Korinfliklarga ikkinchi maktub 1 Bob
1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo`lgan men, Pavlus ila birodarimiz Timo`tiy Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga, shuningdek, Axaya o`lkasi bo`ylab yashovchi barcha Xudoning azizlariga salom yo`llaymiz.
2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo`lsin!
3 Har turli tasallining manbai bo`lgan Xudo, marhamatli Ota, Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo`lsin!
4 U butun g`am-qayg`ularimiz uchun bizga tasalli beradi. Shu tariqa o`zimizdek har turli qayg`ularga yo`liqqan boshqa odamlarni biz Xudodan olgan tasalli bilan ovuntira olamiz.
5 Masihning azoblari bizda qancha ko`payayotgan bo`lsa, Masihning tasallisi ham bizda shuncha ko`paymoqda.
6 Agar biz g`am-qayg`u chekayotgan bo`lsak, bu sizlar tasalli va najot topishingiz uchundir. Va agar biz tasalli topayotgan bo`lsak, bu ham sizlarning tasalli topishingiz, uchundir. Biz chekayotgan qayg`ularga o`zingiz ham yo`liqqaningizda, shu bilan tasalli topib, sabr - toqat qilasizlar.
7 Sizlarga ishonchimiz komil, chunki sizlar alamlarimizgagina emas, tasallimizga ham sherik ekaningizni bilamiz.
8 Ey birodarlar, Asiya viloyatida boshimizga kelgan kulfatlardan xabarsiz qolishingizni istamaymiz. Biz haddan tashqari, chidab bo`lmaydigan darajada ezildik, hatto sog` qolishga umidimizni yo`qotgan edik.
9 Ha, o`limga mfhkum bo`lganimizni o`z vujudimizda sezardik. Bu shuning uchun bildiki, biz o`zimizga emas, balki faqat o`liklarni tiriltiruvchi Xudoga umid bog`laylik.
10 Haqiqatan ham Xudo bizni shunday katta o`lim tahlikasidan qutqardi va yana qutqaradi. Ha, U bizni yana qutqaradi, deb Undan qattiq umid qilamiz.
11 Chunki sizlar ham biz uchun ibodat qilishda ishtirok etib kelyapsizlar. Shunday ko`p kishilarning iltijosi tufayli Xudo bizga inoyat ko`rsatdi, toki buni yana ko`plar bilib, biz tufayli Xudoga shukr qilsinlar.
12 Bizning iftixor qilishimizning sababi bor, vijdonimiz ham shundan dalolat beradiki, biz bu dunyoda, xususan sizlar bilan bo`lgan munosabatimizda insoniy hikmat bilan emas, balki Xudoning inoyati bilan, muqaddaslik bilan, Xudoga maqbul bo`lgan samimiylik bilan harakat qildik.
13 Biz sizlarga nima yozsak, o`qib, anglab etinglar, deb yozamiz. Umid qilamanki, sizlar bularni oxirigacha anglab etasizlar.
14 Sizlar, qisman bo`lsa ham, bizni anglagansizlar va bilasizlarki, Rabbimiz Iso Masihning olamga qaytadigan kunida biz sizning faxringiz, siz esa bizning faxrimiz bo`lasizlar.
15 Shu ishonch bilan, sizlar ikkinchi daf`a farah topinglar deb, oldinroq sizlarning yoningizga kelish niyatida edim..
16 Sizlarning oldingizdan Makedoniyaga o`tish va Makedoniyadan yana sizlarning oldingizga qaytish niyatida edim, oxiri sizlar meni Yahudiyaga kuzatib qo`yar edingizlar.
17 Shunday niyatim bo`la turib, beqarorlik bilan harakat qildimmikan? Yoki men goh ha - ha, goh yo`q - yo`q deganday, o`zboshimchalik bilan tashabbus ko`rsatdimmikan?
18 Xudo O`z so`zida turadi, shuning uchun bizning sizga so`zimiz ham goh ìhaî, goh ìyo`qî emas.
19 Biz, ya`ni men, Silvan va Timo`tiy sizning orangizda Xudoning O`g`li ó Iso Masihni targ`ib qilganimizda, buni goh ìhaî, goh ìyo`qî deb qilmadik. Masih degani ó ìhaî degani.
20 Chunonchi Xudo qancha va`dalarni bergan bo`lsa, ular Masih sharofati bilan ìhaî deganday, ìOminî deganday ro`yobga chiqadi, toki biz Masih orqali Xudoni ulug`laylik.
21 Xudoning O`zi bizni sizlar bilan birga Masih ummati qilib, mustahkam poydevorli qildi, O`ziga ajratib oldi,
22 ustimizga O`zining muhrini bosdi, bularning garovi qilib Muqaddas Ruhni yuraklarimizga joylashtirdi.
23 O`z jonim haqi Xudoni shohidim bilaman: sizlarni ayaganim uchun hanuz Korinfga bora olmadim.
24 Biz go`yo sizlarning imoningiz ustidan hukmronlik o`rnatayotganday bo`layapmiz. Aslida biz quvonishingiz uchun sizlarga ko`maklashmoqdamiz. Chunki sizlar imonda mahkam turibsizlar.