Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 3 Bob


1 O`zimizni yana tavsiya etishni boshlaymizmi? Nahotki ba`zilarga kerak bo`lganday sizlar uchun yoki sizlardan tavsiyanomalar kerak bo`ldi?

2 Butun insonlar tomonidan tan olingan va o`qilayotgan, bizning qalbimizga yozilgan tavsiyanomamiz ó mana sizlarsiz.

3 Ochiq ko`rinib turibdiki, bizning xizmatimiz orqali yozilgan Masihning maktubi sizlarsiz. Bu siyoh bilan emas, balki barhayot Xudoning Ruhi bilan yozilgan hamda tosh lavhalarga emas, balki inson qalblari bo`lgan et lavhalarga yozilgan maktubdir.

4 Biz Masih tufayli Xudo huzurida shunday ishonchga sazovormiz.

5 Lekin bunga go`yo o`z-o`zimizdan, o`z qobiliyatimiz bilan muvaffaq bo`lmaganmiz. Bizning qobiliyatimiz faqat Xudodandir.

6 U bizga Yangi Ahdning xizmatkorlari bo`lishday qobiliyatni berdi. Bu xizmat esa Qonun harfi asosida emas, Ilohiy Ruh asosida sodir bo`lmoqda. Harf o`ldiradi, Ruh esa hayot bag`ishlaydi.

7 Tavrot davrida Xudoga xizmat qiluvchilar toshga harfma-harf chizilgan va gunohkorga mutlaqo o`lim keltiradigan Qonun bo`yicha xizmat qilishlari kerak edi. Bu xizmatning ko`rsatmasi shunday ulug`vorlik bilan keldiki, hatto Musoning nur yog`ilib turgan yuziga Isroil o`g`illari qaray olmas edilar (vaholanki, Muso yuzining ulug`vorligi o`tkinchi edi).

8 Shunday ekan, Ilohiy Ruh bo`yicha Xudoga xizmat qilish yo`li yanada ulug`vorroq bo`lmaydimi?

9 Ilgari gunohkorni mahkum qilgan xizmatning ulug`vorligi bor edi. Endi esa gunohkorning oqlanishiga sabab bo`ladigan xizmat bundan chandon ulug` emasmi?

10 Hammadan ulug` bo`lgan narsa o`rtaga chiqqandan so`ng, ilgari ulug` deb bilingan narsaning ulug`ligi endi hechga chiqadi.

11 Agar vaqtincha joriy bo`ladigan tuzum ulug`vorlik bilan kelgan bo`lsa, unda boqiy qoluvchi tuzum naqadar ulug`vorroqdir.

12 Biz bunday umidga molik bo`lib, katta jasorat bilan harakat qilyapmiz.

13 Muso payg`ambar yuzimning o`tkinchi porloqligi tugaganini Isroil o`g`illari o`rmasin deb, yuziga parda yopgan edi. Biz unga o`xshamaymiz.

14 Ularning zehnlari o`tmaslashib ketdi. Chunki bugunga qadar Qadimgi Ahdni o`qish vaqtida, o`sha parda turibdi. Parda ko`tarilmagan, u yolg`iz Masih orqali bartaraf bo`ladi.

15 To bugunga qadar Musoning kitobini o`qish vaqtida ularning yuraklarini parda yopib turibdi.

16 Faqat Rabbimiz Isoga iltijo qilganda bu parda olib tashlanadi.

17 Rabbimiz ó Ruhdir. Rabbimizning Ruhi qayerda bo`lsa, o`sha yerda erkinlik bor.

18 Biz hammamiz ochiq yuzimiz bilan, ko`zguga qaraganday, Rabbimizning ulug`vorligiga qarab turibmiz. Ulug`vorlikdan ulug`vorlikka o`tkanimiz sari, Rabbimizning suratiga tomon o`zgarmoqdamiz: bu esa Rabbimizning Ruhi orqali sodir bo`lmoqda.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13