Mark xushxabari 4 Bob
1 Iso yana ko`l bo`yida ta`lim berishni boshladi. Oldiga bir talay odam yig`ilib qolgach, Iso ko`ldagi qayiqqa tushib o`tirdi. Butun xaloyiq esa ko`l qirg`og`ida, quruqlikda qoldi.
2 Iso masal orqali xalqqa ko`p nasihatlar qildi. O`z ta`limotida shunday dedi:
3 ìQuloq solinglar! Urug` sepuvchi urug` sepgani chiqibdi.
4 Urug` sepayotganda ba`zi urug`lar yo`l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug`larni cho`qib ketibdi.
5 Ba`zi donlar tuprog`i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq chuqur bo`lmaganidan, urug`lar tez ko`karib chiqibdi.
6 Biroq quyosh chiqqach, so`lib, ildizi bo`lmagani uchun qurib ketibdi.
7 Boshqa urug`lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o`sib, urug`larni bo`g`ib qo`yibdi va ular hosil bermabdi.
8 Yana boshqa urug`lar esa yaxshi yerga tushibdi va unib-o`sib, o`ttiz, oltmish va hatto yuz barobar ko`p hosil beribdiî.
9 Keyin Iso ularga: ìKimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!î ó dedi.
10 Xalq ketib, Iso yolg`iz qolgach, U bilan yuruvchilar va o`n ikki shogirdi boyagi masal haqida alohida so`radilar.
11 Iso ularga dedi: ìXudo Shohligining siri sizlarga nasib etgan. Tashqaridagilarga esa hamma narsa masallar bilan uqtiriladi.
12 Shunday qilib, ularga qaratilgan bu oyat bajo kelmoqda: ìUlar qarab turib, ko`rmaslar, Eshitib turib, anglamaslar. Aks holda tavba-tazarru qilur Va gunohlaridan forig` bo`lur edilarî.
13 ìBu masalni tushunmayapsizlarmi? ó dedi ularga Iso. ó Unday bo`lsa, barcha masallarni ham qanday qilib tushunasizlar?
14 Mana, urug` sepuvchining sepgani ó Xudoning Kalomidir.
15 Yo`l yoqasiga tushgan urug` shunday odamlarni bildiradi: ularning yuragiga ilohiy kalom sepiladi. Biroq ular eshitgan hamon shayton kelib, qalblariga sepilgan kalomni o`g`irlab ketadi.
16 Toshloqqa tushgan urug` esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitar-eshitmas, sevinch bilan qabul qilaveradilar.
17 Lekin ular ildizi yo`q beqaror odamlardir. So`ngra kalom tufayli qayg`u yoki quvg`inga duchor bo`lishsa, tezda vasvasaga tushib qoladilar.
18 Yana boshqalar tikanzorga tushgan uruqqa o`xshaydilar. Ular Xudoning kalOmini eshitadi-yu,
19 lekin bu dunyoning tashvishlari, boylikka o`chlik va bashqa havaslar ularning yuraklariga suqilib kirib, kalomni bo`g`ib qo`yadi, kalom esa samarasiz qoladi.
20 Yaxshi tuproqqa tushgan urug` bo`lsa, kalomni eshitib, qalbiga jo qilgan odamlarni bildiradi. Ular goh o`ttiz, goh oltmish, goh yuz barobar ko`p samara beradilarî.
21 Iso ularga yana dedi: ìShamni olib kelib, idishning yoki chorpoyaning tagiga qo`yadimi? Aksincha, shamdonga qo`ymaydimi?
22 Xuddi shu singari, oshkora bo`lmaydigan hech qanday sir yo`q, sirtga chiqmaydigan hech yashirin narsa yo`q.
23 Kimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!î
24 Keyin ularga yana dedi: ìEshitayotganlaringizni qulog`ingizga quyib oling! Siz qanday o`lchov bilan o`lchasangiz, xuddi shunday o`lchov bilan sizga ham o`lchab beriladi. Siz, tinglayotganlarga esa qo`shib ham beriladi.
25 Kimda bor bo`lsa, unga yana beriladi. Kimda yo`q bo`lsa, bor bo`lgani ham tortib olinadiî.
26 Iso yana dedi: ìXudoning Shoxligi yerga urug` sepgan odamga o`xshaydi.
27 Kechasi bo`ldimi, uxlaydi, kunduzi bo`ldimi, turadi. Urug`ning qanday unib-o`sayotgaidan u bexabar.
28 Yer o`z-o`zidan avval ko`katni, so`ngra boshoqni, undan keyin boshoqdagi to`liq donni undiradi.
29 Hosil pishgach, yig`im-terim vaqti keldi, deb darhol o`roq soladiî.
30 Iso yana dedi: ìXudo Shoxligini nimaga o`xshataylik? Uni qanday masal bilan ifodalasak bo`ladi?
31 Mana, Xudoning Shoxligi bir xantal doniga o`xshaydi: u yerga sepilganda, yer yuzidagi barcha urulg`lardan kichik bo`ladi.
32 Lekin sepilgandan keyin ko`karadi va barcha ko`katlardan baland bo`lib o`sadi. U ulkan shoxlar chiqaradiki, osmondagi qushlar ham uning panohida uya quradilarî.
33 Shunday qilib, Iso xalqning eshitish imkoniga qarab,bu singari ko`pgina masallar orqali Xudo kalOmini o`rgatar edi.
34 Masalsiz ularga gapirmas edi. Shogirdlari bilan tanho qolganda esa, ularga hammasini ochiq tushuntirar edi.
35 O`sha kuni kechqurun Iso shogirdlariga: Narigi qirg`oqqa suzib o`taylik, ó dedi.
36 Ular xaloyiqni jo`natib, Isoni o`tirgan qayig`ida olib ketishdi. Isoning ketidan boshqa qayiqlar ham suzib keldi.
37 Shu orada ko`lda kuchli bo`ron ko`tarildi. To`lqinlar qayiqni tebratib yubordi, qayiq suvga to`la boshladi.
38 Iso esa qayiqning quyruq tomonida yostiqqa bosh qo`yib, uxlab yotgan edi. Shogirdlar Isoni uyg`otib: Ustoz, biz halok bo`lyapmiz! Parvo qilmaysanmi? ó deyishdi.
39 Shunda Iso turib, shamolga do`q urdi va ko`lga: Jim bo`l, bas qil! ó deb qo`ydi. Shu onda shamol tindi va chuqur sukunat bo`ldi.
40 Iso shogirdlariga: Nega bunday qo`rqoqsizlar? Qanday qilib haligacha ishonchingiz yo`q? ó dedi.
41 Ular esa juda qo`rqib, bir-biriga: Bu qanaqa kishiki, shamol ham, ko`l ham Unga bo`ysunsa? ó deyishdi.