Mark xushxabari 14 Bob
1 Yahudiylar xamirturushsiz non yeydigan Fisih bayramiga ikki kun qolgan edi. Oliy ruhoniylar va ulamolar Isoni hiyla bilan tutib, o`ldirish uchun fursat poylab turgan edilar.
2 Ular: Bu ish faqat bayram kunlarida bo`lmasligi kerak, yana xalq g`alayon qilmasin, ó deyishdi.
3 Iso Baytaniya qishlog`ida moxov Simunning uyida mehmon bo`lib o`tirgan edi, bir ayol ganchdan yasalgan idishda sof, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi. Idishni sindirib, moyni Isoning boshiga quydi.
4 Ba`zilar bundan g`azablanib, bir-biriga: Bu moyni bunday isrof etishning nima keragi bor edi?
5 Mana, bu moyni uch yuz kumush tangadan ham ko`proqqa sotib kambag`allarga taqsimlab berish mumkin edi-ku! ó deb ayolni qattiq koyishdi.
6 Qo`yinglar uni! ó dedi Iso. ó Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ezgu ish qildi.
7 Kambag`allar har doim sizlar bilan birga bo`ladilar. Istagan vaqingizda ularga ezgulik qila olasizlar. Lekin Men doim sizlar bilan birga bo`lmayman.
8 Ayol qo`lida borini berdi. U Mening tanamga xushbo`y moy surtib, hazirdan dafnga tayyorladi.
9 Sizlarga chinini aytayin: Injil Xushxabari dunyoning qaysi yerida targ`ib qilinsa, bu ayol ham eslanib uning qilgan ishi yodga olinadi.
10 Shunda o`n ikki shogirddan biri bo`lgan Yahudo Ishqariyot chiqib, Isoni tutib berish uchun oliy ruhoniylarning oldiga bordi.
11 Ular buni eshitib, sevindilar va Yahudoga pul berishga ahd qildilar. U esa Isoga xiyonat qilish uchun qulay payt izlay boshladi.
12 Yahudiylar xamirturushsiz non yeydigan Fisih bayramining birinchi kunida qurbon qo`zisini so`yish kerak edi. Bu kunda shogirdlar Isoga: Fisih bayram taOmini qayerda yemoqchisan? Biz borib tayyorgarchilik qilaylik, ó deyishdi.
13 Iso shogirdlaridan ikkitasini yuborayotib, ularga dedi: Shaharga boringlar, sizlarga ko`zada suv ko`tarib ketayotgan odam uchraydi; uning orqasidan boringlar.
14 U kiradigan uyning egasiga: ìUstozimiz: Shogirdlarim bilan Fisix bayram taOmini yeydigan xona qayerda, dab so`rayaptiî, deb aytinglar.
15 U kishi sizlarga shinam, tayo`rlab qo`yilgan katta bolaxonani ko`rsatadi. U yerda biz uchun hozirlik ko`ringlar.
16 Shogirdlar jo`nashdi. Shaharga kirganlarida, xuddi Isoning aytganini topdilar va Fisih bayram taOmini tayyorladilar.
17 Oqshom bo`lgach, Iso o`n ikki shogirdi bilan birga u yerga keldi.
18 Ular yeb o`tirganlarida Iso: Sizlarga chinini aytayin, Men bilan taom yeyayotgan sizlardan bir kishi Meni tutib beradi, ó dedi.
19 Shogirdlar xafa bo`lib, birin-ketin: O`sha men emasmi? ó deb Undan so`ray boshladilar.[Va shogirdlardan biri yana: O`sha men emasmi? ó dedi.]
20 Iso ularga javoban dedi: O`n ikki shogirdimdan biri-da, kim Men bilan birga kosaga non ivitib yesa, o`shadir.
21 To`g`ri, Inson O`g`lining taqdiri oyatda yozilganiday ketyapti. Lekin Inson O`g`lini tutib beraligan o`sha odamning holiga voy! U odamning tug`ilmagani o`zi uchun yaxshiroq bo`lar edi.
22 Ular ovqatlanayotganda, Iso nonni oldi, duo o`qib sindirdi va shogirdlariga berib:óOlinglar, yenglar, bu Mening tanamdir, ó dedi.
