JIM JORJ XUDONING QALBIGA MOS ERKAK O‘zingizni hayotdagi eng muhimlariga bag‘ishlang Mazkur asarimni o‘z kuyovlarimga – Xudoning qalbiga mos erkak nomiga loyiq bo‘lgan Pol Says va Pol Zangliga bag‘ishlayman. Qadrdonlarim, men sizlarni qandayligingizcha bilsam, ya’ni xuddi shunday ajoyib turmush o‘rtog‘i, ota, masihiy va imon yetakchisi bo‘lib qolishlaringizni istayman. Shuningdek, yaqin do‘stim, ilhombaxsh va Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan Stiv Millerga samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolaman. SALOMLASHUV Inson hayotidagi har qanday yirik muvaffaqiyat undan o‘z ishiga bo‘lgan fidoyi sadoqatni talab etadi. Men hayotingizda shunday yutuqlar bo‘lganiga ishonaman. Ehtimol, siz xususiy firmangizni ochmoqchi bo‘lgandirsiz, balki yangi ish topishni, kompaniyangizning ixtisosligini o‘zgartirishni yoki oilangizni yangi yo‘nalishda boshlab borishni istagandirsiz. Nimaiki bo‘lmasin, siz, hoynahoy, ayrim ikkilanishlarga duch kelgan bo‘lsangiz kerak: kechagina ish boshlashga oshiqib turgan edingiz, bugun esa o‘z beqarorligingizga asir bo‘lib o‘tiribsiz. Biroq yakuniy qarorga kelganingiz zahoti, oldinga intilasiz va hech nimadan afsus chekmaysiz, negaki o‘z mehnatingizning munosib natijasini ko‘rgan bo‘lasiz. Ushbu asar sahifalarida biz bir necha bora gapirib o‘tadigan Muqaddas Kitob qahramoni Dovud o‘z ishiga bo‘lgan fidoyi sadoqatning haqiqiy ma’nosini chuqur tushungan. Bu ilohiy erkak o‘z Xudosiga ma’bad qurish uchun yer egallab olmoqchi bo‘lgan, biroq Dovud shoh bo‘lgani bois, yer sotadigan odam undan haq olishni istamagan. Lekin Dovud tushungan: qurbonlik qancha katta bo‘lsa, marhamat ham shunchalik ulkan bo‘ladi, shu bois Dovud aytgan: «…Tekin tushgan qurbonliklarni Egam Xudoga kuydirib nazr qilmayman» (2 Shoh. 24:24). Men qo‘lingizda siz hozir ushlab turgan kitobni nashr etish imkoniyatim paydo bo‘lganidan juda xursandman. Unda men deyarli chorak asrdan buyon o‘z xizmatim mobaynida amal qilib kelayotgan imon qoidalari haqida so‘z yuritiladi. Men uchun Muqaddas Kitob qoidalariga tayanib, erkaklarni haq yo‘lga boshlash, mashaqqatlarni yengib o‘tishlarida yordam berish va ularga imonda ulg‘ayish yo‘llarini ko‘rsatish katta sharafdir. Bunday saboqni o‘zlashtirib olgan ko‘plab odamlar imonda va oilaviy hayotda, kasbiy faoliyatlari va xizmatda mo‘l–ko‘l marhamatga erishdilar. Ulardan hech biri ilk pallada bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan mashaqqatlar haqida ham, haqiqatni egallash uchun chekkan zahmatlari haqida ham vaqt o‘tib afsus chekkan emaslar. Hozir esa men sizga murojaat qilmoqchiman, hurmatli o‘quvchim. Men sizlarni o‘zim bilan g‘aroyib sayohatga taklif qilaman. Biz imonda ulg‘ayish yo‘li orqali Xudoga boramiz. Masihga ishonadigan erkak Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish uchun da’vat etilgan! Siz ushbu asarni o‘qib, quyidagilarni bilib olasiz… • Xudoning qalbiga mos erkakning hayot yo‘li qanday; • U o‘z hayotini qay tarzda qurishi kerak; • Muqaddas Kitobda Xudoning qalbiga mos erkak deb atalgan Dovud qanday odam bo‘lgan. Siz o‘zingizni Xudoga to‘liq bag‘ishlashga va Uning xohishini bosh tortmay bajarishga qaror qilganingizda, butun hayotingiz Xudoning marhamati bilan qay tarzda to‘layotganini ko‘rasiz (qarang: Havoriylar. 13:22). Xudo sizni ruhlantirsin va oliy hayotiy maqsad – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingiz qarorida sizni mustahkamlasin! Masihdagi birodaringiz va hamrohingiz Jim Jorj I QISM. XUDONI IZLANG Kalomda Xudoning odamni izlashi haqida ko‘p bora aytilgan. Odamlarni emas, balki aynan odamni. O‘ziga xos odamni. Hammani emas, alohida shaxsni. Xudo O‘zining ilohiy talablariga javob beradigan, shogirdlikning og‘irligini o‘z zimmasiga oluvchi va shu og‘irliklarga daxldor barcha bog‘liqliklarni o‘z zimmasiga olishga tayyor odamni topganida, U o‘sha odamda harakat qiladi va uning yaqqol nomukammalliga qaramay, u orqali qudratli faoliyatini amalga oshiradi. Osvald Sanders 1. QALBINGIZ NIMANI ISTAYDI? …Essay o‘g‘li Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi. Havoriylar. 13:22 Men o‘n ikki yoshda ekanligimda, biz butun oilamiz bilan sayohatga jo‘nadik (bu bolalik yillarimda butun oilamiz bilan o‘tkazgan yagona safar bo‘lgan). Biz Oklaxoma shtatining Mayami shahridagi uyimizdan chiqib Kanzas–Sitidagi Doj–Sitida yo‘l–yo‘lakay to‘xtagancha, Kolorado shtati tomon yo‘lga tushdik. Biz taniqli jinoyatchilar dafn etilgan mashhur «But–Xill» qabristoniga kirib o‘tish uchun Amerikaning bu ko‘hna shahrida to‘xtadik. Men qabrtoshiga o‘yib yozilgan ushbu so‘zlarni hanuz eslayman: Bu yerda Qariya Jo dafn etilgan. U botinkalarida vafot etgan*. ___________________________ * «Botinkalarda vafot etish» – “xizmatda o‘lish” yoki “tajovuz oqibatida o‘lish” ma’nosini bildiradi. – Satr ostidagi bu va keyingi izohlar tarjimonga tegishli. Tasavvur qiling–a, ushbu qabrning chetlaridan bir juft botinka chiqib turibdi! Men keyinchalik Qariya Jo aslida bu qabristonda dafn etilmaganini va qabrtoshidagi yozuv “epitafiya“ deya atalib, “marhum xotirasining qisqacha mazmuni” ekanligini bilib oldim. «But–Xill» qabristonidagi o‘sha unutilmas damlar menda epitafiyalar to‘plashga qiziqish uyg‘otdi. Mana, misol uchun, eramizga bo‘lgan V asrda Fermopildagi jangda halok bo‘lgan spartalik qahramonlarning qabriga qadimgi yunon shoiri shunday yozgan: O, beozor yo‘lovchi, spartaliklarga borib aytgin sen, Bu yerda biz, Qonunga itoatkorlar, ulug‘lanamiz. Mana bu epitafiya esa buyuk ingliz shoiri Shekspirga bag‘ishlangan: Shekspir nafaqat bizga berilgan, Tegishlidir u bo‘lg‘usi asrlarga ham*. ___________________________ * Ben Jonsonning (1572–1637) «Sevimli muallifim, ustoz Uilyam Shekspir xotirasi va uning bizga qoldirgan merosi haqida» poemasidan. Yevgeniya Koryukina tarjimasi( yangi tahririyat, 2009 g.). Men yoshligimda aniq fanlarni o‘rganganman va menga bir erkak olimga bag‘ishlangan epitafiya juda yoqadi. Bu odam ilm–fanga xizmat qilib, uzoq yashagan (u sakson besh yoshida vafot etgan) va kimdir uning iqtidori qarshisida bosh egib, haqiqat izlovchining qabr toshiga shu so‘zlarni o‘yib yozgan: U o‘rganayotib vafot etdi. Aksariyat epitafiyalar marhumlarni tanigan odamlar tomonidan yozilgan, amerikalik davlat arbobi Bendjamin Franklin esa o‘z epitafiyasini o‘zi yozgan: Matbaachi B.Franklin jasadi, Xuddi sahifalarsiz, ammo tillarang, zarhal bosma naqsh tushirilgan Eski kitob sahifasi kabi – Chuvalchanglar uchun ozuqa bo‘lib Dafn etilgandir mana shu yerga. Lek uning mehnati zoye ketmagay, Yorug‘likni, nurni ko‘rajak yana, Qayta tahrirdagi va tuzatilgan Yangi, yaxshilangan nashr holida, Muallif2 Mening to‘plamimda hazilnamo epitafiyalar ham bor, misol uchun: Hamma yasanib–bezanib olgan, ammo boradigan joyning o‘zi yo‘q. Va yana: Yodingda tut, yo‘lovchi, Men ham sendek edim qachondir, Tezda sen ham bo‘lasan mendek, Shu sababli, tayyor bo‘lib ajalga, Kelaqolgin mening ortimdan. Ushbu epitafiyaga kimdir shu satrlarni qo‘shibdi: Qayoqqa ketganingni toki bilmasdan, Bormoqchi emasman sening ortingdan. Biroq, menga ma’lum eng ulug‘vor va ayni vaqtda eng sirli epitafiyalardan biri Muqaddas Kitobda keltirilgan bo‘lib, uni Xudoning O‘zi aytgan. Bu so‘zlar Qadimgi Ahdning eng yorqin qahramonlaridan biri shoh Dovud xotirasiga bag‘ishlangan. Xudo Dovud haqida shunday deydi: …Essay o‘g‘li Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi (Havoriylar. 13:22). Biz shoh Dovuddan nimani o‘rganishimiz lozim? Shoh Dovud hayotining bayoni – o‘ta qiziqarli va ibratli mutoaladir. Uning hayoti hayratomuz, maftunkor sarguzashtlarga to‘la. Dovud o‘smirlik paytidayoq pahlavon Go‘liyotni mag‘lub etgan. Kunlardan birida otasini himoya qilayotib, sherni jarohatlagan, boshqa safar esa ayiq bilan olishib g‘olib chiqqan. Dovud hayotining tarixi – qachonlardir oddiyligi bois noma’lum bo‘lgan insonning ulug‘lanishi va shon–shuhrati haqida hikoya qiladigan yorqin epopeyadir. U hayot yo‘lining boshida cho‘pon bo‘lgan, biroq Xudo uni O‘z xalqi ustidan shoh darajasiga ko‘tarishni ma’qul ko‘rdi. Dovud buyuk jangchiga aylandi va aynan uning hukmronligi davrida avval kichik xalq bo‘lgan isroilliklar qudratli davlatga ega bo‘lishdi. Bu shohlik Masihgacha bo‘lgan davr va Masih zamonlarida Yaqin Sharqning katta qismiga tarqaldi. Ammo Dovud shon–shuhratga shu bois ham sazovorki, Xudo u haqda qachonlardir shunday degan: «…Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim…» Avval aytib o‘tganimdek, bu so‘zlar menga jumboqli bo‘lib tuyuladi. Xudoning bu so‘zlari Dovudga va uning hayot yo‘liga bo‘lgan Uning marhamatidan dalolat beradi. Bu hayron qoldiradi, vaholanki Dovud hamisha ham diyonat bilan ish tutmagan. Agar siz uning hayoti haqida hech nima bilmasangiz, buni tasdiqlaydigan bir qancha voqea–hodisalardan misol keltirishimga ijozat bering: • Dovud jangchi bo‘lib, «ko‘plab qon to‘kkan» (qarang: 1 Shoh. 22:8). • Dovud Botsheva ismli ayol bilan zino qilgan (qarang: 2 Shoh. 11:4). • Dovud keyinchalik Botshevaning o‘zidan homilador ekanligini bilib, javobgarlikdan qutulish maqsadida ayolning erini xavf–xatarli jang maydonida qoldirishni buyurgan. Shu buyruq tufayli ayolning eri halok bo‘lgan (qarang: 2 Shoh. 11:5–17). • Dovudning ko‘plab xotinlari bo‘lgan (qarang: 2 Shoh. 3:1–5). • Dovud o‘z bolalariga yetarlicha e’tibor qaratmagan, shu bois oilasida janjallar ko‘p bo‘lgan. Bu holat o‘z ortidan fojeaviy oqibatlarni olib kelgan (qarang: 2 Shoh. 13:15–18, 28–29; 18:33). • Dovud Xudoning amrini buzadi va mag‘rurlikka berilib, o‘z qo‘shinini sanab chiqadi. Buning oqibatida yetmish ming isroilliklar o‘lat kasalligidan vafot etadi (qarang: 2 Shoh. 24:10, 15). Ammo baribir Xudo aytadi: «…Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim…» Bu so‘zlar hozirgina aytilgan boshqa barcha so‘zlar bilan qanday kelisha oladi? Xudo qanday qilib bunday odamga xayrihoh bo‘lishi mumkin? Ha, Dovudning o‘ziga xos moyilliklari va kamchiliklari bo‘lgan. Bu odam sodir etgan nopokliklarga bizlarning aksariyatimiz aslo qo‘l urmagan bo‘lardi, biroq Dovud halol bo‘lishga intilgan! U Xudoni sevgan va chin qalbdan Uning xohishini bajarishni istagan! Xudo aynan shunday odamni izlaydi (qarang: Yeremiyo. 5:1–9). U bizdan mukammallikni kutmaydi, Dovudning hayoti buning yorqin isbotidir. Zero, Dovudning har qanday gunoh va xatoliklariga qaramay, Xudo uning qalbiga nazar tashlashi va Uning qalbidagi erkak shu ekanini, ya’ni Xudoni sevadigan va Uning xohishini samimiy ado etadigan erkak ekanini aytishi mumkin. Xudo inoyatining qudrati Qadrli birodar, biz yuqorida aytilganlarning barida Xudoning inoyatini ko‘ramiz. Bunga boshqacha izoh yo‘q! Dovud o‘z ishlari bilan Xudoning marhamatiga munosib emas, lekin uning qalbi Xudoga yoqadigan muqaddas intilishlar bilan harakatlanadi. Dovud garchi ba’zan qoqilib yiqilsa–da, Xudoning istagini bajarishni istaydi. Hozir esa sizga muhim savolni beraqolay: siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istaysizmi? Boshqacha aytganda, butun qalbingiz bilan Xudoning istagini bajarishni xohlaysizmi? Buning imkoni sizga amalga oshirib bo‘lmaydigandek tuyulishi mumkin, biroq birgina siz bunday fikrda emassiz. Ehtimol, ruhiy hayotda orqaga ikki qadam tashlab, bir qadam oldinga yurishlik sizga xosdir. O‘tmish gunohlaringiz va xatolaringiz tufayli hech qachon Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lolmasligingiz taxmin qilishingiz mumkin. Bunday holatda bu maqsad sizga yetishib bo‘lmasdek tuyuladi. Ammo Xudo Dovudning qalbiga nazar tashlaganini siz unutmang. Xudo hayotingizni baholab, qalbingizga nazar soladi! Xudoning inoyati bizni har qanday vaqtda qo‘llab–quvvatlaydi va mustahkamlaydi. Aynan shu haqiqatni anglashdan ulug‘vor va shavkatli maqsad sari – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish sari yo‘l boshlanadi. Xudo Jon Nyutonga o‘z inoyatini qay tarzda namoyon etgan Jon Nyuton chindan ham g‘aroyib taqdirga ega. Bu hikoya Xudo O‘zining ta’sirchan va ilhombaxsh inoyatini qanday namoyon etgani haqidadir. Bu odam tuzalmas gunohkor edi. Kasbi – qulfurush. U qo‘pol, serhissiyot, ahloqsiz bo‘lgan. Nyuton keyinchalik o‘zi haqida gunohga botgan bir jirkanch odam haqida so‘z borayotgandek gapirgan. Ammo uning hayoti tubdan o‘zgargan kun ham yetib kelgan: Xudoning istagi bilan dengizda bo‘ron ko‘tarilib, bu qahri qattiq qulfurushning yuragi titrab ketgan. Nyutonning o‘zi guvohlik berishicha, tabiat hodisasi unga o‘chmas ta’sir ko‘rsatgani natijasida u Xudoga yuzlanib, chin ko‘ngildan tavba qilgan va gunohkorona hayotdan qat’iy voz kechgan. Bu gunohkor odamning Xudoga yuzlanishiga Foma Kempiyskiyning “Masihga taqlid haqida” kitobini o‘qib chiqqani ham yordam bergan. Jon Nyuton qalbini o‘zgartirgan Xudo inoyatining kuchi va ulug‘vorligidan tinimsiz hayratda edi. U o‘z hayratini quyida keltirilgan “O, inoyat!” nomli mashhur qasidada ham ifoda etgan: O, inoyat! Sen tufayli men Falokatlar girdobidan qutulganman. Mo‘‘jizadir – men o‘likdan tirik bo‘ldim, So‘qir edim – nur, yog‘duni ko‘rar bo‘ldim. Dastlab qalbni egalladi qo‘rquv, titroq, So‘ngra berding xotirjamlik, halovatni. Daryo kabi oqqan Sening olamingda Yig‘lab–yig‘lab to‘kdim qalbim dardlarini3. Aytishlaricha, sakson ikki yoshga kirgan Nyuton o‘limidan biroz avval ilohiyotdan saboq bergan va uning va’zlarida shunday so‘zlar yangragan: «Men keksaydim va xotiramni deyarli yo‘qotdim, biroq men shuni hech qachon unutmayman: men – buyuk gunohkorman –Masih esa – buyuk Najotkor!» Ushbu ta’sirchan so‘zlar Xudoning qalbiga mos erkak deb atalishga haqli bo‘lgan insonga tegishlidir! Xudo Dovudning qalbiga qanday nazar solgan bo‘lsa, Jon Nyutonning qalbiga ham shunday nigoh bilan boqqan, xuddi shundayin, U sizning ham yuragingizga nazar soladi. Xudo sizga O‘z inoyatini qay tarzda namoyon etadi Men esa hozir sizlarga bir qancha jiddiy savollar bermoqchiman. 1 savol. Xudo hayotingizga nazar solganida, nimalarni ko‘rmoqchi bo‘ladi? Xayriyatki, U hayotingizda mukammallikni ko‘rmoqchi emas. Masihiy bo‘lish mukammal bo‘lish shart ekanini bildirmaydi. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda komil bo‘lgan birorta ham inson yo‘qligi aytilgan (qarang: Rim. 3:10). Barcha odamlar – Dovud ham, men ham, siz ham – gunohkorlarmiz! Har bir odam Xudoga itoatsizligini ko‘rsatadi, aynan ana shu gunoh Dovudni ham, meni ham, sizni ham Xudodan yiroqlashtiradi. Buni anglash o‘ta og‘ir, ammo baribir barchamizda ham umid bor. Nomukammallik bo‘lmagan yagona Inson – bu Xudoning Yagona O‘g‘li, Iso Masihdir. U chindan ham Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan. Hamisha va har doim Otaga manzur bo‘ladigan tarzda ish tutgan. Iso cho‘mdirilganida, Xudo aytgan: «Bu Mening Sevikli O‘g‘limdir. Undan nihoyatda mamnunman» (Matto 3:17). Iso mukammal va begunoh bo‘lgani bois, Unda bizning gunohlarimiz uchun o‘lish huquqi bor edi. U o‘ladiganlar uchun jazoni O‘ziga oldi. Muqaddas Kitobda aytilganki, «...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi» (Rim. 5:8). Iso bizning gunohlarimiz uchun mukammal Qurbonlik edi. Uning amalga oshirganlariga ko‘ra, bizlar gunohdan poklanaylik va «inoyatli Xudoyimizning taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik. Shunda U bizga marhamat ko‘rsatadi. Uning inoyati zarur vaqtda bizga yordam beradi» (Ibroniylar. 4:16.). Bu ajoyib! 2 savol. Masihiy bo‘lish nimani anglatadi? Bu savolga bir qancha so‘zlar orqali javob qaytarish mumkin. Bu demak… • Xudoga va Uning inoyatiga umid qilmoq (qarang: Efesliklar. 2:8–9); • gunohga tavba qilib, undan yuz o‘girmoq; • Xudo O‘g‘lining o‘limi orqali bizga namoyon bo‘lgan Xudoning abadiy hayot in’omini qabul qilish; • Xudoning rahm–shafqati va kechirimini qabul qilish; • Xudoning inoyati bilan yashash. Agar siz masihiylikni qabul qilgan bo‘lsangiz, bu sizning endi hech qachon gunoh qilmasligingizni bildirmaydi. Siz ham mendek ba’zan gunoh qilasiz, ammo endi gunoh bilan hayot kechirmaysiz. Nega? Negaki endi siz – Masihdagi yangi ijodsiz (qarang: 2 Kor. 5:17). Siz – Xudoning farzandisiz. Masihiy gunoh qilganida, unda yashayotgan Muqaddas Ruh bu haqda darak berib, u yana Xudo bilan muloqot quvonchiga ega bo‘lishi uchun tavba qilish istagini in’om etadi (qarang: Zabur. 50:14). 3 savol. Qalbingiz nimani istaydi? Biz Dovud va Isoning Xudo istagini bajarish istagi haqida gapirib o‘tgandik. Shuningdek, siz Xudoning inoyati Jon Nyutonga qay tarzda tegib, uning qalbini o‘zgartirib yuborganini ham bilib oldingiz. Xo‘sh, sizning qalbingiz nimani istaydi? Siz qalbingiz haqida nima deyishingiz mumkin? Xudo qalbingizga nazar tashlab, shunday deyishi mumkinmi: «Men qalbimga mos erkakni topdim, negaki sen Mening xohishimni bajarish istagida ekaningni ko‘rib turibman»? 4 savol. Siz Iso Masihni o‘z hayotingizda Rabbiy deb tan oldingizmi? Balki bu yo‘lda qadam tashlagandirsiz va Masih Najotkoringizga aylangandir. Agar hanuz bunday qilmagan bo‘lsangiz yoki barchasini lozim bo‘lganidek bajarganingizga ishonchingiz to‘liq bo‘lmasa, bilib qo‘ying: bu muqaddas maqsad – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish yo‘lidagi o‘sha ilq qadamingizdir. Mabodo siz shu paytgacha Masihga imon keltirmagan bo‘lsangiz, men sizni ibodat qilishga chorlayman: Iso, bilaman, men – gunohkorman, lekin Senga yuzlanib, gunohlarimga tavba qilmoqchiman va Senga imon keltirmoqchiman. Sen gunoh va o‘lim kuchini yengib, mening gunohlarim uchun o‘lib tirilganingga ishonaman. Men Seni hayotimning Najotkori deb qabul qilishni istayman. Hayotimga kirgin, Rabbiy Iso, bundan so‘ng Senga ergashish va irodangni bajarishim uchun menga yordam ber. Omin. Agar siz masihiylikni qabul qilgan bo‘lsangiz, riyozat yo‘lidan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi va bu yo‘l yakuniga yetganida, hayotingiz xotiranomasi quyidagi so‘zlar uchun mos kelishini istayman (mazkur epitafiya bir ingliz xotirasiga bag‘ishlangan): Men gunoh qildim, Men tavba qildim, Men imonga keldim, Men sevib qoldim Men kechirim so‘rayman, Men qayta tirilaman, Men shohlik qilaman4. Qaynoq sahroda faqat suv chanqoqni qondirgani kabi, Xudoning Kalomi ham qalbimizni to‘ydirishi mumkin. Faqat ugina sinov damlarida bizga kuch–quvvat, tiniq aql berishi va barcha murakkabliklarga qaramay, hayotimizni to‘g‘ri tartibga solishi mumkin. Jim Jorj 2. RUHAN ULG‘AYISHNI ISTANG Kiyik irmoq suvlarini tusaganday, ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi! Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga… Zabur. 41:2–3 Bir vaqtlar yoz faslida jamoatning xizmatchilar guruhi bilan Avstraliyaga borgandim. Safarimizdan ko‘zlangan maqsad mahalliy cho‘ponlar o‘rtasida bir qator konferensiyalar o‘tkazish edi. Birinchi konferensiya mamlakat shimolidagi hayratomuz go‘zal shahar Brisbenda o‘tkazildi. Brisben subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, ko‘chalarda palmalar, qishloqlarga olib boradigan yo‘l bo‘yidagi maydonlarda esa ananaslar o‘stiriladi. Brisbenda bo‘lganimda, Katta Marjon qoyalar haqidagi hikoyalarni eshitdim. Yer sharining har qaysi burchagidagi mohir g‘avvoslar va suv ostida suzadigan oddiy havaskorlar ham sizga bu marjon qoyalarni yuvib turadigan billurdek toza ko‘kimtir suvlar haqida gapirib beradi. Bu mashhur tizmalar Brisbenning shimolidan toki Avstraliyaning shimoliy–sharqiy sohillari bo‘ylab taxminan 1260 mil masofaga cho‘zilgan. Tizmaning eni o‘ndan toki to‘qson milgacha. Shunisi hayron qolarliki, ulkan marjon qoyalari ummon tagida yashovchi mayda jonivorlar – marjon poliplarining hayotiy faoliyatlari natijasida paydo bo‘lgan. Bu jonivorlar yirik to‘dalarga bo‘linib, yuzlab yillar mobaynida ajoyib inshootlar qurishadi. Mazkur inshootlarning alohida qismlari yuzlab fut chuqurliklarda joylashgan. Katta Marjon tizmalari tirik mavjudotga o‘xshamaydi, biroq olimlar uning o‘z hayoti bilan yashayotganini ta’kidlashadi. Marjon poliplari yashaydi va o‘lishadi, tizmalar esa o‘sishda davom etadi. Aql bovar qilmaydi, ammo bu bor gap! Ruhan ulg‘ayish uchun zaruriy kuch–qudratning asosiy manbai Muqaddas Kitob ham menda ana shunday hayrat uyg‘otadi. Tashqi ko‘rinishidan u boshqa kitoblardan aslo farq qilmaydi. Uning sahifalari eng oddiy kitob va hatto gazetalar yoki teledasturlarning sahifalariga o‘xshaydi. Ammo baribir Muqaddas Kitob boshqa nashriy satrlardan tubdan ajralib turadi: u jonli va haqiqiy! Biroq nega? Biz bu savolga javobni Muqaddas Kitobning o‘zi haqida bergan guvohliklaridan topamiz. 1–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zi haqida Xudo Kalomi haqida gapirayotgandek so‘z yuritadiki («Muqaddas Bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan»), bu uni Xudoni anglash yo‘lidagi asosiy manbaga aylantiradi. Muqaddas Kitob «ta’lim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihlik yo‘lida tarbiya berish uchun foydalidir» (2 Tim. 3:16). 2–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zi haqida haqiqat manbai kabi gapiradi va hech qachon bu gaplariga asos izlamaydi. Agar Muqaddas Kitob – bizga Xudoning murojaati bo‘lsa (qarang: 1–guvohlik), bu holda uning haqiqiyligiga shubhalanish uchun sabab yo‘q deb aytishimiz mumkin. Aynan shunga ishonchi komil bo‘lgan zabur xonishchisi: «Egamizning qonuni mukammaldir…» (Zabur. 18:8) deb aytgan, shu bois Muqaddas Kitob bizga hamisha to‘g‘ri yo‘nalish berib, haqiqat yo‘liga boshlashiga ishonishimiz mumkin. 3–guvohlik. Muqaddas Kitob o‘zini jonli Kitob deb ataydi. Kitobda bu haqda shunday deyilgan: «…Xudoning kalomi jonli va ta’sirli…» Bu nima degani? Kitob «har qanday dudama qilichdan o‘tkirroqdir. U jon bilan ruhni, bo‘g‘inlar bilan ilikni ajratgudek suqilib kiradi. Xudoning kalomi xayolu yurakning niyatlarini fosh etadi» (Ibroniylar. 4:12). Fikrimcha, biz bu guvohliklarni tinglashimiz lozim. Muqaddas Kitobda hayot va uning turli jihatlari haqida aytilgan so‘zlar biz uchun juda muhim. Shu bois ozgina bo‘lsada uni o‘qib–o‘rganishga qiziqish bildirishimiz kerak. Muqaddas Kitobni o‘qish hayotimizni o‘zgartiradi. U bizning fikrlashimiz tarziga va harakatlarimizga ta’sir qiladi. Muqaddas Kitobni o‘qish nutqimizni boyitadi. Boshqa hech qanday kitob bizga Muqaddas Kitob kabi ta’sir qilmaydi. Juda ko‘plab turli mavzulardagi foydali va zarur kitoblar bor, biroq faqat Muqaddas Kitobgina ichki olamimizni, qalbimizni va ruhimizni doimiylikka tubdan o‘zgartiradi. Yana muhimi shuki, Muqaddas Kitob – Xudoning O‘zi aytgan Kalom, mabodo siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu holda aynan shu Kitobdan o‘zingizni qiziqtiradigan savollarga javob topishingiz mumkin. Axir shunday emasmi? Xudo Uning bizga bo‘lgan sevgisini bilishimiz uchun Muqaddas Kitobni bergan va unda bizning haqiqiy, demak, Unga nisbatan to‘lib–toshgan chuqur mazmunli munosabatlarimiz qanday bo‘lishini ochib bergan. Xudo bizga Muqaddas Kitob bilan birgalikda barcha jabhada muvaffaqiyatlarga erishish uchun hayotni qanday qurish borasidagi bilimlarni bergan. U O‘z Kalomida bizni omadli, umrimizni muzaffar qiladigan hayotiy afzalliklarni ko‘rsatib o‘tgan. Agar siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, bu afzalliklar nimadan iboratligini bilib olishga urinasiz. Buning uchun siz Muqaddas Kitobni o‘qishingiz lozim. «Rivojlanish omili» Agar bola biror sababga ko‘ra rivojlanmay qolsa, bu uning ota–onasi uchun fojeaga aylanadi. Imonda ulg‘aymay qolgan masihiy ham o‘zida ana shunday ma’yus ko‘rinishni aks ettiradi. Xudo bizning nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham rivojlanishimizni istaydi. Muqaddas Kitobda imondagi ulg‘ayish Masihda yashashning tabiiy natijasi ekanligi aytilgan. Boz ustiga, shunday da’vat ham keltirilgan “O‘z hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar» (2 Butrus. 3:18). Ibroniylarga maktub muallifining yana bir masalada ham ishonchi komil edi: uning o‘quvchilari vaqt o‘tib, odamlarni Xudo Kalomi haqiqatlariga o‘rgatadigan darajadagi ruhiy kamolotga erishadilar. Biroq o‘quvchilari hali imonda ulg‘aymaganlari bois o‘z maktubi orqali ularga ta’na qilishlariga to‘g‘ri kelgan (qarang: Ibroniylar. 5:12). Masih huzurida bo‘lganlarning ruhiy o‘sishi tabiiy ravishda kechmog‘i lozim. Ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik Nafaqaga chiqishimdan bir necha yil oldin Kaliforniya shtatining Moxava sahrolaridagi harbiy mashg‘ulotlarda tibbiy bo‘lim tarkibida bo‘lganman. Yigirma yil mobaynida AQSh qo‘shinlarida zahirada turganim bois bu ikki haftalik mashg‘ulotlar qiyin o‘tishini yaxshi bilardim. Mening qismimning vazifasi zaruriy vaziyatlarda tank bo‘linmalaridan biridagi harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Mashg‘ulotlar avgust oyida o‘tdi, issiqqa esa chidab bo‘lmasdi. Men doimo kuchli tashnalikni his etardim – tinimsiz ravishda suv ichgim, ichgim, ichgim kelaverardi! Aziz birodar, men bu mashg‘ulotlarda qanchalik kuchli chanqagam bo‘lsam, xuddi shundayin, biz ham Xudoning Kalomiga ana shunday tashnalikni his etishimiz lozim. Inson tanasi suvsiz yashay olmaydi. Xuddi shu kabi ruhimiz ham “tiriklik suvi” Xudo Kalomisiz yashashi mumkin emas. Zaburchi bu haqda shunday deydi: Kiyik irmoq suvlarini tusaganday, Ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi! Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga… (Zabur. 41:2–3) Siz ham Xudo bilan muloqotga va Uning Kalomiga shunchalik chanqoqmisiz? Jazirama sahroda faqat suvgina tashnalikni qondirgani kabi, faqat Xudoning Kalomigina ruhimizni to‘ydirishi mumkin. Faqat ugina sinov damlarida bizga kuch bag‘ishlashi, hayotimizning barcha murakkabliklarida vaziyatimiz o‘nglanishi uchun yordam va tiniq aql berishi mumkin. Xudo bizni imonda ulg‘ayishga chorlagan holda, O‘zining qo‘llab–quvvatlashidan bebahra qoldirmasligini anglash naqadar quvonchli. Har bir imonlida yashaydigan ilohiy ruh unga ruhiy jihatdan ulg‘ayish va unga moslashish tashnaligini beradi. Iso Ruh hamisha bizning Ustozimiz va Yordamchimiz bo‘lishiga va’da bergan (qarang: Yuhanno 14:16–17, 26). Shu tariqa, Xudo bizga Masihni, Muqaddas Kitobni va Muqaddas Ruhni in’om etib, ruhan o‘sishimiz uchun zarur bo‘lgan barcha inoyatlarni bergan. Ammo siz ham ularga mushtoqmisiz? Siz Xudo va Uning Kalomi bilan muloqotda ko‘proq vaqt o‘tkazib, bu tashnalikni qondirishingiz mumkin. Men ushbu Muqaddas Kitobni o‘qish Xudo bilan muloqot va Uning Kalomini anglash chanqoqligini sizda yanada oshirishi uchun ibodat qilaman. Ruhan ulg‘ayishim haqidagi guvohligim Men bolaning jismoniy rivojlanishidagi to‘xtalish uning o‘zi va ota–onasi uchun fojeaga aylanishini aytgandim. Masihiyning imonda ulg‘ayishidagi to‘xtalish ham ana shunday qayg‘ulidir. Menga kelsak, bolalik va o‘smirlik yillarimda jamoatga qatnaganman, ammo ruhiy hayotim shu bilan yakun topgan, shu bois ruhan balog‘atga yetmagan holda chekka bir hududdan kelib kollejga o‘qishga kirganimda, ahloqan yuz tuban ketish xavfi bilan yuzma–yuz keldim. O‘sha yillari men Masih masalidagi darbadar o‘g‘ilning o‘zginasi edim, ya’ni u... ...bor narsasini yig‘ishtirib, uzoq bir mamlakatga ketibdi. U yerda shaloq yashab, mol–dunyosini ko‘kka sovuribdi… <…> ...Nihoyat yigit aqlini yig‘ib olib, o‘ziga o‘zi debdi: ...Endi otamning oldiga borib, unga shunday deb aytaman: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o‘g‘lingiz deb atalishga loyiq emasman… (Luqo 15:13, 17–19) Men ham daydi o‘g‘il kabi “aqlimni yig‘ib olib” ruhiy chanqoqlikdan nobud bo‘layotganimni angladim (o‘shanda yoshim o‘ttiz atrofida edi). Men ham xuddi u kabi nigohimni osmonga qaratib, o‘z Samoviy Otamga qaytdim. Va xuddi daydi o‘g‘liga “rahmi kelgan” ota singari (qarang: Luqo 15:20), Samoviy Ota O‘z buyuk rahm–shafqati bilan menga rahmi keldi va qabul qildi. Zero U o‘zining halokatli ahvolini anglab, Unga murojaat qilgan har kimga ham shunday munosabatda bo‘ladi. Men ko‘p yillar “uzoq bir mamlakat”da yashaganimni va bu yillar behuda o‘tganini tushunardim. Biroq men Xudo Kalomini anglashga va ruhan ulg‘ayishga chanqoq edim, shu bois Muqaddas Kitobni Ibtido Kitobining 1–bobi 1–oyatidan o‘qishni boshladim. Men o‘sha paytgacha Muqaddas Kitobni biror marta ham boshidan oxirigacha o‘qib chiqmagandim. Gunohning halokatli oqibatlari tufayli mening ruhim “qurib qoldi” va ruhiy ma’noda men Masih oldiga kelgan majruh odamlarga o‘xshab qoldim. O‘z tanalarining u yoki bu hayotiy vazifalarini tiklashga yordam beradigan sog‘lomlashtirish dasturlari bilan shug‘ullanuvchi erkak va ayollarga o‘xshab, men ham yo‘qotgan kuchlarimni qaytarishga yordam beradigan ruhiy mashqlar o‘tkazishni boshladim. Men bu borada nafaqat yo‘qotganlarimni qaytardim – Xudoning inoyati menga yangi kuchga to‘plashimga yordam berdi. Men Samoviy Otamning mehriga ehtiyojmand bo‘lib qoldim, negaki barbod bo‘lgan qalbim ana shuni istardi. Xo‘sh, sizchi? Mening hikoyamda sizning hayotingizni eslatib yuboradigan biror nimani topdingizmi? Siz ham “uzoq bir mamlakat”da yashaganmisiz yoki hali ham o‘sha joyda yashayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, umid qilamanki, bu kabi “sog‘lomlashtirish dasturi”dan o‘tish, boshqacha aytganda, sizga ruhiy kuchingizni oshirish va ayni vaqtda Xudoda ulg‘ayishingizda yordam beradigan ruhiy mashqlarni bajarish qanchalik muhimligini tushunasiz. Xudo shuni istaydi. Xo‘sh, o‘zingizchi? Ruhiy ulg‘ayishning ijobiy ta’siri Ruhiy ulg‘ayish hayotimizning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi, bu esa ajoyib! Biz barkamol masihiylarga aylana borib, nafaqat Xudoga manzur bo‘lamiz, balki atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatamiz. Har birimiz masihiy, turmush o‘rtog‘i, ota yoki birorta firmaning xodimi sifatida ko‘plab odamlar bilan uchrashamiz, agar biz ruhan ulg‘aysak, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatishimiz mumkin. Hozir esa men sizga bir qancha muhim savollar bermoqchiman. Siz kuchli va ruhan yetuk masihiy bo‘lishni istaysizmi? Bu holda hayotingizda eng muhimi Xudo bilan yaqin muloqotda bo‘lishga intilishni birinchi o‘ringa qo‘yish uchun harakat qiling. Siz yaxshi turmush o‘rtog‘i bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudoning Kalomida va ibodatida bo‘lib, U bilan ko‘proq muloqot qilishga intiling. U sizga bu muhim da’vat – sevimli va g‘amxo‘r turmush o‘rtog‘i bo‘lish vazifasini muvaffaqiyatli bajarishingiz uchun barcha zarur bilimlarni beradi. Siz yaxshi ota bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudo sizni O‘z do‘sti deb atashini anglab yeting. Siz ham Xudoga do‘st bo‘ling. Samoviy Ota va Do‘st bilan yaqin muloqot farzandlaringizni Xudoning shon–shuhrati ila tarbiyalashingiz uchun sizga donolik beradi. Siz atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lishni istaysizmi? Bu holda Xudo bilan munosabatlaringizni mustahkamlang. Xudoning Ruhi sizda harakat qiladi va Xudoga hamkasblaringizni, do‘stlaringizni, tanish va yaqinlaringizni olib kelishingizga yordam beradi. Siz Xudoni sharaflab, odamlarga foyda keltirgan holda yashashni istaysizmi? Shaxsan men shunday hayotni istayman va siz ham shuni xohlashingizga ishonaman. Xohishlarimiz amalga oshmog‘i uchun Xudoga har taraflama va har bir masalada tayanishimiz lozim. Butun qalbingiz bilan ruhan o‘smog‘ingiz uchun Unga ibodat orqali murojaat qiling. Ruhiy ulg‘ayishning yaqqol namunasi Siz, hoynahoy, Jon Uesli kim ekanini bilsangiz kerak. XVIII asrda yashagan bu ilohiy erkak ukasi Charlz bilan bilan birgalikda metodistlar jamoatiga asos solgan. Uesli hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, zero u o‘zini butunlay Xudoning xizmatiga va Uning Kalomini targ‘ib etishga bag‘ishlagan. Muqaddas Kalomga o‘zini qizg‘in bag‘ishlagan Ueslini “bitta kitob” – Muqaddas Kitob –“ odami” tariqasida bilishgan. U ruhan kamol topishni istagani uchun Kalomning ilohiy so‘zlarini qalbi va ruhiyati bilan qabul qilgan. Xudoning Kalomi uning vujudi va qoniga singib kirgan. Jon Uesli Xudo bilan tuzgan sadoqat belgisi sifatida har yili o‘zi yozgan ibodat so‘zlarini shogirdlari bilan birga o‘qigan. Metodikachilar uning so‘zlari bilan o‘zlarining ruhiy o‘sishga bo‘lgan tashnaliklarini ifoda etadilar, mabodo siz ham ular kabi buni istasangiz, mazkur ibodatning satrlarini yodlab olishingiz mumkin: O marhamatli Iso, men muqaddas amrlarga amal qilib yashashim uchun Sen menga ularni berding. Men qarshingda bosh egib, Sen beradigan azob va og‘irlikni qabul qilaman. Men barcha amrlaringni muqaddas, adolatli va xayrli deb qabul qilaman hamda tantanali ravishda ularni barcha o‘y–fikrlarim, so‘zlarim va harakatlarim o‘lchovi deya e’lon qilaman. O‘z hayotimda har taraflama Sening irodangga bo‘ysunishga va zimmamdagi hech nimani e’tibordan chetda qoldirmaslikka va’da beraman1. Agar siz Xudoning inoyatidan umid qilib Xudoning qalbiga mos erkak singari yashashga va ruhan ulg‘ayishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu holda Xudo amrlarining barchasini astoydil va g‘ayrat bilan bajaradigan masihiyga aylanasiz. Bizning bu olamdagi butun hayotimiz mobaynida ruhan ulg‘ayishimiz davom etadi. Biz ruhan ulg‘ayishga daqiqama–daqiqa, kunma–kun, yilma–yil tobora yaqinlashib boramiz. Ko‘pgina munosabatlarda ruhiy mashqlar sport bilan shug‘ullanishni eslatadi. Agar siz mashq qilishni to‘xtatsangiz, yana qanchadir vaqt durustgina natijalar ko‘rsatishingiz mumkin, ammo kun kelib, siz jismoniy holatingizni yo‘qotganingizni tushunib qolasiz. Jim Jorj 3. RUHAN ULG‘AYISH QAY TARZDA KECHADI …Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. 2 Butrus. 3:18 Biz o‘zimiz xohlagan nimanidir qilishimiz qiyin kechmaydi, to‘g‘rimi? Biz uyni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanish yoki ishga borish uchun o‘zimizda xohish topmasligimiz mumkin, biroq odatda biz katta ko‘tarinkilik bilan sevimli mashg‘ulotlarga qo‘l uramiz va bundan kam bo‘lmagan xursandchilik bilan dam olish imkoniyatidan foydalanamiz. Shu bilan birgalikda, sevimli mashg‘ulotlar bizga foyda ham keltirishi mumkinligini anglashimiz ham muhim. Men Vashington shtatida yashayman. Derazam ortida ertalabki soat beshdan ko‘plab baliqchilarni ko‘rish mumkin bo‘lgan yaqindagi ko‘lning manzarasi ochiladi. Ulardan ayrimlari butun kunni qosh qorayguncha qayiqlarida o‘tkazishadi. Ba’zi erkaklar baliq ovlash uchun goh–gohida kelishadi, boshqalarini esa ko‘lda har kuni ko‘raman, ammo hech qachon bu odamlarni o‘z oilalari bilan birgalikda ko‘rmaganman. Rostini aytsam, menda savol tug‘iladi: ularning oilaviy hayotlarida hammasi joyidamikan? Va umuman, ular turmush qurishganmi? Agar shunday bo‘lsa, hamisha ko‘lda kunlarini o‘tkazadigan bu oila boshliqlari o‘z xotinlariga ham hech vaqt ajratisharmikan? Xo‘sh, ularning bolalariga nima bo‘lyapti? Otalar ko‘pincha o‘zlarining o‘smir farzandlari bilan kelisha olmayotganlaridan shikoyat qilishadi. Men bu kabi shikoyatlarni eshitganimda, savolga botaman: ular o‘z bolalarini tushunishga, qanday yashayotganini bilishga va ular bilan umumiy til topishga urinishganmikan? Men bu bilan go‘yo baliq ovi – nojo‘ya mashg‘ulot demoqchi emasman. Men faqatgina biz sevimli ishga yoki ko‘ngilxushliklarga berilib, Xudo zimmamizga yuklagan majburiyatlarni unutishga haqqimiz yo‘qligini eslatib o‘tmoqchiman, xolos. Bunday mashg‘ulotlar – xoh sport, baliq ovi, piyoda sayohat yoki boshqa nimadir bo‘lsin – unga bo‘lgan munosabatimizga ko‘ra foyda ham, ziyon ham keltirishi mumkin. Mening o‘zimga kelsak, yugurish bilan shug‘ullanaman. Band ekanligimga qaramay, yugurish uchun vaqt topishga erishaman. Men yugurishning inson sog‘ligi uchun qanchalik foydali ekanini bilaman va bu bilan shug‘ullanish menga juda yoqadi. Avval aytib o‘tganimdek, qalbimizga yoqqan mashg‘ulotni bajarishimiz oson, ammo nima bo‘lganda ham o‘z majburiyatlarimizga bepisand bo‘lmasligimiz, hayotimizdagi muhim ishlarni unutib qo‘ymasligimiz lozim. Biz shu paytgacha boshqa imonlilar, ularning ruhiy hayoti va ruhiy intilishlari haqida gapirdik. Agar siz masihiy bo‘lsangiz, ruhan o‘sishga bo‘lgan tashnalik sizga xos bo‘lishi kerak. Shoh Dovud Xudoning irodasini bajarishga chanqoq bo‘lganidek, Jon Uesli ham buni butun qalbi bilan qo‘msagan. Men Xudo qalbimda qanday harakat qilganini va U qanday istaklarni yuragimga joylaganini sizlarga qisqacha aytib o‘tdim. Endi biz havoriy Pavlus va uni imon yo‘lidagi xizmatida nima harakatga keltirgani haqida gapiramiz. Hozir esa sizdan so‘ramoqchiman: sizning qalbingiz nimaga mushtoq? Ruhingiz nimaga intiladi? Umid qilamanki, shunday javob qaytarasiz: «Men Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istayman. Men ruhan ulg‘aymoqchiman. Men atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqchiman. Xudo meni qay tarzda ko‘rishni istasa, ana o‘shandek bo‘lmoqchiman. Biroq men nimadan boshlashim mumkin?» Agar men javobingizni topgan bo‘lsam, bu ajoyib. Sizning orzu–istaklaringiz albatta amalga oshadi va siz o‘z yaqinlaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz. Sa’y–harakatlaringizning ezgu hosilini ko‘rib, siz Xudoda bundanda ko‘proq ulg‘ayishni istaysiz. Qanday qadamlar ruhan ulg‘ayishingizda yordam berishi mumkin? Keling, ana shu haqda gaplashib olaylik. Ruhan o‘sishingizga yordam beradigan qadamlar 1. O‘z hayotingizni Iso Masihga butunlay bag‘ishlang. Siz Isoni qalbingizning Najotkori va hayotingizning Xudosi deb tan olganmisiz? Aytib o‘tganimdek, agar Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishga intilsangiz, bu siz qo‘yadigan eng birinchi qadamingizdir. Siz masihiy bo‘lganingizda, hayotingizga Muqaddas Ruh kirib, unda Xudoning xohishi bajo bo‘lishi uchun sizda harakat qilishni boshlaydi. Endi siz Masihning ilk shogirdlari kabi, Uning «Ortimdan yuringlar…» (Mk. 1:17) degan da’vatiga javob berishga tayyorsiz. 2. Gunoh bilan kurashing. Gunoh – Muqaddas Kitobdagi Xudoning amrlariga qarama–qarshi bo‘lgan har qanday fikr, so‘z va hatti–harakatdir. Gapimga ishonavering, gunoh hamisha ruhan ulg‘ayishga halaqit beradi. Gunoh Dovudga ko‘p qayg‘u–alam olib kelgan. Biz Muqaddas Kitobni o‘qiyotib, bu ulug‘ odamning xizmatda va oilaviy hayotida gunoh qanday halokatli oqibatlarni ergashtirib kelganini ko‘ramiz. Misol uchun, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini olaylik. U Botshevaning o‘zidan homilador bo‘lib qolganini yashirish uchun, ayolning erini jang maydonida o‘lib ketishini uyushtiradi (qarang: 2 Shoh. 11). Dovud shundan so‘ng yil bo‘yi bu ikkala gunohini yashirib yurgan. Dovud o‘zi bilan o‘sha yil mobaynida nimalar kechganini yozgan. Hozir shu haqda o‘qiymiz: Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay rad qilganimda, Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi. Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim. Kecha–yu kunduz tarbiya berishdan to‘xtamading, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi. Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim. Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim: “Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman”. Sen esa gunohimni kechirding (Zabur. 31:3–5). Gunohning mevasi Dovudga katta azob–uqubatlar keltirdi: uning tanasi avvalgi kuchini yo‘qotdi, og‘riqdan ingraydigan bo‘ldi, ziyraklik va baquvvatlikdan judo bo‘ldi, dili xufton bo‘lib, butunlay tushkunlikka tushdi. Hayotining ruhiy tarafi esa gunoh oqibatida yanada og‘ir bo‘ldi. Dovud gunoh qilganini bilardi va buni Xudodan yashirib bo‘lmasligini ham tushunardi. Siz bu haqda o‘qib, ehtimol, shunday o‘ylagandirsiz: «Albatta, men Dovud kabi og‘ir gunohlar qilgan emasman. Hech kimni o‘ldirmadim va hech kim bilan zino qilmadim. Mening gunohlarim juda kam. Ular hech kimga ziyon yetkazgani yo‘q». Biroq Iso siz hattoki yaqin odamingizdan g‘azablansangiz ham, qalbingizda qotillik qilganingizni (qarang: Matto 5:22), va ayol haqidagi birgina shahvoniy xayol ham Xudo nazarida zino ekanligini (qarang: Matto 5:28 ) tushuntirgan holda, har qanday gunohning jiddiyligini ko‘rsatib o‘tgan. Shu tariqa, gunoh og‘ir yoki yengil, oshkora yoki xufyona bo‘lmasin, odam gunoh qilayotganida hamisha muqaddas Xudoni haqorat qiladi, shu bois agar siz gunoh qilgan bo‘lsangiz, tavba qilib, gunohdan yuz o‘girishingiz lozim. Aziz birodar, mabodo siz gunoh qilib, buning uchun Xudoga tavba qilmagan bo‘lsangiz, bu holat Uning bilan o‘rtangizdagi munosabatlarga halaqit berib, ruhan ulg‘ayishingizga zarar yetkazadi. O‘z ortidan tavbani yetaklab kelmagan gunoh ham yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan munosabatlaringizga rahna soladi. Men hayotingiz qanday o‘tayotgani haqida mulohaza yuritib ko‘rishingizga da’vat etaman. Ehtimol, xuddi Dovud kabi, siz ham qalbingizda o‘rnashib qolgan gunoh uchun tavba qilishingiz kerakdir. U Xudoning qalbiga mos erkak edi va shu bois o‘zining og‘ir gunohlariga tavba qildi. U o‘z qalbini Xudoga ochganida, Rabbiy mo‘‘jizaviy tarzda uni poklab, halovat in’om etdi. Ana shunda Dovud quvonchdan hayqirgan: «Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir!» (Zabur. 31:1). Agar siz qalbingizning gunohdan forig‘ bo‘lishini istasangiz, agar siz aybdorlik hissidan ozodlikni anglashni istasangiz, o‘zingizni gunohlaringiz uchun Xudo oldida hamisha tavba qilishga o‘rgating. Shu bilan birgalikda, U tavba qilganlarga in’om etadigan kechirim uchun minnatdorchilik bildirishni ham unutmang, ana shunda kelgusida ham imonda ulg‘ayishingiz uchun yo‘llar ochiladi. 3. O‘zingizdagi ruhiy yalqovlikka barham bering. Men avval jamoatimizdagi erkaklar uchun Muqaddas Kitobni o‘rgatish shanba guruhining mashg‘ulotlarida ishtirok etganman. Mashg‘ulotlar ertalabki soat yettida boshlangani bois men uydan soat olti yarimda chiqib ketishim kerak edi. Har shanbada men jamoatga olib boradigan yo‘l yoqasidagi golf maydoni yonidan o‘tardim va har shanba tongida maydon to‘la o‘yinchilar bo‘lishardi. Bu erkaklarning hatti–harakatlaridan ular allaqachon buyon maydonda ekanliklari ko‘rinib turardi… Hoynahoy, ular bu yerga ertalabki soat oltidan kelishgan bo‘lsa kerak! Muqaddas Kitob guruhimiz haqida aytsam, men har safar jamoatga kelganimda, odatda Xudoning Kalomini o‘rganish istagidagi bir necha erkakni uchratardim, xolos. Shunchalik ko‘p imon–e’tiqodsiz odamlarning golf o‘ynash uchun shanba kuni ertalabdan turganlarini va faqat ozgina masihiylargina bu paytda Xudoning Kalomini o‘rganish uchun jamoatga kelishga o‘zlarida kuch topganlarini anglash yoqimsiz kechardi. Shanba kuni ertalab golf o‘ynashning hech qanday yomon tarafi yo‘q. Men faqatgina agar siz Xudo bilan muloqot uchun vaqt topolmay, o‘z ko‘ngilxushliklaringizga butunlay berilib ketgan bo‘lsangiz, imonda ulg‘ayishingizni o‘zingiz to‘xtatib qo‘yishingizni aytmoqchiman. Ha, Xudoga sodiq masihiy bo‘lish oson emas. Biz hamisha o‘z maqsadlarimizni tekshirib, qarorlarimizga qayta baho berib qo‘yishimiz lozim. Biz ushbu savollarga ochiq javob qaytarishimiz zarur: biz uchun betartib dunyo muhimroqmi yoki Xudo va Uning Kalomimi? Biz Muqaddas Kitobni o‘rganish uchun, imonda, sportda va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarimizda o‘sishimiz uchun vaqt ajratamizmi? Muqaddas Kitob guruhlaridagi mashg‘ulotlarimizni o‘zimiz uchun yoqimli deb bilamizmi Men sizlarni ibodat orqali Xudoga yuzlanishga va Undan o‘z hayotingizda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishingizga yordam berishini, Unga manzur bo‘lganini tanlashini so‘rab, ibodat qilishga chorlayman. O‘z oldingizda Kalomni o‘rganayotgan boshqa erkaklar guruhida Xudo bilan muloqot o‘tkazish maqsadini qo‘ying. Diyonat yo‘lida mashq qilib, ruhiy kuchingizni oshiring. Bu sizga Xudo qalbidagi erkak bo‘lishingizga yordam beradi. 4. O‘zingiz uchun imonda ulg‘ayish yo‘lini tanlang. Ruhan ulg‘ayishingizga yordam beradigan ko‘plab ajoyib omillar bor. Siz ularning orasidan o‘zingizga to‘g‘ri keladiganini topib olasiz, albatta. Siz Muqaddas Kitobni mustaqil o‘rganish borasidagi biror–bir ko‘makdan boshlashingiz mumkin. Ushbu kitobning oxirida men sizlarga Muqaddas Kitobni o‘rganishda yordam beradigan bir qancha maslahatlarni keltirib o‘taman. Boshqa erkaklar maxsus dastur asosida Kalomni o‘rganadigan guruhlarga qo‘shilishingiz siz uchun foydali bo‘lardi. Bundan tashqari, sizda quyidagi imkoniyatlar bor… • sevimli cho‘poningiz audio va’zlarini va Muqaddas Kitob so‘zlarini tinglash; • o‘quv filmlarni tomosha qilish; • Muqaddas Kitobni va uning asoslarini, masihiylik hayotini o‘rganish kechki kurslariga qatnash; • Muqaddas Kalom oyatlarini yodlab olish; • yuqorida keltirilgan ruhiy mashg‘ulotlardan o‘zingizga mos keladiganlarini qo‘shib, imonda ulg‘ayishning maxsus dasturini ishlab chiqish. Ammo Muqaddas Kitobni har vaqt o‘qish hammasidan ham muhimroq. Xudoning Kalomi siz uchun asosiy ruhiy ozuqa manbasi bo‘lmog‘i kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, besh foizdan kamroq masihiylar hech bo‘lmaganda bir marotaba Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishgan. Bu juda yomon! Agar siz har kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ysangiz, uni hech bo‘lmasa bir marta o‘qib chiqqan odamlar orasiga tushib qolishingiz tayin. Vaholanki, Muqaddas Kitobni to‘lig‘icha o‘qib chiqishingiz uchun kuniga besh–o‘n daqiqa sarflasangiz kifoya! Aziz birodar, siz Muqaddas Kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga jazm qilishingiz lozim, negaki, bu qarorni siz uchun boshqa hech kim qabul qilolmaydi: cho‘poningiz ham, xotiningiz ham, do‘stlaringiz ham. Ushbu qarorga siz o‘zingiz kelishingiz kerak, unga esa mazkur kitobning muqaddimasida keltirilgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasi asosida erishishingiz mumkin. Har kuni Muqaddas Kitobni o‘qish uchun o‘zingizga qat’iy va’da bering – bu sizga imonda ulg‘ayish yo‘lingizda yordam beradi. Shuningdek, do‘stlaringiz bilan birgalikda Xudo Kalomini o‘rganish borasida kelishib olishingiz mumkin, bu esa o‘z navbatida o‘z va’dangizga yanada mas’uliyat bilan yondashishingizga imkon beradi. Bundan tashqari, do‘stlar bilan imon mavzusida gaplashish siz uchun madad va kuch–quvvat manbaiga aylanadi. 