javobingizni izohlang.
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
7 bob. Rafiqangizni seving
1. Bo‘lajak rafiqangizga oshiq bo‘lib yurgan chog‘ingizda his qilgan tuyg‘ularingizni yana qanday uyg‘otish mumkin? O‘zingizni rafiqangiz bilan birinchi uchrashuvda qanday tutgan bo‘lsangiz, ana shu tarzda tutishga harakat qiling.
2. O‘tgan haftada rafiqangiz bilan birgalikda qancha vaqt o‘tkazganingizni eslab ko‘ring.
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
4. Keyingi haftada rafiqangizga uchrashuv belgilang. Mazkur uchrashuvdan so‘ng birga o‘tkazgan vaqtingiz munosabatlaringizni qanchalik mustahkamlagani haqida mulohaza qilib ko‘ring.
5. Sizni va xotiningizni hech kim bezovta qilmaydigan vaqt toping va unga nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni tasdiqlamoqchi ekaningizni bildiring.
8 bob. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang
1. Siz o‘zingiz Xudoda ulg‘ayganingizda, xotiningizning ruhan ulg‘ayishiga ko‘mak berishingiz mumkin. Quyidagi da’vatlarni bajarishdagi muvaffaqiyatingizni qanday baholagan bo‘lardingiz:
Xudoda ulg‘aying –
Xudoda rafiqangizni o‘qib–o‘rgating –
Xotiningiz bilan birgalikda ibodat qiling –
Xotiningizga tushuncha bilan yondashing –
2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
9 bob. Farzandlaringizni seving
1. «Bolalaringizga Xudoga bo‘lgan sevgini singdiring». Sarlavhali bobdan parchalar o‘qing. Ushbu parchadagi nima uni qayta o‘qiganingizda ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. «Farzandlarga qanday ta’sir o‘tkazish mumkin» sarlavhali bobdan parcha o‘qib bering. Mazkur parchadan qaysi maslahatlarga siz ushbu haftada amal qilishingiz mumkin?
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
4. Muqaddas Kitobdan «Bolalar tarbiyasi haqidagi o‘nta amr» sarlavhali parchada keltirilgan oyatlarni toping. Ulardan qaysi birlarini o‘zingiz uchun muhim deb topdingiz? Ularni kichikroq kartochkalarga yozib oling va yodlang.
10 bob. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang
1. Siz mazkur kitobda aytilgan quyidagi da’vatlarga qanday munosabat bildirdingiz?
Farzandlaringiz uchun ruhiy ustoz bo‘ling –
Farzandlaringizga munosib ibrat ko‘rsating –
Farzandlaringizni doimiy boshqaruv bilan ta’minlang –
Farzandlaringizni tartib–intizomga o‘rgating –
Farzandlaringiz uchun ibodatda hamisha vositachilik qiling –
Farzandlaringizni jamoatga olib boring –
Farzandlaringizda ruhiy ziyraklik rivojlanishiga yordam bering –
2. Farzandlaringiz tarbiyasi jarayonida nimanidir yaxshilashingiz kerakmi?
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
11 bob. Mehnatda serg‘ayrat bo‘ling
1. Mazkur kitobdagi ishga xuddi vazifa kabi munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi da’vai ishga munosabatingizga qanday ta’sir qildi?
2. Sizningcha, ish joyingizda Masihning elchisi vazifasini yaxshi bajaryapsizmi? Javobingizni izohlang.
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
4. Korinfliklarga birinchi maktub 10:31 oyatini o‘qing. Uni kartochkaga yozib, ish xonangizda ko‘rinadigan joyga osib qo‘ying. Agar o‘z xonangiz bo‘lmasa, kartochkani cho‘ntagingizga solib, kun davomida vaziyatga qarab shu oyatga murojaat qiling. Bu oyat ishga munosabatingizga qanday ta’sir qilganini tushunishga urining.
