- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, tok novdasining yog‘ochdan farqi bormi?! O‘rmon daraxtlaridan uning biron afzalligi bormi?!
3 Undan biron bir narsa yasab bo‘ladimi? Hech bo‘lmasa, buyum osish uchun qoziq qilsa bo‘ladimi?
4 Yo‘q, u faqat o‘tin uchun yaraydi, xolos. Novdaning ikki chekkasi kuyib, o‘rtasi yonib bo‘lgandan keyin, uni biron narsaga ishlatib bo‘larmidi axir?!
5 Kuymagan tok novdasi yaroqsiz bo‘lgandan keyin, kuyib bo‘lgani hech qanday foyda keltirmasligi aniq!”
6 Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Quddus aholisi o‘rmon daraxtlari orasidagi uzum tokiga o‘xshaydi. Ular yaroqsiz bo‘lganlari uchun, Men ularni olovda kuydirib yuboraman.
7 Men O‘zim ularga qarshi chiqaman. Ular olovdan qochib qutulsalar ham, baribir, olovdan nobud bo‘ladilar. Men ularga qarshi chiqqanimdan keyin, Egangiz Men ekanligimni sizlar bilib olasizlar.
8 Xalqim Menga xiyonat qilgani uchun, Men butun yurtni sahroga aylantiraman”, deb aytmoqda EgamizRabbiy.