Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 12 Bob


1 Mening maqtanishim hech ham munosib emas, chunki endi Rabbim menga ko`rsatgan ro``yolarga va vahiylarga kelaman.

2 Masihga qarashli bir odamni bilaman. O`n to`rt yil oldin ó badanda edimi, badandan tashqarida edimi, bilmayman, Xudo biladi ó u odam yerdan uchinchi osmonga qadar ko`tarildi.

3 Ha, bu odam haqida shuni bilamanki, ó yana badanda edimi, badandan tashqarida edimi, bilmayman, Xudo biladi.

4 ó u jannatga ko`tarildi va insonga gapirish mumkin bo`lmagan, tilga olib bo`lmas so`zlar eshitdi.

5 Bunday bir odam bilan maqtansam bo`ladi. Lekin o`zim haqimda bo`lsa, zaifliklarimdan boshqa hech narsa bilan maqtana olmayman.

6 Shu bilan birga, agar maqtanaman desam, aqlsiz bo`lmayman, chunki haqiqatni gapirgan bo`laman. Faqat biror kishi men haqimda o`zimda ko`rgan yoki eshitgandan ortiq fikr qilmasin, deb o`zimni tutib turibman.

7 Menga kelgan odatdan tashqari ajoyib vahiylardan o`zimni hammadan yuqori tutmasligim va kibrlanib ketmasligim uchun, mening badanimga bir nish, meni niqtalayveradigan bir shayton elchisi berildi.

8 Buni mendan yiroqlashtirgin deb, uch marta Rabbimga yolvordim.

9 Ammo Rabbim menga shunday dedi: ìSenga bergan inoyatim yetar, Mening qudratim zaiflikda tugal bo`ladiî. Shuning uchun, Masihning qudrati menda amal qilsin deb, yanada ko`proq, bajonidil o`z zaifliklarim bilan maqtanaman.

10 Shu sababdan Masih uchun zaifliklarga, ozorlarga, muhtojliklarga, ta`qib va siquvlarga yo`liqqanimda, qanoat qilaman. Chunki zaif bo`lsam, qudratim oshar ekan.

11 Men maqtanib, aqlsiz kabi bo`ldim. Ammo meni bunga sizlar majbur etdingizlar-ku. Sizlar meni madh qilishingiz lozim edi. Bordiyu men hech kim bo`lmasam ham, o`sha ìoliy havoriylarîdan hech kam emasman.

12 Havoriyligim mohiyati sizlarning oranigizda tugal sabr-qanoat bilan, ajoyib va qudratli mo``jizalar orqali isbotlab berilgan-ku!

13 O`zga Masih jamoatlaridan sizlarning nimangiz qolishar ekan? Bordiyu, birgina sizlarga mening og`irligim tushmaganini aytsam. Aybim uchun meni kechiringlar!

14 Mana, uchinchi daf`a oldingizga borishga tayyormanu, sizlarga hech og`irligimni tushirmayman. Chunki qo`lingizdagini emas, o`zlaringizni istayman. Zotan farzandlar ota-onalariga emas, balki ota-onalar farzandlariga mol-mulk jamg`arishlari lozim.

15 Men esa ko`p mamnuniyat bilan mol-mulkimnigina emas, o`z jonimni ham sizlarning jonlaringiz uchun sarflayman. Men sizlarni haddan tashqari sevar ekanman, sizlar meni kamroq sevishingiz to`g`ri bo`ladimi?

16 Masalan, aytaylik, men sizlarga og`irligimni tushirmagan bo`lsam-da, lekin aldab, hiyla bilan sizlardan olgan ekanman.

17 Biroq yuborgan odamlarim orqali sizlardan biror manfaat ko`rdimmikan?

18 Titusdan iltimos qilib, boshqa birodarimizni ham u bilan birga oldingizga yuborganimda, Titus sizlardan foydalandimikan? Bizlar bir ruhda faoliyat ko`rsatmagan edikmi? Bir yo`lda yurmagan edikmi?

19 Biz sizlarning oldingizda o`zimizni oqlamoqchimiz, deb fikr qilmayapsizlarmi hali? Yo`q, Masih haqi Xudoning huzurida gapiryapmiz: ey sevganlarim, biz faqat ibrat olishingiz uchun bunday harakat qilyapmiz.

20 Men yoningizga kelganimda, mabodo sizlarni yoqimsiz ahvolda toparman, sizlar esa meni yoqimsiz ahvolda toparsiz, deb qo`rqaman. Mabodo kelsamu, janjal, hasadgo`ylik, g`azabnoklik, talash-tortish, bo`hton, g`iybat, manmanlik, tartibsizlik ko`ramanmi, degan xavotirdaman.

21 Bordiyu yana yoningizga kelganimda, ko`pchilik burun qilgan gunohlari ó harom-xarishlik, fahshbozlik, shaloqlikdan tavba qilmagan bo`lsa, Xudoyim meni oldingizda yerga urmasin, sizlar uchun motam tutib yig`lamayin.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13