Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 6 Bob


1 Xudoning hamkorlari sifatida, Uning inoyatini befoyda qabul qilmaslikni sizlardan iltimos qilamiz.

2 Chunki Xudo Tavrotda shunday deyapti: ìMaqbul vaqtda seni eshitdim, najot kunida senga yordam berdimî. Mana endi maqbul vaqt keldi! Mana endi najot kuni keldi!

3 Xizmatimiz qoralanmasin deb, hech kimga hech qanday xalaqit bermaymiz.

4 Xudoning xizmatkorlari sifatida o`zimizni hamma sohada ibrat qilib ko`rsatamiz: cheksiz sabr-toqatda, g`am-qayg`ularda, tanqisliklarda, tangliklarda,

5 zarbalar ostida, zindonlarda, to`polonlarda, zahmatlarda, uyqusizlikda, ro`za tutishda,

6 poklikda, donolikda, to`zimlilikda, mehribonlikda, Muqaddas Ruh kuchida, samimiy muhabbatda.

7 Haqiqat kalOmini aytib, Xudoning qudratiga suyanib, o`ng va so`l qo`lda solihlik qurollarini tutib yuribmiz.

8 Sharaf va isnodga, haqorat va maqtovga duch kelyapmiz. Bizni aldamchi hisoblaydilar, ammo haqiqatgo`ymiz.

9 Noma`lummiz, ammo bizni hamma biladi. Bizni o`lgan deb hisoblaydilar, ammo mana, tirikmiz. Bizni jazoga tortyaptilar, ammo o`lmayapmiz.

10 Bizni xafa qilyaptilar, ammo doimo xursandmiz. O`zimiz kambag`almiz-u, ko`p kishilarni boyitamiz. Hech narsamiz yo`g`u, ammo hamma narsaga egamiz.

11 Ey korinfliklar, sizlar uchun tilimiz yechildi, yuragimiz keng ochildi.

12 Bizning ko`nglimiz sizlar uchun tor emas, lekin o`zlaringizning ko`nglingiz juda tor ekan!

13 Buning baravariga ó bolalarimga gapirayotgandek gapiryapman ó sizlar ham ko`nglingizni kengroq qilinglar-chi!

14 Imonsizlar bilan noravo sheriklik qilmanglar. Solihlik bilan qonunsizlik orasida qanday aloqa bor? Yoki nur bilan qorong`ilik orasida qanday umumiylik bo`lishi mumkin?

15 Masih bilan alayhilla`na orasida qanday kelishuv bo`la oladi? Yoki imonli bilan imonsiz orasida qanday sheriklik bo`lishi mumkin?

16 Xudo ma`badi bilan butlar orasida qanday muvofiqlik bor? Sizlar esa barhayot Xudoning ma`badisizlar. Xudo Tavrotda aytganidek: ìMen ular ichra maskan qilib, O`rtalarida yurgayman. Ularning Xudosi bo`lurman, Ular esa Mening xalqim bo`lurî.

17 Binobarin, Xudovand yana shunday degan: ìUlarning orasidan chiqinglar, Ulardan ayrilib ketinglar, nopokka esa qo`l tegizmanglar: Shunda Men sizlarni qabul qilurman.

18 Men sizlarga Ota bo`lurman, sizlar esa Menga o`g`ilu qiz bo`lursiz, ó deydi Xudovand, Sarvari koinotî.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13