Kutubxona - Uzbek tilidagi kitoblar
O`qish uchun dasturlar
• Elektron kitoblarni o`qish uchun bepul dasturlar Formatlar uchun:
PDF,
EPUB,
FB2,
DOCX & RTF,
TXT
• Axborot xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma
Sizning qurilmangizda elktron kitobning ayrim formatlari ochilmasa, sizda ushbu formatni o`qiydigan dastur yo`q. Quyida bepul dasturlarning ro`yxati keltirilgan. Ushbu dasturlarni yuklab olinishingiz va qurilmangizda o`rnatishingiz kerak.
PDF formatidagi kitoblarni o`qish va bosib chiqarish uchun Adobe Reader dasturini tavsiya qilamiz. Ishlab chiquvchilarni saytidan bu yerda yuklab olish mumkin: https://get.adobe.com/ru/reader/
Foxit Reader nomli muqobil dastur mavjud. Ishlab chiquvchilarni saytidan bu yerda yuklab olish mumkin: https://www.foxitsoftware.com/ru/downloads/
EPUB kitoblarini o`qish uchun Icecream Ebook Reader dasturidan foydalanishni tavsiya etamiz. Eng so`nggi versiyani bu yerdan yuklab oling: https://icecreamapps.com/ru/Ebook-Reader/
FB2 kitoblarini o`qish uchun Cool Reader-dan foydalanishni tavsiya etamiz. Eng so`nggi versiyani bu yerdan yuklab oling: https://sourceforge.net/projects/crengine/
RTF va DOCX fayllari bilan ishlash uchun Microsoft Officedan foydalanishni maslahat beramiz. DOCX fayllarini ochish uchun sizda Microsoft Office 2003 yoki Microsoft Office 2007 va undan keyingi versiyalaridan biri bo`lishi kerak. Open Office paketini ishlatish imkoni bor, uning eng so`nggi versiyasini ishlab chiquvchining veb-saytidan yuklab olish mumkin: https://www.openoffice.org/ru/
TXT formatidagi hujjatlarni o`qish uchun tizimingizda mavjud bo`lgan matn muharriridan foydalaning. Dastur milliy shriftlarni ko`rishi uchun UNICODE (UTF) kodlashni qo`llab-quvvatlashi zarur. Biz bu vazifa uchun AkelPad dasturini tavsiya etishimiz mumkin: https://akelpad.sourceforge.net/ru/
Axborot xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma
E-kitoblarni o`qish va yuklab olish jarayonida maxfiylikni ta`minlash uchun bir qator qoidalarga amal qilishingizni so`raymiz:
1. Brauzerdan foydalanganda saytni "inkognito" rejimida ochish tavsiya etiladi, bu rejim barcha mashhur brauzerlar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Ushbu rejimda saytga tashriflar tarixi va yuklab olingan fayllar ro`yxati saqlanmaydi.
Masalan, Google Chrome uchun Ctrl + Shift + N tugmalarini bosganingizda bu funksiya avtomatik trazda ochiladi.
Mashhur Mozilla Firefox brauzerida maxsus rejim Ctrl + Shift + R kombinatsiyasi orqali ochiladi.
Opera brauzerida ham siz ushbu rejimdan foydalanishingiz mumkin: Ctrl + Shift + N.
Shu bilan birga, internetdagi barcha saytlarga tashriflaringiz tarixi Internet provayderingiz tomindan sizdan bexabar saqlanib qoladi. Agar siz bu saytlardan ishda foydalansangiz, korporativ proksi-server jurnalida sayt tarixi saqlanib qolishi mumkin, bu nazariy jihatdan sizga zarar keltirishi mumkin. Maxfiylikni suiiste`mol qilmang.
2. Biz ushbu sayt manzilini xatcho`plar va tez kirish asboblar uskunasida saqlashni tavsiya etmaymiz.
3. Yuklangan kitoblar sizni obro`sizlantirishi mumkin bo`lsa, ularni ish yoki uy kompyuterida saqlamang, balki USB flesh-disklarga ko`chirib oling va kompyuterdan uzoqroq joyda saqlang.
Oqil va mas`uliyatli bo`ling!