Korinfliklarga ikkinchi maktub 11 Bob
1 Koshki mening chandon befarosatlik qilishimga biroz bo`lsa ham sabr qilsangizlar edi! Zotan sizlar menga sabr qilyapsizlar ham.
2 Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizg`anyapman, chunki sizlarni bir pok bokira qizni yagona yerga nikohlaganday, Masihga taqdim etdim.
3 Mabodo Momo Havoni ilon o`zining hiylagarligi bilan aldaganiga o`xshab, sizlarning o`y-fikringiz ham buzilib, Masihga xos soddalikdan ayrilib qolmasangizlar, degan xavotirdaman.
4 Agar birov kelib, biz va`z qilgandan boshqa bir Isoni va`z qilsa, yo sizlar olgan Ruhdan boshqa bir ruhni olsangiz, yoki qabul qilgan Injildan boshqa bir xushxabarni eshitsangiz, naqadar xush qarshilaysizlar!
5 Men ham o`sha ìoliy havoriylarîdan hech bir narsada qolishmayman, deb o`ylayman.
6 Men nutqda mohir bo`lmasam ham, lekin bilimda mohirman. Bu xususda biz sizlarga tamoman ochiq va ayonmiz.
7 Men sizlarni yuksaltirish uchun o`zimni pasaytirib, Isoning Xushxabarini sizlarga tekinga targ`ib qilib, gunoh qildimmikan?
8 Men sizlarga xizmat qilish uchun boshqa Masih jamoatlariga chiqim keltirib, ulardan mablag` olar edim. Orangizda bo`lib, muhtojlikda qolganimda ham birovga ortiqcha yuk bo`lmadim.
9 Chunki Makedoniyadan kelgan birodarlar yetishmovchiliklarimni to`ldirdilar. Men hech narsada sizlarga og`ir bo`lmaslikka tirishgan edim va tirishaman ham.
10 O`zimdagi Masihning haqiqati haqi deyapman: Axaya mamlakati bo`ylab hech kim bu iftixorimdan meni mahrum qila olmaydi.
11 Nima uchun shunday munosabatda bo`lyapman? Sizlarni sevmaganimdanmikan? Xudo biladi, unday emas!
12 Biz bilan teng bo`lishga intilayotgan maqtanchoqlarga yo`l bermaslik uchun, men nima qilayotgan bo`lsam, kelajakda ham qilaveraman.
13 Bu kabi odamlar ó soxta havoriylar, hiylakor xizmatkorlardir, ular faqat Masihning havoriylari qiyofasini oladilar.
14 Buning hayron qoladigan joyi yo`q. Chunki shaytonning o`zi ham nurli farishtaning qiyofasini oladi.
15 Demak, shaytonning xizmatkorlari ahli saloh qiyofasini olsalar, ajablanmaslik kerak. Ularning oqibati qilmishlariga yarasha bo`ladi.
16 Yana aytaman: biror kishi meni aqlsiz deb o`ylamasin. Bordiyu shunday o`ylasangiz, hech bo`lmasa aqlsiz kabi qabul qilinglar-chi, toki men ham biroz maqtanay!
17 Bunday balandparvozlik qilib, men Rabbim gapirganday emas, balki aqlini yo`qotgan maqtanchoqday gapirgan bo`laman.
18 Modomiki, ko`pchilik o`zlarining insoniy fazilatlari bilan maqtanayotgan ekan, mayli men ham maqtanaveraman.
19 Siz, aqllilar, aqlsizlarga jon deb toqat qilasizlar.
20 Chindan ham agar biror kishi sizni asoratga solsa, haqingizni esa, talon-taroj qilsa, o`zini katta tutsa, yuzingizga tarsaki ursa, sizlar bunga chidaysizlar.
21 Xijolatlik bilan aytamanki, bizda bunday ishlarga darmon yetmas edi! Shunday qilib, agar biror kishi biron narsada maqtanmoqqa jur`at qilsa ó o`zimni aqlsizlikka solib aytyapman ó unda men ham jur`at etaman.
22 Ular yahudiymi? ó Men ham yahudiyman. Ular isroillikmi? ó Men ham isroillikman. Ular Ibrohim naslimi? ó Men ham Ibrohim nasliman.
23 Ular Masihning xizmatkorlarimi? ó Men befarosatlik qilib aytyapmanki, ularning hammasidan ustunman! Zahmat desangiz, men ulardan ko`proq zahmat chekdim. Zindon desangiz, ulardan ko`proq zindonda yotdim. Zarba desangiz, men haddan tashqari zarba edim, hatto ko`p marta o`limga yaqin yurdim.
24 Yahudiylar tomonidan besh daf`a bir kam qirqtadan qamchi edim.
25 Uch daf`a tayoq bilan savaladilar, bir daf`a toshbo`ron qildilar, uch daf`a kemada halokatga uchradim, bir kechayu kunduzni dengiz bag`rida o`tkazdim.
26 Ko`p daf`a sayohatlarga chiqdim. Daryolarda tahlikada qoldim, qaroqchilardan tahlikada qoldim, o`z qondoshlarimdan ham, majusiylardan ham tahlikaga tushdim. Shaharda tahlika, yovonda tahlika, dengizda tahlika, soxta birodarlar orasida tahlika!
27 Mehnat va mashaqqat ostida, ko`p daf`a uyqusizqikda, ochlik va tashnalikda, ko`p ro`za tutish azoblarida qoldim, sovuq havoda yalang`och yurdim.
28 Tashqi hodisalardan boshqa har kuni odamlar yig`ilib keladi, butun Masih jamoatlari haqida ham g`amxo`rlik qilaman.
29 Qaysi darmonsizlar bilan men toliqmagan edim?! Qaysi vasvasaga tushganlar uchun yuragim yonmagan edi?
30 Agar maqtanish menga lozim bo`lsa, o`z zaifligim bilan maqtanaman.
31 Abadiy hamd-sanoga munosib Xudo, Rabbimiz Iso Masihning Otasi biladiki, men yolg`on gapirmayaman.
32 Mana, Damashqda podsho Aretasning viloyat hokimi meni tutish uchun Damashq shahrini nazorat ostiga olgan edi.
33 Ammo meni savat ichida devordagi derazadan tushirishdi va men uning qo`lidan qochib qutuldim.