- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
1 Ossuriya shohi Sargon o‘z lashkarboshisini Ashdod shahriga yubordi. Lashkarboshi kelib Ashdodni qo‘lga oldi.
2 O‘sha paytda Omiz o‘g‘li Ishayoga Egamiz shunday dedi: — Qani, egningdagi qanorni yech, oyoqlaringdagi choriqlaringni yech. Ishayo aytilganlarni qildi. U yalang‘och, yalangoyoq yuradigan bo‘ldi.
3 Shunda Egamiz dedi: — Qulim Ishayo uch yil yalang‘och, yalangoyoq yurgani Misr va Habashiston to‘g‘risida belgi va nishona bo‘ldi.
4 Ossuriya shohi Misr asirlarini, Habashiston tutqunlarini, yoshu qarisini yalang‘och, yalangoyoq, uyatli joylari ochiq holda haydab ketadi. Misr sharmanda bo‘ladi.
5 Habashistonga umid bog‘lagan, Misrdan faxrlangan xalq isnodga qoladi.
6 O‘sha kuni qirg‘oqdagi yurtning aholisi shunday deb aytadi: “Biz ishonganlarning ahvolini ko‘rib qo‘ying. Ular bizga yordam berib Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaradi, deb yurardik. Endi qanday qutularkanmiz?!”