Menyu

Mark xushxabari 15 Bob


1 Tong otar-otmas, oliy ruhoniylar, oqsoqollar va ulamolar hamda Oliy Kengashning qolgan a`zolari maslahatlashib olishdi va Isoni bog`latib, Pilatga olib borib topshirishdi.

2 Pilat Isodan: Sen yahudiylarning Podshosimisan? ó deb so`radi. ó O`zing aytding, ó deb javob berdi Iso.

3 Oliy ruhoniylar Uni ko`p masalada ayblayotgan edilar.

4 Pilat yana Unga: Sen hech narsaga javob bermaysanmi ? Ko`ryapsan-ku, Senga qarshi ayblar juda ko`p! ó dedi.

5 Lekin Iso boshqa hech javob bermadi. Pilat bunga hayron qoldi.

6 Har bayramda Pilat xalqining iltimosiga binoan bir mahbusni ozod qilar edi.

7 O`shanda isyon vaqtida qotillikqilgan Barabba ismli bir kishi o`z sheriklari bilan qamoqda edi.

8 Xalq yangitdan qiychuvlashib, Pilatdan har doim qilib kelgan ishni ular uchun ado etishni so`ray boshladi.

9 Oliy ruhoinylar Isoni ko`rolmaganlaridan tutib berganliklarini bilgan Pilat:

10 Yahudiylarining Podshosini oldingizga chiqarib yuborishimni istaysizlarmi? ó deb so`radi.

11 Oliy ruhoniylar esa buning o`rniga yaxshisi Barabbani ozod qilishini talab qilinglar, deb xalqni qo`zg`ab qo`ydi.

12 Pilat yana ularga xitob qildi: Unday bo`lsa, sizlar yahudiylarning Podshosi deb atagan Kishini nima qilishimni istaysizlar?

13 Uni xochga mixlab qo`y! ó deb qaytadan shovqin-suron ko`tarishdi.

14 Pilat so`radi: U nima yomonlik qilibdi? ó Uni xochga mixlab qo`y! ó deb yana kuchliroq baqirishdi.

15 Shundan keyin Pilat xalqni mamnun qilay, deb ularning oldiga Barabbani chiqarib yubordi. Isoni esa rosa savalatgandan so`ng xochga mihlash uchun askarlarga topshirdi.

16 Askarlar Isoni hukumat saroyidagi mahkama binosiga olib borib, butun bo`linmani Uning boshiga to`plashdi.

17 Unga shohona to`n kiydirishdi va tikanlardan toj o`rib boshiga qo`yishdi.

18 Yashavor, ey yahudiylarning Podshosi! ó deb Uni qutlay boshlashdi.

19 Qamish bilan Uning boshiga urib, yuziga tupurishdi. Uning oldida tiz cho`kib, ta`zim qilishdi.

20 Uni shunday masxara qilganlaridan keyin, Undan shohona to`nni yechib olib, O`zining kiyimlarini kiydirishdi va Uni xochga mixlash uchun olib ketishdi.

21 Iskandar va Rufning otasi, kirineyalik Simun ismli bir kishi daladan kelib o`tib ketayotgan edi. Bu kishini Isoning xochini ko`tarib borishga majbur qilishdi.

22 Nihoyan Isoni ìBoshsuyagiî ma`nosini beruvchi Go`lgota degan joyga olib kelishdi.

23 Unga mirra aralashtirilgan sharob berishdi, lekin U ichmadi.

24 Bundan so`ng Isoni xochga mixlab qo`yishdi. Uning kiyimlarini esa o`zaro bo`lishib, kim nima oladi deb qur`a tashlashdi.

25 Uni xochga mixlaganlarida soat to`qqiz edi.

26 Boshi ustida ìYahudiylarning Podshohiî deb Uning aybini ko`rsatadigan yozuv bor edi.

27 Iso bilan birga ikki qaroqchini ham ó birini Uning o`ng tomoniga, ikkinchisini esa chap tomoniga xochga mixlab qo`ydilar.

28 [Shunday qilib, ìU jinoyatchilar qatorida turdiî,degan oyat bajo bo`ldi.]

29 O`tib ketayotganlar boshlarini chayqagancha Isoni haqoratlashardi: Hey ma`badni buzib uch kun ichida tiklaydigan!

30 O`zingni O`zing qutqarib, xochdan tushib ko`r-chi!

31 Oliy ruhoniylar va ulamolar ham ularga qo`shilib, Isoni masxaralay ketishdi. Ular bir-biriga: Boshqalarni qutqardi, O`zini esa qutqara olmaydi!

32 Isroilning Podshosi Masih endilikda xochdan tushsin, toki biz ko`rib Unga ishonaylik! ó deyishardi. Iso bilan birga xochga mixlanganlar ham Uni so`kar edilar.

33 Tush chog`i butun yerni qorong`ilik qoplab, soat uchgacha davom etdi.

34 Soat uchda Iso baland ovoz bilan: ó Elohi, Elohi, lamo shavaqtani? ó deb faryod qildi. Bu so`zning tarjimasi: ìTangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo`yding?î ó demakdir.

35 U yerda turgan ba`zilar buni eshitib: Qarang, U Ilyos payg`ambarni chaqiryapti-ku, ó deyishdi.

36 Shunda birov yugurib borib, shimgichni sirkaga botirib, qamishning uchiga ilib qo`ydi-da, Isoga ichirmoqchi bo`ldi. U: To`xtanglar, ko`raylik-chi, Ilyos kelib xochdan tushirarmikan, ó dedi.

37 Ammo Iso qattiq faryod qildiyu jon berdi.

38 Ma`baddagi parda yuqoridan pastgacha yirtilib, ikkiga bo`linib ketdi.

39 Isoning qarshisida turgan yuzboshi Uning shunday qattiq faryod qilib jon berganini ko`rib: Haqiqatan ham bu Odam Xudoning O`g`li ekan! ó dedi.

40 U yerda uzoqdan qarab turgan ayollar bor edi.Ular orasida magdalalik Maryam, kichik Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam hamda Salomiya bor edilar.

41 Iso Jalilada ekanligida, ular Unga xizmat qilib ergashib kelgan edilar. U yerda Iso bilan birga Quddusga kelgan boshqa ko`p ayollar ham bor edi.

42 Juma kuni kech kirishiga sal qolgan, dam olish kuniga tayyorgarlik qilish vaqti tugayotgan edi.

43 Shunda Oliy Kengashning taniqli a`zosi, Xudo Shohligiga ko`z tikib yurgan arimateyalik Yusuf jur`at etib, Pilatning huzuriga bordi. Va Isoning jasadini so`radi.

44 Pilat Uning darrov o`lganiga hayron bo`ldi. Yuzboshini chaqirib: Uning o`lganiga ko`p bo`ldimi? ó deb so`radi.

45 Yuzboshidan bilib olgach, jasadni Yusufga berdi.

46 Yusuf kafan sotib oldi. Isoni xochdan tushirib olib, kafanga o`radi va qoyada o`yilgan qabrga qo`ydi. Keyin qabrning og`zinga bir toshni yumalatib keltirib, qo`yib ketdi.

47 Magdalalik Maryam bilan Yusufning onasi Maryam esa Isoning qayerga ko`milganini ko`rdilar.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16