Mark xushxabari 13 Bob
1 Iso ma`baddan chiqib ketayotganida, shogirdlaridan biri: Ustoz, qara, naqadar chiroyli toshlar, naqadar hashamatli binolar! ó dedi.
2 Iso unga javob berib: Bu hashamatli binolarni ko`ryapsanmi? Bu yerda biror bir g`isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo`ladi, ó dedi.
3 Iso Zaytun tog`ida, ma`badning ro`parasida o`tirgan vaqtda Butrus, Yoqub, Yuhanno va Idris Undan alohida so`radilar:
4 Bizga ayt-chi, bu aytganlaring qachon yuz beradi? Bularning amalga oshishini ko`rsatadigan belgi qanday bo`ladi?
5 Iso shogirdlariga qarab so`z boshladi: ìHech kim sizlarni yo`ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo`linglar!
6 Chunki ko`p kishilar Mening nomim bilan kelib: ìMen U bo`lamanî, ó deb ko`plarni yo`ldan ozdiradilar.
7 Siz yiroq-yaqindan urush xabarlarini eshitganda, cho`chimanglar. Garchi bular sodir bo`lishi kerak bo`lsa-da, bu hali so`nggi nihoya emas.
8 Xadq xalqqa qarshi, padshohlik podshohlik qarshi ko`tariladi. Ayrim joylarda zilzilalar, qahatchiliklar, qo`zg`olonlar bo`ladi. Bu holisalar esa bamisli to`lg`oqning boshidir.
9 Sizlar esa o`zingizga ehtiyot bo`linglar. Chunki sizlarni adliyaga topshirib, ibodatxonalarda uradilar. Men tufayli sizlarni hokimlar va podshohlar huzurida turg`izib qo`yadilar, sizlar esa Mening guvohlarim bo`lasizlar.
10 Chunki avvalo barcha xalqlarga Injil Xushxabari targ`ib qilinishi lozim.
11 Sizlarni topshirish uchun olib borayotganlarida, nima aytamiz, deb oldindan o`ylamanglar, qayg`urmanglar. O`sha soatda nima nasib etsa, uni aytinglar. Chunki o`shanda sizlar emas, balki Muqaddas Ruh gapiradi.
12 Aka ukasini, ota bolasini o`limga topshiradi. Bolalar o`z ata-onalariga qarshi chiqib, ularni o`ldiradilar.
13 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha chidagan qutuladiî.
14 ìDoniel payg`ambar karomat qilib aytgan ìdahshatli razolatî nomunosib joyda turganini ko`rganingizda [ o`qigan o`zi tushunsin!] Yahudiyada bo`lganlar tog`larga qochishsin.
15 Tomning ustida bo`lganlar pastga tushib uyidan biron narsa olib kelish uchun uyiga kirishmasin.
16 Dalada bo`lganlar choponini olgani orqasiga qaytishmasin.
17 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!
18 Qochishingiz qishga to`g`ri kelmasligi uchuun ibodat qilinglar.
19 Chunki o`sha kunlarda shunday musibat bo`ladiki, Xudo dunyoni yaratganidan to hozirgacha bunday bo`lmagan va qaytib sodir bo`lmaydi.
20 Agar Rabbimiz o`sha kunlarni qisqartirmaganida edi, hech bir jonzod omon qololmas edi. Lekin U tanlagan kishilar uchungina o`sha kunlarni qisqartiradi.
21 Agar o`shanda kimdir sizlarga: ìMasih mana bu yerdaî, yoki: ìMana u yerdaî, ó deb aytsa, ishonmanglar.
22 Chunki soxta masihlar va soxta payg`ambarlar paydo bo`lib, iloji bo`lsa, tanlanganlarni ham yo`ldan ozdirish uchun g`aroyibotlar va mo``jizalar ko`rsatadilar.
23 Sizlar esa ehtiiyot bo`linglar. Mana, Men hammasini sizlarga oldindan aytib qo`ydim.
24 Ammo o`sha kunlarda, o`sha musibatdan keyin quyosh tutilib, oy xiralanadi.
25 Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi.
26 U vaqt Inson O`g`li bulutlar ichida, buyuk qudrat va shon-shuhrat bilan kelayotganini ko`radilar.
27 O`shanda U farishtalarini yuborib, osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, yerning to`rt tomonidan O`zining tanlagan kishilarini to`plab oladiî.
28 ìAnjir daraxtidan ibrat olinglar: uning shoxlari ko`karib barglar chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar.
29 Shunga o`xshab, bu ishlarning sodir bo`layotganini ko`rganda bilinglarki, U yaqindir, bo`sag`ada turibdi.
30 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o`tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo`ladi.
31 Yeru osmon bitar, lekin Mening so`zlarim bitmas.
32 O`sha kun yoki soat haqida birgina Otamdan boshqa hech kim bilmaydi; O`g`il ham, osmondagi farishtalar ham bilmaydilar.
33 Ko`z-quloq bo`lib turinglar, hushyor bo`lib ibodat qilinglar; chunki o`sha vaqt-soat qachon kelishini bilmaysizlar.
34 Bu xuddi safarga jo`nagan uy egasiga o`xshaydi. U o`z uy-ro`zg`orini xizmatkorlariga topshirib, har biriga biron vazifa berib, darvozabonga esa hushyor bo`lib turishni buyurib, jo`nab ketibdi.
35 Xuddi shunday, sizlar ham hushyor bo`lib turinglar. Chunki uy Egasi qachon kelishini ó kechqurunmi, yarim tundami, xo`rozlar qichqirgandami yoki ertalabmi ó bilmaysizlar.
36 Mabodo U nogahon kelib, sizlarni g`aflat uyqusila ko`rmasin!
37 Sizlarga nima aytayotgan bo`lsam, hammaga aytganimdir; hushyor bo`lib turinglarî!