- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
1 Yo‘tom yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, u Zodo‘xning qizi edi.
2 Yo‘tom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. Ammo otasidan farqli ravishda EgamizningMa’badida tutatqi tutatmadi. Xalq esa hamon buzuq odatlarini davom ettirardi.
3 Yo‘tom Egamiz uyining hovlisida Yuqori Darvozani qurdi va Ofel tepaligidagi devor ustida katta ishlarni olib bordi.
4 Bundan tashqari, u Yahudoning qirlarida shaharlar, o‘rmonzorlarda qal’alar va minoralar qurdirdi.
5 U Ommonliklarga qarshi jang qilib, ularni bo‘ysundirdi. Ommonliklar uch yil davomida Yo‘tomga quyidagi miqdordagi o‘lponni to‘lashga majbur bo‘ldilar: 214 pud kumush, 100.000 tog‘ora bug‘doy va 100.000 tog‘ora arpa.
6 Yo‘tom Egasi Xudoga sodiqlik bilan itoat etgani uchun qudratli bo‘lib ketdi.
7 Yo‘tomning boshqa ishlari, qilgan janglari va tutgan yo‘llari “Isroil va Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
8 U yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, u Zodo‘xning qizi edi.
9 Yo‘tom olamdan o‘tib, Dovud qal’asida dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi.