Menyu

Mark xushxabari 9 Bob

tez o'tish:

1 Iso ularga dedi: Sizlarga chinini aytayin, bu yerda turganlardan ba`zilari borki, ular Xudo Shohlig qudrat bilan kelishini ko`rmaguncha, o`lim ko`rmaydilar.

2 Oradan olti kun o`tgach, Iso Butrus, Yoqub va Yuhannoni alohida baland bir toqqa olib chiqdi. U yerda, ularning ko`zi oldida Isoning qiyofasi o`zgarib ketdi.

3 Uning kiyimlari yarqirab, qorday oppoq tusga kirdiki, yer yuzida hech bir kir yuvuvchi bunday oqartira olmas edi.

4 To`satdan shogirdlarga Ilyos bilan Muso payg`ambarlar ko`rindi. Ular Iso bilan suhbatlashayotgan edilar.

5 Shunda Butrus Isoga: Ustoz! Bizlar uchun bu yerda bo`lish juda yoqyapti. Uchta chayla yasaylik, birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga, ó dedi.

6 Lekin u nima deyishini bilmas edi, ularni juda vahima bosgan edi.

7 Shu paytda bir bulut paydo bo`lib, ularga soya soldi. Bulut ichidan: Bu Mening sevikli O`g`limdir, Unga quloq solinglar! ó degan sado keldi.

8 Birdaniga shogirdlar atroflariga qarab, yolg`iz Isodan boshqa hech kimni yonlarida ko`rishmadi.

9 Tog`dan tushayotganlarida Iso ularga: Inson O`g`li o`lib tirilmagunicha, bu ko`rganlaringni hech kimga aytmanglar, ó deb buyurdi.

10 Ular esa bu so`zni diliga tugib olib, o`lib tirilish o`zi nima ekan, deb o`zaro fikrlashar edilar.

11 Isodan so`radilar: Nega ulamolar, qiyomatdan oldin Ilyos payg`ambar kelishi kerak, deb aytadilar?

12 Iso ularga javoban dedi: To`g`ri, avvalo Ilyos payg`ambar kelib, hamma narsani yo`lga qo`yadi. Xo`sh, qanlay qilib Inson O`g`li ko`p azob chekishi va xo`rlanishi kerak, degan oyatlar ham bor?

13 Biroq Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon keldi va u haqida yozilganidek, u bilan o`z bilganlaricha qildilar.

14 Iso qolgan shogirdlari yoniga qaytib kelgach, ularning atrofida ko`p xaloyiqni va ular bilan bahslashayotgan ulamolarni ko`rdi.

15 Xaloyiq Isoni ko`rishi bilanoq hammasi ajablanib ketishdi. Uning oldiga yugurib borib, salom berishdi.

16 Iso ulamolardan: Ular bilan nimalar to`g`risida bahslashyapsizlar? ó deb so`radi.

17 Xaloyiq orasidan kimdir javob berdi: Ustoz! Men Sening oldingga o`g`limni olib keldim, mana uni tilsiz ruh urgan.

18 Yovuz ruh uni qayerda tutib olsa, yerga yiqitib sudraydi. Uning og`zidan ko`pik chiqadi, tishlarini g`ichirlatib qotib qoladi. Sening shogirdlaringga ruhni quvib chiqaringlar dedim, lekin ular eplasholmadi.

19 Iso bunga javoban: Ey imonsiz avlod! Qachongacha sizlar bilan bo`laman? Qachongacha sizlarga chidayman Oldimga keltiringlar bolani! ó dedi.

20 Bolani Isoning oldiga keltirishdi. Yovuz ruh Isoni ko`rishi bilanoq, bolani qaltiratib tashladi. Bola yerga yiqildi-yu, og`zidan ko`pik oqizgancha ag`nab yotaverdi.

21 Iso uning otasiga qarab: U bu ahvolga tushganiga necha vaqt bo`ldi? ó deb so`radi. ó Bolaligidan shunaqa.

22 Ruh uni halok qilmoqchi bo`lib ko`p martaba olovga, suvga tashladi. Agar qo`lingdan kelsa, bizlarga rahm qil, yordam bergin, ó dedi.

23 Iso unga: Qo`limdan kelsami? To`g`risi, sen bir oz bo`lsa ham ishona olsang edi! E`tiqodli kishi hamma imkonga ega bo`ladi ó dedi.

24 Shu on bolaning otasi ko`z yoshi bilan hayqirib: E`tiqod qilaman, Rabbiy! E`tiqodsizligimdan qutqargin! ó dedi.

25 Xalq yugurishib yig`ilayotganini ko`rgan Iso yovuz ruhga do`q qilib: Ey soqov va kar ruh, Men senga buyuraman: boladan chiq va qaytib unga kirma! ó dedi.

26 Shunda ruh qattiq qichqirib yubordi-da, bolani shiddat bilan qaltiratib undan chiqib ketdi. Bola o`likday bo`lib qalganidan, ko`plar uni o`ldi deb aytishdi.

27 Lekin Iso uni qo`lidan ushlab ko`tardi, bola oyoqqa turdi.

28 Iso uyga kirdi.U yolg`iz ekan, shogirdlari Undan: Nega biz jinni quvib chiqarolmadik? ó deb so`radilar.

29 Bu toifa jinlarni ibodatdan boshqa yo`l bilan quvib bo`lmaydi.

30 Ular u yerdan jo`nab, Jalila yurti orqali yurib o`tdilar. Iso esa buni hech kim bilib qolishini istamas edi.

31 U shogirdlariga ta`lim berib, shunday dedi: Inson O`g`li odamlar qo`diga tutib beriladi. Uni o`ldirishadi, o`ldirishgandan uch kun keyin esa U qayta tiriladi.

32 Shogirdlar esa bu so`zlarni tushunmasalar-da, ammo Undan so`rashga ham botina olmadilar.

33 Iso Kafarnahum shahriga keldi. Uyda bo`lganida, shogirdlardan so`radi: Yo`lda ketayotganingizda nimalar haqida bahslashdinglar?

34 Ular indamadilar, yo`lda ular kim eng katta deb bahslashgan edilar.

35 Iso o`tirib, o`n ikki shogirdini yoniga chaqirdi: Kim birinchi bo`lishni istasa, hammaning oxirida tursin va hammaga xizmatkor bo`lsin, ó dedi.

36 So`ngra bir bolani olib, uni o`rtalarida turg`izib qo`ydi va bolani quchoqlagancha, shogirdlariga dedi:

37 Kim shunday bolalardan birini Mening nomimdan qabul qilsa, u Meni qabul qilgan bo`ladi. Kim Meni qabul qilsa, u Meni emas, balki Meni Yuborganni qabul qilgan bo`ladi.

38 Yuhanno Isoga: Ustoz! Sening nOming bilan jin quvib chiqarayotgan bir odamni ko`rib qoldik, U biz bilan yurmayapti, deb unga buni man qildik, ó dedi.

39 Iso shunday dedi: Man qilmang! Chunki Mening nomim bilan mo``jiza yaratgan hech kim darrov Men yomonlay olmaydi.

40 Kim sizga qarshi bo`lmasa, u siz tomonda.

41 Kim sizga Mening nomim uchun, Masih ummati bo`lganingiz uchun bir piyola suvgina ichirsa ham, sizlarga chindan aytamanki, u o`z mukofotidan quruq qolmas.

42 ìKim Menga ishongan shu kichiklardan birontasini yo`ldan ozdirsa, uning bo`yniga bir tegirmon tashini osib dengizga tashlanishi u uchun yaxshiroq bo`lar edi.

43 Agar qo`ling seni yo`ldan ozdirsa, uni chopib tashla. Ikki qo`ling bilan so`nmas do`zax o`tiga yo`liqqaningdan ko`ra, mayib bo`lib abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir.

44 [ Do`zaxilarning qurti ham o`lmas, o`ti ham so`nmas.]

45 Agar oyog`ing seni yo`ldan ozdirsa, uni chopib tashda. Ikki oyog`ing bilan so`nmas do`zax o`tiga tashlangandan ko`ra, cho`loq bo`lib abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir.

46 [Do`zaxilarning qurti ham o`lmas, o`ti ham so`nmas.]

47 Agar ko`zing seni yo`ldan ozdirsa, uni o`yib tashla. Ikki ko`zing bilan o`tli do`zaxga tashlangandan ko`ra, bir ko`z bilan Xudoning Shohligiga kirganing yaxshiroqdir.

48 Do`zaxilarning qurti bam o`lmas, o`ti ham so`nmas.

49 Hamma ham o`tda poklanadi, har bir qurbonlik tuzga bulanadi.

50 Tuz ó yaxshi narsa. Lekin tuz o`z sho`rligini yo`qotsa, uni yana nima bilan sho`r qilasizlar? Gapingiz tuzli bo`lsin, o`zaro tinch-totuv yashanglarî.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16