Menyu

Galatiyaliklarga maktub 6 Bob


1 Ey, Ruh amri bilan yashayotgan birodarlarim, agar biron odam gunoh qilib qo`ysa, uni muloyim ruh bilan tuzatinglar. Unga o`xshab vasvasaga yo`liqmasligingiz uchun o`zingizga ehtiyot bo`ling.

2 Bir-biringizning og`irliklaringizga yordamlashinglar, shunday qilib Masihning Qonunini bajargan bo`lasizlar.

3 Agar biror kishi, garchi hech narsa bo`lmasa ham, o`zini muhim kishi hisoblasa, u o`z-o`zini aldagan bo`ladi.

4 Har kim o`z ishini muhokama qilsin, shunda boshqaning ishiga qarab emas, o`z ishiga qarab tahsin oladi.

5 Zotan har kim o`z aravasini o`zi tortishi lozim.

6 Ilohiy Kalomdan ta`lim oluvchi ta`lim beruvchi bilan har qanday ezgulikni baham ko`rsin.

7 Adashmanglar, Xudo haqoratlanmaydi. Inson nima eksa, shuni o`radi.

8 O`z nafsi dalasiga urug` eksa, nafsdan zavol o`rib oladi. Ruh dalasiga urug` eksa, Ruhdan abadiy hayot o`rib oladi.

9 Shunday ekan, yaxshilik qilishdan bezmaylik. Agar bo`shashmasak, o`z vaqtida buning hosilini o`rib olamiz.

10 Fursatimiz bor ekan, hammaga, ayniqsa, o`zimizning ahli mo`minga yaxshilik qilaveraylik.

11 Mening qo`limga qaranglar, sizlarga qanday katta harflar bilan yozdim!

12 Sizlarni sunnat bo`lishga qistayotgan o`sha kishilar faqat sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchilar, Masihning xochi uchun ta`qibga duchor bo`lmaslik uchun shunday harakat qilyaptilar.

13 Holbuki, ahli sunnatning o`zlari ham Ilohiy Qonunga rioya etmaydilar. Ular faqat sizlarning tanalaringiz bilan maqtanmoq uchun xatna bo`lishingizni istaydilar.

14 Men esa, aslo birgina Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. Uning xochi tufayli bu dunyo men uchun o`lgan, men esa bu dunyo uchun o`lganman.

15 Iso Masih yo`lida sunnatning ham, sunnatsizlikning ham hech ahamiyati yo`q. Ahamiyatlisi – yangidan yaratilishdir.

16 Bu qoidaga ko`rayashayotganlarning hammasiga va Xudoning Isroiliga tinchlik va rahmat bo`lsin!

17 Bundan keyin hech kim menga og`irligini solmasin. Chunki men Rabbim Isoning jarohatlarini o`z tanamda olib yuribman.

18 Ey birodarlar, Rabbimiz Iso Masihning inoyati ruhingizga yor bo`lsin. Omin.

Boblar: 1 2 3 4 5 6