Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 9 Bob


1 Azizlar uchun qilinadigan yordam haqida sizlarga yozish men uchun ortiqchadir.

2 Chunki bilamanki, yordam berishga tayyorsizlar, shuning uchun ham: ìAxaya aholisi o`tgan yildan beri tayyorî, ó deb Makedoniya bo`ylab sizlar bilan maqtanib yuribman. Sizlarning g`ayratingiz tufayli ko`plar harakatga keldi.

3 Endi siz haqingizda maqtanish behuda bo`lib chiqmasin va xuddi aytganimday, tayyor bo`linglar deb, birodarlarni yuboryapman.

4 Yana makedoniyaliklar men bilan birga borib, sizlarni tayyor bo`lmagan holda topsalar, biz uyatga qolmaylik ó aynan sizlar deb aytmayapman: chunki biz shunday ishonib sizlar bilan maqtanib qo`yganmiz, axir.

5 Shuning uchun va`da etilgan ionalarni oldindan tayyorlasinlar deb, men birodarlarni o`zimdan avval oldingizga yuborib, iltimos qilishni lozim ko`rdim. Ionangiz nohaq soliqday emas, rozilik bilan tayyor bo`lsin.

6 Shuni unutmangki, qizg`anib ekkan qizg`anib o`rib oladi: mo`l ekkan esa mo`l o`rib oladi.

7 Har kim norozi bo`lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko`nglida niyat etganini bersin. Chunki Xudo rozi bo`lib beruvchini sevadi.

8 Sizlar hamma vaqt hamma narsaga to`la qanoat hasil qilib, turli xayrli ishlarga boy bo`lishingiz uchun, Xudo sizlarni har xil noz-ne`matlardan boy qilishga qodir.

9 Zaburda yozilganidek: ìSolih qo`lini ochib kambag`alga sadaqa berar, uning solihligi esa abadiy turarî.

10 Dehqonga urug` va yeyuvchiga non beradigan Xudo sizlarning ekkaningizni ham mo`l qiladi, bu himmatingizni unumli qiladi.

11 Sizlar yanada saxiy bo`lib, har jihatdan boyib ketasizlar, natijada biz tufayli Xudoga hamdu sanolar oshib ketadi.

12 Bu muqaddas burchning ijro bo`lishi bilan na faqat Xudo azizlarining kamchiliklari to`ldiriladi, balki ko`pchilik odamlar ham Xudoga ko`pdan-ko`p tashakkur aytishga sabab topadi.

13 Chunki bu xayr-ehsoningiz sizning Xudoga bo`ysunganingizdan, shuningdek, Masih Xushxabariga bo`lgan ixlosingiz va samimiy saxovatingizdan dalolatdir: odamlar buni ko`rib Xudoni ulug`laydilar.

14 Sizlar uchun ibodat qilar ekanlar, Xudo sizga ortig`i bilan inoyat berganidan quvonishib, sizlarga ko`ngil qo`yadilar.

15 Uning ifodalashga til ojiz hadyasi uchun Xudoga shukr!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13