Menyu

Timo’tiyga birinchi maktub 2 Bob


1-2 Eng avval shuni nasihat qilamanki, Xudo yo`lida obro`-e`tiborli, osoyishta, sokin hayot kechirishimiz uchun, barcha insonlar, podshohlar va hukmdorlar uchun Xudoga iltijo qiling, duolar o`qing, toat-ibodatlar qiling, shukronalar aytinglar.

3 Bu xayrli ish bo`lib, Najotkorimiz Xudoga maqbuldir.

4 U butun insonlar haqiqatni bilib olib, najot topishini istaydi.

5 Xudo yagona va Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir.

6 O`zi ham inson bo`lgan Iso Masih hamma insonlarni qutqarish evaziga O`z jonini fido qildi, shu yo`sin Xudo belgilagan paytda ilohiy rejani tasdiqladi.

7 Men esa bu rejaning voizi va havoriysi bo`lib tayinlandim. [Masih haqi] haqiqatni aytyapman, yolg`on aytayotganim yo`q: men turli xalqlarga imon va haqiqatni o`rgatmoq uchun yuborildim.

8 Shunday qilib, har yerda erkaklar beg`araz va shubha-gumonsiz pok qo`llarini ko`tarib, ibodat qilishlarini istayman.

9 Shuningdek, xotinlar ham sochiga ortiqcha oro bermay, oltin, marvarid yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki sodda qiyofa, iffat va oriyat bilan bezansinlar.

10 Xudodan qo`rqaman, degan xotinlarga munosib xayrli ishlarni o`zlarining zeb-ziynati qilsinlar.

11 Xotin sukutda va to`la itoatkorlik bilan ta`lim olsin.

12 Xotin ta`lim berib erkak ustidan hukmronlik qilishiga ruxsat bermayman. Xotin sukut saqlasin.

13 Chunki oldin Odam Ato, keyin Momo Havo yaratildi.

14 Shuningdek, Odam emas, balki xotin shaytonga aldanib, jinoyat qildi.

15 Agar xotinlar imonli, mehrli, nomusli, muqaddas umr sursalar, bola tug`ish orqali najot topadilar.

Boblar: 1 2 3 4 5 6