5. Masih maktabida shogird bo‘ling. Agar siz ruhan ulg‘ayishni istasangiz, unda o‘qishingiz lozim va bu borada sizga tajribaliroq, imonda yetukroq masihiy yordam beradi. Bunday odam Xudo Kalomi haqiqatini anglashingizga va Masihda o‘sishingizga ko‘maklashadi, zero masihiylik murabbiyligining mohiyati ham ana shundan iborat. Xudo qalbiga mos erkak bo‘lishni istagan kishi uchun unga o‘z maslahatlari, bilimlari, ko‘tarinki ruhiyati va shaxsiy ibrati bilan doimo yordam bera oladigan odamning bo‘lishi katta marhamatdir. Men o‘zimning masihiylik yo‘lim boshida ana shunday yordamga juda muhtoj bo‘lganman. O, qanchalik muhtoj bo‘lganman–a! O‘sha pallada men oilali bo‘lib, ikki nafar qizaloqlarim bor edi, ammo rostini aytganda, men nima qilish va qanday yashash haqida hech qanday tushunchaga ega emasdim, shu bois imonda o‘zimdan ko‘ra yetukroq bo‘lgan va meni o‘z qaramog‘iga oladigan odamni izlaganman. Yaxshi ustozni uzoq izlashimga to‘g‘ri kelmagani uchun Xudodan juda minnatdorman: jamoatimdagi bir qancha birodarlar Masihda ulg‘ayishim uchun menga yordam berishga rozi bo‘ldilar. Hayotimning turli bosqichlarida menga ko‘plab yetuk masihiylar yordam berishdi. Ularning har biridan behad minnatdorman! Nihoyat o‘zlashtirib olgan tajriba va bilimlarimni yaqinlarimga o‘zim ham ulasha oladigan vaqt yetib keldi. Muqaddas Kitob imonlilarni qunt bilan o‘qishga va vaqt o‘tgani sayin imon murabbiylari bo‘lishga da’vat etadi. Pavlus o‘zining yosh shogirdlaridan biriga shunday o‘rgatgan: «Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin» (2 Tim. 2:2). Mazkur oyatni o‘qiyotganimda estafeta obrazi xayolimda gavdalanadi. Pavlus shogirdi Timo‘tiyni o‘zi o‘rganganlarini odamlarga yetkazish uchun “Xudo haqiqatining estafetasi”da ishtirok etishga chorlaydi. Ular o‘z navbatida keyingi avlod masihiylariga yetkazishi uchun masihiylikning bu estafetasini Xudoning boshqa sodiq odamlariga yetkazishlari lozim. Bu imon estafetasi yuzlab yillardan buyon davom etib kelmoqda, endi esa sening navbating kelgan! Aziz birodar, sen bu ulug‘ estafetani qabul qilib, uni Xudo haqiqatining boshqa kurashchilariga topshirishing shart. Inson nuqtai nazariga ko‘ra, “Xudo haqiqati estafetasi”ning muvaffaqiyati biz masofani qanchalik omadli bosib o‘tishimizga va uni keyingi ishtirokchilarga topshirishimizga bog‘liq. Kelinglar, zimmamizga yuklatilgan vazifani sharaf bilan bajaraylik! 6. Hayotingizni buyuk maqsadga – ruhiy yetuklikka erishishga bag‘ishlang. Bizning ruhan ulg‘ayishimiz olamdagi butun hayotimiz mobaynida davom etadi. Biz ruhan yetuklikka daqiqama–daqiqa, kunma–kun, yilma–yil tobora yaqinlashib boramiz. Ko‘pgina munosabatlarda ruhiyat mashqi sport bilan shug‘ullanishni eslatadi. Agar mashq qilmay qo‘ysangiz, yana qanchadir muddat durustgina natijalar ko‘rsatishingiz mumkin, ammo shunday kun keladiki, jismoniy holatingizni yo‘qotganingizni payqab qolasiz. Ruhiy hayotda ham shunga o‘xshash holatlar yuz beradi (o‘ttiz yoshimda men bilan shunday bo‘lgan). Siz lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarsiz, ya’ni Muqaddas Kitobni o‘qimay, murabbiydan saboq olishlarsiz va ibodat qilmasdan ruhan yetuklikka erishmoqqa umid qilarsiz; biroq shunday kun keladiki, yoqimsiz ruhiy holatda ekaningizni – gunoh bilan kurashishga va odilona yo‘l tutishga kuchingiz qolmaganini – to‘satdan payqab qolasiz. Buning sababi shuki, imonda ulg‘ayish uchun har kunlik va har soatlik aniq maqsadli sa’y harakatlar qilmagansiz. Yodingizda bo‘lsin: erishilgan darajada to‘xtab qolmasligingiz va o‘zingizni kechagi yutuqlar xotirasi bilan ulug‘lamasligingiz lozim. Siz o‘zingizni Xudoda muntazam o‘sib borishga tayyorlashingiz kerak. Ruhan ulg‘ayishning marhamati Ruhan ulg‘ayishga xizmat qiladigan qadamlar haqida o‘ylayotib, ehtimol, ularning aslo yengil emasligi haqidagi fikrlarga borarsiz. Darhaqiqat, imonda ulg‘ayish o‘z–o‘zidan ro‘y bermaydi. U bizdan qat’iy harakatlarni talab etadi, biroq u keltirgan marhamat hayratomuz va sarf etilgan kuch–shijoatimizga arziydi. Mana, siz Xudoning qalbiga mos erkakka aylangach, siz oladigan marhamatlardan ayrimlari: • Xudo bilan munosabatingizni mustahkamlaysiz; • Masih bu olamda qanday yo‘l tutgan bo‘lsa, siz ham shunday yo‘l tutishga o‘rganasiz; • oilangizni donolik bilan boshqara olasiz; • siz vasvasa bilan kurashish uchun o‘zingizda ruhiy kuch borligini sezasiz; • siz boshqa erkaklar uchun ruhiy kuch–quvvat va yetuklik namunasi bo‘lasiz; • boshqa imonlilarga saboq berish uchun ruhiy kuch–quvvat va donolikka erishasiz. Biz mazkur bobni maqsad va xohishlar haqidagi suhbatdan boshladik. Iqrorman: bu marhamatga ega bo‘lib, undan zavqlanishimiz mumkin ekanligi meni Xudoning inoyati ila Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish uchun undaydi! Men sizning qalbingizda ham ana shunday intilish qayd etilishi uchun ibodat qilaman. Menga kerak bitta inson Imon bilan ruhlangan, Menga kerak bitta inson, – Avlodining, zabonining Gunohidan kechgum tamom Samodan so‘z ochadigan Menga kerak bitta inson, – Muqaddas rashk o‘tin yoqqum, Zulmat bosgan qalbda shu on Kalomimni yoyadigan, Menga kerak bitta inson, – Hech qanday kuch buzmaydigan, Tinchlik topgay Menda jahon. Irodamni biladigan, Menga kerak bitta inson, Ma’bad qurib qarataman Odamlarni O‘zim tomon. Men Masihning ilk shogirdlaridan boshlab ko‘plab mashhur imonlilarning hayot yo‘lnomasini o‘qib chiqdim. Ulardan ayrimlari badavlat, ayrimlari kambag‘al bo‘lishgan. Ba’zilari ma’lumotli, boshqalari savodsiz bo‘lganlar. Ularning bir qismi yepiskop jamoatiga tegishli, ammo bu odamlarning aksariyati masihiylikning boshqa jamoatlari tarafdorlari edi. Ularning ko‘pchiligi kalvinistlar va arminianlar edi. Ulardan ba’zilari liturgik amaliyotni yoqtirgan bo‘lsa, kimdir esa itoat shakliga alohida e’tibor ham bermagan. Ammo ular bitta masalada o‘xshash edilar: hammalari ibodat erkaklari bo‘lishgan1. Jon Charlz Rayl 4. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK? Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi Mk. 1:35 Kaliforniya shtatining San–Villi shahridagi “Inoyat jamoasi” jamoatida cho‘pon bo‘lishimdan avval dori–darmon tayyorlashga ixtisoslashgan firmada ishlaganman. Nega aynan dori–darmonlar yo‘nalishida? Balki yoshligimda qadrdon shahrimdagi dorixonalardan birida ishlab, pul topganim turtki bo‘lgandir. Mening vazifam mahsulotlarni qabul qilish, tokchalarga joylash va xonalarda tartib–tozalikni saqlab turish bo‘lgan. Ishim o‘zimga yoqardi: dorixonaga odamlar muntazam kelib–ketishar va men qilayotgan ishlarim yaqinlarimga foyda keltirayotganidan xursand edim. Chuqur imonli boshlig‘im dorixonada xayrixohlik va samimiyat muhiti hukm surib turishi uchun barcha zarur ishlarni qilardi. Ishim menga shunchalik yoqib qoldiki, men vaqt o‘tib dorishunoslik sohasida ixtisoslashgan mutaxassis bo‘lishimga imkon beradigan ma’lumot olishni istab qoldim. Men Oklaxoma oliygohining dorishunoslik (farmatsevtika) fakultetiga o‘qishga kirdim. Shundan buyon dorishunoslik mening faoliyatim maydoniga aylanib qoldi va tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish stajim o‘ttiz besh yildan ko‘proqni tashkil etadi. Men hatto jamoat xizmatchisi bo‘lganimda ham o‘zimning asosiy kasbiy faoliyatimni davom ettirib, shifoxonalarda dorishunos bo‘lib ishladim: men zahira qo‘shinlari tibbiy korpusining shtatdagi dorishunosi edim. Men haligacha dorishunoslik faoliyati bo‘yicha litsenziyaga egaman. Faoliyatim muddatini cho‘zish uchun har yili malaka oshirish kurslariga qatnashishim kerak va men yilma–yil shunday qilib kelyapman. Men barcha guruhdagi dori–darmonlarning qanday ta’sir ko‘rsatishini bilishim zarur. Gap shundaki, bunday guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Bunday ta’sir mazkur guruhlardagi barcha dori–darmonlarga xos. Shu tariqa, shifokor u yoki bu dorini tayinlab, u bemor tanasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini va qanday natijani kutish kerakligini biladi, zero zarur ta’sirga ega bo‘lmasa, uni bemorni davolash uchun tayinlash mumkin emas. Itoatgo‘y qalb Hoynahoy, sizda ushbu kitobning mavzusi – Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatadi va qay tariqa ana shunday erkak bo‘lish mumkin – dorishunoslikga nima daxli bor degan savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak. Xuddi turli guruhdagi dori–darmonlar o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega bo‘lgani singari, Xudoning qalbiga mos erkak ham o‘ziga xos ruhiy sifatlarga ega. Boshqacha aytganda, barcha imonli, Xudoga manzur bo‘ladigan erkaklarning fe’l–atvorlarida qandaydir umumiy jihatlar bor. Biz Xudoning qalbiga mos erkak boshqa erkaklardan asosan nimasi bilan farqlanib turishi haqida aytib o‘tgandik. Buning nima ekanligi yodingizdami? Xudoning qalbiga mos erkak hamisha Xudoga manzur bo‘lishga, imonda ulg‘ayishga va Xudoning xohishini bajarishga intiladi. Shoh Dovud ana shunday bo‘lgan. Biz avvalgi bobda uning Xudo qalbidagi erkak bo‘lganini aytgandik, negaki u Xudoning irodasini bajarishni istagan (qarang: Havoriylar. 13:22). Xudoning xohishini bajarishni istagan boshqa inson haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Biz Uning xohishi nima ekanligini bilgan holda bajarishimiz juda muhim! Asl ruhiy ulg‘ayishning bunday mohiyati soddalashtirilgan holda ko‘rinishi mumkin, biroq u Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatishini aniq–tiniq aks ettiradi: biz Xudoning Kalomini bilishimiz va uni bajarishimiz lozim. Aynan shu – Xudo qalbidagi erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan asosiy ruhiy sifatdir. Men Masihdagi ustozlarim orasida haqli ravishda “Xudoning qalbiga mos erkak” sharafli unvoniga loyiq bo‘lgan odamlar borligini aytib o‘tgandim. Bu odamlar bilan yaqin aloqam menga o‘zim uchun yangi, imonning avval o‘zim anglamagan qirralarini ochishimga yordam berdi. Bu odamlarni kuzatib, ularning hatti–harakatlari va ishlariga razs solib, Muqaddas Kitob qahramonlarida farqlanib turgan ezgulik qandaydir darajada barcha imonli odamlarga xos ekanligini tushundim. Do‘stlarim va ustozlarim ham Muqaddas Kitob qahramonlari bo‘lgan Muso, Yusuf, Naximiyo, Pavlus va albatta Dovud kabi fe’l–atvorning ajoyib xususiyatlariga egadirlar. Xudoning qalbiga mos erkakda nima diqqat–e’tiborga sazovor? Fe’l–atvorning qaysi xususiyatlari – u Muqaddas Kitobdagi uch ming yil avval yashab o‘tgan qahramon Dovud yoki zamondoshlarimizdan kimdir bo‘lmasin – uni boshqa erkaklardan farqlab turadi? Men bir necha marotaba aytib o‘tganimdek, bunday odam Xudoning irodasini bajarishni istaydi ( qarang: Havoriylar. 13:22). Ammo, keling, Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir ezgu jihatini ko‘rib chiqaylik, so‘ngra esa, keyingi bobda, Xudoga manzur erkaklarning boshqa ijobiy sifatlari haqida gaplashamiz. Ibodatga sodiq qalb Biz Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda, Xudoning irodasi bajarmoqchi bo‘lgan imonli erkaklarning ibodat erkaklari ham bo‘lganliklari haqida o‘qiymiz. Bu odamlarning hayotidan olingan quyidagi namunalar ular uchun ibodat qanchalik muhim bo‘lganini anglashimizga yordam beradi. ● Ibrohim butun hayoti mobaynida qurbongohlar qurib, Egamizga sajda qilgan (qarang: Ibtido 12:7–8): Va Xudo Ibromga zohir bo‘ldi… Ibrom Egamizga atab o‘sha yerda qurbongoh qurdi… Shundan so‘ng Baytilning sharqidagi qirlarga yo‘l oldi… Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi. ● Muso Xudoning xalqini boshqarish uchun donolik va Isroilning gunohini kechirishini so‘rab, doimo Xudo qarshisida ibodatda bo‘lardi (qarang: Chiqish 34:8–9): O‘sha zahoti Muso ikki bukilib ta’zim aylab, sajda qildi. So‘ngra: – Yo Rabbiy! – dedi. – Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman. Sen biz bilan borgin… ● Dovud o‘z saltanatidagi xalqni sanab chiqish uchun qilgan nojo‘ya qarori bois Xudodan kechirim so‘raydi (qarang: 2Shoh. 24:10): Bu ishni qilib og‘ir gunohga botdim, aqlsizlarcha ish tutdim. O‘tinaman, ey Egam, bu qulingning gunohini kechir. ● Sulaymon, Isroilning buyuk shohi, xalqni adolat bilan boshqarish uchun Xudodan donolik so‘raydi (qarang: 3Shoh. 3:9): …Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql–idrok bergin, toki yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin... ● Doniyor Xudodan yahudiylarni vataniga qaytarishini so‘rab, o‘zining va xalqining gunohi uchun ibodat qiladi (qarang: Doniyor 9:2–4): …Quddus yetmish yil davomida xarob bo‘lib yotishini bilib oldim. Shundan so‘ng Rabbiy Xudoga yolvordim, ro‘za tutib, qanorga o‘randim, kulga belanib iltijo qildim. Men Egam Xudoga... tavba qildim… ● Naximiyo Xudodan Quddus devorlarini tiklayotgan odamlarni himoya qilishini so‘rab, ibodat qiladi (qarang: Naximiyo 4:9): Lekin biz Xudoyimizga iltijo qildik, shaharni va o‘zimizni kechayu kunduz ulardan himoya qilish uchun qo‘riqchilar tayinladik. ● Havoriylar Iso osmonga ko‘tarilganidan so‘ng Xudo ularni boshqarishini so‘rab ibodat qilishdi (qarang: Havoriylar. 1:14): Ular yakdillik bilan toat–ibodatga berilgan edilar… ● Havoriy Pavlus xizmat o‘tayotgan “boshqa jamoatlar” uchun ham doimo ibodat qilgan (qarang: 2Kor. 11:28). Shuningdek, u ibodatlarida Masih saboqlariga o‘rgatgan kishilarini muntazam eslab turgan ( qarang: 2Tim. 1:2–3). Pavlus Timo‘tiyga murojaatida jamoatni Xudoga qanday sajda qilishi haqidagi haqiqatga undab, o‘z shogirdiga shunday deydi: «Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda bo‘lib, duolar o‘qinglar, shukronalar aytinglar» (1Tim. 2:1). So‘ngra u Timo‘tiyga ta’kidlaydi: «Erkaklar hamma joyda qo‘llarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar…» (qarang: 1Tim. 2:8–oyat). Ko‘rinib turibdiki, Pavlus uchun ibodat asosiy xizmat bo‘lgan va imonlilar hayotida sajda qilishning bu qismi muhim o‘rin egallashini istagan. Balki ibodatgo‘y hayotingiz sizga chuqur qoniqish hissini berar, biroq siz aksariyat masihiylar singari bo‘lsangiz, unda mukammallikka muhtoj qanaqadir (hattoki ko‘pgina ham) jihatlari ham bo‘lsa kerak. Masalan, ibodatgo‘y hayotimdagi eng katta qiyinchilik shundan iboratki, men ibodat qilishim kerak bo‘lganida ko‘pincha boshqa nima bilandir band bo‘laman. Ehtimol, bunday vaziyat sizga ham tanish bo‘lsa kerak. Mashhur yozuvchi va Muqaddas Kitob murabbiyi Osvald Sanders bu haqda shunday deydi: Har qanday san’at turiga o‘rgatish kabi, ibodat san’atini egallashga vaqt kerak bo‘ladi va bunga qancha vaqt sarflashimiz ibodatning mohiyatini anglashimiz uchun ko‘rsatgich bo‘lib xizmat qiladi2. Demak, ibodat san’atini egallash uchun bizga nimalar zarur? Qalbimiz ibodat ruhiga to‘lishi uchun bizga nimalar kerak? Vaqt. Albatta, vaqt – ibodatdagi muvaffaqiyatli hayotning muhim qismi. Agar siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni istasangiz, har kuni Xudo bilan ibodat orqali tanho gaplashish uchun qanchadir vaqtingizni bag‘ishlashingiz lozim. Shaxsan men har tongda shunday qilaman. Tongning sokin soatlari Xudo bilan chin yurakdan suhbat qilishga va Uning Kalomi ustida tiniq mulohaza yuritishga imkon beradi. Men ko‘pincha yugurib ketayotgan vaqtimda ibodat qilaman (tushunaman, bunga iqror bo‘lish ayrim o‘quvchilarda mening unchalik ham imonli odam emasligim haqidagi fikrlarni uyg‘otishi mumkin). Men o‘zim ehtiyoj sezayotgan ibodat so‘zlari ro‘yxatini tuzib (yoki ularni xotiramda saqlashga harakat qilib) ko‘chaga chiqaman. Yugurishni boshlaganimda, ibodatga shunchalik berilib ketamanki, dunyodagi hamma narsalarni, hatto yugurish poyonidagi charchoqlikni ham unutib yuboraman. Ehtimol, sizga kunning boshqa pallasida ibodat qilish qulayroqdir, ammo baribir men aygan tong chog‘i – ibodat uchun eng maqbul vaqt deb bilaman (bu ayniqsa talabalarga va ishlaydigan odamlarga tegishli). Nima bo‘lganda ham, Osvald Sandersning so‘zlarini bir eslab ko‘ring–a: bizning ibodatga qancha vaqt ajratishimiz – vaqtga qanchalik ahamiyat berayotganimizni ko‘rsatadi. Shunday ekan, kelinglar, ibodatga keragicha vaqt ajrata qolaylik! Oxir–oqibat, ibodat san’atini egallamay turib, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish mumkin emas. Makon. Bundan tashqari, Xudo bilan tanho muloqot qilish uchun to‘g‘ri keladigan makon kerak. Siz ham men kabi yugurish yo‘lagida, velotrassada yoki o‘z xonangizda ibodat qilishingiz mumkin. Ko‘plab erkaklarga ishga ketayotgan paytlarida mashinada ibodat qilish qulay. Xudo bilan o‘zingizni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan gaplashish uchun keleda o‘tirish ham, ko‘zni yumib olish ham shart emas. Buning uchun qat’iy bir qarorga kelsangiz bas: «Musiqa tinglash yoki kechagi o‘yin haqida o‘ylash o‘rniga men o‘z fikrlarimni Xudoga qaratishim va ibodatlarimni Uning taxtiga yo‘llashim lozim». Siz Unga ruhan sajda qilib, Muqaddas Kitob oyatlari haqida gaplashishingiz va ular haqida mushohada qilishingiz mumkin. Shuningdek, Xudo bilan o‘z qalbingizdagi his–tuyg‘ular haqida ham suhbat qilishingiz mumkin bo‘ladi. Iso Masih ibodatdagi erkak qanaqa bo‘lishi kerakligining yorqin namunasidir. Biz Xushxabarda Isoning ibodat uchun tez–tez tanho qolganini ko‘ramiz: U Otadan kuch va boshqaruvini so‘ragan. Mark Xushxabarining 1:35 oyatida Iso ibodat qilish uchun vaqt ham, makon ham topganini bilib olamiz: « Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi» (kursiv meniki. – J. J.). Ibodat malakasi. Shuningdek, sizga ibodatgo‘y hayotingizni bilimdonlik asosida qurishingizga yordam beradigan mahorat ham kerak. Hayotingizga mazmun bag‘ishlagan o‘sha malakalarni qanday egallagansiz? Futbol o‘ynashni, velosiped yoki mashina haydashni qanday o‘rgangansiz? Javob oddiy: bir xildagi harakatlarni takrorlagan holda. Bu javob ibodatga ham taalluqli: ibodat qilayotib, siz ibodat qilishga o‘rgangansiz. Boshqa, «yanada qisqaroq» yo‘li yo‘q. Siz qanchalik muntazam ibodat qilsangiz, ibodat mashqini qancha ko‘proq bajarsangiz, u sizga shunchalik darajada tabiiy holga aylanadi va shunchalik darajada ruhiy tajribaga ega bo‘lasiz. Vaqt o‘tgani sayin o‘zingizda yanada aniq maqsadli va muvaffaqiyatli ibodat qilish xususiyatlari borligini payqab qolasiz. Bundan tashqari, siz qanchalik muntazam ibodat qilsangiz, Isoning huzuri siz uchun shunchalik darajada sezilarli bo‘ladi va gunohga nisbatan ham sezgingiz shunchalik ortadi. Bu sizga Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingizga yordam beradi. Hayot tarzi. Muqaddas Kitob bizni doimiy ibodatda bo‘lishga da’vat etadi. Bizga amr etilgan: “Tinmay ibodat qilinglar» (qarang: 1Salonikaliklar. 5:17), zero Xudoning Ruhi bizda yashaydi va nima haqida ibodat qilishimiz kerakligini biladi (qarang: Rim. 8:26–27), ya’ni, biz hamisha, har qanday joyda, har qanday ehtiyoj uchun, har qanday iltijolar qilib va kechirim so‘rab ibodat qilishimiz mumkin. Aziz birodar, muntazam ibodat xuddi hayot tarzi kabi – Xudoning qalbiga mos erkakka xos ezguliklardan biridir! Men ibodat haqidagi bu suhbatimiz sizni ruhiy mashqlaringizda muvaffaqiyatlarga boshlashi uchun ibodat qilaman. Men ushbu satrlarni masihiylik ezguligining bu muhim yuksalishiga sizlarni undash va da’vat etish istagi bilan yozmoqdaman. Ayni pallada krossovkamni kiyib, biroz yugurgan holda ibodat qilish istagidan o‘zimni zo‘rg‘a tiyib turibman. Mana, ibodatgo‘y hayotingizni yo‘lga qo‘yib, unda muvaffaqiyatga erishmog‘ingiz uchun bir qancha maslahatlar. • Eng kichigidan boshlang. Doimiy ibodatgo‘y hayotingiz har safar buzilganida, kuniga bir necha daqiqa vaqtingizni ibodatga bag‘ishlab, uni tiklashga harakat qiling. • Eng asosiysidan boshlang. Eng avvalo, o‘zingizning ruhan ulg‘ayishingiz haqida ibodat qiling. Agar oilali va farzandli bo‘lsangiz, ana shu haqda ibodat qiling. Xudodan oila boshlig‘i vazifasini bajarishingiz uchun kuch–quvvat so‘rang. • Ehtiyojingiz uchun ibodat ro‘yxatini tuzing. Bu ehtiyojlarni oddiy kartonga yoki maxsus daftarga yozish mumkin. Ro‘yxatga siz ibodat qilmoqchi bo‘layotgan yaqin odamlaringizning ismlarini va ehtiyojlarini kiriting. Bu odamlar va ularning ehtiyojlari haqida doimiy ibodatda bo‘ling. Agar shu maqsadda daftar tutgan bo‘lsangiz, undagi ehtiyoj uchun ibodat so‘zlarini kartochkaga yozib, qayoqqa chiqsangiz ham yoningizda olib yurishingiz hamda yo‘l–yo‘lakay yaqin odamlaringiz va ularning ehtiyojlari uchun ibodat qilishingiz mumkin. • O‘zingizda ibodat ko‘nikmasini shakllantiring. Ibodat san’atini bir kunda o‘zlashtirib bo‘lmaydi – buning uchun vaqt va makon zarur. Bu ruhiy mashg‘ulotni har kuni bajaring. • Xudodan donolik so‘rang. Undan nima haqida va qanday ibodat qilishni ko‘rsatishi haqida so‘rang (qarang. Rim. 8:26–27). • Xudo marhamatining samarasidan bahramand bo‘ling. Xudoning taxtiga ibodatingizni yo‘llang va ibodatlaringizga javoban Xudo bergan marhamatdan rohatlaning. Aziz birodar, Xudoning irodasini bajarib, Unga hamisha manzur bo‘lishni va atrofingizdagi odamlarning hayoti yaxshilanishi uchun ularga ham shunday ta’sir qilishni istaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, ibodatsiz buni eplay olmaysiz. O‘zingizning ibodatli urinishlaringizga javoban marhamat samarasidan bahramand bo‘lishni boshlasangiz, bu marhamatlarning mo‘l–ko‘lligidan va turli–tumanligidan hayratga tushasiz. Yozuvchi Terri Glaspi kitoblaridan birida shunday degan: «Ibodat… – ruhan ulg‘ayishimizning muhim jihatlaridan biridir. Mutlaqo ishonch bilan aytish mumkinki, ruhan ulg‘ayadigan masihiylar – ibodat qiladigan masihiylardir»3. Xullas, aziz birodar, Xudoning qalbiga mos erkak hayotida ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan ezguliklar nihoyatda ko‘p va ular haqidagi suhbatimizni navbatdagi bobda davom ettiramiz. Biroq avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak deb atalishga munosib bo‘lgan erkakning ruhiy qiyofasi haqida nimalarni bilib olganingizni bir eslab ko‘raylik. Bunday odamning qalbi... • Xudoni Najotkor sifatida biladi; • Xudoning Kalomini sevadi; • Xudoga bo‘ysunadi; • ibodat qiladi. Men sizlarni hoziroq Xudoga ibodat orqali yuzlanishga va Undan sizga shunday qalb in’om etishini so‘rashga da’vat etaman! Imon erkaklari O, yetishmas bizga qanchalar Halollik bilan tanilgan zotlar, Faqat Xudo bilan yashayotganlar! – Ana ular – hukm, or–nomus erlari, Yolg‘on so‘zlar chiqmas og‘izlaridan, Qalblarida esa – dushmanlik, qasos, Yovuzlik, soxtalik, shuhratparastlik.– Bu erkaklar esa hamisha tayyor Dunyo bilan jang, kurashlarga, Gunoh zanjirlarin parchalamoqqa, Imon bilan olamni egallamoqqa; Botmay qo‘rquv va shubhalarga Shon–sharaflab najot yo‘llarin, Gunohlardan qilgancha hazar, Samolarga ko‘tarilmoqqa4. Teodor Ruzvelt aytgan: «Siz har qanday joyda va har qanday vaqtda Xudoga sajda qilishingiz mumkin. Biroq avval Unga muayyan joyda va muayyan vaqtda sajda qilishga o‘rganmagan bo‘lsangiz, hoynahoy, bu tarzda Xudoga yuzlanmasangiz kerak»1. Shoh Dovud aytgan: «Egamizning uyiga boraylik”, deb menga aytganlarida shod bo‘ldim» (Zabur. 121:1). 5. XUDONING QALBIGA MOS ERKAK QANDAY BO‘LISHI KERAK (DAVOMI) Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim. Yuhanno 4:24 Biz Xudoning qalbiga mos erkakni boshqa erkaklardan ajratib turadigan ajoyib ezguliklarni o‘zimizda qanday qilib rivojlantirishimiz mumkin? Bu savolni biz oldingi bobda ko‘rib chiqishni boshladik va eng avvalo, Xudoning qalbiga mos erkak ikkita fazilatga, ya’ni itoatli va ibodatgo‘y qalbga ega ekanini bilib oldik. Biroq Xudoga manzur erkaklarga xos bo‘lgan fe’l–atvorning boshqa ijobiy xususiyatlari ham bor. Mazkur bobda biz ana shu xususiyatlar haqida gaplashamiz. Albatta, biz Xudoning qalbiga mos erkakning barcha fazilatlarini ko‘rib chiqa olmaymiz, ammo ular orasidan Xudoda ulg‘ayishimizga va ruhiy yetuklik sari yaqin borishimizda bizga ko‘proq yordam beradiganlarini atayin tanlab oldim. Xudoga olqish bilan to‘lib–toshgan qalb Sizning tasavvuringizdagi shoh Dovud qanaqa? Hoynahoy, u sizga haqiqiy erkak – jismonan o‘ta baquvvat va bukilmas irodali – ko‘rinishida namoyon bo‘lsa kerak. U sher va ayiqni o‘ldirgan. U pahlavonni mag‘lub etgan. U ko‘plab dushmanlarni yenggan jasur jangchi bo‘lgan. U “Dovud shahri” yaratilishiga asos solgan quruvchi bo‘lgan. U Qadimgi dunyoning eng buyuk shohlaridan biri. Shubhasizki, Dovud haqiqiy erkak, mashhur qo‘mondon va o‘z xalqining buyuk yo‘lboshchisi bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, Dovud Xudoning marhamatiga to‘lgan chuqur imonli inson bo‘lgan. U doimo Xudoni olqishlagan va Kalomda Dovud “Isroilning suyukli qo‘shiqchisi” deb atalgan (2 Shoh. 23:1). U o‘zi haqida shunday degandi: «Egamning Ruhi men orqali gapirdi, Tilimdan Uning kalomi to‘kildi» (2 Shoh. 23:2). Dovud doimo ham to‘g‘ri yo‘l tutmagan, lekin uning qalbi hamisha Xudoni izlagan. U barcha yutuq va muvaffaqiyatlari uchun Xudodan minnatdor bo‘lishi kerakligini bilgan. Dovud kunlardan birida Xudo qarshisida ibodat qilib, Uni jo‘shqin olqishlari va navozishlari bilan ulug‘lagan: «Ey Egam Rabbiy! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?!» (2 Shoh. 7:18). Dovud Xudoning o‘ziga ulug‘ iltifot ko‘rsatganini tushungan va uning zaboni Xudoni maqtamay turolmasdi. Ammo bu hali hammasi emas! Dovudning og‘zidan chiqqan baland ruhli so‘zlarni o‘qiyotganda, Xudo sizni qanday marhamatlayotgani haqida o‘ylab ko‘ring. Agar sizning sevimli xotiningiz va farzandlaringiz bo‘lsa, agar siz qatnaydigan jamoat Xudoga ruhan va haqiqat bilan sajda qilsa, agar sizda doimiy ish va yaxshigina uyingiz bo‘lsa, demak, Xudoga minnatdorchilik bildirish uchun asosingiz bor. Biroq sizga nimadir yetishmasa ham, baribir Uni olqishlang: bu shunchaki siz uchun muhim. Har yerda hozir va sevuvchi Xudo sizni tushunadi va nimaga muhtoj ekaningizni biladi. U siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilishga va’da bergan (qarang: Zabur. 22:1), shu bois dadillik bilan Uning donoligini maqtang! Dovud buni sizga o‘rgatishi mumkin. Mana, ilohiy bu erkak Xudoni qanday olqishlab, maqtagan: Egamizga, adolating uchun shukur, deyman, Egamiz – Xudoyi Taologa hamdu sanolar kuylayman (Zabur 7:18). Ey Egamizning taqvodorlari! Egamizga hamdu sano kuylanglar, Uning muqaddas nomini olqishlang (Zabur 29:5). Sevinch ila Egamizga qo‘shiq kuylang, ey solihlar! Unga hamdu sano aytmoq pokdil insonlarga munosibdir (Zabur 32:1). Har doim Egamni olqishlayman, Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi (Zabur 33:2). Dovud bizga ajoyib ibrat ko‘rsatgan, to‘g‘rimi? U Xudoning qalbiga mos erkak Xudoga bo‘lgan sevgisini so‘zlar orqali namoyon etishdan uyalmasligini ko‘rsatgan. Dovud qayerda bo‘lmasin, Xudoga sajda qilgan va Uni olqishlagan. Dovudning qalbi maqtovga to‘la bo‘lgan, yuragi hamisha Xudoni izlagan va u tinimsiz ravishda O‘z Rabbiysini ulug‘lagan. Siz ham shubhalarsiz va ikkilanishlarsiz Xudoni ulug‘lashingiz lozim. Ishxonada yoki uyda band bo‘lsangiz ham, mashina boshqarib ketayotgan bo‘lsangiz ham, oila davrasida dam olayotgan bo‘lsangiz ham Xudoni mudom olqishlash istagi qalbingizni tark etmasligi lozim (qarang: Ibroniylar. 13:15). Ammo hayotda Xudoning huzurini hamisha his etish va Xudoga tinimsiz bo‘ysunish uchun nima qilish kerak? Mana, bu masalalarni hal etishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Xudoning qudrati haqida mulohaza qiling. Hech bir kun yo‘qki, men havoriy Pavlusning Xudo qudrati haqida aytgan gaplarini eslamagan bo‘lsam: «Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman» (Flp. 4:13). Siz jiddiy muammoga to‘qnash keldingizmi? Muhim bir qarorga kelishingiz kerakmi? Xotiningiz va bolalaringiz bilan munosabatlaringizda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi? Rabbingiz har narsaga qodir ekanini eslang. Uni kuch–qudrati hamma uchun ochiq, zero U sizga yordam berishni va’da qilgan. Xudoning qudratiga umid qiling, minnatdorchilik bildiring va Rabbiyni olqishlang. Zaburning madhiyalarini yodlab oling. Menga Zabur kitobining 117–bob 24–oyati juda yoqadi: «Egamiz yaratgan kundir bu, Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik!» Bu ajoyib so‘zlar meni ruhlantirib, qalbimga quvonch bag‘ishlaydi. Men har kunning boshlanishida ularni eslayman va yo‘limda uchraydigan kundalik mashaqqatlar hamda majburiyatlarni hal etishimga yordam beradigan kuchga meni qayta–qayta to‘ldirishadi. Siz ham ushbu oyatlarni qabul qilishga urinib ko‘ring, ana shunda so‘zlarimning haq ekaniga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz. Biz Kalomning kuchi bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tib, Xudoni olqishlab, Unda tantana qilishimiz mumkin. Xudoning va’dalariga tayaning. Olimlarning hisob–kitobiga ko‘ra, Muqaddas Kitobda uch yarim mingdan toki o‘ttiz minggacha Xudoning rejalarini topish mumkin ekan2. Men sizlarni ulardan hech bo‘lmasa bittasini (har qandayini) topishingizga da’vat etaman. Men kun mobaynida behisob ravishda Xudoning rejalariga murojaat qilaman. Ular orasidan mana bularni alohida ajratib ko‘rsatmoqchiman: «Rabbiyga olqishlar bo‘lsin, U har kuni og‘irligimizni ko‘taradi. Xudo bizning najotimizdir» (Zabur. 67:20). Aziz birodar, siz ana shu rejaga tayaning va Xudo sizni har qanday qiyinchiliklar yukidan xalos etganini ko‘rasiz. Siz ozodlikka ega bo‘lasiz, kuchga to‘lasiz va o‘zingizda ishonchni his etasiz. Xudoning barakasiga umid qiling. Pavlus jasorat bilan aytgan: «Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi» (Flp. 4:19). Biz umid qiladigan Xudo qanchalik shavkatli va ulug‘dir! U bizning ehtiyojlarimizni qondirishga va’da beradi, negaki U har kuni va toabad yuboradigan mo‘l–ko‘l ezguligi uchun Uni olqishlash va ulug‘lashimizga barcha asoslarimiz bor! Xudo siz bilan birga ekanligi yodingizda bo‘lsin. Dovud Xudo uning bilan hamisha birga ekanligini aslo unutmagan. U ulkan hurmat–izzat va hayrat bilan bu haqda gapirgan: «Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?! Sening huzuringdan qayerga ham keta olaman?!» (Zabur. 138:7). Mazkur ritorik savolga Dovudning javobi mutlaqo ayon: «Hech qayoqqa!» Bir o‘ylab ko‘ring–a: siz qayoqqa bormang yoki yo‘lda nimaiki yuz bermasin, qayerda bo‘lib qolmang, Xudo boshidan oxirigacha siz bilan birga bo‘ladi. Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini anglab, qalbimizda halovat va taskinni his etishimiz mumkin. U doimo yaqinlarimiz bilan birga ekanligini anglash ham shunchalik quvonchli va taskinbaxshdir. Siz buning uchun Undan minnatdor bo‘lib, olqishlaysizmi? Dovud Xudoning hamisha o‘zi bilan birga ekanini tushungani bois, kunlardan birida shunday degandi: «Men doim Egamga ko‘z tikaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun, Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas» (Zabur 15:8). Xudo hamisha siz bilan birga ekanligi yodingizda bo‘lsin. Siz Unga umid qilib va Uning nomini sharaflab, hayotda dadil qadamlar tashlaysiz. Sizni asragani uchun Xudoni ulug‘lang. Dovuddan avval Isroilni boshqargan shoh Shoul bir necha bor uni o‘ldirishga uringan (garchi Dovud uning kuyovi bo‘lsa ham!), shu bois, Dovud yoshlik paytlaridayoq talaygina azob–uqubatlarni boshdan kechirib, o‘ta ehtiyotkor yashashga majbur bo‘lgan. Ba’zan qochib jon saqlashiga to‘g‘ri kelgan, negaki Shoul har qanday daqiqada unga hujum qilib, o‘ldirishi mumkin edi. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramay, Dovud aytgan: «Ey Egam! Hatto zulmat vodiysida yursam ham, xavf–xatardan qo‘rqmayman, axir, Sen men bilan birgasan…» (Zabur 22:4). Qachonki sizga qo‘rqinchli bo‘lganida, Xudo sizni O‘z qo‘llari bilan asrashini eslang va ana shunda qalbingiz Uning halovati bilan to‘ladi. Mabodo to‘satdan xavf–xatarga to‘qnash kelsangiz, Dovudning so‘zlarini eslang: “xavf–xatardan qo‘rqmayman, axir, Sen men bilan birgasan». Aziz birodar, Xudo hamisha biz bilan birga ekanligini yodda tutgan holda, biz buyuk marhamatga ega bo‘lamiz. Xudoni kuch–quvvati, rejalari, maqsadlari, huzuri va himoyasi uchun ulug‘lab, biz har qanday hayotiy qiyinchiliklar va uqubatlarni yengib o‘tishimizga yordam beradigan ruhiyat va madad olamiz. Shunday buyuk marhamatni biz bilan muloqotda bo‘ladigan boshqalar ham olishadi. Xudoga bo‘lgan imonimiz qanchalik mustahkamligini va qandayin quvonchli ruhiyat qalbimizni to‘ldirayotganini ko‘rgan odamlar biz ishonadigan va sajda qiladigan Xudoni anglab yetishni istab qoladilar. Shu bois, Zabur kitobining 33:2 oyatini qalbingizga joylab oling: «...Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi». U hayotga bo‘lgan munosabatingizni tubdan o‘zgartiradi, buning ortidan esa atrofdagilarning sizga va Xudoga bo‘lgan munosabati ham o‘zgaradi. Xudoga itoat bilan to‘lib–toshgan qalb Biz shu paytgacha Xudoning qalbiga mos erkak ruhiy hayotining shaxsiy jihatlari haqida gapirdik. Bunday erkak Xudoga iltijo qiladi, Uni olqishlaydi va Unga sajda qiladi. U Muqaddas Kalomni o‘qib, undagi oyatlarni yod olib va Kalom haqiqatlarini mushohada etib, o‘z vaqtida minnatdorchilik bildirish va olqishlash uchun ulkan ruhiy kuchga ega bo‘ladi. Ammo ruhiy hayotning yana bir tarafi – jamoaviylik ham bor. Jamoat tashkil topgan ilk kunlardan boshlab imonlilar Xudoga birgalikda sajda qilish uchun yig‘ilishgan. Ular Xudo Kalomini kuylashgan, o‘rganishgan va tirilgan Xudo bilan muloqotdan zavq olishgan. Ular sajda qilish uchun to‘planishgan kun Muqaddas Kitobda “haftaning birinchi kuni” va “yakshanba kuni” deb atalgan (qarang: Havoriylar 20:7; Vahiy 1:10). Yakshanba kunining ahamiyati masihiy uchun juda katta va buning bir qancha sabablari bor. Do‘stim, Masters Seminariyasi o‘qituvchisi d–r Richard Meyxyu, bizni yakshanba xizmatlarida ishtirok etishga chaqirib turadi va bu haqda shunday deb yozadi: Yakshanba – bu haftaning yagona kuni bo‘lib, unda jamoatning barcha qavmi… • Buyuk Cho‘ponning ovozini eshitib, Uning muqaddas irodasini anglab olishlari; • Xudoga yakdillik bilan sajda qilishlari; • bir ovozdan Xudoni olqishlari; • yakdillik bilan Yaratguvchi va Xaloskor shon–shavkati uchun qurbonlik qilishari; • bir–birlari bilan samimiy muloqotda bo‘lishlari va yaqinlari bilan o‘z kechinmalarini baham ko‘rishlari; • bir–birlarini sevgiga va xayrli ishlarga undashlari (qarang: Ibroniylar. 10:24–25)3. Agar biz Dovud kabi taqvodor yashashni istasak, butun qalbimiz bilan Xudoning uyiga intilishimiz kerak. Mana, Dovud Xudoga bo‘lgan itoatini va ma’badga bo‘lgan sevgisini qanday ifoda etgan: Ey Egam, sevaman Sen maskan qilgan uyni, Ulug‘vorliging porlagan joyni (Zabur 25:8). Bir narsani Egamdan so‘raganman, Ha, Undan istaganim bitta narsadir: Egamning uyida to abad yashay, Egamning jamolini ko‘ray, Ma’badda turib, Unga muntazir bo‘lay ( Zabur 26:4). Biz jamoatga qatnashimiz zaruriyatining yana bir sababi shundan iboratki, xotiningiz va bolalaringiz ham ruhiy qo‘llab–quvvatlashga muhtojdirlar, shu bois siz ularni jamoatga borishlariga undashingiz lozim. Er, ota va ruhiy yetakchi sifatida siz bu masalada tashabbus ko‘rsatishingiz kerak. Siz Xudo oldida oilangiz a’zolarining ruhiy farovonligi uchun javobgarsiz, bu esa ko‘p jihatdan ularning Xudo xizmatida bo‘lishlariga bog‘liq. Yakshanba xizmati siz hafta mobaynida qilgan barcha faoliyatingizning so‘nggi bosqichi bo‘lishi lozim. Siz oilangiz a’zolari bilan birgalikda jamoatdagi xizmat soatlari boshlanishini sabrsizlik bilan kutishingiz va Xudoga Uning xalqi bilan birgalikda Uning uyida sajda qilishga butun hafta mobaynida tayyorlanishingiz kerak. Xizmatga tayyor qalb Men bir necha oy muqaddam jamoat xizmatkori bo‘lgan bir imonli odam bilan tanishdim. Biz birgalikda restoranda tushlik qildik. Yangi tanishim ko‘tarinki kayfiyatda jamoatga keluvchilarga xizmat qilish unga qanchalik huzur bag‘ishlashini aytib berdi. U suhbat paytida o‘zini shunaqangi jo‘shqinlik bilan tutdiki, men hatto biroz noqulay ahvolga tushdim: restoran gavjum bo‘lib, hamma bizga e’tiborini qaratgandi, bu odam esa his–hayajonga to‘lib, Xudo va odamlarga xizmat qilish haqida gapiraverardi. U hafta mobaynida Masihdagi birodar va opa–singillarga har qanday yordam berish yo‘llarini doimo izlar va jamoatdagi xizmatini davom ettirish uchun har yakshanbani intiq kutardi. Birinchi qaraganda bu odamning ishtiyoqi bitmas–tuganmasdek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin aslida bunday emasdi. Bunday ko‘rinishning sababi – zamonaviy jamiyat vakilining oddiygina o‘ta xudbinligida. Bu odam aytgan xizmat yuzasidan rashk Masihga manzur, albatta. Bu muqaddas rashk. U – Xudoning qalbiga mos erkak fe’l atvorining yana bir xususiyatidir. Biz o‘zimizning tanaviy (shuningdek, gunohkorona) tabiatimizga ko‘ra eng avvalo o‘zimizning shaxsiy ehtiyojlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qilishga moyilmiz. Biz o‘zimizning ish va mashg‘ulotlarimiz uchun yetarlicha vaqt va kuch bo‘lishi uchun qayg‘uramiz, mabodo biroz kuch va vaqtimiz qolgudek bo‘lsa, yana kimgadir xizmat qilamiz... balki. Biroq siz Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishga intilsangiz, bu holda o‘zingizning vujudiy xohishlaringiz bilan kurashmog‘ingiz va atrofingizdagi odamlarga yordam berishga intilmog‘ingiz lozim. Muqaddas Kitobdagi ko‘plab erkaklar qarshimizda buyuk xizmatchilar kabi gavdalanishadi. Xudo qadimgi Ahdda Ibrohimni “qulim” deb ataydi (qarang: Ibtido. 26:24). Kalom Yoshuani “Egamizning quli” deb nomlaydi (qarang: Yoshua. 24:29). Shuningdek, Xudo Dovudni ham “qulim” deb atagan (qarang: 2 Shoh. 7:5). Biz Yangi Ahdda Xudoga va yaqinlariga ko‘pdan–ko‘p xizmat qilgan odamlar eslatib o‘tilganini o‘qiymiz. Quddus jamoatida beva ayollarga bir qancha tpqvodor erkaklar xizmat qilish uchun tanlangan (qarang: Havoriylar. 6:1–6). Havoriy Pavlus o‘zini “Iso Masihning quli” deb atagan (qarang: Rim. 1:1). Albatta, qurbonlik xizmatining yaqqol namunasini Iso Masih namoyon etgan. Biz aynan Xudoga va odamlarga xizmat qilishimizda Unga taqlid etishimiz shart. U O‘zi haqida shunday degan: «…Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan» (Matto. 20:28). O‘z qalbingizda qurbonlik xizmatining ezguligini o‘stirgan holda, siz ko‘proq odamlarni – o‘z yaqinlaringizni, jamoatingiz qavmini, do‘stlaringiz va tanishlaringizni – sevib qolishni va ularga yaxshiroq xizmat qilishni istaysiz. Filippiliklarga maktubning 2–bob 3–8 oyatlarida Masih haqida nimalar yozilganini o‘qib, Xudoga va yaqinlaringizga xizmat qilish uchun o‘zingizda nimalarni o‘zgartirishingiz lozimligi haqida o‘ylab ko‘ring. …Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha, kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan yuqori deb biling. Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang. Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi; aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi; O‘zini past tutdi. Itoatkor bo‘lib, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi. Biz keyingi ikkita bobda Xudo qalbidagi erkak fe’l–atvorining beshta xususiyatini, beshta yaxshi jihatini ko‘rib chiqdik. Albatta, ilohiy erkakning boshqa erkaklardan farq qiladigan ajoyib xususiyatlari bor, ammo asosiy fazilatlari – bu itoat, doimiy ibodat, hamd–sano, sajda qilish va xizmat qilishga tayyorbo‘lmoqlikdir. Men bu fazilatlarni alohida ajratib chiqdim, negaki biz keyingi boblarda ularning kundalik hayotda qanday namoyon bo‘lishi haqida gapiramiz. Hozir esa ibodat orqali Xudoga yuzlanamiz: Rabbim, Sendan shuni so‘raymanki, atrofimdagilar barcha harakatlarimda Iso Masih shon–shuhratining yog‘dusini ko‘rsinlar. Mening hayotimda faoliyat ko‘rsat. Muruvvating bilan muhr bosib tanlaganlaring qatoriga meni ham qo‘shginki, bu muhrni ko‘rganlar Senga ergashishni istab qolsinlar. Menga yordam ber, ya’ni… …Sening Kalomingni e’tirozsiz bajarishim uchun; …muntazam ibodat qilishim uchun; …Seni mudom olqishlashim uchun; …Senga doimo sajda qilishim uchun; …yaqinlarimga bajonidil xizmat qilishim uchun. II QISM. XUDONING IRODASINI BAJARING Erlar, Xudoga manzur bo‘lishga urinayotganingizda U sizni O‘z sevgisi bilan to‘ldirishini so‘rab ibodat qiling. Rafiqangizga Muqaddas Kitobda yozilganidek asl sevgini namoyon etishni o‘rganing. Ular esa o‘z navbatida sizga javob sevgisini ko‘rsatadilar1. Styuart Skott 6. RAFIQANGIZNI SEVING Ey erlar, Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko‘ringlar… Efesliklar. 5:25 O‘zimning uzoq yillik cho‘ponlik xizmatimda men ko‘p bora maxsus tantanali xizmat – nikoh marosimini o‘tkazganman. Nikoh o‘qiganlarim orasida o‘zimning qizlarim ham bo‘lgan. Yaqinda esa nikohlash marosimini o‘tkazishimni Masters Seminariyasidan bo‘lgan sobiq talabam iltimos qilib qoldi. O‘z–o‘zidan to‘y marosimida ishtirok etish – katta sharaf, boz ustiga, bu haqda o‘zingiz qachonlardir o‘qitgan inson so‘rab turgan bo‘lsa. Brayan maktabning yuqori sinflaridan boshlab Xushxabar tarqatish va yoshlar xizmatida faol ishtirok etgan, shu bois uning qizlar bilan muloqot qilishga deyarli vaqti bo‘lmagan. U Anita bilan turmush qurmoqchi ekanligini e’lon qilganida yoshi o‘ttizdan oshib qolgandi. Brayan hozirda Janubiy Afrikada cho‘ponlik xizmatini o‘tamoqda. Men avval jamoat boshqaruvchilari uchun o‘tkazilgan konferensiyalarda ishtirok etib, o‘sha yerlarda bir necha bora bo‘lganman. Qarangki, bu safarlarimning bari yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Janubiy Afrikada yoz oylari – anchayin salqin mavsum. Meni juda quvontirgani shuki, Brayan va Anitaning to‘yi noyabr oyiga – Janubiy Afrika taqvimiga ko‘ra ancha issiq oyga belgilanibdi. Boz ustiga, rafiqam Elizabetga ham ilk bora bu g‘aroyib mamlakatni ko‘rsatishim mumkin. Nikoh marosimi Yoxannesburg shahri atrofidagi ko‘rkam me’morchilik uslubida qurilgan mo‘‘jazgina jamoatda o‘tkazildi. Men o‘z va’zimda masihiylik sevgisining mohiyati haqida gapirdim. Shunday bo‘ldiki, ushbu kitobimni Brayan va Anita to‘yga tayyorgarlik ko‘rishayotgan pallada yozishni boshladim. Mazkur tantanali marosimga o‘zim ham tayyorlanayotganim bois, rafiqani sevish nimani anglatishi haqida yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishim uchun menda imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu ajoyib juftlik Xudoga va bir–birlariga berishlari kerak bo‘lgan qasamyod haqida o‘ylab, o‘ttiz yil muqaddam o‘zim nikohdan o‘tayotgan chog‘da bergan ahdim yodimga tushdi. To‘y kuningizni xotirada saqlang Rostini aytganda, Elizabet bilan unashuv chog‘imizda qanaqa so‘zlar aytilganini to‘liq eslay olmayman. Ammo cho‘pon va haydovchi hamrohligida jamoat binosiga yon eshikdan kirib, kafedraga o‘tib borganim yodimda. O‘sha yerda to‘planganlar qarshisida turib, kelinni kutib turardim. Yuzim qizarib ketgandi. Yo‘q, meni arilar chaqmagan yoki xijolatda ham emasdim. Gap shundaki, nikoh marosimi kechki soat sakkizda boshlandi, biz esa kun bo‘yi do‘stlar bilan ochiq havoda xursandchilik qildik, men esa suv chang‘isida uchib oftobda toblandim. O‘ylashimcha, marosim juda qisqa bo‘lgan, negaki undan keyin olingan fotosuratda soatdagi vaqt ko‘rinib turibdi: 8:20. Xo‘sh, siz o‘zingizning to‘y kuningizni eslaysizmi? O‘sha kuni bergan ahdingiz esingizdami? O‘shanda rafiqangizga nimani va’da bergandingiz–a? Agar boshqa erkaklarga o‘xshagan bo‘lsangiz, hoynahoy, bu haqda eng oxirgi marta ... to‘y kuningizda eslagan bo‘lsangiz kerak. To‘y kuni – hayotimizning eng muhim kunlaridan biri bo‘lishiga qaramay, biz nikoh ahdimizni unutib yuborishga moyilmiz. Qanchalik g‘alati–ya! Biz unashuv marosimida aytadigan so‘zlar keyingi butun hayotimizga ta’sir ko‘rsatadi. Biz shu kuni rafiqamizga “toki o‘lim ayirmagunicha, kasallik va salomatlikda ham, boylik va kambag‘allikda ham” uni sevishga va’da beramiz. Biz nafaqat jamoat oldida shunday va’da beramiz; eng muhimi – biz Xudo oldida qasamyod qilamiz. Men sizning o‘sha pallada bergan ahdingiz quruq so‘zlar to‘plami bo‘lmaganiga ishonaman. O‘sha kuni turmush o‘rtog‘ingizga chin yurakdan va’da bergansiz. Ammo hammasi ham hayotda biz istaganimizdek bo‘lavermaydi, mening turmushim ham bundan mustasno emas. Oilaviy hayotda ba’zan qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Bu qiyinchiliklarni yengib o‘tganimizda o‘zimizni yengil his qilamiz. Biroq faqat o‘tmish haqida o‘ylash shart emas. