Ishayo | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Ishayo 12 Bob

tez o'tish:

1 O‘sha kuni sen aytasan: “Senga shukr aytaman, ey Egam, Mendan g‘azablangan eding, G‘azabing bosildi, ey Egam, Menga Sen tasalli berasan!”

2 Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir, Qo‘rqmasman, U mening umidimdir. Egam mening kuch–qudratimdir, U mening qutqaruvchimdir.”

3 Shod bo‘lib, Najot chashmasidan suv olasiz.

4 O‘sha kuni aytasiz: “Shukronalar aytaylik Egamizga. Sajda qilaylik Unga! Qilgan buyuk ishlarini Xalqlar orasida ovoza qilaylik, Nomi yuksalganini yodga solaylik!”

5 Hamdlar ayting Egamizga! Butun yer yuzida bo‘lgan ovoza Uning qilgan ajoyib ishlari!

6 Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus ahli, Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Xudosi.