Menyu

Kolosaliklarga maktub 2 Bob


1 Men sizlar uchun, shuningdek, Laodikiya shahridagilar hamda shaxsan yuzimni ko`rmagan imonlilarning hammasi uchun naqadar zo`r g`ayrat ko`rsatayotganimni bilishingizni istayman.

2 Maqsadim shuki, sizlar dadil bo`ling, muhabbat ruhida birlashing, fahm-idrok va to`la komil ishonch bilan Otamiz Xudoning siri ñ Masihni payqab oling.

3 Chunki hikmat va ilmu ma`rifatning hamma xazinalari Masihda pinhondir.

4 Buni men shuning uchun aytyapmanki, hech kim sizlarni tilyog`lamalik qilib yo`ldan ozdirmasin.

5 Men garchi jisman sizning orangizda bo`lmasam ham, ruhan orangizdaman, sizlarning tartib-intizOmingiz va Masihga bo`lgan sog`lom imoningizni ko`rib sevinyapman.

6 Endi sizlar Iso Masihni Rabbimiz deb qabul qilgan ekansizlar, U bilan aloqada bo`lib yashanglar.

7 Olgan ta`limotingizga muvofiq, Unda tomir yoyib, qaror toping, imoningizda qattiq turing, shu yo`lda rivojlanib borib, Xudoga shukronalar tilingizdan tushmasin.

8 Ehtiyot bo`linglar, hech kim falsafa va quruq safsatalar bilan sizlarni avramasin. Bunday gaplar Masihga emas, balki insonlarning an`anasiga, dunyoning xurofiy unsurlariga asoslanadi.

9 Xudoning butun borlig`i to`la-to`kis Masih vujudida mavjuddir.

10 Har turli hukmronlik va hokimiyatning boshi Masih bilan aloqada bo`lib, sizlar ham to`la-to`kis bo`ldinglizlar.

11 Sizlar Masih bilan aloqada bo`lib sunnat ham qilindingizlar. Bu Masihning sunnati bo`lib, inson qo`li bilan qilinmaydi, bu sunnat gunohkor vujudning kesib tashlanishi demakdir.

12 Sizlar imon keltirganda suvga cho`mib, Masih bilan birga ko`mildingizlar. Shuningdek, Masihni tiriltirgan Xudoning qudratiga qattiq inonib, Masih bilan birga tirildingizlar.

13 Ilgari sizlar sunnatsiz, ya`ni gunohga botgan holatda bo`lib, o`lik edingizlar. Endi esa Xudo barcha gunohlaringizni kechirib, sizlarni Masih bilan birga yangi hayot uchun tiriltirdi.

14 Bizga qarshi yozilgan, mahkumligimizni bildiruvchi aybnomani Xudo o`chirdi, ya`ni uni Masih bilan birga xochga mixlab, kuchdan qoldirdi.

15 O`sha xoch orqali ruhiy hokim va hukmronliklar ustidan ham g`alaba qozondi. Ularning qurol-yarog`ini olib qo`ydi-da, ularni O`zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi.

16 Shunday qilib, yegulik-ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy yoki dam olish kunlari xususida hech kim sizlarga qonun-qoida chiqarmasin.

17 Bular kelajak dunyoning sharpasigina xolos, asli esa Masihdadir.

18 Farishtalarga sig`inishni qoyil qiladigan, o`z xayolida tug`ilgan ìvahiylarîga maftun bo`lgan, soxta kamtarlik ko`rsatib, o`zining insoniy fikrlashi bilan behuda mag`rurlanib ketgan hech bir kishi sizlarni vasvasaga solmasin.

19 Bunday kishilar O`z ummatining Boshi bo`lgan Masihdan ajralgan. Ana bu Boshdan butun badan hayotbaxsh kuch olib, payu bo`g`inlar orqali o`zaro ulanib, Xudo xohlagan yo`lda o`sadi.

20 Agar sizlar Masih bilan birga o`lgan bo`lsangizlar, dunyoning xurofiy kuchlari oldida ham o`lgan bo`lasizlar. U holda yana nima uchun bu dunyoga qul bo`lgandek,

21 ìtegmaî, ìtutmaî, ìyemaî kabi qonun-qoidalariga bo`ysunasizlar?

22 Bu qoidalarning hammasi faqat qo`llanib yo`q bo`luvchi narsalar bilan bog`liq bo`lib, insonlarning buyruq va an`analariga tayanadi.

23 Garchi bular natijasida paydo bo`ladigan beboshlarcha dindorlik, o`zini mo`minlikka solish, badanni qiynash odamlarga hikmatday tuyulsa-da, aslida nafsga o`t, nafsoniyatga dog` tushiradi.

Boblar: 1 2 3 4