23 Kosani ham oldi va shukrona duosini o`qib ularga uzatdi. Hammalari undan ichdilar.
24 Iso ularga dedi: Bu ko`plar uchun to`kiladigan, Yangi Ahdni kuchga kiritadigan Mening qonimdir.
25 Sizlarga chinini aytayin: Xudoning Shohligida Men yangi sharob ichadigan kungacha uzum ne`matini boshqa ichmayman.
26 So`ng ular kuylab, Zaytun tog`i tomon ketdilar.
27 Iso shogirdlariga dedi: Bu tunda hammangiz Mendan yuz o`girasizlar. Chunki Tavrotda shunday yozilgan: ìMen cho`ponni jarohatlayman, Qo`ylar o`zi tarqab ketadiî.
28 Biroq Men o`lib tirilganimdan keyin, sizlarni Jalilada kutaman.
29 Butrus Isoga: Agar hamma Sendan yuz o`girsa ham men o`girmayman! ó dedi.
30 Iso unga: Senga rostini aytsam, bugun, shu kechasiyoq, xo`roz ikki marta qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasan, ó dedi.
31 Lekin Butrus yana ta`kid bilan o`zinikini tasdiqlab: Men Sen bilan birga o`lishim kerak bo`lsa ham, Sendan aslo tonmayman, ó dedi. Boshqa hamma shogirdlar ham shunday deyishdi.
32 So`ngra Getsemaniya degan bir joyga keldilar. Iso shogirdlariga: Men ibodan qilgunimcha, sizlar bu yerda o`tirib turinglar, ó dedi.
33 Butrus, Yoqub va Yuhannoni O`zi bilan birga olgan Iso vahimaga tushdi va qattiq qayg`ura boshladi.
34 Shogirdlariga: Mening jonim o`lim oldidaligini sezib, juda qiynalmoqda. Shu yerda qolinglar-da, sergak turinglar, ó dedi.
35 Bir oz nari ketib yerga yiqildi, agar iloji bo`lsa, bu soatning allami meni chetlab o`tsin deb ibodat qildi.
36 Ey aziz Otam! ó dedi. ó Sen hamma narsaga qodirsan, bu zaqqum kosani Mening yonimdan o`tkazib yuborgin. Lekin Mening istaganim emas, Sening istaganing bo`lsin.
37 Shogirdlari oldiga qaytib kelgach, ularni uxlab yotgan holda ko`rdi. Butrusga dedi: Simun! Uxlayapsanmi? Bir soatgina ham uyg`oq o`tira olmadingmi?
38 Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo`lib, ibodat qilib turinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
39 Iso yana borib, o`sha so`zlarni aytib ibodat qildi.
40 U qaytib kelib, shogirdlarini yana uxlab yotgan holda ko`rdi. Ularning ko`zlarini g`aflat bosgan edi. Unga nima deb javob berishlarini bilmas edilar.
41 Uchinchi marta borib kelib, Iso shogirdlariga dedi: Sizlar hali ham beparvo uxlab, rohatlanib yotibsizlarmi? Bas endi, mana vaqt-soati keldi. Inson O`g`li gunohkorlar qo`liga tutib berilyapti.
42 Turinglar, ketaylik! Mana, Menga xiyonat qiluvchi yaqinlashib qoldi.
43 Iso hali gapirib turganida, o`n ikki shogirdidan biri Yahudo qo`rqqisdan kelib qoldi. Uning yonida oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar tomonidan yuborilgan, qilich va tayoq ushlagan olomon bor edi.
44 Xoin Yahudo: ìMen kimni o`psam, u O`sha Kishidir. Uni ushlanglar va ehtiyot qilib olib ketinglarî, ó deb ular bilan til biriktirgan edi.
45 Yahudo keliboq, Isoga yaqinlashdi-da: Ustoz! Ustoz! ó deb Uni o`pdi.
46 Shu onda odamlar Isoga dast solib, Uni ushlab olishdi.
47 Isoning yonida turganlardan biri qilichini qinidan sug`urdi-da, oliy ruhoniy qaroliga bir urib qulog`ini kesib tashladi.
