Menyu

Korinfliklarga ikkinchi maktub 4 Bob


1 Biz Xudoning marhamati bilan bunday xizmatga musharraf bo`lib, umidsizlanmaymiz.

2 Lekin sirli va uyat ishlarni rad etib, hiyla bilan harakat qilmaymiz, Xudoning kalOmini buzmaymiz. Haqiqatni ochiq-oydin qilib, Xudo huzurida o`zimizni har bir insonning vijdoniga taqdim etamiz.

3 Bordiyu Xushxabarimiz yopiq bo`lsa, u halok bo`ladiganlar uchun yopiqdir.

4 Xudoning tasviri bo`lgan Masihning ulug`vor Xushxabarining nurini odamlar ko`rmasin deb, bu dunyoning tangrisi imonsizlarning zehnlarini ko`r qilgan.

5 Biz esa o`zimizni emas, balki Rabbimiz Iso Masihni targ`ib qilmoqlamiz: biz ó Iso yo`lida sizlarning qullaringizmiz xolos.

6 Xudo ibtidoda: ìQorong`ulikdan nur porlasinî, ó deb qanday buyurgan bo`lsa, endi O`zining nuri bilan bizning yuraklarimizni ham shunday yoritdi, Iso Masih siymosida porlab turgan O`zining ulug`vorligini bizga ko`rsatdi.

7 Bu ulug`vor xazinani esa biz sopol idishlarda olib yuribmiz, toki bu oliy qudrat bizga emas, Xudoga mansub ekanligi ko`rinib tursin.

8 Biz har tomonlama jabrlanamiz, lekin ezilmaymiz. Mushkul ahvolda qoldik, ammo umidimizni yo`qotmaymiz.

9 Quvg`inga uchraymiz, lekin ilojsiz emasmiz. Yerga qulaymiz, ammo yakson bo`lmaymiz.

10 Isoning hayoti badanimizda namoyon bo`lib tursin deb, Uning o`limini doim badanimizda olib yuribmiz.

11 Bizning foniy badanimizda Isoning hayoti namoyon bo`lsin deb, biz, tiriklar Iso uchun hamisha o`limga topshirilmoqdamiz.

12 Shunday qilib, o`lim bizda, hayot esa sizda amal qilmoqda.

13 Zaburda: ìIshonganim uchun gapirdimî, ó deb yozilgan. Biz xuddi shu imonning ruhiga egamiz va ishonganimiz uchun gapiramiz.

14 Bilamizki, Rabbimiz Isoni tiriltirgan Xudo bizni ham Iso bilan birga tiriltiradi va sizlar bilan birga O`z huzurida turg`izib qo`yadi.

15 Bularning hammasi sizlar uchun sodir bo`lmoqda, toki Xudoning inoyati yana ko`pdan-ko`p odamlarga o`tsin, shu tariqa Xudoning hamdu sanosi yanada oshib, tillardan tushmaydigan bo`lsin.

16 Shuning uchun ham umidsizlanmaymiz. Garchi zohiriy vujudimiz har qancha xazon bo`layotgan bo`lsa-da, botiniy vujudimiz kundan-kunga yangilanyapti.

17 Bu o`tkinchi va arzimas qayg`ularimiz biz uchun haddan tashqari ajib, katta va abadiy ulug`vorlik hosil qiladi.

18 Chunki biz ko`zga ko`rinadigan narsalarga emas, ko`zga ko`rinmaydigan narsalarga qaraymiz. Ko`rinadiganlari muvaqqat, ko`rinmaydiganlari esa abadiydir.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13