Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 10 Bob


1 Men, Pavlus ó shaxsan oramizda bo`lganida kamtar, bizdan uzoq bo`lganida esa jasur, deb yurishgan men, Pavlus ó Masihning muloyimligi va muruvvati bilan sizlarga murojaat qilaman.

2 Sizdan o`tinib so`rayman, oldingizga kelganimda, meni jasurona va balandparvoz gapirishga majbur qilmanglar! Shuni aytay, bizni o`z bashariy qobiliyati bilangina ish qilyapti, deb o`ylayotganlarning ba`zilariga men shunday jasoratni bemalol ko`rsatarman.

3 Bizning hayotimiz bandalik bo`lsa ham, bashariy kuch bilan jang qilmayapmiz.

4 Bizning jangdagi qurol-aslahamiz bashariy emas, balki qal`alarni yakson qilish qudratiga ega bo`lgan ruhiy aslahalardir. Biz Xudoning qudrati bilan safsatalarni barham beramiz,

5 Xudo bilimiga qarshi bosh ko`targan har qanday baland iddaoni quritib yuboramiz. Har qanday fikrni Masihga bo`ysundirib asir qilamiz.

6 O`zlaringiz ham to`la bo`ysungandan keyin, biz har xil itoatsizlikni jazolashga tayyormiz.

7 Tashqi qiyofaga qarayapsizlarmi? Agar kim Masihning ummatiman, deb o`ziga ishonsa, o`z-o`zidan qiyos qilsin: u qanday Masihning ummati bo`lsa, bizlar ham xuddi shunday Masihning ummatimiz.

8 Rabbimiz bizga bergan iqtidor haqida andak ko`proq maqtansam ham, xijolat bo`lmayman. Chunki bu iqtidor sizni xarob qilish uchun emas, barpo qilish uchun berilgan.

9 Maktublarim bilan sizlarni go`yo qo`rqitayotgan bo`lib ko`rinmayin.

10 Ba`zilar: ìU maktublarida talabchan va kuchli, lekin shaxsan zaif va so`zi o`tmasî, ó deyaptilar.

11 Bunday deyuvchilar shuni bilsinki, biz uzoqda, maktublarimizda qanday bo`lsak, shaxsan, huzuringizda ham shundaymiz.

12 Biz o`zlarini namoyish qilayotganlarning ba`zilari bilan o`zimizni barobar tutishga yoki qiyos qilishga jur`at etmaymiz. Ular aqlsizlarcha o`zlarini o`zlari bilan o`lchab, o`zlariga o`zlari me`yordirlar.

13 Lekin biz esa cheksiz-chegarasiz maqtanavermaymiz. Biz faqat Xudo taqdir etgan chegara ichida maqtanamiz. Bu chegara esa sizlargacha yetib borgan.

14 Biz go`yo sizlarning oldingizga bormaganday, haddimizdan oshmayapmiz, chunki Masihning Xushxabarini sizning oldingizgacha yetkazganmiz.

15 Biz haddan tashqari boshqalarning mehnati bilan ham maqtanmayapmiz. Lekin imoningiz komil bo`la borgan sari, biz o`z chegaramizdan oshmay, orangizdagi nufuzimizni yana orttiramiz, deb umid qilamiz.

16 Shunday qilib, begona yerlardagi tayyor ishlar bilan maqtanmay, sizlardan uzoqroq joylarda ham Xushxabarni targ`ib qilaylik.

17 Maqtanaman degan Rabbimiz bilan maqtansin.

18 O`zi-o`zini maqtagan emas, balki Rabbimiz maqtagan kishi maqbuldir.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13