- Boblar:
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
1 Mo‘ab haqida bashorat. Vayrona bo‘ldi tunda, Mo‘abdagi Or shahri nidosiz yotar. Vayrona bo‘ldi tunda, Mo‘abdagi Xir shahri nidosiz yotar.
2 Mo‘ab xalqi o‘z xudosining uyiga chiqdi faryod qilgani, Ha, Dibonliklar sajdagohiga chiqdi nola qilgani. Har birining boshi qirilgan, Har birining soqoli olingan, Navo va Midavo shaharlari uchun Mo‘ab nola chekar.
3 Ko‘chalarda xalq qanorga o‘rangan. Tomlarda, xiyobonlarda faryod qilib, Hammasi ko‘z yoshlarini to‘kar.
4 Xashbon, Elaley ahli faryod chekar, Ularning ovozi Yaxazgacha eshitilar. Mo‘abning qurollanganlari faryod etar, Ular qo‘rquvdan qaltirar.
5 Yuragim Mo‘ab uchun faryod qiladi, Qochoqlar qochib borar Zo‘varga, Eglat–Shalishiyo shahriga. Luxit tepaligiga ham ular yig‘lab boradi. Hatto Xo‘ronaym yo‘lida Ular halokat tufayli fig‘on chekadi.
6 Ha, o‘tlar qurib ado bo‘ldi, Maysalar tamom bo‘ldi. Yashillikdan asar qolmadi, Nimrim suvi xarob bo‘ldi.
7 Endi ular o‘zlari erishgan boyliklarni, O‘zlarining hamma mol–mulklarini Arabim soyligi orqali olib ketadi.
8 Faryod yetib borgan Exlayim shahrigacha, Yig‘i yetib borgan Ber Elim shahrigacha, Mo‘ab yurti ohu nolaga to‘ldi!
9 Ana, Dibondagi suvlar qon bilan to‘la! Ammo endi Xudo Dibonga battarini qiladi. Mo‘abning qochib qutulganlariga, Yurtdagi qolgan–qutganlarining boshiga Sherlarni olib kelaman.