Hizqiyo | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Hizqiyo 2 Bob

tez o'tish:

1 O‘sha ovoz menga dedi: — Ey inson, o‘rningdan tur, Men sen bilan gaplashmoqchiman.

2 Ovoz menga gapirayotganda Ruh ichimga kirib, meni turg‘izib qo‘ydi. Men gapning davomini tingladim.

3 U menga shunday dedi: — Ey inson, Men seni itoatsiz Isroil xalqining oldiga yuboraman. Ular Menga qarshi bosh ko‘tarishdi. Ularning o‘zlari ham, ota–bobolari ham shu kungacha Menga qarshi gunoh qilib kelishgan.

4 Bu xalq qaysar va o‘jardir. Men seni ularning oldiga yuboraman. Sen ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gapirasan.

5 Bu isyonkor xalq gapingga quloq soladimi, yo‘qmi, Men ularning oldiga payg‘ambarni yuborganimni bilib qo‘yishsin.

6 Sen esa, ey inson, ulardan hayiqma, ularning gaplaridan qo‘rqma. Atrofingni yantog‘u tikanaklar o‘rab olsa ham, chayonlar orasida yashasang ham qo‘rqma. Ularning gaplaridan cho‘chima, ularning vajohatidan dahshatga tushma.

7 Bu isyonkor xalq senga quloq soladimi, yo‘qmi, ularga Mening gaplarimni yetkaz.

8 Sen esa, ey inson, bu isyonkor xalqqa o‘xshama. Og‘zingni och. Men senga beradigan narsani yegin.

9 Qarasam, men tomon bir qo‘l cho‘zildi. Qo‘lda bir o‘rama qog‘oz bor edi.

10 Qo‘l o‘ramni ochib, menga ko‘rsatdi. O‘ramning oldi va orqa tomonlariga marsiya, motam va qayg‘u so‘zlari yozilgan edi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48