Menyu

Kolosaliklarga maktub 1 Bob


1 Xudoning irodasi ila Iso Masihning havoriysi bo`lgan men ñ Pavlus va birodarimiz Timo`tiydan

2 Kolosa shahridagi Masihga sidqidildan berilgan muqaddas birodarlarimizga salom!

3 Otamiz Xudodan [va Rabbimiz Iso Masihdan] sizlarga inoyat va tinchlik ato bo`lsin. Sizlarning haqingizga ibodat qilar ekanmiz, Rabbimiz Iso Masihning Otasi ñ Xudoga doim shukronalar bildiramiz.

4 Chunki Iso Masihga bo`lgan imoningiz va butun ahli mo`minga qo`ygan mehr-muhabbatingizdan xabardormiz.

5 Bunga sizlar haqiqat kalomi, ya`ni Injil Xushxabari orqali erishdingizlar. Samoda o`zlaringiz uchun tayyorlab qo`yilgan xazina to`g`risidagi Xushxabarni eshitib, umidvor bo`ldingizlar.

6 Ana shu Xushxabar butun jahonga ham yoyildi, sizlarga ham yetib bordi. Sizlar Xudoning inoyatini eshitib, chini bilan anglab etdingizlar. O`sha kundan beri Xushxabar sizning orangizda tobora tomir yoyib, samara bermoqda.

7 Manfaatingiz yo`lida Masihning sodiq xizmatkori bo`lgan sevimli hamkorimiz Epafras ham ana shu xususda sizlarga ta`lim bergan edi.

8 Endi u sizning ilhomli mehr-muhabbatingiz haqida ham bizga xabar qildi.

9 Shuning uchun biz bu haqda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudodan shuni so`raymizki, Uning irodasini to`la anglashingiz uchun O`zi sizlarga har qanday ilohiy hikmat va fahm-idrok ato qilsin,

10 toki sizlar Rabbingizga munosib yashab, Uni har jihatdan mamnun qilinglar, har turli xayrli ishda samarali bo`linglar, Xudoni tanib-bilib ulg`ayinglar,

11 Uning ulug`vor kuch-qudratidan bahra olib, to`la-to`kis baquvvat bo`linglar, hamma narsaga sabr-toqat va sevinch bilan chidab,

12 Otamiz Xudoga shukrona qilinglar. Chunki U O`z azizlariga va`da qilgan nurli merosdan bizni bahramand qildi.

13 Bizni zulmat hukmronligidan ozod qilib, sevimli O`g`lining Shohligiga ko`chirdi.

14 Xudoning O`g`li bizning o`rnimizga qurbon bo`ldi, O`z qonini to`kib gunohlarimizni yuvdi.

15 Iso Masih ko`rinmas Xudoning in`ikosidir. U butun maxluqot ustidan, xuddi to`ng`ich singari, birinchi o`rinda turadi.

16 Ko`kdagi va yerdagi borliq mavjudot, ko`rinadigan va ko`rinmaydigan maxluqot, u dunyoyu bu dunyodagi har qandy taxtu toj, saltanatu hukmronlik U orqali yaratilgan.

17 Uning O`zi esa hamma narsadan avval mavjud edi. Borliq mavjudot Uning soyasida mavjuddir.

18 U O`z badani, ya`ni ummatining boshidir. U o`liklar ichidan birinchi bo`lib tirilgani uchun, hammaning ilg`ori va boshidir.

19 Xudo butun kamolotni Unda jo qilishni xush ko`rdi.

20 Uning vositasi bilan Xudo yeru ko`kdagi borliq mavjudotni O`zi bilan yarashtirishga qaror qildi. Xochda to`kilgan qonni inobatga olib, Xudo O`zi yaratganlar bilan sulh tuzdi.

21 Mana sizlar ham bir vaqtlar yomon ishlar qilib, yaramas fikrda bo`lib, Xudoga begona va dushman edingizlar.

22 Endi esa Masih O`zining insoniy badanini qurbonlikka bag`ishlab, O`z o`limi orqali sizlarni Xudo bilan yarashtirdi, Xudo huzuriga sizlarni muqaddas, aybsiz va nuqsonsiz holda taqdim qildi.

23 Sizlar endi eshitgan Xushxabarga qattiq e`tiqod qo`yib, umidingizdan qaytmasangiz, imoningizda mahkam, og`ishmay tursangiz, bo`ldi. Injil Xushxabari osmoni falak ostida Xudo yaratganibarcha jonzodga yetkazildi, men ñ Pavlus esa bu Xushxabarning fidoyisi bo`ldim.

24 Men hozirgi vaziyatda sizlar uchun azob tortayotganimga sevinaman. Masihning O`z badani, ya`ni ummati uchun tortmagan qayg`ularini men o`z tanamda tortib to`ldiryapman.

25 Xudoning menga topshirig`i bo`yicha, men Masih ummati ustidan mas`ul xizmatkor bo`ldim, Xudo kalOmini to`liq targ`ib qilish vazifasini o`z zimmamga oldim.

26 Ana shu kalom o`tgan asrlar va avlodlardan sir tutilib, hozir esa Xudoning azizlariga oshkor bo`ldi.

27 Xudo dunyo xalqlari uchun saqlagan ushbu sirning naqadar boy va ulug`vorligini O`z azizlariga ochib berishga rozi bo`ldi, chunonchi ulug`vor umidimizning mag`zi ñ sizning ichingizdagi Masih.

28 Shunga ko`ra, biz Masihga ishongan har bir odamni mukammal holda Xudoga taqdim etmoqchimiz. Har bir odamga aql o`rgatib, butun donolik bilan ta`lim-tarbiya berib, Masihni targ`ib qilmoqdamiz.

29 Men ham ana shu maqsadda jon-jahdim bilan xizmat qilar ekanman, menga kuchli ta`sir qilayotgan Rabbimning qudratiga suyanaman.

Boblar: 1 2 3 4