12 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang
1. Dovud va Botsheva o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qayg‘uli voqeadan siz qanday xulosa chiqardingiz (qarang: 2 Shoh. 11:1–15)?
2. Siz ishingizda muvaffaqiyatga boshlovchi qoidalarga qay tarzda amal qilishingiz mumkin?
1 qoida.
2 qoida.
3 qoida.
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
13 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang
1. Bo‘azning fazilatlari qayd etilgan parchaga qayting va Rut kitobidan muvofiq keladigan oyatlarni toping. Bo‘azni farqlab turadigan qaysi fazilatlar siz uchun o‘ziga ko‘proq jalb etadigan bo‘lib tuyulyapti? Siz ularni qay tarzda o‘zingizda rivojlantirishingiz mumkin?
2. Boshlig‘ingiz quyidagi mezonlardan qaysi biriga asoslanib, kasbiy faoliyatingizni baholashi mumkin?
Halollik (Xudo ushbu mezon asosida mehnatingizni qanday baholagan bo‘lardi?) –
Sadoqat –
O‘ta aniqlik –
Kasbiy mahorat –
Mehribon qalb –
Ishtiyoq –
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
14 bob. O‘z jamoatingizni seving
1. Mazkur bobdan bilib olganlaringiz jamoatga bo‘lgan munosabatingizga qanday ta’sir qildi?
2. Jamoat hayotida faolroq ishtirok etishga yordam berishga qaratilgan pand–nasihatlarga qay tarzda amal qilishingiz mumkin?
Har yakshanbada jamoatga qatnang –
Saxiylarcha hadya eting –
Doimo ibodatda bo‘ling –
Qunt bilan mehnat qiling –
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
15 bob. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
1. Muqaddas Kitobdan ruhiy in’omlar haqida aytilgan oyatlarni toping. O‘zingizda ruhiy in’omni anglash uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Yana nimalarni qo‘llashingiz zarur?
2. 1 Tim. 3:1–7 va Tit. 1:6–9 oyatlarini diqqat bilan o‘qib chiqing. Undagi xizmat yetakchilariga qo‘yilgan talablarga e’tibor qarating. Siz “vazifani biroz murakkablashtirish”ga tayyormisiz? Qayd etilgan fazilatlardan qaysi biri sizga yetishmaydi?
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
16 bob. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating
1. O‘zingizni xodim sifatida o‘n shkalali daraja bilan baholang.
2. Sizningcha, kasbiy jabhadagi muvaffaqiyat Xushxabar tarqatishingizda yordam berishi mumkinmi?
3. Hali Iso Masihga imon keltirmagan uchta hamkasbingiz haqida o‘ylang. Ularning nomlarini yozib qo‘ying. Ularga “yaqin” bo‘lishingiz uchun sizga nima zarur ekanligini aniqlang va Xushxabarni ularga yetkazish usullarini topishga urining.
4. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
17 bob. Ko‘priklar o‘rnating
1. Siz ega bo‘lgan Xushxabarning qudratli vositasi, shubhasiz, – sizning imondagi shaxsiy guvohligingizdir. Quyida keltirilgan rejada foydalanib, uni qisqacha bayon etishga urining. Xudodan biror kishi bilan bu guvohlikni baham ko‘rishingizga imkoniyat berishini so‘rang.
2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
18 bob. Xudoning sizning hayotingizga tegishli rejasi
1. Xudoning sizning hayotingizga taalluqli rejasi borligi haqidagi haqiqatni qanday qabul qilasiz?
2. Sizningcha, bu reja nimadan iborat?
3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
19 bob. «Ishonchli odamlarga topshirgin»
1. Iso – barcha shogirdlar orasida eng buyuk Shogird, biz ergashishimiz lozim bo‘lgan, taqlid qilishimiz kerak bo‘lgan namuna. U o‘n ikkita shogirdni tanlab olishidan avval qanday muhim qadamlar qo‘ygan?
