Menyu

Mark xushxabari 6 Bob


1 Iso u yerdan jo`nab, O`z yurtiga bordi. Shogirdlari ham Uning orqasidan ergashib kelishdi.

2 Shanba kuni bo`lgach, Iso ibodatxonada ta`lim bera boshladi. Uni tinglayotganlarning ko`pchiligi hayratga tushib: Bular Unga qayerdan nasib bo`lgan ekan? Unga bunday donolikni kim berdi? Qanday qilib Uning qo`li orqali bunaqa mo``jizalar sodir bo`lyapti?

3 Maryamning o`g`li, Yoqub, Yusuf, Yahudo va Simunning akasi duradgor Iso bu emasmi? Uning singillari ham mana shu yerda, o`z oramizda turibdiku! ó deyishdi. Va g`ashlanib, Isoni rad qilishdi.

4 Iso ularga: Payg`ambar o`z vatanidan, o`z qarindosh-urug`lari va uyidan boshqa erda e`tiborsiz qolmas, ó dedi.

5 Iso u yerda hech qanday mo``jiza yaratolmadi. Faqatgina bir muncha bemorlarga qo`l tegizib, ularni sog`aytirdi.

6 Ularning imonsizligiga ajablandi. Shundan so`ng Iso atrofdagi qishloqlarda kezib ta`lim berardi.

7 O`n ikki shogirdini yoniga chaqirib, ikkita-ikkitadan qilib jo`natmoqchi bo`ldi. Ularga yovuz ruhlar ustidan hokimlik qilish uchun qudrat berdi.

8 Ularga buyurib: ìYo`l uchun yolg`iz hassadan boshqa hech narsa ó to`rva ham, non ham, kamarlaringga mis chaqa ham olmanglar,

9 balki oddiygina choriq kiyib, ikki sidra kiyim esa kiymanglarî, ó dedi.

10 Iso yana dedi: ìAgar biron joyda biron uyga kirsangizlar, u yerdan chiqishingizgacha o`sha uyda qolinglar.

11 Agar biron joy odamlari sizni qabul qilmasa va sizga quloq solmasalar, u yerdan chiqayotganingizda ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdan changni qoqib ketinglar. [Sizlarga chinini aytayin, qiyomat kunida u shahardan ko`ra Sado`m va G'amo`ra shaharlarining holi yengilroq bo`ladi.]î

12 Shunda shogirdlar yo`lga tushib,xalqni tavba qilishga undab yurishdi.

13 Ko`p jinlarni quvib chiqarishdi va ko`p kasalarga yog` surtib ularni sog`aytirishdi.

14 Isoning nomi el og`ziga tushib qolgan edi. Podshoh Hirodning qulog`iga ham mish-mishlar yetganda, u: Yahyo payg`ambar tirilib kelibdi. Shuning uchun bu Kishi orqali bunday ajoyibotlar sodir bo`lmoqda, ó dedi.

15 Boshqalar esa Uni Ilyos payg`ambar deb hisoblasa, yana boshqalar Uni qadimgi payg`ambarlar qatorida bir payg`ambar derdilar.

16 Hirod bularni eshitib: Bu men boshini kesgan Yahyodan bashqasi emas. U qayta tirilib kelgan, ó deb qattiq turdi.

17 Hirod o`z ukasi Filipning xotini Hirodiyaga uylangani sababli Yahyoni qo`lga olib, zindonga qamatib qo`ygan edi.

18 Chunki Yahyo Hirodga:îUkangning xotinini olish sen uchun ravo emasî, ó deb yurgan edi.

19 Hirodiyaning o`zi Yahyodan achchiqlanib, uni o`ldirmoqchi bo`lgan, ammo bu niyatiga yeta olmayotgan edi.

20 Hirod esa Yahyoning solih va muqaddas kishi ekanini bilib, undan qo`rqar va uni himoya qilar edi. Uning so`zlarini maroq bilan tinglar va ko`p ishlarni uning maslahati bilan qilardi.

21 Bir kuni qulay fursat tug`ilib qoldi. Hirod o`zining tug`ilgan kuni munosabati bilan o`z mansabdorlari, mingboshilari va Jalila yurtining og`alariga ziyofat berdi.

22 Hirodiyaning qizi kirib, raqs tushdi va Hirod bilan ulfatlarining ko`nglini topdi. Podshoh qizga: Nima istasang, tila, men senga beraman, ó dedi.

23 Unga hatto qasam ichib: Mendan nima so`rasang, beraman, podshohligimning yarmigacha bo`lsa ham, beraman, ó dedi.

24 Qiz chiqib onasidan so`radi: Nimani so`ray? ó Yahyo payg`ambarning boshini so`ra! ó dedi onasi.

25 Qiz shu onda podshoh huzuriga yugurib borib: Menga hoziroq laganda Yahyo payg`ambarning boshini olib berishingizni so`rayman, ó dedi.

26 Podshoh juda xafa bo`ldi. Lekin qasam ichganligi tufayli va mehmonlar xotiri uchun qizining iltimosini rad etishni istamadi.

