Menyu

Mark xushxabari 10 Bob


1 Iso u yerdan ketib, Yahudiya o`lkasiga va O`rdun daryosining naryog`iga keldi. Uning atrofiga yana ko`p xalq yig`ildi, U O`z odati bo`yicha odamlarga yana ta`lim bera boshladi.

2 Ba`zi farziylar Uni sinab ko`rmoq niyatida yaqinlashib: Er o`z xotinidan ajralishiga ijozat beriladimi? ó deb so`radilar.

3 Iso bunga javoban: Muso sizlarga nimani buyurgan edi? ó deb so`radi.

4 Muso erkak taloq xatini yozib xotinidan ajralishiga ijozat bergan edi, ó deyishdi.

5 Iso ularga javob berib dedi: Bag`ri toshligingiz uchun Muso sizlarga bu amrni yozib qoldirgan.

6 Aslida Xudo dunyoni yaratishidanoq odamlarni erkak va xotin qilib yaratdi.

7 Tavrotda yozilishicha: ìShuning uchun er kishi ota-onasini qoldirib,

8 o`z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo`ladiî. Bunga ko`ra, ular endi ikki emas,balki bir tan hisoblanadi.

9 Xudo birga qo`shganini bandasi ajratmasin.

10 Uyga kelgandarida, shogirdlar yana shu haqda Isodan so`radilar.

11 U ularga dedi: Kim o`z xotini bilan ajralib boshqasiga uylansa, u xotiniga nisbatan zino qilgan bo`ladi.

12 Xotin ham agar o`z eridan ajralib boshqasiga tegsa, zino qilgan bo`ladi.

13 Ularning peshanasiga qo`lini qo`ysin, deb Isoning oldiga bolalarni keltirishardi. Shogirdlar esa yetaklab keluvchilarni koyib qo`yishdi.

14 Iso buni ko`rganda, g`azablanib dedi: ó Bolalarga yo`l qo`yinglar, Mening oldimga kelishiga to`sqinlik qilmanglar! Mana, Xudoning Shohligi bundaylarnikidir.

15 Sizlarga chinini aytayin: kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech kirolmaydi.

16 Keyin bolalarni quchoqlab, ularning peshanalarini silab duo qildi.

17 Iso yo`lga chiqayotganida, kimdir yugurib kelib, Uning oldida tiz cho`kdi-da: ó Valine`mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo`lmog`i uchun nima qilishim kerak? ó deb so`radi.

18 Iso unga dedi: Nega Meni valine`mat deysan? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine`mat emas-ku.

19 Sen ilohiy amrlarni bilasan: ìZino qilma. Odam o`ldirma. O`g`rilik qilma. Soxta guvohlik berma. Birovning haqini yema. Ota-onangni hurmat qilî.

20 U kishi Isoga javob qaytarib: Ustozim! Bularning hammasiga yoshligimdan buyon rioya qilib kelaman, ó dedi.

21 Iso unga qaradi va yaxshi ko`rib qoldi. ó Senga bir narsa yetishmaydi, ó dedi unga. ó Bor, nimaga ega bo`lsang, hammasini sotib, pulini kambag`allarga bo`lib ber. Shundagina osmonda xazinang bo`ladi. Keyin kel, [xochni olib] orqamdan yur.

22 Bu so`zlardan boyning ta`bi xira bo`ldi, chunki uning mol-mulki ko`p edi. U qayg`urib qaytib ketdi.

23 Iso atrofga ko`z yugurtirib shogirdlariga dedi: Pul-dunyosi borlarning Xudo Shohligiga kirishlari naqadar qiyin!

24 Shogirdlar bu so`zlarni eshitib, aqllari shoshdi. Iso esa qayta boshdan so`z oldi: Bolalar, boylikka umid bog`laganlar Xudo Shohligiga kirishga qanchalik qiynaladi!

25 Boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko`ra, tuyaning igna teshigidan o`tishi osondir.

26 Shogirdlar haddan tashqari ajablanib o`zlaricha: Unday bo`lsa, kim najot topa olarkan? - deyishdi.

27 Iso ularga ko`zini tikib: Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga emas. Chunki Xudo hamma imkonga egadir, ó dedi.

28 Butrus so`z olib Isoga: Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik, ó dedi.

29 Iso bunga javoban dedi: Sizlarga rostini aytsam, kim Men va Injil uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bolalarini yoki yer-mulkini tashlab ketsa,

30 u hozir, bu dunyodayoq duchor bo`layotgan quvg`inlar orasida yuz hissa ortiq uy-joylar, aka-ukalar, opa-singillar, ota-onalar, bolalar va erlarga ega bo`ladi, kelajak dunyoda esa abadiy hayotga sazovor bo`ladi.

