Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 13 Bob


1 Men endi uchinchi daf`a yoningizga boryapman. Axir, Tavrotda yozilganidek: ìIkki yoki uch shohidning har qanday guvohligi qat`iy bo`ladiî.

2 Shunday qilib, men ikkinchi daf`a yoningizda bo`lganimda ogohlantigan edim. Endi esa g`oyib bo`lsam ham, yozib ogohlantiryapmanki, agar yana oldingizga borsam, oldin gunoh qilgan odamlarning ham, boshqalarning ham hech birini ayamayman.

3 Sizlar-ku men orqali Masih so`zlashiga dalil izlayapsizlar. Mana, Masih sizlarga nisbatan zaif emas, U orangizda O`z qudratini namoyish qilmoqda.

4 Garchi U zaiflik holatida xochga mixlangan bo`lsa-da, Xudoning qudrati tufayli tirikdir. Shunga o`xshab, biz Masihning zaifligiga sherik bo`lsak ham, sizlarni deb Xudoning qudrati tufayli Masihning hayotiga ham sherikmiz.

5 O`z-o`zingizni tekshiringlar: imonda turibsizlarmi? O`zingizni sinab ko`ringlar: Iso Masih ichingizda ekanini bilmayapsizlarmi? Bilmasangizlar, maqbul emassizlar.

6 Biz esa nomaqbul emasligimizni bilasizlar, deb umid qilaman.

7 Sizlar yomon ish qilmasligingizni Xudodan tilaymiz. Maqsadimiz o`zimizni maqbul deb ko`rsatish emas. Aksincha, bordiyu biz maqbul ko`rinmsak ham, sizlar yaxshi ish qilsangiz bo`ldi.

8 Zotan haqiqatga qarshi turishga kuchimiz yetmaydi, haqiqat yo`lida esa kuch-quvvvatlimiz.

9 Bizlar zaif, sizlar esa quvvatli bo`lganingizdan sevinamiz. Zotan, tilagimiz sizlarning komil bo`lishingizdir.

10 Shuning uchun men hali kelmay turib, shularni yozayapman, toki kelganimda Rabbim menga bergan iqtidor bilan qattiq choralarni ishga solmayin. Men bu iqtidorni xarob qilish uchun emas, barpo qilish uchun olganman.

11 Shunday qilib, birodarlarim, yaxshi qolinglar. Komil bo`lishga g`ayrat qilinglar. Pand-nasihatga quloq solinglar. O`zaro hamfikr bo`linglar, tinchlikni saqlanglar. Shunda sevgi va tinchlik bergan Xudo sizlar bilan bo`ladi.

12 Muqaddas o`pich bilan salomlashinglar. Xudoning barcha azizlari sizlarga salom yo`llayaptilar.

13 Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Otamiz Xudoning sevgisi va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor bo`lsin! Omin.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13