Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 8 Bob


1 Endi birodarlar, Makedoniya o`lkasidagi Masih jamoatlariga Xudo ko`rsatgan inoyat haqida sizlarga bildirib qo`ymoqchimiz.

2 Ular og`ir kulfatlarga yo`liqib, sinovdan o`tgan bo`lsalar-da, jo`shqin bir sevinch namoyon qildilar, o`ta kambag`alligiga qaramay, samimiy bir saxiylik ko`rsatdilar.

3 Ular qo`llaridan kelgancha, hatto imkonlaridan ham ortiq xayr-ehson berganlariga men shohidman.

4 Ular Xudo azizlari uchun qilinadigan yordamda ishtirok etishni bizdan ko`p o`tinib so`radilar.

5 Ular hatto umid qilganimizdan ham ziyodroq qildilar: o`zlarini oldin Rabbimizga, keyin, Xudoning irodasi bilan, bizga bag`ishladilar.

6 Titus bu xayrli ishni oldinroq boshlagani uchun, buni sizning orangizda bitirishi uchun uni rag`batlantirdik.

7 Sizlar hamma narsada mo`lsiz ó imonda, kalomda, bilimda, g`ayratu tirishqoqlikda, bizga qo`ygan mehrigizda. Shunday ekan, bu xayrli ishda ham mo`l bo`linglar.

8 Buni buyruq tariqasida emas, balki boshqalarning g`ayrati bilan muqoyasa qilib, sevgingizning haqiqiyligini sinab ko`rib gapiryapman.

9 Chunki sizlar Rabbimiz Iso Masihning inoyatini bilasizlar: U boy bo`la turib, kambag`alligim tufayli boy bo`linglar, deb sizlar uchun kambag`allashdi.

10 Bu haqda men sizlarga foydali bo`ladigan shunday maslahat beraman: sizlar o`tgan yili bu ishni boshlabgina qolmay, rosa ko`ngil qo`ygan edingizlar.

11 Endi bu ishni oxiriga yetkazinglar, chin ko`ngildan, qo`lingizdan kelganicha bitirishga harakat qilinglar.

12 Agar g`ayrat bo`lsa, kimda nima yo`qligiga qarab emas, balki nima borligiga qarab qabul qilinadi.

13 Boshqalarga yengillik bo`lib, sizlarga esa og`irlik tushmasligi kerak, ammo bari bir tenglik bo`lsin.

14 Hozirda sizlardagi baraka ulardagi yetishmovchiliklarni to`ldirsin, boshqa vaqtda ulardagi baraka sizlardagi kamchiliklarni to`ldirsin, shu yo`sin tenglik bo`lsin.

15 Tavrotda yozilganidek: ìKo`p to`plaganda ortig`i bo`lmadi, oz to`plaganda kami bo`lmadiî.

16 Sizlar uchun Titusning diliga bunday g`ayratni jo qilgan Xudoga shukr!

17 Men unga iltimos qilgan bo`lsam-da, u o`z xohishi va zo`r g`ayrat bilan sizning oldingizga bormoqchi bo`ldi.

18 U bilan birga butun Masih jamoatlarida Injil voizi deb maqtalgan bir birodarni ham yuboryapmiz.

19 Jamoatlar ayniqsa bu xayrli ishda yordam qilsin, deb uni yo`ldoshimiz qilib sayladilar. Biz bu ishni Rabbimizni ulug`lash uchun olib boryapmiz, shu bilan o`z ishtiyoqmandligimizni ko`rsatishga ham fursat topyapmiz.

20 Bizga ishonib topshirilgan bu mo`l ehsonni yig`ishda birov bizga ta`na qilmasin deb ehtiyot bo`lmoqdamiz.

21 Biz Rabbimiz oldidagina emas, balki insonlar oldida ham halol bo`lishga harakat qilamiz.

22 Demak, bir necha marta turli sharoitda sinalgan va g`ayrati borligini ko`rsatgan, endi esa sizlarga ishonchi komil bo`lib yanada g`ayratli bo`lgan bu birodarimizni boyagi ikki kishi bilan birga yuboryapmiz.

23 Titusga kelganda, u mening o`rtog`im va orangizda yumush bajaradigan hamkorimdir. Boshqa birodarlarimiz bo`lsa, Masih jamoatlarining elchilari va Masihning shon-shuhratidirlar.

24 Shunday qilib, jamoatlar oldida bularga muhabbatingizni namoyon qilib, sizlar tufayli topgan iftixorimizning to`g`riligini isbot etinglar.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13