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Biz oldinga intilishimiz kerak. Xuddi havoriy Pavlus aytganidek, «Ortda qolganlarni unutib, oldinga intilaman. Faqatgina o‘sha maqsadni ko‘zlayman...» (Flp. 3:13–14). Siz ham “oldinga intilishingiz” kerak. Ha, o‘z xatolaringizdan xulosa chiqarib olishingiz lozim, lekin bugungi va ertangi kun haqida, bergan ahdingiz yana va yana bajarilishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida o‘ylab ko‘rish muhimroqdir. Va sizning qachon – kecha, o‘tgan haftada, o‘tgan yili yoki xuddi men kabi o‘ttiz yil avval – nikohdan o‘tganingiz muhim emas. Nikoh ahdimiz biz uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishi kerak? O‘z rafiqasini chinakamiga sevish nimani anglatadi? Rafiqangizni seving Ehtimol, siz o‘n besh yil birga yashab, o‘zaro munosabatlarida qiyinchiliklarga duch kelgan er–xotinlar haqida eshitgandirsiz. Bu er–xotin nikoh va oila masalalari bo‘yicha maslahatchiga yordam so‘rab murojaat qilishgan. Xotin suhbat mobaynida eri uni sevishi haqida hech qachon gapirmasligini aytgan. Er bu haqda eshitib hayron qolgan: «Axir men uylanayotgan paytimda uni sevishimni aytganman, shundan buyon hech nima o‘zgargani yo‘q». Qanday qayg‘uliki, oilaviy hayotlaridagi shu yillar davomida er xotiniga bo‘lgan sevgisini aytishga fursat topolmagan! Xayriyatki, u o‘zining nikoh qasamyodini butunlay unutib qo‘ymagan ekan. Men juda umid qilamanki, siz o‘z rafiqangizga nisbatan o‘sha beparvo er xotiniga qilganidek munosabatda bo‘lmaysiz. U xotini sevgi so‘zlariga mushtoq ekanini anglashi lozim. Biz barchamiz ham Muqaddas Kitobdagi asl sevgi mavjud bo‘lib, o‘zini qay tarzda namoyon etishini anglashimiz zarur, zero biz erlar har kuni o‘z rafiqamizga sevgimizni ko‘rsatishga da’vat etilganmiz. Kelinglar, erning xotiniga nisbatan sevgisining mohiyati nimada ekanini va bu sevgini qanday namoyon etish kerakligini eslash uchun Efesliklarga maktubga murojaat qila qolaylik. Sevgining buyuk namunasi Biz avvalgi bobda Filippiliklarga maktubning 2–bob, 3–8–oyatlaridan ko‘chirmalar keltirgandik. Pavlus bu oyalarda qurbonlik xizmatining buyuk namunasi tariqasida namoyon bo‘lgan Iso Masih haqila gapirgan. Masih yaqinlariga o‘limiga qadar xizmat qilgandi. Masih, shuningdek, sevgining buyuk namunasini ko‘rsatgan. Pavlus Efesliklarga maktubning 5–bob, 22–23–oyatlarida Masih O‘z jamoatidan bo‘lganlarga ko‘rsatgan sevgining beshta xususiyatidan so‘z ochadi. Masih O‘z jamoatini qanchalik sevgani kabi, biz ham, aziz birodar, o‘z rafiqalarimizni shunday sevishimiz lozim. Kelinglar, berilgan parchani o‘qib, Kalomning bu oyatlari bizni nimaga o‘rgatishini tushunishga urinaylik. Masih sevgisining sifati 1. Masih sevgisi – qurbonlik sevgisi. «…Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday…» (Efes. 5:25). Masihning O‘z jamoati uchun keltirgan qurbonligi haqida Pavlus ham Havoriylar Faoliyati Kitobining 20:28 oyatida Xudo jamoatni O‘z O‘g‘lining qoni evaziga sotib olganini aytadi. Ko‘rib turibmizki, sevgi qurbonligining bahosi juda yuqori. Masih sevgisi bizdan asl sevgi nimani talab etayotganini ko‘rsatadi. 2. Masih sevgisi – poklaydigan sevgi. Masih O‘z jamoatini tabarruk qilmog‘i kerak edi: “ Masih jamoatni suv va Xudoning Kalomi orqali poklab, muqaddas qilish niyatida O‘zini fido qildi. Jamoatni O‘z huzuriga keltirganda, jamoat har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli bo‘lib, ulug‘vor, muqaddas va benuqson bo‘lishi uchun Masih O‘z jonini ayamadi» (Efes. 5:26–27). Iso O‘z jamoatini poklashni va O‘z muqaddasligiga burkashni istagan. Masih sevgisi bizga haqiqiy sevgi nimalar qilishini ko‘rsatib beradi. 3. Masih sevgisi – oziqlantiradigan sevgi. «Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan erkak o‘zini sevgan bo‘ladi. Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O‘z jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi» (Efes. 5:28–29). Har qanday odam o‘z tanasi haqida jonkuyarlik qilgani kabi, Masih ham O‘z tanasi – O‘z jamoati haqida g‘amxo‘rlik qiladi. U bebaho xazina kabi jamoatini asraydi va mehr bilan g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Masih sevgisi haqiqiy sevgi qanday mevalar berishini ko‘rsatadi. 4. Masih sevgisi – barqaror sevgi. Masihning O‘z jamoatiga bo‘lgan sevgisi haqida so‘z yuritilganda, Pavlus Qadimgi Ahddan nikoh marosimlarida tez–tez eshitish mumkin bo‘lgan oyatni keltiradi: «Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar» (Efes. 5:31). Havoriy bu so‘zlarning ma’nosini shunday tushuntiradi: «Bu buyuk sirdir, endi bu sir Masih hamda jamoatga ham taalluqlidir» (Efes. 5:32). U Masih O‘z jamoatini sevgani kabi, biz ham o‘z xotinlarimizni shunday sevishimiz kerakligini uqtiradi. U jamoatini abadiy sevgi bilan sevgan va hatto gunoh qilganimizda ham, bizni sevishdan to‘xtamaydi. Masihning sevgisi barqaror va hech qanday shartlarsiz bo‘ladi. Masih sevgisi bizga haqiqiy sevgining barqaror ekanligini ko‘rsatadi. 5. Masih sevgisi – amaliy sevgi. Bu Muqaddas Kitobdagi asl sevgi va Iso Masih namoyon etgan buyuk ibratning asosiy mazmun–mohiyati hisoblanadi. Masihning sevgisi – amaldagi haqiqiy sevgining yaqqol namunasidir. Muqaddas Kitobdagi qurbonlik keltiradigan, poklaydigan, oziqlantiradigan va barqaror sevgi kabi, sizning rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz ham haqiqiy bo‘lishi kerak! Unga bo‘lgan sevgingiz shunchaki “men seni sevaman” so‘zlaridan ko‘ra kengroq bo‘lishi lozim. Efesliklarga Maktubning 5–bobida keltirilgan “sevgi” so‘zi qadimiy dunyo adabiyotida deyarli uchramaydi. Aslida bu so‘z bizga O‘z sevgisini amalda namoyon etgan Xudoning qalbida va fikrlarida paydo bo‘lgan: U bizni sevishini shunchaki aytib qo‘yaqolmagan, – U biz uchun o‘lgan! Muqaddas Kitobga xos bu asl sevgi amalda! Biz bu sevgi uchun Xudoga uzluksiz minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Ko‘pincha sevgi havoriysi deb atashadigan Isoning shogirdi Yuhanno bizni amalda sevgi ko‘rsatishga da’vat etadi. U shunday yozgan: «…biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda ko‘rsataylik» (1Yuh. 3:18). Masih sevgisini namoyon eting Biz rafiqamizga Masih sevgisini qay tarzda ko‘rsata olamiz? Oilada mukammal sevgini qanday qilib mujassamlashtirish mumkin? Kelinglar, Masihning jamoatga bo‘lgan sevgisiga tegishli sifatlarni batafsil ko‘rib chiqib, ular oilaviy hayotda qanday namoyon bo‘lishini tushunishga harakat qilaylik. Rafiqangizga nisbatan qurbonlik sevgisini ko‘rsating. Bu nasihat boshqa inson uchun nimani – masalan, shaxsiy vaqtingizni – qurbon qilayotganingiz haqida o‘ylashga undaydi. Bu ko‘pincha o‘z manfaatlaringiz doirasida ish tutayotganingiz va boshqa insonga xizmat qilishda noqulayliklarga uchrayotganingizni anglatadi. Nikoh masalalari bo‘yicha bir maslahatchi qachonki “o‘ta xudbinona fikr va harakatlarimiz hayotimizda sevgi buyuradigan fikr va harakatlarga o‘rin berganidagina” biz qurbonlik yo‘sinida amal qilishimizni aytgandi2. Muqaddas Kitobga xos asl sevgi har birimizdan xotinimiz uchun katta qurbonlik qilishimizni talab etadi, biroq biz bu yo‘lda kichik qadamlardan boshlashimiz mumkn. Barchamiz ham o‘z rafiqamiz uchun jon berishga tayyor ekanimizni aytishimiz, ammo uydan chiqindini chiqarib tashlay olmasligimiz mumkin. Kelinglar, avval chiqindini chiqarib tashlashga o‘rganaylik. Mana, yana bir qancha foydali maslahatlar: • xotiningizga ayollarning shanba seminarida yoki jamoat qavmining norasmiy uchrashuvida ishtirok etishiga ruxsat bering, o‘zingiz esa bolalar bilan uyda qoling; • shanba tongida xotiningiz to‘shakda odatdagidan ko‘proq yotishiga izn berib, bolalaringizni o‘zingiz ovqatlantiring; • haftasiga bir bora rafiqangizga Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga borishi uchun imkoniyat berib, uyda bolalarni o‘zingiz olib qoling. Agar enaga yollasangiz yanada yaxshiroq bo‘lardi – bu holda xotiningiz bilan birgalikda mashg‘ulotga borib, so‘ngra bir finjon qahva ustida uni muhokama qilgan bo‘lardingiz. Xotiningizning pokizaligi va halolligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiling. Siz xotiningizga g‘amxo‘rlik qilasizmi? Efesliklarga maktubning 5:26–27–oyatlarida aytilganidek, siz ham uning poklik va beg‘uborlikda bo‘lishi, “har qanday g‘ubor, ajin va dog‘lardan xoli bo‘lishi uchun” har qanaqasiga intilishingiz kerak. Xudo sizni nimaga da’vat etayotganini tushunyapsizmi? Eng avvalo, siz o‘zingiz xotiningizga pokizalik namunasini ko‘rsatishingiz lozim. Shuningdek, uni pokiza ish tutmoqqa ilhomlantirishingiz kerak. Bilasizmi, qanday? Oddiygina usul shundan iboratki, bo‘sh vaqtingizda nimalar qilayotganingizga, qanday dam olayotganingizga, televizordan nima ko‘rayotganingizga e’tiborliroq bo‘ling. Imonli er ezgulik va donolikni sevadi (qarang: Tit. 1:8) va yovuzlikdan yiroqlashadi. Siz o‘z harakatlaringizni yuksak ahloqiy qoidalarga bo‘ysundirishingiz va rafiqangizdan tortib barcha oila a’zolaringiz shu tarzda yashashi uchun g‘amxo‘rlik qilishingiz lozim. Rafiqangizni oziqlantiring. Oziqlantirish g‘amxo‘rlik qilish, tarbiyalash, ovqatlantirish, qo‘llab–quvvatlash, mustahkamlash ma’nolarini anglatadi. Siz xotiningizning ruhan ulg‘ayishida qanday hamrohlik qilishingiz mumkin? Uyda unga qanday yordam bera olasiz? Uning shaxs sifatida ulg‘ayishi uchun o‘z tarafingizdan nimalar qilishga qodirsiz? U qanday mashg‘ulotlarga borishi mumkin? Unga qanday kitoblarni o‘qishini tavsiya qildingiz? U qanday seminarda ishtirok etishi mumkin? Rafiqangizga yanada yetuk shaxs va masihiy bo‘lib yetishmog‘i uchun har taraflama yordam bering. Men hamisha Elizabetni Xudo unga bergan in’om va qobiliyatlarini rivojlantirishga undaganman. Ba’zan bundan ham ortig‘ini qilganman: uni bunga ruhlantirganman! Elizabet fe’l–atvoriga ko‘ra tortinchoq va uyatchan, men esa uning boshqa ayollar bilan baham ko‘radigan nimasidir borligiga doim ishonganman. Men bu haqda uning o‘ziga aytib, tashabbus ko‘rsatishiga da’vat etganman. Xudo va Uning inoyati sharofati bilan Elizabet vaqt o‘tib Muqaddas Kitob murabbiysiga aylandi va yozuvchi bo‘ldi, endilikda u mening o‘zim ehtiyoj sezganimda, menga tez–tez dalda berib ruhlantirib turadi. Sevgida barqarorlikni namoyon eting. Men yugurish bo‘yicha katta havaskor sifatida sprint marafondan tubdan farq qilishini aytmoqchiman. Oilaviy hayot – aslo sprint emas. U marafonga ko‘proq o‘xshab ketadi! Bu qisqa masofaga emas, balki – hayotiy uzun – masofaga mo‘ljallangan. Biz yo‘lda mayda–chuydalarga chalg‘ib, qiyinchiliklardan xafa bo‘lmasligimiz kerak. Nimadir sizni qoniqtirmagani uchun yo‘ldan chiqib ketishni aslo xayolingizga keltirmang. Nikohdan o‘tayotganingizda, xotiningizga umr bo‘yi sodiq qolishga qasam ichgansiz, shu bois sizga belgilangan yo‘lni oxirigacha bosib o‘tishingiz zarur. Agar siz rafiqangizni qurbonlik qiladigan, poklaydigan, oziqlantiradigan va barqaror sevgi bilan sevsangiz, hoynahoy, u ham sizga shunday sevgi bilan javob qaytaradi va munosabatlaringiz yanada chuqurlashadi. Ana shunda o‘zingiz yo‘ldan og‘may borishni istab qolasiz. Sevgi haqida ko‘proq bilib oling Biz ushbu bobda rafiqaga bo‘lgan sevgi haqida ko‘p gapirdik. Ehtimol, hozir bularning barini amalga oshirib bo‘lmaydigandek tuyulishi mumkin. Vazifani yengillashtirish uchun, keling, yuqorida keltirilgan barcha qoidalarni ikkita tasdiqlovga bo‘lib chiqaylik. 1 tasdiqlov. Iso Masih bizga sevgining yuksak namunasini ko‘rsatadi. U bizni rafiqalarimizni sevishga o‘rgatadi. Biz xotinimizni Iso O‘z jamoatini sevganidek – qurbonlik qiladigan, poklaydigan, oziqlantiradigan va barqaror – sevgi bilan sevishimiz lozim. 2 tasdiqlov. Sevgi amalda. Rafiqangizga o‘z sevgingizni aytishni unutmang, ammo yana muhimrog‘i – sevgingizni amalda ko‘rsating. Biz xotinimizga sevgimizni nafqat so‘z bilan, balki amalda ham ko‘rsatishimiz shart. Ehtimol, amalda rafiqaga sevgini qanday ko‘rsatish kerakligi haqida sizda savol tug‘ilgan bo‘lsa kerak. Men keyingi bobda ancha oddiy, ammo shu bilan birgalikda turmush o‘rtog‘ingizga sevgingizni namoyon etishda yordam beradigan muayyan qadamlar haqida gapirib beraman. Biroq bundan avval sevgi haqidagi ushbu mulohazalarni o‘qib, o‘zingizga savol berib ko‘ring: «Rafiqam unga bo‘lgan sevgimni bu kabi so‘zlar bilan ta’riflay olarmikan–a?» Sevgi Men seni sevaman Nafaqat qalbingdagi go‘zallik uchun, Balki mening qalbimni boyitganing uchun. Men seni sevaman, Nafaqat oliyhimmat maqsading uchun, Balki umrimga teran ma’no berganing uchun. Men seni sevaman Menda sen uyg‘otgan barcha yaxshilik, Barcha olijanob tuyg‘ular uchun. Men seni sevaman Xavotir– hayajonimda taskin, yupanch berib Barcha ojizligimni kechirganing uchun. Rutubatli bu olamda sen Nurni, yorug‘likni ko‘rganing uchun – Boshqalar holdan toyib izlashgan joyda, – Sen ezgulik va go‘zallikdan Nishona topganing, ko‘rganing uchun. Men seni sevaman Hayotim toshlaridan oshxona emas, Balki ma’bad qurishimga yordam berganing Har bir yangi kundan quvonchga to‘lib Kuylaganim, shodon bo‘lganim uchun3. Oilaviy baxtning o‘nta siri Bir–biringiz bilan muloqot qiling. O‘zaro “men seni sevaman” deb ayting. Bir–biringizga qo‘l tekizing. Bir–biringizda ehtiros uyg‘oting. O‘zaro sabrli bo‘ling. Bir–biringizga ishoning. Bir–biringizga yaxshilik qiling. Bir–biringizni qadrlang. Bir–biringizdan minnatdor bo‘ling. Bir–biringizni tushunib, hamfikr bo‘ling1. Kennet Kilinski 7. RAFIQANGIZNI SEVING (DAVOMI) Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi. Hikmatlar 18:23 Men avvalgi bobda rafiqalarimizga sevgini qanday namoyon etish haqida gapirib o‘tishga va’da bergandim. Biz uni faqat so‘z bilan sevmasligimizni yaqqol tushunishi uchun nimalar qilishimiz kerak? Aslida esa hech nimani o‘ylab topishimizga hojat yo‘q: o‘z vaqtida sevgimizni shu tarzda namoyon etganimiz tanlaganimiz qalbini eritgan va unda javob sevgisini uyg‘otgandi. Bo‘lajak rafiqangizga sevgingizni qay tariqa bildirganingizni eslang va nikohdagi sevgi haqida yana nimalarnidir bilib olishga tayyorlaning. Hozir men turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlarni aytaman. Rafiqangizning yaqin do‘sti bo‘ling Hayotda har birimizning ham yaqin do‘stimiz bor. Maktabda yuqori sinfda o‘qiyotganimda bir qancha qalin do‘stlarim bo‘lgan. Biz hamma ishni birgalikda qilardik. Bizlar bir–birimizga o‘zaro munosabatlarimizni saqlab qolishga va’da bergandik, ammo vaqt o‘tib do‘stligimiz rishtalari zaiflashdi. Va nihoyat, do‘stligimiz ham yakuniga yetdi. Mutlaqo ayonki, do‘stlik yaqin munosabatlarsiz, o‘zaro aloqalarsiz nobud bo‘ladi. “Ayriliq sevgini faqat mustahkamlaydi” iborasi barcha vaziyatlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Men hozir sizlarni bo‘lajak rafiqangiz ning ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan qaytarmoqchiman. Siz uning yaqin do‘sti bo‘lishga uringanmisiz? Ishonamanki, uringansiz. Hoynahoy, agar u siz bilan emas, boshqa odamlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganida hasad o‘tida yongandirsiz. U bilan birga bo‘lish va xursandchilik qilish sizga yoqqanmi? Bizning Elizabet bilan munosabatlarimizda ham shunday bo‘lgan: qachonlardir biz yaqin do‘stlar bo‘lganmiz. Barcha sevishganlarga muloqotning musaffo quvonchi hech qachon tugamaydigandek bo‘lib tuyuladi, ammo sevishganlar er–xotin bo‘ladigan vaqt keladi va avvalgi quvonch esa qayoqqadir ketib qoladi. Nega shunday? Bu savolga javobni oddiy formula yordamida ifoda etish mumkin: vaqt + yaqin tanishuv + g‘amxo‘rlik + majburiyatlar = tuyg‘ular o‘tkirligining kamayishi Boshqacha aytganda, kundalik tashvishlar, er–xotinlik majburiyatlari ular munosabatining o‘rtasida to‘siqqa aylanib, er va xotinni bir–birlaridan yiroqlashtiradi. Biroq boy berilgan quvonchni qanday qilib tiklash mumkin? O‘sha yorqin, baxtiyor kunlarni eslab ko‘ring. Xo‘sh, o‘zingiz va sevganingiz xursand bo‘lishingiz uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Bu haqdagi fikr–xotiralaringizni qog‘ozga tushiring va so‘ngra yana xuddi shunday yo‘l tutishga qaror qiling, zero bu olamdagi barcha o‘zaro aloqalar ichida rafiqangiz bilan do‘stlik – sizdagi eng qimmatbaho munosabatlardir. Birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazing Siz bo‘lajak rafiqangizning ko‘nglini ovlab yurganingizda, hoynahoy, u bilan doimo birga bo‘lishni istagan bo‘lsangiz kerak. Hozirda hayotingizning har bir lahzasini birga o‘tkazishni istaysizmi? Eh, qalbingizda avvalgi his–tuyg‘ular qolmaganmi? Lekin nima uchun? Siz xotiningizga shunchalik o‘rganib qolganingizdan, uni aslida shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilyapsizmi? Siz u bilan ish, golf o‘yini, baliq ovi ki do‘stlaringiz bilan futbol o‘yiniga borishingiz haqida gaplashasizmi? Hoynahoy, har kunlik tashvishlar bois ko‘pincha birga bo‘lmasangiz kerak. Balki ertalab ishga ketish oldidan u bilan bir soatdan kamroq, oqshom esa holdan toydiruvchi ish kunidan so‘ng ikki yoki uch soat birgalikda vaqt o‘tkazarsiz, xolos. Ammo, menimcha, faqat ikkalangiz birgalikda o‘tkazadigan vaqtingiz bundan ham kam. U kechki ovqat tayyorlashi va keyin idish–tovoqlarni yuvishi, bolalar bilan shug‘ullanishi, ularni uxlatishi kerak. Sizda xotiningiz bilan o‘zaro muloqot uchun juda kam vaqtingiz qoladi. Ammo siz bularning baridan ko‘ra qimmatbaho vaqtingizni boshqa nimalargadir sarflashni afzal ko‘rsangiz, jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz. Siz bu harakatingiz bilan xotiningizga go‘yo shunday degandek bo‘lasiz: «Menda sendan ham muhimroq yana nimalardir bor». Siz, albatta, rafiqangizni sevasiz va shubham yo‘qki, uni Masih O‘z Jamoatini sevganidek skvasiz. Rafiqangiz – Xudoning qimmatbaho in’omi. Muqaddas Kitobda aynan shunday yozilgan: «Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi» (Hikmatlar 18:22). Agar siz yaxshi xotin topgan bo‘lsangiz, demak, xazina topibsiz! Bu ayol – Xudoning sizga bergan marhamatining belgisidir va men sizdan faqat shuni so‘rayman: har oqshom xotiningiz bilan gaplashib olish uchun, undan kun qanday o‘tgani va qanaqa natijalar berganini so‘rab olish uchun bir necha daqiqa vaqt toping. Bu ikkalangizga ham katta marhamat in’om etadi! Rafiqangizni uchrashuvga taklif eting Siz turmush o‘rtog‘ingizni sevishingizni aytyapsiz–a. So‘zingizning ilk isbotlaridan biri – u bilan chin yurakdan gaplashib olish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni bag‘ishlashga tayyor ekanligingiz. Ammo nega bu borada yanada oldinga intilmaslik kerak ekan? Nega uni xuddi o‘tmishning ajib damlari bo‘lgani kabi uchrashuvga taklif etmaslik kerak? Nega u bilan birgalikda tushlik qilib bo‘lmas ekan? Nega ikkalangizga ham... yoki unga huzur bag‘ishlaydigan qandaydir mashg‘ulot bilan birgalikda shug‘ullanib bo‘lmas ekan. Misol uchun, xotiningiz bilan birgalikda do‘konlarga boring (ux!). Rafiqangizni haftasida hech bo‘lmasa bir marotaba uchrashuvga chaqiring. Mehmonlar uyingizda bo‘lishganida yoki ikkalangizni birgalikda mehmonga taklif etishganlarida buni o‘zaro uchrashuvingiz deb hisoblamang. Hech kim va hech nima – bolalar ham, mehmonlar ham, ish ham, boshqa biror narsa ham – sizni rafiqangizga sevgi izhor etish imkoningizdan mahrum qilmasin! Bir tasavvur qiling: agar har hafta xotiningizni uchrashuvga taklif etadigan bo‘lsangiz, o‘n besh yillik birgalikdagi hayotingiz mobaynida boshqalardan xoli yetti yuz sakson marotaba uchrashar ekansizlar – yetti yuz sakson marta hech kim sizlarga sevgingizni izhor etishingizga xalal bermaydigan vaziyatda bo‘lasizlar. Siz bunday uchrashuvlar munosabatlaringizni chuqurlashtirishi va mustahkamlashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Biz Elizabet ikkalamizga bunday uchrashuvlar juda yordam beradi. Va har safar ham qimmat restoranlarga borishning hojati yo‘q. Biz ko‘p yillar davomida oddiygina kafelarda o‘tirib, bir chashka qahva ustida samimiy suhbat quramiz, bir–birimizni tinglaymiz, orzularga berilamiz va shunchaki dam olamiz. Men ancha yillar avval qatnagan bir jamoatda yaqindagina cho‘ponlar konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada oldimga boshqa shaharlik bir cho‘pon keldi. U men bilan nima haqdadir suhbatlashmoqchi edi, biroq suhbatimiz uchun vaqt ajratmoqchi bo‘lganim o‘sha yagona oqshomda cho‘pon o‘zi qo‘nim topgan xonadondagi er–xotinning bolalariga qarab turishi kerak bo‘libdi. Ular bir–birlari bilan uchrashib olish uchun cho‘pondan shu haqda iltimos qilishgan ekan. Bu juftlikning va cho‘ponning mazkur uchrashuvga qanchalik ahamiyat berishgani meni zavqli hayratga to‘ldirdi. Biz cho‘pon bilan uchrashib, suhbatlasha olmadik, ammo bundan afsuslanmayman. Ishonchim komil: o‘shanda er–xotinlarning uchrashib olishlari anchayin muhimroq edi. Aziz birodar, rafiqangizni uchrashuvga taklif eting! Bu uchrashuvni keyingi haftaga qoldirmang. Bu sizga ham, rafiqangizga ham katta marhamat olib keladi! Rafiqangizni e’tiboringiz bilan qurshab oling Inson ongi – mo‘‘jizaning o‘zi! U bir vaqtning o‘zida minglab vazifalarni bajarishi mumkin! Bu ba’zan sizga foyda keltiradi, ba’zida esa yo‘q. Misol uchun, xotiningiz siz bilan gaplashayotganida sizning boshqa boshqa birov yoki boshqa narsalar haqida o‘ylashingiz yaxshi emas! Rafiqangiz sizga o‘z qalbini ochadi, sizning xayolingiz esa undan uzoq–uzoq qayerdadir kezib yuradi. Ayol buni payqamay qolishi mumkin emas. Biz, erkaklar, o‘zimizni juda aqlli deb bilamiz. Bizning o‘zimizga qachon rozilik ishorasini berishni yoki “ha–ha, albatta” deyishni biladigandek tuyuladi, biroq rafiqalarimiz bizning xayolimiz boshqa joyda ekanligini hamisha payqab olishadi! Siz rafiqangizning yonida bo‘lganingizda, ayniqsa u bilan xoli qolganingizda uni e’tiboringiz bilan qurshab olishingiz lozim: bu paytda nafaqat sizning jismoniy ishtirokingiz,balki butun diqqat–e’tiboringiz ham unga qatalishi muhim. Buning uchun diqqatni jamlash zarur. Shaxsan o‘zim bunga tez o‘rgana olmaganman. Kommivoyajerlik faoliyatim har bir mijozga e’tibor qaratishni taqozo etadi, rafiqa esa, o‘z–o‘zidan ayonki, har qanday mijozdan muhimroq! Turmush o‘rtog‘ingiz bilan tanho qolganingizda, uni e’tiborga burkashni o‘rganing, ana shunda yuzaga kelgan natijaga har qanday kommivoyajer ham havas qiladi! Rafiqangizni tinglashni o‘rganing Hozir esa bo‘lajak rafiqangizni ko‘nglini ovlab yurgan damlaringizga xayolan yana qaytishingizni so‘rayman. O‘shanda uning har bitta so‘zini ilg‘ab olgansiz–a. O‘shanda siz diqqat bilan tinglagansiz. Nega? Negaki uning ko‘nglini chog‘ qilishni istagansiz. Sizni dunyodagi eng yaxshi erkak deb bilishini xohlagansiz. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi o‘zi? Nahotki sizni xuddi shunday erkak dkb hisoblashini boshqa istamay qolgan bo‘lgansiz? Xotiningiz bilan xoli qolganingizda qimmatbaho daqiqalardan foydalanib, uni diqqat bilan tinglang. Bundan u behad xursand bo‘ladi. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingizni uchrashuvga taklif etganingizda, uning so‘zlarini alohida e’tibor bilan tinglang. Er ham, xotin ham bir–birlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishlari va yakdillikka erishishlari juda muhim. Kimdir o‘z fikrini mana bunday ifoda etgandi: «Nikohning mohiyati muloqot va o‘zaro tushunishdan iborat. Aytish mumkinki, samimiy muloqot va o‘zaro teran tushunchalar rishtalarini bog‘laydigan er–xotinlar chinakamiga baxtlidirlar»2. Tan olishim joizki, men doimo ham rafiqamni diqqat bilan tinglamaganman. Ko‘pincha ish–tashvishlarim ko‘pligini ro‘kach qilib, uni tinglamaslikni o‘zimga ravo ko‘rganman. Ehtimol, siz ham ba’zan xotiningizning gaplarini eshitmaslik uchun shu kabi bahonalar toparsiz. Men o‘zim bunga o‘rganishim kerak edi. Vaqt o‘tib men bu san’atni o‘rgandim, endi esa sizlar bilan bir qancha foydali maslahatlarni baham ko‘rmoqchiman. Ishonamanki, ular rafiqangiz bilan munosabatlaringizda yordam beradi. • Xotiningizni tinglayotib, unga sevgingizni namoyon etayotganingizni anglab oling. Siz bu bilan uning o‘zingiz uchun qanchalik qadrli ekanini ko‘rsatasiz. • Ishdan uyga qaytayotganda, kunning barcha tashvishlarini bir chetga surib, rafiqangiz bilan muloqot qilishga o‘zingizni tayyorlang. Unga qanday savollar berishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Bunday tayyorgarlik unga e’tibor qaratishingizga yordam beradi. • O‘z keysingizni ishxonada qoldiring (agar buning iloji bo‘lmasa, bir muddatga bo‘lsa–da uni mashinangizda qoldiring). Bu o‘z–o‘zidan ish haqidagi fikrlaringizni chetga surib, xotiningiz bilan muloqotga sizni tayyorlaydi. • Xotiningizdan kunni qanday o‘tkazganini so‘rang. Agar bir finjon qahva ustida suhbat qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. • Xotiningizni sizga murojaat qilganida boshqa barcha ishlaringizni qo‘ya turing. Uning ko‘ziga qarab, diqqat bilan tinglang, axir siz boshqa odamlar bilan shunday gaplashasiz–ku. • Suhbat mobaynida xotiningizga savollar bering. Bu uning fikrlarini kuzatib borishingizga yordam beradi. • Sizni eshitmaganlari qanchalik yoqimsiz bo‘lganini eslang. Siz xotiningizni tinglamaganingizda, u ham ana shunday ahvolga tushadi. O‘z sadoqatingizni nikoh ahdi bilan mustahkamlang Men mazkur bobda turmush o‘rtog‘ini so‘z bilan emas, balki amalda sevish nimani anglatishi haqida so‘zlayman. Men rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam beradigan to‘rtta maslahat berdim. Biroq bu maqsad yo‘lida yana bir muhim qadam bor. Rafiqangiz bilan uchrashuv tashkil etganingizda, qulay fursat topib, unga nikoh ahdingizga sodiqligingizni ko‘rsatmoqchi ekaningizni ayting. Siz nikoh qasamyodining mana bu so‘zlarini yozib olib, sevgilingizga o‘qib berishingiz mumkin: Men, (ismingiz), seni (rafiqangizning ismi) rafiqam deb qabul qilaman hamda boylik va kambag‘allikda ham, quvonch va qayg‘uda ham, xastalik va salomatlikda ham, toki o‘lim bizni ajratmagunicha senga sevimli va vafodor er bo‘lish uchun Xudo oldida javobgarlik bilan ont ichaman. Xotiningizdan nikoh uzugini so‘rang. So‘ngra nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni tasliqlab, barmog‘iga shu uzukni yana taqib qo‘ying. Siz quyidagi so‘zlarni ham qo‘shimcha qilishingiz mumkin: Men bizning o‘zgarmas ishonch va abadiy sevgimizning belgisi hamda kafolati sifatida senga mana shu uzukni sovg‘a qilaman. Barcha bu maslahatlar va takliflar rafiqangizga sevgingizni namoyon etishga yordam berishga qaratilgan. Uni do‘stingiz kabi qadrlashingizni ayting. U bilan birga bo‘lish sizga yoqishini ayting. Uni uchrashuvga taklif eting. Nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni va bu ahdni hayotda amalga oshiringizni ayting. Xudoning inoyatiga umid qilgan holda unga bergan va’dangizga bir umr sodiq qolishingizni ayting. Turmush o‘rtog‘ingizga har tomonlama sevgini namoyon eting! Ehtimol, quyidagi she’r xotiningizga sevgi haqida gapirishingizga va imkon qadar tez–tez shunday qilishingizga ilhomlantirsa ajabmas. Unga sevgi haqida aytgin Hayotingda ko‘p tashvish, mehnat Lekin bitta quvonch bor, albat, – Yaratguvchi rafiqa bergan! Unga sevgi haqida aytgin! Qachonlardir sen bo‘lib shodon Uni qo‘lda ko‘tarding mudom, Nahot barin unutib qo‘yding? Unga sevgi haqida aytgin! Kunlar, yillar o‘tsa ham ammo, Uning husni so‘lmaydi aslo, Zabonida yangrayli isming. Unga sevgi haqida aytgin! Tegishlisan unga sen abad, U – seniki, sen uchun faqat. Ana shunday bu hayot yo‘ling. Unga sevgi haqida aytgin! Yomonlikdan uni asragin, Aslo tushkun, ma’yus bo‘lmasin, Jannat axir u bilan umring. Unga sevgi haqida aytgin!3 Masihiy oilalarga qarshi yovuzlik kuchlari bosh ko‘tarmoqda. Masihiycha nikohlar xavfli shiddat bilan buzilmoqda. Masihiy oilalardagi bolalar yetarli darajada diniy tarbiya va ahloqiy ibrat olishmayapti. Men oilaning ruhiy yetakchilariga aylanishlari kerak bo‘lgan, ammo Xudo ularning zimmasiga topshirgan vazifani bajarishdan bo‘yin tovlayotgan otalar va erlar bunday qayg‘uli holatning asosiy aybdorlari ekaniga ishonaman. Jim Jorj 8. RAFIQANGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu–ko‘st rioya qilishardi. Luqo 1:6 Biz Elizabet bilan xizmatimiz doirasida masihiylikning ko‘plab taraflariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish uchun mamlakatimizning turli burchaklarida bo‘lganmiz. Seminarlarimizda qatnashgan turmushga chiqqan masihiy ayollar ko‘pincha erlarining oilada ruhiy yetakchi bo‘lishni istamayotganlaridan arz qilishadi. Bu ayollar katta noqulaylikni his etishadi, negaki ularga erlarining o‘z zimmalaridagi da’vatni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ular o‘z erlarini ruhiy rivojlanishda ancha ortda qoldirayotganlari bois, xotini bilan bellashishdan umid uzib qo‘yadigan erlari bariga qo‘l siltab yuborishlaridan qo‘rqishadi. Oqibatda xotinlar ham ruhan o‘sishni istamay qoladilar. Shu tariqa, mabodo er rafiqasi va yaqinlarini o‘z ortidan ergashtirmasa, bu butun oilaga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. «Dushman biz tomon kelmoqda...» Men ko‘pincha karikatura gazetalarida va’zlar va seminarlar yuzasidan chop etilgan illyustratsiyalarni ko‘rib qolaman. Karikaturadagi sevimli qahramonlarimdan birining ismi Pogo. Uning tog‘ cho‘qqisida kichkina yog‘och qilich bilan tasvirlangan surati menga juda yoqadi. Odam samoni ko‘rsatib gapirmoqda: «Dushman biz tomon kelmoqda... va bu dushman – bizning o‘zimiz!» Aziz birodar, biz – erkaklar, erlar, otalar, – juda tez–tez o‘zimiz uchun eng xavfli dushmanlarga aylanib qolamiz. Men nega bu fikrdaman? Negaki, masihiy oilaga qarshi yovuzlik kuchi bosh ko‘tarmoqda. Masihiy oilalar xavfli shiddat bilan buzilmoqda. Masihiy oilalardagi bolalar yetarli darajada ruhiy tarbiya va ahloqiy ibrat olishmayapti. Men oilaning ruhiy yetakchilari bo‘lishlari kerak bo‘lgan, ammo Xudo ular zimmasiga topshirgan vazifani bajarishdan bo‘yin tovlayotgan otalar va erlar bunday qayg‘uli holatning asosiy aybdorlari ekaniga ishonaman. Biroq mavjud vaziyatni o‘zgartirishga hech qachon kech emas. Biz bunday xavfli ko‘rinishga qarshi kurashni boshlashimiz mumkin. Buning uchun bor–yo‘g‘i Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishni va o‘z oilangizga yordam berishni ixtiyor etib, Xudoning shon–shavkati va oilangizning manfaati uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘lsangiz bas. Bu – eng muhimi! Men sizning ana shunday erkak bo‘lishingiz va ushbu kitob xotiningiz o‘ta ehtiyoj sezayotgan ruhiy yetakchiga aylanishingiz uchun ibodat qilaman. Shaxsan o‘zim bu borada masihiylik yo‘limning boshida orzu qilganlarimning barisiga erishdim deb ayta olmayman. Men ruhiy yetakchi sifatida hamon ruhan ulg‘ayishda davom etyapman. Xo‘sh, siz o‘zingizga yo‘llangan da’vatni qabul qilishga tayyormisiz. Umid qilamanki, tayyorsiz. Bu sizga yoqadimi–yo‘qmi, ammo uylangan bo‘lsangiz, Xudo oilangizning ruhiy farovonligi uchun sizga er va otalik majburiyatlarini topshirgan. Sizning Xudoda qanchalik muvaffaqiyatli o‘sishingiz xotiningiz va bolalaringizning ruhan ulg‘ayishlariga bog‘liq. Ishonavering, bu shunday! Biroq yanada muhimi shuki, biz Xudo oldida yaqinlarimizning ruhiy farovonliigi uchun ham javobgarmiz. Ammo oiladagi ruhiy boshqaruvga nisbatan yanada mas’uliyatli munosabat nimani anglatadi? Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantiring Xotiningizni ruhan ulg‘ayishga ilhomlantirishning eng yaxshi usuli – o‘zingizning ruhan barkamollikka intilishingizdir. Avval aytib o‘tganimdek, oilaning ruhiy hayotiga siz ohang berasiz. Ayrim turmushga chiqqan ayollar erlari oiladagi ruhiy boshqaruvda tashabbusni ko‘rsatmagunlaricha, ruhan ulg‘ayish yo‘lida hech qanday qadam qo‘ymaydilar. Ayrim ayollar esa erlarining ruhiy ulg‘ayishda orqada qolayotganlarini ko‘rib, ularning o‘zlariga yetib olishlariga imkon berish uchun “to‘xtalishadi”. Ikkala holatda ham ayolning ruhan ulg‘ayishi erining nomuvofiq hatti–harakatlari bois sekinlashadi. Ehtimol, bu kabi holatlar sizning oilangizda ham sodir bo‘layotgandir? Aziz birodar, agar chindan ham rafiqangizni o‘z ortingizdan ergashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zgarishingiz zarur! Men bir kuni Muqaddas Kitobni o‘qib turganimda, o‘z ruhiy holatim haqida jiddiy fikrlashga undagan parchaga e’tiborimni qaratdim: Yahudiya shohi Hirod davrida Zakariyo degan bir ruhoniy bor edi. U ruhoniy Abiyo urug‘idan kelib chiqqandi, xotini Elisabet ham ruhoniylar naslidan edi. Ikkalasi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu–ko‘st rioya qilishardi (Luqo 1:5–6; kursiv meniki. – J. J.). Oradan yillar o‘tib, ana shu Zakariyo va Elisabet Iso Masihni cho‘mdirgan Yahyo Cho‘mdiruvchining ota–onasi bo‘lishadi. Xudo alohida xizmatni amalga oshirishi belgilangan Go‘dakning ota–onasi o‘zgacha bir insonlar bo‘lishini istagan. Mazkur oyatlarni o‘qib, men o‘zimga saboq chiqarib oldim: Xudo meni ham, xotinimni ham ruhan ulg‘ayishga chorlamoqda. Xudoning marhamati nafaqat bizning oilamizga, balki xizmatimizga ham kelishi uchun biz ikkalamiz ham ruhan ulg‘ayishimiz kerak. Biz, erkaklar, bu haqiqatni anglab, uni hayotga singdirishga kirishganimizda, har birimiz rafiqamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘mak bera olishimiz mumkin. Bunday yordam dastlab juda oddiy tuyuladi: siz va xotiningiz ertalablari Muqaddas Kitobni alohida–alohida o‘qishingiz, oqshomlari esa o‘qiganlaringizni mushohada qilsangiz bo‘ladi. Shuningdek, Muqaddas Kalomni birgalikda o‘rganishlaringiz ham mumkin. Er–xotinlar o‘z ruhiy hayotlarida Muqaddas Kitobni o‘rganishlari bo‘yicha ko‘plab ajoyib qo‘llanmalar bor, shu bois “menda zarur qo‘llanma yo‘q” jumlasi bilan oqlanib bo‘lmaydi. Biz, erkaklar, oilamizning ruhan ulg‘ayishida ko‘proq tashabbus ko‘rsatishimiz lozim. Rafiqangizning ruhan ulg‘ayishini osonlashtirish uchun uning ruhiy mashg‘ulotlarida doimo ham bevosita ishtirok etishning hojati yo‘q. Ba’zan unga qo‘llab–quvvatlash va madad so‘zlari bilan murojaat qilishning o‘zi kifoya. Xotinim Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga ayollarni tayyorlayotganida, unga o‘qib–o‘rgatishga urinmayman. Men faqatgina uni qo‘llab–quvvatlashim, maslahatlar berishim, yaxshi so‘zlar bilan ruhlantirishim mumkin. Bunday vaziyatda mening ruhiy yetakchi sifatidagi o‘rnim aynan shundan iborat. Men sizlarni tag‘in nikoh kuningizni yana bir bora eslab ko‘rishga da’vat etaman. O‘shanda siz tanlagan turmush o‘rtog‘ingizga uning haqida g‘amxo‘rlik qilishingizni aytgansiz. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondirishni o‘z ichiga oladi, negaki siz uning ruhan o‘sishiga har taraflama yordam bermog‘ingiz shart. Va albatta, bu yo‘ldagi ilk qadam – Xudodan o‘zingizning katta intilish bilan o‘sishingizda yordam berishini so‘rashdir. So‘ngra xotiningizdan, uning nazarida qay tariqa, yordam berishingiz mumkinligi haqida so‘rang. Rafiqangizni ehtiyot qiling Kelinglar, biz tag‘in Efesliklarga maktubning 5–bobiga murojaat qilaylik va oilada ruhiy boshqaruvning yana bir jihati – rafiqani ehtiyot qilish haqida mushohada yuritaylik. Pavlus 26–27–oyatlarda Masihning O‘z jamoatiga bo‘lgan sevgisi haqida yozadi. ... suv va Xudoning kalomi orqali poklab, muqaddas qilish niyatida... Jamoatni O‘z huzuriga keltirganda, jamoat har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli bo‘lib, ulug‘vor, muqaddas va benuqson bo‘lishi uchun Masih O‘z jonini ayamadi. Iso Masih O‘z jamoatining “har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan xoli” tarzda namoyon bo‘lishini xohlaydi. U jamoatining muqaddas va benuqson bo‘lishini istaydi, shu bois uni mudom ehtiyot qiladi. U jamoatining pokligi haqida qayg‘uradi. Bu siymo bizni o‘z rafiqamizni ruhan asrash nima ekanligiga o‘rgatadi: biz uni gunohkor dunyoning halokatli ta’siridan asrashimiz lozim. Siz o‘z xotiningizni ehtiyot qilasizmi? Yoki o‘z ishlaringiz bilan o‘ta band bo‘lganingiz bois xonadoningizda va uning hayotida nimalar bo‘layotganini sezmayapsizmi? Adan bog‘ida ilon Momo Havoning oldiga sudralib borganida, Odam Ato o‘zini ana shunday tutgandek bo‘lib tuyuladi (qarang: Ibtido. 3:1–5). Xo‘sh, shayton Momo Havoni vasvasaga solib, Xudoning donoligini hamda Xudoning Odam Atoga va Momo Havoga bo‘lgan sevgisini shubha ostiga qo‘yganida, Odam Ato qayerda edi? Nega Odam Ato xotinini himoya qilib, Xudoni oqlash uchun biror so‘z aytmadi? Biz Muqaddas Kitobda bu savollarga javob topmaymiz, lekin mabodo Odam Ato xotinining yonida bo‘lganida, barchasi bu qadar fojeali tus olmasmidi!? Endi esa xayolan yana o‘zingizning nikoh kuningizga qayting. Hoynahoy, Xudo oldida sizlarni nikoh ahdi bilan bog‘layotgan cho‘pon xotiningizni gunohkor dunyoning ta’siridan asrashga javobgar ekaningiz haqida aytgan bo‘lsa kerak. Bu javobgarlik o‘ta muhim! Mana, sizga bu mas’uliyatni ado etishingizda yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar (afsuski, men bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘ygachgina, bu haqiqatlarning adolatli ekaniga ishonch hosil qildim): • Xudo rafiqangizni pokiza va benuqsonlikda asrashi uchun har kuni ibodat qiling. Siz har tongda Xudo bilan tanho muloqotingiz chog‘ida Undan shu haqda so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, bu haqda yo‘l–yo‘lakay ishga ketayotib ham so‘rasangiz bo‘ladi. • Xotiningiz o‘z ishxonasidagi ruhiy munosabatlarni sog‘lom hisoblaydimi–yo‘qmi, shu haqda gaplashing (ikkalangiz ham har qanday yangi ishga joylashishda bu vaziyatlarni inobatga oling). • Uning televizordan nimalar ko‘rayotganini e’tiborga oling (Odam Atoni eslang – balki u xotiniga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim bo‘lgandir). • Uning ruhiy hayotiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan odamlardan xotiningizni ehtiyot qiling (bu hatto qarindoshlar yoki tanish–bilishlardan kimdir bo‘lishi mumkin). Ehtimol, siz bu maslahatlarni o‘qib, xayolga tolgandirsiz: «Bularning barchasi xotinimga emas, balki qizimga taalluqli!» Ha, bu maslahatlar unga ham foydali bo‘lishi mumkin. Siz haqsiz: qizingizning pokligi haqida siz qayg‘urishingiz kerak, negaki, agar siz uni yaxshi ko‘rsangiz va yaxshilik istasangiz, uning nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga, qayoqqa va kim bilan borayotganiga e’tiborli bo‘lishingiz zarur. Ammo shu bilan birgalikda, xotiningiz ham sizning g‘amxo‘rligingiz va himoyangizga muhtoj ekanini unutmang. Garchi rafiqangiz katta yoshli inson bo‘lsada, uni asrash va uning ruhiy–hissiy farog‘ati haqida g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyatidan o‘zingizni chetga tortishga haqqingiz yo‘q. Qaysi xotin erining bunday g‘amxo‘rligidan minnatdor bo‘lmaydi deysiz? Rafiqangizni ortingizdan boshlab borayotganda, unga sevgini namoyon eting Ehtimol, rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlab borayotgan mahal, unga o‘z sevgingizni ko‘rsatishingiz sizga oson tuyulmasa kerak. Balki, agar uni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlab qo‘ygan bo‘lsangiz, demak, sevganingiz bois shunday qilgansiz–a (o‘zim ham avval shunday deb o‘ylagandim!). Ehtimol, sevgi jismoniy yaqinlikda namoyon bo‘ladi deb hisoblarsiz (o‘zim ham avval bunday vaziyatni ko‘rganman!). Darhaqiqat, bu holatlarning bari er–xotinlik sevgisining namoyon bo‘lishi, ammo Muqaddas Kitobga xos xos, haqiqiy masihona sevgi tana va qalb sevgisidan ko‘ra anchayin ulkandir. Bu aslida mohiyatan ruhiy sevgidir. Mabodo siz xotiningizni o‘z ortingizdan ergashtirgan holda unga sevgingizni namoyon etishni istasangiz, eng avvalo oddiy bir haqiqatni tushunib olishingiz lozim: boshlash uchun hech qachon kech emas! Maktab yillaridagi bir holat yodimga tushyapti. Men boshqa bolalar bilan birgalikda yengil atletika estafetasida ishtirok etgandim. Birinchi bosqichdan so‘ng bizning jamoamiz autsayderlar qatoriga tushib qoldi, vaziyatni o‘nglash uchun esa hech qanday imkon yo‘q edi. Biz kurashni to‘xtatib, o‘yindan chiqishimiz mumkin edi, ammo bunday qilmadik. Barcha ishtirokchilar vaziyatni o‘nglash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi va natijada biz estafetani sharaf bilan yakunladik. Bu holat er o‘z ortidan rafiqasini boshlab borish da’vatiga qanday yondashmog‘i kerakligini menga eslatib turadi: Xudo buning uchun sizdan bor kuchingizni ishlatishga da’vat etadi. Hech qachon kurashdan to‘xtamang! Hech qachon taslim bo‘lmang! “O‘yindan chiqib ketish”ni xayolingizga keltirmang! Xudo va sizning rafiqangiz “eng yaxshi natijalar”ni ko‘rsatishingiz uchun munosibdirlar! Hozir esa xotiningizni o‘z ortingizdan boshlab borayotib, unga sevgi namoyon etishingizga yordam beradigan bir qancha foydali maslahatlar. Xudoda ulg‘aying. Mazkur da’vat kitobimning sahifalarida bir necha bor yangragan, ammo uni yana bir bora takrorlasak arziydi. Sizning rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz Xudoda ulg‘aygan paytingizda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Rafiqangiz Xudo sizning qalbingizda o‘t yoqishi va uni ruhan ulg‘ayishga bo‘lgan tashnalik bilan to‘ldirishi uchun ibodat qiladimi? Mana, har qanday oilali erkak ruhan ulg‘ayish yo‘lida qo‘llashi mumkin bo‘lgan bir necha oddiy qadamlar: • Muqaddas Kitobni har kuni o‘qing (ushbu kitob so‘ngida keltirilgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasidan foydalanishingiz mumkin). Yodingizda bo‘lsin, Muqaddas Kitob oddiy kitob emas va uning haqiqatlari sizni va oilaviy hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Shunchaki Muqaddas Kitobni o‘qishni boshlang! • Yaxshi bir ruhiy ustoz toping. «Temir temirni o‘tkirlaydi, inson esa do‘stini» (Hikmatlar 27:17). • Sizga ruhan salbiy ta’sir ko‘rsatadigan odamlar bilan muloqot qilmang. «Lekin adashmanglar, axir, “yomon ulfatlar yaxshi ahloqni buzadi”, deyishadi–ku» (1Kor. 15:33). • Vasvasaga soladigan vaziyatlarga tushib qolmaslikka harakat qiling. «...yoshlik ehtiroslaridan qoch» (2Tim. 2:22). • Vujudingizni tiying. «…bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni hatto xayolingizga ham keltirmanglar» (Rim. 13:14). Xudoda ulg‘ayishda rafiqangizga yo‘l–yo‘riq ko‘rsating. Rafiqangizga jamoatdagi Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlariga qatnashishini maslahat bering. U bu mashg‘ulotlarda yangicha nimalarni o‘rganib olayotgani bilan qiziqing. Xotiningizning haqiqiy ruhiy ustozi bo‘lishingiz uchun Muqaddas Kitobni shaxsan o‘rgatishingiz shart emas – shunchaki to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishiga yordam bering va uning muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘ling. Xotiningiz bilan birgalikda ibodat qiling. Bundan bir necha yillar muqaddam oilaviy hayotlarida qiyinchiliklarga uchragan er–xotin menga maslahat so‘rab murojaat qilishdi. Biz ularni tashvishlantirayotgan masalalarni muhokama qildik, so‘ngra esa men erdan ibodat qilib, bu ishni Xudoga havola etishini so‘radim. U ibodat qilishni yakunlaganida, uning xotini yig‘layotganini ko‘rdim. Undan nega yig‘lagani haqida so‘raganimda shunday javob berdi: «Turmush qurganimizga ham mana o‘n yil bo‘ldi, ammo faqat bugun birgalikda ibodat qildik». Men sizning oilaviy hayotingizda bunday bo‘lmasligiga juda umid qilaman. Aziz birodar, tashabbus ko‘rsating: rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlab, u bilan birgalikda va uning uchun ibodat qiling. Xotiningizga tushunib yondashing. Muqaddas Kitobda xotin «zaif jins» deb atalgan. Xudo bizga shunday deydi: «Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga e’tiborli bo‘linglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand bo‘lganlari uchun ularni hurmat qilinglar. Aks holda, ibodatlaringiz ijobat bo‘lmaydi» (1Butrus 3:7). Bir ilohiyotchi “zaif” so‘zining ma’nosini shunday izohlaydi: «Er va xotin Masihdagi Xudo oldida tengdirlar. Ruhiy munosabatlarda xotin erga nisbatan quyiroq darajani egallamaydi (qarang: Gal. 3:28), ammo u erkakka nisbatan jismonan zaifroq, shu bois erkak uni himoya qilib, qo‘llab–quvvatlashiga va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishiga muhtoj»1. Rafiqangizning sizga nisbatan jismonan zaifligi unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu holat u sizning himoyangiz va g‘amxo‘rligingizga muhtoj ekanligidan dalolat beradi, xolos. Shu bois, siz siz uni kattaroq jismoniy harakatlar talab etiladigan barcha ishlardan ozod etmog‘ingiz lozim. Siz ishlab topgan pullaringizni uyga keltirib, oila boshlig‘i sifatidagi majburiyatimni bajardim deb o‘ylashingiz mumkin (o‘zim ham avval shunday fikrda bo‘lganman). Oxir–oqibat, bu axir xotiningizni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash degani–ku! Xo‘sh, ehtimol, xotiningizning anchagina pand–nasihatlaridan so‘ng uyda biror yumushni bajararsiz? Shunday bo‘lsa ham, boshqa barcha yumushlarni – uyda va hovlida tartib–tozalikni saqlash, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ota–onalar bilan muloqot, mashinani yuvish, xarid qilishni – xotiningizga zimmasiga yuklashga moyil bo‘lsangiz kerak. Siz ayni paytda uning ham ishlab kelishini e’tiborga olasizmi–yo‘qmi? Endi esa biroz arifmetika bilan shug‘ullanaylik. Deylik, siz haftasida besh yoki olti kun ishlaysiz. Ish kuningiz sakkiz soatlik va har kuni yo‘lda bir soat vaqtingizni sarflaysiz. Xo‘sh, rafiqangizning ish kuni qanaqa – u ham sakkiz soatlikmi? Biroq uyda uning tag‘in xotin, ona, oshpaz, hamshira, farrosh, bog‘bon, yordamchi ishchi, ma’mur va hakamlik vazifalarini ham bajarishiga to‘g‘ri keladimi? Agar shunday bo‘lsa, u kamida ikkita ishda ishlar ekan! Aytganlaridek, «dam olish kunlarisiz kecha–yu–kunduz ishlaymiz». Sizga bu ochiqchasiga alg‘ov–dalg‘ov bo‘lgandek tuyulmayaptimi ? Siz xotiningiz tortib borayotgan yukni yengillashtira olmaysizmi? Bu borada ham men sizga bir qancha maslahatlar berishim mumkin: • Rafiqangiz bilan kun tartibini muhokama qiling. Ayrim muammolarni vaqtni aql bilan taqsimlash asosida hal eting. • Xonadoningizga ko‘proq mas’uliyatli ekaningizni ko‘rsating (bu maslahat ikkalangiz ham ishlaydigan vaziyatga yanada mos tushadi). Yodingizda bo‘lsin: siz xotiningiz bilan – yagona jamoasiz. Sizning uyingizga bor narsalari bilan teng ravishda haqlisiz, shu bois uydagi yumushlarni ham o‘zaro bo‘lib olishingiz kerak. • Xotiningizni santexniklar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish stansiyasi xodimlari va boshqa ustalar bilan kelishib olish zaruriyatidan xalos eting. • Barcha moliyaviy masalalarda birgalikda qaror chiqaring. Ayrim oilalarda pulni faqat erkak taqsimlasa, boshqasida aksincha, faqat xotini mas’ul. Bu ikkala holat ham – og‘ir holat. Ammo harqalay, oxir–oqibat oilani moddiy ta’minlash va uni aql bilan sarf qilish erkakning zimmasida ekanini inkor etmasangiz kerak deb o‘ylayman (qarang: 1 Tim. 5:8). Umuman olganda, er–xotinlar oilaviy hayotning barcha jabhasida bir–birlariga yordam berishlari lozim, xususan, moliyaviy masalada ham. Siz bu jabhada o‘z vazifangizni aniq belgilab olishingiz va hamisha birgalikda tegishli qarorlar qabul qilishingiz joiz. • Farzandlaringizning hayotida faol ishtirok eting. Xotiningizga bolalaringiz parvarishida har taraflama yordam bering. Har oqshom ularni uxlatishingizdan avval, bolalarga mo‘ljallangan Muqaddas Kitobni o‘qib bering. Muqaddas Kitob oyatlarini yodlab olishlariga ko‘maklashing. • Rafiqangizga hurmat ko‘rsating. Siz ibodat qilishingizda to‘sqinlik bo‘lmasligini istaysizmi? Bu holda xotiningizga yetarlicha e’tibor ko‘rsatib, hurmatingizni namoyon eting (qarang: 1Butrus. 