Ayub | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Ayub 25 Bob

tez o'tish:

1 Shunda shuvaxlik Bildad dedi:

2 “Xudo haybatli hukmrondir! Samolarda U tinchlik o‘rnatadi.

3 Uning lashkarlarini kim sanay oladi?! Axir, Uning nuri butun yer yuzini yoritadi–ku!

4 Shunday ekan, inson zoti qanday qilib Xudo oldida solihlikka da’vo qila oladi?! Ayoldan tug‘ilganlar qanday qilib pok bo‘la oladi?!

5 Xudoning nazarida hatto oy ham yorug‘mas, Yulduzlar ham pok emas.

6 Shunday ekan, inson kim bo‘libdi?! Axir, u bir qurt–ku, Odamzod bir pashshaday–ku!”