Mark xushxabari 3 Bob
1 Iso yana ibodatxonaga kirdi. U yerda qo`li shol bir odam bor edi.
2 U bu odamni dam olish kunida ham sog`aytirarmikan, deb Isoni zimdan kuzatib turiishdi.
3 Iso qo`li shol odamga: O`rtaga chiq! ó dedi. So`ng xaloyiqdan so`radi: Dam olish kunida yaxshilik qilish lozimmi yoki yomonlik? Jonni xalos qilish kerakmi, yoki halok? Ular esa indamadi.
5 Iso odamlarning bunday bag`ri toshligidan qayg`urib, atrofga g`azab bilan qaragancha, u odamga: Qo`lingni uzat! ó dedi. U odam qo`lini uzatishi bilanoq, tuzalib ketdi.
6 Farziylar esa darrov tashqariga chiqib, Isoni halok qilish chorasini topmoq uchun Hirodchilar bilan til biriktirishdi.
7 Iso shogirdlari bilan ko`l tomon jo`nadi. Jalila va Yahudiyadan chiqqan katta bir oloman Unga ergashardi.
8 Quddus va Idumeyadan, O`rdun naryog`idagi yurtlardan, shuningdek, Tir va Sido`n sohillaridan kelgan tumonat xaloyiq Isoning qilayotgan ishlarini eshitib, Uning oldida tirband bo`lib qolgan edi.
9 Iso odam ko`pligidan siqilib qolmay, deb shogirdlariga qayiq tayyorlab qo`yishni aytdi.
10 Chunki ko`plar shifo topayotgan edi va hamma dardlilar qo`l tegizish ilinjida Iso tomon yopirilar edilar.
11 Yomon ruhlar esa Isoni ko`rgan paytda Uning oldiga yiqilib: ìSen Xudoning O`g`lisanî, ó deb baqirib yuborishardi.
12 Ammo Iso O`zini oshkor qilib qo`ymasliklari uchun ruhlarni qattiq tanbexlab qo`yardi.
13 Shundan so`ng Iso toqqa chiqib, shogirdlaridan O`zi istaganlarini yoniga chaqirdi. Ular kelgach,
14 Iso ularni voizlik qilishga, kasallarni sog`aytirish va jinlarni quvib chiqarishga yubormoqchi bo`lib, kuch-qudrat egasi qildi.
15 Iso doim O`zi bilan birga bo`lish uchun quyidagi o`n ikki shogirdini tayinladi:
16 unga Butrus deb laqab qo`ygan Simun,
17 Baniragash, ya`ni ìMomaqaldiroq o`g`illariî deb laqab qo`ygan Zabadiy o`g`illari Yoqub va Yuhanno,
18 yana Idris, Filip, Bartolmey, Matto, To`ma, Alfey o`g`li Yoqub, Taddey, vatanparvar Simun
19 va Isoga xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.
20 Shundan so`ng uyga keldilar.Yana shunchalik ko`p xaloyiq to`plangan ediki, hatto non yeyishga vaqtlari bo`lmadi.
21 Isoning yaqinlari buni eshitib, ó U aqldan ozib qolibdi, ó deb olib kelishga bordilar.
22 Quddusdan kelgan ulamolar esa: Uni shayton urgan, U ins-jinslarning boshlig`i shayton kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti, ó deyishdi.
23 Shunda Iso ularni yoniga chaqirib, masal bilan so`zlay boshladi: Qanday qilib shayton shaytonni quvib chiqara oladi?
24 Agar bir podshohlik o`z ichidan bo`linib ketsa, u podshohlik turolmaydi.
25 Bir xonadon o`z ichidan bo`linib ketsa, u xonadon turolmaydi.
26 Agarda shayton o`z-o`ziga qarshi chiqib bo`lingan bo`lsa, u tura olmaydi, balki uning kuni bitadi .
27 Hech kim uyning egasi bo`lgan kuchli kishini avval bog`lab qo`ymasdan turib, uning uyiga kirib, mol-dunyosini o`g`irlab ketolmaydi. Faqat shunday qilibgina uyni talash mumkin.
28 Sizlarga chinini aytayin: odam bolalarining qilgan barcha gunohlari va aytgan barcha kufrliklari kechiriladi.
29 Lekin kim Muqaddas Ruhni kufr etsa, abadiy kechirilmaydi, u abadiy jazoga mahkum bo`ladi.
30 Iso bu so`zni, ìUni jin uribdiî, ó deganlari sababli aytdi.
31 Isoning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. O`zlari uyning tashqarisida kutib turib, Isoni chaqirib kelish uchun odam yuborishdi.
32 Isoning atrofida xalayiq tirband edi. Ular Unga: Mana,onang, ukalaring va singillaring tashqarida kutib, Seni so`rayaptilar, ó deyishdi.
33 Iso ularga javoban: Mening onam va ukalarim kim? ó dedi.
34 So`ngra atrofida o`tirganlarga nazar solib dedi: Mana, Mening onam va ukalarim!
35 Kimda-kim Xudoning irodasini bajo keltirsa, u Mening ukam, singlim, onam bo`ladi.