3:7). Bu olamda turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘ra hurmatingizga munosibroq inson yo‘q. Xudo sizda va rafiqangizda qanchalik ulug‘ va mo‘‘jizaviy ishlarni amalga oshirishni istaydi! Ammo Xudo faoliyatining ulug‘vorligi sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. , Ilohiy mukammallikka erishish uchun eng avvalo ushbu haqiqatga qat’iy amal qilish zarur: Ey erlar, ... xotinlaringizni yaxshi ko‘ringlar (Ef. 5:25) Siz xotiningizga g‘amxo‘rlik qilishni va uni himoya qilishni o‘rganib olganingizda, chinakamiga sevuvchi er bo‘lib yetishasiz. Axir ertalab uyg‘ongach: «Men bugun xotinimni sevmayman» deydigan er ham bormikan–a. Ammo amalda u ko‘pincha aynan shunday o‘ylayotgandek bo‘lib tuyuladi. Sevgining yetishmasligi hattoki unga nisbatan turlicha loqayd munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Xotiningizga beparvo bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymang. Rafiqangizni sevish haqidagi Xudoning amrini shunday bajaring–ki, siz va rafiqangiz to‘g‘risida Kalomning quyidagi so‘zlari bilan aytish mumkin bo‘lsin: Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekamu ko‘st rioya qilishardi (Luqo 1:6). Oilangizning ruhiy farovonligi qalbingizning holatiga bog‘liq. Agar u Xudo oldida nohaq bo‘lsa, bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan har qanday yondashuv besamar bo‘ladi. Ruhiy hayotingiz qanday bo‘lsa, bolalaringizni ham xuddi shunday tarbiya qilasiz. Jim Jorj 9. FARZANDLARINGIZNI SEVING Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiring. Ef. 6:4 Mazkur bob ustidagi ishlarim mobaynida o‘z arxivimdan «Newsweek» jurnalidagi “Qadrli otalar, o‘z bolalaringizni qutqaring” sarlavhali maqolani topib oldim. Texaslik ruhshunos Kristofer Bekorn bu maqolasida qayg‘uli dalillar ustida mulohaza yuritadi: ma’lumotlarga ko‘ra, yosh qonunbuzarlarning aksariyat qismini – bosqinchilik, qurol va giyohvand moddalar sotish bo‘yicha jinoiy guruh a’zolari, – o‘smirlar tashkil etishadi. Muallif “ularning otalari qayerda?” savoliga shunday javob qaytaradi: «Ularni yo‘q deb aniq aytishim mumkin. Ular maktab ota–onalar yig‘ilishlarida va fortepiano konsertlarida ishtirok etishmaydi. Ular yakshanba maktablaridagi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi. Siz ularni pediatr xonasida bemor bolasini ko‘targan holda ko‘rmaysiz...» Janob Bekorn so‘ngra navbatdagi savolni beradi: Xo‘sh, agar bizdagi bu beparvo otalar o‘z farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganlarida nima bo‘lardi?.. Bu kelgusida mamlakatimizdagi ajrashishlar soniga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lardi. Ming afsuski, ko‘plab o‘smirlar haqiqiy erkak bo‘lish nima ekanligini bilmaydi. Bu ham yetmagandek, ko‘plab qizlar haqiqiy erkak o‘zini qanday tutishi kerakligidan bexabar. Bular barchasining sababi shuki, ular erkak va ayol o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning namunasini ko‘rishmagan1. Ruhshunos o‘z maqolasida tashvishli xulosaga keladi: uning fikricha, Amerikada bugungi kunda haqiqiy otalar yo‘q. Ha, agar Iso Masih bizning qalbimizda yashamas ekan, hoynahoy, biz janob Bekorn aytgan otalardek o‘zimizni tutayotgan bo‘lsak kerak. Biz kun bo‘yi golf o‘yini maydonchasida bo‘lishimiz, ertalabdan kechgacha kegelbanda yo‘qolib qolishimiz, tongdan tungacha baliq ovi bilan mashg‘ul bo‘lishimiz yoki ishxonada kecha–yu kunduz qolib ketishimiz mumkin. O‘rtacha olganda, har qanday amerikalik singari har kuni olti soatdan ziyod televizordan ko‘z uzmay o‘tira olamiz. Bir so‘z bilan aytganda, agar bizga Muqaddas Kalom nimaga chorlayotganini tushunmasak, xohlagan yerda bo‘lishimiz mumkin, ammo faqatgina farzandlarimiz yonida emas. O‘z qarashlaringizga asosan harakat qiling Xayriyatki, Xudo O‘zining Kalomida imonli er va otalar bu majburiyatlarni qanday bajarishlari kerakligini ko‘rsatib bergan. Efesliklarga maktubning 5–bobida qanday amrlar asosida xotinlarimiz bilan munosabatlar o‘rnatishimiz zarurligi qayd etilgan. O‘sha maktubning 6–bobida esa bolalarimizni qanday tarbiyalashimiz kerakligi haqida aytiladi. Mana, unda nimalar deyilgan: Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiring (qarang: Ef. 6:4). Oddiy bir ma’lumot: havoriy Pavlus bu maktubni kichik Osiyodagi Efes shahrida yashovchi kam sonli masihiylar guruhiga yo‘llagan. Ushbu shaharda imonlilarni vasvasa va hoyu–havasga soladigan ko‘plab joylar bor edi (darvoqe, men yashayotgan shaharda ham shu ahvol). Pavlus Xudoning madadi bilan bu majusiy shaharda jamoat tuzadi va uch yil mobaynida imon keltirgan efesliklarga saboq beradi. U oradan bir necha yillar o‘tgach, bu odamlarga maktub yozib, masihiylar hayotiga va ularning yaqinlari bilan munosabatlariga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan gunohkor dunyo bilan qanday kurashish kerakligi yuzasidan qo‘shimcha maslahatlar beradi. Pavlus efesliklarga maktubining birinchi qismida ularning ishonchi nimaga qaratilganini eslatib o‘tadi: u masihiylik e’tiqodining muhim haqiqatlarini ulug‘ladi va mohiyatini ochib berdi. Havoriy maktubning ikkinchi qismida o‘z o‘quvchilariga bu haqiqatlarga muvofiq qanday harakat qilish kerakligini tushuntiradi. Pavlus aytadi «…o‘tinib so‘rayman: Xudo sizlarni O‘ziga da’vat qilganini yoddan chiqarmay, shu da’vatga munosib tarzda yashanglar» (Ef. 4:1). Pavlusning so‘zlari mazmunan shunday: «Masihdagi sevimli birodarlar va opa–singillar, Xudo haqidagi men ulug‘lagan haqiqatni qabul qiling, shu haqiqatlarga muvofiq yashab, ularni oilaviy hayotingizda qo‘llang». Pavlus efesliklarni odamning hatti–harakati – hamisha uning qarashlarini aks ettirishiga ishontiradi. Farzandlar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi Aziz birodar, havoriy Pavlusning da’vati sizga yo‘llangan. Biz Xudoning Kalomiga qanchalik samimiy ishonsak va uni qanchalik bajonidil ado etsak, bu butun hayotimizga va albatta, xotin va bolalarimiz bilan munosabatlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xudo bizga da’vat etadi: «Ey erlar, ...xotinlaringizni... yaxshi ko‘ringlar» (Ef. 5:25). Ushbu da’vatga qanchalik g‘ayirlik bilan javob qaytarishimiz bolalar tarbiyasida qanchalik muvaffaqiyatga erishganimizga bog‘lik. Nega? Negaki bolalar tarbiyasi – er–xotinlarning umumiy ishi. Bu fikrni izohlab o‘tishimga izn bering. Agar siz xotiningizni sevib, g‘amxo‘rlik qilsangiz, u oilaviy hayotda baxtli bo‘ladi. Bu esa unga farzandlarga ko‘proq e’tibor qaratishiga imkon yaratadi. Farzandlar hayotida ona alohida muhim o‘rin tutadi, shu bois u o‘zini oilaviy hayotda baxtli his qilishi o‘ta muhim. Shu tariqa, agar siz rafiqangizni sevsangiz, bu bilan farzandlaringizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lasiz. Biroq bu so‘zlar sizning farzandlaringiz oldidagi burchingizni to‘la bajarib qo‘yganingizni anglatmaydi. Xudo bizga farzandlarimizni “Xudoda o‘qib–o‘rganish” bilan tarbiyalashimizni amr etadi. Agar siz xotiningizni sevsangiz, u bu majburiyatlarni bajarishda sizga mamnuniyat bilan yordam beradi. Qachonki siz bolalarni tarbiyalash – er va xotinning umumiy ishi ekanini anglasangiz bu vazifani bajarishingiz anchayin oson bo‘ladi, shu bois unutmang, farzandlar tarbiyasidagi muvaffaqiyatning omillaridan biri – xotiningizga bo‘lgan sevgingizdir. Men hozirning o‘zida Xudoga ibodat ila murojaat qilib, bolalaringizning onasi – rafiqangiz uchun Unga minnatdorchilik bildirishga chorlayman. U nafaqat sizning ibodatingizga, balki har taraflama qo‘llab–quvvatlash va madadingizga munosib. Shoh Sulaymon sizga shunday so‘zlar bilan murojaat qiladi: «…doim uning sevgisi bilan qanoatlangin» (Hikmatlar 5:19). O‘z qalbingizni sinovdan o‘tkazing Ushbu kitob insonning qalbi, Xudoga sevgi va Uning bizga, erkaklarga sevgi ila bergan amrlari haqida so‘z yuritadi. Biz farzandlar tarbiyasi haqida mulohaza yuritganimizda, eng avvalo o‘z qalbimizni anglashimiz lozim. Sizning qalbingiz Insonning qalbi unga hayot yo‘lini ko‘rsatadi. Inson qalbini uning hayotining markazi deyishadi, vaholanki, bizni Xudo yaratgan ekan, U qalbimizda nima borligini biladi. Mana, Iso qalbning inson hayotidagi ahamiyati va ichki, ruhiy hayotdagi aloqalari haqida nimalar degan: Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. Odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi (Luqo 6:45). Men shoh Dovud haqida gapirganimda, Xudoning qalbiga mos erkak – Xudoni butun qalbi bilan sevadigan va Uning yo‘liga amal qilishga mushtoq ekanligini qayd etgandim. Bunday odam butun qalbi bilan Xudoga sodiq va barcha o‘y–fikrlarini Unga qaratgan. Iso aytgan: Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving. Bu birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” (Matto 22:37–39) Agar siz Xudoni sevsangiz, bu atrofdagilarga bo‘lgan munosabatingizda aks etishi tayin. Agar siz Xudoni sevsangiz, o‘z yaqinlaringizni ham sevasiz. Biroq sizning yaqinlaringiz kimlar o‘zi? Albatta, xotin va bolalaringiz! Agar siz imonli odam bo‘lib, Xudoda yashayotgan bo‘lsangiz, demak, rafiqangiz va farzandlaringiz marhamatlangan ekanlar. Mening sobiq talabam Denis Uilson ruhiy hayot kechirayotgan erning xotini va bolalariga bo‘lgan ta’siri haqida yozadi: Xudo ta’limoti va pand–nasihatlari asosida bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun eng avvalo butun qalb bilan Xudoni izlash kerak. Garchi hech qachon Otaning da’vatini bajarishda mukammallikka erisha olmasakda, Xudoni anglab ulg‘ayishga bo‘lgan samimiy istagimiz, Unga bo‘lgan sevgimiz va Uning irodasini bajarish yo‘lidagi qizg‘in intilishlarimiz butun oilaga ulkan marhamat olib keladi3. Takrorlayman: qalbingizni sinovdan o‘tkazing. Oilangizning ruhiy farovonligi qalbingizning holatiga bog‘liq. Agar u Xudo oldida noto‘g‘ri bo‘lsa, bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan har qanday yondashuv besamar bo‘ladi. Ruhiy hayotingiz qanday bo‘lsa, farzandlaringizni ham ana shunday tarbiyalaysiz. Bolalaringiz qalbi Xudo bilan munosabatlaringiz sizning hatti–harakatlaringizga ta’sir qilgani kabi, farzandlaringizning hatti–harakatlari ham ularning Xudo bilan munosabatlari qanchalik teran ekanligiga bog‘liq. Shu bois ularning qalbini sinab ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. Aynan shundan bolalaringizning ruhiy farovonligi borasidagi g‘amxo‘rligingiz boshlanadi. Tedd Tripp ushbu fikrni ancha keng yoritib beradi: Bola tarbiyasi – uning qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoq demakdir. Siz bolaning hatti–harakatlari va qalbining holati o‘rtasida aloqa o‘rnatishni o‘rganishingiz lozim. Siz bolangiz nima bilan yashayotgani, uni nima tashvishga solayotganini bilishingiz shart. Bir so‘z bilan aytganda, siz nafaqat uning xatolarini ko‘rsatishni bilishingiz, balki uni o‘zingizga jalb qilib, ijobiy ta’sir ham ko‘rsatishingiz lozim. U nimaga intilib, qalbi nimadan oziqlanayotgan bo‘lsa, hammasi ham uning uchun xayrli emasligini tushunishiga yordam bering. Siz bolangizga Masih xochini ko‘rishi va undan ko‘z uzmay qarashi uchun yordam berishingiz zarur. Haqiqat shundan iborat: harakat qalbdan boshlanadi, shu bois har qanday pand–nasihat, saboq va jazoni – umuman, “tarbiya” tushunchasidagi barchasini, – qalb holati bilan bog‘lash lozim. Tarbiyachining asosiy vazifasi – bola qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoqlikdir4. Bu so‘zlar yodingizda bo‘lsin: «tarbiyachining asosiy vazifasi – bola qalbi uchun cho‘pon bo‘lmoqlikdir». Farzandlaringizni sizga Xudo in’om etgan. Siz ularning qalbini asrash va ehtiyotlash uchun da’vat etilgansiz. Xudo ular qalbiga Uning sevgisini singdirishimizni va Uni anglash uchun intilishlariga jalb etishimizni buyuradi. Farzandlaringizga Xudoga bo‘lgan sevgini singdiring Kelinglar, Xudo Eski Ahd orqali bolalarni tarbiyalashimiz uchun bizga bergan satrlarga murojaat qilaylik. Xudo isroilliklarni misrliklar qulligidan ozod qilib, ularga orzu qilingan Yerga borishlarini buyurdi, lekin avvalo Xudo xalqni Kan’on yurtiga boshlab borishidan avval, O‘zi tanlaganlariga muhim pand–nasihat berdi. Xudo isroilliklarga butun qalblari bilan Unga sodiq bo‘lishlarini va Xudoga bo‘lgan sevgini bolalariga yetkazishlarini buyurdi: Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar. Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar. Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar (Qonunlar 6:5–7) Ko‘ryapsizmi, ota–onalarning Xudo oldida majburiyatlari qanchalik ulkan bo‘lgan? Otalar va onalar eng avvalo Xudoni butun qalb bilan sevishni va bu sevgini bolalariga singdirishni mas’uliyat deb hisoblaganlar. Har qanday vaziyatda va har qanday vaziyatda ota–onalar bolalarini Xudoni sevishga o‘rgatishlari lozim bo‘lgan. Aziz birodar, Xudo bizni ham shunday mas’uliyatga ega deb hisoblaydi. Biz Xudoni sevish va Unga bo‘lgan sevgini bolalarimizga singdirishimiz kerak. Aytishlaricha, e’tiborsiz qoldirilgan ong dahshatomuz nimagadir aylanadi, lekin yanada qo‘rqinchlisi qalbning beparvo qolishidir. Men yaqinda bu haqiqatning qanchalik achchiqligini his etdim. Oldimga uzoq tanaffusdan so‘ng yana jamoatga qatnay boshlagan bir ayol kelgandi. U chuqur afsus bilan qizalog‘i hali yosh bo‘lganida, jamoatga borishni qattiq istaganini, biroq endi ulg‘aygach, bu haqda uylashni ham istamayotganini aytdi. Qizcha onasidan uni jamoatga olib borishini so‘raganida, u bolasiga shunday quvonch berishni istamagan. Endi esa ona jamoatga qatnayotgan bo‘lsada, qizi Xudo haqida eshitishni ham istamayapti. Puritanlar bola tarbiyasida Xudoning saboqlari muhimligini chuqur anglashgan va hatti–harakatlarimiz farzandlarimizga qanday ta’sir qilishini yaxshi tushunishgan: Siz farzandlaringizga buyuk marhamat ko‘rsatish yoki ularga katta ziyon keltirish imkoniga egasiz. Siz ularni Xudoni anglash va najot topish sari olib borishingiz mumkin, bu albatta ularning qirol va hukmdor bo‘lib yetishishlariga yordam berishingizdan ko‘ra yaxshiroqdir. Biroq siz ularning qalbini ehtiyot qilmasangiz, agar ularni imonsiz, qo‘pol, nopok va gunohkor qilib o‘stirsangiz, inson qalbining dushmani bo‘lmish shaytonga topshirgan bo‘lasiz. Siz uning qalbini sotasiz. Siz ularning shaytonning malaylariga aylantirasiz, siz ularni yo‘ldan urib, poymol qiladigan va kelgusi hayotlarida azoblaydigan iblis qo‘liga topshirgan bo‘lasiz5. Mabodo bunday ogohlantirish bolalaringizni ruhiy tarbiyalash borasida jiddiy yondashuvga sizni unday olmasa, Isoning so‘zlarini tinglang: Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yo‘ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘sha odamning bo‘yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho‘ktirilgani o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lar edi. Odamlarni yo‘ldan ozdiradigan vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar albatta keladi, lekin vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy! (Matto 18:6–7). Farzandlaringizga qay tariqa ta’sir o‘tkazish mumkin Ehtimol, mazkur bobdagi ma’lumotlarni qabul qilish anchayin murakkabdir, biroq uni durustgina o‘zlashtirib olishingiz juda muhim, zero gap bolalaringizning tarbiyasi haqida, ularning bu olamdagi va abadiy hayotlari haqida bormoqda. Umid qilamanki, siz Xudo va farzandlaringiz oldidagi javobgarlikning jiddiyligini anglab yetdingiz. Mana, bolalaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Ushbu maslahatlarga amal qilish sizdan ko‘p narsalarni talab etadi, ammo siz o‘z da’vatingizga sodiq bo‘lsangiz, ulkan mukofotga musharraf bo‘lasiz. Rafiqangizni seving. Xudoning rejasiga ko‘ra, farzandni ota ham, ona ham tarbiyalashi kerak, ammo tarbiyadagi eng asosiylaridan biri – erning xotiniga bo‘lgan samimiy sevgisidir. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnang. Ehtimol, ayni vaqtda ruhiy hayotingizda barchasi Xudo talab etayotgan tarzda amalga oshmayotgandir. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnashni boshlang – bu sizga yaqinlaringiz uchun chinakamiga ruhiy yetakchi bo‘lishingizga yordam beradi. Ruhan ulg‘aying. O‘tgan boblarda berilgan va keyingi boblarda beriladigan barcha savollarga javob bitta jumlada mujassam bo‘ladi: «ruhiy barkamollikka erishish». Xudoning qalbiga mos erkak doimo va har taraflama ruhan ulg‘ayishga bo‘lgan tashnalik bilan harakat qiladi. U hamisha ana shu maqsadi sari intiladi va erishganlari bilan qanoatlanib qolmaydi. Farzandlaringizga ko‘proq vaqtingizni bag‘ishlang. Men sizlarni nega bunga da’vat etayotganim mutlaqo ayon: har qanday munosabatlar vaqt o‘tib rivojlanadi va teranlashadi. Masihga taqlid qiling. Ruhan ulg‘ayganingiz sari oila boshlig‘i sifatida o‘zingizni yanada faolroq namoyon etishga urinasiz. Farzandlaringizga aytishingiz mumkin: «Men Masihdan o‘rnak olganim kabi, sizlar ham mendan o‘rnak olinglar» (1 Kor. 11:1). Hech nima otaning Xudoga manzur bo‘ladigan namunasi kabi bolalarni pok va muqaddas bo‘lishga ilhomlantirmaydi. Aziz birodar, men buning barchasini siz eplay olishingizga ishonishingizni istayman. Rafiqangizni seving. Butun oilangiz bilan jamoatga qatnang. Ruhan ulg‘aying. Bolalaringizga ko‘proq vaqtingizni bag‘ishlang. Masihga taqlid qiling. Boshqacha aytganda: hayotga masihiylik haqiqatini singdiring. Siz ota sifatida farzandlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga qodirsiz, zero bugungi kunda ham ularning moddiy farovonligi uchun ko‘p tomonlama qurbonliq qilyapsiz. Siz ularning bilim olishlari uchun pul asrab qo‘yasiz va sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlari uchun to‘laysiz – ular hayotda nimaga ehtiyojmand bo‘lsalar, mablag‘ingizni shunga sarflaysiz. Endi esa ularning ruhiy farovonligi uchun qaror qabul qilishingiz va buning uchun ham yana shuncha, balki ko‘proqdir, qurbonlik qilishingiz lozim. Farzandlaringizning ravnaqi uchun bor imkoniyatingizdan foydalaning. Bu masalani orqaga surmang. Ruhiy olamda aziz farzandlaringiz qalbi uchun kurash bormoqda. Bunda o‘zingiz ham ishtirok eting, ularni Xudoga olib boring. Bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘nta amr 1. Bolalarga Xudo Kalomini o‘rgating. (Qarang: Qonunlar 6:4–9). 2. Ularga nima yaxshi, nima yomonligini ayting. (Qarang: 3 Shohlar. 1:6). 3. Yodingizda bo‘lsin: bolalar – Xudoning in’omi. (Qarang: Zabur. 126:3). 4. Ularni diyonat yo‘liga boshlang. (Qarang: Hikmatlar 22:6). 5. Ularni jazolang. (Qarang: Hikmatlar. 29:17). 6. Ularni gunohlari va xatolariga qaramay seving. (Qarang: Luqo. 15:11–32). 7. Ularni g‘azablantirmang (Qarang: Ef. 6:4) 8. O‘z munosib harakatingiz bilan ularning hurmatiga sazovor bo‘ling. (Qarang: 1 Tim. 3:4) 9. Ularning moddiy farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling. (Qarang: 1 Tim. 5:8) 10. Ularga Xudoga bo‘lgan ishonchni singdiring. (Qarang: 2 Tim. 1:5)6 Biz otalarga Xudoning taxtiga bolalarimizni himoya qiluvchi ibodatimizni yetkazishdek buyuk sharaf in’om etilgan. Tushuning, xotiningiz, shuningdek, sizning hamda uning ota–onasidan bo‘lak, hoynahoy, bu olamda farzandlaringiz haqida muntazam ibodat qiladigan yagona inson siz bo‘lsangiz kerak. Bu sharafli huquqingizga beparvo bo‘lmang! Jim Jorj 10. FARZANDLARINGIZNI O‘Z ORTINGIZDAN BOSHLANG Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar. Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar… Qonunlar 6:6–7 Men kitobning boshida sizlar bilan ruhim ulg‘ayishim borasidagi guvohligimni baham ko‘rib, o‘zimni Masihning darbadar o‘g‘il masalidagi bebaxt o‘smirga taqqoslagandim (qarang: Luqo 15:11–31). Maktab yillarida jamoatga qatnaganman, ammo kollej talabasiga aylangach, ruhiy hayotga bo‘lgan qiziqishimni yo‘qotdim va faqat o‘ttiz yoshga kelibgina ruhiy ozuqaga o‘ta muhtoj ekanimni angladim. Biroq sizlarga ruhiy uyimga qaytganimda, nimalarga to‘qnash kelganimni hali aytganim yo‘q. O‘shandan biroz avval xotinim Masihga imon keltirgandi. Bu paytda bizning ikkita qizimiz bor edi: bittasi ikki yarim yoshda, boshqasi bir yarim yoshga to‘lgandi. Men oilada boshliq bo‘lishim kerakligini tushunardim, lekin nimadan boshlash kerakligi haqida zig‘ircha ham tasavvurim yo‘q edi. Yaxshi bir jamoatni topishim uchun Xudo menga aql berganidan juda minnatdorman: biz bu yerda xotinim ikkalamiz ruhiy ozuqa olib, Xudoning irodasini anglay boshladik. Men jamoatga kelganimda ruhan o‘sishimga hamda taqvodor er va ota bo‘lishimga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlarni izlay boshladim. Men shu haqda ibodat qildim va Xudo o‘tinchlarimga javob qaytardi. Jamoat xizmatchisi Jon meni Xudoning Kalomiga o‘rgata boshladi. U Kalomning donoligini tushunishimga yordam berdi va o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu men uchun ruhlanish manbaiga aylanib, keyingi chorak asr mobaynida kuch bag‘ishladi. Men bir necha yillar avval Jonning uyida mehmon bo‘lib, unga va xotiniga o‘shanda menga va Elizabetga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular mening oilam uchun qanday ulug‘ marhamat bo‘lishgan–a! Siz hozir o‘qiyotgan ushbu kitob oila boshlig‘i bo‘lish vazifasini yaxshiroq bajarishingizga yordam berishi uchun ibodat qilaman. Shuningdek, Xudodan sizga yaxshi ruhiy ustozlar yuborishini so‘rayman. Biz o‘tgan bobda taqvodor ota bo‘lish nimani anglatishi haqida gapirgandik. Ehtimol, hozir siz men qachondir oilani boshqarish mas’uliyatini o‘zimga olishim kerakligini anglagan paytimdan ko‘ra yomonroq ruhiy holatdadirsiz. Ammo umidsizlikka tushmang: xotiningizni seving, butun oilangiz bilan jamoatga qatnang, ruhan ulg‘aying, bolalaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, Masihga o‘xshashga intiling va ana shunda o‘z hayotingizda ham, yaqinlaringiz hayotida ham yaxshi tarafga o‘zgarishlar boshlanganini ko‘rasiz. Hozir esa otalik vazifangizni yaxshiroq bajarishingizga yordam beradigan yana bir qancha muhim qadamlarni ko‘rib chiqaylik. Bolalaringiz haqida g‘amxo‘rligingiz Farzandlaringizga ruhiy ustoz bo‘ling Agar siz farzandlarga Kalomni o‘rgatib, ularni Kalom o‘gitlari bilan tarbiyalasangiz, demak, oilangizning ruhiy farovonligi uchun qayg‘urar ekansiz. Cho‘pon o‘z podasini yetaklab borgani kabi, siz ham ota sifatida o‘zingizning “kichik podangiz”ni Xudo Kalomini yanada teranroq anglab yetishlari sari boshlab borasiz. Buning uchun nima qilish kerak? Farzandlarga Xudo Kalomini o‘rgatish, butun oila bilan birgalikda ibodat qilish va Parvardigorni ulug‘lash lozim. O‘z davrida puritanlar otalarni o‘z farzandlari uchun cho‘pon bo‘lishlariga da’vat etganlar. J.I.Paker bu haqda shunday yozadi: Aynan ota butun oilaning Xudoga sajda qilishi uchun javobgar deb hisoblangan; aynan u oilani Xudoning kunida jamoatga borishini nazorat qilishi, bolalarga katexizisdan saboq berishi, imon haqiqatlariga o‘rgatishi lozim bo‘lgan. Ota har bir saboqdan so‘ng oila a’zolari qanchalik yaxshi yodlab olganlarini va undagi ma’noni qanchalik chuqur anglab yetganlarini kuzatib borishi, lozim bo‘lganida noaniq joylarini tushuntirib berishi kerak. Otaning vazifalaridan yana biri – imkoni bo‘lsa kuniga ikki marotaba oilaviy ibodat o‘tkazish. Va nihoyat, u barchaga va hamma yerda hushyorlik va taqvodorlik namunasini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan1. Ko‘ryapmizki, puritanlar uchun otalik vazifasining muhim qismi saboq berish hisoblangan. Ehtimol, siz puritanlar tushungani kabi otalikning barcha majburiyatlarini o‘z zimmangizga olishga tayyor emasdirsiz, ammo buning kichik taraflaridan boshlashingiz mumkin. Mabodo aynan nimadan boshlashni bilmasangiz, jamoatingiz qavmining ko‘proq tajribali a’zolari bilan maslahatlashib ko‘ring. O‘zingiz tanigan yaxshi bir oilaparvar insonga murojaat qiling. Undan bolalar tarbiyasiga taalluqli maslahatlar berishini so‘rang. Maslahat so‘rab o‘zingizni pastga uraman deb o‘ylamang, zero oilangizning farovonligi ana shunga bog‘liq. Farzandlaringizning ruhi va qalbi uchun ruhiy kurash bormoqda. Tedd Tripp yozganidek, ota–onalar «olamning bola qalbi bo‘lgan eng kichik jang maydonida qo‘l jangi bilan kurash olib bormoqdalar»2. Qadrli ota, mazkur muhim ishda siz tashabbus ko‘rsatishingiz lozim! O‘z mas’uliyatingizni xotiningiz yelkasiga yuklamang. Siz u bilan birgalikda ulug‘ da’vat – farzandlaringizga cho‘pon bo‘lishni amalga oshirishning yaxshiroq usullarini topishingiz lozim. Bu majburiyatni yakshanba maktabi o‘qituvchilari yoki yoshlar cho‘poni zimmasiga ham yuklamang. Bu sizning majburiyatingiz. Xudoning qalbiga mos erkak, hattoki dastlab ish boshlayotganida o‘zida ishonchsizlik va hadik sezsa ham, yuqoridan yordamga umid qilib, uni quvonch bilan bajaradi. O‘zingizga juda band bo‘lib tuyulyapsizmi? Bandlik farzandlar tarbiyasida jonbozlik qilmaslik uchun bahona bo‘lolmaydi. Aksariyat ota–onalar – o‘ta band odamlar. Mabodo siz uchun nimadir muhim bo‘lsa, buning uchun vaqt topasiz, to‘g‘rimi? Bu o‘rinda esa gap farzandlaringizning abadiy hayoti haqida bormoqda. Xo‘sh, biz otalar bunday muhim ish bilan qachon shug‘ullanishimiz kerak? Oilaviy ibodat kundalik hayotingizning bir qismiga aylanishi uchun nima qilmoq lozim? Fikrimcha, oilaviy ibodatni ertalab yoki kechqurunga ovqat oldidan o‘tkazib olish osonroq. Buning uchun kerakli mavzuni topgandan ko‘ra, vaqt topish qiyinroq. Cho‘poningiz yoki imondagi yoshi kattaroq birodaringiz bilan oila a’zolarini oilaviy ibodatlar chog‘ida nimalarga o‘rgatish haqida maslahatlashib oling. Bu masalada befarq bo‘lmang, bolalaringizni ular qalbining dushmani iblisga berib qo‘ymang. Farzandlaringizni Xudo irodasini bajarishga astoydil o‘rgating. Farzandlaringizga munosib ibrat ko‘rsating Men o‘zim xizmat qilgan jamoatlarda turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganman, xususan, missionerlik bo‘limini ham boshqarganman. Bir marotaba Los–Anjelesdagi Kaliforniya universitetida xizmat tashkil etgan bir qancha yirik missionerlik tashkilotlarining boshliqlari bilan uchrashuvda ishtirok etib qoldim. Men suhbat mobaynida ruhoniylarga qaysi toifadagi talabalar ularning fikricha Xushxabarni qabul qilmaslikka moyil ekani haqida savol berdim. Ularning barchasi hech ikkilanmasdan shunday deyishdi: «Ota–onasi nomigagina masihiy bo‘lganlar». Shunday tasavvur tug‘iladiki, ota–onalari faqat nomigagina taqvodor oilalarda ulg‘aygan yoshlar imon haqida eshitishni ham istashmaydi. Aziz birodar, siz o‘z hayotingiz bilan munosib ibrat ko‘rsata olganingizdagina, ularga eng kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Masihga bo‘lgan mavjud imon boshqa hech nimada har kunlik pok va taqvodor hayotda bo‘lganidek namoyon bo‘lolmaydi. Xudo Qonunlar kitobining 6:6–7 oyatlaridagi amrlarni eslatib o‘tgandim, ammo ularni takrorlab o‘tsak arziydi. Muso Xudoning Kalomiga farzandlarimizni astoydil o‘rgatishni amr etgan, Uyda o‘tirganda ham yo‘lda borayotganda ham, yotganda ham, turganda ham. Ushbu amrlarga amal qilgan ota ustozlik vazifasini ham bajaradi va farzandlariga munosib ibrat ko‘rsatadi. Siz ham aynan shunday yo‘l tutishingiz kerak! Agar ota o‘z harakatlariga rioya qilmasa, bu uning bolalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar u ezgulik va taqvodorlikda doimo rivojlanib borsa, bu mo‘l–ko‘l marhamat olib kelishi muqarrar. Pavlus shogirdi Timo‘tiy bilan uchrashganida, o‘zining yaqinlari unga taqvodorona harakatlari bilan doimo ibrat ko‘rsatganlarini eslatib o‘tadi (qarang: 2Tim. 1:5). Havoriy o‘sha maktubida aytadi: «Bolaligindanoq Muqaddas bitiklarni o‘rgangansan. Bu bitiklar insonga donolik ato qiladi. Iso Masihga bo‘lgan ishonch orqali uni najotga erishtiradi» (2Tim. 3:15). Agar siz o‘zingizning ruhan barkamolligingiz haqida qayg‘ursangiz, shubhasizki, farzandlaringiz sizda Iso Masihni ko‘rishadi. Ularga munosib ibrat ko‘rsatib va imonda muvaffaqiyatga erishib, siz farzandlaringizning ruhiy hayoti yo‘nalishini belgilab berasiz Farzandlaringizni muntazam boshqaruv bilan ta’minlang Sizning oilangiz bor ekan, uning ruhiy yetakchisi bo‘lishga da’vat etilgansiz. Garchi vaqt kamligi bois hamisha ham bu vazifani bajara olmasangiz ham, bu sizning muqaddas majburiyatingizdir. Agar siz unga sodiq bo‘lsangiz, buyuk mukofotni olasiz. Ammo turli vaziyatlarga ko‘ra uydan biroz muddat bo‘lolmay qolsangiz, nima qilish kerak? Balki siz ham xuddi men kabi tez–tez uzoq muddatga xizmat safariga ketib, uyda qanchadir vaqt bo‘lay qolarsiz. Bunday vaziyatlarda o‘z majburiyatingizni xotiningiz zimmasiga yuklashingizga to‘g‘ri keladi. Men avval AQSh qo‘shinida zahirada turardim va har yili ikki marotaba mashg‘ulotlarda qatnashib turishimga to‘g‘ri kelardi. Shuningdek, missionerlik xizmat safarlarida ishtirok etardim. Bunday safarlar oldidan Elizabet bilan men yo‘qligimda bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlar haqida gaplashib olardim. Ulardan eng muhimi bolalarimizni imonda o‘qib–o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Mabodo siz ham vaqti–vaqti bilan uyni tark etishingizga to‘g‘ri kelsa, o‘z vazifalaringizni xotiningiz zimmasiga topshirishingiz lozim. Uyga qaytib kelganingizda, o‘z majburiyatlaringizni bajarishga shoshiling (ayrim holatlarda qanchadir muddat o‘zgargan vaziyatga moslashib olishingizga to‘g‘ri keladi). Bu vazifa shunchalik muhimki, hech qanday ish, hech qanday ishqivozlik yoki boshqa nimadir oila boshlig‘i bo‘lishingizga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Sizga oila boshlig‘i majburiyatlarini bajarish og‘irlik qilyaptimi? Umidsizlikka tushmang. Bu zimmangizdagi vazifaning muhimligini anglayotganingizdan va barchasini ham to‘g‘ri qilayotganingizga to‘liq ishonch hosil qilmayotganingizdan dalolat bermoqda. Bundan ancha yillar avval shunga o‘xshash hissiyotlarni boshdan kechirganman, shu bois sizni yaxshi tushunaman. Xudodan sizga yaxshi bir ruhiy ustoz – ko‘pgina narsalarni o‘rganib olishingiz mumkin bo‘lgan oilali erkakni berishini so‘rang. Masihdagi bu birodarning pand–nasihatlarini tinglang, so‘zlaridagi donolikni sipqorib oling, undan oilani boshqarishni va Muqaddas Kitob o‘rgatgani kabi bolalarni boshqarishni o‘rganing. Muqaddas Kitob haqiqatlarini bizga Xudoning O‘zi bergan, shu bois ular hayotiy. Ularga umid qiling va farzandlar tarbiyasida ulardan hamisha foydalaning. Ana shunda kun kelib, sizning o‘zingiz Masihdagi birodarlarga Xudo Kalomi haqiqatlarini o‘rgatishingiz va ular bilan ota–onalik tajribalarini baham ko‘rishingiz mumkin. Farzandlaringizni tartib–intizomga o‘rgating Muqaddas Kitobda bolalarni tartib–intizomga o‘rgatish bo‘yicha ko‘p gaplar aytilgan. Kalomda aytilganki, Xudoning jazosi bizning Xudo sevgan farzandlari ekanimizdan guvohlik beradi: Ota yaxshi ko‘rgan farzandini jazolaganidek, Egamiz ham yaxshi ko‘rgan bandasini jazolaydi (Hikmatlar 3:12). Zero, Egamiz yaxshi ko‘rgan bandasini tarbiyalaydi, Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi. Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni O‘z farzandlariday ko‘rib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota o‘z farzandini tarbiya qiladi–ku (Ibroniylar 12:6–7). Xudo odil va dono bo‘lgani bois U otalik sevgisi ila bizni jazolab, hamisha to‘g‘ri yo‘l tutadi. Biz ham o‘z farzandlarimiz bilan shu tariqa yo‘l tutmog‘imiz joiz. Ayonki, hamma otalar ham Yangi Ahd davrida Xudoga monand bo‘lishni istashmagan. Havoriy Pavlus bunday otalarga ikkita nasihat qiladi. 1. «Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi» (Kol. 3:21; kursiv meniki – J. J.). «Ranjitish» so‘zi «g‘ashiga tegmoq», «g‘azablantirmoq», «xafa qilmoq» ma’nolarini beradi, “tushkunlikka tushish” so‘z birikmasi esa «tushkun kayfiyat», «qayg‘uga botish» va hatto «noumid bo‘lmoq» ma’nosini anglatadi. Ota–onasi haddan ziyod qattiqqo‘l yoki unga nisbatan ko‘pincha nohaq bo‘lsa, bola hech bir quvonchiz ularga bo‘ysunadi va bundan tushkunlikka tushadi. Bolalarni qattiqqo‘llik va itoatda ushlab turishga intilganimizda, biz ular bilan bemantiq va hatto qo‘pol yo‘l tutamiz. Bolalar biz tomonidan bo‘ladigan bunday munosabatlarga ko‘nikishadi va bizga bo‘ysungandek bo‘lib tuyulishadi, ammo qalban bizdan yiroqlashib ketadilar. Ular ulg‘aygach, masihiylik e’tiqodini ochiqchasiga rad etadilar. Biz qattiqqo‘llik bilan bolalarimizni jazolaganimizda, o‘z burchimizni bajargandek bo‘lamiz go‘yo, biroq bunday munosabatlarning oqibati vayronkor bo‘ladi. 2. «Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang…» (Ef. 6:4; kursiv meniki. – J. J.). Havoriy Pavlusning bu nasihati xuddi avvalgilari kabi otalar o‘z farzandlariga qanday yondashmasliklari kerakligini ko‘rsatib beradi. «G‘ashiga tegmoq» so‘z birikmasi «g‘azabini keltirmoq», «jahlini chiqarmoq», «achchig‘iga erk bermoq» ma’nolarini anglatadi. Doktor Jon MakArtur «Bolalar tarbiyasida qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin» kitobida bu oyatning ma’nosini shunday ochib beradi: Havoriy bu so‘zlari bilan ota–onalarni nogahoniy hatti–harakatlari bilan bolalarida nafrat uyg‘otmasliklarini nasihat qiladi. Albatta, bolalar ota–onalari ularni atayin g‘ashiga tekkanlari tufayli emas, balki o‘z gunohkor tabiatlaridan kelib chiqqan holda ota–onalariga qarshi chiqadigan paytlari bo‘ladi. Biroq ota–onalar ko‘pincha asossiz gina–kudratlari, noo‘rin tanbehlari, qo‘pol munosabatlari va boshqa aqlsiz hatti–harakatlari bilan bolalarining jahlini chiqarishadi. Bunday holatlarda ota–onalar gunoh qilishadi; bu ham kamdek, bunday harakatlari bilan bolalarini ham gunohga boshlashadi3. Ha, Xudo O‘z Kalomida bolalarimizni jazolashga da’vat etadi: «Kaltakni o‘g‘lidan ayagan odam uni yomon ko‘radi, o‘g‘lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o‘rgatadi» (Hikmatlar 13:25). Ammo bolalarni jazolayotganda, bosiqlik, mulohazakorlik va sevgi ko‘rsatishimiz joiz. Garchi bolalarimiz jazoga loyiq bo‘lganlarini va bu ularning foydasiga xizmat qilishini darhol tushunmasalarda, vaqti kelganida buni anglab yetishlari tayin – agar siz ular bilan odilona va sevgi asosida ish tutsangiz, albatta. Bu holda otasi ularni sevib, g‘amxo‘rlik qilishi bolalarga tushunarli bo‘ladi. Va nihoyat, siz xotiningiz bilan bolalarni qanday, qachon va nima uchun jazolash masalasida yakdil bo‘lishlaringiz o‘ta muhim. Bolangiz o‘zini nomaqbul tarzda tutganida qanday yo‘l tutishlaringiz haqida avvaldan kelishib olishlaringiz kerak. Hamma bolalar turlicha bo‘lishadi. Har bir bola o‘ziga alohida yondashuvni talab etadi, ammo farzandlaringiz bir necha bo‘lsa ham, ularga ikkiyuzlamachilik qilmasdan yondashmog‘ingiz lozimligini unutmang. Yodingizda bo‘lsin: agar bolaga nisbatan noxolis va nohaq bo‘lsangiz, jazolaringiz behuda bo‘ladi. Farzandlaringiz ibodatida doimo vositachi bo‘ling Otaning oiladagi boshqaruvi bolalarini ibodat qilishga da’vat etilishida ham namoyon bo‘ladi. Siz Xudoning najotkor inoyati ularning hayotida faoliyat ko‘rsatishi uchun, ularninasrab, ruhan ulg‘ayishlari uchun, Xudo ularni asrab, yordam berishi uchun va O‘ziga maqbul paytda ularga tanlangan turmush o‘rtoqlarini yuborishini so‘rab, ibodat qilishingiz lozim. Shaxsan o‘zim yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida Xudo qizlarimga taqvodor erlar yuborishini so‘rab iltijo qilganman. Mana endi itoatgo‘ylik va minnatdorchilik bilan U mening ibodatlarimga javob qaytargani uchun Xudoni ulug‘layman: ikkala kuyovim ham – chuqur imonli va Xudodan qo‘rqadigan odamlardir. Otaning farzandlari uchun ibodatda doimo vositachi bo‘lishlari haqida gapirayotganimda, men Qadimgi Ahd qahramoni Ayub haqida va uning o‘z sevimli farzandlari haqida qanday iltijo qilganini eslayman. Ayubning o‘g‘illari bir–birlarining uylariga borib, ziyofatlar uyushtirishar, opa–singillarin ham mehmonga chaqirishar edi. Ziyofatlar tugagandan keyin Ayub farzandlarini chaqirtirardi. “Farzandlarim yuraklarida Xudoni la’natlab, gunoh qilgan bo‘lishlari mumkin”, deya erta tongda ularning har biri uchun kuydiriladigan qurbonliklar keltirib, ularni poklardi. Ayub har doim shunday qilardi (Ayub 1:4–5). Biz otalarga buyuk sharaf – bolalarimiz haqidagi ibodatlarimizni Xudoning ko‘shki sari olib borish in’omi berilgan. Tushuning, xotiningiz, shuningdek sizning va uning ota–onasidan bo‘lak, hoynahoy, bu olamda farzandlaringiz uchun muntazam ibodat qiladigan yagona inson siz bo‘lsangiz kerak. Bu sharafli huquqingizga beparvo bo‘lmang! Bolalaringizni jamoatga olib boring Albatta, bolalar tarbiyasi asosan uyda olib boriladi. Uy – bu bolalar katta hayotga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur bo‘lgan joy. Ammo bolalar bevosita sizning nazoratingiz ostida bo‘lmaydigan vaziyatlar uchrab turadi va siz bolalaringizning uydan tashqarida taqvodor va Xudodan qo‘rqadigan odamlar atrofida bo‘lishi uchun jon kuydirishingiz lozim. Bolalaringiz uchun bunday ijobiy muhitni jamoatda topishingiz mumkin. Bolalar bu yerda yakshanba maktabi o‘qituvchilari, yoshlar cho‘ponlari va jamoat yetakchilari davrasida bo‘lishadi. O‘z vaqtida bizning qizlarimizda ajoyib o‘qituvchi va murabbiylari bo‘lishgan. Bolalarga jamoatga nisbatan sevgini singdirish uchun o‘zingiz ham jamoatni sevib, unga bajonidil qatnamog‘ingiz lozim. Hattoki ba’zan bolalar jamoatga borishni istamasalar, ularga yon bermang. Siz o‘z “kichik poda”ngiz uchun cho‘pon bo‘lishga da’vat etilgansiz, shu bois bolalaringiz ruhiy ozuqa – Xudoning Kalomi bilan oziqlanishlari uchun g‘amxo‘rlik qiling. Agar ular Xudodan qo‘rqadigan o‘qituvchi va murabbiylar muhitida bo‘lsalar, buning ijobiy ta’sirini o‘zlarida his etadilar. Farzandlaringizda ruhiy farosat rivojlanishiga yordam bering Farzandlaringiz ayrim holatlarda oila a’zolaringiz bo‘lmagan va jamoatingiz qavmidan boshqa odamlar ta’siriga tushib qolishlari mumkin. Ularning ta’siri hamisha ham foydali bo‘lavermaydi. Agar bolalaringiz davlat maktablarida o‘qishsa va taqvodor bo‘lmagan oilalarning bolalari bilan do‘st bo‘lsalar, bu ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz oilaning ruhiy ustozi sifatida bolalaringizni imkon qadar zararli ta’sirlardan himoya qilishingiz shart. Siz bolalaringiz maktabda kim bilan do‘stlashishlarini, o‘qishdan keyin qayerda bo‘lishlarini, qanday kitoblar o‘qib, qanaqangi filmlarni tomosha qilayotganlarini bilishingiz lozim. Shuninglek, farzandlaringiz “yomonlikni yaxshilikdan farqlay olishlari uchun” ularda ruhiy farosat rivojlanishiga yordam berishingiz kerak (qarang: Ibroniylar 5:14). Vaqti kelib, farzandlaringiz qarama–qarshi jins vakiliga qiziqish bildira boshlaydilar. Bu tabiiy va durust. Ular uchrashuvga borishni boshlaganlarida, siz ularning yonida bo‘lmaysiz. Ular jiddiy qarorlar qabul qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatlarga to‘qnash keladilar. Bu qarorlari esa oqilona bo‘lmog‘i uchun siz avval boshdan bolalaringizning ruhan farosatli bo‘lib ulg‘ayishlariga yordam berishingiz kerak. Siz ularni Xudoga manzur bo‘ladigan qarorlarni mustaqil qabul qilishlariga o‘rgatishingiz lozim. Bu – taqvodor ota intiladigan oliy maqsad bo‘lmog‘i shart. Farzandlaringizga nisbatan sizning boshlang‘ich majburiyatlaringiz Umid qilamanki, siz endi oila boshlig‘i sifatida boshlang‘ich majburiyatlaringizni yaxshiroq tushunarsiz. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Uning Kalomini bajarishni istaydi. U o‘z xotinini sevadi va ikkalasi birgalikda farzandlari haqida va ularning tarbiyasi xususida jon kuydiradi. Xudoning qalbiga mos erkak uning rafiqasi – farzandlarini sevuvchi va g‘amxo‘r ayol ekanligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildiradi. U farzandlar tarbiyasida rafiqasining yordami juda muhim ekanligini anglaydi va tushunadiki, “o‘g‘illar Egamizdan merosdir, farzandlar Undan mukofotdir” (Zabur 126:3), shu bois qizg‘inlik bilan “ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stirish”ga (Ef. 6:4) harakat qiladi. Aziz birodar,bolalaringizning yaxshi yoki yomon tarbiya olishlari sizga bog‘liq. Men ishonamanki, siz Xudoga umid qilgan holda, ular haqida g‘amxo‘rlik qilasiz va har bir farzandingizga nisbatan oqilona qarorlar qabul qilasiz. Farzand yomon tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak: 1. Unga istaganicha pul sarf qilishiga ruxsat berish. 2. Unga o‘z xohishiga ko‘ra do‘stlar tanlashiga ruxsat berish. 3. Unga uyning o‘ziga tegishli kalitini olib yurishiga va kech qaytishiga ruxsat berish. 4. Bo‘sh vaqtlarini qayerda va kim bilan o‘tkazishiga qiziqmaslik. 5. Unga yaxshi odatlar ahloq–odob o‘rnini egallashi mumkinligi haqida tushuncha berish. 6. Har bitta qilgan yaxshiligi uchun mukofot kutishga o‘rgatish. 7. Ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun uning oldida hech qachon ibodat qilmaslik. Farzand yaxshi tarbiya olishi uchun quyidagilar kerak: 1. Farzand uchun xonadon yer yuzidagi eng yorug‘, eng sevimli joy bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilish. 2. Farzandga xonadondagi ayrim kundalik yumushlarni bajarishni topshirish. 3. Farzandni hech qachon g‘azab bilan jazolamaslik. 4. Farzandning orzu–maqsadlari hattoki behuda va shuhratparastlikdek tuyulsa ham hech qachon masxara qilmaslik, aksincha, uni nimalar qiziqtirishi yoki tashvishlantirayotgani haqida ochiqchasiga gaplashib olish. 5. Uyga, xususan, oilaviy ziyofatlarga do‘stlarini taklif etishiga ruxsat berish. 6. Ruhan ulg‘ayish moddiy boylik ortirishdan ko‘ra muhimroq ekaniga uni ishontirish. 7. Hamisha Masihga o‘xshashga harakat qilish va farzandga munosib o‘rnak ko‘rsatish (u bilan Masih haqida gaplashib olishingiz oson bo‘ladi). 8. Uning ruhan ulg‘ayishi va najot topishi uchun qunt bilan ibodat qilish4. Siz ishni tashlab, monastirga ketib qolishingiz aslo shart emas. Aksincha, o‘z ish joyingizni Masih haqida guvohlik beradigan joyga aylantirmog‘ingiz lozim. Axir har tongda uyg‘onib, Xudoning irodasini bajarish uchun ishga borish istagini his etish ajoyib–ku! Ehtimol, ish joyingizda o‘rnatilgan tartib va ahloq qoidalarini o‘zgartira olmassiz, ammo atrofingizdagi odamlarning qalbini o‘zgartirishingiz mumkin1. D–r Jon Trent 11. MEHNATDA SERG‘AYRAT BO‘LING …eysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangiz ham, hammasini Xudoni ulug‘lash uchun qilinglar. 