Menyu

Mark xushxabari 1 Bob


1 Injil, ya`ni Xudoning O`g`li ó Iso Masih haqidagi Xushxabar shu bilan boshlanadi.

2 Isha`yo payg`ambarning kitobida yozilganki: ìMen Sendan avval elchimni yuborarman, U Sening oldingda yo`l hozirlab yurar.

3 Cho`l-biyobonda nido yangramoqda: Xudovand yo`lini tayyorlangiz, ravon oylangiz so`qmoqlarin! ó deyaî.

4 Bu oyat xuddi Yahyo payg`ambarga to`g`ri keladi. U cho`lda paydo bo`lib, xalqni imonga chaqira boshladi. ìGunohlaringiz kechirilishi uchun tavba-tazarru qilinglar va suvga cho`mib imon keltiringlarî, ó deb e`lon qilardi.

5 Shunda butun Yahudiya yurti bo`ylab yashovchilar va barcha quddusliklar Yahyoning oldiga chiqar, gunohlariga iqror bo`lar va Yahyoning buyrug`i bilan daryoga cho`mib imon keltirar edilar.

6 Yahyo tuya junidan kiyim kiyib, beliga teridan kamar bog`lab, chigirtkayu yovvoyi asal bilan ovqatlanardi.

7 U xalqqa shunday deb e`lon qilardi: ìOrqamdan mendan ham Qudratlisi kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman.

8 Men sizllarni suvgagina cho`mdirib yuribman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga cho`mdiradiî.

9 O`sha kunlari Iso Jalilaning Nosira shahridan keldi, Yahyo Uni O`rdun daryosiga cho`mdirdi.

10 Iso suvdan chiqishi bilanoq osmon ochilib, Muqaddas Ruh kaptarday uchib Isoning boshiga qo`ngani ko`rildi.

11 Osmondan esa: ìSen Mening sevikli O`g`limsan, Sendan mamnunmanî, ó degan sado eshitildi.

12 Muqaddas Ruh Isoni darhol cho`lga haydab ketdi.

13 Iso cho`lda qirq kun bo`lib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. U hayvonlar bilan birga yashar, farishtalar esa Unga xizmat qilishardi.

14 Yahyo qamab qo`yilgandan so`ng, Iso Jalilaga qaytdi. U Xudoning Shohligi haqida Xushxabar tarqatdi.

15 ìVaqt-soati keldi, Xudoning Shohligi yaqinlashib qoldi. Tavba qilinglar, Injilga imon keltiringlar!î ó deb e`lon qilib yurdi.

16 Iso Jalila ko`li bo`yidan o`tayotib, ko`lga to`r tashlab o`tirgan Simun va uning ukasi Idrisni ko`rib qoldi. Ular baliqchi edilar.

17 Iso ularga: Mening ketimdan yuringlar, Men sizlarni inson ovchilari qilaman, ó dedi.

18 Ular esa darhol to`rlarini tashlab, Isoning ortidan yurishdi.

19 Iso u yerdan bir oz nari yurgach, Zabadiy o`g`illari Yoqub va uning ukasi Yuhannoni ko`rib qoldi. Ular qayiqda to`rlarini yamab o`tirishgan edi.

20 Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular esa otalari Zabadiyni ishchilar bilan qayiqda qoldirib, Isoning orqasidan yurishdi.

21 Ular Kafarnahum shahriga kirib kelishdi. Juma kuni kech kirgach, Iso yahudiy ibodatxonasiga borib, ta`lim bera boshladi.

22 Xaloyiq Isoning ta`limotiga hayron qoldi. Chunki U odamlarga ulamolar kabi emas, balki qudratli kuch egasiday ta`sirchan ta`lim berar edi.

23 O`sha ibodatxonada yomon ruhga chalingan bir odam bor edi. U to`satdan qichqirib yubordi:

24 Ey nosiralik Iso! Bizda nima ishing bor? Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Azizisan!

25 Biroq Iso yomon ruhga do`q urib: Jim bo`l va undan chiqib ket! ó dedi.

26 Yomon ruh u odamni larzaga soldi-da, ovozi boricha baqirib,uning vujudidan chiqib ketdi.

27 Hammani vahima bosdi. O`zaro fikr yuritib: Bu nima gap? Bu qanaqa yangi ta`limot ekan? U yomon ruhlarga ham qudrat bilan buyuradi, ruhlar esa Unga bo`ysunadi! ó deyishdi.

28 Shunday qilib, Iso haqidagi shov-shuv tezda butun Jalila yurtiga yoyilib, yon-atrofga ovoza bo`ldi.

29 Ibodatxonadan chiqqan hamon Iso O`zi bilan Yoqub va Yuhannoni olib, Simun va Idrisning uyiga borishdi.

30 Simunning qaynonasi isitmalab yotgan edi. U haqda Isoga aytib qolishdi.

31 Iso ayolning yoniga borib, qo`lidan ushlab ko`tardi. Shu zahati isitma tushdi va ayol xizmatga tutindi.

32 Quyosh botib, kech kirgan paytda, barcha kasallar va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kela boshlashdi.

33 Butun shahar aholisi eshik oldiga yig`ilib qoldi.

34 Iso talay dardu illatlardan qiynalganlarni sog`aytirdi. Ko`p jinlarni quvib chiqardi, ularning so`zlashiga esa imkon bermasdi. Chunki jinlar Isoning Masihligini bilar edilar.

35 Ertalab Iso juda barvaqt turdi va shahardan tashqariga,xilvat joyga borib, ibodat qildi.

36 Simun va uning jo`ralari Isoning orqasidan borishdi.

37 Isoni topib: Hamma Seni izlayapti-ku! ó deyishdi.

38 Iso ularga: bu yerlarda ham voizlik qilayin, chunki Men ana shu maqsad uchun kelganman, ó dedi.

39 Shunday qilib, Iso butun Jalila yurtini kezib chiqib, mahalliy ibodatxonalarda voizlik qilar va jiklarni quvib chiqarar edi.

40 Bir moxov Isoga yaqinlashib, Uning oldida tiz cho`kkancha yalindi: Agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan.

41 Isoning unga rahmi kelib, qo`dini uzatdi va unga tegizib: Istayman, pok bo`l! ó deb qo`ydi.

42 Buni aytar-aytmas, odamning moxovligi arib, pokpokiza bo`lib ketdi.

43 Iso esa unga jiddiy tanbeh berib:

44 Menga qara! Hech kimga hech narsa aytma, lekin borib ruhoniyga ko`rin va sog`ayganingni tasdiqlat, bunlan dalolat bo`lishi uchun Muso payg`ambar buyurgan qurbonliklarni keltirib ber, ó dedi-da, uni darhol jo`natib yubordi.

45 U kishi chiqiboq, ro`y bergan hodisa haqida hamma yoqqa e`lon qila boshladi. Natijada Iso endi biror shaharga ochiq kirolmaydigan bo`lib qoldi. U shahardan tashqarida, xilvat joylardagina bo`lardi. Shunga qaramay, haloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16