- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
1 Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yili edi. Yeremiyo yuqoridagi so‘zlarni Neriyo o‘g‘li Boruxga aytib, o‘rama qog‘ozga yozdirgandan so‘ng, unga shunday dedi:
2 Ey Borux, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen haqingda shunday dedi,
3 sen: “Sho‘rim qursin! Egam qayg‘u ustiga qayg‘u orttirdi, yurak–bag‘rim ezilib ketdi, jonimni qo‘yarga joy topolmayapman”, deb aytgan ekansan.
4 Shuning uchun Egamiz senga shunday gaplarni aytib qo‘yishimni buyurdi: “Men butun yurt bo‘ylab bunyod qilgan hamma narsamni buzib tashlayman, mustahkam qilib o‘rnatganlarimni qo‘porib tashlayman.
5 Sen o‘zing uchun katta rejalar tuzma! Mana, Men barcha odamzodning boshiga kulfat yog‘diraman. Ammo sening joningni saqlab qolaman, borgan joyingda seni asrayman.” Egamizning kalomi shudir.