1 Kor. 10:31 Turlicha fikrlar mavjud, go‘yoki mehnat – odamning gunohga botishi oqibati bo‘lib, agar Odam Ato “o‘sha olmani yemaganida” hozirda bizning ishlashimizga hojat ham qolmagan bo‘larkan. Aslida mehnat Odam Ato gunohga botib, “o‘sha olmani yeb qo‘yishidan avval ham mavjud bo‘lgan, ya’ni Xudo O‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirib, borliqni yaratgan. Ibtido kitobining 1–bob 1–oyatida Xudo «tarix xronometrini ishga tushirib», olamni yaratishni boshlagan: «Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi». Ko‘pgina ishlar qilish lozim edi, negaki «er shaklsiz va bo‘m–bo‘sh edi» (2–oyat). Mana shu oyatdan boshlab butun 1–bob mobaynida Ibtido Kitobi Xudoning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan «voqealar xronikasi”ni bayon etadi. Va nihoyat, borliq yaratildi va Xudo «barcha ishlarini bitirib dam oldi» (Ibtido 2:3). Xudo bu bilan mehnatning rutbasini va abadiy qadr–qiymatini tasdiqladi. U olamni yaratib, yana bir faoliyatini – «O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini» (Ibtido 1:27). Xudo insonga amr etdi: • er yuzini to‘ldirib, uni egallashni (qarang: 28–oyat); • har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilishni (qarang: o‘sha oyat); • Adan bog‘ini parvarishlab, asrashini (qarang: Ibtido 2:15); • barcha jonivorlarga nom berishini (qarang: 19–20 oyatlar). Dunyoning yaratilish tarixi shundan dalolat beradiki, Xudoga monand qilib yaratilgan odam xuddi Xudo kabi mehnat qilishi kerak bo‘lgan. Xudoning barcha ijodi va insonning Adan bog‘idagi mehnati odam gunohga botib, yer la’natga uchrashidan avval yuz bergan! Shu bois, mehnat – gunohga botishning oqibati deb hisoblash xato, biroq odam gunoh qilib, dunyoga nopoklik kirib kelgach, mehnat yanada og‘irroq bo‘ldi. Xudo Odam Atoga aytdi: «...peshona tering bilan non yeysan...» (Ibtido 3:19). Mehnat zarur Muqaddas Kitobda mehnat haqida doimo inson hayotini tashkil etuvchi tabiiy va zaruriy qismdek gapiriladi. Qadimgi Ahdning Hikmatlar kitobida mehnat ko‘p hollarda yalqovlik va dangasalarga qarama–qarshi qo‘yiladi; bundan tashqari, unda ishyoqmaslik nimalarga olib borishi aytiladi: • Yerga ishlov bergan to‘yib non yeydi, bekor narsani ko‘zlagan esa aqlsizdir (Hikmatlar 12:11). • Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambag‘allik keltiradi (Hikmatlar 14:23). • O‘z ishiga mohir ustani ko‘rganmisan? U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi (Hikmatlar 22:29). Xushxabarchi bo‘lgan va ayni vaqtda o‘z mehnati bilan hayot kechirgan havoriy Pavlus Yangi Ahdda bizni mehnatsevarlikka o‘rgatadi. Pavlusning shaxsiy ibrati. Havoriy o‘z mavqeidan xudbin maqsadlarda foydalangani haqidagi ayblovni rad etgan: Bizdan qanday o‘rnak olishingiz kerakligini o‘zingiz bilasiz. Sizlarning orangizda bo‘lganimizda dangasalik qilmadik. Birovning nonini bekorga yemadik. Aksincha, boshqalarga og‘irligimiz tushmasin deb, kechayu kunduz ishladik. Mashaqqat bilan mehnat qildik (2Sal. 3:7–8) Pavlusning yo‘l–yo‘rig‘i. Havoriy o‘z ishlari bilan nafaqat mehnatsevarlikning namunasini bergan, balki imonlilar xuddi shu tarzda yo‘l tutishlari kerakligiga isbot keltirgan: Axir sizlar bilan bo‘lganimizda: “Ishlamagan tishlamaydi!” deb aytgan edik–ku! (2Sal. 3:10). Pavlusning nasihati. Havoriy har bir imonliga o‘z ishi bilan astoydil shug‘ullanishini nasihat qilgan: Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz. Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng (2Sal. 3:11–12). Pavlus barcha imonlilar ham mehnatda tirishqoqlik ko‘rsatishlari uchun tongdan kechgacha qo‘l–qo‘liga tegmay mehnat qilgan. Mehnat hayot uchun zarur! Sizningcha, o‘zingiz mehnatda tirishqoqmisiz? Mehnat foydali Axir Xudo odamni yalqov bo‘lishi uchun yaratmagani ayon emasmi? Parvardigor bizning mehnat qilib jismonan va ruhan rivojlanishimizni biladi, shu bois bizga mehnat qilishni va yaqinlarimiz ehtiyoji haqida g‘amxo‘rlik qilishimizni buyuradi. Shu tariqa, mehnat – bizning yana bir muhim majburiyatimizdir. Xudoning qalbiga mos erkak Xudoni sevadi va Unga itoat qiladi, rafiqasini o‘z ortidan ergashtirib, bolalari haqida g‘amxo‘rlik qiladi, mehnat qiladi va oilasini barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Xudoning Kalomida bu majburiyatlar haqida ko‘p bora aytiladi. Xudo biz uchun nima yaxshi ekanligini biladi. Tasavvur qiling–a, mehnat bizning foydamizga xizmat qiladi: u salomatligimiz uchun ham foydali. Shifokorlar jismoniy va aqliy mehnat salomatlikni mustahkamlab, ishlash layoqatini asrashi haqida asossiz gaplarni aytishmaydi, axir. Eramizgacha bo‘lgan 400–yildayoq tibbiyotning otasi Gippokrat shunday degandi: «Inson tanasining har bir a’zosi o‘ziga xos vazifaga ega bo‘lib, agar ulardan shu vazifalarga ko‘ra foydalanilsa, barchasi ishlash xususiyatini va quvvatini saqlab qolishadi»2. Zamondoshimiz, taniqli doktor Charlz Meyo Gippokratning fikrini davom ettirib, shunday degan: «Halovatsizlik... salomatlikka o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo men odam haddan ziyod ko‘p mehnat qilgani tufayli o‘lim topgan birorta ham holatni bilmayman»3. Shubhasiz, mehnat foydali. Bu ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi: ko‘plab odamlar nafaqaga chiqqanlaridan keyingi birinchi yildayoq vafot etishadi. Mehnat – da’vat “Da’vat” so‘zi sizda qanday tasavvurlarni uyg‘otadi? Hoynahoy, bu jamoat xizmatiga taalluqli nimadir bo‘lsa kerak. Cho‘pon yoki missionerning og‘zidan tez–tez shunday jumlani eshitish mumkin: «Xudo meni xizmat qilishga da’vat etgan». Pavlus o‘zi haqida Iso Masihning havoriysi bo‘lishga da’vat etilgan inson kabi gapiradi (qarang: 1Kor. 1:1). Ammo men sizlarga ish ham da’vat ekanini aytsam nima deysiz? Uebster lug‘atiga ko‘ra, inglizcha vocation so‘zi lotincha vocatio («vazifa») so‘zidan kelib chiqqan. Vocation so‘zi «muayyan bir mashg‘ulot, faoliyat turiga bo‘lgan da’vat» ma’nosini bildiradi. Xuddi Xudoga xizmat qilishga da’vat etilgan cho‘pon va missioner g‘ayirlik bilan o‘z vazifasini bajargani kabi, biz ham o‘z ish joyimizda Xudoga jo‘shqinlik bilan xizmat qilishimiz lozim. Men o‘z hayotimda ko‘plab mashg‘ulotlarimni o‘zgartirganman. Ular orasida jamoatga xizmat qilish ham bo‘lgan. Men hatto cho‘ponlik xizmati haqidagi kitob yozilishida ishtirok etganman (men yozgan bob xizmatga da’vat masalasiga bag‘ishlangan4). Ammo xushxabarchi havoriy Pavlus kabi, men chodir tayyorlab pul topganman. Men nafaqat cho‘pon, balki jamoat bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlar bilan ham shug‘ullanganman: dorixonada ishladim, AQSh qo‘shinida dori–darmon to‘plash bo‘yicha mutaxassis bo‘ldim. Men ham xuddi havoriy Pavlus kabi butun faoliyatimni Xudoning da’vati deya qabul qildim. Biz agarda masihiy Isoga sodiq bo‘lsa, u muqarrar cho‘pon yoki missioner bo‘lishi kerakligi haqidagi xato tushunchani qat’iy rad etishimiz lozim. Albatta, bu shunday emas. Missiyada yoki jamoatda xizmat qiladiganlar zavodda, idorada yoki o‘z uyidagi ish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan odamlardan ko‘proq imonli yoki pokdomon emaslar. Bizning qayerda yoki kim bilan ishlashimiz Xudo nazarida muhim emas. Muhimi biz mehnat qilgan holda Xudoning irodasini ado etishimiz (qarang: Rim. 12:2). Siz kim bo‘lmang – rassommisiz yoki santexnik, harbiy yoki mexanik, o‘qituvchi yoki muhandismisiz, – o‘z faoliyatingizga oddiy bir ish kabi emas, balki Xudoning alohida bir vazifasi kabi yondashmog‘ingiz kerak. O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘ling Men bundan bir necha yil avval «elchi» Julian bilan Chikagodagi mehmonxonalardan birida tanishganman. Julian bu shaharga ish yuzasidan uchrashuv uchun, biz esa Elizabet bilan seminarga kelgandik. Bizning uchrashuvimiz liftda yuz berdi: o‘shanda biz o‘zaro qiziqishlarimizni o‘rtoqlashdik, xolos. O‘sha oqshom Julian restorandagi stolimiz oldiga kelib, o‘zini yana bir bora tanishtirdi: u Elizabet ikkalamizning ovqatlanish oldidan ibodat qilganimizni ko‘rib, biz bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘libdi, negaki uning o‘zi ham masihiy ekan. Tasodifiy tuyulgan bu uchrashuvimiz shu bilan to‘xtab qolmadi: bizning munosabatlarimiz mustahkam do‘stlikka aylandi. Julianni haqli ma’noda Masihning elchisi deyish mumkin. U o‘zining hamkasblari bilan imoni haqida ochiqchasiga gaplashadi. Ish paytida, tushlik chog‘ida Kalomni o‘rganish bo‘yicha kichik mashg‘ulotlar o‘tkazadi, imonga qiziqish bildirgan barchaga Muqaddas Kitob nusxalarini va masihiylik adabiyotlarini tarqatadi. Men yaqinda Juliandan do‘sti Uilyam Niks yozgan “Ish joyida Masihning elchisi bo‘lish” nomli kitobni oldim. Muallif asarining so‘z boshida shunday yozadi: “Butun hayotingiz Xudoga xizmat bo‘lishi mumkin. O‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intiling... Mabodo Xudoni ulug‘lash istagingiz bo‘yicha intilsangiz, quyidagilar yuz beradi: • hayotingiz va faoliyatingizdan chuqur qoniqishni his qilasiz; • hamkasblaringizning hurmatiga sazovor bo‘lasiz; • Xudo bilan munosabatlaringiz chuqurroq va samimiy bo‘ladi”5. Siz ham do‘stim Julian va Uilyam Niks kabi, o‘z ish joyingizda Masihning elchisi bo‘lishga intilmog‘ingiz kerak (qarang: 2Kor. 5:20). Elchi – boshqa kimningdir nomidan vakolat beruvchi vakil. O‘z navbatida elchi – o‘ta muhim va nufuzli shaxs: u boshqa mamlakatda o‘z yurtini tegishli ravishda namoyon etishi kerak. Ammo Masihning elchisi bo‘lish – yanada oliy sharaf, shu bois biz qayerda bo‘lmaylik va nimaiki qilmaylik, o‘zimizda Masih haqidagi munosib guvohlikni namoyon etishimiz zarur. Bu talab birinchi navbatda ish faoliyatimizga taalluqli. Bizning kasbimiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifada ishlamaylik, biz o‘z mehnatimiz bilan yaqinlarimizga barhayot Xudo haqida guvohlik beramiz. Siz o‘zingizni Masihning elchisi deya hisoblaysizmi? Zero siz aynan shunga da’vat etilgansiz–ku. Bu vazifani qanday ado etyapsiz? Havoriy Pavlus o‘zini masihiy deb ataydigan, lekin Xudo talab etgan darajada Masihning elchilari bo‘lish vazifasini bajarmayotgan odamlar haqida gapirgan: «Eshitishimizcha, ba’zi birlaringiz yalqovlik qilayotgan ekansiz. Boshqalarning ishlariga aralashishdan boshqa narsani bilmas emishsiz» (2Sal. 3:11). Havoriy tag‘in yozadi: «Mana shunday odamlarga Iso Masih nomi bilan buyurib aytamizki, tinchgina o‘z ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘ling, nonni peshona teringiz bilan topib yeng» (2Sal. 3:12). Biz havoriy yozgan odamlar kabi yo‘l tutmaylik. O‘z ish joyimizda Masihning munosib elchilari bo‘laylik! Ish joyingizda Xudoni ulug‘lang Biz Xudoga xizmat qilishga va Uni ulug‘lashga da’vat etilganmiz (qarang: 1 Kor. 10:31), ammo qayerda Unga xizmat qilishimiz va ulug‘lashimiz mumkin? Barchasi tabiatan qanday xususiyatlarga ega ekanimizga va Xudo bizni qanday ruhiy in’omlar bilan taqdirlaganiga bog‘liq. Ayrim odamlar – ishchi, quruvchi va hunarmand – qo‘llari bilan nimadir qilish qobiliyatiga ega. Boshqalari – aqliy mehnat ishchilari. Biz o‘z da’vatimizni hayotga tadbiq etishning ko‘plab imkoniyatlarini topishimiz mumkin. Agar hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz qiyin bo‘lsa, jamoat boshliqlari yoki kasb tanlash bo‘yicha maslahatchilarga murojaat qiling. Siz qayerda o‘qimang, qanday kasb bilan shug‘ullanmang, o‘z vazifangizda Xudoni ulug‘lash yo‘lini ko‘rishingiz lozim. Bizga o‘z ish joyimizda tirik Xudoga xizmat qilish va bu dunyoda Uning elchilari bo‘lishdek sharaf in’om etilganini anglash nihoyatda yoqimlidir! G‘olib bo‘ling Biz mehnatning zarur va foydali ekanini, uning da’vat ekanligini, biz esa bu olamda Masihning elchilari bo‘lib, ish joyimizda faoliyatimiz bilan Xudoni ulug‘lashimizni hamisha yodda tutishimiz kerak. Albatta, Xudoga qay tarzda manzur bo‘lish va mehnat bilan ulug‘lash haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Biz bu mavzuni keyingi bobda davom ettiramiz. Hozir esa sizlar bilan bir qancha mulohazalarimni baham ko‘rmoqchiman. Umid qilamanki, ular sizga hayot mashaqqatlarini yengib o‘tib, g‘olib chiqishingizga yordam beradi. G‘olib hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarni hurmat qiladi, ulardan o‘rganishga intiladi; omadsiz odam esa bunday kishilardan nafratlanadi va ularning yutug‘ini vaziyatning qulay kelganligi bilan izohlashga urinadi. G‘olib • G‘olib ishonchni oqlaydi; omadsiz esa o‘zini. • G‘olib: «Yo‘l topish kerak» deb aytadi; omadsiz esa: «Yo‘l yo‘q» deydi:. • G‘olib mashaqqatlarni yengib o‘tadi; omadsiz esa ularni aylanib o‘tishga urinadi. • G‘olib: «Buni yaxshiroq qilish mumkin edi» deb aytadi; omadsiz esa: «Bu yerda doimo shunday qilinadi» deydi. • G‘olib xatoga yo‘l qo‘ysa tuzatishga urinadi; omadsiz esa xatosidan afsus qilayotganini aytadi, ammo uni yana takrorlaydi. • G‘olib qayerda qat’iy turish, qayerda yon berish kerakligini biladi; omadsiz esa qat’iy turish kerak bo‘lgan joyda yon beradi, yon berish kerak bo‘lganida qaysarlik ko‘rsatadi. • G‘olib omadsizdan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi, ammo shu bilan birgalikda boshqa zarur va foydali ishlar uchun vaqt topadi; omadsiz esa buning uchun hamisha «o‘ta band». • G‘olib muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmaydi, omadsiz esa ich–ichidan g‘olib bo‘lishdan qo‘rqadi. • G‘olib o‘z va’dalariga sodiq ekanini amalda isbotlaydi; omadsiz esa faqat va’da beradi, ammo bajarmaydi6. Siz o‘z ishingizga ikki yoqlama yondashishingiz mumkin. Xususan, undan o‘z farovonligingiz va qulayligingiz uchun barchasini olishga urinasiz. Agar shunday yo‘l tutsangiz, demak, tashkilotingiz va undagi xodimlar sizga xizmat qilishlari kerak deb hisoblaysiz. Ammo ishingizga mohiyatan shunday bir savolni qo‘ygan holda ham yondashsa bo‘ladi: «Men o‘z tashkilotimga va undagi xodimlarga nimalar berishim mumkin?». Jim Jorj 12. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar. Kol. 3:17 Endi esa biz Muqaddas Kitobning va ushbu asarimizning qahramoni – shoh Dovudga qayta qolaylik. Biz uning Xudo xohishini bajargan Xudoning qalbiga mos erkak ekanligi haqida bir necha bora gapirib o‘tgandik, ammo Dovud buni hamisha ham eplay olmaganini tan olishimiz zarur. Biz mazkur bobda Dovudning tanasi zaif bo‘lib qolgan bir necha holatlarni ko‘rib chiqamiz (qarang: Matto. 26:41). Gunohga olib boradigan mashg‘ulot va o‘y–xayollar Kalomda shoh Dovud gunoh qilgan bir qancha holatlar hikoya qilingan. Ushbu hikoyalardan kelib chiqqan holda, uning gunohlari sababini tushunish qiyin emas. Muqaddas Kitobdan Dovudning Botsheva bilan qilgan zinokorligini ko‘rib chiqib, undan tegishli xulosa chiqarib olishga harakat qilamiz. Dovud behuda ishlarga berilgan. Muqaddas Kitob voqealari kechgan davrda urushlar yilning muayyan pallasida – odatda bahordan kuzgacha – olib borilgan, negaki qulay ob–havo urush harakatlari olib borishga muvofiq bo‘lgan. Biz bu haqda quyidagi parchada o‘qiymiz: Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga Yo‘abni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi. (2Shoh. 11:1; kursiv meniki. – J. J.). Dovud o‘z qo‘shinini urushga boshlab borish o‘rniga, uyda qolishga qaror qildi. Dovud ehtirosli xayollarga berildi. Hoynahoy, sizga mana bu matal tanish bo‘lsa kerak «Bekorchilik – hamma gunohlarning onasi». Bekorchilik Dovud uchun dahshatli fojeaga aylandi: u bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda emasdi. U shoh sifatida o‘z lashkarini dushman bilan jangga boshlab borishi kerak edi, lekin u bunday qilmadi va buning oqibatida nimalar ro‘y berdi: Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi. Dovud bittasiga: – Borib bil–chi, u kim ekan, – deb jo‘natdi. <...> Ayol homilador bo‘lganini bildi va bu haqda Dovudga xabar berdi (qarang: 2–5 oyatlar). Dovud Xudoga isnod keltirdi. Dovud agarda o‘z joyida bo‘lib, vazifasini bajarganida, bunday og‘ir gunoh qilmagan bo‘lardi. Dovud ayolni badnom qildi, so‘ngra esa uning eri jang maydonida o‘lib ketishini uyushtirdi (qarang: 14–15 oyatlar). Shoh bunday dahshatli yovuzligi bilan Xudoni Uning shon–shuhratidan mahrum etdi. Payg‘ambar Natan Dovudga aytdi: «…sen shu ishni qilib, Egamizni mensimaganing uchun tug‘ilgan bolang nobud bo‘ladi» (2 Shoh. 12:14). Natan tomonidan fosh etilgan Dovud Xudoga qarshi gunoh qilganini angladi. Dovudning gunohi odamlarga baxtsizlik keltirdi, ammo eng og‘ir jinoyat Dovud Xudoni Uning dushmanlari oldida shon–shavkatdan mahrum qilgani edi. Dovud o‘zining gunohlari Xudoning nazarida jinoyatkorona ekanligini tushunib, qilmishlari haqida qayg‘u bilan gapirgan: «Egam oldida gunoh qildim» (qarang: 13-oyat). Dovudning hayotidagi bu dahshatli holat bizni o‘z hatti–harakatlarimiz bilan Xudoni shon–sharafdan mahrum qilmaslik uchun bekorchilikdan va tana ehtiroslaridan saqlanishga o‘rgatadi. Kolosaliklarga maktubning 3–bob 17–oyatida aytilganidek, biz bu olamda Iso Masihning vakillari va elchilari bo‘lishga da’vat etilganmiz. Biz U haqda har qanday joyda, xususan, ishxonamizda ham guvohlik berishimiz lozim. Agar biz Dovud kabi Xudo haqida munosib guvohlik bermasak, Xudoni shon–shavkatdan mahrum etib, Uning nomini badnom qilmoqlikka sababchi bo‘lamiz. Hoynahoy, siz aksariyat erkaklar kabi ko‘p vaqtingizni ishda o‘tkazsangiz kerak, bu esa ish joyingizni Xudoni hurmatlash va Uning ismini ulug‘laydigan joyga aylantirishingiz kerakligidan dalolat beradi. Mana, bu borada muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Muvaffaqiyatga olib boradigan hayotiy qoidalar 1 qoida. Serg‘ayrat bo‘ling Havoriy Pavlus o‘z xizmati mobaynida ko‘plab yoshlarga saboq berib, Xudo yo‘liga boshlagan. Ulardan biri Timo‘tiy edi. Biz bu o‘smirni ilk bora Havoriylar faoliyati kitobining 16–bob 1–oyatida uchratamiz. Timo‘tiy bu paytda xizmat qilishga tayyorlangan. Yangi Ahdning boshqa parchasida bundan taxminan o‘n besh yil keyingi voqealar hikoya qilinadi, ya’ni biz bunda Timo‘tiyni endi Efesdagi jamoatda cho‘ponlik qilayotgan vaqtda uchratamiz. Pavlus Timo‘tiyga ikkinchi maktubida cho‘ponning vazifasi nimalardan iborat ekanini unga tushuntirib, shunday yozadi: «Xudoning oldida yorug‘ yuz bilan tura olishing uchun astoydil mehnat qil...» (15-oyat). Boshqacha aytganda, Timo‘tiy o‘z xizmatida tirishqoqlik va g‘ayrat ko‘rsatishi kerak. U agarda serg‘ayrat bo‘lsa, hech qachon ustozi Pavlus oldida ham, o‘zi xizmat qilayotgan Parvardigor oldida ham uyalib qolmasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. Timo‘tiy Xudo sha’nini badnom qilmaslik uchun o‘z vazifasini – va’z o‘qib, saboq berishni – bajarishda tirishqoq bo‘lishi lozim edi . Aziz birodar, Xudo bizni ham xizmatda serg‘ayrat bo‘lishimizga va Uning shon–shuhrati uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilishga chorlaydi. Nega? Buning bir qancha sabablari bor. • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, Xudoni ulug‘laymiz. • Biz – Rabbiy Isoning elchilarimiz, shu bois butun kuchimizni berib ishlaymiz. • Biz odamlarga emas, Xudoga xizmat qilamiz, shu bois bor kuchimiz bilan ishlaymiz. • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, tirilgan Najotkorimiz haqida chindan ham guvohlik beramiz. • Biz bor kuchimiz bilan ishlaganimizda, yaqinlarimizning ehtiyojlari haqida g‘amxo‘rlik qilamiz. Men xizmatim mobaynida o‘n besh marotaba Hindistonda bo‘lganman. Hindiston – g‘aroyib mamlakat, ammo afsuski, uning ko‘pgina aholisi Iso Masihni bilishmaydi. Bu mamlakatda Xushxabar tarqatgan bir missioner biz uchun asrab qo‘ygan qisqacha hikoyani sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Ushbu hikoya sizlarga nega bor kuchingiz bilan mehnat qilishingiz kerakligini tushunishingizga yordam beradi. Bir harbiy hind shahrining ko‘chasidan o‘tib borayotganida, etigini tozalatish uchun oyoq kiyimi tozalovchisining yonida to‘xtadi. Kambag‘al bola bo‘lgan bu oyoqtozalovchi ishga shunday g‘ayrat bilan kirishdiki, harbiy bunaqasini hayotida avval hech ko‘rmagandi. U oldin uchratgan tozalovchilar alohida bir g‘ayratchanligi bilan ajralib turishmagan va undan imkon qadar pulni tezroq olishga urinishardi. Bu bola esa harbiyning etigi yarqirab toza bo‘lmagunicha zavq–shavq bilan ishladi. Harbiy undan so‘radi: – Buncha ishtiyoqni qayerdan olyapsan? – Bilasizmi, janob, – javob qaytardi bolakay, – men o‘tgan hafta Masihga imon keltirdim. U mening qalbimga kirdi, men endi Unga tegishliman. Shu bois, kimning oyoq kiyimini tozalasam, uni xuddi Iso Masihning oyoq kiyimidek qilib tozalayman. Men shu tarzda Unga yoqishga intilyapman! 2 qoida. Yaqinlaringizga xizmat qiling Men dori–darmonlar to‘plash bilan shug‘ullanganim haqida avval aytib o‘tgandim. Ayni vaqtda kompaniyamizning bosh ofisida o‘tgan menejmentlarni tayyorlash o‘quv dasturida ham ishtirok etganman. Biz boshlovchi menedjerlar savdo bilan bog‘liq turli muammolarni hal etishimiz kerak edi. Hoynahoy, bizdan ajoyib mutaxassislar yetishib chiqishini boshliqlarimizga ko‘rsatish uchun har birimiz jon–jahdimiz bilan harakat qilganimizni tushunib turgan bo‘lsangiz kerak. Meni noto‘g‘ri tushunmang: men bunday mashg‘ulotlarning bizga shart emasligini aslo aytmoqchi emasman. Har birimiz muammolarni hal etishni va qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, har birimiz tashabbus ko‘rsatishga va muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishni ham o‘rganishimiz kerak. Biroq agarda siz masihiy bo‘lsangiz, bundan–da kattarog‘iga intilishingiz zarur: siz ishxonada nafaqat boshliq nazari uchun, balki muvaffaqiyat sari hamisha intilishingiz lozim. Agar biz masihiy bo‘lsak, nimaiki bilan mashg‘ul bo‘lmaylik, xuddi imon yo‘lidagi xizmat kabi yondashishimizga to‘g‘ri keladi. Bu borada Isoning O‘zi donolikka erishmog‘imizga yordam beradi. Iso bergan ibrat. Xudoning O‘zi bizga yaqinlarimizga qanday xizmat qilishimiz uchun yaqqol namuna ko‘rsatgan. Iso o‘limidan taxminan bir hafta oldin shogirdlari bilan Quddusga yo‘l olgan. Yo‘lda ulardan ikkitasi, Yoqub va Yuhanno, Isoga iltimos bilan murojaat qilishgan: ular Osmon Shohligidagi eng sharafli joyni egallashni istashgan. Mana, Iso ularga nimalar degan: Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar, katta amaldorlari elga zo‘ravonlik qiladilar. Ammo sizlarning orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, sizlarga qul bo‘lsin. Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balk O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod etish uchun kelgan ( Matto 20:25–28). Siz bu so‘zlarnng to‘liq ma’nosida buyuk bo‘lishni istaysizmi? Insonning asl ulug‘vorligi u egallagan hokimiyat yoki o‘zi foydalanayotgan shon–shuhrati bilan belgilanmaydi. Iso barcha davrlarning buyuk Shohi edi... ammo shu bilan birgalikda barchaning xizmatkori bo‘lgan. Isoga taqlid qilish. Atrofingizdagi odamlarga xizmat qiling. Unutmang: yaqinlarga xizmat qilish – taqvodor erkakni ajratib turadigan fazilatlardan biridir. Mana, bu fazilatlarni egalashingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar: • hamisha yaqinlaringizga xizmat qilishga tayyor bo‘ling; • ularga yordam bering; • ularni yaxshi so‘zlar bilan ruhlantiring; • ularni ezgu ishlarga ruhlantiring; • muloyim va shafqatli bo‘ling; • xudbin bo‘lmang, balki fidoyi bo‘ling. Siz o‘z ishingizga ikki yoqlama yondashishingiz mumkin. Siz undan shaxsiy farovonligingiz va qulayligingiz uchun imkon qadar ko‘proq narsa olishga intilishingiz mumkin. Agar shunday yo‘l tutsangiz, demak, tashkilotingiz va undagi xodimlar sizga xizmat qilishlari kerak deb hisoblaysiz. Ammo siz o‘z ishingizga mohiyatan boshqa savol aks etgan tarzda yondashmog‘ingiz ham mumkin: «Men o‘z tashkilotimga va undagi xodimlarga nimalar bera olman?». Bunday munosabatlar bilan o‘z mehnatiga yondashadigan odam undagi sharoitni yaxshilashga, tashkilotda xodimlar hayoti yaxshilanishiga xizmat qiladigan muhitni yaratishga intiladi. Asl xizmatkor yaqinlarining manfaati uchun g‘amxo‘rlik qiladi. 3 qoida. Hamisha o‘qib-o‘rganing Yodingizda bo‘lsa, biz 1–bobda epitafiyalar haqida gaplashgandik va men bir olim erkakning qabrtoshida “U o‘qib-o‘rganayotib vafot etdi” so‘zlari yozilganini eslab o‘tgandim. Biz shunday yashab o‘taylikki, odamlar biz haqimizda ham shunday deya olishsin. Afsuski, ko‘plab yoshlar butunlay boshqacha qoidalar asosida yashashadi. Ular aytishadi: «O‘qigandan ko‘ra o‘lganim yaxshi!» Ular o‘quv jarayonlarini yomon ko‘rishadi va go‘yoki “katta hayot”ga kirishga imkon bo‘lishi uchun o‘qishlar yakunladigan kunni besabrlik bilan kutishadi. Boshqalari esa garchi saboq olishga beparvo bo‘lmasalarda, unga tirishqoqlik va hafsala ko‘rsatishmaydi. Ular past bilim olganlari bois ertaga yaxshi ish topishlari qiyin bo‘ladi. Ammo qayd etishim lozimki, menga tanish ko‘pchilik odamlar oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishganlar. Ehtimol, bunday odamlar sizning tanishlaringiz orasida ham bordir. Muhimi shuki, ulardan har biri bilimlarini mustaqil oshirish bilan muntazam shug‘ullanishgan. Ular hamisha bilim zahiralarini to‘ldirib, kasb–hunarlarini mukammallashtirishgan. Aynan shu ularga o‘z faoliyatlarida yuqori darajalarga erishishlariga yordam bergan. Mana, men “hamisha o‘qib-o‘rganing” so‘zlariga qanday ma’noni joylayapman. Ta’lim olish faqat maktab yoki kollejda hamda darsliklar asosida cheklanib qolmasligi kerak. Ta’lim olish hamisha shaxsning rivojlanishi va o‘zini mustaqil ravishda mukammallashtirishiga bog‘liq. Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, ta’lim olish o‘zida quyidagilarni aks ettiradi: • Ta’lim olish – bu fikr–mulohazalar timsoli, qalbning holati. • Muqaddas Kitob bizni anglash orqali ulg‘ayishga da’vat etadi (qarang: 2 Butrus 3:18). • Ta’lim olish oldinga boshlab boruvchi sifatga ega; avval egallab olingan bilimlar yangi bilimlar uchun poydevorga aylanadi. • Ta’lim olishda hamma narsani ham intellekt darajasi (IQ) hal qilavermaydi. • Har bir millat vakili bilim olishga haqli. • Ta’lim olish uchun u yoki bu o‘quv dargohining talabasi bo‘lish shart emas. • Ta’lim olish ilmiy daraja yoki unvon talab etmaydi. • Ta’lim olish hamisha ham ilmiy daraja yoki unvon olish yakun topaveraydi. • Ta’lim olish – bu Xudo qalbiga mos erkak hayotining timsoli. Sizlarga Xudoni qanday qilib o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz haqida gapirayotganimizni eslatishga ijozat bering. Buning uchun serg‘ayrat bo‘lishimiz lozim. Bor kuchimizni berib mehnat qilishimiz kerak. Va albatta, hamisha o‘rganish zarur – bilim ishda yuqori natijalarga erishishimizga yordam beradi. Mana, sizlarga doim saboq olishda, boshqacha aytganda – bilimda ulg‘ayishda yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Ko‘proq mutolaa qiling. Aksariyat erkaklar juda kam o‘qishadi yoki umuman o‘qishmaydi. Bundan tashqari, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, erkaklar sotuvdagi masihiycha kitoblarning faqat besh foizini sotib olishadi, holbuki bu ko‘rsatgichlar bundan bor–yo‘g‘i o‘n yil ilgari o‘n besh foiz bo‘lgan. Aziz birodar, bu shundan dalolat beradiki, biz noto‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilyapmiz! Kitob – bilim manbai. O‘qish bizga boshqalarning bilganlarini bilib olishimizga va ularning tajribasidan bahramand bo‘lishimizga imkon beradi, shu bois biz bu ajoyib mashg‘ulotni sevib qolishimiz kerak. Ko‘proq o‘qish uchun... yana, yana va yana o‘qish kerak! O‘qish siz uchun odatiy mashg‘ulotga aylanishidan avval qanchadir vaqt o‘tishi lozim. Men ko‘plab yillar mobaynida birorta ham kitob o‘qimagan bir qancha erkaklarni bilaman! Xayriyatki, ulardan ayrimlari o‘qishning qanchalik muhim ekanini tushunib, endilikda muntazam mutolaa qilishmoqda. Men o‘z vaqtida ruhan o‘sishimga yordam bergan Masihdagi birodarlar doimo o‘qishlarini payqagandim. Ularga o‘xshashni juda istaganim uchun qaysi kitoblarni o‘qishim maqsadga muvofiqligi haqida o‘zlaridan tez–tez so‘rab turardim. Siz ham shunday yo‘l tutishingiz mumkin. O‘z cho‘poningizdan uning nazarida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatini berishini so‘rang va mashg‘ulotni boshlang. Mashhur maqolda aytilganidek, «kuch – bilimda». Bunga men ham qo‘shimcha qilishim mumkin: kuchli odam o‘qishni yoqtiradi. Shu bilan birgalikda unutmang: eng muhim kitob – bu Muqaddas Kitob. Uni vaqtingiz bo‘lganida o‘qing; o‘qing va takror o‘qing. Xudoning Kalomi sizga umringiz bo‘yi hamroh bo‘lsin. Bu borada ushbu asar so‘ngidan topishingiz mumkin bo‘lgan Muqaddas Kitobni yillik o‘qish rejasi sizga yordam beradi. Savollar berishni o‘rganing. Nafaqat qandaydir oddiy savollarni, balki o‘zinizni qiziqtiradigan jabhadagi bilimlaringizni kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradigan savollarni ham berishni o‘rganing. Unutmang, siz tafakkurda ulg‘ayishga da’vat etilgansiz. Har bir inson sizni foydali nimagadir o‘rgatishi mumkin, shu bois hamisha odamlardan biror nimani bilib olishga intiling. U yoki bu odam qanday bilimlarni siz bilan baham ko‘rishi mumkinligini aniqlashga urining. Savollar berishdan cho‘chimang. Agar shunday qilmasangiz, aslo hech nimani bilib ololmaysiz. Savollar bering, ana shunda o‘zingiz uchun foydali va muhim nimalarnidir bilib olasiz. Boshqa odamlarning tajribasidan foydalaning. Aytishlaricha, faqat o‘z tajribasidan foydalanadigan odamning imkoniyatlari cheklangan bo‘larkan, shu bois yordam so‘rab boshqa odamlarga murojaat qiling, ularga savollar berib, hayot tajribalarini o‘zlashtirib oling. Garchi buyuk odamlar bilan ularning o‘tmishi haqida gaplasha olmasangiz ham, tarjimai hollarni o‘qib ko‘p narsalarni bilib olishingiz mumkin. Buyuk odamlarning hayot yo‘li haqida o‘qib, ularning muvaffaqiyatga erishishlariga nima yordam berganligini bilib olasiz va o‘z vaqtida ular yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaysiz. Ammo baribir Muqaddas Kalom haqida unutmang! Muqaddas Kitob – hayotning yaxshi darsligi. Bir o‘ylab ko‘ring–a, biz shoh Dovudning yutuq va xatolari haqida qanchalik ko‘p narsalarni bilib oldik. Ha, Muqaddas Kitob chindan ham siz muntazam mutolaa qiladigan kitob bo‘lishi kerak! Erishganlaringiz bilan qanoatlanib qolmang. Ehtimol, hayotingizda nimagaki intilgan bo‘lsangiz, barisiga erishganingizni his qiladigan vaqt bo‘lib qolar: siz o‘z kasbiy faoliyatingizdan va mehnatlaringiz natijasidan mamnunsiz. Balki o‘z erishgan darajangizni mamnuniyat bilan baholab, yutuqlaringizdan faxrlanarsiz. Siz kompaniyaga bundan bor–yo‘g‘i bir necha yil avval kelgandingiz, bugun esa nufuzli o‘rinni egallab, o‘zingizni bo‘sh qo‘yish haqida o‘ylayotgandirsiz. Men hech qachon erishgan darajangizda qolib ketmasligingiz va doimo o‘qib–o‘rganishgiz uchun ibodat qilaman. Siz har kuni yangi–yangi nimalarnidir bilib olishingiz kerak, shu bois o‘zingizga shunday savollar bering: • Men bugun yangi nimalarni bilib olishim mumkin? • Bugungi kun menga qanday saboq berdi? • Men bugun hamkasblarimga va yaqinlarimga qanday xizmat qilishim mumkin? • Malaka oshirish kurslariga qatnashim yoki qo‘shimcha ma’lumot olishim kerakmi? Bu savollar kasbiy rivojlanishingizda to‘xtab qolmaganingizni har kuni tekshirib turishingizga yordam beradigan o‘ziga xos savollar bo‘la qolsinBu haqda gapirayotganimda, seminariyaning dorishunoslik fakultetida o‘qigan yillarimni eslayman. Murabbiylar bizga har kuni nazorat ishi berishardi va har bir kun men uchun hal qiladigan ahamiyatga ega bo‘lardi. Men aynan shu yillar mobaynida hozir ham naf berayotgan bilimlarni egallaganman. Umid qilamanki, bu savollar sizga foyda beradi va hamisha oldinga intilishingizda ko‘maklashadi. Men Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi general Duglas MakArtur oldida bosh egaman. Bu odam dono sarkarda bo‘lgan. U o‘ziga ham, qo‘l ostidagilarga nisbatan ham qattiqqo‘l bo‘lgan. Mana, u hayot haqida, xususan, saboq olish haqida nimalar degan: Hayot – bu doimiy shakllanish. Agar qiziqishlaringiz doirasi kengaymasa, agar avvalgi fikrlaringiz va tashvishlaringiz bilan yashayotgan bo‘lsangiz, agar ko‘hna qolipdagi hatti–harakatlarga moslashib qolgan bo‘lsangiz, bu sizning shaxs sifatida o‘lganingizdan dalolat beradi1. Shunday yashangki, mana bu epitafiya (qabr toshiga bitilgan yozuv) sizga hech qanday aloqador bo‘lmasin: Bu yerda _____________________ dafn etilgan. (ismingiz) U (bu qachon yuz berganligi ko‘rsatilgan vaqt) ____ yoshida o‘qimay qo‘ygan. U ko‘p yillardan so‘ng jaholat tufayli vafot etdi. Endi esa tirishqoqlik, xizmat va saboq olishning muhimligi haqida ko‘p narsalarni bilgan holda, keyingi epitafiyadagi bo‘sh qolgan joyni to‘ldiring. Mayli, u “orzuingiz epitafiyasi” bo‘la qolsin: ____________________ (ismingiz) Xudo shon–sharafi yo‘lida saboq olib vafot etdi! Bizga Xudoning Kalomi asos solgan mehnat odob-axloqi kerak. Bu ahloq qoidalarini ish joyida va jamoatda hurmat bilan hayotga tadbiq etish lozim... Bizning ishga munosabatimiz aslida kim ekanimizni ko‘rsatibgina qolmay, balki belgilab ham beradi1. Kent Xyuz 13. MEHNATINGIZ BILAN XUDONI ULUG‘LANG (DAVOMI) Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar. Chunki sizlar haqiqiy Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar... Kol. 3:23–24 Menga Muqaddas Kalomdagi kishilarning hayot yo‘li haqida o‘qish nihoyatda yoqadi. Muqaddas Kitob qahramonlarining hayotiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarida zo‘r mamnuniyat va jo‘shqinlik bilan qatnashaman. Ular bizga Xudoning qalbiga mos erkak nima ekanligini tushunishimizga yordam beradi. Xususan, Muqaddas Kitobdagi havoriy Pavlusning hayoti haqida hikoya qiladigan oyatlarni juda yoqtiraman. U chindan ham aynan shunday erkak bo‘lgan. Shuningdek, Kalom qahramoni – Xudoning O‘zi Xudo qalbidagi erkak deb atagan shoh Dovud hayotiga bag‘ishlangan satrlarni ham katta qiziqish bilan o‘qiyman. Biroq “Muqaddas Kitobdagi oilaviy juftliklar” mavzusi bo‘yicha seminarlarda men yaqindan tanishib olgan yana bir shaxs bor. Bu Bo‘az ismli odamdir. Bo‘az shoh bo‘lmagan. Bo‘az havoriy bo‘lmagan. Bo‘az yorqin shaxs bo‘lmagan. U yer egasi bo‘lgan, ammo boshqa xizmatkorlar bilan dalada tenma–teng ishlagan. Bo‘az Rutning eri va Dovudning bobokaloni bo‘lgan. U ham Dovud singari Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lgan. Bu ajoyib inson ko‘plab fazilatlari bilan ajralib turgan. Jumladan, u… • G‘ayratli. Rut Kitobida Bo‘azning “anchagina obro‘li” odam ekanligi aytilgan (qarang: Rut 2:1), ammo, asosiysi, u g‘amxo‘r xo‘jayin bo‘lgan. • Samimiy. Bo‘az xizmatkorlardan hol–ahvol so‘rashib turgan va o‘zga yurtlik Rutning dalada boshoq terayotganiga e’tibor bergan (qarang: 2: 4, 8). • Mehribon. Bo‘az o‘z dalasida Rutni ko‘rib, kim va qayerdan ekanini bilib olgan hamda unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan (qarang: 2: 7–8). • Taqvodor. Bo‘az beva qolgan qaynonasi Naima uchun jon kuydirayotgan Rutni marhamatlashini Xudodan so‘ragan (qarang: 2: 12). • Xayrixoh. Bo‘az Rutni yaxshi ishlari uchun maqtab, uni qo‘llab–quvvatlashga va ruhlantirishga intilgan (qarang: Rut 2:12, 3:11). • Saxiy. Rut Bo‘azning dalasida o‘z mehnati bilan rizq topgan. Bundan tashqari, Rut daladan terib topganidan tashqari, Bo‘az unga mehnatsevarligi uchun yana bug‘doy bergan (qarang: Rut 2:15). • Rahmdil. Rut Naimaga Bo‘azning yaxshiligi haqida aytib berganida, Naima Bo‘az orqali ko‘rsatgan marhamati uchun Xudoga minnatdorchilik bildirgan (qarang: 2: 20). • Ehtiyotkor. Bo‘az ehtiyotkorlik qilib, Rutni xirmondan tong otmasidan avval jo‘natib yuborgan (qarang: Rut 3:14). • Sodiq. Bo‘az Rutga bergan va’dasiga sodiq qolib, Rutga uylanishini marhamatlashlari uchun shahar oqsoqollariga murojaat qilgan (qarang: Rut 4:1–12). Biz yuqorida aytib o‘tgan qoidalar, – tirishqoqlik, yaqinlarga xizmat qilish va hamisha o‘qib–o‘rganishga tayyorlik, – Bo‘azning hayotida o‘zining yaqqol isbotini topgan. Agar bu qoidalarni hayotda qo‘llamas ekansiz, Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lolmaysiz. Bo‘az taqlid qilish uchun ajoyib namuna, shunday emasmi? Endi esa, kelinglar, Xudoni mehnatimiz bilan sharaflashimizga yordam beradigan yana ikkita qoidani ko‘rib chiqaylik. 4 qoida. O‘zingizda bor narsalar bilan qanoatlaning Hozirgi kunda o‘zingizda bori bilan qanoatlanish fazilat qatoriga kirmay qo‘ygan. Biz yana va yana ko‘proq egallashga chanqoqlik bilan to‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Televizor ekranidan bizga singdirishmoqda: “Sizga mana bu mashina kerak!” Reklama lavhalaridan nigohimizga shunday so‘zlar tashlanadi: «Siz albatta Karib orollarida dam olishingiz shart!» Jamiyatimiz bizni o‘zimizda bor narsalar bilan qanoatlanmay, yana ko‘prog‘ini olishga o‘rgatgan. Ehtimol, xayolingizda shunday fikrlar tug‘ilar: «Ammo Jim hozirgina mening erishganlarim bilan qanoatlanib qolmasligim kerakligini aytmadimi? Axir u hozirgi vaziyatim bilan qanoatlanib qolmasligimni, aksincha, har doim yangi nimadir yangi narsani bilib, cho‘qqilargaintilishim kerakligini, har kuni yangi nimalarnidir bilim olishim kerakligini, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni takomillashtirishim kerakligini aytmaganmidi?» Ha, men aynan shunday degandim. Biroq buni qanday talqin etib gapirganim yodingizdami? Biz Xudoni o‘z mehnatimiz bilan ulug‘lashimiz lozim. Xudoning shon–sharafi yo‘lidagi intilishda erishgalarimizga qanoat qilmaslikni his etish o‘z shon–shuhratimiz yo‘lidaga intilishda o‘zimizdagi norizolikning o‘zginasi emas. Angliyalik puritan Iyeremiya Berrouz o‘zining «Masihiylikning noyob fazilatlaridan qanoatlanish haqida» nomli mo‘‘jazgina kitobida shunday deydi: Aytish mumkinki, hayoti qay tarzda o‘rniga tushayotganidan mamnun bo‘lgan masihiy – dunyoda o‘zidan eng ko‘p mamnun bo‘lgan odamdir, ammo baribir uni o‘zidan aslo qanoat hosil qilmaydigan odam deb ham aytishimiz mumkin, bu ikkala hissiyotning bir–biri bilan qanday kelishib olishi esa sir–sinoatdir2. Havoriy Pavlusning qanoat haqidagi o‘gitlari. Havoriy Pavlus o‘z maktubida bizni o‘zimizdagi bor narsalar bilan qanoatlanishga o‘rgatadi. Pavlus, shubhasizki, buyuk inson bo‘lgan: u biz uchun masihiylik e’tiqodining ko‘plab haqiqatlarini ochib bergan. U o‘z davrida taniqli shaxs bo‘lgan, ammo shu bilan birgalikda, Iyeremiya Berrouz yozganidek, o‘zidan qanoat hosil qilmagan masihiylardan biri bo‘lgan. Pavlus sayohat qilishni va Xushxabarni yoyishni xush ko‘rgan, biroq hayotida bir necha bora tutqunlikka ham tushgan. Pavlus kabi arbob uchun mahbuslik o‘ta og‘ir kechgan bo‘lsa kerak, lekin u keyinchalik Muqaddas Kitobning bir qismiga aylangan maktublarini aynan qamoqxonada yozgan. Xudo shunday tashkil etganki, Pavlusda o‘z maktubi ustida ishlashi va fikrlarini jamlashi uchun vaqt paydo bo‘lgan va biz buning uchun Xudodan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Pavlus qamoqxonada o‘tkazgan vaqtlaridan birida do‘stlariga Filippi shahridan maktub yo‘llagan. U o‘ziga yig‘ilgan xayriyalari uchun do‘stlariga minnatdorchilik bildirgan. Biroq ular shunday ish qilmaganlarida ham, Pavlus baribir o‘z chekiga tushgan mashaqqatlarga dosh berishiga ularni ishontirgan. ...men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l–ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l–ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman (Flp. 4:11–12). Pavlus bularni qanday yozishi mumkin? Nega u o‘zida boriga qanoat qilgan, axir u panjara ortida o‘tirgan va balki o‘lim tahdidi ostida bo‘lgandir?! Negaki, Pavlus o‘zi haqida qayg‘uradigan va uni mustahkamlaydigan O‘sha Yagona Zotga imon keltirganidan qalbi taskinlik topgan (qarang: Flp. 4:13). Pavlus moddiy ehtiyojlari qondirilgani uchun qanoat hosil qilgan emas. U barcha ehtiyojlarimizni qondiradigan Zotni – Iso Masihni bilgani uchun ruhida yengillikni his etgan. U Filippiliklarga yo‘llagan maktubini chuqur imon bilan singdirilgan so‘zlar bilan yakunlagan: «Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi!» (qarang: Flp. 4:19). Masihdagi aziz birodar, biz ushbu qoidalarga asoslangan holda yashashimiz kerak. Agar Xudo barcha ehtiyojlarimizni qondirsa, biz barcha masalada va hamisha qoniqish tuyg‘usini his etmog‘imiz kerak. Muqaddas Kitobning qanoat haqidagi saboqlari ana shunday. Buni bizga Xudoning O‘zi o‘rgatadi. Pavlus qanoatning fazilati haqida yana nimalar degan. Aziz birodar, agar xizmat holatingiz sizga maqbul bo‘lmasa, Pavlusning Korinfliklarga birinchi maktubining 7–bobida yozgan so‘zlariga e’tibor qaratishingizni maslahat beraman. Havoriy bizni ushbuga o‘rgatadi: biz Masihdagi holatimiz ahamiyatini chuqur anglab yetganimizda va “bu hayotda kam ahamiyatli” ekanimizdan aziyat chekmay qo‘yganimizda, o‘zimizdagi boriga qanoat hosil qiladigan bo‘lamiz. Agar sizga xizmatdagi holatingiz yoqmasa, hoynahoy, ishingiz o‘zingizga unchalik ham yoqmasa kerak. Ehtimol, hozir buni boshqalardan yashirib turarsiz, ammo shubha qilmang: vaqti kelib sizning ishga munosabatingiz uning sifatiga ta’sir qiladi. Asosiysi esa – ishga bunday munosabatingiz va hatti–harakatingiz Xudoning nomiga qora dog‘ tushiradi. Men ishingizga qanday yondashib borayotganingizni aniqlashga yordam beradigan savollarni vaqti–vaqti bilan o‘zingizga berib turishingizni maslahat beraman: 1. Men nega bu yerda ishlayapman? Agar siz ishingiz Xudo tomonidan in’om etilganini his etsangiz, bunday xizmatni “muqaddas va Xudoga manzur” (Rim. 12:1) qurbonlik deya hisoblaysiz. 2. Men kim uchun ishlayapman? Siz Xudo uchun ishlayapsizmi yoki odamlar uchun? Agar siz Xudoga xizmat qilsangiz, odamlarga ham xizmat qilishga qodirsiz (qarang 2 Qoida), garchi ular bemulohaza va noshukur bo‘lsalar ham. 3. Men nima uchun ishlayapman? Siz hukmronlikka erishish, pul va shon–shuhrat uchun ishlayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz hech qachon qanoat hosil qilmaysiz. Ammo chin yurakdan: «Men Xudoni ulug‘lash va Uning irodasini bajo keltirish uchun mehnat qilyapman» deya olsangiz, ana shunda hamisha va har narsadan qoniqish hissini tuyasiz. 4. Men kim bilan ishlayapman? Siz bilan mehnat qilayotgan har bir kishi o‘lmas ruhga ega. Ularning har biri abadiy yashaydi – Xudo bilan yoki Undan ayrilgan holda. Siz bu haqda doimo yodingizda saqlashingiz va yaqinlaringizga Iso haqida guvohlik berishingiz lozim. Ehtimol, hamkasblaringiz orasida sizni yagona masihiy deb biladigan kishilar bordir, shu bois ish joyingiz – bu sizning “Xushxabar maydoningizdir”. 5. Men qayerda ishlayapman? Sizning aynan shu yerda ishlayotganingiz tasodif emas. Xudodan o‘z ishingizning ahamiyatini anglab olishingizda yordam berishini so‘rang. Xudo siz orqali bu ishda nimalarni amalga oshirmoqchi? Aziz birodar, ishingizdan norozi bo‘lish sizni hech qanday yaxshilikka olib bormaydi. Vaziyatni o‘nglashingiz uchun, quyidagilarni eslab turishingiz kifoya: • siz nima uchun ishlayapsiz (Xudoga manzur bo‘lish uchun); • siz kim uchun ishlayapsiz (Xudo uchun); • siz nima maqsadda ishlayapsiz (Xudoning shon–shuhrati uchun); • siz kim bilan ishlayapsiz (Xudo Shohligiga kirishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan); • siz qayerda ishlayapsiz (Xudo in’om etgan ishda). 5 qoida. O‘zingizda mukammal ishchanlikni namoyon eting Men «mukammallik» so‘zini yoqtiraman. Menga uning jaranglashi va o‘ziga xos his–tuyg‘ularni hosil qilishi yoqadi. Bir muallif yozganidek, «bizga Xudo yuklagan majburiyatlarni bajarish uchun bor kuchimizni berganimizda, mehnatda mukammallikka erishamiz»3. Agar biz shunday yo‘l tutsak, Xudoni mehnat bilan ulug‘lagan bo‘lamiz, shunday emasmi? Shaxsan mening o‘zim shunga intilaman, xo‘sh, siz hammi? Ammo mehnatda mukammallikka erishish uchun nimalar qilish kerak? Muqaddas Kitob bo‘yicha mashhur murabbiy Chak Suindoll “mukammallikning oltita ustunlari” haqida yozadi, ya’ni ular – insoflilik, sadoqat, o‘ta aniqlik, mahorat, mehribon qalb va ishtiyoq. Keling, mehnatda mukammallikka erishishni o‘rganish uchun bu sifatlarni ko‘rib chiqaylik. Insoflilik. Mazkur fazilat ostida yuqori ahloqiy me’yorlarga sadoqat, samimiylik, halollik va ochiqlik nazarda tutiladi. Bu fazilatlar bilan dunyodagi boshqa barchadan ko‘ra Iso Masihga imon keltirgan kishi ajralib turishi kerak, bu eng avvalo kasbiy faoliyatga taalluqli. Xuddi Doniyor kabi – Xudoning qalbidagi yana bir erkak, – bizni hech kim nopoklikda ayblamasligi uchun mehnat qilishimiz kerak. Doniyor «o‘z ishini puxta bajarib, hech qanday mas’uliyatsizlik va nohaqlikka yo‘l qo‘ymasdi» (Don. 6:4). Sadoqat. Bu fazilat – Muqaddas Ruhning mevalaridan biridir (qarang: Gal. 5:22*) (* Sinodal tarjimada «imon»). O‘z so‘ziga sodiq bo‘lgan odam hamisha o‘z va’dasini bajaradi. Dovud do‘stiga aylanib qolgan Yo‘natanning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Mefibositga homiylik qilib, bu fazilatini namoyon etadi (qarang: 2 Shoh. 9:1–13). Bajara olmaydigan va’dalar bermang va so‘zingizda turolmasangiz, Xudo sizni marhamatlashiga umid qilmang. Agar sizni ishxonada o‘z so‘zida turolmaydigan odam sifatida bilsalar, maoshingiz oshirilishiga umid qilmay qo‘yaqoling. O‘ta aniqlik. Hoynahoy, sizga mana bunday vaziyat tanish bo‘lsa kerak: ishga oid uchrashuvning boshlanishi kechikmoqda, negaki ishtirokchilardan kimdir kechikmoqda. Shu bois kutilgan tarzda muvaffaqiyatli kechmayapti; bundan tashqari, odamlarning hafsalasi pir bo‘lgan, negaki ko‘p vaqt behuda kutish bilan o‘tmoqda. Siz hech qachon kechikmang. O‘ta aniqlikni namoyon eting. Odamlar sizni kutib qolishlariga majburlamang. Mahorat. Qachonlardir mahorat istisno emas, qoida bo‘lgan. Hozir esa bu qoida emas, balki istisnodir. Biz, Iso Masihga imon keltirganlar, o‘z ish joyimizda mahorat ko‘rsatishimiz kerak. Yodingizda bo‘lsin, sizning mehnatingiz – Isoga keltirilgan hadyadir: bu sizga ishda nohalollik va qo‘pollik qilish vasvasasidan qutulishingizga yordam beradi. Xudoga bunday qurbonligingiz manzur bo‘ladimi? Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar. Chunki sizlar haqiqiy Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar. U O‘z xalqiga atab qo‘ygan qut–barakani sizlarga mukofot qilib berishini yoddan chiqarmang (Kol. 3:23–24). Mehribon qalb. Kuyovim Pol – dengiz zobiti, u suv osti kemasida xizmat qiladi. Uch yoki olti oylik suzishdan so‘ng jamoadagi muhit chidab bo‘lmas darajaga yetadi. Polning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining vazifasiga mas’uliyatli bo‘lgani va mehribon qalbini saqlab qolgani uchungina umumiy kayfiyatga berilib ketmaydi. Agar biz Masihga xizmat qilsak, zorlanish va g‘azablanish vasvasasiga qarshi kurashmog‘imiz kerak. Agar o‘z ishimizdan norozi ekanimizni ko‘rsatsak, aslida Xudoni ayblagan bo‘lamiz. Bir muallif shunday qayd etgandi: …agar siz hasrat qilsangiz... demak, Xudoning donoligi va har yerda hozirligiga shubha qilyapsiz. Xudoning Kalomida hasrat shubha bilan tenglashtiriladi, negaki... zorlanish – Xudodan shubha qilish. Bu Xudo nima qilayotganini O‘zi bilmaydi deb aytish bilan barobar4. Ishtiyoq. «Ishtiyoq» so‘zi «ilohiy boshqaruv», «Xudodan ruhlanish» yoki hatto «ilohiy alanga» deya tarjima qilish mumkin bo‘lgan yunoncha ifodadan kelib chiqqan. Siz mehnatingiz ruhlantirayotganini yoki ko‘tarinki kayfiyat baxsh etayotganini ayta olasizmi? Siz o‘z mehnatingiz bilan quyidagilarga intilyapsizmi: • odamlarga Masihni namoyon etishga; • kompaniyangizning taraqqiyotiga hissa qo‘shishga; • yaqinlaringizga foyda keltirishga; • Sizni zulmat qa’ridan O‘zining mo‘‘jizaviy yog‘dusi sari chorlagan mukammal Zotni ulug‘lashga? Mana, d–r Suindoll o‘z kasbiy faoliyatini ”mukammallikning oltita ustuni” asosida quradigan odamlar haqida nimalar deydi: Ishga ana shunday odamni qabul qiling va tez orada qimmatli xodimni topganingizga ishonch hosil qilasiz... Uning mehnati tashkilotingizga ravnaq keltiribgina qolmay, ko‘plab ishchilarni masihiylik e’tiqodining haqiqatlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishga undaydi5. Qo‘shimcha qilishimga izn bering: bunday odamning mehnati Xudoga shon–sharaf keltiradi, zero butun hayotimizning mazmuni ana shundan iborat. Hayotingizni Muqaddas Kitob qoidalari asosida boshqaring Siz, albatta, kitobimizning 11–13–boblaridagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq savollarga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. Kimgadir men bu mavzuning ahamiyatini oshirib ko‘rsatayotgandek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo ish hayotimizda o‘ta muhim o‘rinni egallashini nazarda tutish joiz: biz amalda kunimizning yarmini ish bilan o‘tkazamiz. Muqaddas Kitobda mehnatga taalluqli ko‘plab haqiqatlar bayon etilgani uchun biz Xudodan minnatlor bo‘lishimiz kerak. Umid qilamanki, biz ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng mehnatni anchayin boshqacha ranglarda ko‘rasiz. Endi siz Xudo mehnat haqida nimalar deganini bilasiz. Kasbingiz qanday bo‘lmasin, qanday vazifani egallagan bo‘lmang, mehnatingiz – Xudoning oliy da’vatidir va siz ularni qadrlashingiz lozim, negaki mehnat sizga har kuni Xudoni ulug‘lashingiz uchun imkon beradi. Quyidagi o‘gitni ham qalbimizga joylab qo‘yaylik: Bizga Xudoning Kalomi asosidagi mehnat etikasi kerak. Bu ahloq qoidalarini hurmat bilan hayotga va jamoatga, ish joyiga singdirish lozim. Buning muhimligining sababi, aksariyatimiz haftasida besh–olti kunlab sakkiz–to‘qqiz soatlab ishlaymiz. Bizning mehnatga munosabatimiz kimligimizni ko‘rsatibgina qolmay, kimligimizni belgilab ham beradi6. Siz o‘z ishingizga yangicha yondashishga tayyormisiz? Mehnatni yuksak ahloqiy qoidalar asosida boshqarish uchun, serg‘ayrat bo‘lish uchun, yaqinlarga xizmat qilish uchun, o‘zingizda boriga qanoat qilib, mukammallikka intilish uchun qat’iy qaror qilganmisiz? Hayotingizni ana shu qoidalar bilan boshqaring. Muqaddas Kitob qahramoni Bo‘az qanday bo‘lgan bo‘lsa, atrofingizdagilar sizni ham munosib va halol inson sifatida bilsinlar. Sevaman, Rabbiy, Sening uying – Sevging koshonasini; Sevaman Masih poklagan, Jamoatning odamlarini. O qadrli Jamoat, Senda tiriklar ruhi yig‘ilgan, Doimo chorlayman ibodatimda Ruhiyatim, yuragim bilan. Men hamisha xursandman, shodman Ruh bilan muloqot qilganim uchun, Dard–qayg‘uga to‘lgan xochni ko‘tarib Mashaqqatni o‘zimga olganim uchun 1*. Timoti Duayt ______________________ * Xushxabarchi masihiy–baptistlar diniy qo‘shiqlari to‘plami (VSYeXB nashriyoti, b. m., b. g., s. 200). 14. O‘Z JAMOATINGIZNI SEVING Biz bir–birimizga e’tiborli bo‘laylik, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik. Ba’zi odamlarga o‘xshab, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik ... Ibr. 10:24–25 Sizning sevimli yozuvchingiz bormi? Ehtimol, u “Shamollarda uchgan hislarim” bestsellerining muallifi Margaret Mitchelldir (darvoqe, bu uning yagona asari ekanligidan xabardormisiz?)? Balki bu ko‘plab kitoblar yozgan o‘tmishning mashhur ruhoniylari Jon Uesli yoki Charlz Xaddon Sperjenmikan? Yoki bu XX asrda yashagan o‘ta sermahsul muallif Klayv Steypls Lyuismi? Siz zamondoshlarimiz bo‘lgan masihiy yozuvchilarning, masalan, Charlz Suindoll, Maks Lukado yoki Jon Makartur asarlarini ma’qul ko‘rishingiz ham istisno emas. Ular tomonidan o‘nlab kitoblar yozilgan. Havoriy Pavlus ham o‘ta sermahsul muallif bo‘lgan. Yangi Ahdni tashkil etadigan kitoblarning katta qismini aynan u yozgan. Rabbiy Iso Masihdan so‘ng masihiylik tarixida havoriy Pavlus haqli ravishda faxrli ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning shaxsiy ibrati, uning yozishmalari, uning va’zlari – ularning bari Muqaddas Ruh bilan ilhomlantirilgan – masihiylikni dunyoning narigi chetigacha olib borilishiga yordam berdi. Menga ma’lum bo‘lishicha, Garvard oliygohining ilohiyotshunoslik fakultetining kutubxonasida bu ulug‘ havoriyning faoliyati va yozishmalariga bag‘ishlangan ikki mingdan ziyod ilmiy ishlar saqlanmoqda. Bundan tashqari, mazkur kutubxonada Pavlusning ta’limotlari muhim o‘rin egallaydigan ko‘plab izohlar to‘plangan. Yangi Ahdning o‘n uchta kitobi uning qalamiga mansub bo‘lgani kabi, bu havoriy haqida yozilgan ko‘plab ilmiy ishlar bizni katta e’tibor bilan uning maktublarini, eng avvalo, Masih tanasi – Jamoat haqidagi satrlarni o‘qishga bizni undashi lozim. Jamoatning ahamiyati Imon va inoyat orqali najot topish ta’limoti bilan bir qatorda (qarang, masalan: Ef. 2:8–9 va Tit. 3:5) Pavlusning maktublarida Jamoat haqidagi saboqlar o‘ta muhim o‘rinni egallaydi. Biz, Masihga ishonadigan va Uning irodasini bajarishni istaydigan erkaklar, bu holatga katta ahamiyat qaratishimiz kerak. Agarki Pavlusning o‘z maktublarida Jamoat haqida shunchalik ko‘p gapirishi Xudoga manzur bo‘lgan ekan, demak, Jamoat Xudoning nazarida muhim, bu esa o‘z navbatida uning biz uchun ham muhimligini anglatadi. Mana, misol uchun, Pavlus bu haqda o‘z yozishmalaridan biri – Efesliklarga maktubda shunday yozgan: • Jamoatning boshi – Masih (qarang: Ef. 1:22). • Jamoat – Masihning Tanasi (qarang: 23–oyat). • Jamoat Xudoning donoligini e’lon qilmog‘i kerak (qarang: Ef. 3:10). • Jamoat Masihga bo‘ysunadi (qarang: Ef. 5:24). • Masih Jamoatni sevib, uning uchun O‘zini qurbon qildi (qarang: 25–oyat). • Masih Jamoatni oziqlantirib, u haqda g‘amxo‘rlik qiladi (qarang: 29–oyat). • Biz, imonlilar, – Masih Tanasining a’zolarimiz, ya’ni Jamoatmiz (qarang: 30–oyat). Ammo havoriy Pavlusning Jamoat haqidagi ta’limotlari bu haqiqatlar bilan cheklanib qolmaydi. Biz bu holatni e’tiborga olgan holda, Jamoat – Masihga imon keltirganlarning butun dunyodagi va mahalliy qavmi – biz uchun muhim ekanligini anglashimiz lozim. Shu bilan birgalikda, Jamoat Xudoning qalbiga mos erkak hayotida muhim o‘rinlardan birini egallashi shart uchun. Masih Tanasining a’zosi bo‘lish nimani anglatadi? Menimcha, biror–bir tashkilotga tegishli bo‘lmagan odamlar bu dunyoda unchalik ko‘p bo‘lmasa kerak. Odamlar turli sabablarga ko‘ra tashkilot a’zolariga aylanishadi: kimdir – ish faoliyatiga oid manfaatlari doirasida, boshqalari – shunchaki ko‘ngilxushlik uchun. Ma’lumki, har bir tashkilotga qabul qilinishning o‘z shartlari bor va bu shartlarga majburiy yoki ixtiyoriy ravishda rioya etish talab etiladi. Aziz birodar, agar siz Iso Masihga ishonsangiz, demak, Masihning Tanasi – Jamoatga tegishli ekansiz. Unga a’zolik sizga ko‘plab afzalliklar beradi, lekin sizdan ham ko‘p narsalarni talab etadi. Sizda Masih Tanasining a’zosi bo‘lganingiz uchun nafaqat haq–huquqlaringiz, balki majburiyatlaringiz ham bor. Jamoat a’zoligining huquq va imtiyozlari. – Bir kompaniyaning kredit kartasida shunday yozilgan: «O‘z huquq va imtiyozlaringizdan foydalaning». Biz Masih Tanasining a’zolari sifatida muayyan huquq va afzalliklarga egamiz. Pavlus Efesliklarga maktubning 1–bobida odam Masih Tanasining – Jamoatning a’zosi bo‘lgach, erishadigan marhamatlar haqida yozadi. Mana, ulardan ayrimlari: • Siz olam yaralmasidan avval tanlangansiz (qarang: 4–oyat); • siz o‘g‘il qilib olingansiz (qarang: 5–oyat); • sizning gunohlaringiz kechirilgan (qarang: 7–oyat); • sizga ulug‘ meros in’om etilgan (qarang: 11–oyat); • siz Muqaddas Ruh bilan Masihda aks etgansiz (qarang: 13–oyat). Jamoat a’zosining majburiyatlari. Kredit kartasi sizga bir qator huquq va imtiyozlarni beradi, ammo siz muayyan shartlarga amal qilgan holda undan foydalanishingiz mumkin: xususan, siz har oyda hisobingiz bo‘yicha to‘lov qilishingiz kerak. Jamoatga a’zolik ham sizga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Mana, ulardan ayrimlari (qarang: Ef. 4): • siz o‘z vazifangizga muvofiq harakat qilishga da’vat etilgansiz (qarang: 1–oyat); • siz yaqinlaringizga sevgi, muloyimlik, kuchli sabr–bardosh va donolarcha itoatgo‘ylik bilan iltifot ko‘rsatishingiz lozim (qarang: 2–oyat); • siz jamoat boshliqlaridan Xudoga va odamlarga xizmat qilishni o‘rganishga da’vat etilgansiz (qarang: 12–oyat); • siz Masihda to‘liq barkamollikka erishish uchun ruhan o‘sishingiz kerak (qarang: 13–oyat); • siz aqlingiz bilan ruhan yangilanishingiz kerak (qarang: 23–oyat); • siz Xudoga monand tarzda yaratilgan yangi odam siymosiga, ya’ni, halollik va muqaddaslikka burkanishga da’vat etilgansiz (qarang: 24–oyat); • siz haqiqatni gapirishga da’vat etilgansiz (qarang: 25–oyat); • siz doimo haqiqat bilan ish tutishingiz shart (qarang:: 28–oyat); • sizni eshitadigan kishilarga faqat inoyat keltiradigan so‘zlarni aytishingiz lozim (qarang: 29–oyat); • siz har qanday jahl, g‘azab, nafrat, qichqiriq, yomonlik haqidagi gap–so‘zlardan voz kechishingiz kerak (qarang: 31–oyat); • siz mehribon, rahmdil va boshqalarni kechiradigan inson bo‘lishga da’vat etilgansiz (qarang: 32–oyat). Xudo bizdan ko‘p narsalarni talab qiladi, shunday emasmi? Buni o‘qib, o‘zimizga savol bermaslikning iloji yo‘q: «Men o‘z majburiyatlarimni yaxshi bajaryapmanmi?». Biz Xudoning barcha amrlari orasidan oson va qulay bajarishimiz mumkin bo‘lganlarini tanlaymiz. Xayriyatki, biz gunoh qilganimizda, Xudo bizga rahm–shafqat va sabr–bardoshini namoyon etadi hamda bizni Masih Tanasidan ayirmaydi. Xudoga bizga ko‘rsatgan rahm–shafqati uchun hamdu–sanolar bo‘lsin! Biz Jamoat a’zosi bo‘lish nimani anglatishini haqidagi suhbatimizni davom ettirib, biz masihiylarda nafaqat huquq va imtiyozlar, balki majburiyatlar ham borligini yodda saqlaymiz. Jamoatga sevgi bilan ulg‘aying Men ko‘p yillar mobaynida «iliq» masihiy bo‘lib, jamoat hayotida deyarli ishtirok etmadim. Aytish mumkinki, men o‘sha paytda haqiqat yo‘lidan yurmaganman, balki oqim bo‘ylab suzganman, xolos, negaki dunyo va huzur–halovat bilan ko‘r bo‘lganman. Yanada ochiqroq aytishim ham mumkin: men gunohda yashaganman. Nimaiki bo‘lmasin, qalbim Xudoga tegishli bo‘lmagan. Ammo vaqti kelib, Xudo meni uyqudan uyg‘otdi va jamoat hayotimda qanday muhim o‘rinni egallashini anglab olishimga yordam berdi. Mening jamoatga qaytishim bir chuqur imonli odam bilan uchrashuvimdan so‘ng boshlandi. Xudoga bu masihiy orqali mening qalbimda Kalomga va jamoatga nisbatan sevgi olovini yoqish ma’qulroq bo‘lgan. Men tag‘in jamoatga qatnay boshlaganimda, meni Muqaddas Kitobga o‘rgatadigan va imon borasida pand–nasihat beradigan bir qancha birodarlar bilan tanishdim. Ular Xudoning rejasida jamoat muhim o‘rinni egallashini va men uning faoliyatida ishtirok etishim zarurligini tushunishimga yordam berishdi. Shundan so‘ng mening va yaqinlarimning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Biz haqimizda qayg‘uradigan va yordam beradigan yangi do‘stlarimiz paydo bo‘ldi. Bolalarimizda ham ajoyib do‘stlar paydo bo‘ldi. Biz Xudoning ishiga qo‘shilganimiz, endilikda o‘zimiz ham Masihga va yaqinlarimizga yordam berayotganimizni anglab, quvonch va chuqur qoniqish tuyg‘usini his etdik. Jamoat hayotida ishtirok etish hayotimiz ma’nosini topishimizga va unda o‘z o‘rnimizni egallashimizga yordam berdi. Sizning hayotingiz ham shu tariqa o‘zgarishi mumkin. Agar siz jamoat hayotida faol ishtirok etmasangiz, qachondir Masih sizni unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga chorlaydi. Agar hozir qatnayotgan jamoatingizga butun oilangiz bilan borishga to‘la ishonch hosil qilmayotgan bo‘lsangiz, bundan yaxshiroq bo‘lgan birorta jamoatni topishga harakat qiling. Bilaman, ba’zan bu ancha qiyin kechadi: masalan, bizga mos keladigan jamoatni topishimiz uchun bir necha oylab vaqtimiz ketgandi. O‘z jamoatingizga sodiq bo‘lishga qaror qiling. Uning hayotida faol ishtirok etishga va ruhan ulg‘ayishga qaror qiling. Agar Xudoga itoat etsangiz, jamoatga bo‘lgan sevgida ulg‘ayasiz. Itoat o‘z ortidan ko‘plab marhamatlarni olib keladi. Xudoga itoatgo‘y bo‘lishga qaror qiling! Jamoat hayotida faol ishtirok eting Ehtimol, siz hozirda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgandirsiz. Aslida ham aynan shunday bo‘lishi kerak. Siz shu tariqa yo‘l tutayotgan bo‘lsangiz, bu juda yaxshi, ammo men sizni «ko‘proq muvaffaqiyatli» bo‘lishga da’vat etmoqchiman (qarang: 1Sal. 4:10). Siz Xudoga, Masihdagi birodar va opa–singillarga, yaqinlaringizga jamoat siz uchun alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida guvohlik berishingiz mumkin, buning uchun esa… Har yakshanbada jamoatga boring. Biz yuqorida Xudoning qalbiga mos erkakning fazilatlaridan biri – Xudoga doimiy itoat va Uni olqishlash ekanligini aytib o‘tgandik. Agar siz Xudoga itoat etish va ruhan ulg‘ayishni o‘zingiz uchun muhim deb hisoblasangiz, jamoatga borish uchun vaqt toping. Ammo faqat yakshanba kunlarigina jamoatga qatnash kamlik qiladi – siz erkaklar va oilaviy juftliklar Muqaddas Kitobni o‘rganadigan mashg‘ulotlarga ham qatnashib turishingiz kerak. Xudoning Kalomini o‘rganish uchun haddan ziyod urinish mumkin emas. Dono odam donolikni izlaydi (qarang: Hikmatlar 15:14) va siz bu donolikni o‘z jamoatingizdan topishingiz mumkin. O‘z yaqinlaringiz uchun ruhiy ustoz bo‘lishni istaysizmi? Yaqinlaringiz bilan jamoatga qatnang, ana shunda Xudo sizni qay tarzda ko‘rishni istayotgan bo‘lsa, ana shunday oila boshlig‘i bo‘lasiz. Saxiylarcha qurbonlik qiling. Muqaddas Kitobda pul haqida ko‘p aytilgan. Iso bu haqda boshqalarga nisbatan ko‘proq gapirgani e’tiborga molik. Nega? Bu barcha ijodlarni yaratgan Xudo yordamingizga muhtoj ekanini anglatmaydimi, zero bizdagi hamma narsalarni Uning O‘zi hadya etgan, shu bois biz pulga aql bilan yondashmog‘imiz lozim: moddiy boylikka bog‘lanib qolish bizni asl qadriyatlardan yiroqlashtirib qo‘yishi tayin. Aytishlaricha, chek daftarchasi uning egasi nimalarni qadrlashi haqida ko‘p narsalarni bildirishi mumkin ekan. Agar siz Xudo yo‘liga va jamoatning ravnaqi uchun saxiylarcha qurbonlik qilsangiz, katta marhamatni ko‘paytirgan bo‘lasiz,’ni yaqinlaringizning hayoti qanday o‘zgarayotganini ko‘rasiz. Nega? Negaki, “xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi» (Matto 6:21). Agar siz imon yo‘lida qurbonlik qilishga o‘rganmagan bo‘lsangiz, biz Elizabet bilan boshlagan tartibda boshlay qoling: Xudoga daromadingizdan «qoldiq»ni emas, balki «boshlang‘ich foydani» bering. Xudodan pullaringizni aql bilan sarflashingizda yordam berishini so‘rang. Undan qachon ochko‘zlik yoki xudbinlik qilayotganingizni tushunishga yordam berishini so‘rang. Siz qurbonlikni xayrixohlik bilan qilishingiz kerak. Pavlus yozganidek, «...oz ekkan oz o‘rib oladi, mo‘l ekkan esa mo‘l o‘rib oladi. ...Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi» (2 Kor. 9:6–7). Doimo ibodatda bo‘ling. Havoriy Pavlus imonli erkaklarni ibodatgo‘y erkak bo‘lishga da’vat etgan (qarang: 1 Tim. 2:1–8). U o‘z o‘quvchilarini aytgan: «Har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilinglar. Ibodatda hushyor va sabotli bo‘lib, Xudoning barcha azizlari uchun iltijo qilinglar» (Ef. 6:18; kursiv meniki. – J. J.). Aziz birodar, siz nafaqat o‘z yaqinlaringiz uchun, balki jamoatingiz, uning yetakchilari va barcha xizmati uchun muntazam ibodat qilishingiz kerak. Alohida bir varaqqa o‘zingiz doimo ibodat qiladigan odamlarning ism–shariflarini yozing (jamoatning qavmi haqida ham, unga tegishli bo‘lmaganlar haqida ham) va ular uchun hamisha ibodat qiling (qarang: 1 Fes. 5:17). Qunt bilan xizmat qiling. Men jamoatda odamlarga xizmat qilish uchun har yakshanbani intiq kutgan jamoat xizmatchisi bo‘lgan do‘stim haqida aytib berganlarimni eslaysizmi? Uning jo‘shqinligi va g‘ayrat–shijoati meni nihoyatda ruhlantiradi. Yaqinlarga xizmat qilish uchun cho‘pon yoki ilohiyotshunos bo‘lish aslo shart emas. Bugunoq jamoatingiz qavmiga xizmat qilishni boshlang. Xo‘sh, qay tarzda? Siz bajara oladigan ishlar: • jamoat yig‘inidan avval stol–stullarni taxlab chiqish; • jamoat binosini ta’mirlashga yordam berish; • xizmatgacha va xizmatdan so‘ng ibodat xonalarini tozalab chiqish; • ibodat oldidan binoga kirish joyida keluvchilarni kutib olish. Siz jamoatda xizmat qilishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni hamisha topasiz. Yodingizda bo‘lsin, Xudoga xizmat – katta sharaf. Agar biz imon yo‘lidagi xizmatga sodiq bo‘lsak, bu bilan Xudoning qalbiga mos erkak ekanimiz haqida boshqalarga tushuncha bergan bo‘lamiz. Biz mazkur bobda mehnat va Xudoga xizmat haqida ko‘p gapirdik. Siz hali ko‘p narsalarni bilib, anglab olishingizga to‘g‘ri keladi, ammo jamoat hayotida faol ishtirok etishga sizni ruhlantirishi uchun yuqorida aytilganlarning o‘zi yetarli. Asosiysi xizmatdan bo‘yin tovlash uchun bahona izlamasak bas. Quyidagi she’r – ana shu to‘g‘rida. Ortingdan boraman, qadrli Rabbim, faqat ertaga Men Seni kuylayman, qadrli Rabbim, Zavq–shavq bilan kechayu kunduz, Faqat jo‘r bo‘lib emas, qadrli Rabbim, – Bu haqda so‘rama mendan hech qachon. Senga xizmat qilaman, qadrli Rabbim, Sendagi donolikka bo‘lay muyassar, Ammo ilojsizman, qadrli Rabbim, Adashganlarni yo‘lga qaytarmoq uchun. Men qurbonlik qilaman, qadrli Rabbim, – Uch–to‘rt chaqa uchun chekmasman afsus, Lekin tayyor emasman, qadrli Rabbim, Boshlang‘ich foydamdan Senga bermoqqa. Men ortingdan boraman, qadrli Rabbim, Faqat ertaga – hozir iloj yo‘q. Sen meni kechirgin, o, aziz Rabbim, – Senga boshqa safar yordam beraman2. Kichikroq ishdan boshlang: qo‘lingizdan keladigan ishni qiling va nimani qilishingiz kerakligini topib olmaguningizcha, imkoningiz yetgan barcha ishni qiling! Topganingiz esa, hoynahoy, sizning ruhiy in’omingiz bo‘lib chiqadi. Jim Jorj 15. JAMOATINGIZGA XIZMAT QILING Umumiy manfaat uchun Muqaddas Ruh har kimda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. 1Kor. 12:7 Xudoning qalbiga mos erkak o‘z jamoatiga xizmat qilish uchun ko‘plab imkoniyatlarni topishi mumkin. Mana, jamoatda o‘z o‘rningizni topishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar (men ularni bitta kitobdan topib oldim): Agar sizda telefon bo‘lsa... qo‘ng‘iroq qilasiz. Agar sizda ruchka bo‘lsa... yozasiz. Agar sizda xohish bo‘lsa... harakat qilasiz. Agar sizda pul bo‘lsa... xayriya qilasiz. Agar sizda ovoz bo‘lsa... kuylaysiz. Agar ehtiyoj sezsangiz... ibodat qilasiz. Agar Xudoni sevsangiz... Uni olqishlaysiz. Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa... xizmat qilasiz. Bu o‘rinda g‘ayritabiiy hech narsa haqida gapirilmayapti, to‘g‘rimi? Ammo baribir ana shu fikr–mulohazalarga rioya qilib yashasangix, birodarlaringiz va opa–singillaringizga katta foyda keltirgan bo‘lasiz. Hozir esa ana shu fikrlarning eng so‘ngisi haqida gaplashmoqchiman: «Agar sizda ruhiy in’om bo‘lsa ... xizmat qilasiz». Ruhiy in’om haqida Jamoat va imonli odamning da’vati haqida gapirganimizda, ruhiy in’omlar haqida eslamaslikning iloji yo‘q. Ruhiy in’om – imonli odamga Masih Tanasi – Jamoat uchun Muqaddas Ruh orqali berilgan ruhiy qobiliyat. Xudo biz o‘zimizda ruhiy in’omlarni payqab olishimizni, ularni rivojlantirib, bu bilan Xudo jamoatining boshqa a’zolariga xizmat qilishimizni istaydi. Muqaddas Kitobda ruhiy in’omlar haqida nima deyilgan? Men sizlarni Muqaddas Kitobni ochib, ruhiy in’om haqidaga uchta eng muhim oyatlarni o‘qishga da’vat etaman – bu Rimliklarga maktub 12:4–8, Korinfliklarga birinchi maktub 12:1–31 va Butrusning birinchi maktubi 4:10–11. Ularda ruhiy in’omlar haqidagi asosiy haqiqatlar bayon etilgan: • Pavlusning maktublarida ruhiy in’omlar haqidagi ta’limot muhim o‘rinni egallaydi (qarang: 1 Kor. 12:1); • ruhiy in’omlar Muqaddas Ruhdan keladi (qarang: 11–oyat); • ruhiy in’omlar – bu tabiiy qobiliyatlar emas (qarang: 15–27 oyatlar); • ruhiy in’omlar orasida katta–kichiklari yo‘q (qarang: 15–27 oyatlar); • barcha in’omlar bizga Jamoat manfaati uchun berilgan (qarang: 11; 1 oyatlar, Butrus 4:10). Xudo sizga Masihdagi birodarlarimiz va opa–singillarimiz manfaati uchun ruhiy in’omlar ulashadi Biz «masofadan turib» ruhiy in’omlar bilan xizmat qilolmaymiz va bu in’omlarimizni boshqa kimgadir berolmaymiz. Bizning in’omlarimiz boshqalarga foyda keltirishi uchun Masihdagi birodar va opa–singillarimiz bilan qalin aloqada bo‘lishimiz kerak, shu bois jamoatingiz hayotida faol ishtirok etish nihoyatda muhim. Bir tasavvur qiling–a, qavmning har bir a’zosi har bir xizmatda o‘zining ruhiy in’omlaridan foydalanganida jamoatning hayoti qanchalik o‘zgarib ketgan bo‘lardi! Jamoatning barcha a’zolari uchun bu qanchalik marhamat bo‘lardi va Xudoning inoyati haqida qanday yorqin guvohlik berishi mumkin edi! Atrofdagilar bizda norozi odamlar va o‘zaro gap talashadigan safsatabozlar guruhini emas, balki Iso Masihni ko‘rgan bo‘lishardi. O‘zingizdagi ruhiy in’omni qanday bilish mumkin? Turli xil ko‘plab ruhiy in’omlar mavjud. Bizning vazifamiz – Xudo bizga qanday ruhiy in’omlar berganini fahmlab olmoq va jamoatning boshqa a’zolariga yaxshiroq tarzda xizmat qilish uchun bizdan nimalar talab etilishini tushunish. Mana, o‘zingizdagi ruhiy in’omni aniqlab olishingizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Imkoningiz darajasidagi ishni qiling. Nima qilishingiz kerakligini topib olmaguningizcha qo‘lingizdan keladigan ishni qilavering! Topganingiz esa, hoynahoy, sizning ruhiy in’omingiz bo‘lib chiqadi. Biz Elizabet bilan jamoatga kelganimizda, aynan shunday yo‘l tutganmiz. Biz qo‘limizdan keladigan hamma ishni qildik. Hammaga va har bir kishiga xizmat qilish bizga ulkan quvonch bag‘ishladi! Xudo bizda harakat qildi va biz vaqt o‘tib barchasidan ham yaxshiroq eplay olgan mashg‘ulotlarga katta e’tibor qaratadigan bo‘ldik: bizga Xudo bergan in’omlarni o‘zimizda kashf etdik. O‘zingizga yoqadigan ishni qiling. Siz gunohlaringizga tavba qilib, Xudoga yuzlanganingizda, U sizga muayyan ruhiy in’omlarni hadya etgan (qarang: 1Kor. 12:11) va endilikda bu in’om – shaxsiyatingizning, o‘ziga xosligingizning ajralmas qismidir. Ruhan ulg‘ayish va xizmatda tajribaga ega bo‘lish orqali bu in’om hayotingizda yanada yorqinroq tus olaveradi. Sizga Xudo bergan in’omlarga xizmat qilishni istaysiz, shu bois o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishingizning eng yaxshi usuli – sevimli ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz va qalbingiz nimaga moyillini anglab yetish. O‘zingizni qanchalik to‘g‘ri baholaganingizni vaqt ko‘rsatadi. Odamlarning fikrlari bilan qiziqing. O‘zimizdagi ruhiy in’omni bilib olish hamisha ham oddiygina kechavermaydi. Nega? Negaki nima bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, buni osongina bajarishingiz mumkin. Hamma gap shundaki, sizga berilgan ruhiy in’om orqali Muqaddas Ruh harakat qiladi. Aslida siz mehnat qilmaysiz – U sizda va siz orqali mehnat qiladi! Buni tushunish va tushuntirish oson emas. Ba’zan buni anglab olish ham qiyin bo‘ladi. Nimaiki bo‘lmasin, o‘z ishingizni bajaring. Boshqa odamlarning sizdagi in’om haqidagi fikrlari bilan qiziqib ko‘ring. Bu aniqlab olishingizga – o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishingizga yordam beradi. Xudo marhamatlagan ishlarni qiling. Xudo yaqinlaringizning manfaati uchun sizga ruhiy in’om bergan. Agar siz undan foydalansangiz, odamlarga marhamat olib kelasiz. Bundan tashqari, Xudo faoliyatingizning muayyan jabhalarini marhamatlashi siz uchun ayon bo‘ladi. Shu bois, o‘zingizdagi ruhiy in’omni bilib olishni istasangiz, Masih Tanasiga qanday xizmatingizni Xudo marhamatlashini bilib olishga urinib ko‘ring. Nihoyat, jamoatga o‘z ruhiy in’omingiz bilan itoatda xizmat qilib, siz Xudoning marhamatini olasiz. Jamoatda o‘z o‘rningizni egallab, uning ravnaqiga hissa qo‘shayotganingizni anglab, qalbingiz quvonchga to‘ladi. «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!» Qizim Kortni oshpazlik bo‘yicha o‘qiydi. U bir paytlar kulinariya kursiga qatnagan, hozir esa vaqti bo‘lganida (Kortni – maktabgacha yoshda bo‘lgan uchta farzandning onasi), mazali taomlar tayyorlash bo‘yicha uy bekalari uchun mo‘ljallangan telekanalni tomosha qiladi. O‘zim esa sevimli kanalimni izlaganimda mazkur ko‘rsatuvdan parchalarni goh–gohida ko‘rib turaman. Ko‘rsatuv boshlovchisining ismi Emeril. U biror–bir tansiq taomni tayyorlash haqida gapirish oldidan har doim shunday deydi: «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!» Hayotingizda Xudoning harakatlari uchun ochiq bo‘ling Biz mazali taomlar tayyorlash haqida so‘z yuritmaymiz, ammo sizlarga men ham ushbu so‘zlar bilan murojaat qilmoqchiman «Endi esa vazifani biroz murakkablashtiramiz!». Men Pavlusning Timo‘tiyga Birinchi maktubidagi ruhiy in’omlar va xizmat haqidagi fikr–mulohazalarimizga yakun yasamoqchiman. Havoriy jamoat yetakchilarini tanlash haqida yozgan, biroq uning pand–nasihatlari bizga ham tegishli: “Imonlilar jamoatining yetakchisi bo‘lishga intilgan inson olijanob ishni orzu qilgan bo‘ladi” degan gap to‘g‘ri va asoslidir (1Tim. 3:1). Menga havoriy Pavlusning bu hikmatli gaplari juda yoqadi. Birinchidan, men uning «...intilgan inson...» so‘zlarini yoqtiraman. Pavlus imonlilarning qandaydir tanlangan jamiyati haqida emas, balki Xudoning qalbidagi barcha erkaklar haqida gapiradi. U biz haqimizda gapiradi! Ikkinchidan, mazkur oyatdagi «orzu qilgan bo‘ladi» so‘zlari ham yoqadi. Asl nusxada bu «qat’iy intiladi» ma’nosidagi so‘zlarga muvofiq keladi. Havoriy bu o‘rinda xizmatda yetakchi bo‘lishga intiladigan odamlar haqida gapiradi. Uchinchidan, «olijanob ishni» so‘zlarini yoqtiraman, buni «ulug‘vor ish» yoki «munosib ish» deb tarjima qilsa ham bo‘ladi. Shu tariqa, Pavlus biz kabi erkaklarning jamoat yetakchilari bo‘lishga intilishimizni qo‘llab–quvvatlaydi. Bunday intilishda hech bir yomonlik yo‘q. Qolaversa, yetakchilikka intilmaslikning o‘zi yomon. Shu bois, “kelinglar, vazifani biroz murakkablashtiraylik». O‘zimizda ruhiy in’om borligini anglab olishga intilaylik. Uni rivojlantirib, xizmatda foydalanaylik. Taqvodorona va pok yashashga intilaylik. Xudo hayotingizda ishlashi uchun nima qilish kerak Pavlus so‘zining davomida jamoatda yetakchi bo‘lishni istagan erkak muayyan fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini, ammo bu fazilatlar imon bilan yashashni istagan har kimda salmoqli darajada bo‘lishini anglab yetish muhim ekanligini tushuntiradi. Mazkur fazilatlar Timo‘tiyga birinchi maktubning 3:1–7 va Titusga maktubning 1:6–9 oyatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Ularni o‘qib, Xudodan sizga bu sifatlarni rivojlantirishingizda yordam berishini so‘rang. Demak, xizmat yetakchisi (yoki jamoat boshlig‘i)... Piyonista bo‘lmasligi kerak. Asl nusxada bu ibora «sharobga qul bo‘lmaslik» ma’nosida keltirilgan1. Jamoat yetakchisi bo‘lishni istagan inson sharob va boshqa spirtli ichimliklarni iste’mol qilmasligi kerak. Taqvodorlik ichkilikbozlik bilan muvofiq emas. Mushtumzo‘r (ya’ni urishqoq) bo‘lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, u bag‘ritosh va janjalga moyil bo‘lmasligi kerak. Ilohiy erkak jahlga berilib, mushtlashishdan o‘zini tiyishi lozim. U o‘z his–tuyg‘ularini jilovlay oladi (qarang: Hikmatlar 29:11). Serjahl bo‘lmasligi kerak. Xudodan qo‘rqadigan erkak janjalga qo‘shilmaydi. U injiq emas – aksincha, uning so‘zlari hamisha inoyat bilan to‘lgan (qarang: Kol. 4:5) va barcha odamlar bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi (qarang: 2 Tim. 2:24). Tamagir bo‘lmasligi kerak. Pulparastlik ko‘plab boshqa gunoh va nopokliklarning sababchisi bo‘lishi mumkin (qarang: 1 Tim. 6:10). Taqvodorlikka intiladigan inson boylik ortirish havasiga mubtalo bo‘lishi mumkin emas. Pul bizga hayotiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun kerak, lekin pulga qul bo‘lib qolmasligimiz shart. Qo‘pol bo‘lmaslik kerak. Asl nusxada «qo‘pol» so‘zi «o‘ziga bino qo‘ygan»2 ma’nosini ifodalaydi. Axir Isoni qo‘pol yoki o‘ziga bino qo‘ygan deyishimiz mumkinmi? Albatta, yo‘q. Biz xuddi Najotkorga o‘xshab, odamlarga itoat bilan xizmat qilishga intilishimiz lozim (qarang: Matto. 11:29). Badjahl bo‘lmasligi kerak. Badjahl bo‘lmaslik o‘zini boshqara olish va hissiyotlarga erk bermaslikni anglatadi. Ilohiy erkak “portlamaydi”, balki “ochiladi”. Ochko‘z bo‘lmasligi kerak. Odam pul ortidan quvib ayyorlik va makr–hiylaga o‘tishi mumkin. Xudoning qalbiga mos erkak unga nopok va g‘ayriqonuniy tuyulgan har qanday narsadan voz kechadi. U «har qanday yomonlikdan qochadi» (1Sal. 5:22). Odil bo‘lishi kerak. Odil bo‘lish hamisha to‘g‘ri yo‘l tutish demakdir. Biz yaxshilik qilish va haqiqatni gapirishga da’vat etilganmiz. Biz barcha odamlar bilan halol ish tutishimiz kerak. Xudoning qalbiga mos erkak o‘zini poklikda asraydi. Yaxshilikni sevishi kerak. Xudoning qalbiga mos erkak barcha ezgulik va ijobiy ishlarni yoqtiradi. Bu kitob va jurnallarga, film va teleko‘rsatuvlarga, o‘zaro munosabatlarga va ko‘ngilxushliklarga taalluqli. Xizmatda yetakchi bo‘lishni istagan erkakni boshqalardan farqlab turadigan ayrim fazilatlar ana shulardan iborat. Yo‘lning boshi Mening yo‘lim Ehtimol, sizga ushbu matal tanish bo‘lsa kerak: «Hatto ming qadam masofa sari yo‘l ham birinchi qadamdan boshlanadi». Aziz birodar, mening imonda ulg‘ayish va ruhiy in’omni aniqlash yo‘lidagi ilk qadamim Xudo uchun xizmatimdan boshlangan. Avval aytib o‘tganimdek, masihiylik imoni o‘zida nimani aks ettirishini va jamoat hayotida ishtirok etish qanchalik muhimligini chinakamiga anglaganimda xizmatda yetakchi bo‘lishning ahamiyati haqida zarracha tasavvurga ega emasdim. Biroq bu holat meni o‘shanda ko‘p ham tashvishlantirmagan: men shundoq ham yana Xudoning irodasida, jamoatda Xudoning Kalomi va Xudoning xalqi bilan birga ekanimni anglashdan baxtiyor edim. Endilikda birodar va opa–singillarimga xizmat qilishim mumkinligidan ko‘nglim ko‘tarilgandi va har qanday vaziyatda shunday qilishga intilardim. Men Xudo va odamlarga xizmat qilib, ruhan ulg‘aydim. Har yakshanba jamoatga qatnardim. Shuningdek, seminarlariga qatnashib, Muqaddas Kitobni qunt bilan o‘rgandim. Men ko‘proq darajada ruhan ulg‘aygan masihiylardan o‘rganishga intilardim. O‘shanda ruhiy in’omlar, xizmat va yetakchilik haqida ko‘p narsalarni bilmasdim – men shunchaki Xudoga sodiq bo‘lishni va o‘zimga ma’lum darajada Uning irodasini bajarishni istardim. Rabbiy buni ko‘rib, vaqt o‘tishi bilan menga jamoat boshqaruvida xizmat qilish sharafini va huquqini berdi. Sizning yo‘lingiz Ehtimol, siz ham xuddi men kabi masihiylik yo‘lingizning boshida arzirli muvaffaqiyatga erishmassiz. Balki siz ham men kabi Xudo qanday ruhiy in’omlarni sizga hadya etganini bilmassiz. Ehtimol, Xudo sizga qandaydir ruhiy in’omlar berganiga shubha ham qilarsiz. Bunga shubha qilmang: Xudo sizga chindan ham ruhiy in’omlar bergan va men o‘zingizdagi ana shu in’omni kashf etishga sizni da’vat etaman. Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi: • Xudo sizni qayoqqa boshlamasin, Unga sadoqat bilan xizmat qilish (qarang: 1 Kor. 4:2); • ruhan ulg‘ayish (qarang: 2 Butrus 3:18); • oldinga intilish va qiyinchiliklar qarshisida chekinmaslik; • jamoatda yetakchi bo‘lishga intilish (qarang: 1 Tim. 3:1); • taqvodorlikka intilish (qarang: 1–7 oyatlar; Tit. 1:6–9). Xudo sizni sayohatga taklif etadi va «tor yo‘l» – sinovlar, tartib–intizom va ruhan ulg‘ayish yo‘li – yoki «katta yo‘l» – betashvishlik, bekorchilik, xudbinlik va o‘rta darajalik – yo‘lidan borishni tanlash o‘zingizga bog‘liq. Sizni ishontirib aytamanki, «tor yo‘l», taqvodorlik va poklik yo‘li sizni hamda oilangizni buyuk marhamatga olib boradi. Bu sizning xizmatda muqarrar yetakchi bo‘lishingizni anglatmaydi, ammo taqvodorlik va ezgu ishlarda yuqori darajalarga ko‘tarilishingiz tayin. Siz chindan ham Xudoning qalbiga mos erkakka aylanasiz. Agar hozir qaysi yo‘lni tanlashni bilmay, arosatda qolgan bo‘lsangiz, yodingizda bo‘lsin: hatto ming qadam masofa sari ham yo‘l birinchi qadamdan boshlanadi. Va biz imkon qadar bu yo‘ldan qadamba–qadam yurib o‘tamiz. Muhimi, to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakat qilaylik. Xudo bu yo‘lni oxirigacha bosib o‘tishimiz uchun bizga kuch bag‘ishlashga va’da bergan. Ilohiy erkaklar, turing! O, ilohiy erkaklar, Turingiz tezroq, Shohlar Shohi, Yaratguvchiga Xizmat qiling butun qalb bilan! Turinglar, erkaklar, Xudo Jamoati sizlarni kutar, Unga sizning kuchingiz zarur, U sizni kurashga, janglarga chorlar! Masih xochin ko‘targancha, Biz oldinga shoshamiz, Turaylik, birodarlar, yetib keldi, Mana endi bizlarning ham navbatimiz!3 Agar siz hamkasblaringizga Iso Masih haqida muvaffaqiyat bilan guvohlik berishni istasangiz, bu holda eng yaxshi xodimlar qatorida bo‘lishingiz lozim. Odamlar omma orasida biror jihati bilan ajralib turmaydigan kishilardan imon mavzusidagi fikr–mulohazalarni eshitib o‘tirishmaydi, ammo yaxshi xodimni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Bob Vernon 16. YAQINLARINGIZGA XUSHXABARNI AYTING ...Mening shohidlarim bo‘lasizlar Havoriylar 1:8 Hayotingizda sizga kuchli ta’sir qilgan voqealar bo‘lganmi? Mening hayotimda bo‘lgan. Bunday voqea men uchun Bob Vernon boshchiligidagi jamoatimizda erkaklar uchun kechki guruh saboqlari bo‘lgan. Biz olti hafta mobaynida o‘rgangan dastur “Haqiqiy erkak bo‘lish nimani anglatadi” deb nomlangandi. Bobning o‘zini haqli tarzda haqiqiy erkak deb atash mumkin. U aytgan so‘zi tosh bosadigan va siz hamisha uning gaplariga so‘zsiz bo‘ysunishga tayyor bo‘lgan odamlar qatoriga kiradi. Men bu guruh mashg‘ulotlariga qatnaganimda, Bob Los–Anjeles politsiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. U keyinchalik shahar politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘ldi va boshliq lavozimiga nomzodi qo‘yildi. Bir oqshom Bob bizga Xushxabar haqida gapirib berdi. Uning o‘shanda aytgan gaplari bir umrga xotiramda muhrlanib qolgan: «Agar siz hamkasblaringizga Iso Masih haqida muvaffaqiyat bilan guvohlik berishni istasangiz, bu holda eng yaxshi xodimlar qatorida bo‘lishingiz lozim. Odamlar biror jihati bilan ajralib turmaydigan kishilardan imon mavzusidagi fikr–mulohazalarni eshitib o‘tirishmaydi, ammo yaxshi xodimni katta qiziqish bilan tinglaydilar». Bob o‘z ish joyida «missioner» bo‘lishning zarurligi haqida gapiradi va mehnatda tirishqoqlik Iso haqida hamkasblarimizga guvohlik berish huquqini berishini qayd etadi. Tinglovchilarning ishonchini qozoning Bob yo‘llagan da’vat bizda o‘chmas taassurot qoldiradi. Mazkur da’vatda Xudoning qalbiga mos erkakning yana bir majburiyati – Xushxabar tarqatishning mohiyati aks etgan. Iso Samoviy Otasining oldiga qaytishidan avval O‘zining ilk shogirdlariga va bizga amr qoldirgan: «...Mening shohidlarim bo‘lasizlar» (Havoriylar 1:8). Biz – Masihning bu olamdagi elchilari va vakillari shunday yo‘l tutishga da’vat etilganmizki, boshqalar bizda Xudoni ko‘rib, Unga intilsinlar. Agar biz zimmamizga yuklatilgan majburiyatlarni yomon bajarsak, bizga tanish bo‘lgan e’tiqodsiz odamlar Xudoga intilishmaydi. Qolaversa, ular masihiylik e’tiqodi – insonning ezguligi uchun xizmat qilishiga shubhalanishlari mumkin. Bob Vernon aytganidek, ishga bo‘lgan muhabbat va ish joyimizdagi g‘ayrat–shijoat tinlovchilar ishonchini qozonishimizga yordam berishi mumkin. Biz ana shunda ular bilan nimani xohlasak – ish haqida, yutuq va muvaffaqiyatlaringiz (siz, albatta, ularni sizga Iso Masih hadya qilishini aytasiz) va hattoki imoningiz haqida aytasiz. Iso sizni odamlarga mehnat qilish va ishda yutuqlarga erishishga ilhomlantirganini aytishingiz mumkin. Agar siz ishda muvaffaqiyatga erishsangiz, hamkasblar sizga kasbiy faoliyatlari bo‘yicha maslahat so‘rab tez–tez murojaat qiladigan bo‘lishadi. Oxir–oqibat, ular hayot ma’nosi nimadan ekanligi haqida fikringizni bilib olishni istab qoladilar. Atrofingizdagi insonlar uchun «yaqin» bo‘ling Yuqorida aytilganlardan tashqari, agar biz tinglovchilarimizga samimiy qiziqishimizni bildirsak, ularning ishonchini qozonishimiz mumkin. Shunday hikmatomuz ibora bor: «Odamlar sizning ularga qiziqib qolganingizni bilmagunlaricha, sizning nimalarni bilishingizga qiziqishmaydi». Bu o‘ta adolatli gap: biz hamkasblarimiz uchun ochiq bo‘lishimiz, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lishimiz va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishimiz lozim. Bir so‘z bilan aytganda, biz ularga «yaqin» bo‘lishimiz kerak. «Mening yaqinim kim?» – Xudo uning diniy ishtiyoqini qo‘llab–quvvatlashini istagan tafsirchilardan biri Isodan so‘radi. Iso bunga javoban o‘ziga mutlaqo notanish odamga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan mehribon samariyalik haqidagi masalni aytib berdi (qarang: Luqo 10:25–37). Odamlar Masih haqidagi guvohligingizni eshitishga tayyor bo‘lishlaridan avvalroq siz ular bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatib olishingiz zarur. Atrofingizdagi odamlarga «yaqin» bo‘lib, siz ular bilan Najotkor haqida gaplashish huquqini qo‘lga kiritasiz. Siz mehribon samariyalik haqidagi masaldan odamlarga Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik berishingizga yordam beradigan sakkizta qoidalarni topishingiz mumkin. Odamlarga Masih haqida qanday qilib muvaffaqiyatli guvohlik berish mumkin? 1 qoida. Kimki sevsa, harakat qiladi (qarang: Luqo 10:30–34). Tafsirchi Isoning oldiga kelib yuqoridagi savolni berishidan avval, Iso O‘zini qabul qilishmagan va Xushxabar rad etilgan bir qancha shaharlarga qarshi fosh qiluvchi va’zini aytgandi. Iso O‘z masalida bemehr ruhoniyga va leviga (yahudiy ruhoniysi yordamchisiga) qarama–qarshi tarzda mehribon samariyalikni (yahudiylar hazar qiladigan narolevitgada vakilini) ibrat qilib ko‘rsatadi. Ruhoniy va levi qaroqchilar kaltaklagan yahudiyga yordam ko‘rsatishmagan. Hoynahoy, ikkalasi ham yonginalarida qonga botib yotgan odamga qarashmaganlari uchun bahona topgan bo‘lsalar kerak. Ular yo‘lovchiga yordam berishlari kerak edi, ammo bunday qilmadilar. Va mana, yaradorning oldiga samariyalik keldi. Xo‘sh, u qanday yo‘l tutdi? Iso aytadiki, samariyalik, «ko‘rib, unga achinib ketibdi. Uning yoniga kelib, yaralariga zaytun moyi, sharob surib bog‘lab qo‘yibdi» (qarang: 33–34 oyatlar). Mehribon samariyalik yordamga muhtoj odamni ko‘rib, uning ehtiyojiga e’tiborsiz qolmadi. U bu odamga yordamga keldi. Sevgi hamisha harakatda namoyon bo‘ladi. Kimki sevsa, harakat qiladi. Ruhoniy va levi sevgi ko‘rsatishmadi – ular bechoraga yordam berish uchun hech nima qilishmadi. Ular faoliyatsizlik ko‘rsatishdi. Sevgi muqarrar harakat qiladi. Biz hali najot topmagan gunohkorlar bo‘lganimizda, Xudo bizga aynan shunday sevgini namoyon etgan: …Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin (Yuhanno 3:16; kursiv meniki. – J. J.). ...biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi (Rim. 5:8; kursiv meniki. – J. J.). Axir Xudo bizga O‘z sevgisini ko‘rsatgani, ya’ni biz uchun o‘lgan O‘z O‘g‘lini bu olamga yuborgani uchun Undan minnatdor bo‘lishimiz kerak emasmi? U insonga bo‘lgan sevgining qanday ajoyib namunasini ko‘rsatgan–a! Ehtimol, tanish insonlaringiz orasida Iso Masihga ishonmaydigan va xudoning sevgisiga mushtoq odamlar bordir. Ularni o‘z g‘amxo‘rligingiz bilan qurshab oling. Ularga o‘z sevgingizni namoyon eting. Men bundan bir necha yil muqaddam missionerlik safari bilan Singapurda bo‘lgandim. Sayohatimiz davomida Tayvanda to‘xtab o‘tdik: seminariyada birga o‘qigan eski do‘stim Stivni ko‘rib o‘tishga qaror qilgandim. Biz Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun odamlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish zarurligi haqida gaplashganimizda, u menga bir voqeani aytib berdi. Muqaddas Kitob maktabida ta’lim oladigan bir talabaning otasi masihiylarni va masihiylikni yomon ko‘rarkan. U o‘g‘lining Muqaddas Kitob maktabiga qatnashidan o‘ta taajjubda. Ota har kuni maktab eshigi oldida kutib turar va darsdan chiqqan o‘g‘lini tayoq bilan urarkan. U uyga borguncha o‘g‘lini kaltaklab ketarkan. Shunday bo‘libdiki, Muqaddas Kitob maktabi murabbiylaridan biri talabaning otasi choyni juda yaxshi ko‘rishidan xabar topibdi. U o‘sha odamning uyiga kelib, undan choyni qanday damlashi haqida so‘rabdi, negaki o‘zi ham bu ichimlikni juda yoqtirishini aytibdi. Qarangki, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilibdi. Talabaning otasi vaqt o‘tib masihiylarga nisbatan munosabatini yumshatibdi, o‘g‘lini urmay qo‘yibdi va Xushxabarga qiziqib qolibdi. Kimki sevsa, harakat qiladi! 2 qoida. Sevish qiyin bo‘lgan odamlarni seving (qarang: Luqo 10:33). Keling, Isoning masali ustida mulohaza yuritaylik. Kimsasiz yo‘ldan ketayotgan yahudiyga qaroqchilar hujum qilishdi. Qaroqchilar uni kaltaklab, bor–budini shilib, yo‘lda qonga botgan holida qoldirib ketishibdi. Bu dahshatli manzara edi. Bundan kelib chiqqan holda, qonga belanib yotgan odamning ko‘rinishi ruhoniy va levini bu yerdan nariroq ketishga undagan. Ular o‘z yahudiy birodarlariga yordam berishni istamay, yashirinishga shoshilishgan Ammo samariyalik – mehribon samariyalik, – bechorani ko‘rib to‘xtagan va rahm–shafqat ko‘rsatgan. U sevish qiyin bo‘lgan odamga sevgi namoyon etgan. Biz do‘stlarimiz – «yoqimtoy va yaxshi odamlar»ni osonlikcha seva olamiz, ammo Isoning bu masali bizda sevgi his–tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va hatto bizdan nafratlanadigan odamlarni sevishimiz kerakligiga o‘rgatadi. Men Elizabet ikkalamiz uyda ilk bora Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlarini qanday o‘tkazganimizni yaxshi eslayman. Biz guruhimiz ishtirokchilaridan mashg‘ulotga o‘zlarining imonga kirmagan hamkasb va tanishlarini olib kelishlarini so‘ragandik. Bir yigit hamkasabasi bo‘lmish Meri ismli qizni taklif etganida, u yigitni hayron qoldirgancha mashg‘ulotimizga kelgandi. Qizning fotosuratlari hech qachon moda jurnallari sahifasini bezamagan bo‘lardi. Uning xayoli betartib, kiyimlari esa kir va g‘ijim edi. Uni kiyimlarini yechmagan holda uxlaydi deb o‘ylash mumkin edi. Merining o‘zi haqida qayg‘urmasligi ko‘rinib turardi va Muqaddas Kitob guruhining boshqa a’zolari o‘rtasida yaqqol ajralib turardi. Ko‘pchilikda bunday odamlar yoqimsiz his–tuyg‘ularni uyg‘otishadi. Biz birinchi mashg‘ulotning o‘zidayoq Meriga hurmat va e’tibor ko‘rsatishga urindik. U bir necha haftadan so‘ng menga shunday dedi: «Sizlar menga esi past odamga qilgandek munosabatda bo‘lmadingizlar, men ham sizlarga xuddi shuday munosabatda bo‘laman, negaki, sizlar – masihiysizlar». Oradan bir muddat vaqt o‘tib, Meri Masihga imon keltirdi. Men sizlarga bu haqda Xudo oldida chuqur itoatni his qilgan holda va Uning sevgisidan minnatdor bo‘lib so‘zlab beryapman. Meriga nisbatan hazar bilan yondashish mumkin edi, zero u betartib ko‘rinishda edi, ammo Xudo bizda sevgi tuyg‘ularini uyg‘otmaydigan va sevish qiyin bo‘lgan odamlarni ham sevishimizga da’vat etgan. Va biz bu sevgining mevasini Merining hayotida ko‘ramiz. Umid qilamanki, bu voqea ko‘rinishi bilan atrofdagilarda jirkanish hissini uyg‘otadigan odamlarga salbiy munosabatda bo‘lmasligingizga yordam beradi. Har bir odamda eng asosiysini – Najotkorga muhtoj bo‘layotgan adashgan qalbni ko‘rishga intiling. Sevish qiyin bo‘lganlarni seving. 