Mark xushxabari 2 Bob
1 Bir necha kundan keyin Iso yana Kafarnahum shahriga keldi. Uning uyda ekanligi ma`lum bo`lgach,
2 tezda ko`p haloyiq to`plandiki, hatto eshik oldida ham joy qolmadi. Iso esa halqa Xudoning so`zini aytardi.
3 Shu orada to`rt kishi ko`tarib kelayotgan bir shol odamni Uning oldiga olib kelishdi.
4 Xalq ko`pligidan Isoga yaqinlashish imkonini topolmay, ular Iso o`tirgan uyning tOmini teshib tuynuk ochishdi va sholni to`shagi bilan tushirishdi.
5 Iso ularning ishonchini ko`rib, sholga: Bolam, gunohlaring kechirildi, ó dedi.
6 Bu yerda ba`zi ulamolar o`tirgan edilar. Ular o`zlaricha:
7 ìNega U bunday shakkoklik qilyapti? Gunohlarni yolg`iz Xudodan boshqa kim ham kechira oladi?î ó deb o`ylar edilar.
8 Iso shu onda ularning mulohazalarini ruhan payqab, ularga dedi: Nega sizlar dillaringizda bunday mulohaza qilyapsizlar?
9 Nima osonroq? Sholga: ìGunohlaring kechirildiî, deb aytishmi, yoki: ìO`rningdan tur, to`shagingni olib yurî, deb aytishmi?
10 Lekin Inson O`g`lining yer yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo`yinglar! U shunday dedi-da, sholga qarab:
11 Senga aytaman, o`rningdan tur, to`shagingni olu, uyingga ket! ó dedi.
12 Shol shuq ondayoq o`rnidan turib ketdi-yu, to`shagini ko`tarib, hammaning ko`z oldida chiqib ketdi. Barcha hayratga tushdi. ó Biz hech qachon bunday holni ko`rmagan edik! ó deb Xudoni olqishlar edilar.
13 Iso yana ko`l bo`yiga chiqdi. Tumonat xaloyiq Uning oldiga to`plandi. Iso ularga ta`lim berdi.
14 U yerdan o`tayotib, Iso soliq yig`adigan joyda o`tirgan Alfey o`g`li Leviyni ko`rib qoldi. ó Mening orqamdan yur! ó dedi unga Iso. Leviy esa o`rnidan turib, Isoning orqasidan ergashdi.
15 Keyin Iso Leviyning uyida mehmon bilib o`tirdi. Iso va shogirdlaridan boshqa ko`p saliqchilar va har xil gunohkor odamlar ham yeb-ichib o`tirardi. Bular singari Isoga ergashuvchi odamlar ko`p edi.
16 Iso soliqchilar va gunohkorlar bilan birga yeb-ichib o`tirganini ulamolar va farziylar ko`rib, Uning shogirdlariga: Bu qanday gap? U soliqchilaru gunohkorlar bilan birga yeb-ichib o`tiribdi-ku! ó deyishdi.
17 Iso buni eshitib, shunday javob berdi: Sog`lar emas, bemorlar tabibga muxtojdir. Men taqvodorlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
18 Yahyoning ham, farziylarning ham shogirdlari ro`za tutayotgan edilar. Ular Isoning yoniga kelib: Nega Yahyoning shogirdlari va farziylarning shogirdlari ro`za tutadi-yu, Sening shogirdlaring tutmaydi? ó deb so`rashdi.
19 Iso ularga dedi: Kuyov davrada bo`lgan vaqtda to`y ahli ro`za tuta olarmikin? Yo`q, kuyov ular bilan birga bo`lguncha, ro`za tuta olmaydilar.
20 Biroq kuyov ulardan judo bo`ladigan kunlar keladi, ana o`shanda ro`za tutadilar.
21 Hech kim yangi matodan yamoq qilib, eski kiyimga solmaydi. Aks holda, yangi yamoq eski kiyimdan so`kilib ketadi va yirtiq battar yomon bo`ladi.
22 Shuningdek, hech kim yangi sharobni eski meshga quymaydi. Aks holda, yangi sharob meshni yirtadi, sharob to`kiladi va mesh ham nobud bo`ladi. Illo, yangi sharobni yangi meshga quymoq darkor.
23 Bir shanba kuni Iso g`alla dalasidan o`tayotgan edi. Uning shogirdlari yo`l-yo`lakay boshoqlarni uza boshlashdi.
24 Buni ko`rgan farziylar Isoga: Qara, nega ular dam olish kunida taqiqlangan ishni qilishyapti? ó deyishdi.
25 Iso ularga dedi: Nahotki sizlar Dovud bilan hamrohlari och qolib muhtoj bo`lganda nimalar qilishganini hech qachon o`qimagan bo`lsangiz?
26 Dovud oliy ruhoniy Aviatar zamonida Xudoning uyiga kirib, faqat ruhoniylargina yeyishi mumkin bo`lgan baxshida nonlarni yeb, hamrohlariga ham bergan edi.
27 Keyin Iso davom etdi: Inson dam olish kuni uchun emas, balki dam olish kuni inson uchun yaratilgan.
28 Binobarin, Inson O`g`li dam olish kunining ham hokimidir.