31 Lekin ko`p birinchilar oxirgi va oxirgilar esa birinchi bo`ladilar.

32 Quddusga qarab yo`l bosar edilar. Iso oldinda ketayotgan edi Shogirdlari hayron edi, boshqalar esa qo`rqib-qo`rqib ergashayotgan edilar. Iso o`n ikki shogirdini yoniga chaqirib, yana O`zi bilan nima yuz berishi to`g`risida so`zlay boshladi:

33 Mana, biz endi Quddusga kirib boryapmiz. U yerda Inson O`g`li oliy ruhoniylar va ulamolar qo`liga tutib beriladi. Ular Uni o`limga mahkum qilib, majusiylarga topshiradilar.

34 Ular Uni haqorat qiladilar, qamchilaydilar, yuziga tupuradilar va Uni o`ldiradilar. Lekin uch kundan so`ng U qayta tiriladi.

35 Zabadiy o`g`illari Yoqub bilan Yuhanno Isoning oldiga kelib: Ustoz, bilzning bir tilagimiz bor, uni biz uchun bajo keltirishingni istaymiz, ó deyishdi.

36 Sizlar uchun nima qilishimni istaysizlar? ó so`radi Iso.

37 Ular: Sen ulug`vor dargohingda bo`lganingda, birimiz Sening o`ng tomoningda, boshqamiz esa chap tomoningda o`ririshimizga ruxsat bergin, ó deyishdi.

38 Iso ularga: Sizlar nima so`rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan zaqqum kosani siz icha olasizlarmi? Men botadigan qayg`u-alamlarga botib chidayolasizlarmi? ó dedi.

39 Ular: Chidayolamiz, ó deb javob berishdi. Iso ularga dedi: Sizlar-ku Men ichadigan zaqqum kosani ichib, botadigan qayg`u-alamlarimga o`zingiz ham duchor bo`lasizlar.

40 Ammo Mening o`ng va chap tomonimda o`tirishna ruxsat berish Mening ixtiyorimda emas. Bu o`rin kimlarga atalgan bo`lsa ularniki bo`ladi.

41 Qolgan o`nala shogird buni eshitib, Yoqub bilan Yuhannodan achchiqlana ketishdi.

42 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi ó Bilasizlarki, xalqlarning hokimlari hisoblanganlar hokimlik qilishdan qolishmaydilar, katta amaldorlar elga o`z hukmini o`tkazadilar.

43 Ammo sizlarning orangizda bunday bo`lmasin. Aksincha, oragizda kim katta bo`lishni istasa sizlarga xizmatda bo`lsin.

44 Orangizda kim birinchi bo`lishni istasa, hammangizga qul bo`lsin.

45 Chunki Inson O`g`li ham O`ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O`zi xizmat qilish va O`z jonini fido qilib, ko`plarni qutqarish uchun kelgan.

46 Ular Yerixo shahriga keldilar. Shahardan yana chiqib ketayotganlarida, Isoga O`z shogirdlari hamda bir talay xaloyiq ergashib borayotgan edi. Yo`l chekkasida Timeyning o`g`li ko`r Bartimey sadaqa so`rab o`tirgan edi.

47 U nosiralik Iso o`tib ketayotganini eshitib: Ey Dovud O`g`li Iso, menga rahm qil! ó deb baqira boshladi.

48 Ko`p odamlar esa uni koyib, jim bo`lishga majbur qilishdi. Lekin u: Ey Dovud O`g`li, menga rahm qil! ó deb yana qattiqroq hayqirdi.

49 Iso to`xtadi va u odamni yoniga chaqirtirdi. Ko`rni chaqirgani borganlar unga: Qo`rqma, o`rningdan tur, U seni chaqiryapti, ó deyishdi.

50 Ko`r to`nini yechib tashlab, o`rnidan turib ketdi-da, Isoning yoniga keldi.

51 Iso undan so`radi: Sen Mendan nima nima istaysan? ó Ustozim, ko`zlarim ko`rsin! ó dedi ko`r.

52 Iso unga: Bor, ishonching seni qutqardi, ó dedi. O`sha zahoti ko`rning ko`zlari ochilib ketdi. U Isoning ortidan ergashib yo`l yurdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16