3 qoida. Siz qalin munosabatlarsiz odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaysiz (qarang: Luqo 10:33). Masihning masalida yarador kishiga ruhoniy va levi qanday foyda berishdi? Hech qanday. Samariyalik unga chindan ham yordam berdi: u to‘xtadi, bechoraning oldiga bordi va avvalo jarohatini bog‘lab qo‘ydi. Niki – Xudo bizning uyga keltirgan yana bir inson. Bu mehribon qiz bizning xat tashuvchimiz bo‘lgan va barchamiz u bilan do‘stlashgandik. Unga bizning tuman juda yoqib qolganligi bois yaqinimizdan uy sotib oldi. Biz ba’zan Niki bilan imon mavzusida gaplashardik. U hamisha bizni diqqat bilan eshitar, suhbatlashayotganda muloyim va do‘stona bo‘lsada, shuning o‘zi bilan cheklanib qolgandi. Ammo biz Niki haqidagi hamma gapni bilmasdik. Qarangki, uning eri aroqxo‘r ekan. Ularning munosabati buzilib, eri uni tashlab ketibdi. Uning keyingi hayoti yanada qayg‘uli. Niki rokerlar guruhining yetakchisi bilan yashay boshladi. Bola tug‘ildi. Oradan qanchadir vaqt o‘tib, u ishdan ketdi va biz u bilan aloqani yo‘qotdik. Oradan bir necha oy o‘tgach, dahshatli xabar bizga yetib keldi: Niki tunda istirohat bog‘iga borib, qizalog‘ini o‘ldiribdi, so‘ngra esa o‘z joniga qasd qilibdi. Bu biz uchun qattiq zarba bo‘ldi. Men ushbu voqea haqida uzoq o‘yladim. Ehtimol, biz zarur paytda Nikini izlash uchun imkoniyat topmagandirmiz, negaki o‘zimiz va o‘z ishlarimiz bilan o‘ta band bo‘lgandirmiz? Xo‘sh, agar munosabatlarimiz uzilmaganida nimalar bo‘lardi? Biz Masih masalidagi ruhoniy va leviga o‘xshab qolmadikmi? Biz unga qanday ta’sir ko‘rsatdik va umuman biror–bir ta’sir ko‘rsata olganmidik? Aziz birodar, shunga o‘xshash holatlar sizning hayotingizda aslo bo‘lmasin! Sizga tanish odamlar orasida qayg‘uga botgan va Masih uning qalbiga sevgi bilan teginishiga muhtojlar bormi? Ular yonidan shunchaki o‘tib ketmang, uni falokatga tashlab qo‘ymang! Men sizlarga choyni xush ko‘radigan tayvanlik Muqaddas Kitob o‘qituvchisi haqida aytganlarim yodingizdami? Bu odam talabasiga va uning otasiga xizmat qilibgina qolmay, choy sotadigan mahalliy do‘kon egasi bilan ham do‘stlashgan. U choy haqida suhbat qilish va yoqtirgan xaridini qilish uchun uning do‘koniga tez–tez kirib turgan. Murabbiy kunlardan birida yana do‘konga kirganida, sotuvchi unga shunday degan: «Siz boshqalardek emassiz. Hoynahoy, buning sababi, siz – masihiysiz». Nimaiki bo‘lmasin, ammo siz qalin munosabatlarsiz odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaysiz. 4 qoida. Sevgi g‘amxo‘r yurakni talab etadi (qarang: Luqo 10:33). Yo‘lda yarador odam yotganini ko‘rgan samariyalik nima qildi? Iso aytadi: «achinib ketibdi». Boshqacha aytganda, uning qalbi yonidagi odamning azoblariga befarq bo‘lib qolmadi. Xo‘sh, siz ham yaqinlaringizga nisbatan shunga o‘xshash qandaydir tuyg‘ularni his etganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, o‘sha daqiqalarda samariyalik nimani his qilganini tushunasiz. Uning qalbi qayg‘uga to‘ldi va bechora yahudiyga yordam berishga shoshildi. U o‘lim yoqasida bo‘lgan inson uchun g‘amxo‘rlik qildi. Iso kichik bir shaharda bo‘lganida, shahar darvozasidan beva bir ayolning yolg‘iz o‘g‘li jasadini olib chiqayotganlarini ko‘rdi. Sho‘rlik ayolning azob–uqubatlari Isoning qalbiga chuqur ta’sir qildi. Uning rahmi kelib, o‘lgan bolani tiriltirdi (qarang: Luqo 7:13). Xo‘sh, siz yaqinlaringizning ehtiyojlariga nisbatan biror ish tutadigan munosabatingizni ko‘rsatasizmi yoki avvalo Nikining fojeli taqdiriga o‘xshagan kulfatlarni biz kabi his qilib ko‘rishingiz kerakmi? Yaqinlaringizning azob–uqubatlariga loqayd bo‘lmang. Sizning yordamingiz ularga kerak bo‘lmasligi haqidagi xayollar sizni cho‘chitmay qo‘ya qolsin. Yaqinlarga xizmat qilish uchun – muhtojlarga yordam berishni istaydigan qalb kerak. 5 qoida. So‘zingiz va ishingiz bilan Xushxabar tarqating. Siz Masihning masalida samariyalik yarador yahudiyga biror so‘z aytmaganiga e’tibor berdingizmi? Ushbu oyatlarni diqqat bilan takror o‘qib chiqing. Samariyalik biror nima deyishi shart emasdi– uning ishi har qanday so‘zlardan ko‘ra balandroq yuqorida edi! Men bir safar qo‘lyozmalarimni tartibga keltirayotganimda, Xushxabar haqidagi kitobdan quyidagi parchani topib oldim: Xudoning sevgisi haqida gapirish qiyin emas, ammo gap shundaki, odamlar nafaqat so‘zlarimizga, balki qiladigan ishlarimizga qarab Xudo chindan ularni sevishiga ishonch bildiradilar. Biz agar o‘z ishimiz va munosabatimiz bilan Xudoning sevgisi hayotimizda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatsak, ular bunday guvohlikka shunchaki qo‘l siltab qo‘ya qolishmaydi. Kimdir aytganidek, «Xudo sevgisining buyuk isboti – bu faqat Xudo sevgisi bilan izohlash mumkin bo‘lgan ishdir»1. Fransuz faylasufi Volter bir paytlar shunday degandi: «Menga qutqarilgan hayotingizni ko‘rsating, ana shunda men Najotkoringizga ishonaman». Biz Masih haqidagi guvohlik albatta so‘zlar bilan bildirilishiga moyilmiz. Ammo masala sizning qancha gapirishingizda emas, sizning qanday inson ekaningizga bog‘liq. Hoynahoy, sizga bu matal tanish bo‘lsa kerak «Gapni eshitamiz, ammo ishni ko‘rmayapmiz». Masih haqida muvaffaqiyatli guvohlik bermoq uchun Xudoning Kalomi bo‘yicha yashash kerak. Ayrim odamlar uchun sizning ishingiz qachonlardir o‘qiydigan yagona “Muqaddas Kitob” bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ular qilgan ishlaringizga qarab nimani tushunishlari mumkin? 6 qoida. O‘z rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘ling (qarang: Luqo 10:33–35). Ruhoniy va levi nega yo‘lda jarohatlanib yotgan odamga yordam berish uchun to‘xtashmadi? Biz buni bilmaymiz, ammo bir narsa bizga aniq: ular o‘z zimmalariga majburiyat olishni istamadilar. Ular o‘z ishlari bilan yo‘lda davom etishdi va ketayotgan yo‘llaridan burilishni istashmadi. Bu samariyalikning harakatlariga qanchalik o‘xshamaydi–ya! U ham qayergadir ketayotgan edi–ku. Muqaddas Kitobda u “o‘tib ketayotib” jabrlangan odamni ko‘rib qolgani aytilgan. Yo‘q, samariyalik yo‘lda yarador yahudiyni izlamadi, lekin bechorani ko‘rgach, to‘xtab unga yordam ko‘rsatdi. Qolaversa, uni eshagiga o‘tqazib, mehmonxonaga olib bordi va unga g‘amxo‘rlik qildi. U bu odamning muhtojligini ko‘rib, o‘z rejalarini o‘zgartirdi. Bir kuni men bilan shunday bo‘lgan. Men Los–Anjeles shahrining markaziy ko‘chalaridan birida ketib borayotganimda, avtomobillar tirbandligiga tushib qoldim. Mashinalar toshbaqa tezligida harakatlangani bois, men jamoatda o‘tkaziladigan yig‘inga kechikayotgandim. Oldinga sekin harakat qilgan holda, ko‘cha o‘rtasidagi mashina yonida turgan ayolga ko‘zim tushdi. Men uning yaqiniga borib, nega uning to‘xtab, mashinadan tushganini so‘radim. Unda benzin tugab qolganini bilib, qo‘shni avtoyoqilg‘i shoxobchasiga yugurib borib, biroz benzin sotib olib keltirdim. Xayrlashayotib, ayolga “hamisha xizmatingizga tayyorman” deb yozilgan vizit kartochkamni qoldirdim. Ayol mening cho‘pon ekanimni bilgach shunday dedi: «Lekin men yahudiyman, axir!» Men javob qaytardim: «Buning ahamiyati yo‘q. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling». Oradan bir hafta o‘tib Barbara – ayolning ismi shunday ekan – menga qo‘ng‘iroq qilib, oilasida katta muammo borligini aytib, yordam so‘radi. U keyinchalik hatto mening jamoatimga ham keldi. Aziz birodar, Xudo sizni kim bilan uchrashtirishini bilmaysiz, shu bois zarur bo‘lganida rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘lishingiz juda muhim. Har bir uchrashuvga, har bir tanishuvga Xudoning rejasiga yondashgandek munosabatda bo‘ling. O‘z rejalaringizni o‘zgartirishga tayyor bo‘ling, shuningdek sizni Xudo marhamatlasin! 7 qoida. Qurbonlik qilishga tayyor bo‘ling (qarang: Luqo 10:34–35). Agar siz odamlarga xizmat qilishga va ularga Iso Masih haqida guvohlik berishga intilsangiz, ular uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Mana, bu haqda d–r Frensis Sheffer o‘zining «XX asr so‘ngidagi jamoat» asarida nimalar degan: Xudoning bu yerda, «Lyabri» [doktor Sheffer Masihni izlagan odamlarga xizmat qilgan joy, Shveysariyaning chekka hududlaridan biri] jamoatida amalga oshirganlari bizga oson berilgan deb o‘ylamang. Aksincha, bu juda qimmatga tushgan. Taxminan dastlabki uch yilda «Lyabri»dagi vasiyligimiz ostida bo‘lganlar bizga keltirishgan to‘y sovg‘alarini yo‘q qilishdi: to‘shaklar yirtilgan, gilamlarda teshik paydo bo‘lgan, bir kuni deraza pardamiz ham yonib ketayozdi, negaki kimdir mehmonxonada chekibdi. Bizning stol atrofida hamma yig‘ilardi, zero bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi. Uyimizda giyohvand moddalar paydo bo‘ldi, polda tez–tez qusqilarni ko‘rish mumkin edi…2 Yo‘q, men sizning uyingizda va siz bilan ham xuddi shunday bo‘lishi kerak demoqchi emasman, ammo o‘zingiz xizmat qiladigan odamlarni qutqarish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyor turishingiz kerak. Kelinglar, yana bir bora mehribon samariyalik haqidagi masalga murojaat qilaylik. U yahudiyni qutqarish uchun nimani qurbon qildi? • O‘z mulkini. U moy va sharob quyib, jarohatni bog‘ladi. • Vaqtini. U bu odamga xizmat qilish uchun butun kunini bag‘ishladi. • Pulini. U mehmonxona egasiga jabrlangan odamning ehtiyoji uchun ikki dinor (bu ikki kunlik mehnat haqiga teng) berdi. Bundan tashqari, u mehmonxona egasiga shunday dedi: «Unga yaxshi qarang, agar bundan ortiq xarajat qilsangiz, qaytishimda sizga to‘layman» (35–oyat). Xo‘sh, siz yaqinlaringiz manfaati uchun nimalarni qurbon qilishga tayyorsiz? Ehtimol, tanishingizning qiyinchilikka uchragani haqidagi gap–so‘zlarini eshitishingiz kerak bo‘lar (siz vaqtingizni qurbon qilasiz) yoki hamkasbingizni futbol o‘yiniga taklif etib, chipta sotib olarsiz (siz pulingizni qurbon qilasiz)? Balki qo‘shningizni tushlikka taklif etishingiz kerakdir (siz bu holatda vaqtingizni ham, pulingizni ham qurbon qilasiz)? Nimaiki qurbonlik qilmang, bu unga arziydi! Inson qalbining bahosini aytish mumkinmi? Uning qutulishi uchun Xudo O‘zining Yagona O‘g‘lini qurbon qilgan. Bir qancha dollar yoki bir necha soat abadiylik bilan taqqoslaganda nima bo‘libdi? O‘zingizni qurbon qilishga tayyor bo‘ling, zero Xudo bizga aynan shunday ibrat ko‘rsatgan! 8 qoida. Nomasihiy odamlar dushman emas. Ayrim masihiylar nomasihiylarni dushman deya hisoblashadi, shu bois taqvodor bo‘lmaganlardan cho‘chib, ulardan har taraflama nari bo‘lishga intilishadi. Samariyalik yarador yahudiyni dushman deb bilmagan. Uni dushmanlar jarohatlagandi – yahudiy ulardan jabrlangandi. Biz qandaydir falokatdan jabr ko‘rgan odamlarga nisbatan rahm–shafqat va g‘amxo‘rlik bilan yondashamiz, bu to‘g‘ri. Xo‘sh, imonda bo‘lmagan odamlarga ham shunday yondashmaymiz? Ular bizga dushman emas – ular jabrdiyda. Ular shaytonning va gunohning malaylari (qarang: 2Tim. 2:26) va o‘zlariga yordam berishga qodir emaslar (qarang: Rim. 3:10–18). Aziz birodar, biz taqvodor bo‘lmagan odamlardan qo‘rqishimiz kerak emas. Ular uchun ibodat qilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Do‘stona va ochiq inson bo‘ling. Yaqinlaringizga yaxshilik tarqating «Mening yaqinim kim?» Bu savolni Isoga bir tafsirchi bergandi. Iso mehribon samariyalik va ikkita diniy yetakchi haqidagi masal bilan javob qaytardi (qarang: Luqo 10). Iso bu masalni aytib bo‘lgach, o‘z navbatida tafsirchidan so‘radi: «Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilar qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?» Tafsirchi javob berdi: «Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da». Shunda Iso aytdi: «Boring, siz ham shunday qiling» (qarang: 36–37 oyatlar). Aziz birodar, bu da’vat bizga ham yo‘llangan. Atrofingizdagi odamlar uchun «yaqin» bo‘ling, mehribon samariyalikdan o‘rnak oling, imonda bo‘lmaganlarga rahm–shafqat ko‘rsating, ularga yaxshilik tarqating. Sen chanqoq qalbingni to‘ydir, ichirgin… Sen chanqoq qalbingni to‘ydir, ichirgin Noumidni mustahkam qilgin, Tahqirlangan, singan va yolg‘iz, Hayotingni asrab qolgin sen. Seni yomon ko‘rganni kechir, Boshpana izlovchiga xizmatda bo‘lgin, Xudoning mo‘l in’omlaridan Muhtojlar ham bahramand bo‘lsin Jangda do‘sting yiqilsa ko‘tar Kim adashsa, yo‘lga boshlagin, O‘zingni sarf qilishdan qo‘rqma, Najotkordek saxovatli bo‘l. Chin yurakdan sevgin rad etilganni Uysiz bo‘lganlarga boshpana bergin, Zulmat ichidagi ilohiy nurni Senda yonganini odamlar bilsin Charlz Braun Aytishlaricha, Angliyadagi Bristol shahridan bo‘lgan xizmatchi Jorj Myullerning beshta yaqin do‘sti bo‘lgan ekan. U bir paytlar do‘stlari najot topishi uchun ibodat qilishni boshlabdi. Oradan besh yil o‘tgach, do‘stlaridan biri Masihga imon keltiribdi. Yana besh yildan so‘ng yana ikkitasi. Shunday keyin o‘n besh yil o‘tgach, to‘rtinchi do‘sti ham masihiy bo‘libdi. Jorj Myuller so‘ngi nafasigacha beshinchi do‘sti uchun ibodat qilibdi. Janob Myullerning vafotidan bir necha oy o‘tgach, o‘sha odam ham Masihga imon keltiribdi. Ha, halol odamning ibodati ko‘p bora kuchayishi mumkin. 17. KO‘PRIKLAR O‘RNATING Qo‘rquvga tobe bo‘lmanglar, balki butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga bo‘ysuninglar. Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar 1 Butrus 3:15 Ko‘plab erkak–masihiylar odamlarga o‘z imonlari haqida gapirib berish oson emasligini aytishadi – ular Xushxabarni baham ko‘rish uchun Kalom va ilohiyotshunoslikdan yetarlicha bilimga ega emas ekanlar, shu bois Iso Masih haqida guvohlik berish imkoniyatini tez–tez qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Darhaqiqat, masihiylik qadriyatlarini e’lon qilish uchun yaxshi tayyorlangan bo‘lish kerak: muayyan bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lish zarur, ammo buning uchun ilohiyotshunos bo‘lish shart emas. Agar odamlar sizni eshitishga tayyor bo‘lsalar, qalbingizni o‘zgartirib yuborgan va hozirda siz uchun muhim bo‘lgan haqiqatlarni aytishingizning o‘zi kifoya. Masih haqidagi shaxsiy guvohlikni qanday baham ko‘rish mumkin? Namuna Siz qachondan buyon masihiy bo‘lganingizni bilmayman, ammocho‘poningiz va boshqa masihiylar “imonning shaxsiy guvohligi” gapirganlarini bir necha bora eshitgan bo‘lsangiz kerak. Imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning qanday qilib masihiy bo‘lganingiz haqidagi hikoyadir. Imon guvohligi qanchalik oddiy baham ko‘rilishini ko‘rsatish uchun Mark bayon etgan Xushxabarning 5:1–20 oyatlariga murojaat qila qolaylik. Unda Isoning jin chalgan odamni qanday qilib davolagani hikoya qilinadi. Jinlar o‘sha odamga dahshatli azoblar bergan. Isoning unga rahmi kelib, undagi jinlarga shu yaqin atrofda yurgan cho‘chqalarga kirishini buyurdi. Cho‘chqalar podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, cho‘kib ketadi. Men shifo topgan odamning kechinmalari va hatti–harakatlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu bechora jinlardan qutulib, qanchalik yengil tortganini tasavvur qilish mumkin. U hech o‘ylab o‘tirmay Isodan U bilan birga qolishiga ijozat so‘radi. Iso unga mana bunday javob qaytarmadi–ku: «Albatta, qolaver. Menda ilohiyotshunoslikni o‘rganasan. Bir–ikki yil Mening shogirdlarim orasida bo‘lib, Men haqimda guvohlik berishni o‘rganasan». Yo‘q, Iso bu odamga shunday dedi: «Uyingga bor. Men – Rabbing sen uchun nimalar qilganimni, qanday rahm–shafqat ko‘rsatganimni o‘z yaqinlaringga gapirib ber» (Mk. 5:19). Mohiyatan, U bu odamga o‘z yaqinlari oldiga qaytib borib, ular bilan imon guvohligini baham ko‘rishini buyurdi! Hali tajribali imonli bo‘lmagan bu odam uni Iso qanday qutqargani haqida guvohlik berishga tayyor edi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Muqaddas Kitobda aytilganki, shifo topgan odam «Iso unga qanchalar muruvvat ko‘rsatganini Dekapolis hududida e’lon qila boshladi. Hamma hayratga tushardi» (Mk. 5:20). Bu odam hayotining o‘zgarishi qanday samara berdi? Fikrimcha, biz bu haqda Mark bayon etgan Xushxabarining 7:31–8:9 oyatlari orqali bilishimiz mumkin. Bu hikoya Iso Isroil chegarasidan tashqarida joylashgan va majusiylar yashaydigan hudud – Dekapolisda o‘tkazgan kunlari haqida ma’lumot beradi. Iso avval bu chekka hududlarda bo‘lmagandi va bu yerda taniqli emasdi, ammo shunisi hayron qoldiradiki, U bu yerga kelganida, Uni katta aholi – ayollar va bolalarni hisobga olmaganda ham, to‘rt mingga yaqin kishi kutib oldi. Ular Isoni ko‘rishni va Uning Kalomini eshitishni juda istashardi! Xo‘sh, bu odamlar qayoqdan kelib qolishdi? Shaxsan men Mark bayon etgan Xushxabarning 5–bobida hikoya qilingan odam Isoning unga buyurganlarini aniq bajarganiga ishonchim komil. U o‘zining hamyurtlariga Iso tomonidan qanday marhamat topganini aytib berganiga ishonaman. Ishonamanki, u o‘zining yaqinlari, do‘stlari va tanishlari bilan imon haqidagi guvohligini shunchaki baham ko‘rgan va bu ularda Isoni ko‘rish hamda Uning Kalomini eshitish istagini uyg‘otgan. Imonda shaxsiy guvohlikni tarkibi Aziz birodar, qo‘lingizda Xushxabarning qudratli quroli turibdi: bu Iso sizning hayotingizda nimalarni amalga oshirganidan dalolat beradi. Men nega bu haqda gapiryapman? Negaki, imonning shaxsiy guvohligi – bu sizning va faqat sizning Iso Masihni anglash yo‘lidagi tajribangizdir va hech kim buni inkor qilolmaydi. Nimaiki aytadigan bo‘lsangiz, barini o‘zingiz boshdan kechirganingiz uchun tinglovchilar sizni katta tushuncha bilan tinglaydilar. Imondagi guvohligingizni uch qismga bo‘lish mumkin: • Birinchi qism. Men Iso Masihga imon keltirguncha qanday yashaganman? • Ikkinchi qism. Men qay tarzda Iso Masihga yuzlandim? • Uchinchi qism. Iso Masihga yuzlanganimdan so‘ng hayotim qanchalik o‘zgardi? Endi esa xayolan o‘tmishga, hali masihiy bo‘lmagan davringizga qayting. Qanday vaziyat Iso Masihni o‘z Rabbingiz va Xaloskoringiz deb tan olishga undadi? Masihiy bo‘lganingizdan so‘ng siz o‘zingizda (balki boshqa odamlar ham) qanday o‘zgarishlar bo‘lganini kuzatyapsiz? Yuqorida keltirilgan rejadan foydalangan holda, imondagi o‘z guvohligingizni qisqacha yozib qo‘yishga harakat qiling. Siz bu yozuvlaringiz bilan qurollangan holda, havoriy Butrusning maktublaridan birida biz topgan buyruqni bajarishga tayyor bo‘ling: «...Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar...» (1 Butrus 3:15). Xudoga O‘z O‘g‘lida siz bilan muloqot qilish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiring va mana shu haftada biror kishi bilan Xushxabarni – umidingiz manbaini baham ko‘rishingizga imkoniyat berishini so‘rang. Ko‘priklar o‘rnating O‘zga mamlakat hukumati a’zolaridan biri o‘g‘lini Amerika Masihiy kollejiga o‘qishga yuboribdi. Bu yigit masihiy bo‘lmagan ekan. Talabalar esa o‘zlaridan kimga bu yigit bilan Xushxabarni baham ko‘rishi imkoni berilishiga qiziqib qolishibdi. Bu talabalar kengashining raisi bo‘larmikan? Yoki kursning eng yaxshi sportchisimi? Balki kollej kapellanidir? Chet ellik talaba chindan ham Masihga imon keltirdi, ammo Xudo kimni O‘zining xabarchisi etib tanlaganini bilgach, hamma juda hayratda edi. Bu Tom ismli oddiygina yigit edi. Tomni talabalar orasidan biror–bir jahati bilan ajralib turadi yoki Xushxabar yoyishda alohida qobiliyatga ega deb hech kim aytolmasdi. Keyinchalik Tomdan bu qanday sodir bo‘lganini so‘rashganida shunday degan: «Men shunchaki uning qalbi va o‘zimning qalbim o‘rtasida ko‘prik qurdim, xolos, so‘ngra esa shu ko‘prikdan Iso o‘tdi». Atrofingizdagi odamlar uchun “yaqin” bo‘lish, do‘stona munosabat, ko‘priklar qurishni eplay olish – Mana, odamlarga Xushxabarni yetkazadigan tarkibiy qismlar. Masih haqida guvohlik berishingiz uchun cho‘pon yoki ilohiyotshunos bo‘lishingiz shart emas, ammo Xushxabarni muvaffaqiyatli yoyish uchun xuddi Tom va o‘sha chet ellik talaba bilan bo‘lganidek, atrofdagilarning ishonchini qozoqmoq zarur. Ammo biz o‘z qalbimiz va boshqa odamlarning qalbi o‘rtasidagi ko‘priklarni – ularga Iso Masih haqidagi xabarni yetkazishimizga yordam beradigan ko‘priklarni qanday qurishimiz mumkin? Mana, ushbu xayrli ishda sizga yordam beradigan bir qancha maslahatlar. Sizga e’lon qilingan haqiqatlar bilan yashang. Agar siz Muqaddas Kitob haqiqatlariga muvofiq yashashga intilsangiz, hamkasblaringiz va tanishlaringiz sizda Xudo harakat qilayotganini payqashadi. Hayotingizda bu fazilatlar shu kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, ya’ni bu… • hayotsevarlik; • odamlarga nisbatan samimiy munosabat; • ahloqiy poklik; • so‘zdagi taqvodorlik; • mehnatdagi tirishqoqlik; • jamoat hayotida faol ishtirok etish; • oilaviy hayotdagi poklik; • bolalar bilan muvaffaqiyatli munosabat; • o‘z xonadonini boshqarish mahorati. Nomasihiy odamlar haqida ibodat qiling. Najot – Xudoning ishi, bizning vazifamiz esa – Xushxabarni yoyish. Shuningdek, ibodat qilish ham bizning vazifamizga kiradi. Biz ko‘priklar o‘rnatishga da’vat etilganmiz, xususan, shu ko‘prikdan Xudo odamlarning qalbiga o‘tishi uchun ibodat qilish ham bizning vazifamiz. Shu bois quyidagilar haqida qunt bilan muntazam ravishda ibodat qiling: • yaqinlaringiz, hamkasb va qo‘shnilaringiz baxtli–saodatli bo‘lishi uchun; • Xudo imondagi guvohligingizga «yo‘l ochib berishi» uchun (qarang: Kol. 4:3); • Xudo Xushxabarni yoyishda sizga donolik berishi uchun (qarang: 5–6 oyatlar); • Xudo qo‘rquvni yengib, sizga dadillik berishi uchun (qarang: Ef. 6:19). O‘zingiz yaxshilik qiladigan odamning qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘rishga tayyor bo‘ling. Odam bilan o‘zaro do‘stlik o‘rnatishning eng yaxshi usullaridan biri – uning nimalarga qiziqishini bilib, u bilan birgalikda baham ko‘rmoqlikdir. Aytishlaricha, bir masihiy atirgul o‘stiradigan qo‘shnisi bilan do‘stlashish uchungina o‘zi ham atirgullar yetishtirishga qaror qilibdi. Voqeani boshidan oxirigacha aytib o‘tirmayman – o‘sha qo‘shni hozir ham atirgullar parvarishi bilan shug‘ullanadi, lekin shu bilan birgalikda masihiy ham bo‘lgan! Zamonaviy hayotni Muqaddas Kitob haqiqatlari bilan taqqoslang. Insoniyat tarixida hali hech qachon bizning zamonamizdek tahlikali va voqealarga boy davrlar bo‘lmagan. Odamlar har kuni turlicha qiyinchiliklarga to‘qnash keladilar – har qanday gazetani o‘qib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Biroq odamlar bu mashaqqatlarni yengib o‘tishga yordam berishga va ularni tashvishga solayotgan savollarga javob berishga Xudoning qodir ekanini bilishlari lozim. O‘zingiz Xushxabar tarqatayotgan yaqinlaringizga Muqaddas Kitobda olamda yuz berayotgan turli voqealarga yoki zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan muammolar aytib o‘tilganini tushuntirish imkonini izlang. Shu tariqa, ular Muqaddas Kitob hayotga to‘g‘ridan–to‘g‘ri aloqador ekanini tushunib olishadi. Yaqinlaringizga samimiy qiziqish bildiring. Inson tabiatan anchayin xudbin. Odamlar yaqinlariga nisbatan o‘zlari haqida ko‘proq qayg‘urishadi, ammo boshqalarga Xushxabar eltayotgan kishi ularga samimiy qiziqishini ko‘rsatishi lozim. Xizmat qilayotgan kishilaringizning ismlarini eslab qoling. Ularni tug‘ilgan kunlarida va boshqa yodga olinadigan sanalarida unutib qo‘ymang. Qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘ring. Atrofdagilarga, ayniqsa hamkasblaringizga ularning siz uchun qadrli eanligini ko‘rsatishga bor kuchingiz bilan intiling. Ana shunda ular sizni do‘st deb bilishadi va hoynahoy, imon–e’tiqodingiz bilan ham qiziqib qolishadi. Nomasihiy odamlar bilan tanishing. Bizning jamoatda Masihga imon keltirmaganlar juda kam bo‘lsa kerak. Albatta, jamoatga vaqti–vaqti bilan ko‘chadan odamlar kelishadi, ayrimlarni Xudoning uyiga do‘stlari va tanishlari olib kelishadi, ammo ko‘p hollarda imonda bo‘lmagan odamlar bilan tanishuv jamoatdan tashqarida yuz beradi: hali Masihni anglamagan odamlar siz bilan qo‘shni bo‘lib yashashadi, birga ta’lim olishadi, siz ularni beysbol maydonchasida yoki boshqa sport maydonida uchratishingiz mumkin. Ular bilan tanishib, munosabatlaringizni mustahkamlang. Bu sizning shubhali joylarga borishingiz kerakligini bildirmaydi, – shunchaki o‘zingiz tez–tez bo‘lib turadigan joylardagi odamlar bilan tanishib oling. O‘zingiz yoqtiradigan mashg‘ulotlarga imonda bo‘lmagan odamlarni ham jalb eting. Siz Xushxabar tarqatayotgan odamlaringizning qiziqish va ko‘ngilxushliklarini baham ko‘ribgina qolmay, ularni o‘zingiz yoqtirgan faoliyatga jalb etishingiz ham mumkin. Siz golf o‘ynashni yoqtirasizmi? Xo‘sh, nega endi taqvodor bo‘lmagan tanishlaringizni yaqindagi golf maydonida o‘ynash uchun taklif qilmaysiz? Sport o‘yinlari yoki boshqa birgalikdagi mashg‘ulotlar davomida imonda bo‘lmagan tanishlaringiz qanday inson ekaningizni va qanaqa masihiy ekaningizni yaqindan bilib olishlari mumkin. Yaqinlaringizga foyda keltiradigan tadbirlar tashkil eting. Xushxabar tarqatishning ajoyib usullaridan biri – bolalar uchun tadbirlar tashkil etish. Bu tadbirlar ilmiy yoki ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, siz bolangiz yoki imonda bo‘lmagan tanishlaringizning farzandlari o‘ynaydigan sport jamoasining murabbiyligi vazifasini o‘z zimmangizga olishingiz mumkin. Siz bu vazifada o‘zingizni nafaqat inson, balki masihiy sifatida ham ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, siz o‘z hududingizning u yoki bu xayriya tashkilotida ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etishingiz mumkin. Bunday tashkilotlar jiddiy va vijdonli odamlarning yordamiga juda muhtoj bo‘lishadi. Siz hududingizdagi muhtojlarga yordam ko‘rsatibgiga qolmay, ularga Masih haqida guvohlik ham berishingiz mumkin. Va nihoyat, siz davlat xizmatiga o‘tsangiz ham bo‘ladi (albatta, undagi faoliyat sizdan ko‘proq sa’y–harakatni talab etadi). Davlat xizmatchisi hamisha fuqarolarning ko‘z o‘ngida bo‘ladi va bunday vaziyat unga – agar u masihiy bo‘lsa – atrofdagilarga taqvodorlik va boshqa ruhiy fazilatlarni namoyon etish imkonini beradi. Davlat xizmatida bo‘lgan odam o‘z holatidan e’tiqodini targ‘ib qilishda foydalanmasligi kerak, ammo u o‘z zimmasiga yuklangan vazifani Masihning izdoshiga xos tarzda ado etsa, uni ishi Najotkor haqida har qanday so‘zlardan ko‘ra ko‘proq tushuncha beradi. Yaqinlaringizning farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qiling va ishlaringiz masihiylik e’tiqodi tayanadigan o‘sha haqiqatlardan guvohlik bersin. O‘z umidingiz haqida hisob bering Men o‘z vaqtida ilohiyotshunoslikdan ta’lim olgan Talbot seminariyasida (Kaliforniyaning janubi) ishga joylash bo‘yicha mas’ul vazifani egallaganimdan so‘ng, mendan Chigakodagi talabalar hayotiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishimni so‘rashdi. Ma’ruzachilar orasida mamlakatdagi mashhur seminariyalardan birida ilohiyotshunoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis ham bor edi. Uni tinglab tezda tushundimki, u Masih hayoti haqida zarracha ham tasavvurga ega emas ekan, shu bois tanaffuslardan birida bu “olim erkak” ning yonida o‘tirib, Xushxabar va najot haqida suhbat boshladim. Men unga Masihga kimki imon keltirmasa, to abad mahkum bo‘lishini – Xudodan ayrilishini tushuntirishga urindim. Men hech qachon bu odamning javobini unutolmayman: «Xo‘sh, unda Afrikaning yovvoyi qabilalari bilan nima bo‘ladi?» Uning savoli o‘z imoni haqida ochiq gapirishga jur’at etolmaydigan masihiylarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin edi. Ular hamsuhbatlariga qandaydir murakkab masala yuzasidan javob berolmay qolishdan qo‘rqishadi. Ammo bunday vaziyatda ehtimollik unchalik katta emas, negaki Xushxabar yetkazuvchi imonda bo‘lmagan tinglovchisidan eshitishi mumkin bo‘lgan barcha savollar eng asosiy masalalarga boshlaydi. Tasavvur qiling–a, bu ma’lumotli erkak menga birinchi raqamli savolni berdi! Sizda imonda bo‘lmagan odam bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng, tabiiyki, u sizning imoningiz haqida savollar berishni boshlashi mumkin. Siz ulardan qaysi biriga javob bermay qolishingiz mumkinligidan qo‘rqmasligingiz kerak. Savollar – bu yaxshi. Agar hamsuhbatingiz imoningizga qiziqish bildirib, savollar bersa, bu ajoyib. Masih haqidagi guvohlik – bu monolog emas, hamisha dialog. Xushxabar aytish – bu faqat gapirish emas, balki odamlarni eshitish hamdir. Bu ularni tashvishga solib, bezovta qilayotgan muammolarni tushunish demakdir. Shuningdek, bu Muqaddas Kalomga tayangan holda, hamsuhbatning savollariga javob berish zarurligini ham anglatadi. Biz, masihiylar, o‘zimiz xizmat qilayotgan kishilarga rahm–shafqat ko‘rsatishimiz, ularning savollarini oldindan payqab, Muqaddas Kitobdan javoblar topishimiz kerak. Aytib o‘tganimdek, bu kabi barcha savollar (imonda bo‘lmaganlar oldinga surishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar) eng muhim masalalarga olib borishi mumkin. Men quyida ushbu savol va e’tirozlarni keltirib o‘taman. Ularning har biridan so‘ng Muqaddas Kitobdan xulosa qilishingizga yordam beradigan, mohiyatan hamsuhbatingizga javob beradigan satrlarni keltiraman. Umid qilamanki, siz odamlar bilan shunday suhbat qurasizki, bu kabi (e’tiroz tarzida qabul qilishlari mumkin bo‘lgan) savollarni berayotganingizda, ular noqulaylikni his etishmaydi. Xushxabarchi to‘qnash keladigan yettita asosiy savollar 1. Xushxabar haqida hech qachon eshitmagan yovvoyi qabilalar bilan nima bo‘ladi? (Javob: Zabur 18:2; Rim. 1:18–20) 2. Xudoga tomon Iso Masihga bo‘lgan imondan boshqa biror yo‘l bormi? (Javob: Yuhanno 14:6) 3. Nega begunohlar azoblanishmoqda? (Javob: Rim. 5:12) 4. Mo‘‘jizalar bo‘lishi mumkinmi, agar “ha” bo‘lsa, ularni qanday izohlash mumkin? (Javob: Yuhanno 1:1 va 14 oyatlar; 3:2) 5. Muqaddas Kitobda xatolar ko‘p, shunday emasmi? (Javob: 2 Tim. 3:16; Ibr. 1:1–2; 2 Butrus 1:20–21) 6. Masihiycha ruhiy tajriba deb atalganlarning bari chuqur psixologik ko‘rinish, shundaymi? (Javob: Havoriylar faoliyati 9-bob ( Pavlusning murojaati); Rim. 5:8–10) 7. Men o‘z yaxshiliklarim tufayli jannatga tusha olmasligim rostmi? (Javob: Gal. 2:16; Tit. 3:5; Yoqub 2:10)1 Odamlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsating Aziz birodar, men Masihni hozircha bilmagan odamlar bilan do‘st bo‘lishingiz, o‘zaro munosabatlar qurishingiz, ko‘priklar o‘rnatishni boshlashingiz uchun ibodat qilaman. Agar siz chindan ham odamlarga “yaqin” bo‘lsangiz, bu holda «...umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar» (1 Butrus 3:15). Kimki Masihga sizning guvohligingizda so‘zi va amali bilan kelsa, abadiy mukofotni oladi, negaki Osmon Shohligining ahliga aylanadi. Odamlarga samimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsating. Ularga Masih sevgisini namoyon eting. Ularni chin qalbingizdan seving! Nahotki hech kimning ishi bo‘lmasa? Yirik gazetaning tahririyatiga qo‘shni jamoatlardan birining cho‘poni kelibdi. U tahririyatning boshliqlaridan biri bilan gaplashish uchun kelgan ekan. Cho‘pon ketishidan avval o‘sha odamga shunday so‘zlar bilan murojaat qilibdi: «Aziz birodarim, men sizni masihiy bo‘lishga da’vat etaman!» Tahririyat xodimi biror so‘z aytmay, deraza oldiga kelib, bir necha daqiqa ko‘chaga qarab turibdi. Cho‘pon o‘ylabdiki, uni gaplari bilan xafa qilib qo‘ydi. Nihoyat bu odam ruhoniyga o‘girilibdi – uning ko‘zlari jiqqa yosh ekan. U mehmonning qo‘lidan tutib aytibdi: «Men haqimda g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun rahmat. Butun hayotim mobaynida hech kim – yaqinlarim ham, hamkasblarim ham – hech qachon yuragimga e’tibor qaratmagan. Men bilan hech kimning ishi yo‘q deb o‘ylardim!»2 III QISM. XUDONING RYeJASI Har bir inson o‘zidan keyin nimadir qoldirishi kerak. Xo‘sh, siz nima qoldirasiz: odamlarning qalbiga muhrlangan hayotnimi yoki faqat qabrtoshiga o‘yib yoziladigan ismingiznimi? Jim Jorj 18. HAYOTINGIZGA TAALLUQLI XUDONING REJASI Dovud o‘z vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi... Havoriylar 13:36 Mazkur oyat shoh Dovudning hayotiga epilog bo‘lib xizmat qiladi. Yodingizda bo‘lsa, biz suhbatni Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lish nimani anglatishi haqidagi mavzuni Xudoning O‘zi tanlagan Dovud haqidagi so‘zlardan boshlagandik (qarang: Havoriylar 13:22). Xudo Shomuilni yangi shoh topishga jo‘natayotib, payg‘ambarni ogohlantiradi: …Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi ko‘rinishiga qaraydi. Men esa diliga qarayman (1 Shohlar. 16:7; kursiv meniki. – J. J.). Xudoning xalqi shohining hayotida namoyon bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha fazilatlar dastlab Dovudga xos bo‘lmagan. Xudo Dovud hali juda yosh bo‘lgan paytidayoq uni poda boqishdan chaqirib oldi, ammo muhimi shuki, u butun qalbi bilan Xudoni sevgan va Xudoga uning aynan shunday sevgisi manzur bo‘lgan. Aytib o‘tganimizdek, Dovud tez–tez xatoga yo‘l qo‘ygan va o‘zidan avval shohlik qilgan Shouldan farqli ravishda, hamisha Xudoga chuqur afsus va samimiy tavba bilan murojaat qilgan. Dovudning qalbi alamdiyda bo‘lgan va aynan shu bois Xudo uning hayotida ishtirok etib, uning qo‘llari bilan buyuk ishlar yaratishni lozim ko‘rgan. Dovud aynan shu fazilatlari tufayli Xudoning qalbiga mos erkakka aylangan. Dovudning yo‘lidan boring Umid qilamanki, endi sizga tushunarlidir: Xudo insonning qalbiga nazar soladi. Sizning Xudo bilan munosabatingiz – bu qalbingiz holati bilan bog‘liq masala. Siz ham Dovud kabi xatoliklar sodir etasiz va gunoh qilasiz. Hammamiz ham adashamiz va gunoh qilamiz! Ammo sizda tanlash imkoni bor. Siz Xudoni sevmagan shoh Shoul kabi yo‘l tutishingiz mumkin. Shoul qilgan xatosini tuzatishga urinmadi. U faqat o‘z qulayligi va farovonligi haqida qayg‘urib, Xudoning xohishini bajarishni istamadi – Shoul faqat o‘z istaklarini qondirishni istadi. Biroq Xudo hamisha itoatgo‘ylikni kutadi (qarang: 1 Shohlar 15:22) va vaqt o‘tib, bu fazilatni Dovudning fe’l–atvoridan topdi. Xo‘sh, siz Xudoga itoatgo‘y bo‘lishni istaysizmi? Men mazkur kitobda siz Masihga imon keltirgan masihiy sifatida Xudoni sevishga da’vat etilganingizni va hamma narsa Unga tegishli ekanini qayta–qayta eslatib boryapman. Hozir esa, aziz birodar, sizga so‘nggi da’vat bilan murojaat qilmoqchiman, ammo savol berishimga ijozat eting: siz kimdan ibrat olasiz – Shouldanmi yoki Dovuddan? Shoulning izidan ergashmang! Dovudning yo‘lidan boring! Butun qalbingiz bilan Xudoni seving va Uning irodasini bajarishga intiling, ana shunda Dovud kabi Xudoning qalbiga mos erkakka – hayotida Xudo ishtirok etadigan, Xudo uning qo‘li bilan buyuk ishlar qiladigan erkakka aylanasiz! Xudoning irodasini bajaring Men 1–bobda Xudo Dovudning hayotini hayratomuz “epitafiya” bilan taqdirlaganini eslatib o‘tgandim. Hayratomuz jihati shundaki, garchi Dovud hayotida ko‘p gunoh qilgan bo‘lsada, U Dovudni sharaflagan. Ammo biz Havoriylar faoliyati 13:36 ga murojaat qilganimizda, Xudo nega Dovudni bunday so‘zlar bilan sharaflagani ayon bo‘ladi. Mazkur oyatda shunday deyilgan: Dovud o‘z vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi… Xudoda Dovudning hayotiga tegishli rejasi bo‘lgan. Dovud Xudoning xohishini ado etib, Uning rejasini quvonch bilan bajargan. Uning Xudoga bo‘lgan samimiy sevgisi o‘z o‘z zamondoshlari orasida Xudo qalbidagi buyuk erkak bo‘lishiga yordam bergan. Xudo Dovudning barcha kamchiliklarga qaramay, uning hayotida harakat qilgan. Xudoda sizning hayotingizga ham rejasi bor. Qarshingizda ko‘plab g‘aroyib imkoniyatlar ochiladi! Siz Uning irodasini bajarasizmi yoki o‘z maqsadlaringizga intilasizmi? Nahotki siz o‘zingiz haqingizda mana bunday deyishlarini istamasangiz: «U Xudoning xohishini ado etmoqda»? Menimcha, istaysizQaysi erkak Xudoning g‘aroyib maqsadini amalga oshirishni istamaydi deysiz? Aziz birodar, siz Xudoning rejasini bajara olasiz. Qanday qilib? Buning uchun Xudoning Kalomiga asoslangan majburiyatlarni bajarishingizning o‘zi kifoya. Albatta, o‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi, ammo bugundan boshlab Xudoning irodasini bajo etishni va dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishni boshlashingiz mumkin. Bu Xudo sizni mas’ul deb bilgan ishlarni bajarishingizdan boshlanadi. Mazkur kitobda men aynan shular haqida – Xudoning xohishini bajarish zarurligi haqida gapirdim. Biz qarab chiqqan majburiyatlar – er–xotinlik, oilaviy, jamoatga tegishli, kasbiy, – Xudoning irodasini kelgusida anglashingiz uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Men sizlarni (xuddi o‘zim bilan bo‘lganidek) Muqaddas Kitobni o‘qishga, yaxshi ruhiy ustozni topishga, butun qalbingiz bilan Xudoning irodasini bajarishga da’vat etaman. Hamma narsada Xudoning yordamini va boshqaruvini izlang, ana shunda yaqinlaringizga, Masihdagi birodar va opa–singillaringizga, hamkasb va qo‘shnilaringizga xayrli ruhiy ta’sir o‘tkaza olasiz. Siz olamni o‘zgartirasiz va buni nafaqat atrofingizdagi odamlar, balki keyingi avlod ham o‘zida his etadi. Mana bu so‘zlar sizning maqsadingizga aylansin: ________________________ , (ismingiz) Xudoning xohishini bajaradigan, Xudoning qalbiga mos erkak. Siz «o‘t o‘ruvchi mashina»mi yoki «bog‘bonmisiz»? Sizning hayotingiz o‘z o‘tlog‘ini parvarish qiladigan, ammo o‘tlog‘i anchadan buyon qarovsiz yotgandek ko‘rinadigan odamning hayotiga o‘xshaydimi? Yoki hayotingiz nihol ekadigan, har yili hosil beradigan daraxtlari o‘zidan ham ko‘proq yashaydigan bog‘bonning hayotiga o‘xshaydimi? Jim Jorj 19. «ISHONCHLI ODAMLARGA TOPSHIRGIN» Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin. 2 Tim. 2:2 Men hududimizdagi jamoatda cho‘pon yordamchisi bo‘lib xizmat qilganimda, boshqa vazifalar bilan bir qatorda, kimdir qo‘ng‘iroq qilishi yoki yordam so‘rab kelishi ehtimoli borligi uchun, jamoatda bo‘lib turish vazifasi ham topshirilgandi. “Kun cho‘poni” bo‘lib turganim ana shunday kunlardan birida mahalliy dafn byurosidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Mendan dafn marosimini o‘tkazish uchun cho‘pon yuborishimni so‘rashdi. Men dafn marosimida ishtirok etadigan barchaga Masih haqida gapirib berish imkoniyati tug‘ilganidan xursand bo‘lib, borishga rozi bo‘ldim. Belgilangan kunda qabristonga yetib keldim. Ko‘mish joyi tayinlangan joyda ancha uzoq kutib qoldim. Va nihoyat, faqat bittagina mashina keldi. Undan ayol kishi chiqdi va oldimga kelib dedi: «Buni tezroq tugata qolaylik. Bugun boshqa ishlarim juda ko‘p!» Uning jahl va nafrat ohangida aytgan gapidan bir muddat karaxt ahvolga tushdim. O‘zimga kelgach, undan nega dafnga boshqa hech kim kelmaganini so‘radim. U qisqacha jumlalar bilan tez javob qaytardi: «Erim butun hayoti mobaynida odamlardan foydalangan. Uni faqat shaxsiy manfaati qiziqtirardi. U bilan xayrlashishga hech kimning kelmaganidan hayron bo‘lmang. Erim doimo boshqa odamlarga tupurib qo‘ygandek edi, mana, qarang, uning o‘ziga ham o‘shanday munosabat qaytdi». Oh–ho! Mana shunday telefon qo‘ng‘iroqlari ham bo‘larkan–a! Aziz birodar, hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang! Odamlar uchun yaxshi ibrat ko‘rsatishga bor kuchingizni bag‘ishlang. Hayotingiz tajribangizni «ishonchli odamlarga» uzating. Yonigizda bo‘ladigan odamlar hayotida ishtirok etganingizda, harakatlaringiz hozirda ham, kelajakda ham yorqin orzuingizdagi ezgu samaralar beradi! Tarixdagi buyuk Ustoz Biz avvalgi bobda Xudoning hayotingiz uchun belgilagan muayyan maqsadi borligi haqida gapirib o‘tgandik. Ushbu maqsadning bir qismi bilim va tajribalarni “ishonchli odamlarga topshirish”dan iborat. Asosiy usullardan biri yordamida – murabbiy yoki ustoz bo‘lib – bunga erishish mumkin, ana shunda sizning ta’siringiz uzoq muddat davom etadi. Shuningdek, men ulkan miqdordagi odamlar hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan havoriy Pavlusning hayratomuz ibrati haqida ham gapirib o‘tgandim. Keling, ana endi tarixdagi eng buyuk Ustoz – Iso Masihning odamlarga ko‘rsatgan ta’siri haqida gaplasha qolaylik. Ammo dastlab bir qancha dalillarni keltirib o‘tsam. Iso birorta ham kitob yozmagan. U hech qachon sayohat qilmagan – amalda uyidan hech qachon yiroqlashib ketmagan. U uch yilga yaqin vaqtini o‘n ikkita erkaklar bilan birga o‘tkazgan. Ulardan biri, Yahudo, ishonmagani uchun Ustozga xiyonat qilib o‘lim topgan va havoriy Pavlus murabbiylik qila boshlagan. Bu o‘n ikkita erkak, Pavlus ham ular orasida, garchi ularni kimlardir “xalqni buzuvchilar” (qarang: Havoriylar17:6) deb atashsada, Isoning najot haqidagi xabarini «er yuzining hamma burchaklariga» (Havoriylar 1:8) tarqatishgan. Iso qanday qilib olamga bunchalik ulkan ta’sir ko‘rsata oldi? Robert Kolman «Xushxabarchilikning asosiy rejasi» nomli ajoyib kitobida Isoning O‘z shogirdlariga bergan tarbiya jarayonini tasvirlaydi. Men o‘zim ham janob Kolmanning o‘z kitobida taklif etgan fikr–mulohazalarini o‘qib, amalda qo‘lllach, uning shogirdiga aylanganman. Kolman Isoning hayoti va xizmati haqidagi bilimlarini o‘z o‘quvchilariga yetkazganidan minnatdorman. Ushbu kitob menga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Men muallif Isoning ustozlik jarayonini tahlil etgan holda, ajratib ko‘rsatgan sakkizta bandni qisqacha ravishda taqdim etmoqchiman. Men mazkur bandlarni ayrim kitoblarimda keltirib o‘tganman, ammo siz ham ularni kimdir bilan baham ko‘rishingiz uchun hech ikkilanmasdan yana takrorlayman. 1. Puxta tanlov. Iso ibodat qilib, O‘ziga o‘n ikki kishini tanlab oldi. Xaloskor inson tanasidagi Xudo bo‘lishiga qaramay, har bir odamning qalbida nima yashirin ekanini bilardi. U o‘n ikki odamni tanlab olishidan avval tun bo‘yi Otaga ibodat qildi. Bu odamlar Isoning o‘limigacha U bilan birga bo‘ldilar. «Sodiq odamlarga yetkazgin». «Tanlov jarayoni» agar oilangiz va ta’sir doirasi bo‘lsa, sizga ancha osonlik bilan beriladi. Xudo sizga rafiqa va hoynahoy, farzandlar ham bergandir. Endi sizning vazifangiz – ularning hayotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatib, ta’lim–tarbiya berishdir. Oilangizdan tashqari, jamoatingizda qo‘llab–quvvatlash va o‘qib–o‘rganishga muhtoj erkaklar bo‘lsa kerak. Xudodan sizga ulardan qaysi biriga xizmat qilib, ushbu kitobdan va boshqa odamlardan olgan bilimlaringizni baham ko‘rishingiz mumkinligini bildirishini so‘rab, ibodat qiling. 2. Samimiy murojaat. Iso shogirdlari uchun ko‘p vaqtini ajratgan. U shogirdlarini tanlab, bu olam uchun ajratilgan vaqtining katta qismini ular bilan birga o‘tkazgan. Iso shogirdlari Uning kimligini bilishlarini, Uning odamlarga bo‘lgan sevgisiga guvoh bo‘lib, Uning sevgisini o‘zlarida his etishlarini istagan. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Men «Xudo qalbiga mos ota” asarimda bolalar tarbiyasiga oid sevimli matalimni keltirib o‘tganman: «Ta’sir ko‘rsatish – munosabatlar mevasi». Agar farzandlaringiz o‘qishini istasangiz, eng avvalo o‘zingiz ularning yonida bo‘lishingiz kerak. Ular sizga qayerda va qachon muhtoj bo‘lsalar, yonlarida bo‘lishingiz lozim. Siz faqatgina bolalaringizning musobaqa yoki tadbirlarida qatnashib, shuning o‘zi yetarli deb hisoblamang. Siz Isodan o‘rnak olib, o‘zingizni butunlay oilaga bag‘ishlang. Ushbu qoidani siz har qanday odamga nisbatan qo‘llashingiz mumkin: «Ta’sir ko‘rsatish – munosabatlar mevasi». 3. Zaruriy itoat. Iso O‘z izdoshlaridan itoatni talab etgan va O‘ziga shogirdlar tanlashi uchun talaygina vaqt kerak bo‘lgan. Iso O‘zida saboq olishga tayyor bo‘lgan odamlarni izlagan. U o‘qishni istaganlarni, o‘z Ustoziga itoat qilishga mushtoq va tayyor bo‘lganlarni izlagan. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Kimning idishi to‘la bo‘lsa yoki idishini to‘la deb o‘ylayotgan bo‘lsa, o‘shaning idishini to‘ldirib bo‘lmaydi. Boshqalarga o‘zlari qabul qilishni istayotgan narsani berib bo‘lmaydi. O‘zini hamma savollarga javob berishga qodir deb o‘ylaydigan odamni o‘qib–o‘rgatib bo‘lmaydi. Agar farzandlaringiz bo‘lsa, siz ularni eng avvalo itoatga o‘rgatishingiz lozim. Nega? Negaki itoat – bu bilim sari birinchi qadamdir. Buning teskarisi ham to‘g‘ri. Agar siz o‘z bolalaringizga hurmat–e’tiboringizni osongina puchga chiqarishlariga izn bersangiz, ular oiladan tashqarida o‘qituvchilari va murabbiylariga ham dag‘al munosabatda bo‘lishadi. Bolalaringiz itoatga kelgandagina, boshqa odamlarning pand–nasihatlariga, maslahat va tajribalariga e’tiborli bo‘lishadi. Bu sizga ham taalluqli: Siz hukumat oldida, xususan, Xudoning hukumati oldida bo‘ysunishni uddalay olasizmi? Ustozingizning o‘gitlariga qancha osonlik bilan bosh egasiz? Uni tinglashga, anglashga va itoat qilishga tayyor bo‘lsangiz, bu holda ustoz bo‘lish va sizga taqlid qilishlari uchun ajoyib ibrat ko‘rsatgan bo‘lasiz. 