Mark xushxabari 8 Bob
1 O`sha kunlarda yana ko`pdan-ko`p odam yig`ilgan edi. Yeyish uchun hech narsalari qolmaganda, Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
2 Xalqqa achinyapman. Uch kundan beri Mening oldimda turishibdi va yeydigan hech narsalari yo`q.
3 Agar ularni uylariga ovqat bermay jo`natib yuborsam, yo`lda holdan toyadilar, chunki ba`zilari olis yerlardan kelishgan.
4 Shogirdlari bunga javoban: Ularni to`ydirish uchun bu sahroda kim qayerdan non topa olardi? ó deyishdi.
5 Qancha nonlaringiz bor? ó so`radi Iso. ó Yettita, ó dedi shogirdlar.
6 Shundan keyin Iso xalqqa yerga o`tirishni buyurdi. Yettita nonni olib, shukrona duosini o`qib sindirdi va tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi.
7 Ularda bir oz baliq ham bor edi. Iso duo o`qib, bularni ham tarqatishni buyurdi.
8 Xalq yeb to`ydi. Ortib qolgan burdalarni terishganda, yetti savat chiqdi.
9 U yerda to`rt mingga yaqin odam bor edi. Iso xaloyiqqa javob berdi
10 va tezda shogirdlari bilan qayiqqa tushib, Dalmanuta yurtiga suzib o`tdi.
11 Farziylar Isoning oldiga borib, U bilan bahslasha boshladilar. Uni sinab ko`rish maqsadida ko`kdan dalil ko`rsatishini so`radilar.
12 Lekin Iso chuqur xo`rsindi: Nega bu avlod dalilni talab qilyapti? Sizlarga aytib qo`yay, bu avlodga hech qanday dalil ko`rsatilmaydi!
13 Shunday dedi-yu, ularni qoldirib, yana qayiqqa tushdi va narigi qirg`oqqa suzib o`tdi.
14 Shogirdlar o`zlari bilan non olishni unutibdilar. Qayiqda bittagina nondan boshqa narsa yo`q edi.
15 Shu orada Iso shogirdlarini ogohlantirib: Menga qaranglar, farziylarning va Hirodning xamirturushidan ehtiyot bo`linglar! ó dedi.
16 Ular o`zlaricha: ìBuni non olmaganimiz uchun aytdi, chog`iî, ó deb fikr yuritishdi.
17 Iso buni bilib qolib, ularga dedi: Nega sizlar, nonimiz yo`q, deb qayg`urayapsizlar? Hali ham yuragingiz so`qirmi?
18 Nahotki ko`zlaringiz bo`lib, ko`rmaysizlar, quloqlaringiz bo`lib, eshitmaysizlar? Esingizda yo`qmi?
19 Men beshta nonni sindirib, besh ming kishiga bo`lib berganimda, sizlar non burdalaridan necha savat terib oldinglar? ó O`n ikki savat, ó dedi ular.
20 Men yettita nonni sindirib, to`rt ming kishiga bo`lib berganimda, burdalaridan necha savat terib oldinglar? ó Yetti savat, ó deyishdi.
21 Hali ham anglamadinglarmi? ó dedi ularga Iso.
22 Iso Baytsayda kishlog`iga keldi. Uning oldiga bir ko`rni olibo kelib, unga qo`l tegizishilni so`rashdi.
23 Iso ko`rning qo`lidan ushlab, qishloq tashqarisiga olib chiqdi. Ko`zlariga tupurib, qo`llarini uning boshiga qo`ydi-da: Biron narsa ko`ryapsanmi? ó deb so`radi.
24 Ko`r boshini ko`tarib: Odamlarni ko`ryapman, lekin ular menga yurayotgan daraxtlarday tuyulmoqdalar, ó dedi.
25 Shundan keyin Iso qo`llarini yana ko`rning ko`zlaringa tegizib, unga bir qarashni buyurdi. U ko`zlarini ochib qarasa, sog`ayib qolgan, hamma narsani aniq ko`rayotgan edi.
26 Iso uni uyiga jo`natarkan: Qishloqqa kirma,[qishloqda hech kimga buni aytma,] ó dedi.
27 Iso O'z shogirdlari bilan Filip Kesariyasiga mansub qishloqlarga ketdi. Yo`lda U shogirdlaridan: Odamlar Meni kim deb hisoblaydilar? ó deb so`radi.
28 Shogirdlar dedi: Ba`zilari Yahyo payg`ambar deb, boshqalari Ilyos payg`ambar deb, yana birlari esa o`tgan payg`ambarlardan biri deb hisoblaydilar.
29 Iso ulardan so`radi: Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? Butrus Unga javob berib: Sen Masihsan, ó dedi.
30 Bundan so`ng Iso, Men haqimda hech kimga gapirmanglar, deb shogirdlariga qat`iy buyurdi.
31 Inson O`g`li ko`p azob chekishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulamolar tomonidan rad qilinib, o`ldirilishi, uchinchi kuni esa qayta tirilishi kerak, deb Iso shogirdlariga uqtira boshladi.
32 Bu haqda ochiqdan-ochiq gapirar edi. Shunda Butrus Isoni chetga tortib, fikridan aynitishga harakat qildi.
33 Lekin Iso o`girilib shogirdlarini ko`rdi-da, Butrusga ta`na qildi: Yo`qol ko`zimdan, shayton! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini o`ylayapsan, ó dedi.
34 Shundan so`ng Iso xalq bilan shogirdlarini oldiga chaqirib dedi: Kimda-kim Menga ergashishni istasa, o`zidan kechsin va o`z xochini ko`tarib, orqamdan yursin.
35 Kim jonini ayamoqchi bo`lsa, jonini yo`qotadi. Kim Men va Injil uchun jonini bersa, jonini qutqaradi.
36 Agar inson butun dunyoni egallab olsa-yu, o`z joniga zarar keltirsa, bundan unga nima fayda?
37 Inson o`z joni evaziga qanday to`lov topib berarkan?
38 Kimki bu vafosizu gunohkor nasl orasida Mendan va Mening so`zlarimdan uyalar ekan, Inson O`g`li ham muqaddas farishtalar bilan birga Otasining ulug`vorligida kelganda, undan uyaladi.