# Kutubxona

           
Kitoblar ro`yxati
Video
O`qish uchun dasturlar

<< Ortga   

Klayv Steyplz Lyuis

Oddiy masihiylik

Kitobni o`qish

Ushbu kitobda so‘z yuritilgan gaplar bir qator radoeshittirishlar uchun material bo‘lib xizmat qildi, keyinchalik esa “Radio suhbatlar” (1942), “Masihiycha xulq-atvor” (1943) va “Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida” (1944) deb nomlangan uchta alohida qismlarda chop etildi. Bosma variantda men mikrofonga aytilganlariga bir necha qo‘shimchalar qildim, lekin qolganlarida matnni o‘zgarishlarsiz qoldirdim. Radiodagi suhbat, menimcha, o‘qib eshittirilgan ocherkdek yangramasligi kerak, u aynan samimiylikka to‘lgan suhbat bo‘lishi zarur. Shuning uchun men suhbatlarimda odatda gaplashganimda qo‘llaydigan barcha qisqartmalar va suhbatlashish jumlalaridan foydalandim. Bosma variantda men bu qisqartmalar va suhbat iboralarini tikladim. Radiodagi suhbatda men u yoki bu so‘zning ahamiyatini ovozim ohangi bilan ta’kidlagan barcha o‘rinlarni bosma nashrda kursiv harflar bilan ajratib chiqdim. Hozir bu og‘zaki nutq bilan yozma san’atning noxush birikishi borasida men yo‘l qo‘ygan xato, deb hisoblashga moyilman. So‘zlab beruvchi ma’lum o‘rinlarni ta’kidlash va ajratib ko‘rsatish uchun o‘z ovozining ohangidan foydalanishi zarur, chunki suhbat janrining o‘zi shuni talab qiladi, ammo yozuvchi xuddi shu maqsadlarda kursiv harflardan foydalanmasligi kerak. U boshqa, o‘z vositalariga ega bo‘lib, asosiy so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun shu vositalardan foydalanishi shart.