48 Iso ularga dedi: Sizlar Meni qo`lga olish uchun qaroqchiga qarshi chiqqandek qilichu tayoqlar bilan qurollanib kelibsizlar.
49 Men esa har kuni ma`badda sizning orangizda edim, ta`lim berardim, sizlar-chi Meni qo`lga olmadingizlar. Ammo zotan oyatlar bajo kelishi lozim.
50 O`shanda hamma shogirdlari Isoni tashlab, qochib ketishdi.
51 Yalang`och tanasini choyshabga o`ragan bir yigit ham Isoga ergashib borayotgan edi. Askarlar uni ushlab olganda,
52 u choyshabni tashlab, ulardan yalang`och holda qochib qutuldi.
53 Isoni bosh oliy ruhoniyning oldiga olib keldilar.Uning yoniga hamma oliy ruhoniylar, oqsoqollar va ulamolar yig`ildilar.
54 Butrus esa Isoga uzoqdan, to oliy ruhoniyning hovlisi ichigacha ergashib kelgandi. Xizmatkorlar bilan birga olov yonida o`tirib, isindi.
55 Oliy ruhoniylar va Oliy Kengashning barcha a`zosi Isoga o`lim jazosi berish uchun Unga qarshi guvoh izlar edilar, lekin topolmas edilar.
56 Ko`p odamlar Unga qarshi soxta guvohlik berayotgan bo`lsalar-da, ammo bergan guvohliklari bir-biriga mos kelmas edi.
57 Soxta guvoxlardan ba`zilari so`zga chiqib shunday der edilar:
58 U: ìInson qo`li bilan qurilgan bu ta`badni Men buzib tashlayman-u, uch kunda inson qo`llarisiz, boshqa bir ma`badni tiklaymanî, ó deganini eshitgan edik.
59 Lekin bu xususda ham guvohlarning bergan ma`lumotlari bir-biriga zid edi.
60 Bundan keyin bosh oliy ruhoniy o`rtaga chiqib Isodan so`radi: Sen nega hech javob qaytarmayasan? Ularning Senga qo`ygan ayblariga nima deysan?
61 Iso esa indamadi, hech javob qaytarmadi. Bosh oliy ruhoniy yana Undan so`radi: Muborak Xudoning O`g`li ó Masih Senmisan?
62 Iso: Men O`shaman, va siz Inson O`g`lini qodir Tangrining o`ng tomonida o`tirib, osmon bulutlari bilan kelayotganini ko`rasizlar, ó dedi.
63 Shundan keyin bosh oliy ruhoniy o`z kiyimlarini yirtib ó Bizlarga yana guvohlarning nima keragi bor?
64 Kufr etganini o`zlaringiz eshitdingizlar. Bunga nima deysizlar? ó dedi. Hammalari Uni o`limga loyiq deb topishdi.
65 Ba`zilar Unga tupura boshlashdi. Uning yuz-ko`zini bog`lab, mushtlaganlaricha: Payg`ambarligingni ko`rsat-chi! ó deyishardi. Xizmatkorlar ham Uni shapaloqlashardi.
66 Butrus pastdagi hovlida ekan, oliy ruhoniyning xizmatkor ayollaridan biri kelib qoldi.
67 Isinib turgan Butrusni ko`rib, unga tikilib qaradi-da: Sen ham nosiralik Iso bilan birga eding-ku! ó dedi.
68 Lekin Butrus inkor etdi: Sen nima deyapsan o`zi, tushunmayapman, anglamayapman ó dedi-yu, boshqa yoqqa tashqi hovliga chiqib ketdi. Shu payt xo`roz qichqirdi.
69 Xizmatkor ayol uni yana uchratib, u yerda turganlarga: Bu ulardan biri-ku! ó deb so`zlay boshladi.
70 Butrusga gapira boshlashdi: Haqiqatan sen ulardan birisan, jalilaliksan, [lahja juda o`xshaydi.]
71 ó Sizlar aytayotgan bu Odamni men tanimayman! ó deb Butrus la`nat o`qib, qasam icha boshladi.
72 Naq shu payt xo`roz ikkinchi marta qichqirdi. Isoning: ìXo`roz ikki marta qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasanî, ó degan so`zi Butrusning esiga tushib, yig`lay boshladi.