2. Shunday matal bor: «Ta’sir qilish – munosabatlar mevasi». Bu farzandlaringizga va atrofingizdagi odamlarga bo‘lgan munosabatda nimani anglatadi?
3. Biz nega itoat – anglash yo‘lidagi ilk qadam deb aytishimiz mumkin?
4. Ustozlik sizdan o‘zingizni to‘lig‘icha shogirdlaringizga bag‘ishlashingizni talab etadi. Siz shunday yo‘l tutasizmi? Sizdagi vaziyatda mukammallashish mumkinmi?
5. Zabur kitobining 89:12 oyatida aytilgan: «Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin…» O‘zingizning vaqt o‘tkazish tartibingizga qanday yondashasiz? Nimanidir yaxshi tarfga o‘zgartirishingiz kerakmi? Shu maqsad yo‘lida nimani qo‘llamoqchisiz?
6. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun?
MUQADDAS KITOBNI QANDAY O‘RGANISH MUMKIN?
Bir qancha amaliy maslahatlar
Xudoni anglash va U bilan munosabatlarni chuqurlashtirish – ko‘proq darajada munosib va hatto muqaddas bo‘lgan ishlardan biri bo‘lib, har bir imonli o‘zini bunga bag‘ishlamog‘i lozim. Mazkur ishdagi muvaffaqiyatga eltuvchi eng yaxshi yo‘l – Xudo O‘zini ochadigan va butun insoniyatga bo‘lgan rejasini e’lon qiladigan Muqaddas Kitobni o‘qishdir. Muqaddas Kitobni o‘qishning ko‘plab usullari bor, ammo tushunilishi osonroq va amaliy bo‘lgan usullar uchta oddiy qadamdan iborat:
1 qadam. Kalom matnlarining xususiyatini o‘rganish.
2 qadam. Kalom matnlarini tushuntirish.
3 qadam. Kalom matnlarini qo‘llash.
Kalom matnlarining xususiyatlarini o‘rganish – Muqaddas Kitobning mohiyatini anglash yo‘lidagi birinchi va eng muhim qadam. Kalomni o‘qiyotganda, unda nimalar aytilganini o‘ylab ko‘rishingiz lozim. Shu bilan birgalikda, quyidagilarga o‘ta muhim e’tibor qaratish kerak:
Bunday kuzatuvlardan so‘ng o‘zingizga to‘rtta savol berishingizga to‘g‘ri keladi:
Siz o‘zingizga bu savollarni berib, u yoki bu so‘zning matnda qanday ma’noda foydalanilganini va uning umumiy uyg‘unligini tushunishingiz mumkin. Bu savollarga javoblar o‘z tasavvuringizda matndagi voqealarni va ular qanday kechganini tasavvur qilishingizga yordam beradi.
Va nihoyat, sizda matnga nisbatan qo‘shimcha savollar tug‘ilishi mumkin. Aynan ular sizga matnning xususiyatini o‘rganishdan (uni egallashning birinchi bosqichidan) uni anglashga (ikkinchi bosqichga) o‘tishingiz uchun ko‘prik o‘rnatishingizga yordam beradi.
Kalom matnlarini anglash – bu Muqaddas Kitob matnlarining ma’nosini ochish, asosiy fikrlarining namoyon bo‘lishi demakdir. Matning xususiyatlarini o‘rganish davomida yuzaga keladigan savollar sizga uning ma’nosini ochishingizga yordam beradi. Muallifning asosiy fikrlarini tushunishingizga quyidagi beshta qadamlar ham ko‘mak beradi:
●
Kalom matnlarini qo‘llash – bu Muqaddas Kitobni o‘rganish uchun siz bajarishga qaror qilgan vazifa. Siz hayotingiz yaxshi tarafga o‘zgarishini xohlaysiz. Siz Xudoga itoatkor bo‘lishni va Iso Masihga o‘xshashni har kuni tobora ko‘proq xohlaysiz. Muqaddas Kitob matnlarining xususiyatini o‘rganib chiqqaningizdan va uning ma’nosini anglab yetkaningizdan so‘ng, vundagi haqiqatlarga qay tarzda amal qilishni tushunib yetmog‘ingiz zarur.
