Menyu

Timo’tiyga ikkinchi maktub 2 Bob


1 Sen esa, ey o`g`lim, Iso Masihdan topgan inoyat bilan kuchga to`lgin.

2 Ko`p shohidlar huzurida sen mendan nima eshitgan bo`lsang, boshqalarga ham ta`lim berishga qobiliyatli, ishonchli odamlarga topshirgin.

3 Iso Masihning yaxshi bir askari kabi taqdiringdagi azoblarga dosh bergin.

4 harbiy xizmatdagi askar qo`mondonimni mamnun qilay, deb tirikchilik ishlari bilan band bo`lmaydi.

5 Shuningdek, musobaqada qatnashgan kishi, agar qoidaga rioya qilib o`zib ketmasa, g`alaba tojini kiymaydi.

6 Mehnatkash dehqon esa hosildan birinchi bo`lib ulush olishi kerak.

7 Aytganlarimni yaxshi o`ylab ko`r. Rabbimning O`zi hamma narsani senga tushuntiradi.

8 Men targ`ib qilayotgan Xushxabarning mohiyatini esda tut: Dovud zoti nomidan bo`lgan Iso Masih o`lib tirildi!

9 Ana bu Xushxabar uchun men xuddi jinoyatchi kabi zanjirlarga bog`lanib, azob chekyapman. Ammo Xudoning kalomi zanjirband emas!

10 Shu sababdan hamda Xudo tanlagan kishilar sababli men hamma narsaga sabr-toqat bilan chidayapman, toki ularning o`zi ham Iso Masih bergan najotdan foydalanib, abadiy ulug`vorlikka erishsinlar.

11 Bu so`z barqarordir: agar U bilan birga o`lgan bo`lsak, U bilan birga ham yashaymiz.

12 Agar sabr-toqat qilsak, U bilan birga davr suramiz. Agar biz Uni inkor etsak, U ham bizni inkor etadi.

13 Agar biz sadoqatsizlik qilsak, U yana sodiq qoladi, chunki U O`zi inkor eta olmaydi.

14 bu narsalarni eslatib tur, quruq bahs-tortishuvlardan qochishni Rabbimiz nomidan qattiq tayinla. Bunday bahslar tinglovchilarni aynitishdan boshqa narsaga yaramaydi.

15 Sen esa haqiqat kalOmini adashtirmay, to`g`rilik bilan o`qit, o`zingni Xudoga maqbul, halol bir ishchi sifatida ko`rsatishga g`ayrat qil.

16 Xudoga ma`qul bo`lmagan quruq gaplardan qoch. Bu gaplarga berilganlar borgan sari xudobezor bo`ladilar.

17 Ularning gaplari maraz kabi yoyiladi. Mana, Imeney va Filit ham shunday odamlar jumlasidan-ku.

18 Tirilishimiz allaqachon sodir bo`ldi deb, ular haqiqat yo`lidan adashib, ba`zilarning imonini xarob qilmoqdalar.

19 Har holda, Xudo asos solgan poydevor mustahkam turibdi va quyidagi oyatlarning tasdig`iga ham ega: ìXudovand O`zinikilarni biladiî va ìXudovand nOmini tilga olgan har bir odam yomonlikdan uzoq tursinî.

20 Katta bir uyda nafaqat oltin va kumush idishlar, balki yog`och va sopol idishlar ham bor; ularning ba`zisi sharafli, ba`zisi esa sharafsiz ish uchun qo`llanadi.

21 Kimki bu yomonliklardan o`zini poklasa, Egasi uchun foydali, har bir yaxshi ishga yaroqli, sharafli va muqaddas idish bo`ladi.

22 Yoshlik ehtiroslaridan qoch. Sof qalbdan Rabbimiz Iso ismini chaqirgan hamma odamlar bilan birga solihlik, imon, sevgi va tinchlik payidan bo`lgin.

23 Ahmoqona va johilona bahslardan uzoqlash. Bular faqat janjalga sabab bo`lishini bilasan.

24 Xudoning quli janjalkash bo`lmasligi kerak. Aksincha, u hamma bilan muloyim, o`rgatishga tayyor, sabr-toqatli bo`lsin,

25 o`ziga qarshi turganlarga yumshoqlik bilan yo`l-yo`riq bersin. Balki Xudo bunday kishilarning tavba qilishlariga biron yo`l ochib qolar, ular esa haqiqatni bilib,

26 yana o`ziga kelib, iblisning tuzog`idan qutulib qolarlar. Chunki iblis ularni asir qilib, o`z irodasini o`tkazishga majbur qilgan.

Boblar: 1 2 3 4