Menyu

Sahroda 1 Bob

tez o'tish:

1 Isroil xalqi Misr yurtini tark etib, Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy bo‘ldi. Ikkinchi oyning birinchi kunida EgamizUchrashuv chodirida Musoga shunday dedi:

2 “Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urug‘i, xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar.

3 Urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga bo‘lib, nomma–nom ro‘yxatini tuzinglar.

4 Har bir qabiladan bittadan urug‘boshi sizlarga yordam bersin.

5 Sizlarga yordam beradigan urug‘boshilarning ismi quyidagichadir: Ruben qabilasidan — Shaduvor o‘g‘li Elizur.

6 Shimo‘n qabilasidan — Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol.

7 Yahudo qabilasidan — Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n.

8 Issaxor qabilasidan — Zuvor o‘g‘li Natanil.

9 Zabulun qabilasidan — Xalon o‘g‘li Eliyob.

10 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan — Omihud o‘g‘li Elishama. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Padozur o‘g‘li Gamaliel.

11 Benyamin qabilasidan — Gido‘nax o‘g‘li Avidon.

12 Dan qabilasidan — Omishaday o‘g‘li Oxazar.

13 Osher qabilasidan — Oxron o‘g‘li Paxiyol.

14 Gad qabilasidan — Duvel o‘g‘li Eliasaf.

15 Naftali qabilasidan — Enan o‘g‘li Oxir.”

16 Jamoa orasidan tanlangan ana shu urug‘boshilar Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari edi.

17 Muso va Horun urug‘boshilar bilan birgalikda ikkinchi oyning birinchi kunida butun jamoani yig‘ishdi.

18 Ular Isroil xalqining barcha urug‘larini va xonadonlarini aniqlab chiqishdi. So‘ng Musoga Egamiz amr etganday, jamoaning yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini nomma–nom alohida ro‘yxatga olishdi.

19 Shu tariqa Muso Sinay sahrosida Isroil xalqini sanab chiqdi.

20 Urug‘i va xonadoni bo‘yicha nomma–nom ro‘yxatga olingan, yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli erkaklarning soni quyidagicha edi:

21 Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben qabilasidan — 46.500 ta odam,

22 Shimo‘n qabilasidan

23 — 59.300 ta odam,

24 Gad qabilasidan

25 — 45.650 ta odam,

26 Yahudo qabilasidan

27 — 74.600 ta odam,

28 Issaxor qabilasidan

29 — 54.400 ta odam,

30 Zabulun qabilasidan

31 — 57.400 ta odam,

32 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan

33 — 40.500 ta odam,

34 Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan

35 — 32.200 ta odam,

36 Benyamin qabilasidan

37 — 35.400 ta odam,

38 Dan qabilasidan

39 — 62.700 ta odam,

40 Osher qabilasidan

41 — 41.500 ta odam,

42 Naftali qabilasidan

43 — 53.400 ta odam.

44 Muso, Horun va Isroil xalqining o‘n ikki urug‘boshisi sanab chiqqan odamlar ana shular edilar. Ularning hammasi ota–bobolarining nasli bo‘yicha ro‘yxatga olindi.

45 Xullas, Isroil xalqining yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli hamma erkaklari xonadonlari bo‘yicha sanalganda,

46 603.550 ta chiqdi.

47 Levi qabilasi esa ro‘yxatga kiritilmagan edi,

48 chunki Musoga Egamiz shunday degandi:

49 “Levi qabilasini ro‘yxatga kiritma, ularni Isroil xalqi bilan birga sanama.

50 LevilargaMuqaddas ahd chodirini, uning hamma ashyolarini va chodirga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni topshir. Yo‘lga chiqqanlaringizda, ular chodirni va undagi hamma ashyolarni ko‘tarib yursinlar. Chodirni asrab– avaylab, uning yoniga o‘z chodirlarini tiksinlar.

51 Har safar chodir ko‘chirilganda, levilar Muqaddas chodirni yig‘ishsin. Qarorgoh qurganingizda esa chodirni yana o‘rnatishsin. Chodirning yaqiniga borgan boshqa har qanday odam uchun jazo o‘limdir.

52 Qolgan Isroil qabilalari o‘z qarorgohlarida guruh–guruh bo‘lib joylashsin.

53 Isroil xalqi Mening qahr–g‘azabimga uchramasligi uchun, levilar o‘z chodirlarini Muqaddas ahd chodiri atrofida o‘rnatib, o‘sha yerda chodirni qo‘riqlashsin.”

54 Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36