Kalomning u yoki bu oyatlarini o‘rganayotganda, o‘zingizga to‘rtta savolni berishingiz shart:
Matnda bayon etilgan haqiqat mening Xudo bilan munosabatimga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi kerak?
Bu haqiqat yaqinlarim bilan munosabatimga qanday ta’sir etishi kerak?
Bu haqiqat mening o‘zimga qanday ta’sir etishi kerak?
Bu haqiqat dushmanim – shayton bilan kurashishimda qaday yordam berishi kerak?
Biroq bu savollarga javob berishning o‘zi yetarli emas – Xudo sizga O‘z Kalomida ochganlarini hayotingizga singdirishingiz lozim. Albatta, siz Kalomdan bilib olgan barcha haqiqatlarni darhol qo‘llashning iloji yo‘q; ammo siz, shak–shubhasiz, buni qadamba–qadam, kunma–kun qilishingiz mumkin. Agar siz shu tarzda yo‘l tutsangiz, Xudo tirishqoqligingiz uchun marhamatlaydi. Bunday marhamat esa, aytib o‘tganimizdek, siz Iso Masihga tobora ko‘proq o‘xshab borishingizda namoyon bo‘ladi.
MUQADDAS KITOBNI O‘QISHNING YILLIK REJASI
Yanvar Ibtido
1 1–3
2 4–7
3 8–11
4 12–15
5 16–18
6 19–22
7 23–27
8 28–30
9 31–34
10 35–38
11 39–41
12 42–44
13 45–47
14 48–50
Chiqish
15 1–4
16 5–7
17 8–11
18 12–14
19 15–18
20 19–21
21 22–24
22 25–28
23 29–31
24 32–34
25 35–37
26 38–40
Levilar
27 1–3
28 4–6
29 7–9
30 10–13
31 14–16
Fevral
1 17–20
2 21–23
3 24–27
Sahroda
4 1–2
5 3–4
6 5–6
7 7–8
8 9–10
9 11–13
10 14–15
11 16–17
12 18–19
13 20–21
14 22–23
15 24–26
16 27–29
17 30–32
18 33–36
Qonunlar
19 1–2
20 3–4
21 5–7
22 8–10
23 11–13
24 14–16
25 17–20
26 21–23
27 24 –26
28 27–28
Mart
1 29–30
2 31–32
3 33–34
Yoshua
4 1–4
5 5–7
6 8–10
7 11–14
8 15–17
9 18–21
10 22–24
Hakamlar
11 1–3
12 4–6
13 7–9
14 10–12
15 13–15
16 16–18
17 19–21
Rut
18 1–4
1 Shohlar
19 1–3
20 4–6
21 7–9
22 10–12
23 13–14
24 15–16
25 17–18
26 19–20
27 21–23
28 24–26
29 27–29
30 30–31
2 Shohlar
31 1–3
Aprel
1 4–6
2 7–10
3 11–13
4 14–15
5 16–17
6 18–20
7 21–22
8 23–24
3 Shohlar
9 1–2
10 3–5
11 6–7
12 8–9
13 10–12
14 13–15
15 16–18
16 19–20
17 21–22
4 Shohlar
18 1–3
19 4–6
20 7–8
21 9–11
22 12–14
23 15–17
24 18–19
25 20–22
26 23–25
1 Solnomalar
27 1–2
28 3–5
29 6–7
30 8–10
May
1 11–13
2 14–16
3 17–19
4 20–22
5 23–25
6 26–27
7 28–29
2 Solnomalar
8 1–4
9 5–7
10 8–10
11 11–14
12 15–18
13 19–21
14 22–25
15 26–28
16 29–31
