Menyu

Mark xushxabari 7 Bob


1 Farziylar va Quddusdan kelgan ayrim ulamolar Isoning yoniga to`plandilar.

2 Ular Iso shogirdlarining ba`zilari harom, ya`ni yuvilmagan qo`llari bilan non yeyayotganlarini ko`rib, ta`na qildilar.

3 Sababki, farziylar va umuman yahudiylar ota-bobolarining urf-odatini saqlab, qo`llarini yaxshilab yuvmay hech ovqat yemaydilar.

4 Bozordan qaytganlarida ham yuvinmay ovqat yemaydilar. Shuningdek, kosa, tovoq qozon, kursi yuvish bilan bog`liq ko`pgina udumlarga rioya qiladilar.

5 Shunday qilib, farziylar va ulamolar Isodan: Sening shogirdlaring nega ota-bobolar urf-odatini saqlamaydilar? Nima uchun yuvilmagan qo`llari bilan non yeyishadi? ó deb so`radilar.

6 Iso ularga shunday javob berdi: Isha`yo payg`ambarning karomati siz ikkiyuzlamachilarga juda to`g`ri keladi, mana uning kitobida Xudo nima degan: ìBu xalq Meni hurmatlar tilida, Lekin dili esa Mendan uzoqdur.

7 Ular Menga behudaga o`qir sanolar, Insonlar amru ta`limin farz debî.

8 [Sizlar-ku qozon-tovoq chayish bilan bog`liq va boshqa yana ko`p udumlarga rioya qilib,] Xudoning amrini tashlaysiz-u, insonlar urf-odatini esa pesh qilasizlar.

9 Yana ularga dedi: Siz o`z urf-odatlaringizni deb Xudoning amrlarini bir chetga yig`ishiirib qo`yishni boplaysiz-da!

10 Muso payg`ambar aytgan edi: ìOta-onangni hurmat qilî, va ìOta- onasini haqorat qilgan mutlaqo o`ldirilsinî.

11 Ammo sizlar: Agar kim ota yoki onasiga: Mening senga yordamim qurbon, ya`ni Xudoga bag`ishlangan, ó desa,

12 u ota yoki onasiga biron yaxshilik qilmasa ham bo`ladi, deysizlar.

13 Shu bilan siz o`zlaringiz o`rnatgan urf-odatlaringizni deb Xudoning kalOmini bekor qilasizlar. Va shunga o`xshash yana ko`p ishlarni qilasizlar.

14 Keyin Iso butun xalqni yoniga chaqirib, dedi: Hammalaringiz Menga quloq solib, miyaga joylang!

15 Sirtdan inson ichiga kiradigan hech narsa insonni harom qila olmaydi. Aksincha, inson ichidan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.

16 [Kimning eshitar qulog`i bo`lsa, eshitsin!]

17 Iso xaloyiq orasidan chiqib uyga kirdi, shogirdlari Undan boyagi masal haqida so`radilar.

18 U ularga dedi: Sizlar ham shunchalik befahmmisizlar? Sirtdan insonning ichiga kiradigan hech narsa uni harom qila olmasligini anglamaysizdarmi?

19 Bu narsalar insonning qalbiga emas, qorniga kiradi va kerak joydan chiqib ketadi. Shu bilan Iso har qanday oziq-ovqatlarni halolladi.

20 U yana dedi: Insonning ichidan chiqadigan narsalar harom qiladi.

21 Chunki ichdan, ya`ni inson qalbidan yomon fikrlar, fahshu zino, qotillik,

22 o`g`rilik, tamagirlik, badniyatlik, makkorlik, nafsga berilganlik, g`ayirlik, kufr, manmanlik va nodonlik chiqadi.

23 Ana shu yomonliklarning hammasi insonning ichidan chiqib, uni harom qiladi.

24 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido`n taraflariga keldi. Bir uyga kirdi va buni hech kim bilib qolishini istamas edi, lekin yashirina olmadi.

25 Qizalog`ini yovuz ruh chalgan bir ayol Iso haqida eshitib qoldi-da, tez kelib Uning oyog`iga yiqildi.

26 Bu ayol Suriyaning Finikiya muzofotida tug`ilgan bo`lib, yahudiy emas edi. Qizidan jinni quvib chiqarishni Isodan iltimos qildi.

27 Biroq Iso unga: Avval bolalar to`ysin, bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, ó dedi.

28 Ayol: Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham bolalar dasturxonidan to`kilgan ushoqlarni terib yeydi-ku, ó deb javob berdi.

29 Iso unga: Bor, mana shu gaping uchun qizingdan jin chiqib ketdi, ó dedi.

30 Ayol borib uyiga kelganda, qizini jindan qutulib, to`shakda yotgan holda ko`rdi.

31 Iso Tir va Sido`n chegarasidan jo`nab, O`nkent viloyatidan o`tib, yana Jalila qo`li bo`yiga keldi.

32 Isoning oldiga bir kar-soqovni keltirib, unga qo`l tegizishini so`rashdi.

33 Iso u odamni xaloyiq orasidan olib chiqib bir chetga tortdi-da, barmoqlarini uning quloqlariga tiqib qo`ydi va tupurib tiliga tegizdi.

34 Keyin osmonga qarab, chuqur xo`rsindi-da, unga: Effatah! ó dedi. Bu so`zning tarjimasi ìOchil!îdemakdir.

35 Shu onda u odamning quloqlari ochilib, tilga kirdi, ravongina gapira boshladi.

36 Iso u yerdagilarga, buni hech kimga aytmanglar, deb buyurdi. Biroq U odamlarga qancha man etsa, ular yanada ko`proq oshkor etishardi.

37 Ular haddan tashqari tong qolib: ìU hamma narsani yaxshi qiladi, karlarni eshitadigan, soqovlarni gapiradigan qiladiî, ó deyishardi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16