Bu kitobda Xudo oddiy odamlarni olamni o‘zgartirishga jalb qilgani (va jalb qilayotgani!) haqida hikoya qilinadi. Avliyolarni, daholarni emas, balki oddiy odamlarni jalb qilayapti! O‘sha odamlar kim? Makkorlar, firibgarlar, yolg‘onchilar. Tasavvur qiling: gap Ibrohim, Muso, Pavlus, Butrus, Matto va boshqa ko‘pgina “imon qahramonlari” deb atashga ko‘nikib qolgan odamlar haqida ketyapti. Xudo ularning kamchiliklarini O‘zining sevgisi bilan to‘ldirgandan keyingina, ular qahramon bo‘ldilar. Eng muhimi shuki, - deb ta'kidlaydi muallif, - bu odamlar – siz bilan bizmiz. Biz xoinlik qilishga qodirmiz. Biz rahm-shafqat ko‘rsatmaymiz. Biz yolg‘on gapiramiz. Biz bevafolik qilamiz. Biz hamma narsani o‘zboshimchalik bilan qilmoqchi bo‘lamiz. Ammo Xudo insondagi yomonlikni bartaraf etib, O‘zining shuhratini namoyon qilish uchun insondagi yaxshi tomonlarni oladi.