Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 7 Bob


1 Ey sevikli birodarlarim, Xudo bizga bunday ulug` va`dalarni bergan ekan, badan va ruhimizni bulg`ovchi har qanday murdorlikdan o`zimizni tozalab, Xudodan ko`rqib yashab, butunlay muqaddas bo`laylik.

2 Qalbingizdan bizlarga joy beringlar. Biz hech kimga ozor bermadik, hech kimga ziyon keltirmadik, hech kimdan manfaat ko`zlamadik.

3 Sizlarga ta`na qilib aytmayapman. Chunki oldin ham aytganimdek, o`lishmi qolishmi, sizlar bizning dilimizdasizlar.

4 Sizlarga ishonchim komil, iftixorim katta. Qayg`u-alamlarimiz qancha bo`lmasin, mening dilim tasalliga to`lib-toshadi, behad sevinaman.

5 Hatto Makedoniyaga kelganimizdan keyin ham tanamizga hech qanday rohat topolmadik, aksincha, har tomonlama siqilgan edik: tashqaridan hujumlar, ko`ngilda qo`rquvlar bor edi.

6 Lekin tushkunlarga tasalli beruvchi Xudo Titusni yonimizga yuborib, bizni ovuntirdi.

7 Biz Titusning kelgani bilangina emas, balki u sizlardan topgan tasalli haqida eshitish bilan ham yupanib qoldik. Titus men uchun bo`lgan qattiq sog`inchingiz, tortgan ohlaringiz, ko`rsatgan zo`r g`ayratingiz haqida bizga xabar bergandan keyin, yanada ko`proq sevindim.

8 Shu sababdan, maktubim bilan sizlarni xafa qilgan bo`lsam ham, afsuslanmayman. Garchi oldin u maktubdan qisqa bir muddat sizlar xafa bo`lib, men pushaymon qilgan bo`lsam-da,

9 endi sevinyapman. Xafa bo`lganingizdan emas, balki xafagarchilik sizlarni tavbaga keltiragani uchun sevinyapman. Ha, siz azbaroyi Xudo xafa bo`ldingizlar shuning uchun bizdan hech qanday zarar ko`rmadingizlar.

10 Azbaroyi Xudo keladigan xafagarchilik o`kintirmaydi, aksincha, odamlarni tavbaga keltirib, najot topishiga imkon yaratadi. Dunyoda bo`ladigan xafagarchilik esa faqat o`limni keltirib chiqaradi.

11 Qaranglar, aynan shu sababli, ya`ni sizga Xudo taqdir etgan xafagarchilik sababli o`zingizni oqlash uchun sizlarda qanday g`ayrat paydo bo`ldi, qanday g`azab, qanday qo`rquv, qanday sog`inch, qanday jonbozlik, qanday adolatparvarlik hosil bo`ldi! Ana shularning hammasi bilan o`zingizni halolladingizlar.

12 Har holda, mening sizlarga maktub yozishimdan maqsad ayblovchi yoki ayblanuvchini belgilash emas, balki Xudoning huzurida sizlar biz uchun qanday ixlosmand ekaningizni eslatish edi.

13 Shu yo`sin biz tasalli topdik. Bu topgan tasallimizdan tashqari, Titusning xursandligi bizni yana ko`proq quvontirdi. Chunki hammangiz uning ruhini juda ko`taribsizlar.

14 Men uning oldida sizlarni maqtagan edim va uyatga qolmadim. Sizlarga har narsa to`g`risida haqiqatni gapirar edik, Titusni maqtaganimiz ham haqiqat bo`lib chiqdi.

15 U hammangizning itoatkorligingizni, o`zini qanday hurmat va ehtirom bilan qabul qilganingizni xotirlar ekan, uning sizlarga bo`lgan muhabbati yanada o`t olmoqda.

16 Sizlarga ishonchim komil, ana shundan xursandman.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13