17 32–33
18 34–36
Ezra
19 1–4
20 5–7
21 8–10
Naximiyo
22 1–3
23 4–7
24 8–10
25 11–13
Ester
26 1–3
27 4–7
28 8–10
Ayub
29 1–4
30 5–8
31 9–12
Iyun
1 13–16
2 17–20
3 21–24
4 25–30
5 31–34
6 35–38
7 39–42
Zabur
8 1–8
9 9–17
10 18–21
11 22–28
12 29–34
13 35–39
14 40–44
15 45–50
16 51–56
17 57–63
18 64–69
19 70–74
20 75–78
21 79–85
22 86–90
23 91–98
24 99–104
25 105–107
26 108–113
27 114–117
28 118
29 119–134
30 135–142
Iyul
1 143–150
Hikmatlar
2 1–3
3 4–7
4 8–11
5 12–15
6 16–18
7 19–21
8 22–24
9 25–28
10 29–31
Voiz
11 1–4
12 5–8
13 9–12
Qo‘shiq
14 1–4
15 5–8
Ishayo
16 1–4
17 5–8
18 9–12
19 13–15
20 16–20
21 21–24
22 25–28
23 29–32
24 33–36
25 37–40
26 41–43
27 44–46
28 47–49
29 50–52
30 53–56
31 57–60
Avgust
1 61–63
2 64–66
Yeremiyo
3 1–3
4 4–6
5 7–9
6 10–12
7 13–15
8 16–19
9 20–22
10 23–25
11 26–29
12 30–31
13 32–34
14 35–37
15 38–40
16 41–44
17 45–48
18 49–50
19 51–52
Marsiya
20 1–2
21 3–5
Hizqiyol
22 1–4
23 5–8
24 9–12
25 13–15
26 16–17
27 18–20
28 21–23
29 24–26
30 27–29
31 30–31
Sentabr
1 32–33
2 34–36
3 37–39
4 40–42
5 43–45
6 46–48
Doniyor
7 1–2
8 3–4
9 5–6
10 7–9
11 10–12
Xo‘sheya
12 1–4
13 5–9
14 10–14
15 Yo‘el
Amos
16 1–4
17 5–9
18 Obodiyo va i Yunus
Mixo
19 1–4
20 5–7
21 Noxum
22 Zafaniyo
23 Zafaniyo.
24 Xaggey.
Zakariyo
25 1–4
26 5–9
27 10–14
28 Malaki
Matto
29 1–4
30 5–7
Oktabr
1 8–9
2 10–11
3 12–13
4 14–16
5 17–18
6 19–20
7 21–22
8 23–24
9 25–26
10 27–28
Mark
11 1–3
12 4–5
13 6–7
14 8–9
15 10–11
16 12–13
17 14
18 15–16
Luqo
19 1–2
20 3–4
21 5–6
22 7–8
23 9–10
24 11–12
25 13–14
26 15–16
27 17–18
28 19–20
29 21–22
30 23–24
Yuhanno
31 1–3
Noyabr
1 4–5
2 6–7
3 8–9
4 10–11
5 12–13
6 14–16
7 17–19
8 20–21
Havoriylar
9 1–3
10 4–5
11 6–7
12 8–9
13 10–11
14 12–13
15 14–15
16 16–17
17 18–19
18 20–21
19 22–23
20 24–26
21 27–28
Rimliklar
22 1–3
23 4–6
24 7–9
25 10–12
26 13–14
27 15–16
1 Kor.
28 1–4
29 5–7
30 8–10
Dekabr
1 11–13
2 14–16
2 Kor.
3 1–4
4 5–9
5 10–13
Gal.
6 1–3
7 4–6
Ef.
8 1–3
9 4–6
10 Flp.
11 Kol.
12 1 Sal.
13 2 Sal.
14 1 Tim.
15 2 Tim.
16 Titus va Fil.
Ibroniylar
17 1–4
18 5–8
19 9–10
20 11–13
21 Yoqub
22 1 Butrus
23 2 Butrus
24 1 Yuhanno
25 2, 3 Yuhanno, Yahudo
Vahiy
26 1–3
27 4–8
28 9–12
29 13–16
30 17–19
31 20–22
IZOHLAR
1 bob. Qalbingiz nimani istaydi?
