Menyu

Sahroda 12 Bob

tez o'tish:

1 Muso Habashistonlik ayolga uylangani uchun, Maryam va Horun Musoga qarshi gapirdilar.

2 Ikkovi: “Egamiz yolg‘iz Muso orqali gapiribdimi?! U biz orqali ham gapirmaganmi?!” deyishdi. Egamiz ularning bu gapini eshitdi.

3 Muso juda kamtar odam edi, yer yuzida kamtarlikda unga teng keladigani yo‘q edi.

4 Egamiz birdan Muso, Horun va Maryamga: — Uchovingiz ham Uchrashuv chodiriga kelinglar! — deb amr berdi. Shundan so‘ng uchovlari Uchrashuv chodiriga kelishdi.

5 Egamiz ustun shaklidagi bulutda tushib, chodirga kiraverishda turdi va Horun bilan Maryamni chaqirdi. Ikkovi oldinga chiqdi.

6 Egamiz ularga dedi: — Mening so‘zlarimni eshitib olinglar. Orangizda payg‘ambar bo‘lganda, Men, Egangiz, O‘zimni ularga vahiyda ayon qilaman, ular bilan tushlarida gaplashaman.

7 Lekin qulim Muso bilan boshqacha gaplashaman. Mening butun xalqim orasida ishonchlisi Musodir.

8 Men u bilan jumboqli bashoratlar orqali emas, balki yuzma– yuz, ochiq–oydin gaplashaman. Muso Men, Egangizning sharpasini ko‘radi. Nahotki sizlar Mening qulim Musoga qarshi gapirishdan qo‘rqmadingizlar?!

9 Egamiz ulardan qattiq g‘azablanib, uzoqlashdi.

10 Bulut chodir tepasidan ketishi bilanoq, Maryam teri kasalligiga chalinib, qorday oppoq bo‘lib qoldi. Horun buni ko‘rib,

11 Musoga yolvordi: — Ey, hazratim, biz ahmoqlik qilib qo‘ydik! O‘tinaman, gunohimizdan o‘ting!

12 Maryam ona qornidayoq chiriy boshlagan o‘lik chaqaloqqa o‘xshab qolmasin!

13 Shunda Muso Egamizga iltijo qilib: — Ey, Xudo, unga shifo ber! — deb yolvordi.

14 Egamiz esa Musoga shunday javob berdi: — Agar Maryamning o‘z otasi uning yuziga tupurganda, u yetti kun sharmanda bo‘lib yurmasmidi?! Maryamni qarorgohdan chiqarib yuboringlar, u yetti kundan keyingina qarorgohga qaytib kelishi mumkin.

15 Shunday qilib, Maryam qarorgohdan haydab chiqarildi. U yetti kun qarorgohdan tashqarida bo‘ldi. U qaytib kelmaguncha xalq yo‘lga chiqmay turdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36