Menyu

Salonikaliklarga birinchi maktub 1 Bob


1 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning ummati bo`lgan Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silvan va Timo`tiydan salom! Otamiz Xudodan va rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo`lsin.

2 Ibodatlarimizda tinmay sizlarni xotirlab, hammalaringiz uchun Xudoga shukr qilamiz.

3 Chunki sizlar imon bilan ish qilib, muhabbat bilan zahmat chekasiz, faqat Rabbimiz Iso Masihga umid bog`lab, U tufayli sabr-toqat qilasizlar. Shuning uchun Otamiz Xudo huzurida sizlarni eslab turamiz.

4 Ey birodarlar, Xudo sizlarni sevib, tanlaganini bilamiz.

5 Biz Injil Xushxabarini sizlarga quruq so`z bilan emas, balki qudrat bilan, Muqaddas Ruh kuchi bilan, to`la ishontirish kuchi bilan xabarlab keldik. Biz orangizda bo`lganimizda qanday namunali turmush kechirganimizni o`zlaringiz bilasizlar.

6 Shunday qilib, sizlar ko`p qayg`uda bo`lsangiz ham, Muqaddas Ruhdan ilhom olib, o`zingizda sevinch hosil qildingizlar, Xudoning kalOmini qabul etib, bizga ham, Rabbimizga ham ergashdingizlar.

7 Makedoniya va Axaya o`lkalaridagi butun imonlilarga o`rnak bo`lib qoldingizlar.

8 Rabbimiz Isoning kalomi sizlardan boshlab yoyildi. Sizlarning Xudoga bo`lgan imioningizning shuhrati yolg`iz Makedoniya va Axayagagina emas, hamma yoqqa ham tarqalib ketdi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi.

9 Hamma eshitganlarning ham aytishlaricha, sizlar bizni yaxshi qabul qildingizlar. Endi Xudoga xizmat qilayotib,

10 Uning O`g`li Isoning ko`kdan tushishiga ko`z tutib yuribsizlar. Xudo O`z O`g`li Isoni tiriltirdi, toki U bizni kelajak Xudo g`azabidan xalos qilsin.

Boblar: 1 2 3 4 5