1. J. Oswald Sanders,
2. Eleanor L. Doan,
3. Kenneth W. Osbeck,
4. D.L. Moody,
2 bob. Imonda ulg‘ayishni istang
1. Robert Van de Weyer, ed.,
3 bob. Ruhan ulg‘ayish qanday kechadi
1. By George Liddell as cited in J. Oswald Sanders,
4 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak
1. J.C. Ryle as cited in Terry W. Glaspey,
2. J. Oswald Sanders,
3. Glaspey,
4. John Oxenham as cited in J. Allan Petersen,
5 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak
1. Istochnik neizvesten.
2. Herbert Lockyer,
3. Richard Mayhue,
6 bob. Rafiqangizni seving
1. Stuart Scott,
2. Scott,
3. Cited from
7 bob. Rafiqangizni seving
1. Kenneth Kilinski as cited by Roy B. Zuck,
2. Dwight Small as cited by Sherwood Eliot Wirt and Kersten Beckstrom,
3. Avtor neizvesten, as cited by J. Allan Petersen, ed.,
8 bob. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang
1. John MacArthur,
9 bob. Farzandlaringizni seving
1. Christopher N. Bacorn, “Dear Dads: Save Your Sons,”
2. Tedd Tripp,
3. Dennis and Dawn Wilson,
4. Tripp,
5. Richard Baxter as cited by Wilson,
6. J. Daniel Banon as cited by Roy B. Zuck,
10 bob. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang
1. J.I. Packer,
2. Tedd Tripp,
3. John MacArthur,
4. Benjamin R. De Jong,
11 bob. Serg‘ayrat bo‘ling
1. John Trent as cited in William Nix,
2. J. Allan Petersen,
3. Petersen,
4. John MacArthur,
5. Nix,
6. Neizvestnыy avtor, as cited by Petersen,
12 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang
1. J. Allan Petersen,
13 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang
1. Kent Hughes,
2. Jeremiah Burroughs,
3. Gary Inrig,
4. Don Baker,
5. Charles R. Swindoll,
6. Hughes,
14 bob. O‘z jamoatingizni seving
1. “I Love Thy Kingdom, Lord!” hymn by Timothy Dwight.
2. Eleanor L. Doan,
15 bob. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
1. G. Abbott–Smith,
2. Abott–Smith,
3. “Rise Up, O Men of God!” hymn by William Merrill.
16 bob. Yaqinlaringizga Xushxabar tarqating
1. Arthur McPhee,
2. Francis Schaeffer,
17 bob. Ko‘priklar o‘rnating
1. Adapted from Paul Little,
2. From an unknown issue of
19 bob. «Ishonchli odamlarga topshirgin»
1. Billy Graham, istochnik neizvesten.
MUNDARIJA
Salomlashuv
I qism. Xudoni izlang
01. Qalbingiz nimani istaydi?
02. Imonda ulg‘ayishni istang.
03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda?
04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?
05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak?
II qism. Xudoning xohishini bajaring.
Rafiqangiz
06. Rafiqangizni seving
07. Rafiqangizni seving
08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang.
Farzandlaringiz
09. Farzandlaringiz
10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang.
Mehnatingiz
11. G‘ayrat bilan mehnat qiling
12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang.
13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang
Jamoatingiz
14. Jamoatingizni seving
15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling
Masih haqidagi guvohligingiz
16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating
17. Ko‘priklar o‘rnating
III qism. Xudoning rejasi
18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi.
19. «Sodiq odamlarga yetkazing»
Xotima
Mulohaza va muhokama uchun savollar
Muqaddas Kitobni qanday o‘rganish mumkin. Bir qancha amaliy maslahatlar
Muqaddas Kitobni o‘qishning yillik rejasi
Izoh