4. Bilimlarni yetkazish. Iso toki o‘limiga qadar O‘zidagi borini boshqalarga bergan. O‘n ikkita shogird odamlarga Kim ularni sevgani va gunohlari uchun o‘lgani haqida aytib berish uchun “er yuzining hamma burchaklariga” borishga tayyor bo‘lganlaridan taajjublanmasa ham bo‘ladi. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Ishonchim komilki, siz oilangiz uchun o‘zingizni qurbon qilishga tayyorsiz. Biroq Iso sizdan oilangiz uchun jon berishingizni so‘ramagan. U oilangiz uchun yashashingizni so‘ragan! U oilangiz Xudoni anglashda o‘sishi uchun har kuni kuchini va vaqtini qurbon qiladigan er ham hamda ota bo‘lishingizni so‘ragan. Bu jamoatdagi birodarlar o‘rtasida murabbiylik qilishga ham taalluqli. Agar odamlarga ta’sir ko‘rsatishni istasangiz, kuchingiz va vaqtingizni sarflashingizga to‘g‘ri keladi. 5. Shaxsiy ibrat. Iso taqvodorona hayotga namuna ko‘rsatgan. U tana bo‘lgan Kalom edi (qarang: Yuhanno 1:14). U aytgan har bir so‘z ilohiy ruhga to‘la edi. Uning har bir harakati qandaydir hayotiy vaziyatga nisbatan Xudoning javobi bo‘lgan. Isoning shaxsiy ibrati Uning shogirdlari hayotini shakllantirgan qudratli vositaga aylangan. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Siz Iso kabi gunohga botmagan hayotni yashab o‘tolmaysiz, ammo sizning taqvodorlikka bo‘lgan doimiy intilishingiz yaqinlaringizning va siz imonga yetaklaydigan odamlarning hayoti shakllanishida qudratli vosita bo‘lishi mumkin. Odamlar sizning qaysidir darajadagi harakatlaringizni kuzatib, hech bo‘lmaganda ham so‘zlaringizni tinglashadi. Siz ham mana bu matalni eshitganingizga ishonaman: «Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal». Shu bois, odamlarga sevishni o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, ularga sevgi bilan yondashing. Agar siz ularni o‘zlarini boshqarishga o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, gaplaringizni nazorat qilishni, ishtahangizni tiyishni va jahlingizni (g‘azab va besabrlikni) bosishni o‘rganing. Atrofingizdagi odamlar hamisha – yaxshi va yomon kunlarda ham – sizda Masihning shogirdini ko‘rishlari lozim. 6. O‘z vakilligini topshirish. Iso O‘z shogirdlarini boshlagan ishiga jalb etgan. U O‘z hayoti bilan ibrat ko‘rsatibgina qolmay, balki ta’lim berib, o‘z navbatida ularga ham boshqalarni o‘qitish vazifasini topshirgan. Iso O‘z xabarini shogirdlariga topshirgan, keyinchalik esa shogirdlar tayyor bo‘lishganida, ularning o‘zlari bu xabarni yetkazishda davom etdilar. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Mana, yana bir matal: «Odamga baliq bersang bir kun qorni to‘q bo‘ladi; odamga qarmoq bersang butun umr qorni to‘q bo‘ladi». Biz kimgadir saboq berib, murabbiylik qilganimizda, uni “baliq ovlashga” o‘rgatamiz. Ammo ko‘pincha otalar bolalarga topshirilgan ishni mustaqil o‘zlari tugatishlarini o‘rgatish o‘rniga, sabrlari chidamay, o‘zlari bajarib qo‘ya qolishadi. Bahslashmayman, ish bajarildi, ammo bolalar bundan ko‘p narsani ham o‘rganib olishmadi. Murabbiylikda ham shunday: odamlar amaliyotda o‘zlashtirib olishadi, shu bois ularga masihiy bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsating. Ularga masihiylik mavzusidagi biror saboqni yoki amaliy ko‘nikmani hayotda qo‘llashlariga imkon bering. 7. G‘amxo‘rona kuzatuv. Iso O‘z shogirdlarining muvaffaqiyatlarini kuzatib borgan. U shogirdlariga vazifani bajarishlari uchun muayyan muhlat bergan. «Havoriylar qaytib keldilar va qilgan hamma ishlarini Isoga aytib berdilar. Iso faqatgina havoriylari bilan vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lib, ularni Baytsayda shahriga olib ketdi» (Luqo 9:10). Iso O‘z shogirdlari haqida jon kuydirgan, shu bois ularning xizmatga qaytib kelishlari Uning uchun muhim bo‘lgan. «Sodiq odamlarga yetkazgin». To‘g‘ri ta’lim berish murabbiydan ko‘rib–kuzatib borishini talab etadi. Havoriy Pavlus ko‘p yillar mobaynida Timo‘tiy va Titus bilan birga ishlagan. Bu kabi murabbiylik sizdan ustoz yoki ota–ona sifatida uzoq muddatlik jarayonni talab etadi (uni marafon deb aytish ham mumkin!). Masalan, ko‘plab ota–onalar bolalarini juda barvaqt nazorat qilmay qo‘yishadi. Kimdir farzandi o‘smirlik yoshiga yetganida hayotiga ralashmay qo‘yadi, boshqa birov esa o‘z bolalarini maktabni tugatganidan so‘ng o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Bolalar hayotidagi bu ikkala bosqich ham – o‘ziga xos initsiatsiya marosimi, ammo farzandingiz toki siz bilan bir uyda yashar ekan yoki uning o‘qishi va mashg‘ulotlari uchun to‘lov qilar ekansiz, unga ko‘z–quloq bo‘lib turishingiz lozim. Toki o‘rinli bo‘lar ekan, ota–onalik vazifangizni ado eting. Siz – oilani boshqaruvchisiz, bu esa Xudo oldida o‘z yaqinlaringiz uchun javobgar ekaningizni anglatadi. O‘z majburiyatlaringizni bajarish uchun siz halol va serg‘ayrat nozir bo‘lishingiz lozim. Siz ta’lim berayotgan erkaklarni ham juda tez fursat ichida nazoratsiz qoldirish to‘g‘ri emas. Siz ular bilan Xudoning Kalomi asos bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam munosabatlar o‘rnatishingiz kerak. Saboq jarayoni yakunlanganida, ular har qanday kurashda dadil turish va g‘olib chiqishda yordam beradigan barcha zaruriy bilimlarga ega bo‘ladilar. 8. Shogirdlarni ko‘paytirish. Isoning shogirdlaridan yangi shogirdlarni yetishtirish nazarda tutilgan. Iso ularga amr etgan: «…borib, barcha xalqlardan shogird ottiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar» (Matto 28:19–20). Shogirdlar Isoning tirilgani haqidagi Xushxabarni yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqalarni topishlari kerak edi. «Sodiq odamlarga yetkazgin». Ustozlik va shogirdlikning maqsadi kartotekalarni qandaydir qaydlar va belgilar bilan to‘ldirish yoki kitob javoningizni o‘zingiz o‘qigan kitoblarga to‘ldirib tashlab, ulardagi bilimlarni o‘zlashtirib olmaslik va boshqalarga yetkazmaslik degani emas. Xuddi jismoniy reproduksiya avlodlar davom etishini ko‘zlagani kabi, ustozlik ham axborot, falsafa yoki hayot tarzi imkon qadar ko‘proq odamlarga yetkazilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Agar ushbu asar siz hayotingizda o‘qiydigan yagona asar bo‘lsa, burchingiz – undan olingan ma’lumotlarni boshqa odamlarga yetkazishdir. Agar ushbu kitob siz uchun hayotingizda eng muhimi nima ekanini tushunishingizga yordam bersa, boshqa erkaklar ham undan foydalanib, bu bilimlarni boshqa odamlarga yetkazishlari uchun ham bu haqda gapirib berishingiz shart. Imkoniyatlar izlab Bir insonning hayoti boshqa ko‘plab odamlar hayotiga ta’sir qilishini anglaganimdan boshlab, nimanidir bilib olsam, hamisha boshqalarga ham yetkazishga urinaman. Men sizning ham shunday yo‘l tutishingiz uchun ibodat qilaman. Bundan umidvorman ham. Hayotingiz behuda o‘tishiga yo‘l qo‘ymang: siz kimlar uchundir muayyan maqsadda ijobiy ibrat ko‘rsatadigan insonga aylaning. Buni anglaysizmi–yo‘qmi, ammo odamlarga ko‘p narsalar berishingiz mumkin. Sizda saboq chiqarish mumkin bo‘lgan qandaydir – yaxshi va yomon – tajriba bor. Hayotingizdagi yaxshi tajribalarni baham ko‘ring, yomonlaridan saqlaning. Siz shu tariqa o‘zingizdan meros qoldirasiz, ya’nikim… Rafiqangizga. Agar uylangan bo‘lsangiz, sizga jisman, qalban va ruhan yaqin kishingiz – rafiqangizni o‘rgatishdek ajoyib imkoniyatlardan biri beriladi. Vafot etishingizdan avvalroq hayotingiz uning uchun taqvodorlik namunasiga aylanishiga harakat qiling. Men niman nazarda tutyapman? Ayolingiz sizni ruhan kuchli erkak, uni jonini fido etadigan darajada sevadigan, hayotini unga va farzandlariga bag‘ishlab, butun umri mobaynida unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan inson sifatida eslab qolsin. U sizni yaqinlari uchun jon kuydiradigan inson sifatida yodida saqlasin. Sizni qachondir qurilgan va har o‘tayotgan yilda tobora kuchli yorug‘lik taratadigan yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq, ruhan kuchli inson namunasi sifatida eslab qolishi uchun barcha zarur ishlarni hozirdanoq boshlay qoling. Farzandlaringizga. Ammo xotiningiz uchun siz ustoz emas, balki hamkor bo‘lib qolasiz, bolalaringiz uchun esa – hayotingizdagi eng muhim odamlar uchun – siz chindan ham ustoz bo‘lishingiz mumkin. Aslida, faqat birgina avlod masihiylikni yakun topishdan ajratib turibdi. Kim keyingi avlod uchun masihona hayotning namunasi bo‘ladi? Bolalaringiz. Mana nima uchun vazifangiz – ularga Iso Masih haqidagi haqiqatni yetkazish, shuningdek, ularga o‘rgatish va shaxsiy ibrat orqali Uning uchun yashash qanday ekanligini ko‘rsatish. Yodingizda bo‘lsin, siz bolalaringizni abadiyatda asrab qololmaysiz – bu Xudoning vazifasi, – ammo siz bolalaringizga Najotkorni tanitadigan inson bo‘lishingiz mumkin. Ular uchun masihiylik namunasini ko‘rsating. Qonunlar kitobining 6:6–7 oyatlarida bunga qanday erishish haqida aytilganligini yoddan chiqarmang. Masihdagi birodarlaringizga. Xudo hamisha oilangiz manfaatlarini yuqori o‘ringa qo‘yishingizni istaydi, ammo xotin va bolalaringiz bilan bir qatorda, yaqinlaringizni, masalan, Masihdagi birodarlaringizni o‘qib–o‘rgatishingiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. 2 Tim. 2:2 oyati – men Muqaddas Kitobdan hayotda foydalanib turadigan oyatlardan biri. Mana u: Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin. Sizga shunday qilishingizni qat’iy tavsiya etaman. Oilangiz bor–yo‘qligidan qat’iy nazar, siz boshqa erkaklarni o‘qib–o‘rgatishga da’vat etilgansiz. Siz imonga olib kelishingiz mumkin bo‘lgan odamlarni doimo izlashingiz zarur. Xuddi Pavlus Timo‘tiy va Titning yonida turib, ularning Masihni anglashda ulg‘ayishlarini nazorat qilib turgani kabi, siz ham o‘zingizni bunga bag‘ishlashingiz kerak. Masihdagi birodarlaringizga jamoatdagi xizmatlari mobaynida barcha kuch–quvvatlarini kashf etishlariga yordam bering. Asarim boshida meni Masihga xizmat qilish va imonda ulg‘ayishimda ruhlantirib, saboq bergan jamoatimizdagi ayrim ruhan kuchliroq erkaklar haqida gapirib o‘tgandim. Ularning ibratidan namuna olib, keyinroq o‘zim boshqa odamlarga yetkazganman. Agar siz kimdir uchun ustozlik qilishga o‘zingizni haqli deb hisoblamasangiz, sizga murabbiylik qiladigan boshqa kishini toping. O‘zingiz mustahkamlanib olganingizdan so‘ng esa, nimani o‘rgangan bo‘lsangiz, ana shu donolikni imondosh birodarlaringizga yetkazing. Atrofingizdagilarga. Jamiyatdagi hayotingiz – Iso Masihga yaqin bo‘lishning ajoyib imkoniyatidir, zero atrofingizdagi ko‘plab odamlar orasida siz – yagona masihiysiz. Ular masihiylarni televizor orqali ko‘rishlari, gazeta yoki Internetda o‘qishlari mumkin, ammo ko‘pincha masihiylar unda yoqimsiz tarzda ko‘rsatilishadi. Vaholanki, siz ularga anchayin yaqin tanish masihiy bo‘lishingiz mumkin. Xo‘sh, ular sizga boqib, nimani ko‘rishadi? Atrofingizdagi olamga qat’iy ta’sir ko‘rsatishning usullaridan biri – shunday qilingki, bu sizgacha bo‘lgan nimadir endi yaxshiroq bo‘lib qolsin. Agar yerda yotgan qog‘ozni ko‘rsangiz, uni ko‘tarib, axlat qutisiga tashlang. Agar sizga nimadir berishsa, “rahmat” ayting. Agar kimdir yordamingizga muhtoj ekanini ko‘rib qolsangiz, ko‘maklashing. Ma’nosini ilg‘ab oldingiz–a. Har qanday uchrashuv, har qanday vaziyat Masih sevgisini namoyon etishingiz va odamlarga yaxshiroq – mehribonroq bo‘lishlariga yordam ko‘rsatishingiz uchun sabab bo‘lsin. Kolosaliklarga maktubning 3:17 oyatida buyurilganidek: «Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar» O‘zidan meros qoldiradigan erkak Sizdek inson hayotida mazmun–ma’no bo‘lishni xohlamasligiga, Xudoda uning uchun buyuk reja borligiga ishonmasligiga va o‘zidan keyin qandaydir meros qoldirishni istamasligiga bir lahza ham ishonmayman. Men ishonaman, siz… • hayotingiz mazmunga ega bo‘lishini istaysiz; • oilangizga, jamoatga va yaqin atrofingizdagilarga o‘zingizdan so‘ng salmoqli meros qoldirishni istaysiz; • sizni Masihning imondagi qat’iy shogirdi deb bilishlarini istaysiz; • Xudoni sevasiz va qalbingizda bu sevgini yaqinlaringizga ulashish istagi yonmoqda. Siz aynan shunday inson bo‘lganingiz bois, zamondoshlaringizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishingizga yordam beradigan va ehtimol, kelajak avlod taqlid qilishi uchun namuna bo‘ladigan bir qancha qoidalarni – men ularni kitobimda avval keltirib o‘tganman – sizlarga eslatib o‘tmoqchiman: • Doimo imonda ulg‘aying. • Sevuvchi er va fidoyi ota bo‘ling. • O‘z kasbiy malakasini doimo takomillashtirib boradigan tirishqoq ishchi bo‘ling. • Hamisha qo‘llab–quvvatlab, dalda beradigan inson bo‘ling. • Odamlarga xizmat qilishga tayyor bo‘ling. • Erkaklar uchun ustozlik qiling. • Hamma narsada sodiq bo‘ling. «Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin…» ( Zabur 89:12) Mazkur fikrlarning muallifi deya Billi Grem ko‘rsatilgan: Bizning kunlarimiz hisob–kitobli. Hayotimizning asosiy maqsadlaridan biri oxirgi kunimizga tayyorgarlik bo‘lii kerak. O‘zimizdan keyin qoldiradigan merosimiz hayotda nimaga ega bo‘lganimizdan iborat bo‘libgina qolmay, hayotimizni qanday yashab o‘tganimiz bilan ham baholanadi. Xo‘sh, biz qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak? Butun dunyodagi barcha odamlar sarf qiladigan, talab qilib va qayta foydalanib bo‘lmaydigan ulkan xarajatimiz – bu Xudo har kuni bizga beradigan vaqtimizni sarf qilayotganimizdir1. XOTIMA Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat bo‘yicha yashayotganingni aytishganida, men g‘oyat xursand bo‘laman. Men uchun farzandlarimning haqiqat bo‘yicha yashayotganlarini eshitishdan kattaroq xursandchilik yo‘q. 3Yuhanno 1:3–4 Bu birinchi marta ro‘y bergani yo‘q. Men pochta bo‘limi binosidan chiqib, mashinaga o‘tirgach, xatni ochdim. Yana bir maktub… erkak kishidan… xotinimga yozilgan! Ammo avval bo‘lib o‘tganidek, maktub nima haqda ekanligini aniq bilardim. Va albatta, adashmagan ekanman, xat yozgan erkak xotinimga “Xudoning qalbiga mos ayol” asari uchun minnatdorchilik bildiribdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Muqaddas Kitob haqiqatlari asosida bayon etilgan bu asar o‘sha odamning xotinini o‘zgartirib, o‘z navbatida ularning oilaviy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatibdi. Men maktubni o‘qiyotib, Xudoga Uning Kalomining odamni o‘zgartirib yuboradigan kuchi uchun minnatdorchilik bildirdim. Men Uning Kalomi bo‘yicha yo‘l tutganimda, Xudo hayotimni qanchalik o‘zgartirib yuborganini esladim. Men Xudoga o‘zimdagi va yaqinlarim hayotida harakatda bo‘layotgan mo‘‘jizaviy inoyati uchun takror–takror minnatdorchilik bildirdim. Ana o‘shanda o‘ylanib qoldim: balki Elizabetning asari uni o‘qigan ayollarga ta’sir qilgani kabi, «Xudoning qalbiga mos erkak» asarim ham erkaklarga shunday ta’sir ko‘rsatar? Men o‘quvchilarimni Xudoning Kalomiga itoat hayotimni o‘zgartirib yuborgani kabi, ularning ham hayotini o‘zgartirib yuborishiga ishontira olarmikanman? Men ushbu asarim sizni Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lishingizga ilhomlantirishi uchun ibodat qilaman. Umid qilamanki, siz Xudo bilan munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqasiz va U hayotingizning markazi ekanligini anglab, hayotingizni butunlay Unga topshirishga qaror qilasiz. Mana shu birgina qarorning o‘zi hayotingizdagi hamma–hammasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin! Shuningdek, kun kelib, men “Xudoning qalbiga mos erkak” asarimni o‘qigach, Xudoga bo‘lgan munosabatini, o‘z da’vatini va xotiniga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan ayoldan maktub olishga juda umid qilaman. Mazkur kitobda bayon etgan haqiqatlar er–xotinlik va oilaviy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatgani to‘g‘risida yorqin guvohlik olish istagim ham juda baland. Ammo hayotingiz hozirdanoq o‘zgara boshlaganiga yanada ko‘proq umid qilyapman, chunki… • endi siz – nafaqat so‘zda, balki amalda ham masihiysiz; • rafiqangizga bo‘lgan sevgingiz kundan–kun mustahkamlanib bormoqda; • bolalaringizga bo‘lgan sevgingiz va hushyor munosabatingiz ularni o‘zgartirmoqda; • siz sermahsul mehnat qilyapsiz; • jamoatga bo‘lgan sevgingiz sizni yanada g‘ayirlik bilan xizmat qilishga undamoqda; • yaqinlaringiz va qo‘shnilaringiz hayotingizdagi o‘zgarishlarni ko‘rishmoqda, bu esa o‘z navbatida ularni ham o‘zgarishga undamoqda. Siz qachonki Xudoning qalbiga mos erkak bo‘lganingizda, rafiqangiz Xudo hayotingizni qanchalik o‘zgartirgani haqidagi quvonchli xabarni barcha tanishlari va do‘stlari bilan baham ko‘rishni istaydi. Umid qilamanki, u menga shu haqda yozadi! Men Masihdagi birodarim Xudoga sodiqligini va haqiqat bilan yashayotganini bilib juda–juda xursand bo‘laman (qarang: 3 Yuhanno 3–4)! MUHOKAMA VA MULOHAZA UCHUN SAVOLLAR 1 bob. Qalbingiz nimani istydi? 1. Xudo insonning qalbiga boqishi haqidagi haqiqat sizni nimaga o‘rgatadi? 2. Agar bugun o‘lish taqdiringizda bo‘lsa, o‘zingiz uchun qanday epitafiyani tanlagan bo‘lardingiz? 3. Mazkur bobda bayon etilgan qaysi haqiqat sizda ko‘proq taassurot qoldirdi? 2 bob. Ruhan ulg‘ayishni istang 1. Siz o‘zingizni qay darajada ruhan yetuk masihiy deb hisoblaysiz? 2. «Ruhan barkamollikning ijobiy ta’siri» deb nomlangan bobdan parchani o‘qing. Siz ushbu haftada hayotning muayyan jabhalarida ulg‘ayish uchun nimalar qilgan bo‘lardingiz, ya’ni: Shaxsiy taqvodorlikda – xotiningiz bilan munosabatda– odamlar bilan munosabatda – hamkasblar bilan munosabatda – 3. Mazkur bobda bayon etilgan qaysi haqiqatlar sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 3 bob. Ruhiy ulg‘ayish qanday kechadi 1. Sizningcha, ruhan ulg‘ayishingiz yo‘lida yordam beradigan uchta muhim qadamni ko‘rsating: 1 qadam – 2 qadam – 3 qadam – 2. Ushbu qadamlarni qanday qo‘yish haqidagi farazlaringizni yozing. 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 4 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak 1. Biz mazkur bobda Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi haqida suhbat boshladik va itoat kabi fazilatni ko‘rib chiqdik. Hayotingizning qaysi jabhasida bu fazilatni namoyon etish sizga ko‘proq qiyinlik qiladi? Vaziyatni o‘nglash uchun hozirning o‘zida nimani qo‘llagan bo‘lardingiz? 2. Ibodatgo‘y hayotingizni izga tushirish uchun bugun va shu haftada qanday qadamlar qo‘yishingiz mumkin? 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 5 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak (Davomi) 1. Biz ushbu bobda Xudoning qalbiga mos erkakka xos bo‘lgan uchta fazilatni ko‘rib chiqdik: bu hamd–sanoga to‘lgan qalb; itoatga to‘lgan qalb va xizmat qilishga tayyor qalb. Siz bu fazilatlarda ulg‘ayib boryapsizmi? Agar qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ularni qay tarzda yengib o‘tyapsiz? 2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot uyg‘otdi va nima uchun? 6 bob. Rafiqangizni seving 1. Efesliklarga maktubning 5:22–33 oyatlarini o‘qing. Siz rafiqangizga munosabatingizni quyidagi tarzda o‘zgartirishingiz mumkinmi, ya’ni... Masih sevgisi – qurbonlik sevgisi, Masih sevgisi – poklaydigan sevgi, Masih sevgisi – oziqlantiradigan sevgi, Masih sevgisi – barqaror sevgimi? 2. «Sevgi» nasridagi she’rni o‘qing. Rafiqangiz sizga bo‘lgan sevgisini shu kabi so‘zlar bilan ifodalay oladimi. Javobingizni izohlang. 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 7 bob. Rafiqangizni seving (Davomi) 1. Bo‘lajak rafiqangizga oshiq bo‘lib yurgan chog‘ingizda his qilgan tuyg‘ularingizni yana qanday uyg‘otish mumkin? O‘zingizni rafiqangiz bilan birinchi uchrashuvda qanday tutgan bo‘lsangiz, ana shu tarzda tutishga harakat qiling. 2. O‘tgan haftada rafiqangiz bilan birgalikda qancha vaqt o‘tkazganingizni eslab ko‘ring. 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 4. Keyingi haftada rafiqangizga uchrashuv belgilang. Mazkur uchrashuvdan so‘ng birga o‘tkazgan vaqtingiz munosabatlaringizni qanchalik mustahkamlagani haqida mulohaza qilib ko‘ring. 5. Sizni va xotiningizni hech kim bezovta qilmaydigan vaqt toping va unga nikoh ahdingizga sodiq ekaningizni tasdiqlamoqchi ekaningizni bildiring. 8 bob. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang 1. Siz o‘zingiz Xudoda ulg‘ayganingizda, xotiningizning ruhan ulg‘ayishiga ko‘mak berishingiz mumkin. Quyidagi da’vatlarni bajarishdagi muvaffaqiyatingizni qanday baholagan bo‘lardingiz: Xudoda ulg‘aying – Xudoda rafiqangizni o‘qib–o‘rgating – Xotiningiz bilan birgalikda ibodat qiling – Xotiningizga tushuncha bilan yondashing – 2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 9 bob. Farzandlaringizni seving 1. «Bolalaringizga Xudoga bo‘lgan sevgini singdiring». Sarlavhali bobdan parchalar o‘qing. Ushbu parchadagi nima uni qayta o‘qiganingizda ko‘proq taassurot qoldirdi? 2. «Farzandlarga qanday ta’sir o‘tkazish mumkin» sarlavhali bobdan parcha o‘qib bering. Mazkur parchadan qaysi maslahatlarga siz ushbu haftada amal qilishingiz mumkin? 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 4. Muqaddas Kitobdan «Bolalar tarbiyasi haqidagi o‘nta amr» sarlavhali parchada keltirilgan oyatlarni toping. Ulardan qaysi birlarini o‘zingiz uchun muhim deb topdingiz? Ularni kichikroq kartochkalarga yozib oling va yodlang. 10 bob. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang 1. Siz mazkur kitobda aytilgan quyidagi da’vatlarga qanday munosabat bildirdingiz? Farzandlaringiz uchun ruhiy ustoz bo‘ling – Farzandlaringizga munosib ibrat ko‘rsating – Farzandlaringizni doimiy boshqaruv bilan ta’minlang – Farzandlaringizni tartib–intizomga o‘rgating – Farzandlaringiz uchun ibodatda hamisha vositachilik qiling – Farzandlaringizni jamoatga olib boring – Farzandlaringizda ruhiy ziyraklik rivojlanishiga yordam bering – 2. Farzandlaringiz tarbiyasi jarayonida nimanidir yaxshilashingiz kerakmi? 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 11 bob. Mehnatda serg‘ayrat bo‘ling 1. Mazkur kitobdagi ishga xuddi vazifa kabi munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi da’vai ishga munosabatingizga qanday ta’sir qildi? 2. Sizningcha, ish joyingizda Masihning elchisi vazifasini yaxshi bajaryapsizmi? Javobingizni izohlang. 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 4. Korinfliklarga birinchi maktub 10:31 oyatini o‘qing. Uni kartochkaga yozib, ish xonangizda ko‘rinadigan joyga osib qo‘ying. Agar o‘z xonangiz bo‘lmasa, kartochkani cho‘ntagingizga solib, kun davomida vaziyatga qarab shu oyatga murojaat qiling. Bu oyat ishga munosabatingizga qanday ta’sir qilganini tushunishga urining. 12 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang 1. Dovud va Botsheva o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qayg‘uli voqeadan siz qanday xulosa chiqardingiz (qarang: 2 Shoh. 11:1–15)? 2. Siz ishingizda muvaffaqiyatga boshlovchi qoidalarga qay tarzda amal qilishingiz mumkin? 1 qoida. Serg‘ayrat bo‘ling – 2 qoida. Yaqinlaringizga xizmat qiling – 3 qoida. Hamisha o‘rganing – 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 13 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang (Davomi) 1. Bo‘azning fazilatlari qayd etilgan parchaga qayting va Rut kitobidan muvofiq keladigan oyatlarni toping. Bo‘azni farqlab turadigan qaysi fazilatlar siz uchun o‘ziga ko‘proq jalb etadigan bo‘lib tuyulyapti? Siz ularni qay tarzda o‘zingizda rivojlantirishingiz mumkin? 2. Boshlig‘ingiz quyidagi mezonlardan qaysi biriga asoslanib, kasbiy faoliyatingizni baholashi mumkin? Halollik (Xudo ushbu mezon asosida mehnatingizni qanday baholagan bo‘lardi?) – Sadoqat – O‘ta aniqlik – Kasbiy mahorat – Mehribon qalb – Ishtiyoq – 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 14 bob. O‘z jamoatingizni seving 1. Mazkur bobdan bilib olganlaringiz jamoatga bo‘lgan munosabatingizga qanday ta’sir qildi? 2. Jamoat hayotida faolroq ishtirok etishga yordam berishga qaratilgan pand–nasihatlarga qay tarzda amal qilishingiz mumkin? Har yakshanbada jamoatga qatnang – Saxiylarcha hadya eting – Doimo ibodatda bo‘ling – Qunt bilan mehnat qiling – 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 15 bob. O‘z jamoatingizga xizmat qiling 1. Muqaddas Kitobdan ruhiy in’omlar haqida aytilgan oyatlarni toping. O‘zingizda ruhiy in’omni anglash uchun nima qilgan bo‘lardingiz? Yana nimalarni qo‘llashingiz zarur? 2. 1 Tim. 3:1–7 va Tit. 1:6–9 oyatlarini diqqat bilan o‘qib chiqing. Undagi xizmat yetakchilariga qo‘yilgan talablarga e’tibor qarating. Siz “vazifani biroz murakkablashtirish”ga tayyormisiz? Qayd etilgan fazilatlardan qaysi biri sizga yetishmaydi? 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 16 bob. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating 1. O‘zingizni xodim sifatida o‘n shkalali daraja bilan baholang. 2. Sizningcha, kasbiy jabhadagi muvaffaqiyat Xushxabar tarqatishingizda yordam berishi mumkinmi? 3. Hali Iso Masihga imon keltirmagan uchta hamkasbingiz haqida o‘ylang. Ularning nomlarini yozib qo‘ying. Ularga “yaqin” bo‘lishingiz uchun sizga nima zarur ekanligini aniqlang va Xushxabarni ularga yetkazish usullarini topishga urining. 4. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 17 bob. Ko‘priklar o‘rnating 1. Siz ega bo‘lgan Xushxabarning qudratli vositasi, shubhasiz, – sizning imondagi shaxsiy guvohligingizdir. Quyida keltirilgan rejada foydalanib, uni qisqacha bayon etishga urining. Xudodan biror kishi bilan bu guvohlikni baham ko‘rishingizga imkoniyat berishini so‘rang. Men Iso Masihga yuzlangunimcha qanday yashaganman. – Men Iso Masihga qanday yuzlanganman. – Iso Masihga yuzlanganimdan so‘ng hayotim qanchalik o‘zgardi. – 2. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 18 bob. Xudoning sizning hayotingizga tegishli rejasi 1. Xudoning sizning hayotingizga taalluqli rejasi borligi haqidagi haqiqatni qanday qabul qilasiz? 2. Sizningcha, bu reja nimadan iborat? 3. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? 19 bob. «Ishonchli odamlarga topshirgin» 1. Iso – barcha shogirdlar orasida eng buyuk Shogird, biz ergashishimiz lozim bo‘lgan, taqlid qilishimiz kerak bo‘lgan namuna. U o‘n ikkita shogirdni tanlab olishidan avval qanday muhim qadamlar qo‘ygan? 2. Shunday matal bor: «Ta’sir qilish – munosabatlar mevasi». Bu farzandlaringizga va atrofingizdagi odamlarga bo‘lgan munosabatda nimani anglatadi? 3. Biz nega itoat – anglash yo‘lidagi ilk qadam deb aytishimiz mumkin? 4. Ustozlik sizdan o‘zingizni to‘lig‘icha shogirdlaringizga bag‘ishlashingizni talab etadi. Siz shunday yo‘l tutasizmi? Sizdagi vaziyatda mukammallashish mumkinmi? 5. Zabur kitobining 89:12 oyatida aytilgan: «Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin…» O‘zingizning vaqt o‘tkazish tartibingizga qanday yondashasiz? Nimanidir yaxshi tarfga o‘zgartirishingiz kerakmi? Shu maqsad yo‘lida nimani qo‘llamoqchisiz? 6. Mazkur bobda bayon etilgan haqiqatlardan qaysi biri sizda ko‘proq taassurot qoldirdi va nima uchun? MUQADDAS KITOBNI QANDAY O‘RGANISH MUMKIN? Bir qancha amaliy maslahatlar Xudoni anglash va U bilan munosabatlarni chuqurlashtirish – ko‘proq darajada munosib va hatto muqaddas bo‘lgan ishlardan biri bo‘lib, har bir imonli o‘zini bunga bag‘ishlamog‘i lozim. Mazkur ishdagi muvaffaqiyatga eltuvchi eng yaxshi yo‘l – Xudo O‘zini ochadigan va butun insoniyatga bo‘lgan rejasini e’lon qiladigan Muqaddas Kitobni o‘qishdir. Muqaddas Kitobni o‘qishning ko‘plab usullari bor, ammo tushunilishi osonroq va amaliy bo‘lgan usullar uchta oddiy qadamdan iborat: 1 qadam. Kalom matnlarining xususiyatini o‘rganish. Mazkur matnda nimalar deyilgan? 2 qadam. Kalom matnlarini tushuntirish. Bu matn qanday mazmunga ega? 3 qadam. Kalom matnlarini qo‘llash. Ushbu matn sizning hayotingizga qay tarzda taaluqli? Kalom matnlarining xususiyatlarini o‘rganish – Muqaddas Kitobning mohiyatini anglash yo‘lidagi birinchi va eng muhim qadam. Kalomni o‘qiyotganda, unda nimalar aytilganini o‘ylab ko‘rishingiz lozim. Shu bilan birgalikda, quyidagilarga o‘ta muhim e’tibor qaratish kerak: • so‘zning ahamiyati. So‘z bir qancha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Matnda ulardan qaysi biridan foydalanilganini tushunishingiz uchun sizga kontekst yordam beradi. Masalan, «tana» so‘zidan «daraxt tanasi» va «o‘q otar qurol qismi»ma’nosida foydalanish mumkin , ammo matnda: «Bu daraxtning tanasi baquvvat» deyilgan bo‘lsa, mazkur so‘zdan bu o‘rinda qanday foydalanilganligi ayon bo‘ladi; • matn qanday tuzilgan. Muqaddas Kitob matnlari bob va oyatlarga ajratiladi. Siz bu bo‘linishlarni nazardan qochirmagan holda, muallifning fikrlarini yaxshiroq tushunishingiz mumkin; • ma’noviy urg‘ular. U yoki bu mavzuga bag‘ishlangan matnlarning hajmi (bob va oyatlar soni), ushbu mavzuning naqadar muhimligini tushunishingizga yordam beradi (misol uchun, Zabur kitobining 118– oyatlaridagi va Rimliklarga maktubning 9–11 oyatlaridagi ma’noviy urg‘ularga e’tibor qarating); • takrorlashlar. Bu matndagi u yoki bu fikrning muhimligini qayd etishning yana bir usuli. Korinfliklarga birinchi maktubning 13–bobini o‘qiyotganda, undagi to‘qqizta oyatda «sevgi» so‘zi o‘n uch marta qo‘llanilganiga e’tibor bering va siz Kalomning bu parchasidagi asosiy fikrni osongina tushunib olsangiz kera; • ma’noviy aloqalar. Matndagi turlicha fikrlar o‘zaro qanday bog‘langaniga e’tibor bering. Masalan: • sabab va oqibat: «Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun senga katta ishlarni ishonib topshiraman…» (Matto 25:21); • Xudoning shartlari va ularning amalga oshishi: «Mening nomim bilan atalgan xalqim tavba qilib, Menga iltijo qilsa, Menga yuz burib qabih yo‘llaridan qaytsa, Men osmondan turib ularning iltijolarini eshitaman, gunohlarini kechirib, yurtiga shifo beraman» (2 Sol. 7:14); • savollar va javoblar: «U ulug‘vor Shoh kim ekan? – Janglarda g‘olib bo‘lgan, Kuchli, qudratli egamiz Shohdir» (Zabur 23:8); • taqqoslash va qarama–qarshi qo‘yish. Masalan, «Ajdodlarimizga shunday aytilganini eshitgansizlar... Lekin Men sizlarga aytaman...» (Matto 5:21–22); • adabiy shakl. Muqaddas Kitob – adabiy asar. Muqaddas Kitobning barcha matnlarini nasihat–saboq (Yangi Ahd ) va nasriy (Qadimgi Ahdning tarixiy kitoblari) hamda nazmiy (Zabur) qismlariga ajratish mumkin. Muqaddas Kitobni o‘qiyotganda, matnning adabiy ahamiyatini e’tiborga olish lozim; • matnning asosiy uyg‘unligi. Muqaddas Kitobning har qanday matni muayyan mo‘ljal, muayyan sabablarga ko‘ra yozilgan. Matnning asosiy uyg‘unligiga – mazmun singdirilgan tuzilishiga e’tibor qarating. Bunday kuzatuvlardan so‘ng o‘zingizga to‘rtta savol berishingizga to‘g‘ri keladi: Ushbu matnda kim haqida gapirilgan? Ushbu matnda qanday voqea tasvirlangan? Ushbu matnda tasvirlangan voqealar qayerda bo‘lib o‘tgan? Ushbu matnda tasvirlangan voqea qachon (qaysi tarixiy davrda, qaysi yilda, kunning qaysi pallasida)bo‘lib o‘tga? Siz o‘zingizga bu savollarni berib, u yoki bu so‘zning matnda qanday ma’noda foydalanilganini va uning umumiy uyg‘unligini tushunishingiz mumkin. Bu savollarga javoblar o‘z tasavvuringizda matndagi voqealarni va ular qanday kechganini tasavvur qilishingizga yordam beradi. Va nihoyat, sizda matnga nisbatan qo‘shimcha savollar tug‘ilishi mumkin. Aynan ular sizga matnning xususiyatini o‘rganishdan (uni egallashning birinchi bosqichidan) uni anglashga (ikkinchi bosqichga) o‘tishingiz uchun ko‘prik o‘rnatishingizga yordam beradi. Kalom matnlarini anglash – bu Muqaddas Kitob matnlarining ma’nosini ochish, asosiy fikrlarining namoyon bo‘lishi demakdir. Matning xususiyatlarini o‘rganish davomida yuzaga keladigan savollar sizga uning ma’nosini ochishingizga yordam beradi. Muallifning asosiy fikrlarini tushunishingizga quyidagi beshta qadamlar ham ko‘mak beradi: • Kontekstni o‘rganish. Matnga bo‘lgan ko‘plab savollarga siz uni o‘qiyotgan pallada javob qaytarishingiz mumkin. Muqaddas Kitob matnlarini kontekstni e’tiborda tutgan holda o‘qish zarur – qisqa (mazkur satrga bevosita taalluqli va darhol undan keyin keladigan oyat) va keng (mazkur matnga va undan keyingi matnga oid kichikroq parcha yoki to‘liq bob). • Qo‘shimcha dalillarni o‘rganish. Kalomni Uning o‘zini o‘rgangan holda talqin etish lozim. Boshqacha aytganda, Muqaddas Kitob matnlari ma’nosini ochishingiz uchun Muqaddas Kitobning boshqa matnlari sizga yordam beradi. Shu bilan birgalikda yodingizda bo‘lsin, bir qancha matnlarda bitta so‘zning o‘zi bir qancha ma’nolarda ishlatilishi, jumla esa turlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. • Kontekstning madaniy–tarixiy ahamiyati. Muqaddas Kitob juda qadim zamonlarda yozilgan, shu bois uni o‘rganayotganda, qanday madaniy–tarixiy kontekstlar asosida yaratilganini yodda tutishingiz zarur. • Xulosalar. Siz kontekstdagi bilimlarga, qo‘shimcha dalillarga va madaniy–tarixiy asoslarga tayanganda, matndagi savollarga javob bera olasiz, oldindan uning mazmun–mohiyatiga tegishli xulosa chiqara olasiz. Yodingizda bo‘lsin: agar o‘rganayotgan parchangiz anchayin katta bo‘lsa, unda bir emas, bir necha ma’no joylashgan bo‘lishi mumkin. • ● Muqaddas Kitob izohlarini o‘rganish. Muqaddas Kitob izohlarini (Muqaddas Kitobni sharhlovchilar yozgan asarlarni) o‘rganish sizga undagi matnlar ma’nosini ochishingizga yordam berishi mumkin. Kalom matnlarini qo‘llash – bu Muqaddas Kitobni o‘rganish uchun siz bajarishga qaror qilgan vazifa. Siz hayotingiz yaxshi tarafga o‘zgarishini xohlaysiz. Siz Xudoga itoatkor bo‘lishni va Iso Masihga o‘xshashni har kuni tobora ko‘proq xohlaysiz. Muqaddas Kitob matnlarining xususiyatini o‘rganib chiqqaningizdan va uning ma’nosini anglab yetkaningizdan so‘ng, vundagi haqiqatlarga qay tarzda amal qilishni tushunib yetmog‘ingiz zarur. Kalomning u yoki bu oyatlarini o‘rganayotganda, o‘zingizga to‘rtta savolni berishingiz shart: • Matnda bayon etilgan haqiqat mening Xudo bilan munosabatimga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi kerak? • Bu haqiqat yaqinlarim bilan munosabatimga qanday ta’sir etishi kerak? • Bu haqiqat mening o‘zimga qanday ta’sir etishi kerak? • Bu haqiqat dushmanim – shayton bilan kurashishimda qaday yordam berishi kerak? Biroq bu savollarga javob berishning o‘zi yetarli emas – Xudo sizga O‘z Kalomida ochganlarini hayotingizga singdirishingiz lozim. Albatta, siz Kalomdan bilib olgan barcha haqiqatlarni darhol qo‘llashning iloji yo‘q; ammo siz, shak–shubhasiz, buni qadamba–qadam, kunma–kun qilishingiz mumkin. Agar siz shu tarzda yo‘l tutsangiz, Xudo tirishqoqligingiz uchun marhamatlaydi. Bunday marhamat esa, aytib o‘tganimizdek, siz Iso Masihga tobora ko‘proq o‘xshab borishingizda namoyon bo‘ladi. MUQADDAS KITOBNI O‘QISHNING YILLIK REJASI Yanvar Ibtido  1 1–3  2 4–7  3 8–11  4 12–15  5 16–18  6 19–22  7 23–27  8 28–30  9 31–34  10 35–38  11 39–41  12 42–44  13 45–47  14 48–50 Chiqish  15 1–4  16 5–7  17 8–11  18 12–14  19 15–18  20 19–21  21 22–24  22 25–28  23 29–31  24 32–34  25 35–37  26 38–40 Levilar  27 1–3  28 4–6  29 7–9  30 10–13  31 14–16 Fevral  1 17–20  2 21–23  3 24–27 Sahroda  4 1–2  5 3–4  6 5–6  7 7–8  8 9–10  9 11–13  10 14–15  11 16–17  12 18–19  13 20–21  14 22–23  15 24–26  16 27–29  17 30–32  18 33–36 Qonunlar  19 1–2  20 3–4  21 5–7  22 8–10  23 11–13  24 14–16  25 17–20  26 21–23  27 24 –26  28 27–28 Mart  1 29–30  2 31–32  3 33–34 Yoshua  4 1–4  5 5–7  6 8–10  7 11–14  8 15–17  9 18–21  10 22–24 Hakamlar  11 1–3  12 4–6  13 7–9  14 10–12  15 13–15  16 16–18  17 19–21 Rut  18 1–4 1 Shohlar  19 1–3  20 4–6  21 7–9  22 10–12  23 13–14  24 15–16  25 17–18  26 19–20  27 21–23  28 24–26  29 27–29  30 30–31 2 Shohlar  31 1–3 Aprel  1 4–6  2 7–10  3 11–13  4 14–15  5 16–17  6 18–20  7 21–22  8 23–24 3 Shohlar  9 1–2  10 3–5  11 6–7  12 8–9  13 10–12  14 13–15  15 16–18  16 19–20  17 21–22 4 Shohlar  18 1–3  19 4–6  20 7–8  21 9–11  22 12–14  23 15–17  24 18–19  25 20–22  26 23–25 1 Solnomalar  27 1–2  28 3–5  29 6–7  30 8–10 May  1 11–13  2 14–16  3 17–19  4 20–22  5 23–25  6 26–27  7 28–29 2 Solnomalar  8 1–4  9 5–7  10 8–10  11 11–14  12 15–18  13 19–21  14 22–25  15 26–28  16 29–31  17 32–33  18 34–36 Ezra  19 1–4  20 5–7  21 8–10 Naximiyo  22 1–3  23 4–7  24 8–10  25 11–13 Ester  26 1–3  27 4–7  28 8–10 Ayub  29 1–4  30 5–8  31 9–12 Iyun  1 13–16  2 17–20  3 21–24  4 25–30  5 31–34  6 35–38  7 39–42 Zabur  8 1–8  9 9–17  10 18–21  11 22–28  12 29–34  13 35–39  14 40–44  15 45–50  16 51–56  17 57–63  18 64–69  19 70–74  20 75–78  21 79–85  22 86–90  23 91–98  24 99–104  25 105–107  26 108–113  27 114–117  28 118  29 119–134  30 135–142 Iyul  1 143–150 Hikmatlar  2 1–3  3 4–7  4 8–11  5 12–15  6 16–18  7 19–21  8 22–24  9 25–28  10 29–31 Voiz  11 1–4  12 5–8  13 9–12 Qo‘shiq  14 1–4  15 5–8 Ishayo  16 1–4  17 5–8  18 9–12  19 13–15  20 16–20  21 21–24  22 25–28  23 29–32  24 33–36  25 37–40  26 41–43  27 44–46  28 47–49  29 50–52  30 53–56  31 57–60 Avgust  1 61–63  2 64–66 Yeremiyo  3 1–3  4 4–6  5 7–9  6 10–12  7 13–15  8 16–19  9 20–22  10 23–25  11 26–29  12 30–31  13 32–34  14 35–37  15 38–40  16 41–44  17 45–48  18 49–50  19 51–52 Marsiya  20 1–2  21 3–5 Hizqiyol  22 1–4  23 5–8  24 9–12  25 13–15  26 16–17  27 18–20  28 21–23  29 24–26  30 27–29  31 30–31 Sentabr  1 32–33  2 34–36  3 37–39  4 40–42  5 43–45  6 46–48 Doniyor  7 1–2  8 3–4  9 5–6  10 7–9  11 10–12 Xo‘sheya  12 1–4  13 5–9  14 10–14  15 Yo‘el Amos  16 1–4  17 5–9  18 Obodiyo va i Yunus Mixo  19 1–4  20 5–7  21 Noxum  22 Zafaniyo  23 Zafaniyo.  24 Xaggey. Zakariyo  25 1–4  26 5–9  27 10–14  28 Malaki Matto  29 1–4  30 5–7 Oktabr  1 8–9  2 10–11  3 12–13  4 14–16  5 17–18  6 19–20  7 21–22  8 23–24  9 25–26  10 27–28 Mark  11 1–3  12 4–5  13 6–7  14 8–9  15 10–11  16 12–13  17 14  18 15–16 Luqo  19 1–2  20 3–4  21 5–6  22 7–8  23 9–10  24 11–12  25 13–14  26 15–16  27 17–18  28 19–20  29 21–22  30 23–24 Yuhanno  31 1–3 Noyabr  1 4–5  2 6–7  3 8–9  4 10–11  5 12–13  6 14–16  7 17–19  8 20–21 Havoriylar  9 1–3  10 4–5  11 6–7  12 8–9  13 10–11  14 12–13  15 14–15  16 16–17  17 18–19  18 20–21  19 22–23  20 24–26  21 27–28 Rimliklar  22 1–3  23 4–6  24 7–9  25 10–12  26 13–14  27 15–16 1 Kor.  28 1–4  29 5–7  30 8–10 Dekabr  1 11–13  2 14–16 2 Kor.  3 1–4  4 5–9  5 10–13 Gal.  6 1–3  7 4–6 Ef.  8 1–3  9 4–6  10 Flp.  11 Kol.  12 1 Sal.  13 2 Sal.  14 1 Tim.  15 2 Tim.  16 Titus va Fil. Ibroniylar  17 1–4  18 5–8  19 9–10  20 11–13  21 Yoqub  22 1 Butrus  23 2 Butrus  24 1 Yuhanno  25 2, 3 Yuhanno, Yahudo Vahiy  26 1–3  27 4–8  28 9–12  29 13–16  30 17–19  31 20–22 IZOHLAR 1 bob. Qalbingiz nimani istaydi? 1. J. Oswald Sanders, Spiritual Leadership (Chicago: Moody Press, 1980), p. 18. 2. Eleanor L. Doan, The Speaker’s Sourcebook (Grand Rapids, MI: Zondervan, 1977), p. 96. 3. Kenneth W. Osbeck, Amazing Grace (Grand Rapids: Kregel, 1990), p. 170. 4. D.L. Moody, Notes from My Bible (Grand Rapids: Baker, 1979), p. 199. 2 bob. Imonda ulg‘ayishni istang 1. Robert Van de Weyer, ed., The Harper Collins Book of Prayers (Edison, NJ: Castle Books, 1997), p. 388. 3 bob. Ruhan ulg‘ayish qanday kechadi 1. By George Liddell as cited in J. Oswald Sanders, Spiritual Leadership (Chicago: Moody Press, 1980), p. 17–18. 4 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak 1. J.C. Ryle as cited in Terry W. Glaspey, Pathway to the Heart of God (Eugene, OR: Harvest House, 1998), p. 151. 2. J. Oswald Sanders, Spiritual Leadership (Chicago: Moody Press, 1980), p. 123. 3. Glaspey, Pathway to the Heart of God, p. 151. 4. John Oxenham as cited in J. Allan Petersen, For Men Only (Wheaton, IL: Tyndale, 1974), p. i. 5 bob. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak (Davomi) 1. Istochnik neizvesten. 2. Herbert Lockyer, All the Promises of the Bible (Grand Rapids, MI: Zondervan, 1962), p. 10. 3. Richard Mayhue, Seeking God (Fearn, Great Britain: Christian Focus, 2000), p. 148. 6 bob. Rafiqangizni seving 1. Stuart Scott, The Exemplary Husband (Bemidji, MN: Focus Publishing, 2000), p. 116. 2. Scott, The Exemplary Husband. 3. Cited from The Best Loved Poems of the American People, Hazel Fellman, ed. (New York: Garden City Books, 1936). 7 bob. Rafiqangizni seving (Davomi) 1. Kenneth Kilinski as cited by Roy B. Zuck, The Speaker’s Quote Book (Grand Rapids: Kregel, 1997), p. 240. 2. Dwight Small as cited by Sherwood Eliot Wirt and Kersten Beckstrom, Topical Encyclopedia of Living Quotations (Minneapolis: Bethany House, 1982), p. 81. 3. Avtor neizvesten, as cited by J. Allan Petersen, ed., For Men Only (Wheaton, IL: Tyndale, 1974), p. 69. 8 bob. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang 1. John MacArthur, The MacArthur Study Bible (Nashville, TN: Word, 1997), p. 1944. 9 bob. Farzandlaringizni seving 1. Christopher N. Bacorn, “Dear Dads: Save Your Sons,” Newsweek (December 7, 1992), p. 13. 2. Tedd Tripp, Shepherding a Child’s Heart (Wapwallopen, PA: Shepherd Press, 1995), p. 20. 3. Dennis and Dawn Wilson, Christian Parenting in the Information Age (West Jordan, UT: TriCord Publishing, nd), p. 192. 4. Tripp, Shepherding a Child’s Heart, p. 22. 5. Richard Baxter as cited by Wilson, Christian Parenting in the Information Age, p. 186. 6. J. Daniel Banon as cited by Roy B. Zuck, The Speaker’s Quote Book (Grand Rapids: Kregel, 1997), p. 51. 10 bob. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang 1. J.I. Packer, A Quest for Godliness (Wheaton, IL: Crossway, 1990), p. 270. 2. Tedd Tripp, Shepherding a Child’s Heart (Wapwallopen, PA: Shepherd Press, 1995), p. 20. 3. John MacArthur, Successful Christian Parenting (Nashville, TN: Word, 1998), p. 134–135. 4. Benjamin R. De Jong, Uncle Ben’s Quotebook (Grand Rapids: Baker, 1977), p. 275. 11 bob. Serg‘ayrat bo‘ling 1. John Trent as cited in William Nix, Transforming Your Workplace for Christ (Nashville, TN: Broadman & Holman, 1997), p. xii. 2. J. Allan Petersen, For Men Only (Wheaton, IL: Tyndale, 1974), p. 125. 3. Petersen, For Men Only. 4. John MacArthur, Rediscovering Pastoral Ministry (Nashville, TN: Word, 1995). 5. Nix, Transforming Your Workplace for Christ, p. 2. 6. Neizvestnыy avtor, as cited by Petersen, For Men Only, p. 24. 12 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang 1. J. Allan Petersen, For Men Only (Wheaton, IL: Tyndale, 1974), p. 24. 13 bob. Xudoni mehnatingiz bilan ulug‘lang (Davomi) 1. Kent Hughes, Discipline of a Godly Man (Wheaton, IL: Crossway, 1991), p. 140. 2. Jeremiah Burroughs, The Rare Jewel of Christian Contentment (Carlisle, PA: Banner of Truth Trust, 2000), p. 42. 3. Gary Inrig, A Call to Excellence (Wheaton, IL: Victor, 1985), p. 87. 4. Don Baker, Pain’s Hidden Purpose (Portland, OR: Multnomah, 1984), p. 86–89. 5. Charles R. Swindoll, Growing Strong Through the Seasons of Life (Grand Rapids, MI: Zondervan, 1983), p. 66–67. 6. Hughes, Disciplines of a Godly Man, p. 140. 14 bob. O‘z jamoatingizni seving 1. “I Love Thy Kingdom, Lord!” hymn by Timothy Dwight. 2. Eleanor L. Doan, The Speaker’s Sourcebook (Grand Rapids: Zondervan, 1977), p. 223. 15 bob. O‘z jamoatingizga xizmat qiling 1. G. Abbott–Smith, A Manual Greek Lexicon of the New Testament (Edinburgh: T&T Clark, 1973), p. 346. 2. Abott–Smith, A Manual Greek Lexicon, p. 69. 3. “Rise Up, O Men of God!” hymn by William Merrill. 16 bob. Yaqinlaringizga Xushxabar tarqating 1. Arthur McPhee, Friendship Evangelism (Grand Rapids: Zondervan, 1979). 2. Francis Schaeffer, The Church at the End of the Twentieth Century (Downers Grove, IL: InterVarsity, 1973). 17 bob. Ko‘priklar o‘rnating 1. Adapted from Paul Little, How to Give Away Your Faith (Downers Grove, IL: InterVarsity, 1973), p. 67–80. 2. From an unknown issue of The Daily Bread. 19 bob. «Ishonchli odamlarga topshirgin» 1. Billy Graham, istochnik neizvesten. MUNDARIJA Salomlashuv I qism. Xudoni izlang 01. Qalbingiz nimani istaydi? 02. Imonda ulg‘ayishni istang. 03. Imonda ulg‘ayish qanday kechmoqda? 04. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? 05. Xudoning qalbiga mos erkak qanday bo‘lishi kerak? (Davomi) II qism. Xudoning xohishini bajaring. Rafiqangiz 06. Rafiqangizni seving 07. Rafiqangizni seving (Davomi) 08. Rafiqangizni o‘z ortingizdan boshlang. Farzandlaringiz 09. Farzandlaringiz 10. Farzandlaringizni o‘z ortingizdan boshlang. Mehnatingiz 11. G‘ayrat bilan mehnat qiling 12. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang. 13. Mehnatingiz bilan Xudoni ulug‘lang (Davomi) Jamoatingiz 14. Jamoatingizni seving 15. O‘z jamoatingizga xizmat qiling Masih haqidagi guvohligingiz 16. Yaqinlaringizga Xushxabarni tarqating 17. Ko‘priklar o‘rnating III qism. Xudoning rejasi 18. Sizning hayotingizga taalluqli Xudoning rejasi. 19. «Sodiq odamlarga yetkazing» Xotima Mulohaza va muhokama uchun savollar Muqaddas Kitobni qanday o‘rganish mumkin. Bir qancha amaliy maslahatlar Muqaddas Kitobni o‘qishning yillik rejasi Izoh 1