- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
1 Fir’avn G‘azo shahriga hujum qilishidan oldin, Filist xalqi haqida Egamizning shu so‘zlari Yeremiyoga ayon bo‘ldi:
2 Egamiz aytmoqda: — Qarang, shimolda dushmanlar to‘planmoqda, Ular suvga o‘xshab ko‘pirib kelmoqda. Jo‘shqin daryo kabi toshib hovliqmoqda. Ular to‘fonday butun yurtni bosib ketadi, U yerdagi hammani — Shaharlar va odamlarni cho‘ktiradi. Xalq dodu faryod qiladi, Yurt aholisi fig‘on chekadi.
3 Ot tuyoqlari tasir–tusur uradi, Aravalar taraq–turuq qiladi, G‘ildiraklar gursullaydi. Erkaklar ichidan zil ketadilar. Hatto bolalarini qutqargani ham Ular orqaga qaytmaydilar.
4 Ha, o‘sha kun keladi, Filist xalqi qirib tashlanadi! Omon qolgan ittifoqchilari yo‘q qilinadi. Tir va Sidon shaharlariga yordam kelmaydi, Xafto‘r sohillaridan kelgan Filistlarni Egamizning O‘zi yo‘q qiladi.
5 G‘azo aholisi qayg‘udan sochlarini oldiradi, Ashqalon odamlarining dami ichiga tushib ketadi. Ey, Filist zabardastlaridan omon qolganlari! Qachongacha g‘am chekib, badaningizni tilasiz?!
6 “Sho‘rim qursin! Ey Egamning qilichi! Qachon tinib–tinchiysan sen?! Bo‘ldi yetar, tinchlanaqol! Qiningga kir, damingni ol!”
7 Evoh, Egamning O‘zi amr etgan bo‘lsa, Qanday dam olsin u qilich?! “Ashqalon shahriga va sohilga hujum qil” degan bo‘lsa, Qanday tinchlansin u qilich?!