Menyu

Mark xushxabari 12 Bob


1 Iso xalqqa masallar orqali so`ylay boshladi: ìBir odam uzumzor barpo qilibdi. Atrof tevaragini panjara bilan o`rab, uzum siqadigan iskanja qurib, qo`riqchi minorasi o`rnatibdi-da, bog`ni bog`bonlarga ijaraga berib, o`zi vaqtincha boshqa mamlakatga ketibdi.

2 Mavsumida uzumzorning hosilidan olish uchun bog`bonlarning oldiga bir xizmatkorini yuboribdi.

3 Bog`bonlar esa uni tutib urishibdi va hech narsa bermasdan qaytarib yuborishibdi.

4 Bog` egasi yana boshqa bir xizmatkorini ularning oldiga yuboribdi. Ular esa tosh bilan uning boshini yorib, xo`rlab chiqarib yuborishibdi.

5 Yana boshqasini yo`llabdi, unisini esa o`ldirishibdi. Boshqa bir qancha xizmatkorini yuboraveribdi, ammo bog`bonlar ularning ba`zisini urib, ba`zisini o`ldirishibdi.

6 Bog` egasining endi birgina odami qolibdi, u ham bo`lsa, sevikli o`g`li ekan. U: ìO`g`limni hurmat etarlarî, ó deb, bog`bonlar oldiga uni yuboribdi.

7 Lekin ular bir-biriga: Bu merosxo`r-ku! Qani, uni o`ldiramiz, shunda meros bizga qoladi, ó deyishibdi.

8 O`g`lini ushlab, o`ldirib, bog`dan tashqariga chiqarib tashlashibdi.

9 Endi bog` egasi nima qilar ekan? U kelib bog`bonlarni o`ldiradi, bog`ini esa boshqalarga topshiradi.

10 Nahotki sizlar shu oyatni hech o`qimagan bo`lsangiz: ìBinokorlar keraksiz deb tashlagan tosh naq binoning peshtoqidan joy oldi.

11 Bu Xudovand irodasi tufaylidir, bizga esa ajoyibot timsolidirî.

12 Din pshvolari buni eshitib, Isoni qo`lga olishga intildilar. Biroq xalqdan qo`rqqanlaridan, Uni qoldirib ketdilar.

13 Isoni tilidan tuzoqqa ilintirish uchun Uning oldiga farziylardan va Hirod odamlaridan ba`zilarini yubordilar.

14 Ular kelib: Ustoz, ó dedilar, ó biz bilamizki, Sen odilsan, biror kishiga xushomadgo`ylik qilmaysan. Odamlarga yuz-xotir qilmasdan, Xudoning yo`lini to`g`ri o`rgatasan. Seningcha, Qaysarga soliq to`lash dinga muvofiqmi yoki yo`q? Bizlar beraylikmi, bermaylikmi?

15 Iso ularning munofiqligini bilar edi. ó Nima, Meni sinab ko`rmoqchimisizlar? Menga bir dinor olib kelinglar, bir ko`rayin, ó dedi.

16 Ular olib kelgach, Iso so`radi: Bu surat va yozuv kimniki? ó Qaysarniki, ó dedi ular.

17 Iso ularga: Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, ó dedi. Buni eshitganlar juda hayron bo`ldilar.

18 Bundan keyin o`liklar tirilmaydi, jeb aytadigan sadduqiylar Isoning oldiga kelib, Undan so`radilar:

19 Ey Ustoz! Muso payg`ambar bizga shunday yozib qoldirgan: ìAgar kimning akasi o`lib, uning xotini qolib, ammo undan farzand qolmagan bo`lsa, unda ukasi akasining xotiniga uylanib, u uchun avlod yaratsinî.

20 Xo`sh, yetti aka-uka bor ekan. Birinchisi xotin olib, nasl qoldirmay o`lib ketibdi.

21 Ikkinchisi o`sha xotinni olib, farzand ko`rmay olamdan o`tibdi. Uchinchisining boshiga xuddi shu ko`rgilik tushibdi.

22 Shuningdek, aka-ukalarning yettovi ham o`sha xotinga uylanib, farzand ko`rmay olamdan o`tibdilar. Oxirida xotin ham qazo qilibdi.

