Menyu

Yuhannoning ikkinchi maktubi 1 Bob

tez o'tish:

1 Xudo tanlab olgan aziz xonim bilan uning bolalariga salom! Men - mo`ysafid sizlarni chin yurakdan sevaman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi ham shunday sevadi.

2 Zero haqiqat bizning dilimizga jo bo`lgan va abad bizlar bilan bo`ladi.

3 Otamiz Xudo va Otaning O`g`li ñ Rabbimiz Iso Masih bergan inoyat, marhamat va tinchlik sizlarga doim yor bo`lgay, sizlarni haqiqat va muhabbat yo`liga yo`naltirgay.

4 Ey xonim, Otamizning bizga buyurganiga ko`ra, sening bolalaringdan bir nechtasi haqiqat yo`lidan borayotganlarini ko`rib, juda ham xursand bo`ldim.

5 Endi sendan iltimos qilaman, bir-birimizni sevaylik. Senga yangi amr yozayotganim yo`q, bu azaldan bizlar qabul qilgan amr.

6 Muhabbat ñ Xudoning amrlariga amal qilishimiz degani. Ilohiy amrning mohiyati esa, boshdan eshitganingizdek, muhabbatga amal qilishimizdan iborat.

7 Vaholanki, inson vujudiga kirgan Iso Masihni tan olmovchi ko`p aldamchilar jahonning har tarafiga yoyilib ketganlar. Eng katta aldamchi ñ dajjol ham bular qatorida turadi.

8 Qilgan mehnatimizning mahsulini yo`qotmaslik va hamma mukofotni olish uchun o`zingizga ehtiyot bo`lingiz.

9 Haddidan oshgan, Masih ta`limotidan uzoqlashgan har qanday odamda Xudo yo`q. Bu ta`limotga amal qilgan kishi esa Otaga ham, O`g`ilga ham ega bo`ladi.

10 Agar biror kishi oldingizga kelib bu ta`limotni o`rgatmasa, uni uyingizga kiritmanglar, unga salom ham bermanglar.

11 Chunki unga salom bergan kishi uning yomon ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi.

12 Sizlarga yozadigan ko`p gaplarim bor edi-yu, ammo qog`ozu siyoh bilan yozishni istamadim. Sizlarning shodligingiz tugal bo`lsin, deb men oldingizga borib yuzma-yuz gaplashish umididaman.

13 Xudo tanlagan singlingning bolalari senga salom yo`llayaptilar. Omin.

Boblar: 1