Menyu

Mark xushxabari 5 Bob


1 Ko`lning narigi qirg`og`idagi Gadara yuriiga yetib kelishdi.

2 Iso qayiqdan tushishi bilanoq, yovuz ruhga chalingan bir odam qabrlar orasidan chiqib, Uni qarshiladi.

3 Turar joyi qabriston bo`lgan bu odamni hech kim hatto zanjir bilan ham bog`lay olmas edi.

4 Ko`p martaba uni kishanu zanjirlar bilan bog`langan bo`lsalar-da, ammo u zanjirlarni uzib, kishanlarni ham sindirib tashlar edi. Uni tiyish uchun hech kimning kuchi yetmas edi.

5 Doimo, kechayu kunduz qabrlarda, tog`larda baqirib yurar, o`zini toshlarga urib jarohatlar edi.

6 U Isoni uzoqdan ko`rib, yugurib keldi-da, Unga ta`zim qilib,

7 ovozi boricha baqirdi: Ey Iso, Xudoyi Taoloning O`g`li! Men bilan nima ishing bor? Xudo haqi Senga yolvoraman, meni qiynama!

8 Chunki Iso unga: ìEy yovuz ruh, bu odamdan chiqib ket!î ó deb buyurgan edi.

9 Iso undan so`radi: Isming nima? ó Ismim Tumonat, chunki bizlar ko`pchilikmiz, ó javob berdi u.

10 O`zlarini bu yurtdan tashqariga haydab chiqarmasligini Isodan ko`p yolvorib so`radi.

11 O`sha tog`ning yon bag`rida katta to`ng`iz podasi o`tlab yurgan edi.

12 Hamma ruhlar Isoga yolvorib: Bizni shu to`ng`izlarga yuborgin, ularga kiraylik, ó deyishdi.

13 Iso ularga ruxsat berdi. Yovuz ruhlar esa shu zahoti u odamdan chiqib, to`ng`izlarga kirib olishdi. Ikki mingga yaqin to`ng`iz podasi tik qiyalikdan ko`lga yopirilib, g`arq bo`ldi.

14 Shunda to`ng`iz boquvchilar to`rt tomonga to`zib, shahar va qishloqlarda bu bo`lib o`tgan hodisani gapirib berishdi. Aholi esa buni ko`rgani borib,

15 Isoning oldiga yig`ilishdi. Ilgari tumonat jin qamragan odamni kiyingan va aqli raso holda o`tirganini ko`rib, qo`rqib ketishdi.

16 Voqeani ko`rgalar esa haligi odam jindan qanday qutulgani va to`ng`izlar bilan nima ro`y bergani haqida xalqqa so`zlab berishdi.

17 Shunda yerli xalq Isodan o`z yurtlari chegarasidan chiqib ketishni iltimos qildi.

18 Iso qayiqqa tushdi. Jindan qutulgan odam Isoga ergashish uchun ruxsat so`radi.

19 Lekin Iso rozilik bermadi. ó O`z uyingga bor, Rabbing senga nimalar qilganini , qanday rahm-shafqat ko`rsatganini o`z yaqinlaringga gapirib ber, ó dedi unga.

20 Shunda u kishi borib, O`nkent viloyatida Iso o`ziga nimalar qilganinil targ`ib qila boshladi. Hamma ham hayratga tushdi.

21 Iso ko`lning berigi bo`yiga suzib o`tib, qirg`oqda turardi. Uning oldiga yana ko`p xaloyiq to`plandi.

22 Yahudiy jamoa boshlaridan Yair ismli bir kishi kelib qoldi. U Isoni ko`rib, Uning oyoqlariga o`zini tashladi-da:

23 Qizim o`lim to`shagida yotibdi. Kelib unga qo`lingni tegizgin, u sog`ayib tirik qolsin, ó deb yalinib-yolvordi.

24 Iso u bilan ketdi. Uning orqasidan ko`p xaloyiq ergashib, Uni siqib qo`yar edi.

25 U yerda o`n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi.

26 U ko`p tabiblardan ko`p qiynalib, butun mol-mulkini sarf etgani bilan hech foyda ko`rmagan, aksincha, ahvoli yanada og`irlashib ketgan edi.

27 Ayol Iso haqida eshitdiyu, xaloyiq o`rtasida orqa tomondan Unga yaqinlashib, kiyimiga qo`l tegizdi.

28 U o`zicha: ìAgar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog`ayib ketamanî, ó deb o`ylagan edi.

29 U shunday qilishi bilanoq, qon ketishi to`xtadi. Ayol kasallikdan forig` bo`lganini o`z tanasida his etdi.

30 Iso esa shu onda O`zidan bir kuch chiqqanligini payqadi. U atrofidagi xaloyiqqa ko`z yugurtirib: Mening kiyimimga kim tegdi? ó dedi.

31 Shogirdlari Unga: Xaloyiq Seni siqib turganligini ko`ryapsan-ku va tag`in kiyimimga kim tegdi, deb so`rayapsanmi? ó deyishdi.

32 Lekin Iso buni qilgan ayolni ko`rish uchun atrofga qarar edi.

33 Ayol o`ziga nima bo`lganini bilib, qo`rqib va qaltirab keldi, Isoning oyoqlariga o`zini tashlab, butun haqiqatni Unga so`zlab berdi.

34 Iso unga: Qizim, ishonching seni qutqardi. Eson-omon borib, dardingdan forig` bo`lgil, ó dedi.

35 Iso shunday deb turgan ham ediki, jamoaboshining uyidan odamlar kelib unga: Qizingiz o`ldi, nega yana Ustozni ovora qilyapsiz? ó dedilar.

36 Iso bu so`zlarni eshitib, jamoaboshiga: Qo`rqma, faqat ishongin, ó dedi.

37 Iso hech kimning ergashishiga yo`l qo`ymay, faqat Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni olib ketdi.

38 Jamoaboshining uyiga yetganlarida, yig`i va dod-faryod to`la bir qiy-chuvga duch kelishdi.

39 Iso ichkariga kirib: Nega qayg`uryapsizlar, nega yig`layapsizlar? Qizcha o`lgan emas, u uxlab yotibdi, ó dedi.

40 Ular esa Uning ustidan kulishdi. Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi, qizchaning ota-onasi va shogirdlarini olib qoldi va qizcha yotgan xonaga kirdi.

41 Qizchaning qo`lidan ushlab unga: Talifa qumi! ó dedi. Bu so`zning tarjimasi: ìQizim, senga aytaman: o`rningdan tur!î demakdir.

42 O`n ikki yashar qizaloq shu onda o`rnidan turib, yura boshladi. Buni ko`rganlarning aqli shoshdi.

43 Iso:Buni hech kim bilmasin, ó deb ularga qat`iy buyurdi va qizchaga ovqat berishlarini aytdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16