27 U shu ondayoq jallodni yuborib, Yahyoning boshini keliirishni buyurdi.

28 Jallod zindonga borib, Yahyoning boshini tanidan judo qildi va laganga solib, qizga olib berdi: qiz esa onasiga topshirdi.

29 Yahyoning shogirdlari yuz bergan hodisani eshitib, uning jasadini olgani borishdi va uni dafn etishdi.

30 Havoriylar Isoning huzuriga to`planib, qanday ishlar qilishgnini, halqqa nimalar o`rgatishgnini birma-bir aytib berdilar.

31 Iso ularga: Kelinglar, bir o`zimiz biron xilvat joyga boraylik, bir oz dam olinglar, ó dedi. Chunki kelib-ketuvchilar ko`pligidan ularning ovqat yeyishga ham vaqti yo`q edi.

32 Iso bilan shogirdlari alohida qayiqqa tushib, xilvat joyga jo`nab ketishdi.

33 Lekin xalq ularning ketayotganini ko`rdi, ko`pchilik tanib qoldi. Shunda hamma shaharlardan piyoda yo`lga tushishdi, Iso bilan shogirdlari borayotgan joyga yugurib borib, ulardan oldin yetib kelishdi.

34 Iso qayiqdan chiqqanda, shuncha haloyiqni ko`rib, ularga achindi. Chunki ular cho`ponsiz qo`ylarga o`xshardi. Iso ularga ko`p narsalarni o`rgatardi.

35 Ancha vaqt o`tgandan so`ng, shogirdlar Isoning yoniga kelib: Bu yer yovon ekan, endi vaqt kech bo`lib qoldi.

36 Xalqni qo`yib yubor, atrofdagi qishloq va ovullarga borib o`zlariga non sotib olishsin, yeydigan hech narsallari yo`q, ó deyishdi.

37 Iso ularga javoban: Sizlar ularga ovqat beringlar! ó dedi. ó Nahotki biz ikki yuz kumush tangaga non sotib olib kelib, xalqqa yedirsak? ó deb so`rashdi Undan.

38 Iso dedi: Qancha nonlaringiz bor? Borib ko`ringlar. Ular bilib kelgach: Beshta non, ikkita baliq bor ekan, ó deyishdi.

39 Iso xaloyiqni to`p-to`p qilib yashil o`t usiida o`tkazishni shogirdlariga buyurdi.

40 Xalq yuztadan va elliktadan to`da-to`da bo`lib o`tirdi.

41 Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi va osmonga qarab shukrona duosini o`qidi. Nonlarni sindirib, xaloyiqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Ikkita baliqni ham hammaga taqsimlab berdi.

42 Ularning hammalari yeb to`ydi.

43 So`ng ortib qolgan non burdalari va baliqlarni terib olishdi, to`la o`n ikki savat chiqdi.

44 Non yeganlar besh mingta yaqin erkak edi.

45 Iso vaqt o`tkazmay, shogirdlarini qayiqqa tushirib, narigi tomondagi Baytsayda shahriga o`tishga majbur qildi. Ungacha O`zi odamlarga ruxsat beradigan bo`ldi.

46 Xalqni jo`natib yuborganidan keyin, Iso ibodat qilish uchun toqqa chiqdi.

47 Kech kirgach, qayiq ko`lning o`rtasida edi. Iso esa yolg`iz O`zi quruqlikda edi.

48 Shamol shogirdlarga qarshi esar edi. Iso ular qayiqni xaydashga qiynalayotganini ko`rdi. Subhidam chog`i Iso ko`l ustida yurgancha shogirdlari tomon keldi-da, yonlaridan o`tguday bo`ldi.

49 Shogirdlar esa ko`l yuzida yurgan Isoni ko`rib, allaqanday sharpa deb o`ylab, qichqirib yuborishdi.

50 Hammasi ham Uni ko`rib, yuraklari orqasiga tortib ketdi. Ammo Iso o`sha zahoti gapga kirib: Dadil bo`linglar! Bu Men, qo`rqmanglar! ó dedi.

51 Iso shogirdlari yoniga, qayiqqa tushishi bilan shamol tindi. Shogirdlar haddan tashqari taajjublanib, lol bo`lib qolishdi.

52 Ular non bilan bo`lgan mo``jizadan ham ibrat olmagan edilar, aqllari yetmas edi.

53 Ko`ldan suzibo`tib, Genisaret qirg`og`iga kelib to`xtadilar.

54 Qayiqdan chiqishlari bilanoq xalq Isoni tanib qoldi.

55 Tezda butun o`sha yurtga xabar yelib bordi. Isoning qayerdaligini eshitganlar esa o`z kasallarini to`shakda ko`tarib borib, Isoni qidirib topguncha yurtni aylanadigan bo`lishdi.

56 Iso qayerga bormasin ó qishloqlargami, shaharlargami, ovullargami ó odamlar kasallarni ochiq maydonlarga qo`yar, aqalli kiyimining bir chekkasiga tegish uchun Undan iltimos qilishardi. Unga qo`l tegizganlar esa shifo topardi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16