23 Xo`sh, qiyomatda ular tirilganda, xotin qaysi birining xotini sanalar ekan? Yettovi ham unga uylangan ekanlar-ku!

24 Iso ularga shunday javob berdi: Sizlar Muqaddas Kitobni ham, Xudoning qudratini ham bilmaysizlar, ana shu sababdan adashyapsizlar.

25 O`liklar tirilganda, na uylanadilar va na erga tegadilar, balki bamisoli osmondagi farishitalarday bo`ladilar.

26 Nahotki sizlar Musoning kitobida, yonayotgan buta to`g`risidagi oyatda Xudoning nima aytganini hech o`qimagan bo`lsangizlar? Xudo Musoga: ìMen Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosimanî, ó degan va shu tariqa o`liklarning tirilishiga ishora qilgan.

27 Chunki Xudo o`liklarning emas tiriklarning Xudosidir. Sizlar juda ham adashyapsizlar.

28 Ulamolardan biri ularning munozara qilayotganini eshitib, Isoning ularga yaxshi javob berib turganini ko`rdi. U Isoning oldiga kelib: Butun ilohiy amrlarning eng muhimi qaysi biri? ó deb so`radi.

29 Iso unga javob berib dedi: Butun amrlarning eng muhimi shu: ìTingla, ey Isroil! Rabbimiz bo`lgan Xudovand ó yagona Xudovanddir.

30 Rabbing bo`lgan Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan, butun onging bilan va butun quvvating bilan, sevginî. Mana bu eng muhim amr.

31 Ikkinchisi esa undan kam emas, chunonchi: ìO`zgani o`zing kabi sevgin.î Bulardan buyuk amr yo`q.

32 Yaxshi gapirding, Ustoz, ó dedi ulamo Isoga. ó Xudo yagona, Undan boshqa xudo yo`q deb to`g`ri aytding.

33 Uni butun qalb, butun ong, butun jon va butun quvvat bilan sevish, o`zgani esa o`zimizni sevganday sevish kerak. Bu ó har qanday qurbon so`yish va nazr-niyoz atashdan a`loroqdir.

34 Iso uning oqilona javob berganini ko`rib: Sen Xudoning Shohligidan uzoqda emassan, ó dedi. Shundan keyin boshqa hech kim Undan so`rashga jur`at etmadi.

35 Iso ma`badda ta`lim berayotib, savol tashladi: Qanday qilib ulamolar Masihni Dovudning O`g`li deydilar?

36 Dovudning o`zi Muqaddas Ruh ilhomi bilan deganki ìXudovand mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o`ng tomonimda o`ltirib turginî.

37 Demak, Dovudning o`zi Masihni Rabbim deb atagan bo`lsa, qanday qilib Masih uning o`g`li bo`ladi? Ko`pchilik xalq esa Isoni ishtiyoq bilan tinglar edi.

38 Iso xalqqa nasihat qilib yana shunday dedi:

39 Uzun kiyimlar kiyish, xalq yig`inlarida alik olish, ibodatxonalarda hurmatli o`rinda va ziyofatlarda to`rda o`tirishni yaxshi ko`radigan ulamolardan ehtiyot bo`linglar!

40 Ular beva ayollarning uy-joylarini shilib, xo`ja ko`rsinga uzoq duo o`qiydilar. Mana shular og`irroq jazoga duchor bo`ladilar.

41 Iso ma`bad xazinasi qarshisida o`tirib, xalqining sadaqa qutisiga qanday pul solayotganiga qarab turar edi. Bir to`da boylar anchagina pul tashladilar.

42 Bir kambag`al beva ayol ham kelib, ikki chaqa tashladi.

43 Shunda Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: Sizlarga chinini aytayin, bu kambag`al beva ayol qutiga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko`proq tashladi.

44 Chunki boshqalarning barchasi o`zlarining ortiqcha pullaridan tashladilar. Ammo bu ayol o`zining tirikchilik tashvishlariga qaramasdan, bor-yo`g'ini tashladi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16