Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 2 Bob


1 Shunday qilib, men ko`nglimda yoningizga yana xafagarchilik bilan kelmaslikka qaror qildim.

2 Agar men sizlarni xafa qiladigan bo`lsam, xafa qilganlarimdan boshqa kimlar ham meni ovuntira olardi?

3 Men ham oldindan shuning uchun sizlarga yozdimki, yoningizga kelganimda meni xursand qiladigan odamlardan xafagarchilik ko`rmayin. Chunki ishonchim komilki, mening sevinchim hammangizning sevinchingizdir.

4 Men sizlarni xafa qilish uchun emas, balki sizlarga bo`lgan cheksiz muhabbatimni sezishingiz uchun chuqur qayg`u va yurak iztirobi ichida hamda to`xtovsiz ko`z yoshlari bilan yozdim.

5 Agar kim xafa qilgan bo`lsa ham, meni emas, mubolag`a qilmasdan aytyapmanki, deyarli hammangizni xafa qilgan bo`ladi.

6 Xafa qilgan odamga ko`pchilik tomonidan berilgan bunday jazo yetar.

7 Shuning uchun endi bu odam haddan ortiq xafa bo`lmasliga uchun, uni kechirib tasalli berishingiz ma`quldir.

8 Ha, unga boshqatdan muhabbat qo`yishingizni iltimos qilaman.

9 Sizlar har ishda itoatli bo`lganingizni amalda bilish uchun sizlarga yozdim.

10 Biror kishini biror narsa xususida kechirsangizlar, men ham kechiraman. Men kimni kechirgan bo`lsam (agar kechiradigan biror narsa bo`lsa), uni sizlar uchun, Masihning huzurida turib kechirdim.

11 Zinhor shaytonning pand berishiga yo`l qo`ymaylik, uning fitnalaridan xabarsiz emasmiz-ku.

12 Masihning Xushxabarini yetkazish uchun Troas shahriga kelganimda, Rabbim menga bir eshik ochib bergan edi.

13 Shunga qaramay, ruhim tinch emas edi, chunki birodarim Titusni u yerda topmagan edim. Nihoyat u yoqdagilar bilan xayrlashib, Makedoniyaga jo`nadim.

14 Xudoga shukr! U bizni doimo Masihning tantanali yurishida olib borayotir va biz orqali yerda O`z haqidagi bilimning xush bo`ylarini tarqatayotir.

15 Biz xalos bo`ladiganlarning ham, halok bo`ladiganlarning ham orasida Xudo sha`niga taralayotgan Masihning xush hidimiz.

16 Bu ó halok bo`ladiganlar uchun halokatli o`lim hididir, halos bo`ladiganlar uchun esa yashatuvchi hayot hididir. Bunday mas`uliyatga kim loyiq?

17 Mana biz ko`pchilik qilayotganday, Xudoning kalOmini bozorga solmaymiz. Aksincha, Xudo tomonidan yuborilgan va Masih xizmatida bo`lgan kishilardek, Xudoning ko`zi oldida sof ko`ngildan voizlik qilmoqdamiz.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13