- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
1 O‘sha paytlarda Baladon o‘g‘li, Bobil shohi Marduxbaladon shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar jo‘natdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sog‘ayganini eshitgandi.
2 Hizqiyo elchilarni ko‘rib xursand bo‘ldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarog‘ omborini ularga ko‘rsatdi. Hizqiyoning saroyidayu o‘z shohligida ularga ko‘rsatmagan hech narsasi qolmadi.
3 Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib: — Bu odamlar qayerdan kelibdi? Senga nimalar dedi? — deb so‘radi. — Uzoq bir yurtdan, Bobildan mening huzurimga kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo.
4 — Ular saroyingda nimalarni ko‘rdi? — dedi Ishayo. — Saroyimdagi hamma narsani ko‘rdilar. Xazinalardan men ularga ko‘rsatmagan hech narsa qolmadi, — deya javob berdi Hizqiyo.
5 Shunda Ishayo aytdi: — Endi Sarvari Olamning so‘ziga quloq sol.
6 Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha to‘plab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi.
7 Sening pushti–kamaringdan bo‘lgan o‘g‘illaringdan ba’zilari ham olib ketiladi. Ular Bobil shohining saroyida bichilgan qullar bo‘lib xizmat qiladi.”
8 Hizqiyo Ishayoga: — Egamiz sen orqali aytgan so‘zlar yaxshi ekan, — dedi–da, ichida: “Umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman”, deb o‘yladi.